Oʻzbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


-rasm. Telekommunikatsiya infratuzilmasining holati



Yüklə 15,27 Mb.
səhifə6/20
tarix14.06.2023
ölçüsü15,27 Mb.
#117256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
G.K.B dissertatsiyasi

2-rasm. Telekommunikatsiya infratuzilmasining holati.
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKT ni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Oʻzbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish mamlakat hududini toʻla qamrab olgan. Mazkur tarmoqda NGN va MPLS rususmidagi zamonaviy elektron telefon stantsiyalari avlodidan foydalanilmoqda. Simli aloqa tarmoqlarining raqamlangan sig‘imi milliondan oshiqni tashkil qiladi. Oʻzbekiston hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini oʻrnatish imkoniyatiga ega. 2019-yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik qobiliyati 1200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.
2020-yilning 1-yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56 ming soʻmni tashkil etdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi.
Respublika boʻyicha 237 ta obyektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi. Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika boʻyicha 10 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2017 ta mobil aloqa baza stansiyasi oʻrnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi(3-rasm).
Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan 786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi.
Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yoʻl vokzallari, aeroport, turistik obyektlar hamda Toshkent metropolitenining barcha ob’ektlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi [5].
Qishloq xoʻjaligi va aholining turli sohalardagi talablarini qondirish uchun maʻlum bir hududning istalgan nuqtalari orasida turli xabarlarni uzatish maqsadida yagona avtomatlashtirilgan, o ‘zaro bog‘langan aloqa tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu tarmoq, simli, radioreleli, fazoviy va boshqa aloqa liniyalari boʻyicha, barcha elektrik aloqa vositalarining texnik qurilmalari yig‘indisidan tashkil topadi. Aloqa tarmoqlaridagi barcha ulanishlar, tarmoq qurilmalarining holatini aniqlovchi nazoratni amalga oshirish, axborotni uzatish uchun yoʻlni tanlash imkonini berishi, yaʻni tarmoqni boshqarish boʻyicha barcha operatsiyalar avtomatlashtirilgan boʻlishi lozim. Kanal va traktlarning parametrlariga boʻlgan yagona, qat’iy me’yorlar aloqaning yuqori sifati va chidamliligini ta ’minlaydi, bundan tashqari, shaharlararo aloqa tarmoqlariga chiqish imkonini beradi. Shunday qilib, o ‘zaro bog‘langan aloqa tarmoqlari asosiy uzatish kanallari va asosiy guruhli traktlarning birlamchi tarm oqlarini tashkil qiluvchi texnik qurilm alarning murakkab majmuasidan iborat.


Yüklə 15,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə