O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə104/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va
hodisalarni o`rganish, ma‟lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim
almashinuviga aytiladi;

konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi.
Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki aksincha, ona
qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat bildirishi;

motivatsion muloqot muayyan yo`nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun
o`zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi jarayoni bilan
izohlanadi;

faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog`liq bo`lib, bunda harakatlar,
operatsiyalar, ko`nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida
ma‟lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi va
takomillashadi.
Muloqot maqsadiga ko`ra biologik va ijtimoiy ko`rinishda bo`ladi.


121


Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy
ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo
munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog`liq
bo`lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Muloqot
vositasiga ko`ra bevosita va bilvosita bo`lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy
organlari yordamida ya‟ni qo`li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa
– bu bevosita bo`ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma‟lumot almashishda
maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa– bu muloqot bilvosita deyiladi.
Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari ishbilarmonlik
va shaxsiy turlari ham farqlanadi. Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi
qo`shma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi
sifatida yuzaga keladi. Shaxsiy muloqot esa shaxs o`zining psixologik
muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o`z hayotiga, atrofida nimalar
bo`layotganligiga bo`lgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yo`naltirilgandir.
Muloqot turlari demokratik, avtoritar, liberal shaklida ham amalga oshadi.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə