O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta’sirchanlik



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə100/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta’sirchanlik. So`zning mohiyati
haqida Sahdiy (1210 – 1292): “Aqillimisan yoki ahmoq, kattamisan yo kichik, buni
biron so`z aytmaganingcha bila olmaymiz” degan edi. Halqimizda shunday ibratli ibora
bor: “Inson aqlu-farosati – uning nutqini aniqligida namoyon bo`ladi”.

jestlar - insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati,
biror bir obg‟ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. U yoki bu
halqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italiyaliklar va frantsuzlar o`z muloqotlarini
jestlarsiz tassavur eta olmaydilar.
O`zbek halqida nutqda jestlardan ko`p foydalanish yaxshi odat sifatida qabul
qilinmaydi. Lekin shuni ham tahkidlash lozimki, noverbal kommunikatsiya og`zaki
nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi.

mimika - inson yuz xarakatlarini bir qismi bo`lib, u orqali insonning
o`ylari, xatti – xarakatlari, tasavvurlari. Xotiralashi, taajubi va h.k. namoyon bo`ladi.


117



pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan
harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida
so`zlar 7% ni, tovushlar va intonatsiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni tashkil
etadi. Publitsiy aytganidek biz: “Ovoz bilan gapiramiz, tana bilan suxbatlashamiz”.

empatiya – insonni boshqa odam tomonidan tushunilishining o`ziga xos
usulidir. Bunda insonni emotsional muammolariga yondoshishi tushuniladi. Bu boshqa
odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo`la olishdir. Bir tomondan obyektni
tushuni, uni o`rniga o`zini qo`ya olish muhim bo`lsa, ikkinchi tomondan uning ichki
hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo`la olish ham muhimdir.

uqtirish - shunday ta‟sir usulki, unda maqsadga qaratilgan ta‟sir insonga
inson tomonidan amalga oshiriladi. Iymoni komillik – insonni mustaqil fikr yuritishi va
bir fikrga kelishi bo`lib, bunda ma‟lumot qabul qiluvchi ma‟lumot qabul qilibgina
qolmay, unga o`z fikri, qarashi va xulosalalrini kiritadi. Iymoni komillik bu aqliy ta‟sir,
uqtirish esa emotsional irodaviy ta‟sirdir. Iymoni komillik azalda haqimiz orzusi,
mahnaviyatining bir qismi bo`lib kelgan. Bu g`oya buyuk mutafakkirlar Abu Nasr
Farobiy, Alisher Navoiy kabilarning asarlarida o`z ifodasini topgan.

taqlidchanlik - insonlarni jamoadan tashqarida bir-biriga ta‟sir etish
mexanizimi bo`lib, albatta bunda jamoaning roli ham inkor etilmaydi. Uni o`ziga xos
xususiyati shundaki, insonlar faqat xususiyatlargagina emas, balki hatti-harakatga
taqildni ham namoyon qiladilar. Taqlid bolalik davridagi xos xususiyat bo`lib, u
borliqni bilish, anglash va o`zlashtirish sifatida namoyon bo`lidai. Bunda bolalarda
to`g`ridan-to`g`ri nusha ko`chirish motivlashgan taqlidchanlik kuzatiladi. Ko`p
hollarda kattalarda taqlidchanlik ta‟sirning boshqa usuliga o`tmagan hollarda
ishlatiladi.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə