O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə108/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Konflikt yoki ziddiyat - bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki shaxslararo
muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o`zaro muloqot va ta‟sir
paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to`g`ri
kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to`qnashuvi oqibatida
paydo bo`lgan salbiy hissiyotlarga to`la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy
psixologik xodisadir.

Nizo – bu o`zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat
orqasida tug`ilgan holat, munosabat, ixtilof, nifoq. Adovat, ixtilof, nifoq tufayli
o`zaro janjallar sodir bo`ladi. Odamlar janjal haqida o`ylaganlarida dushmanlik,
qo`rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutiladi.
Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar nihoyatda ko`p, lekin ularni
asosiy guruhga bo`lib o`rganish mumkin:
6shakl 
1.  Informatsion-axborot omillari 
2. Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bog`liq omillar
3. Qadriyatlarga aloqador omillar
4. Munosabatlar omili 
5. Xulq-atvor bilan bog`liq omillar 


1. Informatsion-axborot omillari: muloqot jarayonida sheriklarga noto`g`ri
tarzda yetib keladigan noto`liq, noaniq faktlar, mish-mishlar; shubhalar, to`la aniqlik
kiritilmagan ataylab yoki bilmay turib deyarli xufyona tarzda yetkazilayotgan
ma‟lumotlar; axborot manbaiga nisbatan ishonchning yo`qligi; ayrim xodisa,
voqealarga aloqador bo`lgan tortishuv va klishmoqchiliklarga sabab bo`lgan qoidalar,


125


aqidalar, chaqiriqlar, qonun normalari va boshqalar ham shaxslararo yoki guruhlararo
ziddiyatlarning omili bo`lishi mumkin.

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə