O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə38/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

Kutiladigan natija: Darsda hammani faollashtirish, har bir ta‟lim oluvchida o„z fikrini ifoda eta
olishga erishish.Bu texnologiyani qo„llash orqali dars maqsadi va mazmuniga bakalavrlarning o„zlari
tezroq etib keladilar va kelgusi faoliyatlarida nimalarga e‟tibor berish lozimligini o„zlari anglaydilar.

SHAXSNING FAOLLIGI VA IJTIMOIY XULQNING MOTIVATSIYASI
SHAXS VA PSIXOLOGIK VAZIYATLAR
(Siz qanday odamsiz?) 
Quyidagi savollarga javob berib ko„ringchi, qanday odam ekansiz.
1. Tasavvur qiling siz o„rmondasiz. Atrof-muhitni tasvirlab bering. (fasl, ob-havo, kunning qaysi
payti: ertalab, kunduz, kechqurun)
2. Manzilingizga etishingiz uchun sizda 2 yo„l bor. Birinchisi-uzoq vaqt ketsa ham tekis, ravon
yo„ldan borasiz yoki qisqa, lekin so„qmoq yo„lni tanlaysiz.
3. Yo„lda ketayotganingizda oldingizdan zanjirband, yaralangan ayiq chiqib qoldi. U sizga
yalinuvchan ko„zlar bilan “qutqar” degandek tikila boshladi. Sizning unga juda rahmingiz keldi,
ammo shuni yaxshi bilasizki, qutulgach ayiq sizga hamla qilishi mumkin. Harakatingiz:
a) xavfli bo„lishiga qaramay uni albatta qutqaraman;
b) juda achinaman, lekin yordam berolmayman, nima bulganda ham “jon shirin”.
4. Yo„lingizda davom etayapsiz, birdaniga qonxo„r, badjahl, och bo„ri sizga tashlanmoqchi bo„ldi.
Siz:
a) orqa-oldimga qaramay vaqt borligida qochib qolaman, axir bo„ri bilan teng kelib bo„ladimi;
b) bo„rini ko„ziga tik boqib, dadil kurashaman.
5. Judayam qorningiz ochdi, afsuski yoningizda yoyishga hech vaqo yo„q. Atrofga qaragan edingiz
daraxtda judayam chiroyli, qip-qizil, g„arq pishgan olmani ko„rib qoldingiz. Lekin o„rmonga ishonib
bo„ladimi, olma zaharli bo„lsachi?! Nima qilgan bo„lardingiz?
6. Endi tasavvur qiling, cho„lda yurgandek chanqadingiz, oldingizdan ko„lmak suv chiqib qoldi.
Suvni ichasizmi yoki yo„qmi?
7. Yo„lda ketayotib chiroyli otlar to„dasiga duch keldingiz, ular bemalol ovqatlanib, o„ynab
yurishibdi. Sizning harakatingiz...
8. O„rmon ichida ajoyib kulbaga ko„zingiz tushdi. U sizni juda qiziqtirib qoldi, ammo uning ichida
kimlar yoki nimalar borligini bilmaysiz. Nima qilasiz?
9. Oldingizdan osmondek musaffo, zilol suv chiqib qoldi. Siz qanday harakat qilgan bo„lardingiz?
10. Manzilingizga yaqinlashib qoldingiz, yo„lda devorga duch keldingiz. U unchalik baland emas,
ya‟ni sakrab o„tsa bo„ladi, uzun ham emas, aylanib o„tsa bo„ladi. Siz nima qilgan bo„lardingiz?
Javoblar:

1. O„rmon - bu inson hayoti: fasl-o„tmishi, kunning payti esa hozirgi davri.
Masalan, “Kuz. Havo bulut, lekin quyosh chiqmoqchi bo„lib turibdi, Atrofda mayin shamol
esib, qushlarning sayrashi eshitilmoqda, hozir peshin xavo juda yoqimli...” desa, demak uning
o„tmishida biroz ko„ngilsizliklar bo„lgan, ammo hozirga kelib ular unut bo„lib bormoqda, hayoti
qiziqarli va mazmunli tus olib bormokda.


44



2.“Tekis” yo„lni tanlagan inson qiynalib bo„lsada, o„z maqsadi tomon halol yo„llar bilan
borishga intiladi, undaylar hayotda unchalik tavakkalchi bo„lavermaydilar, shuning uchun ham
ba‟zida o„ylagan maqsadlarini amalga oshirolmay qoladilar.

So„qmok” yo„lni avzal ko„ruvchilar esa maqsadga etish yo„lida hech narsadan tap


totmaydilar. Unday insonlardan xavfli raqib chiqadi, lekin bu degani ular yomon odamlar toifasidan
degani emas.

3. Ayiq - sizning yordamga muhtoj do„stingiz;

4. Bo„ri - dushmaningiz;

5. Olma - o„zga jins vakillariga bo„lgan ishonchingiz yoki qisman munosabatingiz;

6. Ko„lmakdagi suv - sabru-toqat belgisi;

7. Otlar - bu qarama - qarshi jins vakillari. Masalan, siz otlar ichidan eng chiroylisini tanlab
olsangizu, lekin oldiga borishdan qo„rqsangiz, demak siz bu borada ikkilanuvchansiz. Qachon o„zi
kelarkan, deb kutib o„tiraverasiz, olma pish og„zimga tush qabilida ish ko„rasiz va shu
“ikkilanuvchanligingiz” oqibatida baxtingizni qo„ldan chiqarib yuborishga ham tayyorsiz...

8. Kulba - bo„lajak oilangizga bo„lgan munosabatingiz...

9. Zilol suv – boylikka qay darajada qiziquvchanligingiz...

10. Devor – hayotda yuz berishi mumkin bo„lgan qiyinchiliklar. Agar siz aylanib o„tsangiz,
demak bir burchakda qo„l qovushtirib, ushbu noxushlik o„tib ketishini kutasiz. Agar sakrab o„tsangiz,
siz “temirni issig„ida bos” deydiganlar toifasidansiz. Noxushliklarga dadil, yuzma-yuz javob bera
olasiz. Ushbu qat‟iyatliligingiz albatta sizga omad keltiradi.



Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə