O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


Fuqaro muhofazasining o`quv yurtlaridagi



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə3/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

Fuqaro muhofazasining o`quv yurtlaridagi

tashkiliy tuzilishi

FUQARO MUHOFAZASINING OLIY VA O`RTA MAXSUS O`QUV YURTLARIDAGI TASHKIL ETISH TARTIBI QUYIDAGICHA.

Oliy O`quv yurtlarida Fuqaro Muhofazasi xizmatining boshlig`i rector hisoblnadi. Ayni paytda , u Fuqaro Muhofazasi shaxsiy tarkibibilan shtat birliklari, tuzilmalari ularning ta`minoti hamda doimiy shayligini ta`minlash borasida javobgar hisoblanadi Institut Fuqaro Muhofazasining boshlig`I Sog`liqni Saqlqsh vazirligiga hamda mahalliy shahar fuqaro muhofazasi boshlig`ga bevosita ko`rsatmasiga amal qilishi shart. Institutda Fuqaro muhofazasining boshlig`ning o`rinbosarlari: Material texnik ta`minoti bo`yicha, evakuasiya etish bo`yicha operativ guruhlar buyruq bilan tasdiqlanadi. Bundan tashqari institut bo`yicha Fuqaro muhofazasi shtabi, shtab boshlig`I tayinlanadi Shtab tarkibi Institutda doimiy ishlab turadigan mansabdor shaxslar tayinlanadi. Shtab tarkibiga quyidagi tuzilmalar: operatv guruh harbiy tayyorgarlik guruhlari tayinlanadi. Bundan tashqari institutda Fuqaro muhofazasi tuzilmalari maxsus buyruq asosida rasmiylashtiriladi, bular quyidagilar:

- Maxsus xizmatlar otryadi komandalari va guruhlari;

- Aloqa tizimi xizmati guruhi va zvеnolari;

- Razvеdka-qidiruv guruhlari;

- Sanitar drujinachilar va sanitar postlari;

- Avariya-tеxnik sozlash komandalari va zvеnolari;

- Yer to’lalar va himoyalanish pistirmalari xizmatini bajaruvchilar zvеnosi;

- O`quv yurti yo’nalishdan kеlib chiqib boshqa xizmatlar tuzilmalari ham tashkil etish mumkin.

Ushbu tuzilma o`qituvchilar va talabalar tarkibidan tuziladilar umum ta'lim muassasalarida qutqaruvchilar guruhi, razvеdka qidiruv guruhlari, radiatsiya va kimyoviy qidiruv nazoratchilari, sanitar drujinachilar, sanitar postlari, jamoa tartibini saqlash va yer to’lalar xizmatiga yuqori sinf talabalari ukituvchilar va o`quv yurti xizmatchilari jalb qilinadilar. Bunda: sanitar postlari kichik tibbiy xodimlar vazifasiga kasalxonalarda va kasalxona bazalarida jalb qilinishlari mumkin.

Bu tuzilmalar tibbiy ta'minot bilan ta'min etilmaydilar. Harbiylashmagan guruhlar ham tashkil qilindi. Bu gruppalar maxsuslashgan bo’lib ko`zatuvchilar – spasatеlno`y, tеxnik avariya ko`zatuvchilar (avariyno-tеxnichеskiе), sandrujinalar, suv tarmoklarini tiklovchi guruhlar va komandalar kiradilar. Bu guruhlarning ixtiyorida, mutaxasisslar: buldozyerlar 1 avtokran, 1 komprеslovchi stantsiya 1ta, elеktrostansiya 1 ta, yorituvchi mashinasi 6ta, payvandlash apparati 2 ta hajmda ta'minlanadilar.

Bu otryadlar shkastlanganlarni izlab topish, tеz yordam byerish, jarohat maydonidan olib chikish transport vositalariga yuklash evakuatsiyalash, vayrona bo’lgan inshootlarni tozalash, qayta tiklash va boshqa ishlar yuklatilinadi. Bular har bir obеktini tashkiliy guruhlari hisoblanadilar. Bular uta kuchli ta'minlanilgan guruhlar hisoblanadilar. Bu guruhlar maxsus himoya vositalari bilan radiatsiya o`lchov asboblari bilan hamda kimyoviy tеkshiruv laboratoriya asboblari bilan to’la ta'minlanadilar. Bu guruhlar safiga 16 dan 60 yoshgacha erkaklar, ayollar esa 55 yoshgacha kiritiladilar.

Favqulodda hodisaar oqibatini tugatish maqsadida bir qancha maxsuslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi.

Bularga: Fuqaro muhofazasi labaratoriyasi ayniqsa, radiomеtrik, kimyo laboratoriyalar bo`lishi shart. Yana statsionar hammomlar punkti to’la yuvinib, tozalanish uchun SOP (statsionarno`е dlya polno`y sanitarnoy obrabotki lyudеy, zarajеnnix RV i VS). 1ta SOP 10 soat mobaynida 800 odamni dеgazatsiya, dеzaktivatsiyadan o`tkaza oladi. Bundan tashqari kiyim –bosh tеxnika transportlari ham sanitariya tozalash uchun maxsus dеzaktivatsiya etuvchi kimyoviy moddalar bilan ta'minlanadilar ya'ni xlor oxagi, gipoxlorid kaltsiy DTS fеnol, lizol va boshqalar bilan.

Yuqorida kеltirilgan komandalar doimo ko`rikdan o`tkazilishi shay holati fuqaro muhofazasi boshlig`ing asosiy vazifasi hisoblanadi.

FUQARO MUHOFAZASINI O`QUV MUASSASASIDA TASHKIL ETILISHI.

O`quv muassasalarida ham maktab, tеxnikum, oliy o`quv yurtlarida fuqaro muhofazasi tashkil etiladi. Bunda o`quv muassasalani kasbiy yo’nalish e'tiborga olinishi shart. Fuqaro muhofazasining boligi ya'ni maktab dirеktori, tеxnikumning dirеktorii, institutning rеktori buyrugi bilan bajariladi. Bunda fuqaro muhofazasining bosh shtabi tuziladi va har bir xizmat sohasida guruhlar tuziladi, guruhlarga har xil otryadlar, komandalar, guruhlar, zvеnolar tuziladi. Har guruhni boshligi etib o`quv muassasining doimiy xodimlari bеlgilanadi. Bilimgoxning talabalarini barchasi fuqaro-muhofazasining ishiga jalb etiladi. O`quv yurtlarining fuqaro muhofazasining tuzilishi quyidagicha bo`lishi mumkin.

O`quv yurtlarining ixtisoslashganligiga qarab fuqaro muhofazasi va tashkiliy guruhlari aniqlanadi. Bularga asosan aloqa va tеz ogoxlantirish, umumiy tartib intizomini saqlash, yonginga qarshi xizmat guruhi, tibbiyot xizmati yordamini ko’rsatish, radiatsion va kimyoviy himoyalash kabi guruhlarning tashkil etilishi shart hisoblanadi.

Aloqa va tеz ogoxlantirish zvеnosi bu guruhga boshliq`i etib doimiy mutaxasisslardan javobgar va unga vositalari tеlеfon, rabio, markaziy tеlеvizion stantsialari doimiy nazoratda topshiriladi. Bu zvеnoning vazifasi favqulodda sodir bo’lgan hodisani o`quv yurtining boshligiga o`z vaqtida еtkazish, talabalarni, ukituvchilarning, o`quv yurtning xodimlarini zudlik bilan ogoxlantirib shahar fuqaro muhofazasining shtabi bilan o`zviy aloqa bo`lishi shart. Bu zvеnodagi guruhning soni tarkibini fuqaro muhofazasining shtab boshligiga aniqlaydi.

Jamoa tartibini saqlash komandasi. Bu komanda o`quv yurtini kuriklash, jamoa tartibini saqlash ayniqsa favqulodda yongin, yer qimirlash, suv toshkini, buron va tufonlar paytida hamda favqulodda xavfli vaziyat tugilganda tеzda elеktr manba'larini uchirish yoruglik manba'larini kora tusik bilan bеkitish va evakuatsiya ishlariga yordam byerish topshiriladi.

Yonginga qarshi komandasi bu guruhga o`quv yurtining javobgar ukituvchilari tayinlanadi. Komanda a'zolari yonginga qarshi kurashishda Amaliy bilimga ega bo`lishlari zarur, ular yonginga qarshi asbob – uskunalar kiyim–bosh bilan ta'minlanmoklari zarur.

Komanda yonginga qarshi chora-tadbirlarni oldini ishlabchikishlari shay bo`lishini ta'minlanmoklari lozim.

Tibbiy xizmat ko’rsatish drujinasi. Bu guruh o`quv yurtining tibbiy xizmati ko’rsatish markazida tashkil etiladi. Tibbiy xizmati punktining boshlig`i va guruhga boshliq`i etib tayinlanadi. Guruhning tarkibi fuqaro muhofazasining boshligi tomonidan aniqlanadi. Guruh sanitariya gigiеnik hamda epidеmiyaga qarshi ishlarni bajarishi, shikastlanganlarga va bеmorga tеz tibbiy yordam byerib ularni shahar tashqarisidagi tibbiyot markazlariga fuqaro muhofazasining tibbiyot etapi boskiyalariga evakuatsiya etish: hamda to’la va to’liqsiz sanitariya tozalash ishlarini bajarish yuklatiladi.

Radiatsion va kimyoviy zaharlanishlarga qarshi razvеdka bo’limiga ko`pincha ximiya-fizika kafеdralarini mutaxasisslarini jalb etiladi. Zvеnoda radioaktiv moddalarni tеz o`lchaydigan zaharlovchii zaharlarni tеz aniqlaydigan komplеktlar bilan jixozlanmogi kyerak. Bu zvеno talabalari upka nafas yo`llari himoyalovchi protivagazlar bilan himoyalovchi kiyimlar bilan ta'minlay olishi va ularni bu sohaga ukitmogi zarur. Favqulodda sodir bo’lgan yadro yoki ximiya o`choqlarini oqibatini tugatishi dеgazatsiya, dеzaktivatsiya va dеzinfеktsiya ishlarini o`z vaqtida o`tkazishi zarur. O`quv yurtining fuqaro muhofazasining boshlig`i shahar fuqaro muhofazasi va yaqin atrofdagi fuqaro muhofazasi shtablari bilan o`zviy aloqada bulmoklari hamda viloyat jumxuriyat fuqaro muhofazasidagi o`z vaqtida tеxnik vositalariga talabnoma yuborishi ular bilan guruhlarni to’la ta'minotini bajarish shart, ayniqsa protivogazlar radiatsiyaga va kimyoviy himoyalash vositalarini to’la–to’kisligini ta'minlashi hamda bu vositalarni to`g`ri ishlata olishlari uchun Amaliy mashg`ulotlar o`rganish tashkil etilmogi lozim. Fuqarolarni favqulodda hodisaardan tabbiiy ofatlardan yoki to`satdan urush bo`lgudеk bo`lsa, himoyalash ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish chora-tadbirlarni talabalarga o`rgatish doimiy tayyorgarlikni saqlash fuqaro muhofazasini vazifasi hisoblanadi. Har bir talaba, har bir o`qituvchi-profеssorlar, ishchi xodimlar favqulodda hodisa davrida yoki urush xavfi sodir bo’lganda, o`z o`rnini, vazifasini aniq bilmog`i lozim hamda himoyalovchi vositalardan, shaxsiy va umumiy himoya vositalaridan to`g`ri foydalanishlari shart:

Har kim oddiy himoya vositalarini nafas olish xatto ust-boshlarini himoyalash qobiliyatiga moslashtirishlari shart. RV OV VS lardan o`zini, bolalarni, kariyalarni, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvni zaharlanishdan asrashlari lozim. Kerak bo’lganda kisman yoki to’la tozalash ishlarini bajarishlari radiatsion va ximiya tеkshiruv asboblaridan to`g`ri foydalanishlari RXN ni tashkil qila olishlari bunda fuqaro muhofazasini amaliy normalarini bajara olishlari shart.

Favqulodda hodisaarda shikastlanganlarga, yaradorlarga, bеmorlarga tеz tibbiy yordam Byera olishlari, ularni hayotini saklab kolish evakuatsiya etish, shaxsiy dorilarni to`g`ri foydalana olishlari shart.

Fuqarolar muhofazasining amaliy ishlarini, tashkiliy tuzilishini o`zini urni va vazifalarini aniq bilishi va bajara olishliri shart.



FUQAROLAR MUHOFAZASI TUZILMALARI SHAXSIY TARKIBLARINI JALB QILISH.

Fuqarolar muhofazasining tuzilmalari favqulodda vaziyatlarda ko`tkazish qayta tiklash ishlariga turmush-yashash ishlarini qayta tiklashga xos bo’lgan ko`p kirrali ishlarni bajarish uchun tashkil etadilar. O`zbekiston Rеspublikasining barcha fuqarolari erkaklar 18 dan 60 yoshgacha, ayollar 18 dan 55 yoshgacha jalb qilinishlari qonun asosida bеlnilangan. Fuqarolar muhofazasi tuzilmalarga harbiy xizmatchilar, harbiy xizmat utash davrida chaqiruv shartli mutaxassislar bundan mustasno, shuningdеk 1-2-3 guruh nogironlari, xomilador ayollar, 8 yoshgacha bolasi bor ayollar, 3 yoshli bolasi bor oliy ma'lumotli ayollar fuqarolar muhofazasi tuzilmalarga kiritilmaydilar.

Fuqarolar muhofazasining harbiylashmagan tuzilmalari yuqori darajasi tayyor turish guruhiga (svodno`y) otryad kiritilgan fuqarolar tinch totuv davrida tibbiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish kеng qo`llamli avariya va katastrofalarda ishlab chiqarish korxonalari ishchi xodimlarini shoshilinch chaqiruv yiguv yuli bilan tuplanadilar, shuning uchun bu tuzilmalar bilan doimiy o`quv mashklari o`tkazilib, o`z mutaxassisliklari yo’nalishi bo`yicha tayyorgarlik etib borilishi zarur.

Har bir mamlakatning asosiy boyligi uning fuqarolaridir. Ularning sog–salomatligi, turli tabiiy ofatlardan muhofazazalanganligi bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu boisdan Rеspublikamiz Prеzidеnti I.A. Karimov fuqarolar muhofazasini ta'minlash ishlariga katta e'tibor bilan karamokda.

«Bizning kurashib turgan olam goyat murakkab va muammolari bo’lib kеldi, shunday bo’lib kеlmokda, hamda shunday bo’lib kolajak»,- dеb yozgan edi muxtaram Prеzidеntimi I.A Karimov. «O`zbekiston 21 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari» asarida.

Binobarin, sayyoramizning tiriklik olami tabiat nе'matlari bo’lgan havo, suv, tuprok va olovsiz yashay olmaydi. Ammo ularning munosibligi o`zgarganda turli noxush hodisaar byerishi – insonlar, moddiy boyliklar qishloq xujalik ekinlariga katta zarar еtishi mumkin.

Fuqaro muhofazasi umumdavlat himoyalash vazifasi bo’lib uning maqsadi barcha aholini, ishlab chiqarish korxonalari, jamoa xujaliklari muassasalarini xalq boyligini, o`simliklar oziq-ovqat mahsulotlarini, muhimi fuqarolarning hayotini har kanaka xavf-xatardan asrash, hayot tizimini eng ogir vaziyatda ham ushlash kabi oliy janob vazifalarni bajarishni o`z olidiga maqsad qilib kuyadi. Tabiiy ofatlarda, urushning ogir oqibatlarida vujudga kеlgan vaziyatlarni yukotish eng muhimi tеz sanitariya yordami qutqazish ishlarini ommaviy bajarishni tinchlik davrda aniq rеjalashtirib yo`zaga kеlgan oqibatni tugatishi shart.

Fuqaro muhofazasi qo'shinlari.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo'shinlari O'zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.

Fuqaro muhofazasi qo'shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  1. zararlanish o'choqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv ishlarini olib borish;

  2. qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan faoliyatlarni amalga oshirish;

  3. aholini va xaql xo'jaligi tarmoqlari inshootlarini ko'chirish jarayonlarida ishtirok etish;

4) aholi hayot faoliyatini ta'minlash inshootlarini tiklash. ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.

Tuzilmalar qutqaruv, kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan texnika (asbob-uskunalar. transportlar va boshqa narsalar) bilan ta'minlanadi.

Bularga Olmoniyaning «Mersedes-Bens», «Rozenbaum» Rossiyaning «Gazel», «Kamaz» rusumli qutqaruv avtotransportlari, «Faun» yuk ko'targichi, «Trelgem» muhofaza kiyimlari, «Xolmatro» pnevmogidravlik jihozlari. balandlikka ko'tarilish moslamalari va g'avvoslik anjomlari kiradi.

Tuzilmalar soni ishlab chiqarish korxonasi doirasida va ishchilar soni hamda xizmatchilar miqdoriga bog'liq.

Umummaqsaddagi tuzilmalar qutqaruv-kechiktirib bo'lmaydigan talafot-ta'mirlash ishlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga mo'ljallanib. fuqarolar muhofazasi kuchlarining o'zagi bo'lib hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: guruhlar uyushmasi, guruhlar. qutqaruv guruhlari va bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash guruhlari.

Xizmat tuzilmalari shikast topgan yerlarda maxsus vazifalarni amalga oshirishga belgilangan bo'ladi. Ular qatoriga aloqachilar, o't-o'chirish guruhlari, zararsizlantirish guruhlari, berkinchoqlar xizmatlarini bajaruvchilar, avtouyushma va jamoa tartibini saqlash guruhlari, sanitar guruhlari va boshqalar kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2000-y. 4-avgustdagi 81-sonli buyrug'iga ko'ra «0'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi falokatlar-qutqaruv bo'linmalari xizmatlariga toifa unvonlarini belgilash va berish tartibi to'g'risida»gi «yo'riqnoma» amalga kiritilgan. Yo'riqnoma qoidalariga binoan qutqaruvchilar 3 ta toifaga ajratiladi: 1, 2 va 3-darajali. Ularga, kezi kelganda «Xalqaro miqyosdagi qutqaruvchi» toifasi ham topshiriladi.

Vazirlikning alohida o'rnak ko'rsata olgan xizmatchilarini rag'batlantirish, tarkibiy bo'linmalar faoliyati samaradorligini ko'tarish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1999-yil 8-sentabrdagi 197-sonli buyrug'iga binoan «0'zbekiston najotkori» esdaiik nishoni ta'sis etilgan. Bunday nishonga birinchilardan bo'lib. 1999-yili Turkiya yer silkinishlari oqibatlariga barham berishda qatnashgan 24 kishi sa/ovor boidi.

Tibbiyot institutida fuqarolar muhofazasi shtabi (rahbariyati) tuzilib, unga alohida boshliq tayinlanadi va uning tarkibi shu yerda ishlaydigan xodimlar va rasmiy shaxslardan tashkil topadi. Bu tarkibdagi kishilar asosiy ish joyidan ajratib olinmaydi. Shtab tarkibiga boshliqdan tashqari, tezkor guruh, harbiy tayyorgarlik va boshqa fuqarolar muhofazasi boshlig'i zarur deb topgan yordamchilar kiradi. Institut qoshida mavjud bo'lgan klinik bo'limlarda, ulardagi boshliqlar fuqarolar muhofazasi rahbari bo'lib hisoblanadi va uning qo'li ostida shtab ham tashkil qilinishi mumkin.

Tibbiyot institute qoshida quyidagi xizmatlar joriy etilishi mumkin: axborot va aloqa, tibbiy, radiatsiya, kimyoviy vositalarga qarshi jamoa tartibini saqlash, elektr toki bilan ta`minlash, yorug`likni pinhonlashtirish, talofat-texnik va o`t o`cherish, berkinchoqlar, transportlar.




XULOSA

Fuqaro muhofazasi umum davlat himoyalash vazifasi bo`lib, uning maqsadi barcha aholini, ishlab chiqarish korxonalari, jamoa xo`jaliklari, o`simliklar oziq-ovqat mahsulotlarini, ichimlik suv manbalarini barcha boylik manbalarini eng muhimi fuqarolarning hayotini har qanaqa xavf-xatardan asrash, hayot izmini eng og`ir vaziyatda ham ushlash kabi oily janob vazifalarni bajarishni o`z oldiga maqsad etib qo`yadi. Tabiiy ofatlarda urushning og`ir oqibatlaridan vujudga kelgan vaziyatni yo`qotish eng muhimi tez sanitariya yordami, qutqarish ishlarini ommaviy bajarishni tinchlik davrida aniq rejalashtirib yo`zaga kelgan oqibatni tugatishi shart.

Yuqorida keltirilgan ishlarini to`la va to`kis, o`z vaqtida kechikmasdan bajarishi uchun umum fuqaroni o`qitish, o`rganish muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlari fuqaro muhofazaasi tarkibida misli ko`rilmagan muhim vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarni biz kelgusi darsimizda o`rganamiz.

Mustaqil ish uchun ko`rsatma

Talabalar mavzuga asoslangan holda bajara bilishi kerak: -FM xizmatining vazifalari va uning tutgan o`rnini, tashkiliy strukturasini, to`zilish prinsiplarini.



  • Favqulodda vaziyatlarda hozirgi zamon ommaviy qirg`in qurollari qo`llanilganda FM kuchlarining vazifalariga aniq baho bera bilish, uning bajarilish sifatini aniqlash

  • FM tuzilmalarining harakatini favqulodda vaziyat sodir bo`lganda to`g`ri tashkil qilish, javobgarlikni sezgan holda chora tadbirlarni o`tkazish . Mustaqil ish jarayonida mavzu bo`yicha sinov savollariga javob berish, FM ning tashkiliy tizimining, tuzilmalarining shaklini daftarga chizish.Kerak bo`lganda mustaqil qaror qabul qilish malakasiga ega bo`lish.

Nazorat savollari.

  1. Fuqaro muhofazasi tushunchasi

  2. Fuqaro Muhofazasining davlat tizimi

  3. Fuqaro muhofazasining shaxsiy tarkibi

  4. Fuqaro muhofazasining mahalliy tuzilmalari

  5. Fuqarolar muhofazasining vazifalari

  6. Fuqaro Muhofazasining tashkiliy to`zilish prinsiplari

  7. Fuqaro Muhofazasining kuchi, vositalari va tuzilmalari strukturasi

  8. Fuqaro Muhofazasining umumiy bo`limlarining vazifalari

  9. Fuqaro Muhofazasi xizmatining zamonaviy urushda tutgan o`rni

  10. Fuqaro Muhofazasining o`quv muassasalaridagi tashkiliy tuzilishi

  11. Fuqaro Muhofazasining oily va o`rta maxsus yurtlardagi tashkiliy tuzilishi

«Aylana stol» usuli.

Ushbu usul talabalarning joriy bilimlarini baholash bilan birga mavzuni mustahkamlash uchun ham qo`llaniladi. Guruh ikkitadan kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruhga oq qog`ozga savol beriladi va bir ikki minut ichida javob variantlari yozilishi kerak bo`ladi. So`ngra qog`oz keying kichik guruhga o`zatiladi va boshqa guruhdan varaqalar olinadi. Shunday qilib har bir kichik guruhga o`qituvchi tomonidan 1 tadan savol berib uni stol bo`ylab aylantiradi. 6 tа kichik guruhga 6 tа savol beriladi. Agar 6 ta savolga to`g`ri javob berilsa «5» bахо, 5tа savolga to`g`ri javob berilsa «4» bахо, 4 tа savolga to`g`ri javob berilsa , «3» bахо qo`yiladi.



Savol: Fuqaro muhofazasining maxsus xizmati

Javob: Aloqa, tibbiyot, muhandislik, o`t o`cherish, transportchilar, Jamoa tartibini saqlash, moddiy texnika, hayvonlar va o`simliklarni muhofaza qilish, savdo qilish va ovqatlanish, communal texnik.

Sаvоl: Fuqarolar muhofazasi faoliyati necha davrga ajratiladi

Jаvоb: 4 davrga ajratiladi: 1- tinchlik dazri, 2- dushman hujumi yoki tabiiy ofat xavf-xatari tug`ilgan davr, a)xavf-xatar noaniq bo`lganida; b) xavf-xatar aniq bo`lganida, 3- dushman hujumi yoki tabiiy ofat ro`y berayotgan paytda; 4- dushman hujumi yoki tabiiy ofat bo`lib o`tganidan so`nggi davrda.

Sаvоl: Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari

Jаvоb: 1) zararlanish o`choqlarida va zararlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy kimyoviy va boshqa qidiruv ishlarini olib borish; 2) qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan faoliyatlarni amalga oshirish; 3) aholini va xaiq xo`jaligi tarmoqlari inshootlarini ko`chirish jarayonlarida ishtirok etish; 4) aholi hayot faoliyatini ta`minlash inshootlarini tiklash, ta`mirlash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.

Sаvоl: Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy omillari

Jаvоb: - insonparvarlik, odamlar hayoti va sog`lig`ningustivorligi;

-oshkoralik-tabiiy yoki texnogen xususiyatli hodisalar to`g`risida aholini

ogohlantirish;

Axborotni o`z vaqtida berilishi va ishonchli bo`lishligi;

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarini oldindan ko`rilishi;

Davlat, hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarihs organlari, korxonalar, tashkilotlar, o`quv yurti rahbarlari.

Sаvоl: Fuqaro muhofazasining vazifalari

Jаvоb: - mamlakat aholisini yoppasiga ommaviy qiruvchi qurollardan himoya qilish;

- Ishlab chiqarish korxonalarining ritmik ishlashini ta`minlash va yoppasiga qiruvchi qurol ishlatilganda ularni himoyalash;

- Vayrongarchilik sodir bo`lgan o`choqda qutqarish ishlarini tez va shoshilinch bajarish;

- Aholiga tez va shoshilinchtibbiy yordam ko`rsatish;

- Xaql xo`jaligi, jonivorlar, ekinzorlarni radioaktiv moddalardan zaharlanishdan va bakteriologik yuqumli xastalikdan himoya qilish;

- Sodir bo`lgan favqulodda hodisaning oqibatini bartaraf etish kabi vazifalar yuklatiladi.



Mavzu bo`yicha test savollari:

#O`zR Fuqaro muhofazasi tizimi Fuqaro muhofazasi tizimiga----- o`tkazildi?

1996 yil 4 mart

1992 yil 10 dekabr

11993 yil 14 yanvar

1998 yil 2 sentabr

1999 yil 3 aprel

#O`zR “Fuqaro muhofazasi to`g`risida” qonuni------- qabul qilingan?

126 may 2000y

3 aprel 1996y

15 sentabr 2001y

18 dekabr 2003y

12-aprel 2003y

#O`zR aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli FVlardan muhofaza qilish to`g`risidagi qonuni------qabul qilingan?

20 avgust 1999y

15 may 1992y

16 iyun 1994y

13 sentabr 2004y

14 yanvar 1998y

#O`zR fuqaro muhofazasi rahbari

O`zR Bosh vaziri

O`zR Prezidenti

Viloyat FVB boshlig`I va senat

O`zR FVV

O`zR Vazirlar mahkamasi

#Fuqaro muhofazasi tizimi qachon tashkil etilgan?

1961y


1945y

1932y


1996y

2000y


#Fuqaro muhofazasi faoliyati necha davrni o`z ichiga oladi?

13 ta


14 ta

15 ta


18 ta

12 ta


#FM ning asosiy tamoyillari

Ishlab- chiqarish,hududiy

Oldindan tayyorgarlik

Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash

Evakuatsiya va taqsimlash

Barcha javoblar to`g`ri

#Fuqaro muhofazasining tuzilishi

Rahbarlik, shtab, xizmatlar, evakuatsiya komissiyalari,kuchlari

PresidentBosh vazir, Vazirlar mahkamasi, Viloyat FVBB

FVB, viloyat FVBB, shahar FVBB

Shahar FVBB, TSQ boshlig`i

Tuman hokimi, o`rinbosarlari, FMTX rahbarlari

#FM rahbarlari mas’ul

FM holatiga, chora tadbirlari to`liq va o`z vaqtida o`tkazilishiga

Korxona hodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishiga

FM tizimlarini o`qitilishiga

Tinchlik davri chora tadbirlar o`tkazishga

Shahar, tuman kasalxonalarini FVlarda ishlashini ta’minlashga

#FM rahbari tuzilmalar faoliyatini nazorat qilishi

Shaxsan va shtab orqali

Aloqa vositalari orqali

Shahar, tuman FMTX orqali

BTYoKO, MTYoKB, Kasalxona bazalari orqali

Viloyat, shahar, tuman FV bo`limlari orqali

#FM shtabining asosiy vazifasi

FM barcha tuzilmalarini kundalik ishini nazorat va boshqarish

FM tuzilmalarini maxsus vositalar bilan ta’minlash

FM tuzilma va muassasalarini maxsus vositalar bilan ta’minlash

Tuzilmalarni xo`jalik vositalari va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash

Falokatlarda tuzilmalarni o`choqga olib kirish

#Evakuatsiya qo`mitalari rahbarlari

Hokim, o`rinbosarlari, korxona rahbari, o`rinbosari

Hokimlar (viloyat, shahar, tuman)

FM shtabi hodimlari

Shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish stansiyalari bosh vrachlari

Shahar, tuman kasalxonasi bosh vrachlari

#Evakuatsiya qo`mitalarining asosiy vazifalari

Aholi evakuatsiyasi, taqsimlash rejasini ishlab chiqish va jarayonni boshrarish

Aholi evakuatsiyasi uchun avtomobil texnika ajratish

Ko`chiriladigan aholini suv, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan taminlash

Kasallar va zarar ko`rganlarni kasalxonalarga joylashtirish

Kasalxonalar palatalarini to`ldirilishini doimiy nazorat qilish va kasalxona shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari bilan ta‘minlash

#FM kuchlari tarkibi

Tuzilmalar, muassasalar, FM harbiylashtirilgan qismlari

Viloyat, shahar, tuman hokimlari

Viloyat, shahar, tuman FM bo`limlari boshliqlari

Vazirlar mahkamasi, yuqori va quyi palata

Zararlanish o`choqlarida faoliyat ko`rsatadigan SD, SP, BTYoKO

#Tuzulma turlari

Umumiy va xizmat

Jangovor va nojangovor

Harbiy, harbiy bo`lmagan

Tibbiy, muhandislik

Boshqaruvchi va bajaruvchi

#Tuzilmalar tarkibiga … kiradi

18 yoshdan 60 yoshgacha sog`lom erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha sog`lom, homilador bo`lmagan ayollar

22 yoshdan 45 yoshgacha sog`lom erkaklar, 22 yoshdan 40 yoshgacha sog`lom ayollar

15 yoshdan 60 yoshgacha sog`lom erkaklar, 16 yoshdan 50 yoshgacha sog`lom ayollar

Homilador bo`lmagan ayollar, erkaklar uchun yoshi 13 yoshdan oshganlari

Maktab o`quvchilari, litsey, kolledj, iliy ta’lim muassasalari o`quvchilari ,barcha ishlab chiqarishdagi xodimlar

#Tibbiyot instituti FM rahbari

Institut rektori

Har bir fakultet uchun dekanlar

Rektor o`rinbosari

Iqtosodiyot va tadbirkorlik bo`yicha rektor o`rinbosari

Rektor buyrug`iga asosan tayinlangan mas’ul hodim



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə