O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə6/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
.

O`zlashtirila

digan


me`yorlad

Me`yorlarning dajarish shartlari

Ta`lim oluvchilar

Bajariladigan vaqtni

baholash


A`lo


Yaxshi


Qoni

qarli



Havotozala

gichlar


O`rganuvchilar bo`linmalar bo`yicha jangga tayyor holda mashinalarda o`tirishibdi.

Askarlar Serjantlar va zobitlar

7sek

11sek


8sek

12sek

10sek

14 sek





Jang harakatlarini olib borishadi va yo`lda dam olishadi

Bo`linma

8sek

12sek


9 sek

13 sek


11 sek

15 sek





Havotozalagichlar

“safar” holatida



Vzvod

9 sek

13sek


10sek

14sek


12sek

16sek





To`satdan “gazlar” yoki

Rota

10sek

14stk


11sek

15sek


13sek

18stk





Respiratorlar kiyilsin degan buyruq beriladi O'rganuvchilar havotozala-gich yoki respiratorlarni kiyib jangovar vazifalarni davom ettiradilar
















Eslatma: 1. Havotozala gichlar tank, БТР va boshqa yopiq texnikalar ichida kiyilganda vaqt 1sekundga o`zaytiriladi/

2.Suratda havotozajagich kiyish vaqti, maxrajda respiratorni kiyish vaqti ko`rsatilgan.














ISHDAN CHIQQAN HAVOTOZALAGICHLARDAN FOYDALANISH


Havo zararlangan o'choqlarda, birdan havotozalagich ishdan chiqib qolgudek bo'lsa, boshqasiga erishguncha, ushbu havotozalagichdan ma'lum vaqt mobaynida foydalanishga to'g'ri keladi. Undan foydalanish quyidagicha bo'ladi: 1) niqob-shlem yoki niqobni tirkashlovchi tasmalardan birontasi zararlansa (yirtilsa, sitilsa), uni betga zich qilib bosiladi; 2) niqob-shlem kattaroq yirtilsa, oynaklar shikastlansa, nafas olish va nafas chiqarish qopqoqchalari ishdan chiqsa, nafas olish to'xtatiladi; 3) ko'zlar yumiladi; 4) niqob-shlem yechiladi; 5) so`zg'ich-yutish qutichasidan transportchi nay burab ajratiladi; 6) qutichani ushlab, bo'yinchasi (горловина) og'izga tiqiladi; 7) quticha orqali bevosita nafas olinadi (ko'zlar yumuq holatda).

Mabodo, quticha teshilib qolsa, qilinadigan amallar: 1) teshik loy, tuproq, non mag'zi, jvachka (saqich) bilan berkitiladi.

Umumqo'shin havotozalagichlarining transportchi nayi bo`zilsa (teshilib qolsa, yirtilsa) uni umuman olib tashlanadi va so`zg'ich-yutish qutichasi to'g'ridan-to'g'ri havotozalagichning yo`z qismidagi qopqoqchali qutichasiga burab ulanadi.

Havotozalagichlardan tashqari, nafas a'zolarini radiofaol quruq-changdan asrash uchun respirator R-2 va oddiy himoya vositalari qo'llaniladi.

HAVOTOZALAGICHLARNING SALBIY TA'SIRI
Havotozalagichlar qo'llanilganda, nafaqat uning foydali tomonlaridan, balki salbiy ta'siri haqida ma'lum darajada tushunchaga ega bo'lish, uning bilan bevosita aloqada bo'lganda, kishi, o'zini qanday tutishini anglab yetadi. Havotozalagichlardagi faollashtirilgan ko'mir orqali havo yutilganda, ushbu ko'mirning ko'rsatgan qarshiliga (20-25 mm suv ustuni darajasida) tufayli, nafas olish jarayoni og'irlashadi - nafas olish tezlashadi (taxipnoe), yurak urishi tezlashadi va yo`zaki bo'ladi (taxiakardia). Vujudga kelgan qarshilikni yengishga harakat qilinganda, ko'krak qafasi ichi bosimi kamayib, uning portal vena qon tomirlaridan qonni so'rib olishi ortadi, oqibatda yurakning o'ng qorinchasi ishiga ish qo'shiladi. Bunday o'zgarishlar yurak faoliyati va qon aylanish jarayonini izdan chiqarishi mumkin. Undan tashqari niqob-shlemda is gazining parsial bosimi oshadi, yurak faoliyati yanada og'irlashadi. Havotozalagichlarning salbiy ta'sirlaridan yana biri, u ham bo"lsa, ko'rish maydonini 40 %ga torayishiga olib keladi.

Yurak faoliyatining zo'riqishi, ko'rish maydonining deyarli 2 marta torayishi, yo`z va boshning qattiq qisilishi, ezilishi, qosh ustida, yonoqlarda, chakkalarda, quloqlarda, dahan sohasida og'riq va qizarishning paydo boiishi, eshitish darajasining pasayishi, albatta, tanadagi moddalar almashinuvi jarayonining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Sanab o'tilgan salbiy ta'sirlardan tashqari, havotozalagichlar boshqa o'zgarishlarni ham keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. Bularga ko'z oldining qorong'ilashuvi, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, quloqlarning torn bitishi, ovozning pasayishi, darmonsizlik va h.k. kiradi.

Havotozalagichlar ko'rsatishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlar oldini olish uchun ularning o'lchamlariga va ular orqali nafas olish qoidalariga e'tibor berish kerak. Ularning o'lchamlari odamning bosh o'lchamlariga mos kelishi, uni kiygach, shoshmasdan chuqur nafas olish lozim.

Ayrim hollarda havotozalagichlardan foydalanish yo cheklanadi yoki ruxsat etilmaydi. Shunga ko'ra ularga nisbatan bo'ladigan monelik shartli ravishda 2 ga ajratiladi: 1) qisman yoki nisbatan moneliklar; 2) batamom yoki mutlaq moneliklar.

Qisman moneliklarga yurak va qon tomirlarining faol kasalliklari, nafas yo'llarining surunkali betobliklari, buyraklarning ham o'tkir, ham ayniqsa surunkali dardlari, kamqonlik va kislorod yetishmovchiligi bilan kechadigan xastaliklar kiradi.

Batamom yoki mutlaq moneliklarga og'ir jarohatlar va umuman bemorlar hamda homilador ayollar taalluqlidir.

RESPIRATORLAR


Respiratorlar havotozalagichlar kabi odamning nafas yo'llari va a zolarini radiofaol yog'inidan, tuproq changidan va bakteriologik vositalardan asrash xususiyatiga ega. Ularga misol tariqasida R-2 (39-rasm) va ShB-1 «Лепесток» (bargcha) ko'rsatish mumkin. Ular39-rasm. R-2 respiratori: 1 - yarim niqob; 2 - nafasni chiqaruvchi klapan; 3 - burun qisqichi; 4 - rezinadan tayyor-langan egiluvchan tasma.
ko'rinishidan havotozalagichlardan soddaroq bo'lib, niqobning yarmini eslatadi. Uni tayyorlash uchun 3-qavatli mato olinib, ustki qavati penopoliuretandan, ichki qavatiga esa, polietilen varag'i (plenka) joylashtiriladi. Uni odamning yo`z qismiga pishiqroq o'rnashtirish maqsadida, burun qisqichi bilan ta'minlanadi. U tushib ketmasligi uchun 2 ta rezinka bilan boshning orqa qismiga tortib qo'yiladi. Respirator-2 da kattalar 12 soat mobaynida ishlashlari, bolalar esa faqat 4 soat foydalanishlari ko'zda tutiladi. Bolalar uchun R-2B (bolalar-Д-детский).

Respirator-2 ning kamchiliklari quyidagilardan iborat:

1) nafas olingan havoni kislorod bilan boyitmaydi;

2) zaharlovchi kimyoviy moddalarning gazli va bug'li ko'rinishidan


asramaydi.

Respirator ShB-1 «JIenecroK»ning R-2 dan farqi unchalik katta bo'lmay yuqori darajadagi sorbsiyalash xususiyatlari bilan ajralib turadi. Undan tashqari, «Лепесток» ning ishlash muddati o`zoqroq.

NAFAS A'ZOLARINI HIMOYALOVCHI ODDIY VOSITALAR

Bunday vositalar aholi tomonidan xuddi respiratorlardan foydalangan kabi qo'llanilishi mumkin. Ularning tuzilishi sodda bo'lib, tayyorlash jarayoni ko'p vaqtni, maxsus ishlovdan o'tgan matolarni talab etmaydi, kam harajatlidir. Shu boisdan ham aholining ko'pchiligi uchun ayni oddiy himoya vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday vositalarga oddiy dokadan tayyorlangan va doka-paxtali niqoblar kiradi. Oddiy dokali niqoblarni tayyorlash uchun toza doka olinib, 4-6 qavat qilib taxlanadi. Taxlam o'lchamlari shunday bo'lishi kerakki, u odamning burni va og'zini to'la-to'kis ravishda berkitishi zarur.

Doka-paxtali niqobni yaratish uchun 1 metr o`zunlikda va eni 50 sin bo'lgan toza doka, ayniqsa mazkur maqsadda shasha doka as qotadi, chunki shasha dokaning teshiklari maydaroq bo'lib, o'zi esa ma'Ium darajada qalinroqligi bilan oddiy dokadan ajralib turadi. 50 sm enli doka 2 ga bo'linadi. Uning o'rta qismiga o'lchamlari: o`zunligi 30 sm, eni 20 sm, qalinligi 2 sm qilib paxta qatlami to'shaladi. Dokaning cheti paxta tomon qayriladi. Dokaning paxtadan tashqari (2-tomonda) qismi, 2 ga qirqiladi, go'yoki shimning oyoq qismi kabi. Shunda doka-paxtali niqobning 4 ta oyog'i paydo bo'ladi. Pastki oyoqlar bosh ustiga, yuqori oyoqlar esa, boshning orqa qismiga bog'lanadi. Bunday niqob og'iz va burun teshiklarini zich qilib berkitishi kerak (40-rasm).

40-rasm. Paxta-dokali niqob.

Doka-paxtali niqoblar, odatda, 1 marta foydalanish uchun tavsiya etiladi. Ammo, unga yaxshilab ishlov berilsa (dezinfeksiya, degazatsiya), imqoniyat yo'q joylarda, qaytadan ishlatish mumkin.

Respiratorlarning ishlash muddati tugagach, changi qoqilib, ichki tomoni sathi nam latta bilan artiladi.

Ko'zni himoyalovchi maxsus ko'zoynaklar shaxsiy himoya vositalaridan biri bo'lib, ular ko'zlarni yorug'lik nurlanishidan saqlaydi. Ularning ishlash prinsiplarining asosi bo'lib, fotoxrom va infraqizil yorug'lik so`zg'ichlari xizmat qiladi. Bunday ko'zoynakdan foydalanish, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ommaviy qirg'in qurollari qo'llanilgan o'choqlarda, ko'zoynaklardan foydalanib bo'lgach, ularga yaxshilab ishlov berilishi va g'ilofga solib qo'yish lozim (41-rasm).

Aytilganlardan tashqari, nafas yo'llarini salbiy omilfardan himoyalash maqsadida, changga qarshi matoli niqoblardan (ChQMN) ham foydalanilsa bo'ladi. Ularga misol qilib, ChQMN-1 (PTM-1) ni keltirish mumkin. Bun41-rasm. Kuzni himoyalovchi markali vosita:

OPF / - himoyalovchi ко zoynak; 2 - terlagan varaqalar; 3 - dastro 'molcha; 4- g'ilof.

day niqob 2-4 qavatli matodan tayyorlanib, tiniq varaqlar qo'yilgan ko'z o'rinlari ochiladi. Uni boshga biriktirish uchun chetlariga mato tasmalari tiqiladi va ustiga bogianadi. Ushbu niqob boshga mahkam, zich tegib turishi uchun, tepa chokiga rezinka tasmalar, pastki chok qismi esa, tugun qilinib, 2 tepa burchaklariga rezinka tasma ulanadi. U orqali o'tadigan havo, niqobning barcha qismida chang zarrachalaridan forig' bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan nafas yo'llarini zararlangan havodan tozalash uchun tavsiya etilgan matoli niqoblar yumshoq niqoblar qatoriga kiradi. Qattiq niqoblarni esa, havotozalagichlar va respiratorlar misolida ko'rildi.

Yumshoq niqoblarning birontasi ham bo'lmagan hollarda nafas yo'llarini zararlangan havodan himoyalash maqsadida, qo'l ostidagi narsalardan (sochiq, sharf, ro'molcha va boshqalar) samarali foydalansa bo'ladi.


TERINI HIMOYALOVCHI VOSITALAR

Terini himoyalash vositalari, tananing ochiq qismlari, kiyim-kechaklar, poyabzal va boshqa olingan narsalarni tomchi-suyuq holatdagi kimyoviy zaharlovchi moddalar, radiofaol changlardan, bakterial qurol vositalaridan va qisman yorug'lik nurlanishdan saqlash ilinjida, qo'llaniladi. Ularni maxsus va kundalik hayot jarayonlarida kiyiladigan kiyimlarga ajratiladi. Maxsus xiliga umumqo'shin himoya majmuasi (ОЗК-общевойсковой защитный костюм) va yengil himoya kastumi (Jl-l-легкий защитный костюм) kiradi; 2-xili esa turmushdagi kiyiladigan kiyim-kechaklardan iborat

bo'ladi. Faoliyat ko'rsatish jihatidan maxsus tiqilgan shaxsiy himoya kiyimlari havo o'tqazmaydigan (so`zg'ich jihatli) va alohidalash xususiyatiga ega. Keyingisi o'zidan havoni o'tqazmaydi.

So`zg'ich xususiyatli matolardan tiqilgan shaxsiy himoya kiyimlari vaqtincha yoki doimo kiyib yurishga mo'ljallangan bo'ladi. Uning asosini ip-gazlamali kiyim tashkil qilib, uni maxsus kimyoviy ishlovdan o'tqaziladi. Sanitariya-gigiyena jihatiga ko'ra bunday kiyimni doimo kiyib yursa bo'ladi.





Terining so`zg'ichli himoya vositalariga so`zg'ichli kiyim ЗФО-58 kiradi (42-rasm). U dan qilingan maxsus bichilgan kombi-nezondan iborat bo'lib, maxsus so`zma (pasta) holidagi kimyoviy moddalarning eritmasi bilan ishlov berilgan bo'ladi. Ushbu kimyoviy moddalar zaharlovchi moddalarni (adsorbsiya xususiyati) ushlab qoladi yoki

neytrallaydi. Kombinezondan tashqari, erkaklarning ichki kiyimlari (ko'ylak); o`zun ishton (калсоний); ip-gazlamali shlemosti avrasi va 2 juft paytavalar (ularning bir jufti kombinezonga shimdirilgan kimyoviy modda bilan ishlovdan o'tgan) ham kiradi. Ichki kiyimlar, shlemosti avrasi va ishlov berilmagan 1 juft paytavalar tana terisini kombinezon tomonidan shilinmasligi va ularni shimdirilgan kimyoviy maxsus, modda eritmasi ta'sirida qitiqlanmasligi uchun qo'llaniladi.

So`zg'ich-himoya kiyim (ЗФО-58) tarkibiga qiruvchi kombinezon o'lchamlari 3 xil bo'ladi: 1-bo'yi 160 sm bo'lgan kishilar uchun; 2-bo'yi 160-170 smva3-bo'yi 170 sm dan baland bo'lgan odamlar uchun mo'ljallangan bo'ladi.

44-rasm. Umumqo'shin himoya to'plamini «jangovar» holatga o'tkazish usullari: a - himoya to 'plami «yoping 'ich» holatida kiyilgan; b - himoya to 'plami «yengiga» holatida kiyilgan; d - himoya to'plami «kombinezon» holatida kiyilgan.

e

43-rasm. Umumqo'shin himoya to'plami: a - himoya plashi; 6 - BL-1Myozda ishlatiladigan himoya qulqopi; v - B3-1M qishda ishlatiladigan himoya qo 'Iqopi; g - himoya paypog 4;



1 - orqadagi turumchalarga qadab qo 'yiladigan kalta tasmalar;

2 - plash yonidagi turumchalarga qadab qo'yiladigan tasmalar;

3 - tasma tutqichlar;

4 - qistirgichlar;

5 - markaziy turumchani ushlab turuvchi joylar;

6 -plash yoniga о 'tqazilgan turumchalar;

7 - yonboshdagi turumchalarni ushlab turuvchi joylar;

8 - ikkita tekstil materialidan tayyorlangan tasmalar;

9 - plash yengini qisib turuvchi tasma;

10 - markaziy turumcha.

Havo o'tqazmaydigan matolardan tiqilgan alohidalovchi himoya kiyimlari zich (герметичные), butun tananing hamma qismlarini berkituvchi va zaharlovchi kimyoviy moddalarning tomchilaridan saqlovchi (kastumlar, kombinezonlar) hamda qisman yoki mutlaqo zich bo'lmaganlarga (негерметичные) (yaktaklar, yopinchoqlar (накидки), fartuklar va boshqalar) ajratiladi. Zich bo'lmaganlari yoki qisman zich bo'lganlari

tananing ochiq qismlarini tomchi-suyuq holatdagi zaharlovchi moddalardan himoyalovchi kiyimlarga umumqo'shin himoya majmuasi (ОЗК), yengil himoya kastumi (Л-1) himoya kombinezoni yoki kastyum kiradi.Umumqo'shin himoya to'plami (ОЗК) (43,44-rasmlar) himoya yaktagi (ОП-1) himoyalovchi qo'lqop va paypoqlardan tashkil topgan. Mo'ljal - maqsadga ko'ra majmua yopinchoq (qo'llarga kiydirilgan) yoki kombinezon ko'rinishida qo'llanishi mumkin. Majmua yopinchoq tarzida, dushman tomonidan to'satdan zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar tashlanganda yoki radiofaol yog'inlar bo'lganda hamda texnika va transportni zararsizlantirish jarayonlarida ko`zatiladi. Zaharlovchi moddalar bilan zararlangan joylarda bo'lganda va kimyoviy hamda bakteriologik omillar bilan zararlangan joylarda kuchli shamol turganida, kombinezon ko'rinishida foydalaniladi.

Odatda, maxsus himoya kiyimini zararlanmagan joyda (berkinchoqlar, xonalar va boshqalar) ish boshlashdan oldin kiyiladi. Mabodo, havo zararlangan bo'lsa, kiyimni havotozalagichni kiygandan so'ng kiyiladi. Himoya kiyimini zararlanmagan joyda yechiladi va havo kelayotgan tomonga yurib, havotozalagich boshdan olinadi. Buning uchun shlem tagiga, boshning orqa qismiga barmoq kirgiziladi.

Yengil himoya kostyumi (Л-1) (45-rasm) rezinkalangan kapyushonli kurtka, rezinkali kalishlar bilan biriktirilgan shim, rezinkalangan qo'lqoplardan iborat bo'ladi. Mazkur kastum kimyoviy xavfli korxonalarda, temir yo'l va avtotransportlarda, yadro reaktorlarida talafotlar ro'y berganida, urush davrida dushman tomonidan kimyoviy zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar qo'llanilganda yoki radiofaol moddalar yog'Uganda radiofaol moddalar va bakterial vositalar bilan zararlangan joylarda harakat qilinganda hamda texnika va transportlarni zararsizlantirish jarayonlarida ishlatiladi.



T/r

Tashqi havo harorati, 'C

Odamlarning terini himoyalovchi kiyimlarda bo'lish vaqti, daqiqalarda







Ho'llanmagan, to'siqli kombinezon

Ho'llangan, to'siqli kombinezon

1

30 va yuqori

15-20

60-90

2

25-29

30 gacha

90-120

3

20-24

45 gacha

120-150

4

15-19

120 gacha

180 dan ziyod

5

15 dan past

180 dan ortiq

-

Bulutli va shamolli havo sharoitlarida hamda soya joylarda odamlarning terisini asrovchi Alohidalovchi himoya kiyimlarida bo'lish, odam tanasi uchun bezarar bo'lmaydi, chunki havo issiq kunlarda issiqlikni berish va issiqlik almashinuv jarayoni issiqlikni berish va issiqlik almashinuv jarayoni izdan chiqadi. Natijada, tananing keskin ravishda qizib ketishiga olib keladi. Oqibatda nafas olish va yurak faoliyati bo`ziladi. Og'ir holatlarda issiq urish dardi kelib chiqadi. Shu boisdan odamlarni alohidalovchi kiyimlarda bo'lish vaqti cheklanadi. Radiofaol changdan saqlanish maqsadida, alohida odatdagi kiyimni sharoitga moslashtirish mumkin. Ularning zichligini, tanaga yopishib turishi uchun ko'krak usti (нагрудники), kapyushon, shimlarning yon

tomondagi bog'lagichlarni tomondagi bog'lagichlarni qo'shimcha holda ishlatish kerak. Radiofaol moddalardan himoyalanish maqsadida qo'l ostidagi narsalardan (shaxsiy, maishiy, sport, ishchi va boshqa kiyimlar hamda poyabzaldan, zichlashtiruvchi tanaga yopishib turishi uchun ko'krak usti (нагрудники), kapyushon, shimlarning yon tomondagi bog'lagichlarni qo'shimcha holda ishlatish kerak. Radiofaol moddalardan himoyalanish maqsadida qo'l ostidagi narsalardan (shaxsiy, maishiy, sport, ishchi va boshqa kiyimlar hamda poyabzaldan, zichlashtiruvchi qo'shimcha narsalar bilan ham foydalansa bo`ladi.
Л-l yengil himoya kostyumini: / - kopyushonli ко`ylak; 2 - paypoqli shim; 3 - himoya qo`lqoplari; 4 - dubui'aosti; 5 - himoya majmuasining haltasi;

6 - butaro tasma; 7-yelka tasmalari,

Himoya kiyimlarida ishlash va bo'lish muddatlari vaqt jihatidan cheklangan.

SHAXSIY TIBBIY HIMOYA VOSITALARI

Shaxsiy tibbiy himoya vositalari odamlar ommaviy qirg'in qurollaridan zararlanganida muhofaza va tibbiy yordam ko'rsatishga mo'ljallangan. Ular yordamida odam hayotini saqlab qolish, yetkazilgan shikastlanish rivojlanishining oldini olish va ular darajasini kamaytirish, tananing chidamliligini ayrim zararlovchi omillarga nisbatan (ionlovchi nurlanish, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar) ko'tarishga erishish mumkin. Ularga radioproteklar (nurga qarshi vositalar, ionlashtiruvchi nurlanishga nisbatan tana chidamliligini oshiruvchi hamda radiatsiyaviy jarohatlanish va nur kasalligining oldini olish uchun ishlatiladigan dorilar - sistamin, xlorid, batilol, meksamin, merkamin gidroxlorid, kaliy yodid, liniment tezan linetol, dieton surtmasi, «Ликсазол» aerozoli, parmidin surtmasi. aloe linimenti, solkoseril, dimetpromid va boshqalar), antidotlar va bakteriyalarga qarshi vositalar, qisman sanitar ishlovini ta'minlovchi vositalar kiradi.

Antidotlar deganda turli-tuman moddalardan zaharlanganda ishlatiladigan moddalar tushuniladi. Bularga zaharlanishga qarshi moddalar: maxsus antidot, sorbentlar va kompleksonlar kiradi. Maxsus antidotlar unitol, natriy tiosulfatdan sorbentlar, faollashtirilgan ko'mir, faollashtirilgan ko'mir «KM» tabletkalari, faollashtirilgan CKH ko'miri, enterosorbent CKH, karbolong, polifepandan, kompleksonlar yoki xelatlar (majmualar vujudga keltiruvchi birikmalar) tatatsin kalsiy, pentatsin, ferrotsin, etilendiamintetrauksus kislotasining ikki natriyli to`zi, trimefatsindeleroksaminpenitsillaminlardan iborat.

Bakterial omillarga qarshi vositalarga, qisman sanitar ishlovi uchun qo'llaniladigan moddalar kiradi.

Radiofaol moddalar odam tanasiga qaysi yo'l bilan tushishiga qaramay, kompleksonlar, adsorbentlarni qabul qilish, ushbu moddalarning qonga so'rilishiga to'siq bo'lib, ularning odam tanasidan zudlik bilan chiqib ketishiga ko'maklashadi.

Antidotlar zaharlovchi moddalar ta'siri oldini olish yoki susaytirish xususiyatiga ega. Lckin, zaharlovchi moddalarga qarshi hammabop (universal) antidotlar, hozircha yo'q. Faqat, ayrim zaharlovchi moddalarga (nerv-shol xususiyatli), sinil (achchiq) bodom kislotasi va uning boshqa birikmalari, lyuizit va g'ashga teguvchi zaharlovchi moddalarga nisbatan qo'llaniladigan antidotlar mavjud. Masalan, fosfor organiq zaharlovchi moddalarga qarshi vositalarga amizilk, aprafen, arpenal, afin, atropin va prozerin, atropin va meteraminol, buaksil, benzatsin, benzogeksonniy, diprofen, metamizil, metatsin, pentatsin, taren, P-6 moddasi va boshqalar: bodom kislotasi birikmalari qarshisiga amilnitrat, propil nitrat. lyuizit va margimushi bor moddalarga qarshi unitol qo'llaniladi.

Yuqorida keltirilgan antidotlardan muhofaza va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida foydalanish mumkin.
BAKTERIYALARGA QARSHI VOSITALAR
Bunday vositalar 2 guruhga ajratiladi: 1) nomaxsus; 2) maxsus.

Nomaxsus bakterial muhofaza vositalariga antibiotiklar - bu guruhdagi moddalarning hozirgi paytda 70 dan ziyod vaqili ma'lum bo'lib, 10 guruhga ajratiladi: penitsillin guruhlilar, sefalosporinlar guruhiga oidlari, turli beta-laktamlilar, tetratsiklinlar, aminoglyukoidlar, linkomitsinlilar, levomitsetinlilar, makrolidlar va azalidlilar, turfa guruhlilar, zamburug'lilarga qarshi antibiotiklar, interferonlar (alfa interferon, interlok, reaferon, intron. betaferon) kiradi.

Maxsus muhofaza vositalariga zardoblar (qonning shaklli zarrachalari - elementlari cho'ktirilganidan keyin ajralib chiqadigan suyuq qismi), vaksinalar (emlanadigan moddalar: o'ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan mikroorganizmlar), anatoksinlar (zararli xususiyatlardan forig' bo'lgan toksinlar), bakteriofaglar (bakteriyalarga ta'sir etib, ularning yemirish, o'zidan fag (bakteriofaglarga tegishli) zarrachalarini chiqarish xususiyatiga esa virus) taalluqli bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan vositalarning ba'zi birlari shaxsiy doridon-2 (аптечка индивидуальная АИ-2) tarkibiga kiradi.

Ro'yxatdagi (tabel) tibbiy himoya vositalariga shaxsiy himoyaning tibbiy vositalari (МСИЗ-медицинские средства индивидуальной защиты): shaxsiy doridon -2 va kimyoviy moddalarga qarshi shaxsiy haltacha (ИПП-8 индивидуальный противохимический пакет) oid bo'ladi.

Shaxsiy doridon-2 ommaviy qirg'in qurollari ishlatilganida, atom elektr stansiyalarida talafot yo`z berganida hamda yuqumli kasalliklar oldini olish maqsadida shikastlanganlarning o'ziga o'zi va o'zgaga tibbiy yordam berish maqsadida tavsiya etiladi (46-rasm).



46-i asm. Shaxsiy doridon: Muhofazalanishning tibbiy vositalaridan iborat bo'lib, yaralar va kuyganda og'riqni olishda о'zigayordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Radioaktiv, zaharlovchi va kuchli ta 'sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM) bilan zararlanishlami aniqlab ogohlantirish yoki kuchsizlantirish hamda yuqumli kasalliklar bilan kasallanishlarni ogohlantirish.

Mazkur doridon ko'rinishidan kichik hajmli (bo'yi 10 sm, eni 9 sm va qalinligi 2 sm), zarg'aldoq rangdagi plastik xomashyodan ixcham qilib yasalgan quticha bo'lib, uning ichida plastmassadan ishlangan tyubikli-shpris va dorilar solingan tokchalari bo'ladi. Tokchalar 6 qavatli bo'lib, har bir tokchasi ma'Ium maqsadlarda qo'llash uchun tavsiya etilgan dori vositalari bilan jihozlangan. Uning tarkibida, odam tanasiga ionlovchi nurlanish, kimyoviy zaharli moddalar, bakterial vositalardan kelib chiqishi mumkin bo'lgan ta'sirlar oldini olish va susaytirish uchun dorilarning majmuasi mavjud.

Suyaklar singanida, jarohatlar kelib chiqqanida, keng ko'lamli kuyishlarda, og'riqli karaxt (shok) ning oldini olish maqsadida doridonning 1-tokchasiga joylashtirilgan, 1-2 %li promedol eritmasi mushaklar orasiga yuboriladi.

Tinchlik davrida promedol dorisi ta'sir jihatidan A guruhdagi kuchli ta'sir etuvchilarga taalluqli bo'lib, doridonga solinmay alohida qultlanadigan joyda saqlanadi.

Doridonning 2-tokchasida fosfororganiq zaharlovchi kimyoviy moddalarga qarshi taren dorisi solingan bo'lib, «kimyoviy» belgi (signaltzatsiya) berilishi zahotiyoq, uning 1 donasi (tugmacha shaklida) ichiladi. Mabodo, zaharlanish alomatlari kuchaya borsa, tarendan yana 1 donasi yutiladi.

Doridonning 3-tokchasida oq rangdagi, nisbatan o`zunchoq silindr ko'rinishidagi idishcha bo'lib, uning ichida bakterial vositalarga qarshi 2-tartib sonli (№ 2) sulfodimetoksin (15 dona) dorisi solinib, uni nurlanishdan so'ng paydo bo'ladigan me'da-ichak yo'lari faoliyatini izdan chiqqanida ichiladi.

Tana quvvatini ionlovchi nurlanish ta'siriga qarshilik ko'rsatish qobiliyatini ko'tarish maqsadida, 1-sonli radiohimoya vositasi (gistamin) qo'llaniladi. Sistamin moddasi 4-tokchada 2 ta pushti rangli yassi idishlarda (penal) joylashtiriladi. Har bir idish 6 donadan tugmacha ko'rinishli sistamin bilan ta'minlanadi. Yassi idishlardagi 6 dona sistamin tugmachasi nurlanish ta'siridan 30-40 daqiqa avval, nurlanish davom etayotgan sharoitlarda yana qolgan 6 dona sistamin 4-5 soatdan keyin suv bilan ichiladi. Sistaminning samarasi, 50 %ni tashkil qilishi mumkin.

5-tokchada 2 dona rangsiz (bo'yalmagan) yassi qutichalar joylashtirilgan. Har bir qutichaning ichiga bakteriyalarga qarshi 1-sonli (№1) vositalar (tetratsiklin-5 donadan 10 ta dona) solinadi. Mazkur vositalar bakteriologik xavf yoki bakteriologik vositalar bilan zararlangan holatlarda tavsiya etiladi (jarrohlik va kuyish mfeksiyalarini nomaxsus moddalar - vositalar ishlatib oldini olish).

6-tokchadagi 2-sonli radiohimoya vositasi (kaliy yodi) joylashgan bo'lib, uni radiofaol yog'inlar to'qilganida 1 donadan 10 kun rnobaynida tanaga radiofaol moddalar bilan zararlangan hududlarda o'tlab yurgan sigirlarning suti tarkibida radiofaol yod moddasining kirish xavfi tug'ilganida, qabul qilinadi.

Tananing nurianishga bo'ladigan dastlabki javobiga (reaksiyasi) (ko'ngil aynish va qusish) barham berish uchun etaperazin (faol neyroleptik - markaziy asab tizimi faoliyatini susaytiruvchi, ayni paytda odam ongiga ta'sir qilmay. psixozlarning (telbalik, ruhiy kasalliklar) alahsirash. vasvasa va tashqi ta'sirotsiz paydo bo'ladigan xayollar yoki xayoliy sezgilar singari alomatlarga barham beradigan dori vositalari) dorisi ishlatiladi. U aminazinga nisbatan qusishni t'aol ravishda to'xtatadi. Hiqichoqqa barham beradi; mushaklarni bo'shashtiradi, kataleptik (bemor qanday vaziyatda turg'izib qo'yilsa, shunday holatni saqlab turaveradi; ruhiy kasalliklarda ko`zatiladi) ta'sirini ko'rsatadi.

Etaperazin dorisi ko'k rangdagi idishchaga solinib, 7-tokchaga joylashtiriladi. Shaxsiy doridondagi vositalarning bir galgi qabul qilish miqdori: og'riqni qoldiruvchi va radiohimoya vositalariniki kattalar va bolalar uchun bir xil; qolgan moddalarniki (taren, sulfodimetoksin, sistamin, tetratsiklin) esa, bolalar uchun 8 yoshgacha 1/4, 8-15 yoshgacha esa, 1/2 miqdorda (kattalarga nisbatan) tavsiya etiladi.

ИПП-8


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə