Oʻzbekiston respublikasi


Oʻzgaruvchan oʻsish modeli



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Oʻzgaruvchan oʻsish modeli 
 
Yuqoridagi  rasmda  koʻrib  turganimizdek,  oʻzgaruvchan  oʻsish 
modelini qoʻllash investorga korxona rivojlanishining mos davri uchun 
mumkin  boʻlgan  oʻsish  surʻatlarini  yoki  uning  qonuniy  asoslangan 
oʻzgarishlarini  aniqlash  imkonini  beradi.  Korporativ  moliyani 
boshqarish nazariyasi va amaliyotida oʻzgaruvchan oʻsish modelining 
xususiy holatlari sifatida ikki yoki uch davrli model keng qoʻllaniladi. 
Ikki davrli oʻsish modelida qandaydir 
T
 davrgacha dividendlarning 
oʻzgarishi aniq bir obyektiv qonuniyatlar bilan bogʻlanmagan. Lekin 
T
 
davr boshlangandan soʻng ular 

doimiy koeffitsient bilan oʻsadi.  
Shunda  investor 
DIV
1
,  DIV
2
,  ...,  DIV

dividendlar  belgilanishi, 
shuningdek, 
T
  davrning  ham  prognozini  amalga  oshirishi  lozim.  Bu 
holatda aksiyalar boʻyicha toʻlovlar oqimi ikki qismga: 
T
 davrgacha va 
T
  davrdan  keyingi  dividendlarga  ajratiladi.  Mos  ravishda  aksiya 
qiymati 
V
  ikkala  toʻlovlar  oqimlari  qiymati  yigʻindisiga  teng boʻladi: 
V=V
t
+V
t+1

Mazkur holatda 
V

miqdori 
T
 davrdan oldin dividend toʻlovlarining 
berilgan 
r
  stavkasi  boʻyicha  diskontlangan  summasini  oʻzida  aks 
ettiradi. 
T
  davrdan  keyingi  toʻlovlar  oqimi  doimiy  koeffitsient  bilan 
oʻzgartirilishi nazarda tutiladi. Uning qiymati 
V
t+1
doimiy oʻsish modeli 
boʻyicha aniqlanishi mumkin.  


 
60 
Shunda aksiya qiymati 

quyidagi formula yordamida aniqlanishi 
mumkin: 
 

 Oʻzgaruvchan  oʻsish  modeli  boʻyicha  investitsiya  ichki 
daromadliligini hisoblash maʻlum bir murakkablikni oʻzida aks ettiradi 
va quyidagi tenglik asosida aniqlanadi: 
 

Zamonaviy  kompyuterlar  va  tegishli  amaliy  dasturlar  paketlari 
mazkur koʻrsatkichni tezda va samarali aniqlashga imkon beradi. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Faraz qilaylik, A kompaniya aksiyalari boʻyicha keyingi ikki davr 
mobaynida  dividend  toʻlovlarining  25  foizlik  oʻsishi  kutilmoqda. 
Undan  soʻng  dividend  toʻlovlari  yillik  oʻsish  5  foiz  darajasida 
barqarorlashadi.  Talab  qilinadigan  daromadlilik  stavkasi  12  foiz.  A 
kompaniya aksiyasi qiymatini aniqlang. 
 
=42,08 birlik 
 
Gordon  modeli  kabi  ikki  bosqichli  model  ham  qator  kamchilik-
larga ega. Ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish lozim: 
- alohida oʻsish davri davomiyligini aniqlashning zarurligi
-  yuqori  oʻsish  bosqichida  reinvestitsiya  qilinadigan  yoki 
jamgʻariladigan  pul  tushumlarini  va  toʻlanadigan  past  darajadagi 
dividendlarni korxonalarning yetarlicha baholay olmasligi
- juda past va barqaror dividendlarga oʻtish jarayonining juda tez 
sodir boʻlishi. 
Umuman  bunday  modellar  tez  rivojlanuvchi  korxonalar,  yaʻni 
mazkur  bosqichda  bozorning  boshqa  ishtirokchilari  bilan  taqqos-
laganda  qandaydir  raqobat  ustunligiga  (masalan,  nou-xau,  alohida 
huquq,  litsenziyalar,  patentlar)  ega  korxonalarni  baholash  uchun 
koʻproq mos keladi.  


 
61 
Uch  bosqichli  model 
deb  ataladigan  aksiyalar  qiymatini  va 
daromadliligini  baholash  moduli  eng  umumiy  model  hisoblanadi. 
Barcha  korxonalar  hayotiy  sikli  tushunchasiga  hamohang  tarzda 
mazkur  model  ham  taraqqiyotning  uchta  bosqichi:  oʻsish  bosqichi, 
oʻtish  bosqichi  va  rivojlanishning  eng  yuqori  bosqichi  tarzida  amal 
qiladi.  Har  bir  bosqich  daromadlar  va  dividendlarning  mos  oʻsish 
surʻatlari  bilan  tavsiflanadi.  Umumiy  holda  birinchi  bosqichda 
korxonaning  muvaffaqiyatli  rivojlanishi  jarayonida  dividend 
toʻlovlarining oʻsishi 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə