O‘zbekiston respublikasi


Mulla Abduqahhor va Ibrohimbek Laqay harakati



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Mulla Abduqahhor va Ibrohimbek Laqay harakati.
Mana shu 
harakatdagi Markaziy siymolardan biri Ibrohimbek haqida turfa ilmiy 
maqola va nashrlarda, olim va adiblar orasida turlicha qarashlar mavjuddir. 
Ibrohimbek haqida nisbatan real ma'lumotlarni Said Olimxonning dastlab 
1929 yilda turkistonlik muhojirlar tashabbusi bilan Parijda fransuz tilida va 
Konstantinopolda turk tilida chiqqan asarida o‘z ifodasini topgan. 
Ibrohimbek haqida yanada realroq ma'lumot sobiq SSSR DXK arxividan 
olingan Ibrohimbekning 1931-1932 yillardagi so‘rov protokollari nusxasi 
Parijdagi aka-uka Mezonneflar Sharq va Amerika kutubxonasi fondida 
ham saqlanmoqda. 
Ayniqsa, sobiq Sovet tuzumi sharoitida nashr etilgan asarlarning 
barchasida Ibrohimbek qoralanib, voqealar rivoji sobiq hukmron mafkura 
manfaatlariga moslanib tasvirlanadi va talqin etiladi. Faqatgina 
to‘qsoninchi yillardan so‘ng voqealar tasviri va tarixiy siymolarga 
munosabat nisbatan ob'ektiv mohiyat kasb etib, qo‘rboshilar, jumladan 
Ibrohimbek haqida ham xolis, ob'ektiv yondoshuv asosida qator ilmiy 
materiallar e'lon qilinib, jarayonlar rivojining real manzarasi davriy nashr 
va adabiyotlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Bugungi kunda harakat mohiyati va unda Ibrohimbek o‘rni kabi 
masalalar doirasida o‘zbekistonlik olim Qahramon Rajabov tomonidan 
yangicha talqinlar ilgari surilmoqda. 
Ibrohimbekning 
haqiqiy 
siymosini 
xalqqa 
tanishtirishda 
Eshmuhammad Donaxonovning xizmatlarini alohida ta'kidlab o‘tish 
joizdir. Asardagi xalqchillik jihatlari va badiiy qiymati «Quyun» 
qissasining respublikadan tashqarida ham shuhrat qozonishini ta'minladi. 
Shuningdek, taniqli shoir Asqar Mahkam ham Ibrohimbek va laqaylar 


151 
siymosini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishi harakat mohiyati hamda 
elatning etnoxususiy jihatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ibrohimbek siymosidagi ijobiy xususiyatlarni ommalashtirishda 
hamda elatimiz taqdiri haqidagi tarixiy-etnografik ma'lumotlarni yoritishda 
Omonulla Olimovning xizmatlarini ta'kidlash muhim. U kishi o‘zining 
«Qora unvon» tarixiy biografik ocherkida harakat ishtirokchilaridan olgan 
ma'lumotlarga tayanib: «Ibrohimbekning bo‘y-basti o‘rtamiyonadan 
baland, keng yelkali, ko‘zi tim qora, nigohlari o‘tkir, kamsuqum, xotirasi 
kuchli va jasur yigit bo‘lganligi qayd etilgan.
Ibrohimbek siymosiga ijobiy yondoshuv Afg‘onistonlik o‘zbek va 
tojik olimlarning asarlarida keng o‘rin topib, Ibrohimbek mahalliy o‘zbek, 
tojik, qozoq va turkmanlarni pushtunlar rejimiga qarshi birlashtira olib
qisqa vaqt mobaynida qator harbiy muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib, 
Afg‘oniston shimolidagi ba'zi mintaqalarni vaqtincha bo‘lsada egallab, o‘z 
boshqaruv usulini joriy qila olgan qahramon sifatida tasvirlanadi.
G`arb olimlari ham bolsheviklarning O‘rta Osiyo hududini bosib 
olishda yerli xalq tomonidan qattiq qarshilikka uchraganliklarini ta'kidlab, 
xalq qarshilik harakatidagi Markaziy siymolardan biri Ibrohimbek 
ekanligini haqli e'tirof etib, harakat yo‘lboshchisining siyosiy-harbiy 
siymosini yaratishga intilishganlar. Jumladan, nemis olimi Reynxard 
Eyzener Ibrohimbek haqida Sovet tarixnavisligini o‘rganib, Sovet ilmiy 
adabiyotlaridagi Ibrohimbekni «o‘g‘riboshi», «bosmachi», «avantyurist» 
kabi nisbatlar tahlilidan kelib chiqib «Ibrohimbek kim bo‘lgan?!», degan 
muammoni o‘rtaga tashlab, arxiv ma'lumotlari asosida jarayonlar rivojini 
tahlil etgan. 
Muhammad Ibrohimbek, 1889 yilda, hozirgi Dushanbe shahridan o‘n 
ikki kilometr uzoqlikda joylashgan Ko‘ktoshda tug‘ilgan bo‘lib, o‘zbek 
millatining laqay elatidan, laqaylarning to‘rt urug‘idan biri bo‘lgan – 
esanxo‘ja urug‘idandir. 
Ibrohimbekning otasi Chaqaboy Bobo o‘g‘li qishloq oqsoqoli hamda 
Ko‘ktosh laqaylarining urug‘ boshlig‘i edi. Shu bilan birgalikda Chaqaboy 
oqsoqolga Buxoro amiri tomonidan – 1870 yilda miroxur va 1894 yilda 
to‘qsabo unvoni berilgan edi. Chaqaboy to‘qsabo umrining oxirigacha 
Ko‘ktoshda yashab, 1910 – 1911 yillar atrofida vafot etgan.
U o‘z davrining an'analariga sodiq ravishda hamda islom 
sunnatlariga amal qilgan holda to‘rt xotin olgan. To‘rt xotindan olti o‘g‘il, 
olti qiz ko‘rgan. Farzandlarining barchasi turli yoshlarda vafot etib, taqdir 


152 
va zamonning qaltis o‘yinlariga garov sifatida faqatgina kenja o‘g‘il 
Ibrohim omon qolgan. 
Ibrohim otasi Chaqaboy to‘qsaboning tirikligi paytida musulmoncha 
maktabda o‘qib savod chiqargan. So‘ngra sho‘rchilik Domulla 
Muhammadining madrasasida va Hisor madrasalarida ta'lim oladi. U 
yoshligidan laqaylarda muntazam uchrab turadigan – uloq, ya'ni 
ko‘pkarilarda qatnashib, dadilligi va g‘ayratliligi bilan o‘z tengqurlari 
ichida ajralib turgan. 
Otasining vafotidan so‘ng, zamona zayli bilan hamda o‘sha paytdagi 
og‘ir ijtimoiy hayot sabab, Ibrohimning ham turmushi qiyinlasha 
boshlagan. Garchi, bu davrda u otasi Chaqaboy oqsoqolning do‘sti marqa 
urug‘idan bo‘lgan Yangibozorlik Imonqulboyning Tuymaxol ismli qiziga 
uylangan bo‘lsada, farzand ko‘rmagan. 1919 yilda Hisor begi tomonidan 
qorovulbegi unvoni bilan taqdirlanib, Ko‘ktosh laqaylaridan zakot 
yig‘ilishiga mutasaddi shaxs sifatida vazifaga tayinlangan. Keyinchalik u 
Abduqayum Parvonachining Bibixaticha ismli qiziga uylangan. 1930 yilda 
Afg‘onistonda Mustafoqul hojining Mayxuvan ismli singlisiga uylanadi. 
Mayxuvan 
momo 
o‘tgan asrning yetmishinchi yillari oxirida 
Afg‘onistonning Hilman viloyati Lashkargohida yetmish yoshlardan oshib 
vafot etadi. 
Abduqayum 
Parvonachining 
kenja 
qizi 
Zumrad 
momo 
Qayumovaning guvohlik berishicha Ibrohimbekning Bibixatichadan 
Fulomhaydar ismli o‘g‘li bo‘lib, taxminan 1932 yillarda to‘rt yoshida 
kasallikdan vafot etgan. Ko‘p o‘tmasdan Fulomhaydarning onasi ham 
Dang‘ara tumanida o‘z opalarining qo‘lida vafot etadi. 
Buxoro amiri Said Olimxon bolsheviklar va jadidlarning so‘l qanoti 
vakillari tazyiqi ostida Buxoroni 1920 yilning 1-sentyabrida tark etib, 
Sharqiy Buxoroga yo‘l olib, o‘zining muvaqqat qarorgohini Hisor 
bekligidagi Dushanbeni belgilab, olti oy mobaynida Sharqiy Buxoroda 
davlat ishlarini boshqarishga intiladi. 
1921 yilning bahorida Abduqayum Parvonachi Dang‘ara atrofidagi 
Qoratavdagi harbiy amaliyotlar jarayonida ot bosib jiddiy shikastlanadi
natijada harbiy guruhga boshchilik qilishi murakkablashadi hamda 
o‘zining kuyovi va boshqa yigitlarga nisbatan jur'atliroq, xarakterida 
tashkiliy qobiliyati ustun bo‘lgan Ibrohimni o‘ziga o‘rinbosar etib 
tayinlaydi. Abduqayum Parvonachining salomatligi sabab, harbiy 
amaliyotlarda butun faoliyat va mas'uliyat Ibrohimning zimmasiga tushib 
boraveradi. Xuddi shunday sharoitda Eshon Sulton va boshqa 


153 
qo‘rboshilarning talabi bilan harbiy faoliyatni davom ettirish hamda 
Sharqiy Buxorodagi boshqa qo‘rboshilarni qo‘llab quvvatlash uchun 
Ibrohim boshchiligidagi laqay qurolli guruhlari Baljuvon bekligi 
hududidan Hisor bekligi hududiga o‘tadilar. Bu davrda Ibrohim bir necha 
zafarli harbiy amaliyotlarni boshqarib, harbiy va siyosiy jabhada yetarli 
obro‘ – e'tibor orttirib ulgurgan edi. Dastlab, asosan laqaylardan iborat 
harbiy guruhlar tarkibiga boshqa o‘zbek elatlari, turkiy elat va tojiklar ham 
kelib qo‘shiladilar hamda ayrim hududlarda alohida guruhlar ham tuzilib, 
Laqayda ushbu harakat keng yoyiladi.
Qizil armiyaga qarshi Sharqiy Buxoroda harbiy guruhlarning 
dastlabki tashkilotchilari – Dang‘arada Abduqayum Parvonachi, Qizil 
Mozorda Tog‘ay Sari, Baljuvonda Davlatmandbiy, Ko‘lobda Ashur 
to‘qsabo, Darvozda Eshon Sulton, Dushanbeda Rahmon Dodxoh, 
Qorateginda Fuzayl Maxsum (Fuzayl Maxdum), Hisorda Temurbek, 
Surxonda Xurrambek, Laqayda Ibrohimbek edilar. Qo‘rboshilarning ichida 
o‘zining jasurligi va botirligi bilan Ibrohimbek tez orada qator 
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib, voqealarni chetdan kuzatayotgan Said 
Olimxonning e'tiborini jalb etib, Ibrohimbekni umidlantiruvchi maktublar 
jo‘nata boshlaydi.
Har qanday harakat dastlab muayyan hududda, muayyan kuch yoki 
etnik birlik doirasida shakllanadi. Sharqiy Buxoroda Davlatmandbiy, 
Abduqayum Parvonachi, Tog‘ay Sari, Barotbek, Ismatbek, Ortiq 
qo‘rboshi, Xurrambek va boshqalar rahbarligida etnik va hududiy 
belgilariga qarab shakllangan qurolli guruhlar Ibrohimbek siymosida 
yagona kuch sifatida birlashib, etnik va hududiy qobig‘idan chiqib, ozodlik 
harakati sifatida mohiyat kasb eta boshlaydi. To‘g‘ri tan olish ham kerakki, 
ushbu kuchlar tarkibida ba'zan o‘zaro ixtiloflar ham bo‘lib turdi, lekin 
yagona markazlashgan hokimiyatning yo‘qligiga qaramasdan, Ibrohimbek 
tomonidan kuchlarni yagona qo‘mondonlik ostiga birlashtirishga harakat 
qilindi. 
Ibrohimbek qo‘shini qisqa vaqt ichida ulkan zafarlarga erishib, 
qo‘shin tarkibini mustahkamlash uchun maxsus chaqiriqlar, maktub va 
talabnomalar orqali aholini yurt mudofaasiga jalb qila boshlaydi hamda 
atrofida tuzilayotgan barcha kichik guruhlarni birlashtiradi. Shu o‘rinda 
ta'kidlash lozimki, Ibrohimbekning harbiy-siyosiy jabhada tashkilotchilik 
va strategik qobiliyatining ustunligi bois: 
1. Sharqiy Buxoroda mustaqil harbiy faoliyat olib boruvchi barcha 
guruhlarni yagona qo‘mondonlik ostiga yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi; 


154 
2. O‘z qo‘shinida qat'iy intizom o‘rnatishga erishish bilan bir qatorda 
ularning harbiy maydondagi botirligini ham ta'minlay oldi; 
3. Eng asosiysi, siyosiy kollaps sharoitida o‘zi nazorat qiluvchi 
hududlarda o‘ziga xos boshqaruv usulini joriy eta oldi. 
Ibrohimbekning dovrug‘i butun Buxoroni qamrab olib, mamlakat 
tashqarisida ham yirik harbiy-siyosiy figura sifatida e'tirof etila boshlanadi. 
Markaziy va Farbiy Buxorodan, shuningdek, Fijduvon, Pirmast, Vobkent, 
Xo‘ja Orif, Xutfar, Vang‘oze, Qorako‘l tumanlaridan aholi Ibrohimbekka 
vakillar jo‘natib, Ibrohimbekning kelib ularning ham bolsheviklarga qarshi 
kurashlariga rahbarlik qilishini so‘rashadilar. Ibrohimbek o‘z navbatida 
aholining ushbu tilak va takliflarini Said Olimxonga yetkizadi. Olimxon bu 
davrda Kobulda o‘z atrofida bo‘lgan Mulla Abdulqahhorni Markaziy va 
Farbiy Buxorodagi fuqarolarning bolsheviklarga qarshi kurashiga rahbarlik 
qilishi uchun jo‘natadi. Mulla Abduqahhor Kobuldan Sharqiy Buxoroga 
kelib Ibrohimbek bilan uchrashadi va Markaziy Buxoroga yo‘l olib, u 
yerda harakat rahbarligini o‘z qo‘liga olib, yirik muvaffaqiyatlarga 
erishadi. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə