O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Tayanch iboralar. 
Qurolli qarshilik harakati, istiqlolchilik, “bosmachilik”, urug` 
boshlig`i, boshqaruv, harbiy dasta, siyosiy kollaps, Mulla Abduqahhor, 
Ibrohimbek Laqay, Anvar Posho, Sayyid Olimxonning qarshilik 
harakatidagi roli, Qal`ai Fotu.
Nazorat savollari. 
1.
Buxoroda qurolli qarshilik harakatining kelib chiqish sabablari 
nimalardan iborat bo`ldi? 
2.
Qurolli qarshilik harakatida Sayid Olimxonning o`rni qanday 
bo`lgan? 
3.
Anvar Poshoning Sharqiy Buxoroda qarshlik harakatlariga rahbarlik 
qilishiga sabab bo`lgan omillar? 
4.
Ibrohimbek Laqay harakatining sabab va oqibatlari nimalarda 
namoyon bo`ldi?


161 
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASINING TAQDIRI 
Reja: 
1.
 
BXSRning tashkil etilishi, konstitusiyasi va ma`muriy tuzilishi

2.
 
BXSR da ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va o`ziga xos 
xususiyatlari 
3.
 
F.Xo`jayev va yosh buxoroliklar harakati 
 
BXSRning tashkil etilishi, konstitusiyasi va ma`muriy tuzilishi. 
XX asr boshlarida Rossiya imperiyasiga qaram bo‘lgan Buxoro xonligi 
ma'muriy jihatdan bekliklarga bo‘lingan. Amirlik aholisi 3 mln. kishini 
tashkil qilardi. Aholi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq 
bilan shug‘ullangan. 
Rossiyadagi 1917- yil fevral voqealari, Turkiston o‘lkasi va Xiva 
xonligida bolsheviklar olib borgan siyosat Buxoro xonligiga ham o‘z 
ta'sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Buning asosiy sababi, amirlikda yuz 
berayotgan ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar edi. Misol tariqasida, «Yosh 
buxoroliklar»ning mamlakatda islohotlar o‘tkazish talabi bilan chiqishi 
natijasida amir Olimxon 1917- yil 7- aprelda manifest e'lon qildi. 
Lekin keyinchalik ulamolar talabi bilan namoyishga chiqqan 
«Yosh buxoroliklar» ruhoniylar va madrasa mullavachchalari 
tomonidan toshbo‘ron qilindi, Fayzulla Xo‘jayev va uning ayrim 
safdoshlari zo‘rg‘a Kogon shahriga qochib, omon qoldilar. 
Shu tariqa Buxoro jadidlarining Buxoro xonligida demokratik 
islohotlar o‘tkazish uchun qilgan harakati noxushlik bilan tugadi. 
Undan so‘ng, 1918- yil martda Turkiston ASSR XKS soveti raisi F. 
Kolesovning Buxoroga bosqini barbod bo‘lishi natijasida jadidlar yana 
quvg‘in ostiga olinib, Samarqand va Termizga ketishga majbur 
bo‘lishdi. 
Shunday sharoitda amir Olimxon va bolsheviklar bir-biriga qarshi 
zimdan urushga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi. 1919- yil boshlariga 
kelib amir sarbozlari soni 25 ming nafarga yetdi. Shu bilan birgalikda 
amir Olimxon Afg‘oniston bilan harbiy-iqtisodiy bitim tuzishga 
muvaffaq bo‘ldi. 
Turkiston Muxtoriyati hukumati qonga botirilib, Xiva xonligi 
tugatilgandan so‘ng, bolsheviklar 1920- yilning avgust oyi oxirlarida 
Buxoro xonligiga bostirib kirdi. 1920- yil 2- sentabrda amir taxtdan 
ag‘darildi. Poytaxt bosib olingach, hokimiyat Muvaqqat Butun Buxoro 
Inqilobiy Qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tdi. Inqilobiy Qo‘mita tarkibiga 


162 
Ahmadjon Abdusaidov (rais), Fayzulla Xo‘jayev, Muinjon 
Aminov, 
Olimjon 
Akchurin, 
Abdulhamid 
Oripov, 
Sobir 
Yusupov, 
Mukammil 
Burhonov, 
Hoji 
Hasan 
Ibrohimov, 
Muhammadjon Qulmuhamedov a'zolar edi. 
Inqilobiy Qo‘mita o‘sha kuniyoq manifest e'lon qildi. Aslida bu 
manifest bolsheviklar tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan edi. 
Unda jumladan, mustaqil Buxoro davlatining tuzilganligi, shuningdek, 
amirlikdagi mavjud yerlar davlat yerlariga aylantirilishi, soliqlar 
tartibga solinishi, yerlar esa yersiz va kam yerli dehqonlarga bo‘lib 
berilib, ularni mehnat qurollari bilan ta'minlanishi, sud ishlarini tartibga 
solish, ta'lim tizimini yangilash, o‘lim jazosini bekor qilish, inson 
huquqlari himoya qilinishi yozilgandi. 
Butunrossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston ishlari 
bo‘yicha komissiyasining 1920- yil 10- sentabrdagi qarori bilan 
RSFSR hukumati va RKP(b) MKning Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasidagi vakili etib Turkiston komissiyasi raisining 
o‘rinbosari V.V. Kuybishev tayinlandi. B. Kuybishev BXSR hukumati 
boshlig‘i Fayzulla Xo‘jayevga ishonch yorlig‘ini topshirdi, unda 
«RSFSRning asosiy talabi Buxoro davlati mustaqilligini hurmat 
qilishini, barcha rus fuqarolari va tashkilotlarini ham Buxoro 
mustaqilligini hurmat qilishga undashdan iborat» ekanligi ta'kidlangan 
edi. Amalda esa V. Kuybishev Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
sohalarda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarga ochiqdan-ochiq 
aralashib, sovet andozasini o‘rnatishga harakat qildi. 
1920- yil 14 sentabrda Eski Buxoroda Buxoro Xalq Nozirlar 
Sho‘rosi, Inqilobiy Qo‘mita va Buxoro Kommunistik partiyasi 
Markaziy Komiteti (BKP MK)ning umumiy yig‘ilishida 9 kishidan 
iborat Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi (Markaziy Revkom) tuzildi. 
Rais Abdulqodir Muhitdinov bo‘lib, ularning hammasi kommunistlar 
edi. Shuningdek, 11 kishidan iborat hukumat - Buxoro Xalq Nozirlar 
Sho‘rosi tuzildi. Hukumat raisi etib Fayzulla Xo‘jayev saylandi. 
1920- yil oktabr oyida amirning yozgi saroyi Sitorai Mohi Xosada 
Butun Buxoro xalq
 
vakillarining I- qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda 
Buxoro Xalq Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi. Shu tariqa 
Buxoroda bolsheviklar yordamida jadidlar siyosiy hokimiyatni qo‘lga 
kiritdi. Galdagi vazifa mamlakat iqtisodiyoti ustidan ham hukmronlikni 
qo‘lga kiritish edi. 


163 
1920- yilning kuzida BXSRda ma’muriy-hududiy tuzilish 
o‘tkazilib, u viloyatlar, tumanlar, kentlar va qishloqlarga ajratildi. 
Biroq respublikadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatga 
binoan ma'muriy-hududiy bo‘linish o‘zgarib turgan. 1922- yil avgustda 
BXSR Buxoro, Karmana, Qarshi, Shahrisabz, Sherobod, Karki, 
Chorjo‘y viloyatlariga bo‘lingan. 1923- yil BXSRningi ma'muriy-
hududiy bo‘linishiga o‘zgartirish kiritilib, u 8 ta viloyat (Buxoro, 
Karmana, Nurota, Chorjuy, Qarshi, Shahrisabz, Sherobod, Karki), 28 
ta tuman va Sharqiy Buxoroga bo‘lingan. 1924- yil 1 oktabrdagi 
ma'muriy-hududiy bo‘linishga ko‘ra viloyatlar o‘rnida okruglar tashkil 
qilindi. Okruglar o‘z navbatida 15 viloyat, 48 ta tuman,195 ta kent va 
ko‘plab qishloqlarga bo‘lindi. 
Bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki kundanoq 
iqtisodiy islohotlarni «sotsialistik» qolipda olib borishga harakat qildi. 
1920- yil 11 oktabrda Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi oziq-ovqat 
razvyorstkasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Unga ko‘ra 
Sharqiy Buxorodan tashqari butun respublikadan 1908000 pud g‘alla, 
852 ming pud arpa, 321 ming pud jo‘xori, 338 ming bog‘ beda) 
1160000 pud kishmish yig‘ilishi kerak edi. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə