O‘zbekiston respublikasi


partiya safiga o‘tkazilgach, respublikada kommunistik partiyaning



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019


partiya safiga o‘tkazilgach, respublikada kommunistik partiyaning 
yakkahokimligi o‘rnatildi. Undan so‘ng, iqtisodiy sohada hukmronlikni 
o‘rnatish va vayron bo‘lgan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir 
qator islohotlar o‘tkazdi. Jumladan, «yer to‘g‘risidagi» qonun qabul 
qilindi, undan so‘ng, barcha yerlar davlat ixtiyoriga o‘tkazildi va 
nazorat ostiga olindi. Qishloq xo‘jaligining asosi bo‘lgan dexqonchilik 
va chorvachilik sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 
paxtachilikni 
yuksaltirish, 
chorvachilikni 
rivojlantirish, 
dehqonlarga imtiyozli yordam berish kabi tadbirlar respublika qishloq 
xo‘jaligining rivojlanishiga olib keldi. Paxtachilikni rivojlantirish 
orqali Markazning paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabini O‘rta Osiyo 
respublikalari orqali qondirish edi. Shu maqsadda irrigatsiya tizimi 
rivojlantirildi, paxtakor dehqonlarga moddiy yordam berildi, urug‘lik 
chigit yetkazib berildi. 
Chorvachilik ham tanazzulga uchraganligi uchun bu sohaga ham 
katta e'tibor qaratildi. Chunki, chorvachilik mahsulotlari, birinchi 
navbatda qorako‘l teri, jun va ichak mahsulotlari chet elga eksport 
qilinsa, yirik shoxli qoramollar qishloq xo‘jaligida asqotgan. Shu 


171 
maqsadda hattoki, 1921- yil 1 iyunda yer ishlari nozirligining qaroriga 
ko‘ra davlat- yilqichilik fermasi tashkil qilingan. Bu muassasa sobiq 
amirning otlari va xususiy shaxslarning otlarini sotib olish orqali 
tashkil qilingan. 
Mamlakatda olib borilgan istiqlolchilik harakatlari natijasida 
mavjud sanoat korxonlari va hunarmandchilik izdan chiqqan edi. 1921-
1924- yillardagi olib borilgan chora tadbirlar natijasida sanoat 
korxonlari va paxta zavodlari qaytadan ishga tushirildi. Shuni alohida 
ta'kidlash kerakki, temir yul, transport, aloqa yo‘llari qayta ta'mirlanib 
ishga tushirildi. Bunga yaqqol misol, yangi telegraf liniyasi va ta'mir 
ishlari uchun 100 ming so‘m ajratilgan. 
Lekin, Markaz avvalboshdanoq mamlakatdagi islohotlarni amalga 
oshirishda ko‘rsatmalarni respublikaga yuborgan maxsus vakillari 
orqali berib turdi. Natijada, mamlakat iqtisodiyoti Markaz manfaati 
uchun xizmat qilishga moslashtirildi. Tashqi siyosatda ham respublika 
hukumati bolsheviklar ko‘rsatmasi asosida ish olib borishi kerak edi. 
Xullas, BXSR hukumati mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy sohalarda olib borilgan tadbirlarda Markaz bilan 
hisoblashishga majbur edi. 
Kolesov voqelarning oqibati shu bo’ldiki, minglab begunoh kishilar 
qatl qilindi va ta’qib ostiga olindi. Garchi bolsheviklar maqsadlariga 
erisha olmagan bo’lsalarda, lekin o’z rejalarni amalga oshirishdan voz 
kechmadilar. Bolsheviklar va Buxoro xonligi o’rtasidagi munosabatlarning 
keyingi rivoji oydinlashib qolgan edi. Bu voqealardan so’ng Buxoro 
xonligi o’z mustaqilligini saqlab qolsada, bir kun kelib amirlik tuzumining 
bolsheviklar tig’i bilan ag’darilishi ma’lum bo’lib qolgan edi. 
Sovet hukumati esa Buxoroning mustaqilligini tan olishga va unga 
tovon to’lashga majbur bo’ldi. Bu to’g’rida amir Sayyid Olimxon o’z 
xotira asarida quyidagilarni yozgan edi: «Bu urushdan so’ng Lenin va 
Trotskiy tomonidan bolsheviklarning raisi sifatida Eliava va Broyda degan 
kishi muxtor vazir bo’lib Buxoroga keldi. U kishi bandayi ojiz bilan 
so’zlashib, Buxoro mustaqilligini butunlay menga bermoqchi bo’ldi hamda 
harbiy qurol bilan yordam berishga va'da berdi, hatto yuz yil oldin Buxoro 
davlatiga qarashli bo’lgan yerlarni menga qaytarib bermoqchi ham bo’ldi. 
Shu bilan birga ellik ming miltiq, besh yuz to’p-pulemyot, ellik aeroplan, 
ellik million so’m tillo to’lashga va'da berdi. 
Sovet davlati tomonidan Akselrod degan kishi Buxoro davlatiga 
elchi qilib, tayin etildi. “Afg’oniston davlatiga nisbatan do’stlik 


172 
istehkomlarini tuzib, Toshkentdan menga o’n bitta o’qsiz to’p sovg’a qilib 
yuborishdi. Bolsheviklarning muomalalarini qanday ekanligini shu o’qsiz 
to’pdan bilib oldim. Bu ojiz banda bolsheviklar va ularning elchilari 
muomalalarini 
kelishuvga 
muvofiq 
ish 
olib 
bormaganliklarini 
ko’rganimdan so’ng hayolimga bir fikr keldi. Shu sababdan men askar va 
harbiy qurollarni tayyorlash ishiga kirishdim. Ikki yil ichida Buxoroda 
harbiy va qurol-aslahalar to’plab, qo’shinlarini urushga tayyor turish 
darajasigacha olib keldim". 
Sovet hukumati bir tomondan Amirni aldash bilan mashg’ul bo’lsa, 
ikkinchi tomondan shartnomaga xiyonatkorona Buxoroda davlat 
to’ntarishi yasash uchun Fayzulla Xo’jayev bosh bo’lgan «Yosh 
buxoroliklar» guruhiga iqtisodiy, ma'naviy va tashkiliy jihatdan katta 
yordam berib turdi. Bunda asosan ikki maqsad kutilgan edi. Birinchisi 
Buxoroni tez orada butunlay Rossiyaga qo’shib olish. Ikkinchisi uning 
ko’p yillik afsonaviy oltin zahirasini qo’lga kiritish edi. 
Kolesov bosqini har ikki tomon uchun ham juda katta talofat keltirdi. 
Bu Turkiston sovet hukumatining mahalliy musulmonlarga nisbatan 
Qo’qon fojiasidan keyingi ikkinchi bosqinchilik urushi bo’ldi. Hozircha 
har ikki tomondan qurbon bo’lganlarning soni to’la aniqlangan emas. Eng 
so’nggi ma'lumotlarga ko’ra ular bir yarim mingdan besh mingtacha 
bo’lgan. Shu urushning tashkilotchisi F.Xo’jayevning yozishicha, jami 
3000 kishi halok bo’lgan. Buni u Buxoroning so’nggi 6000 yillik 
tarixidagi «juda ham ko’zga tashlanuvchi qonli dog’», «amir va uning 
hukumati yo’l qo’ygan buyuk jinoyatdir» deb baholaydi. Bu urushdan 
jadidlar katta talofat ko’rdilar va badnom bo’ldilar. Buxoro xalqi amirdan 
F.Xo’jayev va boshqa jadidlarni xoin sifatida osib o’ldirishni talab qildi. 
Amir ana shu xalq talabi bilan jinoyatga aloqasi bo’lgan va 
bo’lmagan 
jadid 
va 
ziyolilardan 
ko’plarini 
qatag’on 
qildi. 
«Inqilobchilar»ning ko’pchiligi Buxorodan qochib, sovet hukumatining 
homiyligida asosan Toshkentda, Samarqand va Rossiya shaharlarida 
boshpana topdilar. 
Mutaassib din peshvolari «Buxoro fijiasi»ning asosiy aybdor deb 
barcha jadidlarni ko’rsatdilar. Jadidlarning aksariyat ko’pchiligi hatto, 
yosh buxoroliklar Markaziy qo’mitasi a'zolarining ham kattagina qismi 
sovet armiyasining Buxoroga hujumini tashkil etilishiga qarshi bo’lgan 
edilar. 
«Buxoro fojiasi»dan so’ng kommunistlar bag’rida jon saqlagan 
«Yosh buxoroliklar» firqasi o’n qanotini inqilobiylashuv jarayoni 


173 
tezlashdi. Ular hatto, o’zlarining kompartiya tashkilotlarini ham tuzdilar, 
Qizil armiya safiga kirdilar. Moskvadan «ustoz»larining inqilob 
maktabidan ko’r-ko’rona saboq oldilar zo’rlik bilan amir hokimiyatini 
ag’darishga tayyorlandilar.
Buxorolik jadidlarning juda ko’pchiligi esa siyosiy kurashni tark 
etdilar, maktab, maorif, matbuot va ma'rifat bilan shug’ullandilar. 
Kolesovning Buxoroga uyushtirgan harbiy hujumining yengilishi 
bilan «Yosh buxoroliklar» firqasida parokandalik yuz berdi. 
Toshkent va Yangi Buxoro kommunistlari ilojsiz siyosiy 
muhojirlikda qolgan yosh buxoroliklarni o’z ta'sir doiralariga oldilar, 
ularni kompartiyaga uyushtirishga yordam berdilar. 1918 yil 17-18 aprelda 
yosh buxoroliklarning tashabbuskor guruhi yig’ilishi chaqirildi. Unda 
kommunistik firqa tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 20 aprelda esa 
barcha buxorolik siyosiy muhojirlar va amirga qarshi bo’lgan «Yosh 
buxoroliklar» firqasi a'zolarining kengashi chaqirildi. Ikki kun davomida 
bu kengash qatnashchilari jiddiy ravishda qaysi yo’ldan borish kerak 
degan masala ustida tortishdilar. Bu tortishuv natijasida ular uch guruhga 
bo’linib ketdilar: yosh buxoroliklar, so’l eserlar va «inqilobiy» guruh. 
Inqilobchilar guruhi kommunistik firqa tashkil etish va amirni taxtdan 
ag’darish uchun birlashish zarur deb hisobladilar. Bu fikrga qo’shilmagan 
ikki guruh norozilik bildirib kengash zalini tashlab chiqib ketdilar.
Buxoroda hokimiyatni kommunistchasiga zo’rlik va bosqinchilik 
yo’li bilan ag’darib tashlash katta fojialarga sabab bo’ldi va o’zini 
oqlamadi. 
«Yosh buxoroliklar»ning o’zlarida qat'iy dasturiy kurash yo’lining 
o’zi yo’q edi. «Yosh buxoroliklar» orasida o’zaro mustahkam g’oyaviy 
birlik yo’q edi. Bu Kolesov bosqinidan so’ng yanada avj oldi. Bu adovat 
keyinchalik «yosh buxoroliklar» harakati rahbarlari orasidagi shaxsiy 
adovat va g’arazgo’ylikka aylanib ketdi. Ular o’zaro birlashib, hamjihatlik 
bilan ish olib borish o’rniga tarqoq holda o’zlaricha ayrim-ayrim 
guruhlarga bo’linib harakat qildilar. Ammo bu guruhlarning qariyb 
hammasi ham rus-sotsial demokratlaridan najot kutdilar. Bu Buxoro 
jadidlarining eng katta xatosi edi. 
Usmonxo’ja Po’latxo’jayev boshchilik qilgan «yosh buxoroliklar» 
rus so’l eser firqasining dasturini qabul qildilar va o’zlarining eser 
Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə