O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Mas`ul muharrir
 
 
Agzamova Gulchehra Azizovna 
 
 
 
 
 
 
tarix fanlari doktori, professor
 
 
Taqrizchilar 
 
 
 
Sarimsoqov Abdilatip Abdirahimovich 
 
 
 
 
 
 
tarix fanlari nomzodi, dosent 

 
 
 
 
 
 
G`ofurov Nizomjon Oktyabrovich 
 
 
 
 
 
 
tarix fanlari nomzodi 
 
 
 
 
 
 
 
Mazkur o`quv qo`llanma Namangan davlat universiteti Kengashining
2018 yil 7 noyabrdagi 3-sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya 
etilgan. 
 
 
A.
 
A. Erqo`ziyev.
 
Buxoro xonligi tarixi 
(o`quv qollanma). – Namangan, 2018. – 200 b.
 
© Namangan davlat universiteti, 2018 yil 



Kirish 
O`zbek xalqining asriy orzulari ham ro`yobga chiqqaniga chorak 
asrdan oshdi. Bugungi kunda O`zbekiston xalqi erk va ozodlik davrida 
hayot kechirmoqda. “Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil 
taraqqiyot yo’lini xolisona baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz 
erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, 
avvalambor izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror 
o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan yilga oshib, jahon 
hamjamiyatida mamlakatimiz 
obro’-e’tiborining tobora yuksalib 
borayotganligi – bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga 
qo’yilgan, chuqur va puxta o’ylangan maqsad, prinsip va normalarning 
hayotbaxsh samarasi desak hech qanday mubolag’a bo’lmaydi”. 
Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yigirma yetti 
yil ichida o’ta mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan 
yaxshi bilgan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov 
ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot 
yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan 
xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-
zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb 
aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir 
bor anglaymiz.
Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, 
madaniy va ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki 
sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, 
davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai 
hisoblanadi. Aynan ushbu ma`naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash 
hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Birinchi 
Prezidenti 
I.A. 
Karimov 
ta`kidlaganidek “…tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib 
bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiramizni 
jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda”. I.Karimov tarixiy 
xotira to`g’risida fikrini davom ettirar ekan – “Tarixiy xotira tuyg’usi 
to`laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha 
muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari 
bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi,” -
– deya haqli ravishda qayd etgan. Yoshlarimizni Vatan tarixi bilan doimo 
mukammal tarzda qurollantira borsakkina, kelajagi buyuk davlatni qura 
olamiz.



O’zbekistonda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol 
ruhda tarbiyalash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Shu maqsadda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat 
siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-
sonli “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori 
qabul qilindi. 
Buxoro xonligi yohud xonligi XVIII asr o`rtalaridan va XX asrning 
20 – yillarigacha yashagan O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan uchta yirik 
xonliklardan biridir. Buxoro hukmdorlari O`rta Osiyodagi boshqa 
hukmdorlarga nisbatan mashhur va qudratli edilar. Bunga asosiy sabab 
sifatida davlat boshqaruvi an`analarini har bir hukmdor doimo davrida 
yangilanib borganligi, xonlarning davlat boshaqaruvidagi o`rni benihoya 
ulkanligi bilan baholanadi. Buxoro hukmdorlarining barchasi haqida 
bunday fikr bildirish to`g`ri emasdir, ammo xonlik qudratini boshlab 
bergan xodisa ham, davlat taraqqiyotining asosi ham hukmdorning shaxsiy 
fazilati edi. Buning natijasida mamlakat siyosiy, harbiy, iqtisodiy va 
madaniy jihatdan yuksalgan. Buxoro xonligi aholisining farovonligi 
oshgan. Abdullaxon II, Imomqulixon, Shohmurod, Amir Nasrullo 
hukmronlik davrida boshqaruv, pul va harbiy sohalarda ko`plab isloxotlar 
o`tkazdiki ular mamlakat taraqqiyotiga o`z ta`sirini o`tkazdi.
Buxoro hukmdorlari, ularning tarixiy shaxsiga baho berish 
maqsadida ular haqida bugungi kunga qadar ko`plab tadqiqotlar yaratilgan. 
Ayniqsa, mustamlaka davri adabiyotlarida Buxoro hukmdorlari shaxsi 
qora bo`yoqlar orqali faqatgina tanqid ostiga olinib, go`yoki ular xech 
qanday tadbirni amalga oshira olmaydigan kaltabin, qonxor hukmdor 
sifatida tasvirlangan. Aslida ham sobiq sovet tuzumining tarixni qora 
ranglarda tasvirlashdan maqsadi ham, millatni o`zligini yo`qotish, uning 
ajdodlariga bo`lgan mehrini so`ndirishdan iborat edi
Buxoro xonligi tarixi bo`yicha 1920 yilgacha yozilgan asar va 
maqolalarda, garchi bir tomonlama fikr va mulohazalar bildirilganligi, 
hamda o`sha davr Rossiya imperiyasi istilochilik kayfiyatini aks ettirgan 
bo`lishiga qaramay, mavzuni o`rganish borasidagi ahamiyati kattadir. 
Zero, tarixning jonli guvohi sifatida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda bevosita 
ishtirok etgan mualliflar asarlari Buxoro xonligi tarixi haqida ayrim 
qimmatli ma`lumotlar bera oladi.



XXI asrning yigirma yili ortda qolayotgan bir davrda, O`rta Osiyo 
xonliklari tarixi, xususan, Buxoro xonligi tarixini o`rganish yangi bosqichga 
ko`tarildi. Bunga birgina misol sifatida, Buxoro davlar universitetida 
5120300-Tarix. Buxoro tarixi bakalavriat yo`nalishini ochilganligi bilan 
izohlash mumkin. Shuningdek, Namangan davlat universitetida 2012-2013 
o`quv yildan boshlab o`zbek xonliklari – Qo`qon, Xiva va Buxoro xonliklari 
bo`yicha maxsus kurslar tashkil etilib, bugungi kunda Qo`qon va Buxoro 
xonliklari bo`yicha mashg`ulotlar olib borilmoqda. Maxsus kurslar orqali 
berilayotgan ma`lumotlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
o`tmish 
ajdodlarimizning 
boshqaruv 
sohasidagi 
fazilat 
va 
tashabbuskorliklaridan, ularning ma`naviy dunyosidan ibrat olish hissini 
uyg`otishi shubhasiz.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə