O‘zbekiston respublikasi


Buxoro xonligi davlat boshqaruvi. Xon rutbasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Buxoro xonligi davlat boshqaruvi. Xon rutbasi. 
Shayboniylar 
hukmronligi yillarida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Uning 
tepasida xon turgan.
 
XON - turkiy va mo‘g‘ul xalqlari hukmdorlari
unvoni hisoblanib, dastlab qabila sardori, keyinchalik oliy hukmdorni 
anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshohlar davrida xon unvoni viloyat, 
shahar hokimi yoxud darajasiga ko‘ra amir yoki malik lavozimlariga 
nisbatan yuqori hisoblangan, ayni paytda, mamlakat boshlig‘i sultonga
tobe bo‘lgan turkiy boshliqni bildirgan. Qoraxoniylar davriga kelib, xon 
arslon, bug‘ra singari so‘zlar bilan birikib qoraxoniylar davlati 
hukmdorlarini anglatgan. Mo‘g‘ul imperiyasiga asos solgan
Temuchin«Chingizxon» unvonini qabul qilgan. Imperiya hududida
tashkil topgan ulus hukmdorlari ham xon deb nomlangan. Chingizxon 
vafotidan so‘ng, saltanat taxtiga o‘tirgan chingiziylarga qoon unvoni 
berilgan. Mo‘g‘ul hukmronligi davrida Eronda nomusulmon hukmdorlar 
xon, musulmon hukmdorlar esa, sulton deb atalgan. Temuriylarda 
Chingizxon sulolasiga daxldor shaxslar Xon unvoni bilan yuritilgan.
XVI asrga kelib, Movarounnahrga kirib kelgan Shayboniylarda 
xon hukmdor yoki taxt vorisini, sulton esa shahzodani ifodalagan. 
Safaviylar davrida xon unvoni viloyat boshliqlari – amirlarga berilgan va
ular o‘z rutbalariga ko‘ra, 3 tabaqali zodagonlar sifatida e'tirof etilgan. 
Ayni vaqtda xon Eron va Afg‘onistonning turli ko‘chmanchi va 
yarim ko‘chmanchi qabilalari orasida qabila yoki urug‘ sardori unvoni 
tarzida shuhrat topgan. Qo‘qon va Xiva xonligi hukmdorlari ham o‘zlarini 


49 
xon deb atashgan. Bu nom ularning chingiziylar bilan qarindoshlik 
rishtalari mavjudligiga ham ishora hisoblangan. Eronda tashkil topgan 
Qojarlar davlatida (1796-1925) turli darajadagi harbiy va ma'muriy 
amaldorlar, Hindistondagi musulmon davlatlarida turli martabadagi 
mansabdorlar ham xon deb yuritilgan.
Shayboniylar davri davlat boshqaruv masalasida ushbu suloladan 
avval hukm surgan temuriylar va ayniqsa chingiziylar bosqinidan avvalgi 
davrlarga o‘xshagan hokimiyatning davlat idoralararo taqsimotimavjud 
bo‘lmagan. Bunga sabab, ushbu davr tarixi tadqiqotlariining ko‘lami 
ozligi, shuningdek, yarim ko‘chmanchi turmush tarzi an'analarining 
mustahkam 
Jo‘chi 
ulusidagi 
ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarning 
shaybniylar faoliyatida saqlanib qolganligidir. Shayboniylarning Dashti 
Qipchoqdan Movarounnahrga kirib kelishi bilan mazkur mintaqadagi 
mavjud ayrim an'analarning ham Turkiston markaziga tarqalishi uchun 
sharoit tug‘ilgan. Xuddi shu sabab ham o‘zbek davlatchiligining 
somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginiylar, 
temuriylar davrida mavjud bo‘lgan davlat boshqaruv taqsimoti 
shayboniylar zamoniga kelib konservativ yo‘nalishda rivoj topa boshlagan. 
Ya'ni, dargoh va uning atrofidagi xizmatlar mavqyei kuchayib borib
ijroiya hokimiyatdagi devonlar tizimi faoliyati chegaralanib qolgan. 
Shayboniylar an'analari asosida oliy hukmdorlik otadan bolaga 
emas, balki suloladagi eng ulug‘ yoshdagi namoyondaga o‘tishi tartibi 
dastlabki shayboniylar davrida saqlangan bo‘lsa, asosan XVI asrning 40-
yillaridan boshlab sulola ichidagi oilaviy an'ana ustun chiqa boshlagan. 
Abdullaxon II davriga kelib esa bu holat aniq bir shaklga tushgan. Taxt 
vorisi shayboniylarda navvob, qug‘ulxoniy, kichik xon deb ham atalgan. 
Abdullaxon II zamonida valiahdga Balx viloyati hokimligini topshirish 
an'anasi ham shakllanib borgan bo‘lsa-da, ammo shayboniylarning 
faoliyatiga tez orada chek qo‘yilishi sabab mazkur an'ana rivoj topmay 
qolgan. 
Dargohda xondan keyingi muhim davlat vazifasi naqib 
hisoblangan. Tarjimada sardor, boshliq, ktakchi ma'nosini beruvchi 
naqiblik mansabi amalda ancha keng mazmun va vakolatga ega bo‘lgan. 
Naqib xonning eng yaqin va ishonchli kishilaridan hisoblangan. Rasmiy 
qabul marosimlarida uning oliy hukmdor chap tomonidan birinchi bo‘lib 
joy olishi naqibning dargohda tutgan yuksak maqomidan dalolat beradi. 
Xonning farmoni, yorliqlarida ham naqib nomi birinchi bo‘lib zikr etilgan. 
Davlatning ichki va tashqi siyosati hamda harbiy masalalarida oliy 


50 
hukmdorning birinchi maslahatchisi sifatida qaralgan. Masalan, 1570 yili 
Buxoroda yana bir bor hokimiyatini tiklarkan, buxoroliklar tomonidan 
o‘rtaga solingan mashhur Qosim shayx Azizon bilan muzokaraga 
Abdullaxon II o‘z naqibini yuboradi. Harbiy yurishlar uyushtirish, davom 
ettirish, dushman harbiy imkoniyatlarini o‘rganish yumushlarini ham xon 
naqibga yuklagan, uning maslahati bilan qaror qabul qilgan. Shuningdek, 
naqiblarga mas'uliyatli elchilik vazifalari ham yuklatilganki, ularning 
muhim jihatlaridan biri shuki, ular albatta, payg‘ambar avlodlari 
hisoblanmish sayyidlar xonadoniga mansub kishilar bo‘lishi talab etilgan. 
Bu holat siyosat va mafkura nazoratini dargoh doirasida tutib tutish, 
mafkuraviy 
hayot 
tizginini 
butunlay 
tariqatlar 
ixtiyorida 
mujassamlashishining oldini olish bo‘lgan. 
Davlat ahamiyatiga molik mansablardan yana biri otaliqdir. Otaliq 
qilmoq, otasining o‘rnini bosmoq mazmunini beruvchi mazkur lavozim 
markaziy hokimiyatning joylardagi, ya'ni viloyatlardagi siyosatini 
bnelgilashda katt ahamiyat kasb etgan. Oliy hukmdor viloyatlarni sulola 
namoyondalari shahzodalararo taqsimlab berar ekan, ularga otaliq, ya'ni 
o‘z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Ayniqsa, balog‘at 
yoshiga yetmagan shahzodalar viloyatlarga tayinlangan holllarda, ular to 
ulg‘ayib mustaqil faoliyat ko‘rsatish darajasiga yetgunliklariga qadar, 
davlat ishlarini boshqarishdek og‘ir yuk xuddi mana shu otaliqlar 
zimmasiga yuklatilgan. Bunday hollarda olatiq butun viloyat taqdirini, 
uning markaz bilan munosabatlarini qanday bo‘lishini hal etib berganlar. 
Otaliqlarning asosiy vazifasi joylar bilan bog‘liqligi viloyatlar taqdirida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Oliy hukmdor chiqargan hukmlar, yorliqlar va boshqa rasmiy 
hujjatlarni o‘z egalari, mas'ullarga, ijrochilarga yetkazish tadbirlariga 
parvonachi javobgar bo‘lgan. Urush paytlarida esa ular harbiy yetakchilik 
vazifalari bilan shug‘ullanganlar.
Dargohga tushgan arizalarni qabul qilish, javobini berish 
mamlakatdagi ijtimoiy adolat tartiblariga rioya etishning nazorati dodxoh 
mutasaddi etib belgilangan. Shuningdek, u elchilarni qabul qilish, elchilik 
yumushlarini tashkil etish va hatto shaxsan elchi sifatida boshqa 
mamlaktlarga borib kelish kabi tadbirlarni ham amalga oshirgan.
Dargohdagi yana bir muhim lavozimlardan biri bu ko‘kaldosh 
hisoblangan. Mazmunidan ham ko‘rinib turganidek, ular oliy hukmdorga 
va rasmiy sulolaga eng yaqin kishilardan bo‘lgan. Ko‘kaldoshning ijtimoiy 
mohiyati rasmiy sulolaning biron vakili bilan bir onani emganlik bilan 


51 
tushuntiriladi. Demak, ko‘kaldosh dargohning eng ishonchili kishilaridan 
hisoblanib, unga topshiriladigan vazifalar ham shu qadar nozik va 
mas'uliyatli bo‘lgan. Ko‘kaldosh vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib 
borayotgan siyosat daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlarini aniqlash 
bilan bog‘liq yumushlardan iborat bo‘lgan. Abdullaxon II va 
Abdulmo‘min 
o‘rtasidagi 
qarama-qarshilikni 
bartaraf 
etishda, 
Abdulmo‘min harakatlari va maqsadlarini oldindan bilib, xonga to‘g‘ri 
ma'lumot berishda asosiy o‘rinni Qulbobo ko‘kaldosh asosiy rolni 
o‘ynagan. Shu sabab taxtga chiqqan kuniyoq dastlabki qilgan ishlaridan 
biri Qulbob ko‘kaldoshni qatl etish bo‘lgan.
Sulola ichki munosabatlariga oid tadbirlar, oliy hukmdor va 
shahzodalar o‘rtasidagi aloqalar tegishli tartib asosida yo‘lga qo‘yish ishini 
xon yasovuli olib borgan. Shahzodalarni xon tomonidan qabul qilish, 
ularning peshkashlari, arzlari, iltimoslarini yetkazish kabi tadbirlar shular 
jumlasidandir.
Dargohdagi xaovfsizlik, tartib, keldi-ketdidan xabardorlik kabi 
tadirlar eshikog‘aboshi boshliq xizmat bo‘ynida bo‘lgan. Chap 
eshikog‘asi, o‘ng eshikog‘asi, katta eshikog‘asi kabi ichki taqsimotlar 
bo‘lgan bu xizmat vakillari urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim 
harbiy topshiriqlarini ham bajarib borganlar. 
O‘sha zamonlarga mos ravishda davlatning biron-bir xizmat 
idorasi, xizmat turi namoyondalari urush paytida o‘zlarining to‘g‘ridan-
to‘g‘ri vazifalariga qo‘shimcha ravishda harbiy faoliyat bilan ham 
shug‘ullanib kelganlar. Harbiy harakatlar paytida miroxo‘r (oliy 
hukmdorning yilqi, ot-ulov, ularning ta'minoti mas'uli), shig‘ovul (chet el 
elchilarini qabul qilish bo‘yicha mas'ul), qushbegi (podshoh ov tadbirlarini 
uyushtiruvchi), chuhraboshi (maxsus harbiy qism boshlig‘i), bakovulboshi, 
dasturxonchi kabi lavozimlar yuzaga keladi.
Dargoh bilan bog‘liq yana qo‘rchiboshi (quro-aslaha xizmati 
xodim), uning amaldorlaridan bo‘lmish jibochi, jarchi, tavochi, 
qorovulbegi, xazinachi, mehtar kabi lavozimlar ham mavjud bo‘lgan. 
Dargoh faoliyatida katta mavqyega ega bo‘lgan lavozimlardan 
yana biri shayxulislom bo‘lib, davlat va jamiyatdagi mafkuraviy hayotda 
uning o‘rni favqulodda edi. Din peshvolari va muassasalari nafaqat 
ijtimoiy hayotda, balki iqtisodiy munosabatlarda ham o‘z mavqyeini 
yo‘qotmaganlar. Shu sababdan vaqf mulklari bilan shug‘ullanuvi maxsus 
xizmatlar joriy etilgan bo‘lib, ularning mamlkat miqyosida bosh sadr, 
joylarda esa sadrlar boshqarganlar. 


52 
Sud ishlariga kelganda, mamlakat miqyosida tizimda bosh qozi 
yetakchilik qilgan bo‘lsa, harbiylar hayotida yuz beradigan huquqiy 
masalalarni qoziaskar hal etib borgan. Shu bilan birga harbiy qozi ham, 
mahalliy qozilar ham bosh qoziga bo‘ysunganlar. Mamlakatdagi ahloqiy 
normalarga rioya qilish ayniqsa amaldorlar, hatto, din peshvolari orasidagi 
shu masalaga munosabatni bilib borish ishi bilan muhtasib (rais) 
shug‘ullangan.
Shayboniylar davrida devonbegi va qutvolning ish faoliyati va 
vazifasi ko‘lam jihatidan ancha keng bo‘lgan. Chunonchi, devonbegi 
mamlakatning muhim ishlaridan, mol-mulk, ya'ni moliya, soliq, yer-suv 
masalalari, viloyatlar bo‘ylab amaldorga ish taqsimlash, mansablarga 
tayinlash va bularning barchasi haqida hukmdorga har kuni hisobot berib 
turgan. Qutvol esa shayboniylar davrida qal'a boshlig‘i vazifasini bajargan 
bo‘lsa-da, keyinchalik u shahar hokimi maqomini ham kasb etgan.
Ashtarxoniylar davriga kelib davlat boshqaruvida bir holat yaqqol 
ko‘zga tashlanadi: hokimiyat markazda ham, viloyatlarda ham asosan bir 
idora – dargohda mujassamlashib borgan. Ashtarxoniylar hukmronligi 
yillarida ham naqib, otaliq, parvonachi, dodxoh, devonbegi, qushbegi, 
chuhraboshi, miroho‘r, yasovul, inoq, qo‘rchi, bosh qozi, harbiy qozi, 
shayxulislom, a'lam, rais, bosh muftiy va boshqa lavozimlar mavjud edi. 
Ushbu lavozimlarning davr o‘tishi bilan vazifalarida sifat o‘zgarishlari yuz 
bergani aniq. Otaliqning vazifasi XVI asrda asosan joylardagi boshqaruv 
tizimi bilan bog‘liq bo‘lsa, ashtarxoniylar zamonasida, oaliqning 
markazdagi, ya'ni poytaxtdagi mavqyei kuchayib borgan. Masalan, 
Abdulazizxon Buxoro taxtiga chiqqach, poytaxtdagi otaliq vazifasini 
Yalangtushbiy Bahodirga, ya'ni o‘sha davrdagi eng zarabrdasi amirga 
tavsiya etgan. Otaliqning mavqyei Subhonqulixon davrida ham baland 
bo‘lib, eng muhim hamrbiy ishlar otaliqqa yuklatilgan. Bunday holat 
Ubaydullaxonning dastlab hukmronlik yillarida ham saqlanib qolgan. Bu 
paytda otaliqqa nisbatan shunday ta'rif ishlatilgan – umdat ul-umaro, ya'ni 
barcha amirlar tabaqasining tayanchi. Shundan bilsa bo‘ladiki, otaliqlar 
shu davrda barcha amirlarning hurmatini qozona olganlar. 1707 yilda 
Udaydullaxonning ming urug‘idan bo‘lgan Odilbiyni Balx viloyati 
mulklarini bosh otalig‘i deb e'lon qilinishi bu lavozimning mavqyeini 
belgilab beradi.
Ashtarxoniylar, 
xususan, 
Ubaydullaxon 
va 
Abulfayzxon 
zamonlarida qushbegining ham mavqei o‘sganligini ko‘rish mumkin. Ya'ni 
ushbu mansabdagi shaxsning mavqyei ko‘tarilishi bilan u egallab turgan 


53 
lavozim ahamiyati ham yuksalgan. Xususan, To‘raqul qushbegiboshi 
mansabga tayinlash va unvon berish, xon yorlig‘isiz shaxsan yozma 
ko‘rsatmalar tarqatish, oliy qabullarda o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etish 
kabi imtiyozlarga ega bo‘lgan. Alalxusus, qushbegiboshi amirlarning eng 
ulug‘i edi. 
Xullas, sharoiti va vaziyatiga qarab u yoki va bu davlat 
lavozimining e'tibori o‘zgarib boravergan. Ko‘rinib turganidek, bu holat 
asosan oliy hukmdorning u yoki bu shaxsga, uning hokimiyat uchun 
tegadigan nafiga, jamiyatda tutgan o‘rniga qarab munosabatda bo‘lishiga 
bog‘liq edi. Shuning uchun, Ubaydullaxon saroyida Muhammad Rahim 
otaliq mavqyei baland bo‘lgan bo‘lsa, 1707 yil uni Qarshi viloyati 
boshqaruviga tayinlaydi.
Shuningdek, viloyat hokimligiga parvonachi, otaliq kabi 
lavozimdagilarning tayinlanishi tabiiylikka aylanib bordi. Bu bilan 
lavozimga tayinlanayotganda shaxsning ijtimoiy mavqyei birinchi o‘rinda 
bo‘ldi.
Ashtarxoniylar davridagi dargoh xizmatlaridan yana biri - saroy 
qutvoli bo‘lib, bu xizmat mamlakat xazinasi hsobidan amalga 
oshiriladigan qurilish, obodonchilik ishlariga javobgar bo‘lgan. Masalan, 
1709 yilda Ubaydullaxon saroy qutvoli Xoja Boltuga poytaxt atrofida 
chorbog‘ barpo etishni buyuradi. Xoja Boltu ishga kirishib, muhandislar, 
me'morlar, ustalar, mardikor, hasharchilarni jalb qilib, katta chorbog‘ va 
uning o‘rtasida ajoyib, hashamatli saroy ham qurilishiga boshchilik qiladi. 
Mablag‘ni ham oliy hukmdor o‘z xazinasidan sarflagan. 
 
Milliy davlatchiligimiz tarixini o‘rganishga jiddiy e'tibor 
berilayotgan bugungi kunda Buxoro xonligining XIX asr oxiri – XX asr 
boshlaridagi tarixi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari, oliy tabaqa 
amaldorlar va quyi ma'muriy birliklardagi mansabdor shaxslar hamda 
harbiy-ma'muriy va diniy amaldorlarning davlat boshqaruvidagi o‘rniga 
doir ilmiy asarlarga ehtiyoj kattadir. 
Buxoro xonligida oliy harbiy-ma'muriy amaldorlar, mahalliy 
boshqaruvdagi asosiy mansabdorlar mang‘it urug‘iga mansub bo‘lgan 
kishilardan tayinlangan. Shu bilan birga, bu davrda mang‘itlarga va boshqa 
o‘zbek urug‘lariga mansub bo‘lmagan kishilarning ham davlat 
boshqaruvida yuqori amallarni egallash holati ko‘zga tashlanadi. Shu 
o‘rinda, davlatda amirdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan qushbegi 
mansabiga forslar orasidan tayinlangan kishilarning borligiga ham e'tiborni 
qaratish lozim. 


54 
Buxoro xonligida markaziy boshqaruv quyidagi asosiy idoralar orqali 
amalga oshirilar edi: amir – davlat boshlig‘i; qushbegi – bosh vazir; otaliq; 
moliya idorasi; vaziri harb; qozilik mahkamasi. 
Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 
diniy va dunyoviy hokimiyat boshlig‘i edi. Shu bilan birga, amir – 
davlatning oliy bosh qo‘mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi 
hisoblangan.
Mang‘itlar sulolasining uchinchi vakili bo‘lmish Shohmurod (1785-
1801) amirlik unvonini qabul qilgan. Amirlik unvoni ilgari asosan qo‘shin 
boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan bo‘lsa, 
Muhammad Rahim davriga kelib amir unvoniga ega bo‘lgan birorta 
mansabdor shaxs qolmagan. Ushbu unvon ilgari amalda bo‘lgan amir-
beklik unvonidan farqli o‘laroq, xalifalik maqomi - “amir – ul-mo‘minin” 
sifatida talqin etilgan. Aynan ushbu davrdan Buxoro xonligi Buxoro 
xonligi deb yuritila boshlangan. 
Amir davlatni mansabdor shaxslari, ya'ni amir xizmatchilari orqali 
boshqarar edi. Ushbu mansabdor shaxslar davlatning boshqaruv apparatini 
tashkil 
etgan. 
Buxoro 
amirlari 
o‘z shajaralarini Muhammad 
payg‘ambardan boshlaganliklari sababli ularning unvonlariga “said” so‘zi 
qo‘shib aytilgan. Amir yonida doimiy ravishda uning shaxsiy 
yozishmalarini olib boruvchi ikki nafar kotibi bo‘lgan. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə