O‘zbekiston respublikasi


Buxoroda ingliz josuslarining faoliyati va ularning maqsadlari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Buxoroda ingliz josuslarining faoliyati va ularning maqsadlari. 
Buxoro shahri Buyuk ipak yo`lida ustidagi tranzit savdoda yetakchlik roli, 
shaharning sharq savdogarlarining eng ko`p tashrif buyuradigan markazi 
ekanligi, muhimi, o`sha davrda Buxoroning siyosiy hihatdan mintaqadagi 
kuchli ta`siri, strategik qulay hududda joylashganligi sababli Buyuk 
Britaniya imperiyasi tomonidan josuslik maqsadlarida bir nechta 
missiyalar yuborilgan. 
Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan doimiy yurishlar inglizlar uchun 
O’rta va sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi va bozori, savdo joylari bilan 
tanishishi uchun zaruriyat tug’dirar edi. Mana shu maqsadda quyida 
nomlari keltirilgan sayohatchi va savdo agentlari Ost-Indiya kompaniyasi 
tomonidan qurol qilib ishlatilgan. Leytenant Abbot, Artur, Konnoli, 
Stoddart, Mak-Katen va Byorns kabilarning hammasi tashkilotning 
qurboniga aylangan. 
1821–1825-yillarda 
Buxoroga 
josuslik 
maqsadida 
kelgan 
Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakillari U. Murkroft va D. Trebek 
Lahor, Shrinagar, Ladak, Kobul va Qunduz orqali o`tadigan yo`lni bosib 
o`tgan edilar. Ular o`zlari bilan 5 ming funt sterling qiymatdagi savdo 
mollarini keltirganlar. Ular bilan kelgan ingliz savdogarlari 70 kishidan 
iborat bo`lib, 80 sandiq turli Yevropa sanoat mollarini Buxoro 
qushbegisiga tortiq etganlar. Bu mollarning katta qismini koshenil tashkil 


27 
etgan. Shuningdek, bu savdogarlar Buxoroning mashhur ot bozorlaridan 
golland dukatlariga arg’umoqlar sotib olganlar. Shu yo`l bilan ham golland 
dukatlari va grek draxmalari O`rta Osiyoga kirib kelgan.
1819–1825-yillarda Hindistondan Buxoroga Britaniya hukumati 
tomonidan maxsus topshiriqlar bilan V. Murkroft va G. Trebek 
ekspeditsiyasi yuboriladi. Ekspeditsiyaning rasmiy maqsadi Ost-Ind 
kompaniyasining otliq askarlari uchun “zotli otlar axtarishdan” iborat edi. 
Haqiqatda esa, u Amurdaryo vodiysiga inglizlarning bosib kirishi 
mumkinligini aniqlash uchun yuborilgan razvedka qiluvchi ekspeditsiya 
edi. Ingliz josuslarini O`rta Osiyo hayvonot dunyosi emas, balki uning 
bozorlarida Angliya hukmronligini o`rnatish qiziqtirardi V. Murkroftning 
olib kelgan hujjatlarini nashr etgani Vilson to`g’ridan-to`g’ri ko`rsatadiki, 
ekspeditsiyaning maqsadi O`rta Osiyoda Rossiya savdosini butunlay 
bitirish to`g’ri kelmagan taqdirda, qisman bo`lsa-da, chek qo`yishdan 
iborat edi. 
Villiyam Murkroft (1767 – 1825) ingliz sayohatchisi bo`lgan. U 
Ormskirk (Lenksheyr) da tavallud topgan. Murkrofting bolaligidanoq 
hayvonlarga qiziqishi tufayli mahalliy katta yer egasi tomonidan Lionga 
veterenarlikdan tahsil olish uchun yuborilishiga sabab bo`lgan. U birinchi 
ingliz veterenar jarrohi bo`lgan. U o`qishni tamomlab, Angliyaga qaytadi 
va Londonda otlar uchun kasalxona ochadi. Britaniyadagi birinchi 
veterinariya kollejiga asos solnishiga ham yordam bergan. U hayvonlarga 
shu qadar qiziqqanki, xatto 1795-yilda otlarni da’voloash uchun 
yo`riqnoma ham tuzgan. 
1803-yilda Murkroft harbiy hizmatga chaqirilgan. Ost-India 
kompaniyasi direktori Edvard Perry Murkroftning ish samarasini ko`rgach, 
uni Bengaliyadagi otlarni zotini yaxshilash markaziga yuborgan. 1808-
yilda Murkroft Kalkuttaga yetib kelgach, Hindistondagi Britaniya askarlari 
otlarining zoti pasayib ketganligini payqagan. 1811-yilda Murkroft 
Banorasga sayohat qilib, urchitish uchun mos keluvchi yaxshi ot izlagan. 
U bu yerdagi otlardan qoniqmagan. Ammo, Banorasdaligida Buxoroning 
“Dunyodagi eng katta ot bozori” ekanligi haqidagi mish-mishlarni eshitib 
qolgan. 
V.Murkroft Mir Izzatullo nomli eroniyni 1812 yilda Buxoroga zotli 
otlar bozorini topish yo`lidagi maqsadini amalga oshirish uchun safarga 
yo`llagan. Shu maqsadda avval Murkroft Mir Izzatullo bilan birga zotdor 
otlarbo`lishi mumkin bo`lgan Tibetga boradi, ammo, u yerdan zotdor ot 
nasli topilmagan. Tibet bo`ylab sayohat qilib yurgan kunlaridan birida 


28 
unga ikkita it tashlanib qoladi. Murkroft veterinar bo`lgani bois, bu ikki 
itlarni Yevropadan keltirilganligini darrov fahmlagan. Keyinchalik 
aholidan surishtirib, bu itlar rossiyaliklar tomonidan ancha avval olib 
kelinganligini 
eshitgach, 
Kalkuttadagi 
Ost-India 
kompaniyasi 
ma`murlarini 
Rossiyaning 
Markaziy 
Osiyoga 
intilishi 
haqida 
ogohlantirgan. Rossiyaning birinchi bo`lib Markaziy Osiyo xonliklariga 
keyin, Hindistonga yurish qilish niyatida ekanligiga ishongan. 
Murkroft bundan qariyb 500 yil avval Marko Polo tomonidan ta’rif 
berilgan Ahal Tekin otlarining tezlik va chidamdagi dovrug’i haqida 
eshitgan edi. Murkroft 1816-yildayoq Buxoroga ot sotib olish uchun 
yo`lga chiqishni rejalashtirgan. Ammo, Ost India kompaniyasi ma`murlari 
unga ruxsat bermagan. Murkroft o`z fikrida qattiq turib olgach, 1819-yil
may oyida Ost India kompaniyasi siyosiy va maxfiy xizmatlar bo`yicha 
boshlig`i Charlz Metkalf unga Buxoroga sayohatga ruxsat bergan. 
Murkroft 
Rossiya 
tomonidan 
Buxoroga 
yuborilgan 
elchi 
N.Muravyov bilan bir yilda (1819-yil) ushbu davlatga yuborilgan. 
Murkroft g`arblik tarixchilar tomonidan ingliz – rus raqobati davrida 
Angliya tomonidan yuborilgan ”Birinchi o`yinchi” edi. Rossiyalik 
tarixchilar tomonidan esa Ingliz diplomatiyasi 1558-yildayoq yuborilgan 
Antoniy Jenkinson Buxoroga elchiligini ko`rsatib, razvedka hizmati ancha 
avvaldan olib borilgan deb ta’kidlasalarda, Jenkinsonning faoliyati ingliz-
rus raqobati davriga to`g`ri kelmasligi va uni Rus podshosining o`zi 
tomonidan yuborilgani sababli, uni josus sifatida tan olib bo`lmaydi. 
Murkroft boshqa Rossiya elchilari Negri, Meyendorf va olim 
Eversman bilan bir paytda Buxoroda bo`lgan. Ost-Indiya kompaniyasi 
vakili Metkalf Murkroftdan siyosiy josus sifatida ham foydalanmoqchi 
bo`ladi. Murkroft sayohatga tayyorgarligi bir yilga cho`zilgan bo`lib, 
uning hamrohlari yaqindagina Kalkuttaga kelgan 19 yoshli Jorj Trebek va 
Jorj Gutri edi. Ekspeditsiyada 16 ot va 4000 funt sterling qiymatiga 
tovarlar, dori-darmonlar va qurollar bor edi. Bu tovarlar pichoq, 
to`pponcha va boshqa eng nodir mollardan iborat ediki, u rus mollarini 
ortda qoldirishini isbotlashi kerak edi. Negaki, Murkroftning maqsadi 
faqatgina ot olib kelish bo`libgina qolmay, balki Britaniya uchun imkon 
qadar shimolroqda bozorlar ochilishiga erishish ham edi. Biroq, Britaniya 
vakillari tomonidan Murkroftga hech qanday rasmiy maqom berilmagan. 
Agarda muammolar chiqqudek bo`lsa, Sankt Peterburg orqali hal etilishi 
lozimligi haqida aytilgan edi, xolos. 


29 
Murkroft kutilmaganda Buxoroga Afg`oniston orqali emas, balki 
Buxoroning sharqi orqali kirib kelishni ko`zlaydi. Negaki, bu paytda 
Afg`onistonda fuqarolar urushi kechar edi. Bundan tashqari, Murkroft shu 
orqali Hindistonning shimolidagi Ladakh va Sharqiy Turkistonga ham 
borishni va savdo imkoniyatlarini kengaytirishni ko`zlagan. U 1820-yil 24-
sentabrda Ladakh markazi bo`lgan Lahor shahriga yetib kelib, uni 
hukmdori bilan savdo shartnomasini imzolaydi. Bu shartnoma Britaniyaga 
Markaziy Osiyo uchun to`liq yo`l ochishga imkon beradi. Murkroft 
Ladakhda deyarli ikki yil turadi. U Ladakhdaligida Transilvaniyalik 
Aleksandr Ksoma bilan uchrashgan. U bu yerda Tibet tilidan Vengriya tili 
o`zaklarini izlayotgan tadqiqotchiligini aytgach, unga Murkroft o`zining 
Tibet tili lug`atini bergan. Ksoma hech qachon o`z ilmiy ishini tugata 
olmagan bo`lsada, bu inson birinchi tibetshunoslikka asos solinishiga 
sababchi bo`lgan. Shu paytda kelib chiqishi eronlik bo`lgan Og`a Mehdi 
ismli Rossiya nomidan ish ko`ruvchi savdogar Sharqiy Turkiston va 
Ladakh hududida savdo karvonlarini tadqiq qilayotganligini eshitgach, 
Murkroft Ladakhda ko`p qolmaydi. Og`a Mehdi Sankt Peterburgga borib, 
Aleksandr I qabulida bo`lgan va unga ruscha Rafailov familiyasi berilib, 
Rossiya nomidan Kashmir va Ladakhga yuborilgan edi.
Murkroft sayohatini davom ettirib, 1822-yil 3-noyabr kuni 
Kashmirga, 1824-yil 4-iyun kuni Jalolobodga yetib kelgan. U 
Amudaryodan o`tgan birinchi ingliz edi. Murkroft Amudaryodan 
Qarshigacha bol`gan masofaga 5 kun sarflaydi. U Qarshida amirning 
uchinchi o`g`li shahar noibi shahzoda Nasrullo (1803-1860) bilan 
uchrashadi. Ajablanarlisi shundaki, Murkroft Nasrulloga kamdan kam 
beriluvchi ta`rifni bergan. U juda oz suhbati davomida shahzodaning 
yuzidagi doimiy kulgusi va jozibali mehmondo`stligini va samimiy inson 
ekanligini qayd etgan. 1825-yil 25-fevral kuni Buxoroga kelgach, 
“Markaziy Osiyoning eng muqaddas shahri Buxorodagi minoralarning 
bexato tizim chizig`i” dan hayratlangan. U Buxoroga kirib kelar ekan, o`z 
kundaligida shunday so`zlarni yozgan: ”Biz besh yildan beri xavf-
xatarlarimiz va darbadarligimiz sababchisini topdik. Biz shaharga kirib 
kelishimiz bilan xavotirlangan mahalliy bolalar bizni o`rus, o`rus ( ruslar, 
ruslar) deya chaqirishdi”. Murkroft keyin bilishicha, bundan to`rt yil 
avvalroq ruslarning elchilari sovg`a salomlar bilan kelishgan va savdo 
imkoniyatlarida yutuqlarni qo`lga kiritishgan. Buxoro amiri Haydar (1800-
1826) uni yaxshi kutib olgan bo`lsada, Murkroftning Buxoroga tashrifi 
samarasiz bo`ldi. Bozorlar allaqachon rus tovarlariga to`lib ketgan edi. 


30 
Inglizlar o`zlari bilan olib kelgan 80 sandiq turli mollar Buxoro 
qushbegisiga ko`rsatganlar. Bu mollarning katta qismini koshenil tashkil 
qilgan. Shuningdek, bu savdogarlar Buxoroning mashhur ot bozorlaridan 
golland dukatlariga arg`umoqlar sotib olganlar. Shu yo`l bilan ham golland 
dukatlari va grek dahmalari O`rta Osiyoga kirib kelgan. 
Ammo, Murkroft o`zi orzu qilganidek otlarni Buxorodan topa 
olmagan. A. Muhammadjonovning fikriga ko`ra, u Amurdaryo vodiysiga 
inglizlarning bosib kirishi mumkinligini aniqlash uchun yuborilgan 
razvedka qiluvchi ekspeditsiya edi. Ingliz josuslarini O`rta Osiyo hayvonot 
dunyosi emas, balki uning bozorlarida Britaniya hukmronligini o`rnatish 
qiziqtirardi. Murkroftaning olib kelgan hujjatlarini nashr etgan Vilson 
to`g‘ridan-to`g‘ri ko`rsatadiki, ekspeditsiyaning maqsadi O`rta Osiyoda 
Rossiya savdosini butunlay bitirish to`g‘ri kelmagan taqdirda, qisman 
bo`lsa-da, chek qo`yishdan iborat edi. 
Murkroft o`zi orzu qilgan otlarni Buxorodan topa olmagach va 
Buxoroning rus tovarlariga to`lib ketganidan so`ng uni xafsalasi pir bo`lib, 
tezda Buxorodan ketgan. Afg`oniston orqali ortga qaytishda, Balxda Jorj 
Trebek va Jorj Gutrini qoldirib, janubi-g`arbdagi bir qishloqqa ot sotib 
olish uchun so`ngi umid bahonasida ketib, shu bilan qaytib kelmagan. 
Keyinchalik Murkroft bergan ma`lumotlariga ko`ra, Jorj Trebek va Jorj 
Gutri 1825-yil 27-avgustda Afg`oniston shimolida kasallikdan vafot 
etganlar.
Biroq 1840-yil oxirlarida ikki fransuz missionerlari - Huk va Gabe 
Lhasaga tashrif buyurganlarida mahalliy aholidan qandaydir Murkroft 
ismli noma`lum kelib chiqishli insonni bu hududda o`n ikki yildan beri 
yashaganligini eshitib qolganlar. Ular Murkroftga tegishli 10000 dan ziyod 
qo`lyozmalar, Markaziy Osiyo va Tibet xaritalarini topib olishgan. 
Fransuzlar bu paytga qadar Murkroft haqida eshitmagan edilar. 1841-yilda 
Murkroftning qo`l yozmalari Osiyo Jamiyati tomonidan topilib H.Vilson 
muharrirligida chop etilgan. Murkroft qo`lyozmalari Londonda nashr 
etilgach, kutilmagan sensatsiya bo`ladi. Uzoq yillik tortushuvli 
tadqiqotlardan so`ng, tadqiqotchilar Murkroft sayohati tarkibida bo`lgan 
kashmirliklardan biri Murkroft vafot etgach, uni kundaliklarini o`zi bilan 
shu yerga olib kelganligi aniqlandi. Ammo, ko`pchilik olimlar Murkroft
olti yil davom etgan va ko`plab mablag` sarflangan Buxoro sayohati 
samarasiz yakun topgach, shuncha mablag` sarflangan sayohatni 
tashkillashtiruvchilar oldiga qaytib borishga g`ururi yo`l qo`ymagan, deb 
hisoblaydilar. Shu sabab, Murkroft yashirincha Tibetga ketib, bu yerda 


31 
o`zini kashmirlik deb tanishtirgan va o`n ikki yil davomida, ya`ni to 
o`limiga qadar savdo bilan shug`ullangan.
Murkroftning urunishlari Shimoliy Hindistonda samarali kechgan 
bo`lsada, Buxoroni ingliz mollari bilan to`ldirish va bu yerdan zotdor 
otlarni olib kelish rejasi muvaffaqqiyatsiz yakun topgan. 
XIX asrning 20 – 30-yillarida O`rta Osiyo xonliklari Britaniya 
Hindistoni orqali yuborilgan maxsus missiyalar tomonidan juda sinchiklab 
o`rganila boshlaydilar. 
Bu 
vaqtlarda 
O`rta 
Osiyo 
xonliklariga 
yuborilgan 
ingliz 
ekspeditsiyalari 
oldiga 
qo`yilgan 
asosiy 
vazifalar: 
birinchidan, 
mamlakatning geografiyasini, iqtisodiy ahvolini hamda savdodagi umumiy 
holatini o`rganish bo`lsa, ikkinchidan esa, u yerlarda o`z ta’sirini 
kuchaytirish uchun mamlakatning siyosiy hayotida katta ta’siri bo`lgan 
kishilar bilan qanday qilib bo`lmasin yaqinlashib, savdo shartnomasini 
bog‘lashdan iborat edi. 
XIX asrning 20 – 30-yillarida inglizlar, asosan, O`rta Osiyo 
bozorlarini Angliya ta’siriga olish, u yerdan Rossiyani siqib chiqarishni 
o`z oldilariga maqsad qilib qo`ygan bo`lsalar, 40-yilga kelganda ular O`rta 
Osiyo xonliklarida o`zlarining siyosiy jihatdan to`la hukmronliklarini 
o`rnatish va Rossiyaga qarshi uch xonlikdan iborat koalitsiya tuzishga 
harakat qildilar. 
Bunday yurishning muhim bosqichlaridan biri 1831 – 1833-yillarda 
Hindistondan ingliz-hind harbiy va siyosiy razvedkasining agenti 
Aleksandr Byornsning Kobulga va Buxoroga yuborilishidan boshlanadi. 
A. Byornsga harbiy va geografik ma’lumotlar to`plash va Kobul hamda 
Buxoro hokim doiralari bilan savdo va diplomatik aloqa bog‘lash 
topshirilgan edi.
Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Byorns 1829-yilda 
Hind daryosiga sayohat qilgan. 1831-yil 21-yanvarda u Ser Charlz Metkalf 
va Lord Elenborou tomonidan Lahorga qirol Villiam IV tomonidan sovg`a 
qilingan otlarni roja Ranjit Singhga topshirish uchun yuborilgan. Negaki, 
Byorns o`sha paytda fors, arab, hind va Hindistondagi mahalliy kichik 
tillarni ham o`rganib olgan edi. Britaniyaliklar otlarni Sind daryosida 
kemalarda Lahorga olib kelganlar. Roja Ranjit Singh zotdor otlar va 
sovg`alarni ko`rib, Britaniya kompaniyasiga Lahor orqali Afg`oniston va 
Turkistonga o`tib savdo qilishga ruxsat bergan.


32 
Aleksandr Byorns endi avval Afg`onistonga, so`ngra u yer orqali 
Hindikushga o`tib, u yerdan Buxoroga bormoqchi bo`ladi. Ammo bu 
paytda Britaniyada hokimiyatni qo`lga olgan Vigilar partiyasi hukumati 
Yuqori Osiyoni Rossiya ta`zyiqidan saqlab qolib bo`lmasligi fikrida turar 
edilar. Shunga qaramay Ser Villiam Bentik Byornsga elchilikka ruhsat 
beradi. 
Josuslik missiyasiga O`rta Osiyo bilan savdo aloqasini kuchaytirish va 
O`rta Osiyo savdogarlarini Rossiya ta’siridan Britaniya ta’siriga tortish 
uchun Hindistondan O`rta Osiyoga yangi savdo yo`li ochish, shuningdek, 
Rossiyaning Nijegorod yarmarkasiga o`xshagan savdo punktini ochish 
uchun eng qulay joyni belgilash yuklangan edi. 
Ekspedisiya tarkibiga ingliz doktori Jeyms Jerrard va ikki hind - 
Muhammad Ali va Mohan Lallar kiritiladi.
1832-yil 17-martda Panjobdan o`tib Afg`onistonga kirar ekan, Byorns 
va uning jamoasi ikkinchi qiyofasiga kiradilar. Barcha kiyimlarini afg`on 
kiyimlariga aylantirib oladilar. Negaki, o`sha vaqtlarda aholi tomonidan 
hech qanday xorijlik sayohatchi kelganligi to`g`risidagi mish-mishlar 
bo`lmasligi va qaroqchilar tomonidan talanmaslik kerak edi. Byorns o`zi 
yozganidek, hatto qo`liga osiyoliklarniki kabi taqinchoq ham taqib olgan 
edi. Byorns o`zining Ost India kompaniyasi vakili ekanligi haqidagi 
hujjatlar va xatlarni qo`liga, oltinlarni esa belidagi kamariga bog`lab olgan. 
Hatto doktor Jerrardga ham aholi ko`z o`ngida hech qanday dori 
darmondan foydalanmaslikni, bundan tashqari diniy mutaassiblik yuqori 
bo`lgan Afg`onistonda xristianlikni hech qanday belgisini olib yurmaslik, 
diniy marosimlarni qilmaslik va cho`chqa go`shti istemol qilmaslikni 
buyurgan.
30-aprel kuni Qobulga kirib, mehmonxonada qolish chog`ida ularning 
yuklari tekshiruvdan o`tkazilgan. Ammo, Byornsning sekstanti va 
doktorning preparatlarini tekshirganlar ularni zamonaviy texnika 
ekanligini payqay olmaganlar. 
Qobulda ekspedisiya Do`stmuhammadxon qabulida bo`ladilar. Afg`on 
amiri Byornsga o`z dushmani bo`lgan Ranjit Singhga qarshi kurash uchun 
birlashish taklifini beradi. Ammo, Byorns Ranjit Singh Britaniyaning 
hozirgi kundagi do`sti ekanligini aytgan. Do`stmuhammadxon undan 
Yevropadagi davlatlar haqida, ularning mudofaasi haqida surishtirgan. 
Hatto Britaniyaning Afg`onistonga da`vosi bor yo`qligini ham so`ragan. 
Byorns Do`stmuhammadxonni Britaniyaning Afg`onistonga hech qanday 
agressiyasi yo`qligiga ishontirgan. Do`stmuhammad Byornsni Buxoroga 


33 
jo`nashini eshitgach, u o`tadigan Balx hududlari eng xavfli yo`llar 
ekanligini aytgan. Byorns bir necha yil avval shu hududda halok bo`lgan 
Murkroft taqdirini yaxshi bilgan va bu haqda o`z kitobida Murkroft va 
Trebeklar Balxdagi devorlardan biriga suvab yuborilgan deb yozgan edi. 
Byorns jamoasi Balxdan Amudaryoga osonlikcha yetib olgan. 
Hindistondagi ingliz rasmiylariga Amudaryoning navigatsiya qobiliyati 
haqida xat yuborgan. Byorns shuningdek, kundaligida Amudaryoning 
strategik qobiliyatiga to`xtalib: “Daryo flot harakatlanishi uchun juda 
qulay, tekkis yo`nalishda oqib, qoyalar va girdoblar yo`q”. degan 
ma`lumot qoldirgan. Bundan tashqari, Byorns daryoning eng chuqur 
joylari, uning deltasi va Orol haqida ham ma`lumotlar bergan. 
U xavfsizlikni yanada kuchliroq ta`minlagan. U shunday yozadi: 
“Meni qaroqchilar ta`lamasligi uchun, jami bo`lib bir funtga teng kiyim 
kiyib oldim. Qobuldaligimda esa, eng arzon libosni atayin sotib oldim. 
Men Buxoro libosidaman va soch soqolimni ham huddi fors shoirlaridek 
o`stirdim. Ovqatni ham sanchqida emas, qo`limda yeyman. Ko`pincha 
daraxt tagida uxlayman. Agar biron kishi uyiga taklif qilsa, men forschani 
o`z ona tilim kabi gapira olamanki, hech kim yevropalik ekanligimni
sezmaydi. Hatto, Islomni ibodatlarini ham o`rganib olganman va ularni 
amalga oshira olaman. Negaki, men kompaniyaga (Ost Indiyaga) 
kirayotganimda qo`limni yuragimga qo`yib ont ichganman. Mahaliy 
insonlar meni Aleksandrning sharqcha ismi Sekundar (Iskandar) deb 
atashadi. 
1832-yilning 27-iyun kuni Byorns bir karvonga qo`shilib olib, Buxoro 
darvozalariga yetib keldi. Musulmon va sharq an`analarini bilgan Byorns 
Buxoro arkida otdan tushib, piyoda kirib kelgan. Arman savdogari niqobi 
ostida Buxoroda bo`lgan A. Byorns zimmasiga yuklatilgan vazifalardan 
biri Buxoro hukumatidan bu yerda Angliya Ost-Indiya kompaniyasi savdo 
uyini ochishga ruxsat olishdan iborat edi. Kompaniyaning Buxoroda savdo 
uyi ochishga bo`lgan harakatlari zamirida siyosiy manfaatlar yashiringan 
edi. Savdo uyi faoliyati kompaniya josuslarini O`rta Osiyoga yuborish va 
shu orqali mintaqaning avvalo, iqtisodiy so`ngra siyosiy qaramligini 
Britaniya manfaatlariga bo`ysundirishdan iborat edi. 
Uni Buxoro qushbegisi kutib olgan va o`zaro suhbat olib borgan. 
Byorns qushbegiga sovg`alarni taqdim etgan, shu sabab qushbegi bilan 
o`rnatilgan yaqinlik Byornsga Buxoro shahrida erkin yurish imkoniyatini 
beradi. 


34 
A.Byorns o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajarish 
uchun har xil va’dalar, hamda, vaqti kelganda, “ochiqqo`llik” bilan oltin 
ulashish kabi yo`llarni qo`llaydi. U Buxoroda xonlikning ingliz 
hokimligiga bo`ysundirish uchun kerak bo`lgan har xil iqtisodiy, siyosiy 
va harbiy ma’lumotlarni to`playdi. Buhoroda u O`rta Osiyo savdosi 
to`g‘risida, savdo yo`llari va markazlari, hamda chiqariladigan va olib 
kelinadigan asosiy mollar to`g‘risida turli ma’lumotlar to`playdi. 
Ayniqsa, uni O`rta Osiyoga Rossiyadan keltiriladigan sanoat mollari 
qiziqtirar edi. Hatto, Buxoro bozorlariga olib kelingan rus sanoat 
mollarining ro`yxatini ham olgan edi. Bu dalillardan ma’lumki, inglizlar 
O`rta Osiyo bozorlaridan Rossiyani tamoman siqib chiqarish uchun, 
avvalo, u bozorlardagi holatni o`rganganlar. Chunki, bu bozorlarda 
Rossiyaga raqib bo`lish uchun, birinchi navbatda, bu yerga keladigan rus 
mollarini va ularning narxlarini bilish lozim edi. A. Byorns O`rta Osiyo 
savdogarlarini Rossiyaning Nijegorod yarmarkasidan tortish uchun 
kelgusida tashkil etiladigan yangi ingliz yarmarkasiga Hind daryosining 
o`rta oqimidagi Derag‘ozixon mavzesini belgilagan edi.
Shunday qilib, A. Byorns Buxoroda, umuman O`rta Osiyoda juda 
chuqur razvedka olib bordi va inglizlarning O`rta Osiyoning eng ichkari 
hududlariga bosib kirishi va O`rta Osiyo xalqlarini qul qilish rejalarini 
amalga oshirishi uchun juda kerakli ma’lumotlar bilan Britaniya 
hukumatini ta’min etadi. 
Byorns Buxorodagi binolar, dorga osish marosimlari, qul, bozorlariga 
sayohatlar qilgan. Amirlik tarixini o`rgangan. A. Byorns o`z hisobotida 
Amir Husayn (amir Nasrulloning katta akasi) o`limi tafsilotlarini jahon 
tarixshunosligida ilk marta yoritib, amirning Hakim Qo`shbegi tomonidan 
taomga qo`shib berilgan og’udan zaharlanish natijasida o`lganligini aytadi. 
Byorns Buxoro xonligining harbiy qudratiga o`z kundaliklarida 
alohida bob ajratadi. U shunday yozadi: “Amir musulmon davlatlari 
orasida eng qattiqqo`l tartiblarni o`rnatgan. U Turkiya, Xitoy, Rossiya va 
Afg`onistondan kelgan elchilarni muntazam qabul qilib turadi. U mullalar 
va shu turdagi ruhoniylarga tayanib, o`zining mutlaq imkoniyatlarini 
mustahkamlagan.
Buxoro harbiy qo`shini viloyatlardan yig`ib kelinadi, qat`iy intizom 
mavjud emas. Jami 20000 ot va 4000 piyoda qo`shindan iborat. 41 ta 
artileriya ham mavjud. Bundan tashqari “Eljar” nomli militsiya qo`shini 
ham mavjud. Balxdan 20000 qo`shin olib kelinadi. Amudaryoni janubidagi 
hududlardan yana 10000 qo`shin yig`iladi. Bundan tashqari turkmanlardan 


35 
ham qo`shin yig`ish imkoniyati bor. Ammo, bu qo`shin faqat o`z 
qo`mondoniga bo`ysunadi. To`lov esa ularni qo`mondoniga yer, askarlarga 
esa don berish bilan to`lanadi. Asosan qilichlar bilan qurollanishgan. 
O`zbeklarda o`t ochuvchi qurollar juda kam. O`zbeklar hind va 
afg`onlardan farqli ravishda doimo qinida pichoq taqib yuradilar. Ular 
dushmanlardan qo`rqmaydilar, balki juda ham jasur va dovyurakdir. 
Ammo askarlikda no`noqlar. Artileriya bo`yicha mutaxasis yo`q. To`plar 
o`zining xarakatlanish vositalaridan ajralib yotadi”. Byorns o`z 
kundaligida har bir viloyatda qanchadan qo`shin borligi haqida jadval ham 
bergan.
Byorns 
Buxoroning 
diplomatik 
munosabatlari 
haqida 
ham 
ma`lumotlar to`plagan holda, Buxoroni qo`shni Xiva va Qo`qon xonliklari 
bilan munosabati yomonligini, ular jiddiy raqiblar ekanligini qayd etgan. 
Shuningdek, A. Byornsning o`zbek xalqi xususida bildirgan fikrlari 
diqqatga sazovordir: "O`zbeklar muomalada kamtar va samimiy. Ular 
mening kim ekanimni bilmaganliklaridan, barcha narsalar xususida, 
hukmdorlari va siyosatdan tortib, bozordagi ahvol haqida ham tortinmay 
so`zlashdilar".
 
Bir oyga yaqin vaqt mobaynida amir Nasrullo Aleksandr Byornsni 
qabul qilmagan, shu sabab barcha kelishuvlar qushbegi bilan olib borilgan. 
Byorns Xiva xonligiga sayohati qushbegining Xiva xonligi chet elliklar 
uchun juda xavfli ekanligi haqidagi ma`lumoti tufayli qoldirilgan, natijada 
Byorns Marv va Astrobod orqali Eronga ketgan.
1833-yil 18-yanvarda Fors ko`rfazi orqali Bombeyga, 20-fevralda 
Kalkuttaga yetib kelib, boshidan o`tkazganlarini hisobotini tayyorlagan. 
Uning 1834-yilda Angliyada nashr qilingan sayohat kundaligi 
mashhur bo`lib ketgan va London, Parij geografiya jamiyatlari tomonidan 
ko`p nusxada nashr qilingan. 1835-yilda Hindistonga qaytgach, 1836-yilda 
Qobulga elchi qilib yuborilgan. 1839-yildan to o`limiga qadar Qobulda 
muntazam siyosiy agent vazifasini bajargan. 
Inglizlar o`zlarining bunday o`taketgan tajovuzkor rejlarini amalga 
oshirish uchun qilayotgan harakatlarini berkitishda boshqa xalqlardan 
ayrim kishilarni yollab, O`rta Osiyoga yuborar edilar. 
“Tarixi Turkiston” asarining muallifi Mulla Olimning bergan 
ma’lumotlariga qaraganda, 1834-yilda Eron orqali Buxoroga Abdulsamad 
Tabriziy nomli kishi yuboriladi. 
Abdulsamad birinchi marta Eronda ingliz agenturasi tomonidan 
yollanib, Hindistonda maxsus harbiy va siyosiy josuslik maktabini o`qib 


36 
bitirgan va Afg‘oniston orqali Buxoroga yuborilgan edi. Bu ingliz 
razvedkachisining faoliyati ingliz agressorlari O`rta Osiyoda olib borgan 
qo`poruvchilik ishlarining qanchalik chuqur va o`tkir ekanligini ko`rsatadi. 
Abdulsamad Buxoroga kelgach, ingliz agenturasi tomonidan 
topshirilgan vazifalarni bajarishga kirishdi. Tez orada u Buxoro amiri 
Nasrulloning ishonchini qozonib, Buxoroda Yevropa tartibida muntazam 
qo`shin tuzishga kirishadi. U muntazam qo`shin uchun hatto ikki yuzga 
yaqin Eron asirlarini ham sotib oladi. Abdulsamad ingliz namunasidagi 
to`plar quyish uchun maxsus korxonalar tashkil qiladi. Bu korxonalarda 
to`plardan tashqari har xil qurollar va harbiy aravalar tayyorlattirdi. U 
shaxsan o`zi qo`mondonlik qilish uchun otliq askar va to`pchilar otryadini 
uyushtiradi. 
Abdulsamad asta-sekin amir Nasrullo oldida shunchalik obro`ga ega 
bo`ladiki, xatto 1842-yilda Buxoroda bo`lgan N. Xanikov, birdan-bir 
Abdulsamadgina xonlikda ta’sirga ega bo`lgan kishi, deb yozgan edi. Shu 
vaqtlarda Buxoro amiri Nasrullo esa unga noiblik vazifasini beradi. U 
Buxoro xonligining butun harbiy qo`shini ustidan qo`mondonlikni o`z 
qo`liga olib Buxoro amirining yurishlarida ishtirok qila boshlaydi. Uning 
to`plari va yangi tartibdagi otryadlari vositasi bilan Xo`jand, O`ratepa 
shaharlari, Shom va Mahram qal’alari bosib olinadi. Ammo, oradan ko`p 
o`tmasdan, Buxoroda Abdulsamadning haqiqiy basharasi ochilib qoladi. 
Chunki, u, bu vaqtlarda Buxoroga kelgan ingliz agentlari bilan yaqin 
aloqada bo`lib, ingliz agenturasi foydasiga ish olib bormoqda edi. N. 
Zalesov, 1842-yilda Buxoroga borgan rus elchisi K. Butenev 
Abdulsamadning huzuriga kirgan vaqtida uning polkovnik Stoddart bilan 
suhbat qilib o`tirganini uchratganligi to`g‘risida yozadi. 
Mulla Olim ham o`z asarida, keyingi vaqtlarda Buxoroda 
Abdulsamad to`g‘risida turli gaplar ko`payib ketganligi sababli, u o`ziga 
tegishli kishilar bilan Buxoroni tashlab qochib ketganligini bayon qiladi. 
Lekin Abdulsamad qo`lga tushirilib, Buxoro amiri tomonidan avval 
zindonga tashlanadi va keyinchalik osib o`ldiriladi. Shunday qilib, 
Abdulsamad Buxoro xonligiga ingliz ta’sirini o`rnatish uchun O`rta 
Osiyoga Britaniya agenturasi tomonidan yuborilgan birdan-bir ham 
siyosiy, ham harbiy jihatdan qurollangan ingliz razvedkachisi edi. 
1838–1840-yillarda Britaniya agenturasi Rossiya va Xiva xonligi 
o`rtasidagi diplomatik aloqalarning keskinlashganligidan foydalanib, O`rta 
Osiyo xonliklari ustidan Angliyaning siyosiy hukmronligini o`rnatish va 


37 
ularni birlashtirib, Rossiyaga qarshi qo`yish uchun Abbot, Shekspir, 
Stoddart va Konolli kabi razvedkachilarni yuboradi. 
Ingliz 
razvedkachilari 
va 
diversantlarining 
eng 
ko`zga 
ko`ringanlaridan biri polkovnik Stoddart Angliya Tashqi Ishlar ministri 
Palmersonning buyrug‘i bilan Buxoro xonligidagi “rus qullarini ozod 
etish” bahonasi bilan 1838-yilda Buxoroga kelgan edi. 
Haqiqatda esa, Stoddartning asosiy vazifasi Buxoroning hokim 
amaldorlari bilan Rossiyaga qarshi birgalikda kurash olib borish uchun 
shartnoma tuzishdan iborat edi.
“Tarixi Turkiston” asarida inglizlarning Buxoroda olib borgan 
agressiv va qo`poruvchilik ishlari to`g‘risida juda qimmatbaho 
ma’lumotlar keltiriladi. Asarda berilgan ma’lumotlarga qaraganda, ingliz 
razvedkachisi Stoddart amir Nasrullo tomonidan ikki marta qabul qilinib, 
quyidagi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borilgan edi:
“Elchi bo`lib kelgan Stoddartning maslak va muddaosi inglizlar 
tarafidan biror turli yomon niyat, zarar keltirmaslikka amirni ishontirib, 
boshqa davlatning, ya’ni Rossiyaning bu mamlakatlarga qasd va 
tajovuzidan saqlanmoqni va mudofaa etmoqni xohlaganidan iborat edi. 
Buning ila baravar, agar amir xohish qilib, munosib ko`rsa, Buxoro 
askarlarini jadid va tezotar to`plar ila salohlantirmoq va askariy muallimlar 
bermoq va Rossiyaning xuf’ya harakat va muddaosidan Buxoro 
hukumatini xabardor qilmoq edi”. 
Buxoroda 
Stoddart 
o`zining 
diplomatik 
vazifalari 
bilan 
kifoyalanmasdan, ingliz agenturasi uchun kerakli ma’lumotlar to`plash 
uchun shaharda ertadan-kechgacha sanqib yurar edi. U, Buxoroda 
shunchalik surbetlik va qo`pollik bilan ish olib borgan ediki, hatto 
Buxorodagi odatlarga rioya qilmasdan, xonning saroyi oldidan ot ustida 
o`tgan edi. 
Bu voqea inglizlarning agressiv maqsadlarini sezib qolgan amir 
Nasrulloga Stoddartni zindonga tashlash uchun yetarli bahona bo`lgan edi. 
Lekin Mulla Olim o`z kitobida bu voqeaga Stoddart faqat Sharq urf-
odatini buzganligi uchun zindonga tashlangan, deb bayon qiladi. 
Stoddartning takliflariga amirning qiziqib qaramasligi hamda uning 
Buxoro xonligi poytaxtida olib borgan amaliy harakatlarining buxoroliklar 
tomonidan kuzatib borilishi, shuningdek, oxirida Stoddart tutilib, zindonga 
tashlanishi Angliyaning Buxoroga nisbatan qo`pol bir g‘arazda ekanining 
amir 
Nasrullo 
tomonidan 
payqalishi 
natijasi 
edi. 
Angliyaning 
Afg‘onistonga nisbatan olib borayotgan agressiv muomalasi Buxoro 


38 
hukmron doiralarining ko`zini ochmasligi mumkin emas edi. Shuning 
uchun ham Rossiya bilan Buxoroning iqtisodiy munosabatlari tarixida 
ochiqdan-ochiq agressivchilik g‘arazlarining yo`qligi va Buxoroning 
iqtisodiy o`sishi, Rossiya bilan tarixiy bog‘lanib qolganligi bu aloqalarga 
xalaqit beradigan har bir harakatga Buxoro hokim doiralarining shub- ha 
bilan qarashiga majbur etardi. 
Inglizlarning Afg‘oniston poytaxti Kobulgacha bosib kelishi (1839) 
va Angliya hukumati Stoddartni ozod etishni so`rab Buxoro amiriga xat 
yuborishidan xavfsiragan amir Nasrullo elchini ingliz josusini zindondan 
bo`shatishga majbur etadi. 
Ammo Stoddart o`z qabih maqsadlarini amalga oshirmasdan 
Hindistonga qaytishni istamaydi. Stoddart Hindiston hokimlaridan biriga: 
“Men bu yerda biroz qolishga qaror qildim, yer sharining bu qismidagi 
mamlakatlarda Britaniya mamlakatining zo`r ta’sirini joriy qilish uchun 
qo`limdan kelgan barcha chorani ko`raman”, degan mazmunda xat yozgan 
edi. Ammo, Stoddart Britaniya agenturasi uchun Buxoroda deyarli hech 
qanday ish qilishga ulgurmasdan, yana ikkinchi martaba zindonga 
tashlandi, uning to`plagan ma’lumotlari esa Buxoroda qolib ketdi. 
Kolonel Charles Stoddart 1838-yil 17-dekabrda Buxoroga keladi. U 
o`z oldiga Amir Nasrullo bilan Biritaniya Ost Indiya kompaniyasi 
o`rtasida Rossiya imperiyasiga qarshi ittifoq tuzish rejasini qo`ygan edi.
A. Leman o`z asarida XIX asrning 40-yillarida inglizlarning Buxoro 
xonligida olib borgan tajovuzkorlik ishlariga oid ma’lumotlar ham 
keltiradi. Ayniqsa, bu vaqtlarda Buxoroda bo`lgan ingliz agentlari: 
Stoddart va Konollilar va ularning Buxoro hukmron doiralari bilan olib 
borgan muzokaralari to`g‘risida ko`p qiziq ma’lumotlar berilgan. Uning 
yozishicha, ingliz agentlari amir bilan uchrashuvda Buxoroga faqat ilmiy 
maqsadlar bilan kelganliklarini bayon qilishlariga qaramasdan, amir 
Nasrullo ularning haqiqiy maqsadlarini bilishga harakat qilgani sababli, 
ularni bir necha marta ketma-ket qabul qilgan. (“Qabul” esa, kun bo`yi va 
kechasi bilan davom etar edi). Xatto amir Nasrullo Konolli ingliz 
hukumatining haqiqiy agenti ekanini va Buxoro uchun xavfli maxfiy bir 
maxsus yo`riqnoma bilan kelgan bo`lishi kerak, deb gumon qilayotganini 
to`g‘ridan-to`g‘ri aytgan edi. 
Inglizlar O`rta Osiyo xonliklari bozorlarini o`z sanoat mollari 
sotiladigan bozorga aylantirish yo`lida turli usullardan foydalanganlar. 
Xususan, ular ayrim buxorolik savdogarlarni o`z tomonlariga og’dirish 
usulini qo`llaganlar. 1854-yilda Bombayga savdo ishi bilan borgan 


39 
buxorolik yahudiy Isoq Yusufov o`g‘li Venyamin Isoqov bilan ingliz 
fuqaroligini qabul qilgan. 1867-yilda esa Parijda bo`lgan chog’ida 
Venyamin ukasi Yaqub Mamanni ham Angliya fuqaroligiga o`tkazgan. 
Ingliz hukumati shu yo`l bilan ham O`rta Osiyoda mustahkamlanib, 
mustamlakachilik to`rini bu hududga ham yoyishni maqsad qilgan edi. 
Yuqorida qayd qilinganlar asosida, XIX asrning 30 – 40-yillarida 
inglizlarning o`z sanoat mollari bilan O`rta Osiyo bozorlariga kirib 
kelishga zo`r berib qilgan harakatlari Rossiya hukmron doiralari hamda rus 
savdogarlari o`rtasida bezovtalik tug‘dirgan bo`lsa ham, lekin Rossiya va 
O`rta Osiyo, jumladan Buxoro xonligi o`rtasidagi savdoning umumiy 
holatiga aytarlik ta’sir etgan emas, degan xulosaga kelish mumkin. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə