O‘zbekiston respublikasi


Buxoro tarixi haqida yevropalik sayyoh va elchilarning



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Buxoro tarixi haqida yevropalik sayyoh va elchilarning 
esdaliklari. 
Buxoro xonligi tarixi haqida Yevropada tarixiy yozma 
manbalarning paydo bo`lishi okeanlararo jahon savdosining paydo bo`lishi 
bilan bevosita bog`liq. Chunki, mustamlakalar uchun kurashdan ispan va 
portugallardan ortda qolishni xohlamagan inglizlar hali Yevropa uchun 
no`malum bo`lgan shimoli-sharqiy dengiz yo`li bo`ylab Hindiston va 
Xitoyga borib yetish umidida edilar.
 
Shimoli-sharqiy yo‘nalishda Xitoy va 
Hindistonga borish istagida bo‘lgan inglizlar 1553 yil mayida Richard 
Chensler va Xyu Uilloubi boshchiligidagi uchta karavellani Shimoliy 
dengizdan Sharq sari yo‘lga chiqardi. Bu ekspeditsiya kutilmagan natija 
berib, Angliya va Moskva davlatlari O‘rtasidagi savdo aloqalari 
o‘rnatilishiga va Moskva davlati haqida aniq ma'lumotlarning yevropada 
yoyilishiga xizmat qildi.
Yangi yo‘lning ochilishi va Sharq mamlkatlari bilan savdoda tranzit 
hamkor topilganidan ruhlangan inglizlar 1555 yilda paychilik shaklida 
«Dengiz yo‘li bilan borilmagan noma'lum yerlar, davlatlar, o‘lkalar. 
mamlakatlar va orolllarni izlovchi-savdogarlar jamiyati»ni tuzdilar. 
Angliya hukumati tomonidan tasdiqlangan bu jamiyat shimoli-sharqiy 


21 
yo‘nalishda Xitoy va Hindistonga yangi savdo yo‘li ochishi va Moskva 
davlati bilan aloqalarni mustahkamlashi zarur edi. Shu asnoda inglizlar
shimoli-sharqiy yo‘nalishda Sharq mamlakatlari bilan olib boriladigan 
savdo aloqalarida Moskoviya yerlaridan foydalanishni maqsad qilgan 
holda, kompaniyaga «Moskva» (Rus, Misteriya) savdo kompaniyasi deb 
nom berdilar.
Savdo kompaniyasi dastlabki yirik aksiyadorlar kompaniya bo’lib, 
Angliyada rivojlangan tadbirkorlikning o’ziga xos turning dastlabki vakili 
bo`lib, mashhur shaxslar Generiy Gudzon va Uiliyam Bavfinni birlshtirgan 
edi. 
Moskva savdo kompaniyasi 1698-yilga qadar Angliya va Moskva 
o’rtasidagi savdoda monopoliya o’natgan va kompaniya 1917-yil Rossiya 
inpilobiga qadar mavjud bo’lgan. 1917-yildan beri kompaniya hayriya 
jamg’armasi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. 
Kompaniya savdogarlarining yangi yerlarga sayohatlari Moskva 
kompaniyasining 1551-yilda Richird Chensler, Sebostyan Kabot va Hyu 
Uillobi tomonidan amalga oshirilgan.
Antoniy Jenkinson (1529-1610) Leychesterda tug’ulgan. Rossiya 
davlati, xususan, O`rta Osiyo davlatlari haqida Yevropaga ma`lumotlar 
yetkazgan dastlabki Britaniyalikdan biri Antoniy Jenkinson Moskva 
Kompaniya va ingliz toji nomidan nomidan siyosatchi va tadqiqochi 
sifatida faoliyat ko’rsatgan. U Moskva va Rossiyaga sayohatlari davomida 
bir necha marta Ivan IV bilan uchrashgan. U sayohatlari haqida bir necha 
esdaliklar yozib qoldigan. 
Antoniy Jenkinsonning otasi Uilyam Jenkinson badavlat shaxslardan 
hisoblangan. Antoniy Jenkinson yoshligidanoq savdo ishlar bilan 
shug’ullangan. 1568-yildan Moskva Kompaniyaning asosiy tadqiqotchisi 
bo’lib qoldi. 1568-yil 26-yanvarda Jenkinson Jon Marshning qizi Indiy 
Marshga uylanadi. Jon Marsh yirik tadbirkor bo’lib, Kompaniyaning 
asoschilardan hisoblanadi. Jenkinsonning 5 o’g’li va 5 qizi bo’lgan. 1606-
yildan Ashtonda yashagan oila, xotini vafotidan so`ng shu shahrda yashab 
qoldi. Jekinson 1611-yil 16-fevralda vafot etdi va u Tiegdagi muqaddas 
Tretsa cherkoviga dafn etildi . 
1558-yil Antoniy Jenkinson Moskvada bo’ldi. U o’z sayohatini 
Volga va Oka daryolaridan janubga qarab boshlaydi. Qozon xonligi 
(1552-yil Rossiya tomonidan bosib olingan) orqali o’tib Astraxan (1556-
yil bosib olingan) shahriga yetib boradi. Uning jamoasi sayohatni Kaspiy 
dengizi bo’ylab janubiy-sharqiy Saraxs tomon davom etiradi. Ular 


22 
savdogarlar karvoniga qo’shilishdi va bir necha oy mobaynida No’g’ay 
o’rdasidagi tatar yerlari bo’ylab sayohat qilishdi. Cho’lda qaroqchilar bilan 
jangdan so’ng Buxoroga yetib borishdi. Ular Xitoy va Hindistonga yolni 
bilishsada, yo’ldagi urushlar qaroqchilik tufayli yo’lda davom etisha 
olmasdi. 
Mahalliy 
hokimiyatning 
dushmanligi 
ularni 
qolishini 
imkonsizlantirdi va oxir oqibatda uylariga qaytishga majbur bo’ldilar. 
Taminot bilan bog’liq qiyinchiliklardan keyin ular Kaspiy dengizini 
qayiqda kesib o’tishdi. Ular Moskvaga 1559-yilda qaytib kelishadi.
1560-yil bahorida dengiz yo’lini ochilishiga qadar Angliyaga qaytib 
kelisha olmadilar. Bu sayohatda Jenkinson Rossiya va Tatar hududlarning 
xaritasini tuzishga muvaffaqiyatli bo’ldi. Lekin u bu xaritada Orol 
dengizini Kaspiy dengizini ko’fazi deb tahmin qilgan edi. Uning xartasi 
Abraham Orteliyning “Tyaturum Orbus Feraturm” nomli atlasga kiritilgan.
Rossiyaga uyushtirigan birinchi ekspeditsiyasidan qaytib kelgandan 
keyin Jenkinson darhol ikkinchi ekspeditsiyani boshlab yubordi. Uning 
maqsadi Rossiyaga sayohat qilish va sayohatni Eronda davom etirish edi. 
U Moskvaga Ivan IV bilan savdo munosabatlari xususuda suhbatlashish 
maqsadida 1561-yil avgustda yetib keldi, shunga qaramay u 1562-yil 
martgacha podshoh qabuliga kira olmaydi.
Podshoh qabulidan so`ng Jenkinson Rossiya bo’ylab janubga Kaspiy 
dengizi va Eronga sayohat qildi. Qazvindagi Shoh Taxmasp saroyiga borib 
yetadi va Moskva Kompaniyasi foydasiga imtiyozli savdo bitimlari 
tuzishga erishadi. Bu bilan u Fors ko’fazidagi Ormuz orolini bosib olib 
Hind okeandagi savdoni va Orta yer dengizidan Suriya orqali yo’lni qo’lga 
olib ingliz tovarlarini cheklayotgan Venetsiyaga zarba beradi. Shuningdek, 
ekspeditsiya davomida Moskva Kompaniyasining savdo huquqlari 
kengaytirishga erishadi.
O’rta Osiyo va Eronga sayohatlarida Jenkinson podshoh bilan o’zaro 
foyda uchun aloqalarini o’rnatadi. Podshoh foydasi uchun mahsulotlarni 
sotib olib, Ivan IVning tavsiyanomalaridan Qozon va Astraxanni qo`shib 
olinishi bilan Rossiyaning ta’siri kuchayganligi sababli katta foyda ko`rdi. 
1564-yil iyulda Jenkinson Londonga qaytib ketadi. 
Jenkinson Rossiyaga uchinchi marta avvalgi sayohati davomida 
Rossiya tomonidan Angliyaga berilgan imtiyozlarni nisbatan ko’paytirish 
buyrug’i bilan jo’natildi. Omadli muzokalar natijasida savdo imtiyozlarni 
qo’lga kiritgach Angliyaga qaytadi. Shuning evaziga unga Rossiyaga Ivan 
IV urushlarda yordam berish uchun harbiy mutaxassislar olib kelishini 


23 
buyuradi. Bu sayohat orqali Jenkinson 1566-yil sentyabrda Rossiya 
Angliya bilan yangi savdo bitimlarni imzolashga muvaffaq bo’ladi. 
Podsho Ivan IV Jenkinsonning 1566-yil qo’lga kiritgan savdo 
imtiyozlarini boyorlarning tayziqi va oprichnina sababli bekor qiladi. 
Shundan so`ng, qirolicha nomidan Jenkinson savdo aloqalarni qayta 
tiklash uchun jo’natiladi. 1571-yil iyulda Jenkinson Rossiyaga to’tinchi 
marta va so’nggi ekspeditsiyaga jo’natiladi.
Vabo tufayli Xolmagoriyada 6 oy ushlanib turgach, 1572-yil may 
oyida Jenkinson Moskvaga yetib kelishga muvoffaq bo’ladi. 23-iyuldan 
Jenkinson Moskva davlati bilan hamma savdo imtiyozlarini tikladi. 
Jenkinson tomonidan amalga oshirilga sayohatlarning ikkitasi 
muhum sayohathisoblanib, ularning birinchisi, Moskva orqali Xitoyga 
yetib olishga urinish edi. Lekin bu sayohat Buxoroda yakunlandi.
Ikkinchi sayohati esa 1562 va 1579-yillarda amalga oshirilib, Rossiya 
va Eron o’rtasida savdo yo’llarini ochdi. Garchi Jekinson Eronga 
quruqlikdan yol ochishni isbotlagan bo’lsa-da, bu yo’l hududidagi turli 
qiyinchiliklar sababli 1573-yildan etiboran chetda qolib ketdi. Yo’l
1741-yil parlament tomonidan qayta tiklanganga qadar faoliyat 
ko’rsatmadi.
Antoniy Jenkinson sayohatlari sarhisobi, Buxoro xonligining xalqaro 
va ichki savdo imkoniyatlari bayon etlgan “Rossiyadagi Moskva shahridan 
Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat” nomli esdaliklarida 
bayon etilgan. 
Yuqorida qayd etiganidek, 1734-yili Angliya bilan Rossiya o`rtasida 
Rossiya orqali sharq mamlakatlari bilan tranzit savdo yo`llaridan 
foydalanish haqidagi bitim tuziladi. Bitim imzolangach, darhol, Rossiya 
kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali Eronga boradigan qulay 
savdo yo`llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda O`rta Osiyo, 
Ozarbayjon va Eronga bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil qildilar.
Shu maqsadda, 1739-yili “Rus kompaniyasi”ning vakillari Djon 
El’ton va Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga jo`natilgan edi. Lekin 
Nodirshoxning O`rta Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni eshitgach, 
ular Astraxandan to`g‘ri Eronga ketishni afzal ko`rishgan. Bu boshlangan 
ishni yakuniga yetkazish maqsadida 1740-yil fevralda “Rus kompaniyasi” 
Xiva va Buxoroga yangi ekspeditsiya uyushtiradi. Uning tarkibida Georg 
Tompson va Regnal’d Xogg kabi josuslar bor edilar. Ular Xiva va 
Buxoroda savdo-sotiq sharoitlarini o`rganishlari kerak edi. Mazkur 
ekspeditsiya Rossiyaning janubi-sharqiy chegaralari va Qozog‘iston 


24 
cho`llari orqali yo`lga tushadi. G.Tompson va R.Xogglarning kundaliklari 
Eronda bo`lgan “Rus kompaniyasi” savdogari Jonas Xonvey kitobida 
nashr qilingan. Bu kitobdan, muallifning va XVIII asrning birinchi 
yarmida Eronga kelgan boshqa yevropaliklarning yo`l kundaliklari o`rin 
olgan. Ushbu kitobdagi ma`lumotlar XVIII asrning 30 – 40-yillarida O`rta 
Osiyo shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va tashqi savdoning 
ahvoli, shaharlar hunarmandchiligi to`g‘risidagi xabarlardan iborat. G. 
Tompson va R.Xogg 1740-yili 9-sentyabrda Yoyiq shahri orqali 
Qozog‘iston cho`llari, Orol dengizining shimoliy-g‘arbiy qirg‘oqlari orqali 
o`tib Xivaga kirib kelishgan. Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning 
holatini tahlil qilib, ular faqat Buxoro va Eron bilan savdo qiladilar, 
hayvon, mo`yna va terilarni qirg‘iz (qozoq) va turkmanlardan oladilar deb, 
xabar qiladi.
Yevropa sayohatchilari ichida Buxoro haqida kengroq ma’lumot 
qoldirgan, o’z davrining mashhur manbasi bu Aleksandr Byorns 
tomonidan yozilgan kitob edi.
Kapitan Ser Aleksandr Byorns (1805–1841) Shotland millatiga 
mansub bo`lib, Montrous (Shotlandiya) da tavallud topgan. 16 yoshida 
Ost-India kompaniyasida harbiy xizmatga qo`shilgan. Hindistonda xizmat 
davomida hind va fors tillarini mukammal o`rgangan. 1822-yilda u Surat 
shahrida tarjimonlik xizmatiga tayinlangan. 1826-yilda Kutchga siyosiy 
agentga yordamchi sifatida jo`natilgan.
Bu sayohatning asoschisi Hindiston general-gubernatori bo’lib, 
maqsad savdo va siyosiy masalalarni ko’zlagan holda uyushtirilgan. 1830-
yil Hindistonning buyuk daryolari bo’yida yashovchi aholining yashash 
tarzini o’rganish uchun Aleksandr Byorns “Ost Indiya” kompaniyasi 
tomonidan tanlab olinadi. Bu holatda Byornsning o’zi ham Afg’oniston va 
O’rta Osiyo haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun Dehlidan Qobul 
va Buxoroga borish uchun ruxsat so’raydi.
A.Byornsning O’rta Osiyoga uyushtirgan sayohati, ingliz 
missiyasining bir bo’g’ini bo’lib, ,,O’rta Osiyoga musulmon savdogarlari 
tomonidan ingliz tovarlariga nisbatan qo’llanishi kutilayotgan agressiya”ni 
yengillashtirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Shu masala yuzasidan va 
boshqa maqsadlar bilan O’rta Osiyoga V. Murkroft, B. Trebek (1819-
1825), D. Vud (1837) va boshqalar turli yillarda O`rta Osiyo xonliklariga 
tashrif buyurganlar.
1831-yilda Aleksandr Byorns Afg’oniston haqida juda katta 
ma’lumot to’plab, Qobulga kelgan. 1832-yil iyul oyida Byorns Qunduz, 


25 
Balx va Qarshi orqali Buxoroga keladi. Buxoroda ikki hafta turganidan 
keyin u karvon bilan sayohatini Mashhad sari davom ettirdi. 1832-yil 
oktabrda u Tehronga yetib bordi. Keyin Sheroz va Busher orqali 
Hindostonga qaytadi.
Byornsdan so’ng Buxoroga kelgan P. I. Demezonning ta’kidlashicha, 
oxirgi sayohatning maqsadi Buxoroda Ost-Indiya savdo kompaniyasining 
savdo uyini ochish edi. Byorns tomonidan yozilgan kitob Rossiya va 
G’arbiy Yevropa mamlakatlari aholisi o’rtasida keng qiziqish uyg’otdi. 
Umuman, ushbu kitob Byornsning ,,Qobul, Tatariston va Fors (Turkiston 
va Eron)” mamlakatlariga uyushtirilgan sayohatning hisoboti bo’lib, 
ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan.
Butun dunyoga mashhur tabiiy fanlar olimi, nemis geografi va 
sayohatchisi A. Gumbolt (1841) ning ta’kidlashicha, ,,Leytenant
Byornsning mehnatlari o’z ichiga boy qadriyatlarni mujassam etgan”ligi 
bilan alohida o`rin tutib qolmay, akademik V. V. Bartold ,,Aleksandr 
Byornsning sayohati”ni fan uchun katta ahamiyatga ega ekanligini qayd 
etadi.
Tarixchi G. A. Hidoyatovning fikricha, ,,O’rta Osiyoni o’rganish 
bo’yicha eng e’tiborli ish, uning iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlaridan 
savdo yo’llari va strategik kommunikatsiyasi ingliz armiyasi leytenanti A. 
Byorns tomonidan ishlab chiqilgan ediki, u O’rta Osiyoni o’rganish 
bo’yicha ajoyib tadqiqotchi, Ost-Indiya kompaniyasi a’zolari ichida eng 
mohir, uddaburon, capital kiritgan eng zo’r mutaxassisi edi”. 
Byorns tomonidan yig’ilgan dalillar Britaniya razvedkasini ham 
befarq qoldirmagan. Bundan tashqari, uning ma’lumotlaridan O’rta 
Sharqni kolonial iqtisodiy siyosiy boshqarishda foydalanilgan. Shu 
sababdan, u 1837-1838-yillarda Qobulga qilingan ingliz missiyasi 
tarkibiga kiritilgan. Uning xulosalaridan ingliz hukumati Angliyaning 
Afg’onistonni mustamlakaga aylantirish siyosatida foydalanishga intilgan. 
Aleksandr Byorns 1839-1841-yillarda Afg`onistonda Qobul gubernatori va 
Angliya armiyasi shtabi qoshida siyosiy maslahatchi lavozimida faoliyat 
olib bo’rgan va 1841 yilda inglizlarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’aloni 
davrida gubernator qaroagohida o’ldirilgan.
Aleksandr Byornsning sayohat kundaligi ,,Buxoroga sayohat” va 
,,Qobul” nomlari bilan savdogar T.V.Golubkov (1786-1854) tomonidan 
rus tiliga tarjima qilgan. Golubkov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan 
nashrida yozilishicha, XIX asrning 40-yillarida Buxoroliklarni inglizlarga 
nisbatan ruslar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari kuchli bo’lgan.


26 
Buxoroda Byorns bozorlarni unchlalik xafsala bilan yozmagan, 
chunki Buxoro bozorlarida ingliz mahsulotlariga qaraganda rus 
mahsulotlari ko’p edi. Bu esa Byornsga yoqmagan. Shuningdek, 
buxoroliklar inglizlarga nisbatan ruslarga do’stona munosabatda 
bo’lganliklarini qayd etadi. “Buxoro bozorida siz Ost-Indiya 
kompaniyasini barcha mahsulotlarini ko’rishingiz mumkin. Ruslar 
mahsulotlari uchun esa xaridorlar juda ko’p. Buxoro bilan savdo va 
do’stlik aloqalarini yaxshilash uchun Kaspiy va Volga daryosi bo’ylab 
Bokuga olib boradigan kemalarni bepul xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yish 
kerak”, degan xulosaga keladi. 
Xullas, Yevropada Buxoro xonligi haqidagi manbalarning vujudga 
kelishi, buyuk geografik kashfiyotlar yutuqlari bilan chambarchas bog`liq 
bo`lish bilan birga, insoniyatning yer sayyorasi haqidagi geografik 
tafakkur dunyoqarashini rivojlanishiga kata hissa qo`shgan. Shuningdek, 
ushbu esdalik va hisobotlarda Buxoro xonligi, umumiy holda O`rta Osiyo 
xonliklarining iqtisodiy hayoti, tashqi siyosati, shaharlari haqida qimmatli 
ma`lumotlarni olish mumkin. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə