O‘zbekiston respublikasi


  BUXORO XONLIGI TARIXI HAQIDA MANBALAR



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 



BUXORO XONLIGI TARIXI HAQIDA MANBALAR 
Reja: 
1.
 
Buxoro xonligi tarixi haqida mahalliy tarixchilarning asarlari 
2.
 
Buxoro tarixi haqida yevropalik sayyoh va elchilarning 
esdaliklari 
3.
 
Buxoro-Rossiya munosabatlarining o`rnatilishi va Rossiya 
xonligi haqida to`plangan ma`lumotlar
4.
 
Buxoroda ingliz josuslarining faoliyati va ularning maqsadlari 
5.
 
XX asrda sovet tarixshunisligida Buxoro xonligi masalasi 
6.
 
Mustaqillik yillarida Buxoro tarixini o`rganilishi 
 
Buxoro xonligi tarixi haqida mahalliy tarixchilarning asarlari.
Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrda fan va 
madaniyat rivoj topdi. Shayboniyxon hayotligi chog’idayoq yozilgan turli 
manbalarda 
Muhammad 
Solihning 
chig’atoy – turkiy tilidagi 
“Shayboniynoma”, 
Fazulloh 
ibn 
Ro’zbexonning 
forscha
“Mehmonnomayi 
Buxoro”, 
Kamoliddin 
Binoiyning 
forscha 
“Shayboniynoma” asarlarida Jo`ji avlodlarining Movarounnahr taxtini 
egallashi, o`zaro ikki mintaqa o`rtasidagi o`zaro aloqalar qayd etilgan. 
Shayboniyxon haqida yozilgan ushbu asarlarning mazmuni shindaki, uning 
madaniyatga homiylik qilgani o’zi ham o’qimishli o’tkir badiiy va ijodiy 
did egasi bo’lganligi tufaylidir.
Ma’rifatparvar xonlar saroyida to’plangan olimlar shoir va 
yozuvchilar ilm fanining turli yo’nalishlari bo’yicha ijod qiladilar va 
yozgan asarlari bilan jahon tarixi va madanyati xazinasiga munosib hissa 
qo’shdilar. XV asr oxiri va XVIII asrlar davomida tarix ilmi bobida juda 
kata monumental asarlar yaratiladi. Muhammad Haydar yoki Mirzo 
Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Ma’sud Ibn Usmon Ko`histoniyning
“Tarixi Abulxayrxoniy” Muhammad Solihning “Tavorihi Gurida”
asarlari shular jumlasidandir.
Muhammad Solih (1455 - 1535) o’zbek shoiri tarixchi davlat
arbobidir. Dastlabki ta`limni Xorazmda olgan 1499-yildan e’tiboran
Shayboniyxon saroyida xizmatda bo’lgan. Shayboniyxon unga “amir
ul-umaro”, “malik ush-shuaro” unvonlarini bergan. Shayboniyxonning
harbiy yurishlarida birga bo’lgan. Shu davrda u “Shayboniynoma”
asarini yozgan. Keyinchalik ushbu asar boshqa tillarga tarjima qilinib
jahon tarixi adabiyotiga taqdim etildi.



Zayniddin Mahmud Vosifiy (1485-1556) uning asarlari orasida
o’z davrining tarixiy shaxslari qatorida Alisher Navoiyning hayotidan 
ba’zi lavhalar ham keltirilgan. Saroy shoiri sifatida Vosifiy hukmdorlar
amaldor to’ralar va savdogarlarga atab madhiyalar va qasidalar
yozgan. Ularning buyurtmalari asosida she’rlar ijod qilgan. Farmonlar
va yorliqlarning matnlarini tuzgan.
Saido Nasafiy (1637-1710) “Ubaydullanoma” muallifining iborasi 
bilan aytganda Buxoro shoirlari taxtida sulton deb nom chiqargan shoir va 
yozuvchidir. U tojik adabiyoti va tojik adabiy tilining rivojlanishida o’ziga 
xos o’rni bo’lgan mutafakkirdir.
Turdi Farog’iy (XVIII asrning birinchi yarmi taxminan 1701-yil) va 
Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir 1644-1721) birgalikda Buxoro tarixini
yoritishda sezilarli iz qoldirganlar. Ushbu tarixchilar mutafakkirlarning 
qoldirgan boy merosidan V.V. Bartold, A. Yakubovskiy, S.Ayniy va 
boshqa ilmiy tadqiqotchilar o’z davrida foydalanganlar. Keyinchalik esa 
o’zimizning yosh tarixchilarimiz tomonidan tadqiq etilib o’rganilgan.
XVI-XVII asr davri haqida aynan Buxoroning ijtimoiy-iqtisodoiy
strukturasi haqida va hukmdorlarning shaxsiy fazilatiyu olib borgan
islohotlari to’g’risida Yaqin Sharq va Uzoq Sharq davlatlari yozma
hujjatlarida uchraydi. Eron va Hindiston bilan olib borilgan
diplomatik aloqalari natijasida qoldirilgan hujjatlar ham bunga
guvohlik beradi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar
Ashtarxoniylar ilm, madaniyat, san’at va me’morchilikka homiylik
qilganlar. Shuning uchun ham Shayboniylar davrida rivoj topgan fan
va madaniyat o’z an’analari bo’yicha ashtarxoniylar davrida ham
davom etdi. XVII asrda ijod qilgan ilm ahli shoirlar va tarixchilar
ilgaridan kam bo’lmaydi. 1692-yilda Muhammad Badiy Samarqandiy
tomonidan bitilgan tazkirada shu asrda yashagan 165 nafar
ijodkorning nomi tilga olinganligi bu fikrning isbotidir. Bundan
tashqari xonlikda bir yuz ellikdan ortiq madrasa bo’lgan.
Qonuniy bilim sohibi Mahmud Ibn Vali o’zining 1636-yilda
yozilgan “Bahr ul- asror” asarida Samarqand Buxoro shaharlarida
yashagan 20 nafar olim haqida ma’lumot beradi. Olim tilga olgan
shoirlar Saido Nasafiy, G’ofur Samarqandiy, Kufiniy, Vohibiy, Buxoriy
shular jumlasidandir.
Mirzo Sodiq Munshiy ashtarxoniylar sulolasi xonlarining
kirdikorlarini fosh qiluvchi “Dahmayi shoxon” manzumasni yozgan.



Muhammad Balxiy “Subxonqulinoma” masnaviysini bayon etuvchi
Muhammad Amin Buxoriyning “Muhid ut-tavoriy” (Tarixlar dengizi),
Abdurahmon Tolening “Abul Fayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf
Munshiyning “Muqimxon tarixi” Xojamqulixon Balxiyning
“Qipchoqxon tarixi” asarlari shu davrning mashxurlaridan hisoblanadi.
Subxonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-yilda vafot etgan)
ning ijodi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. U Subxonqulixon va
uning rolini amaldorlariga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni
qatnashchisi, she’rlarida xalqni zulmga qarshi birdamlikka,
birlashishga da’vat etgan jasur shoirdir.
Ashtarxoniylar zamonida Boboraxim Mashrab (1640-1711), So`fi
Olloyor (1644-1723) va boshqa tasavvuf namoyondalari ijodi xalq
mehrini qozonadi. Tariqat namoyondalari insonni ulug’lab uning
xaqqa yetishuvini tashviq qiladilar.
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur-ul mulk” asari Subxonqulixon 
davri davlatchiligi tarixi va tuzimi haqidagi asardir. Mutribiyning 
“Tazkirot ush shuoro”, Maleho Samarqandiyning “Muzkkir ul-ashal” 
(1602), Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ush-shuoro” kabi
asarlarida davrning muhiti tarixiy jarayonlar asosida yoritib berilgan.
Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taхallusi Kallo) (1827-1897). 
O’z davrining yirik marifatparvar olimi va faylasufi, yozuvchisi va 
astranomi, tarixchisi va arxitektori musavviri va musiqa nafisi bol`ib, 
bizgacha yetib kelgan asarlari jumlasiga “Nomus al-azam” (Ulug’ qonun), 
“Muntahab al-azam” (Tanlangan qarorlar) “Navodir ul-vaqol” (Noyob 
voqealar) va “Risoli muxtasari va tarixi saltanati xonadoni amironi 
Mang’it” (Mang’it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi)lari 
kiradi. Buxoro amiri elchisining kotibi sifatida 3 martta Rossiyada bo’lgan. 
Ahmad Donish har tomonlama Rossiyaga nisbatan orqada bo’lgan 
amirlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzimni tanqid qiladi. Rus madanyatini 
omma o’rtasida tinmay targ’ib qiladi va undan o’rganishga chaqiradi. 
Uning asrlarida oddiy mehnatkash xalqqa munosabat yaxshi Donish xalqni 
ma’rifatli qilish uning madaniyatini oshirish yo’li bilan “adolatli” monarx 
hokimiyati rahbarligida mavjud bo’lgan nohaqlik va adolatsizlikni 
yo’qotib baxtli hayot qurish mumkin deb hisoblardi.
Muhammad Yusuf Bobojonbek o’gli Bayoniy (1840-1923) o’zbek 
adabiyotining yirik tarjima va hadot tibbiyot ilmining bilimdan 
kishilaridan biri sifatida tanilgan. Uning turli tildagi asarlarida Xorazm, 
Buxoro, Qo’qon xonliklarining tarixi madaniyati va xorijiy davlatlar bilan 



munosabatlari to’g’risida ishonarli va muhim fikrlar bayon etilgan. 
Bayonining tarixiy asarlarini o’rganish materiallar tarixiy voqealar, 
adabiyot, madaniyat ahlining hayoti va ijodi tanishtirish ham katta 
ahamiyatga egadir. Bayoniy Mavlono Darvesh Ahmad tomonidan 1092- 
(1681) yilda arab tilida “Shohoiful ahbor”, Ali Muhammad al-Xivaqiyning 
“Shayboniynoma”, Abu Zafar Zarrat Taboriyning arab tilida yozilgan 
umumiy tarixga oid “Tarixa Taboriy” va boshqa asarlarini o’zbek tiliga 
tarjima qilgan. Ushbu tarjima asarlari bilan birga Bayoniy “Shajarai 
Xorazmshohiy” asarlar ham ijod etadi.
Bundan tashqari Buxoro xonligi tarixnavisligida Xiva, Qo’qon 
xonliklarida yashab ijod qilgan olimu fuzalolari ham o’z hissalarini 
qo’shishgan. Jumladan Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Muhi Hoqandiy, 
Bezdaq va boshqalar shular jumlasidandir.
XX asr boshlaridan boshlab Turkistonda ish boshlagan Yosh 
Buxoroliklar tomonidan yozilgan kitoblar va davriy nashrlar ham 
xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma’lumotlar beradi. O’zining 
kitoblarini yaratgan Avloniy, Cho’lpon va boshqalar shular
jumlasidandir. 
Ashtarxoniylar sulolasi davridagi Buxoro xonligi tarixi “Tarixi
Muqimxoniy”, “Ubaydullonoma” “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida
bayon qilinadi.
“Tarixi Muqimxoniy” asarining muallifi - Muhammad Yusuf
munshiy ibn Xo’ja Baqo (XVII asr) dir. Muallif maqsadiga ko’ra 
«Tazkirai Muqimxoniy» ikki qismdan iborat bo’lishi zarur edi. Asarning 
birinchi qismida Ashtarxoniylardan Muhammad Muqimxonning Balx 
taxtiga o’tirishi 1109 yil (1697 yil 15 noyabr’) dan boshlab, 1704 yil bilan 
tugagan. Muallif so’ziga ko’ra, «agar uning hayot sha`mini charxning telba 
shamoli o’chirib qo’ymasa va umrining chopqir oti-ni yo’qlik dengizi 
to’lqinlari o’z domiga tortib ketmasa», u 1704-1705 yillardan keyin Balx 
va Buxoroda sodir bo’lgan voqealarni yoritishga ahd qilgan edi. Aftidan, 
bu orzusini ro’yobga chiqarish muallifga nasib etmagan. 
Muhammad Yusuf Xo’jabek balxlik tarixchi olim bo’lib,
ashtarxoniylardan Subxonqulixon (1681-1702) Muhammad Muqimxon
( Balx hokimi 1702-1707) saroylarida munshiy bo’lib xizmat qilgan.
U Muhammad Muqimxonga bag’ishlangan. Muqimxon tarixi (“Tarixi
Muqimxoniy” 1697-1704) asarida Balx va qisman Buxoro xonligining
XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Bu muqaddima va
3 bobdan iborat bo’lib, 1-bobda shayboniylar davrida


10 
Movarounnahrning umumiy ahvoli tasvirlanadi. Asarning 2-3-boblari
original bo’lib, unda Buxoro xonligi va Balxning Hindiston, Eron,
Turkiya va Qashqar bilan bo’lgan siyosiy munosabatlari, Buxoro va
Balx o’rtasidagi qurolli kurash (1702-1704) xususida so’z boradi.
Asarda so’fiylik tariqotlarning rahbarlari, nufuzli eshonlar, hukmdorlar
(Balx hokimlari Jalix Xo’ja, Mahmudbiy otaliq, Badashxon hukmdori
Miryorbek), xattotlar, shoirlar, shuningdek, Orinduz (Qatag’on),
Termiz (Qo’ng’irot), Balx (Qurama), Lag’mon (olchin) da yashovchi
o’zbek qavmlari hamda saroy manbalari va harbiy unvonlar
to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Asarning ikkinchi qismi nomalum
sabablarga ko’ra yozilmay qolgan.
Ko’pchilik tadqiqotchilar «Muqimxon tarixi» ni XVI asr oxiri - XVII 
asr boshidagi O’rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga 
kiritadilar. SHuning uchun hozirda asarning mamlakatimiz, Angliya, 
Frantsiya qo’lyozma xazinalarida (ular 60 dan ortiq) saqlanayotgan 
nusxalari XIX asrda ko’chirilgan. 1860-1861 yillarda ular o’zbek tiliga, I. 
I. Senkovskiy tomonidan qisman frantsuz tiliga, A. A. Semyonov, N. G. 
Mallitskiylar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. 
Ashtarxoniylar tarixini o’rganishda muhim manba sanalgan bu asar 
“Ubaydullonoma” va “Abulfayzxon tarixi” asarlari uning mantiqiy
davomi hisoblanadi va XIX asrning 20-yillarida Rossiya orqali
Yevropaga tarqaldi. Asardan parchalar fransuz tilida bosildi (1824),
to’la ravishda eski o’zbek tiliga 1861-yilda tarjima qilindi. 1956-yilda
to’liq ruscha tarjimasi A.A. Semyonov tomonidan chop etilgan.
Ko’pchilik tadqiqotchilar “Muqimxon tarixi”ni XVI asr oxiri - XVII 
asr boshidagi O’rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga 
kiritadilar. Shuning uchun asarning hozirda mamlakatimiz, Angliya,
Fransiya qo’l yozma xazinalarida 60 dan ortiq saqlanayotgan
nusxalari mavjud.
“Tarixi Muqimxoniy” Silvestr da- Sasi, Karl Zitler, German
Vamberi kabi yevropalik tarixshunoslarning doimiy nazarida turgan.
V.V. Bartoldning aytishicha, u uzoq vaqtlar yevropaliklar uchun
Buxoro xonligi tarixi bo’yicha yagona manba bo’lib qoldi.
“Ubaydullonoma” XVII asrda o’tgan Mir Muhammad Amin
Buxoriy asaridir. U o’qimishli va fozil kishilardan bo’lib, 1645-yilda
Buxoroda tug’ilgan, vafot etgan yili ma’lum emas. Hayoti haqida 
ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Ashtarxoniylardan Subhonqulixon
davrida saroydan chetlashtirilgan. Keyinchalik Ubadulloxon II saroyida


11 
bosh munshiylik lavozimida xizmat qilgan. Ubaydulloxonning
safarlarida hamroh bo’lib, o’z davrining fozil kishisi sifatida tanilgan.
“Ubaydullonoma” Buxoro xonligining 1702-1716-yillar orasidagi
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716-
yildan keyin yozilgan, muqaddima, asosiy 80 bob va xotimadan
iborat.
Muqaddimada muallifning hol-ahvoli, ya’ni Subxonqulixon
hukmronligining so’nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og’ir
ahvolga tushib qolganligi va Ubaydulloxon xizmatiga qabul qilinishi,
Abdulazizxon va Subxonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-
siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan.
1-80-boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1716)
ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yozilgan. Muallif mazkur asarida kata
yer egaligi, aholidan yig’iladigan soliq va jarimalar, Buxoro
xonligining ma’muriy tuzilishi tarqoqligining kuchayishi, mamlakat 
boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning ayrim sabablari kabi
masalalarga keng o’rin bergan. Asarda geografik va etnografik
ma’lumotlar ko’p. Shuningdek asarda Balx, Termiz, Hisori Shodmon,
Shahrisabz kabi mahalliy viloyatlar hokimlari o’zboshimchaligiga
qarshi Ubaydulloxonning olib borgan kurashi va qat’iy
markazlashtirish siyosati, pirovardida, uning o’ldirilishi o’z aksini
topgan. Ubaydulloxonning o’limidan so’ng Buxorodagi islohotlarga
ham barham berildi. Mahalliy bek va hokimlarning o’zboshimchaligi
va ayrimachiligi kuchaygan. Buxoro xonligining katta qismiga Qo’qon
xonligi tashkil topdi. Asarda so’nngi o’rta asrlarda Buxoro xonligidagi
unvon, daraja va mansablar turkiy qavmlar va urg’ular haqida nodir
ma’lumotlar bor.
Xotimada muallif bilan zamondosh bo’lgan va Buxoroda
istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Saida Nasafiy,
Qosimxo’ja, Mulla Sarfaroz, Fitrat, Muham, mashhur qozilar haqida
qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
“Ubaydullonoma” asarining Toshkent, Dushanbe, Sankt-Petrburgda
10 dan ortiq qo’lyozma nusxalari mavjud. Asar A.A. Seymonov
tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957-yilda Toshkentda
nashrda chiqarilgan.
“Tarixi Abulfayzxon” asarini Ubaydulloxon va Abdulazizxon
(1711-1717) saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixchi olim


12 
Abdurahmon Davlat yozgan. Muallif ko’proq Abdurahmon Tole nomi
bilan mashhur.
Mazkur asar hajm jihatidan kuchli, 161 varoq bo’lib,
“Ubaydullonoma” ning davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining
1711-1723-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. 
Ma’lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iqtisodiy 
va siyosiy ahvoli zaiflashadi va ulus boshliqlarining, ya’ni mahalliy
hukmdorlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashi kuchaydi,
ularning ayrimlari, masalan, Balx va Samarqand markaziy hukumatga
bo’ysunmay qo’ydilar, Farg’ona XVIII asr boshlarida 1709-yili
Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va o’lkada mustaqil Qo’qon
xonligi tashkil topdi. 1722-yili Samarqand ham mustaqillik e’lon qildi
va Rajabxon ismli kimsani xon qilib ko’tardilar (1722-1728), o’zaro
urushlar boshlanib ketdi. “Tarixi Abulfayzxon” asarida mana shu 
masalalar keng yoritib berildi. Bundan tashqari, asarda Buxoro
xonligining ma’muriy tuzilishi va o’zbek xalqining etnik tartibi haqida 
ham ayrim, diqqatga sazovor dalil va ma’lumotlar bor.
“Tarixi Abulfayzxon” ning to’liq ruscha tarjimasi, zarur izohlar 
bilan 1959-yili A.A.Semyonov tomonidan Toshkentda nashr qilingan.
Ashtarxoniylar davri tarixiga oid yana bir muhim asar Ho’ji mir 
Muhammad Salim qalamiga “Silsilat us-salotin” (“Buyuklar silsilasi”)dir. 
Uning qo’lyozma nusxalari juda kamyob bo’lib, bir nusxasi Angliyaning 
Oksford shahridagi Bodli kutubxonasida saqlanmoqda. 
Asarda Ashtarxoniylar davri tarixi, Eron va Hindiston bilan olib 
borgan diplomatik munosabatlari xususida batafsil ma’lumotlar berilgan. 
Bundan tashqari asarda Balx va Badashxon, Buxoro xonligining
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, Shohjahonning Balx va Buxoro
xonligi ichki ishiga qurolli aralashuvi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Asar 1731-yilda yozilgan bo’lib, muqaddima va to’rt qismdan iborat. 
O’rta 
Osiyo 
tarixining 
tarixshunoslik 
jihatidan 
to’la 
o’rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo’qligi emas, balki, 
aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo’lganda ham O’rta Osiyo 
xalqlarining XVI asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan hayoti 
tariximizning eng kam o’rganilgan davrlaridir. Inqilobgacha bo’lgan 
davrda bu masalaga juda kam e`tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari 
asosiy e`tiborni Amir Temurgacha va temuriylar davrini o’rganishga 
qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli 
tadqiqotlar paydo bo’ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo xalqlari 


13 
tarixining mufassal, ko’p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda 
kam. Ular jumlasiga B. A. Ahmedov, B. G’. G’afurov, E. A. Davidovich, 
H. Z. Ziyoev, R. G. Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va 
boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.
O’rta Osiyo qadimgi tarixiga doir ma`lumotlar to’plangan ilk kitob 
1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «O’zbekiston tarixiy 
manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan O’rta Osiyo 
tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to’plagan, XVI-XIX asrlarning 
sayohatchilari, geografiya olimlari qoldirgan ma`lumotlar o’rin olgan. 
Muallif kitobning kirish qismida Samarqand va Buxoro barcha asrlarda 
dunyoga ma`lum va mashhur bo’lganini ta`kidlaydi. Qadimda aynan shu 
O’rta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Yevropaga 
boradigan asosiy savdo yo’llari o’tgan edi. Biroq dengizda 
suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Yevropadan Hindistonga boradigan 
dengiz yo’lini ochganlari bois, O’rta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq
ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. 
XVI-XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixshunosligi bo`yicha 
ma`lumotlarni jamlagan B.A.Ahmedov tomonidan yozilgan asarning 
ikkinchi bo’limida rus va chet el elchilari - Antoniy Jekinson, I. D. 
Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Beneveni va Novopat-ros mitropoliti 
Xrisanfning XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo to’g’risidagi, uning o’sha 
davrdagi Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma`lumotlari keltiriladi. Bu 
ma`lumotlar fors-turk, arab tillaridagi manbalarning ma`lumotlari bilan 
taqqoslanib, ancha tarixiy faktlar aniqlashtirildi.
Eng muhimi, B.A.Ahmedov ilk manbalar bilan shug’ullanuvchi 
tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi voqea va faktlarni aniqlashga 
intilib, tarixshunoslikning muhim sharti - qiyoslash va bor ma`lumotlarni 
jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan holda ushbu asarni 
yaratgan. Buning uchun B. Ahmedov o’z tahliliga muayyan bir davr 
bo’yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» 
(«Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai 
Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoe` ul-vaqoe» dir. 
Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga 
oid tarixshunoslik lavhalarini ham kiritgan. «Tavorixi guzida»-
«Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi 
Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular 
jumlasidandir.


14 
XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda ko’chmanchi feodal 
boylar va oliy hokimiyat o’rtasida keskin kurash bordi. Abulxayrxonning 
(1428-1468) o’limidan so’ng ayniqsa, bu qonli o’zaro urush yanada 
kuchaydi. Hokimiyat tepasiga uning
nabirasi - Abulxayr Shayboniy (1451-
1510) kelganidan so’ng o`zbek feodallarining nizolari barham topdi. U 
ko’pchilik o’zbek urug’larini birlashtirib, temuriylarga qarshi chiqdi. XV 
asr oxiri, XVI asr boshlarida ko’chmanchi o’zbeklarning O’rta Osiyoning 
madaniy hududlariga tomon harakatlanishi avj oldi. «Nusratnoma»da 
o’sha davr tarixiy sharoitning qanchalik murakkabligi, Movarounnahr 
xalqining noroziligi kuchayishining, Samarqand, Buxoro, O’sh, Axsi, 
Andijon, Qarshi, Qorako’l va O’rta Osiyoning boshqa ko’plab shahar va 
mintaqalaridagi qo’zg’olonlarning sabablarini tushunish uchun ko’plab 
qiziqarli ma`lumotlar berilgan.
Shuningdek, o’zbek xalqi etnogenezi, XV-XVI asrlardagi O’rta 
Osiyo aholisining etnik tarkibi bilan shug’ullanayotgan etnograf ham bu 
kitobdan juda qiziqarli ma`lumotlar olishlari mumkin. 
Kitob xronologik tarzda tartblangan bo`1ib, barcha turk va 
mo’g’ullarning afsonaviy bobosi hisoblangan O’g’izxon sulolasi tarixi 
«Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa 
Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug’ilishidan, to 
Samarqand taxtiga o’tirgunicha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Uning 909 
(1503-1504) yilgacha butun Movarounnahr hududini egallagani tarixi 
kitobning uchinchi qismidan joy olgan. 
«Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki 
nusxada topilgan. Birinchi qo’lyozma Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik 
institutining Leningrad bo’limida va ikkinchi qo’lyozma Britaniya 
muzeyida saqlanmoqda. Qo’lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz 
ahvolda - mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o’z asarida 
bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba`zi varaqlar o’rni 
chalkashgan, ba`zi voqealarning qaytarilishi uchraydi. 
«Nusratnoma» hanuzgacha to’liq tarjima qilinmagan. S. K. 
Ibrohimov va V. P. Yudin bu asarning ba`zi parchalarini o’zbekchaga 
o’girishgan. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» dan tadqiqotchilar B.V. 
Bartol’d, A.A.Semyonov, S.K.Ibrohimov, R.G.Muqminova, S.A. 
Azimjonova, K.E.Petrov, B.A.Ahmedov va A.M.Akramovlar o’z ilmiy 
izlanishlarida ancha keng foydalanishgan. 
Sharqshunos A. Mirzayevning aytishicha, Binoiy (uning to’liq ismi 
Ali ibn al-Muhammad al-Hiraviy) 857 (1453) yilda me`mor 


15 
Muhammadxon Sabza oilasida tug’ilgan. 1495 yilda Binoiylar 
Samarqandga ko’chishadi. Uning zamondoshlari Navoiy, Bobur, 
Xondamir va boshqalar Binoiy iste`dodi xususida juda yaxshi fikr aytgan 
edilar. 
Balxlik olim (XVII asr) Muhammad Toxirning yozishicha, Binoiy 
866 (1481 yilda otasi bilan birga Balxda to’rtinchi xalifa Ali ibn Tolibning 
qabri ustida gumbaz qurishda qatnashadi. Muhammad Tohirni yozishicha, 
binolar qurilishi va ilm-fanda mashhur me`morlar ustozi mavlono Binoiy 
rahbarligida bu muqaddas qabr qurilganiga 170 yil bo`lgan bo`lsada, bu 
binoda bironta darz mavjud bo`lmagan. 
Binoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496-1500 yilgi 
tarixiy voqealar guvohi bo’ladi. Bobur va Shayboniyxon o’rtasidagi 
hokimiyat uchun kurash o’z davrining ilg’or tafakkur va bilim egalari 
uchun kurash bilan uyg’unlashib ketgan edi. Ular jumlasiga Mahdumi 
A`zam Kosoniyni, Xoja Ahror vafotidan so’ng O’rta Osiyo musulmon 
dindorlarining bosh vakillaridan biriga aylangan uning o’g’li Yahyoxonni, 
Binoiy, Xondamir va boshqalarni kiritish mumkin. Samarqandga kelgach, 
Binoiy dastlab Shayboniyxonga, so’ng Bobur Samarqandni boshqargan 
yuz kun davomida temuriylarga xizmat qiladi. 1498 yilning fevral oyida 
Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning qo’shini bilan 
ketadi. Biroq Samarqandda hokimiyat uchun kurash davom etardi. Shu 
orada Binoiy yana Boburning ittifoqchisiga aylanadi. 1501 yilning 
o’rtalarida yuz bergan jang Binoiy va Mahdumi A`zam Dahbediyning 
taqdirini hal qildi. Ular to umrlarining oxirigacha o’z vatanlarida yashab 
qoldilar. Shundan so’ng Binoiyning yozishicha, u Shayboniyxon saroyi 
solnomachisiga aylanadi va xonning hukmdorligi va g’olibona yurishlari 
tarixini yozish to’g’risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bu vazifani a`lo 
uddaladi. Biroq, o’zaro feodal urushlar Shayboniyxonning ham, Bi-
noiyning ham o’limiga sabab bo’ldi.
Binoiy 
«Shayboniynomasi» tadqiqotchilar (E. G. Braun,
K. G. Zaleman, A. N. Samoylovich, M. A. Sal’e, A. A. Semyonov,
A. N. Boldirev, R. G. Muqminova, A, M. Mirzayev, S. K. Ibrohimov,
B. A. Axmedov va boshqalar) tomonidan keng foydalanilmoqda. 
Binoiyning yozishicha, hatto 1494-1500 yillarda ham Ko’hak 
etagida, Obirahmat arig’i bo’yida Ulug’bek rasadxonasi buzilmagan holda 
qad ko’tarib turgan. Bu ma`lumot Boburning Ko’hak tepaligi joyida Mirzo 
Ulug’bekning yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan 
rasadxonani ko’rgani haqidagi gaplarga mos keladi. Demak, Ulug’bek 


16 
rasadxonasi asboblari XVI asrda ham saqlangan. Shu bois rasadxonaning 
Ulug’bek o’limidan so’ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 
25 oktyabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlang’ani haqidagi fikr tarixiy 
manbalarga to’g’ri kelmaydi. 
Shu yerda boshqa «Shayboniynoma» muallifi Muhammad Solih 
haqida ham to’xtalib o’tish kerak. Tarixiy manbalarga qaraganda 
Muhammad Solih oldin Amir Temur, keyin Shohruh Mirzoning eng kuchli 
amirlaridan bo’lgan Mirzo Ulug’bekning ustozi Shoh Malikning nabirasi 
edi. Boshqa chig’atoy beklari kabi uzoq yillar Mirzo Ulug’bek xizmatida 
bo’lgan Muhammad Solihning otasi Nur Saidbek ham shahzoda 
Abdullatifga, 
keyin 
temuriy 
Sulton 
Abu 
Saidga 
(1414-1469) 
bo’ysunishdan bosh tortib, Nurota tog’lariga chiqib ketdi. U Samarqand va 
Buxoro 
agroflariga 
muntazam 
hujum 
qilib 
turdi. 
Abdurazzoq 
Samarqandiyning yozishicha katta siyosiy mavqega ega Xoja Ahror, bir 
necha bor Nur Saidbekni, keyin uning ittifoqchisi, Ulug’bekning nabirasi 
Muhammad Jo’qiyni qurolni tashlab, kelishuvga undagan. Qurolni 
topshirgach 1462 yil 5 oktyabrda Muhammad Jo’qiy zindonga tashlangan, 
Nur Saidbek esa ilgari otasi hukmdor bo’lgan Xorazmga hukmdor etib 
tayinlangan, lekin bu ko’pga cho’zilmadi. To’rt yildan so’ng, 1466-67 
yillarda Sulton Husayn Xorazmga bostirib kirdi. Nur Saidbek esa Hirotga 
chaqirib olinib, «qo’rqoqlik qilgani uchun» qatl etildi. 
«Qomus al olam» lug’ati muallifi Shamsiddin Somiyning yozishicha, 
Muhammad Solih Abdurahmon Jomiyning eng iqtidorli shogirdlaridan biri 
edi. 
Binoiy 1494-1495 yillarda Samarqandga kelgan va Muhammad Solih 
bilan birga Xoja Ahrorning o’g’li Xoja Yodgor qo’lida xizmat qilgan. 
Bundan ko’rinib turibdiki, Binoiy va Muammad Solih Hirotni bir yilda, 
ya`ni 1496 yilgacha tark etishgan. Biroq, ularning Muhammad Yahyoga 
xizmati ham qisqa bo’ldi. Chunki Xoja Ahror o’limidan so’ng Xoja Yahyo 
uning barcha huquq va hisobsiz boyligining yakka xo’jayini bo’lib oldi. 
Muhammad Yahyo o’n to’qqiz yoshli Bobur Sultonning hamfikri edi va 
uning Movarounnahr hukmdori bo’lishini istardi. Biroq, 1501 yilning 
aprelida Samarqand yaqinida bo’lgan jang Shayboniyxon g’alabasi bilan 
tugadi va Bobur Samarqandni butunlay tark etishga majbur bo’ldi. 
Shayboniyxon lashkari ikkinchi bor, bu gal hech qanday to’siqsiz 
Samarqandni 
egalladi. 
Shayboniyxon 
Samarqandni 
birinchi 
bor 
egallaganidayoq 
shahar 
himoyachisi 
tashkilotchilarini, 
jumladan 
Muhammad Yahyoni ham asir olgan edi. O’zbek amirlari uni qatl etishni 


17 
talab qildilar. Biroq Shayboniyxon marhum Xoja Ahror (1404-1494) 
obro’sini e`tiborga olib Muhammad Yahyoga Makkaga hajga borib 
kelishni taklif etadi. Shayboniy amirlaridan bir guruhi til biriktirib go’yo 
xondan beruxsat Xojani yo’lda o’ldiradilar. Haqiqatda esa Shayboniyxon 
Xoja Ahror avlodining behisob boyliklariga ega bo’lishga qiziqqan. Bunga 
Xojaning yer-suvlari va boyliklarini amirlarning bo’lib olishiga oid 
hujjatlar guvohlik beradi. Bu boyliklarning katta qismi Shayboniyxonning 
mulkiga aylangan. 
Muhammad Solih 1501 yildan to umrining oxirigacha shayboiiylarga 
xizmat qildi va 941 (1534-1535) yilda Buxoroda vafot etdi. Muhammad 
Solihning she`riy solnomasi chamasi 1505 yillarda yozilgan bo’lib, 
Kamoliddin Binoiy asariga mos keladi. 
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari kam. Uning ikki 
nusxasi Vena kutubxonasi hamda LDD ilmiy kutubxonasining sharq 
bo’limida saqlanadi va shu qo’lyozmalarga asoslangan ikki nashr (G. 
Vamberining 1885 yildagi nashri, P. M. Melioranskiyning 1908 yildagi 
nashri) saqlanmoqda. Hozirgi davrda bu asar shoir va filolog Nasrullo 
Davron tomonidan 1961 yilda o`zbek tilida nashr etilgan.
Muhammad Kozimning «Nomai Olamaroi Nodiriy» asari XVIII asr 
fors tarixshunosligining noyob yodgorligidir. Asar muallifi diqqat 
markazida afshariylar dinastiyasi asoschisi, eron shohi Nodirning (1736-
1747) Movarounnahr hududiga bostirib kirishi, bu bosqinchining Buxoro 
xonligiga ashtarxoniylar hokimiyatining butunlay qulashiga sababchi 
bo’lishi bilan bog’liq voqealar yotadi. 
Muhammad Kozim 1133 (1720-1721) yilda tug’ilgan. Uning otasi 
Marvlik bo’lib, afshar urug’ining Xurosondagi tarmog’iga mansub edi. 
Nodirshoh butun Eronning hukmdori bo’lishdan ancha oldin u bilan 
aloqada edi. 1728-1729 yillarda muallifning otasi Nodirshohga xizmat 
qilayotgan edi, u 1732-33 yillarda shoh buyrug’iga binoan G’azna shahri 
qabristonini, mashhur Bandi Sulton to’g’onini tiklash va boshqa qurilish 
ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Yaxshi ishlagani uchun Nodir tomonidan 
50 tuman pul bilan taqdirlangan. 
Muhammad Kozim 1730 yilning iyul, avgust oylarida Mashhadda 
yashab, madrasada Saidamir Shamsiddin Ali Mazondoroniy qo’lida 
o’qigan. Biroq bo’lajak tarixchi yaxshi ma`lumot, bilim ololmagan. 
1736 yili u Ozarbayjon hukmdori Nodirshohning akasi Ibrohimshoh 
xizmatiga kiradi. Muallif 1740 yilgacha bo’lgan hayoti haqida hech narsa 
yozilmagan. 1740 yilning 10 iyunida Nodirshoh Hirotga keladi va O’rta 


18 
Osiyoga yurishga hozirlana boshlaydi. Muhammad Kozim bu yurishda 
ko’chma devonxona kichik amaldori sifatida qatnashgan. 1744-1747 yil-
larda esa Nodirshoh shaxsiy devonxonasi xizmatchisi bo’lib, 1747 yildan 
boshlab Marvda qurol-aslaha omborlari vaziri bo’lib xizmat qiladi. Bular 
uning so’nggi mansablari edi. U 1766 yilda vafot etgan. 
«Nomai Olamaroi Nodiriy» muallif rejasiga ko’ra, uch jilddan iborat: 
daftar, jild va mumallad. Muhammad Kozim asarining birinchi jildini 
yozishni 1749-50 yillarda boshlab, 1752-1753 yillarda tugatgan. 
Qo’lyozmaning ikkinchi jildi ko’chirmasida vaqti ko’rsatilmagan. 
Uchinchi jild qo’lyozmasi oxiri yo’qolgan. Biroq mutaxassislarning 
fikricha, ikkinchi va uchinchi jildlar 1752-1753 yillargacha yozib 
tugatilgan. Birinchi jildda 1689-1736 yillarda Eronda yuz bergan asosiy 
voqealar qalamga olinadi. Bu Nodirshohning tug’ilganidan tortib, Eron 
shohi etib saylanganigacha bo’lgan davrni qamrab olgan. Ikkinchi jildda 
Nodirning toj kiyishidan, 1148 yil shavval oyining 24 kuni, ya`ni 1736 
yilning 8 martidan, to uning 1743 yili Shirvonda soxta Sam Mirzo 
qo’zg’olonini bostirishgacha bo’lgan davrda Eron, Afg’oniston, O’rta 
Osiyo, Shimoliy Hindiston va boshqa mamlakatlarda yuz bergan voqealar 
tasvirlangan. Uchinchi jildda 1743-1747 yillar orasida Eron, O’rta Osiyo, 
Turkiya va Kavkaz ortida yuz bergan voqealar bayon qilingan. 
Umuman, XVIII asrning birinchi yarmidagi O’rta Osiyo to’g’risidagi 
ma`lumotlar asosan II-III jildlarda jamlangan. Asarda tarixiy voqealarning 
yoritilishi bilan bir qatorda Eron, O’rta Osiyo va Afg’onistonning og’ir 
iqtisodiy ahvoli, ayniqsa Nodirning bosqinchi lashkarlari zabt etgan 
mamlakatlardagi aholining og’ir ahvoli, xalq harakatlariga doir ko’plab 
qiziqarli ma`lumotlar o’rin olgan. Shu jihatdan Muhammad Kozimning bu 
asari XVIII asr fors tarixshunosligi yodgorliklari orasida munosib mavzu 
egallaydi. 
«Nomai Olamaroi Nodiriy» haqida ko’plab tadqiqotlar nashr etilgan. 
Uning Rossiya Fanlar Akademiyasi SHarqshunoslik instituti Leningrad 
bo’limida saqlanayotgan qo’lyozmasi 1919 yilda fanga ma`lum bo’ldi. 
Akademik V. V. Bartol’d ikkinchi va uchinchi jild qo’lyozmasi mazmuni 
yoritilgan maqolasini e`lon qildi. va va o`shanda asar Fanlar 
Akademiyasining Leningraddagi Osiyo muzeyiga berilgan edi. Birinchi 
jildning qo’lyozmasi, keyinroq, 1939 yildagina Moskvadan topildi. U 
to’g’ridagi matbuot nashr-lari ma`lumotlari 1945 yildagina paydo bo’ldi va 
qo’lyozma Leningradga yuborildi.


19 
O’rta Osiyo xalqlarining XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asr 
birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli juda murakkab edi. 
Bu davrda Movarounnahr hududida O’rta Osiyodagi feodal tarqoqligini 
bartaraf etolmagan Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari vujudga keldi. Hali 
Movarounnahrning ulkan ko’chmanchi turkman va qozoq urug’lari 
yashaydigan hududlari mustaqil uluslar sifatida yashamoqda edi. Buning 
ustiga Shahrisabz, Kitob, Orolbo’yi, Jizzax, O’ratepa, Toshkent, 
Qorategin, Darvoz Vahon, Sho’g’non kabi uluslar mustaqil feodal 
hukmronligi erlari sifatida mavjud edi. 
Bu uchalasidan Buxoro xonligi kuchli va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
yaxshi rivojlangani edi. Buxoro xonligiiing iqtisodiy markazi
Samarqand va xonlik poytaxti Buxoro bo’lgan Zarafshon vodiysi edi. 
Shunday qilib, XVI-XVIII asrning birinchi yarmi manbalarning rang-
barangligi, ko’pligi bilan ajralsa, XVIII asr oxiri-XIX asr birinchi yarmiga 
tarixiy manbalarning ozligi xosdir. Shunga qaramay e`tiborga loyiq bir 
necha asarlar bor. Ulardan biri «Tuhfat ul-Xoniy» asaridir. 
«Tuhfat ul-Xoniy» 1722-1782 yillardagi Buxoro xonligi tarixiga 
bag’ishlangan asar bo’lib, XVIII asr O’rta Osiyo tarixchiligida «Tarixi 
Rahimxoniy» degan nom bilan ham ma`lum. Sharqshunos B. 
Ahmedovning fikricha, asar muallifi Oxund mulla Muhammad Vafo ibn 
Muhammad Zokir Karminaviy (1685-1769) va Nasaf (Qarshi)lik domullo 
Olimbek Niyozqulibek eshondir. Buxoro xonligining 1134 (1722-1182) 
1768 yillar orasidagi tarixi qariyb 50 yillik voqealarni Muhammad Vafo, 
qolgan davr (1183) 1768-1196/1782 yillar voqealari va mang’itlardan 
chiqqan ikkinchi hukmdor Muhammad Doniyol hukmronligi yillaridagi 
(1172/1759-1199/1785) voqealar Niyozqulibek tomonidan «Tuhfat ul-
Xoniy» asari «Tarixi Abulfayzxoniy» tarixiy asarining tabiiy davomidir. 
«Ubaydullanoma» ning muallifi Mir Muhammad Amin Buxoriyning 
yozishicha 1118/1196 yillarda qori Vafo Ubaydullaxonning kitobdori 
bo’lgan. Aftidan u bu vazifada Abulfayzxon davrida ham va hatto 
dastlabki mang’it hukmdorlari davrida ham ishlagan. 
«Tuhfat ul-Xoniy» tarixchilik nuqtai nazaridan shunisi bilan 
qimmatliki, unda o’quvchi O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik, ijtimoiy, 
siyosiy tarixiga oid boy faktlarni topadi. Jumladan, unda ko’chmanchi 
turk-mo’g’il urug’larining etti yil (1722-1729) davomida Zarafshon 
vohasining o’troq rayonlariga bosqini natijasida farovon joylar huvillab 
qolgani yoritilgan. 


20 
Mulla Mahammad Vafo Eron shohi Nodirning yangi mang’itlar 
sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxonga u Buxoro xonligi 
hududida o’z hukmronligini o’rnatayotganida bergan katta ko’magini keng 
bayon etadi. 
«Tuhfat ul-Xoniy» jahonda ko’p (mamlakatimizda 23 ta, Angliyada 
1, Saudiya Arabistonida 1 ta) nusxada bo’lishiga qaramay, juda kam 
o’rganilgandir. Muhammad Rahimxonning Seraxs yaqinida 1160/1747 
yilda qizilboshlar bilan to’qnashuvn aks eggan ruschaga o’girilgan 
parchani hisobga olmaganda, asarning na bayoniy, na tarjima nashri yo’q. 
Shunday qilib, O’rta Osiyoning XVI asr-XIX asrning birinchi 
yarmidagi tarixini yoritgan tarixiy asarlarning barchasida o’xshash 
kamchilik bor. Mualliflar shohlar va ularning atroflaridagi amaldorlarga 
xushomad qilib, voqealarni bejab yozadilar, ko’z oldilarida yuz bergan 
voqealar mohiyatiga chuqur kirib bora olmaydilar. Oqibatda xalq 
noroziligi, ularning ko’tarilishlari sabablarini, siyosiy hayotning asl 
qiyofasini to’g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm tarixchilariga xos 
bo’lgan o’ta an`anaviy madhiyabozlikdan qutila olmaganlar. Ammo 
bunday nuqsonlar Sovet davri tarixchiligida ham uchraydi. Shunga 
qaramay, yuqoridagi asarlar o’sha davrlar tarixiy voqealarini o’rganishda 
qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə