O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Qo`shin tarkibi.
Qo‘shinning asosiy tarkibini asosan sarbozlar 
tashkil etib, ularning soni 1868 – 1873 yilgi Buxoro – Rossiya bitimiga 
ko‘ra 12 mingdan oshmasligi kerak bo‘lgan. 
Amir Muzaffar davridan boshlab sarbozlar ikki guruhga bo‘lingan: 
1.Shanbegi sarbozlar –
bu guruh sarbozlari haftaning shanba va 
yakshanba kunlari harbiy mashg‘ulotlarga qatnashgan. 
2.Seshanbegi sarbozlar -
bu guruh sarbozlar seshanba, chorshanba va 
payshanba kunlari harbiy mashg‘ulotlarga qatnashgan. 
12 ming kishilik sarbozlarning 6 mingi “Seshanbegi”, ya'ni 6 mingi 
esa “Shanbegi” deb nomlangan. Har ming kishilik sarbozlar guruhi 
dastalarga bo‘linib, sarkardalar boshqargan. 
Har bir dastalar ham o‘z navbatida 5 ta “Baydoqga “bo‘linib har bir 
baydoqqa 200 tadan sarbozlar xizmatda bo‘lishgan. Baydoqlar 2 ta 
yuzlikga (yuzlikni yuzboshi boshqargan) 4 ta 50 kishilik guruhga 
(panjohboshi boshqargan) bu guruh esa dahboshi boshqaruvida bo‘lgan 5 
tadan harbiy bo‘linmaga bo‘lingan. 


73 
Qo‘shin safiga qabul qilish qoidalari deyarli butun sulola 
hukumronligi mobaynida o‘z an'anaviyligini saqlab kelgan. XX asr 
boshlari, aniqrog‘i 1905 – 1920 yillarda yangi tipdagi harbiy qismlarning 
tashkil etilganligi bois bu an'ana biroz buzilgan. 
Qo‘shin tarkibiga qabul qilishning turli tomonlarini ko‘rib chiqadigan 
bo‘lsak, avvalambor jinoyatchi, o‘g‘ri, mahkumlar ota-onalar o‘z 
farzandlari ustidan shikoyatlari uchun, qochoqlar evaziga ularning 
kafilliklari hisobidan sarbozlar qabul qilinganligini aytib o‘tish lozim. 
Xususan, Buxoro xonligi tarixiga oid hujjatlarning birida: – “Hazrati 
Sayyidimning muborak boshlariga tasadduq bo‘lay! Hazrati amiri 
g‘ufronnishon davrlarida Nosirxon, afg‘on yasovuli, oliy zindonga 
qamalgan edi. Oliy farmoyishga binoan Chorjuyga kelib sarbozlar safiga 
qo‘shildi. Har yili u 50 man g‘alla olib hursandchiligidan janob oliylari 
xaqlariga duo qilmoqda. Uning ko‘chi Buxoroi Sharifga qolgan. Mazkur 
qulingiz, Qoravulbegi janob oliy hazratimni benihoya duo qilib bandalik 
arzimni bildiramanki, Oliy davlatxonaning quli bo‘laman. Qulingiz 
Buxoroi Sharifga borib navkarlarinigiz safida xizmat qilib, ahlu ayoli bilan 
birgalikda zoti Oliyni duo qilamiz deb umid qilyapti. Men bir ojiz notavon 
qulingiz shu sababdan oliy marhamatingiz va roziligingiz ne tariqa bo‘ladi 
degan andisha arzini bildirdim ” deyilgan. Ushbu ma'lumotdan ko‘rinadiki, 
sarbozlarning bir qismi mahbuslardan tashkil etilgan. 
Ma'lumotlarga qaraganda, sarbozlikka qabul qilinayotgan paytda 
unga bir kishidan 3 kishigacha kafil bo‘lgan, mabodo askar xizmatdan 
qochsa, to topilgunga qadar uning kafillari harbiy xizmatga jalb etilgan. 
Aksariyat hollarda sarbozlikka qabul qilinadigan vaqtda unga uchta kafil 
tayinlanilgan. Bu hujjat qozi ishtirokida rasmiylashtirilib muhr bosilgan. 
Xizmatdan qochgan sarbozlar o‘rniga uch kafilning xizmatga jalb etilishi 
quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin edi: 
– qo‘shin tarkibida tartib intizomni saqlab turish; 
– qo‘shindan qochgan, kafilsiz va bedarak yo‘qolgan sarbozlar 
o‘rnini to‘ldirish; 
– mamlakatda vatanparvarlik ruhining pasayib ketganligi, harbiy 
xizmatni sharaf emas, balki, davlat majburiyati deb bilish; 
– harbiy xizmatning og‘irligi; 
– harbiy xizmatning obro‘ va e'tibori yo‘qligi; 
– daromadi va tiriklikning og‘ir sharoiti. 


74 
Qo‘shin tarkibiga sarbozlikka qabul qilinganlar toifasiga ota-
onalarining o‘z farzandlari ustidan qilgan arzlariga asoslanib 
chaqirilganlarni ham ko‘rish mumkin. 
Shuningdek, amirlikda o‘zga yurtlardan panoh izlab kelganlar
muhojirlar hisobiga ham qo‘shin safi to‘ldirilib borilgan. Bundan tashqari, 
ko‘ngillilar hisobidan ham qo‘shin safi to‘ldirib borilgan.
Amirlik qo‘shinlari tarkibini o‘rganish jarayoni shuni tasdiqlaydiki 
hatto, 1920 yilga qadar ham ham harbiy xizmatchilar orasida qullar 
mavjud bo‘lgan. Ma'lumki, Buxoroda sarbozlar dastasi dastlab qullardan 
tuzilgan bo‘lib, ular umrlarining oxirigacha harbiy xizmatni o‘tashlari 
majburiy bo‘lgan. Nihoyat, 1886 yil amir Abdulahad farmoniga muvofiq 
boshqa qullar kabi bular ham ozodlik vasiqalarini olish huquqiga ega 
bo‘lganlar. Ma'lumotlarga qaraganda, sarbozlarning ko‘pchiligi o‘z 
ozodlik vasiqalarini qo‘lga kirita olmay amirga bu masalada qayta-qayta 
murojaat qilishni davom ettirganlar. Qul askarlar alohida o‘nliklarda 
xizmat qilishgan. 
Garchi erkin sarbozlar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
doimiy qo‘shin ko‘rinishini olgan bo‘lsada, tinchlik vaqtlarida ular shahar 
tozaligini saqlash, obodonchilik va xatto dehqonchilik ishlari bilan ham 
mashg‘ul bo‘lishgan. Bunday sarbozlar harbiy mashq va jang 
vaqtlaridagina harbiy kiyim hamda qurol-yarog‘ bilan ta'minlangan. Amir 
Muzaffar hukumronligi davriga qadar ular tinch vaqtlarda qurol-
yarog‘larini o‘z uylariga olib kelishgan. Shu davrdan boshlab ularning 
harbiy kiyimida ham o‘zgarishlar ro‘y bergan. Boshlarida qora uzun 
shapka (qalandarlarnikiga o‘xshash), oq bo‘zdan shim, qishda harbiy 
mundir (kulucha) Buxoro sarbozlarining ko‘rinishlarini tashkil etgan. Shim 
va mundir ikki yilda bir bor almashtirilgan. Oyoq kiyimini har bir sarboz 
o‘zi bilan olib kelishga majbur bo‘lgan. Amir Abdulahadxon davriga kelib 
harbiylarga ikki yilda bir juft etik beriladigan bo‘ldi. Harbiy Mundir 
“Kulucha” yoki “yopiq” bosh kiyimi esa “qo‘lochin” deb yuritilgan. 
Sarbozlar pogonlarida dasta raqami yopishtirilgan edi. 
Amir Muzaffarxon vafotidan so‘ng amir Abdulahadxon sarbozlar 
sonini 2000 nafarga qisqartirdi. Shanbegi sarbozlari 4 dasta (4000 kishi) 
ni, seshanbegi sarbozlari ham shunchani tashkil etdi. Ayniqsa, bu davrda 
sarbozlarning yana bir guruhi ajralib chiqdi. 4000 shanbegi sarbozlaridan 
2000 nafari beshotar miltiq bilan qurollanib ularga “dumbalapur” (ya'ni 
o‘q miltiqning orqa tomonida joylashgan, shuni ham aytib o‘tish joizki 
amirlikda “dumbalapur” nomli to‘plari ham mavjud bo‘lib ular egalari 


75 
ham dumbalapur deyilgan) deb nom berildi. Yuqorida aytib o‘tilganidek 
qisqartirilgan sarbozlar turkumiga Turkiston general – gubernatorligi 
tasarrufidan qabul qilingan (asosan Qo‘qon, Jizzax, Samarqandlik)lar kirib 
ular gubernatorlik bilan kelishuvga asosan ozod etilishi kerak edi. Amir 
Abdulahadxon hukumronligi davrida rus asirlaridan qabul qilingan 
sarbozlar deyarli ozod etilgan edi. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə