O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Mang`itlar 
hukmronligi 
davrida 
davlat 
boshqaruvi 
va 
mansablar.
Markaziy davlat boshqaruvini bir qator idoralar majmuasi 
tashkil etib, davlatning oliy boshqaruv organi – oliy davlat mansabi 
hisoblangan qushbegi tomonidan boshqariladigan davlat devonxonasi 
(qushbegi devonxonasi) hisoblangan. Qushbegi mansabi ilgaridan mavjud 
bo‘lgan bo‘lsada, XVII asrga kelib “otaliqlik” unvoniga nisbatan uning 
ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan.
XVIII asrning o‘rtalariga kelib qushbegi mansabi yetakchi o‘ringa 
chiqib, u davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini sifatida barcha boshqaruvning 
asosiy funksiyalarini o‘z qo‘lida to‘play borgan. Qushbegi mahalliy beklar 
orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir qatorda, chet 
mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj to‘lovlari 
ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qushbegi lavozimiga davlatning tajribali, ishbilarmon, siyosatdon 
kishilaridan tayinlanib, nomzod avval devonbegi mansabida faoliyat 
yuritgan bo‘lishi lozim bo‘lgan. U saroydagi eng yuqori unvon egasi 
sifatida davlatda amirdan keyin turgan. Turklardagi ulug‘ vazir yoki 


55 
Yevropadagi davlat kansleri singari, qushbegi amirning eng yaqin 
maslahatchisi va ishonchli kishisi bo‘lgan. Qushbegi bir vaqtning o‘zida 
amirning shaxsiy muhrini saqlash, boshqa davlatlar bilan aloqalarni 
nazorat qilish, shuningdek moliya ishlarini boshqarish kabi mas'ul 
vazifalarni ham amalga oshirgan.
Buxoro xonligida savdo-sotiqdan olinuvchi barcha bojxona to‘lovlari 
boshqaruvi ham qushbegi qo‘lida bo‘lishi bilan bir qatorda, u yer solig‘ini 
yig‘ish va yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan. Bulardan tashqari 
unga amir saroyi xavfsizligini nazorat qilish vazifasi ham yuklatilgan. 
Aynan mana shuning uchun ham amir shahardan boshqa joyga ketgan 
paytda u saroy darvozaxonasining unga maxsus qurilgan joyida amir 
shaharga qaytguncha kutib o‘tirishga majbur bo‘lgan. Har kuni kechqurun 
shaharning kechasi qulflanadigan darvozasi kaliti qushbegiga olib kelib 
berilgan va ertasiga ertalab esa kalitlar yana darvozabonlar boshlig‘iga 
qaytarilgan. Shuningdek, qushbegi Buxoro shahar hokimi bo‘lish bilan 
birga, barcha beklarning oliy boshlig‘i ham edi. Uning mahkamasidan 
markaziy hokimiyatning ko‘rsatmalari va qarorlari chiqib turgan. 
Qushbegi barcha ishlarni bevosita amirning roziligi bilan qilgan va har 
kuni qilingan va qilinayotgan ishlar to‘g‘risida amirga yozma yoki og‘zaki 
axborot berib turgan. 
Otaliq – amirlik markaziy boshqaruvida o‘ziga xos vakolatga ega 
bo‘lgan, mang‘it hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va ularning 
hurmatiga sazovor bo‘lgan mansab egasi. Unga Buxoro shahri va 
Samarqanddan Qoraqo‘lgacha bo‘lgan hududlarda suv taqsimotini nazorat 
qilish vazifasi yuklatilgan. O‘z navbatida otaliq Shohrud kanali mirobligi 
vazifasini ham bajargan.
Buxoro xonligida ahamiyati bo‘yicha uchinchi pog‘onada moliya 
idorasi

moliyaviy devonxona turgan, ushbu davlat idorasini oliy 
moliyaviy amallardan biri sanalmish devonbegi boshqarib, u davlat 
boshqaruv tizimida ikkinchi mansabdor shaxs hisoblangan. Devonbegi 
davlat xazinasi, zakot (xorijiy mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan 
tashqari) hamda soliqlarga nisbatan umumiy davlat boshqaruvini amalga 
oshirgan. 
Amirlikda markaziy idoralardan biri mudofaa va harbiy masalalar 
bilan shug‘ullanuvchi vazirlik bo‘lib, ushbu idora bevosita to‘pchiboshiyi 
lashkar (harbiy vazir) tomonidan boshqarilgan. To‘pchiboshiyi lashkar 
davlatdagi barcha otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan qo‘shinni 


56 
boshqargan. U mahalliy hududlarni harbiy masalalarda amalda yordam 
beruvchi maxsus vakillari orqali nazorat qilgan.
O‘z navbatida amirlik markaziy boshqaruvida boshqa bir qator 
mansab va unvonlar bo‘lib, ulardan to‘rtta asosiy va yuqori darajadagi 
lavozim egalari hukumatga aloqasi bor shaxslar hisoblangan. Jumladan,
Birinchisi, shayx ul-islom – diniy unvonlardan biri bo‘lib, diniy 
ishlarni boshqargan va nazorat qilgan. Qozi askar – harbiy masalalar va 
harbiy jinoyatlarni ko‘rib hal qiluvchi mansabdor; 
Ikkinchisi, a'lamlar – davlatda fiqhiy masalalar bo‘yicha fatvo 
chiqaruvchi shaxslar. Harbiy muftiylar – harbiylar uchun fatvo tuzuvchi, 
ayniqsa, davlat boshlig‘ining boshqa bekliklarga safari chog‘ida va harbiy 
yurishlari paytida harbiylar uchun fatvo chiqaruvchi vakil hisoblangan;
Uchinchisi, muhtasib – aholini shariat ta'qiqlagan harakatlardan 
tiyilib turishiga va yaxshilikka oid harakatlarni qilishiga undash bilan 
shug‘ullangan. 
To‘rtinchisi, tarbiyachi-mudarrislar – ushbu mansab egalariga 
amirlikda katta e'tibor berilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi talabalarga 
ilm berish va ularni shariat yo‘li asosida tarbiyalash bo‘lgan. Shuni alohida 
ta'kidlash joizki, bo‘lajak qozilar, beklar va boshqa mansabdor shaxslar 
ularning tarbiyasini va ilmini olishi shart bo‘lgan. Undan tashqari yana 
to‘rt mansab mavjud bo‘lganki, ularni amir bevosita saidlik obro‘-
e'tiboriga ega bo‘lgan fuqarolarga in'om etgan. 
Davlatda yana to‘rt turdagi lavozim mavjud bo‘lib, maxsus tayinlov 
asosida faoliyat yuritmasdan, balki ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar ushbu 
mansablarga har qanday shaxs tayinlanishi mumkin bo‘lgan. Aniqrog‘i, 
amirga ma'qul bo‘lgan olimlar, saidlar, xojalar, o‘zbeklar va boshqalardan 
biriga topshirilgan mir asad, fayzi, sadr va sudur deb nomlangan 
lavozimlar. 
Agar fayzi olim yoki said bo‘lsa, unga muqaddas Buxoro shahrining 
tashqi qismi muxtasibligi topshirilgan. Agar mirasad olim yoki said bo‘lsa, 
unga saidlar o‘rtasida rabot(kichik shaharcha)da bir farsang oralig‘ida 
muxtasiblik vakolatini amalga oshirish yuklatilgan. Sadr – Buxoro shahri 
rabot ichidagi bir farsang masofada joylashgan vaqflar hisob-kitobini 
yuritgan bo‘lsa, sudur rabot tashqarisidagi vaqflarni boshqarish masalasi 
bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Amirlik markaziy boshqaruvida davlat boshlig‘ining tashkiliy-
ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo‘limi mavjud bo‘lib, unda quyidagi to‘rt 
asosiy mansabdor shaxs o‘ziga belgilangan vakolatni amalga oshirgan. 


57 
Jumladan, devonbegi – tanxo masalalarini qayd etuvchi daftarni yuritish 
mudiri; mushrif – hukmdor tomonidan taqdim etilgan ashyolar, kiyim-
kechaklar, qalqonlar, sovutlar va boshqa sovg‘alarni yozib qoldirish ishlari 
bilan shug‘ullangan; daftardor – tanho yoki suyurg‘oldan foydalanish 
bo‘yicha tasdiqlangan yoxud rad etilgan shaxslarning ma'lumotini 
yuritgan; tanobchi devon – bahor va kuz oylarida xiroj yerlaridan 
tushadigan tushumlarni yurituvchi lavozimda xizmat qilgan.
Davlat boshlig‘i mahkamasining ikki asosiy maxsus xodimi bo‘lib, 
ular amirning kundalik ish yurgizish masalalari bilan bevosita mashg‘ul 
bo‘lgan. Parvonachi – amir farmonlari va boshqa qarorlarini beklarga 
hamda boshqa mansabdor shaxslarga yetkazish masalalari bilan 
shug‘ullangan. Dodhoh – davlat boshlig‘iga turli masalalar bo‘yicha kelib 
tushadigan ariza va shikoyatlarni qabul qilib, unga yetkazish hamda 
berilgan javoblarni o‘z egalariga qaytarish vazifasi yuklatilgan.
Markaziy boshqaruvida boshqa bir qator mansablar ham mavjud 
bo‘lib, ular asosiy vazifa bilan birga qo‘shimcha vakolatlarga ham ega 
bo‘lgan. Masalan, to‘qsabo – amir majlisi dasturxonini nazorat qilish bilan 
birga, Xarkanrud tumanining hokimligi va mirobligi ham uning qo‘lida 
edi. Shu bilan birga, to‘qsabo harbiy harakatlar chog‘ida amir bayrog‘ini 
ko‘tarib yurgan. Eshikog‘aboshi esa, davlat boshlig‘i o‘z saroyida bo‘lgan 
vaqtda uni qo‘riqlash bilan bir qatorda Shofirkon tumanini boshqarish va 
bu hududlarda suv taqsimotini nazorat qilgan. 
Miroxur – amir otxonasida ishni tashkil etish bilan birga Komi Abu 
Muslim tumani mirobligi va obodonlashtirish masalasi bilan shug‘ullanar 
edi. Yana uchta mansab mavjud bo‘lib, ushbu mansablar harbiy-ma'muriy 
xarakterga ega edi. Ulardan birinchisi, qo‘rchiboshi deb atalib, amir 
miltig‘i va boshqa quroli sozligi uchun javobgar bo‘lgan. Udaychi esa, 
harbiy harakatlar jarayonida naqibning ko‘rsatmasiga binoan navkarlar va 
qo‘shinning taqsimlanishi va joylashuvini kuzatish vazifasini bajargan. 
Qorovulbegi 
– 
soqchilar va qorovullar boshlig‘i sanalib, davlatning asosiy 
ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini nazorat qilib turgan.
Amirlikda shig‘ovul, miroxo‘rboshi, mirshab kabi amallar bo‘lib, 
ular ham o‘ziga xos ravishda tegishli vazifalarni ado etganlar. Masalan, 
shig‘ovul – davlat vakillari va elchilarni qabul qilib, ularning faoliyatini 
nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Miroxo‘rboshi – hukmdorga tegishli 
bo‘lgan otlarga yem-xashak yetkazish masalasini tashkil qilib, nazorat 
ostiga olgan. Mirshab esa, shaharni qo‘riqlash vazifani bajargan.


58 
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, markaziy boshqaruvda o‘sha 
davrda o‘zga davlatlarda amalda mavjud bo‘lmagan tartib, ya'ni harbiy 
yig‘inlar paytida mahalliy boshqaruv vakillari markaziy boshqaruvda 
bevosita ishtirok etganlar. Chunonchi, chandavul, qorovul, yo‘lchi va josus 
kabi.
Davlat mahkamasida boshqa bir qator xizmatchi xodimlar bo‘lib, ular 
faqatgina tegishli xizmat vazifalarini bajarganlar. Ular qatoriga jibachi, 
sadaqko‘rchi, qilichko‘rchi, mo‘zabardor, oftobachi, ro‘ypokbardor, 
qurutbardor, tarkashbardor, gulobi, mufarrix, dastorband, jig‘oband, 
tamakisoz, otashbardor, to‘g‘bichi, shukurchi, nayzabardor, jilovchi 
kabilar. Masalan, jibachi harbiylar uchun maxsus kiyim tiksa, mo‘zabardor 
amirning oyoq kiyimlarini saqlagan. 
Markaziy boshqaruvda har bir sohani, aniqrog‘i savdo-sotiq, hunar-
mandchilik, ishlab chiqarish kabi masalalarni boshqarib turuvchi vakillar 
tayinlangan. Masalan, sharbatdor amirlikda turli ichimliklarni tayyorlash 
va yetkazishni tashkil etgan bo‘lsa, zargarboshi zargarlar faoliyatini 
nazorat qilib turgan. Me'morboshi esa, shaharning bosh me'mori 
hisoblanib, shaharni bezash va qurilish ishlariga umumiy rahbarlikni 
amalga oshirgan.
O‘z o‘rnida ta'kidlash lozimki, amirlikda fuqarolarning xavfsizligini 
ta'minlashga doir bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, fuqarolarni 
yo‘llarda o‘g‘ri, talonchi, bosqinchi va turli isyonchilar hujumidan himoya 
etish maqsadida bir qator mansablar joriy etilgan edi. Ular qatorida 
zindonband, jilband, jallod va bandiband kabi amaldorlarni sanab o‘tish 
mumkin.
Amir yoki uning vakolati doirasida tayinlangan mansabdor shaxslar, 
ya'ni amirning joylardagi vakili, mahalliy boshqaruvchilar hamda beklar 
davlatning mahalliy boshqaruv organlari hisoblangan. Beklar yuqori 
tabaqa vakillaridan bo‘lib, asosan yirik yer egalari orasidan tayinlangan.
Qoida bo‘yicha mansablar qarindoshlik asosida berilgan, ammo shuni 
alohida ta'kidlash joizki, oddiy fuqaro ham bek bo‘lishi yoki aksincha bek 
oddiy fuqaroga aylanib qolishi mumkinligi o‘z navbatida beklik 
boshqaruvini mas'uliyatli vazifa ekanligidan dalolat beradi.
Mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan beklar ko‘p hollarda 
boshqaruv masalasida markaziy boshqaruv tartibini joriy etishga harakat 
qilar edilar. Shuning uchun amirlikning ayrim hududlarida vaqti-vaqti 
bilan mavjud hokimiyatni tan olmaslik holatlari kuzatiladi. Har qaysi bek 
o‘zining saroyiga, mansab va unvoniga ega bo‘lgan. Beklarning ishlarni 


59 
boshqarish va tashkillashtirish bo‘yicha kotiblari bo‘lib, hududlardan 
tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni nazorat qilgan. Xo‘jalik 
ishlarini dasturxonchi deb nomlangan xazinabon boshqargan.
Buxoro xonligida bekliklar huquqiy maqomi bo‘yicha bir-biridan 
farq qilgan. Masalan, Samarqand bekligi nufuzliligi, Qarshi bekligi ko‘p 
hollarda davlat boshlig‘i merosxo‘ri hokimligi bilan, Chorjo‘y bekligi esa 
urug‘ davomchilariga, Buxoro bekligi esa qushbegining o‘zi tomonidan 
boshqarilganligi tufayli keng imtiyozlarga ega bo‘lgan. Umuman olganda 
bekliklarning maqomi ularning davlat va jamiyatga keltiradigan foydasi 
miqdoriga bog‘liq bo‘lgan. Beklar asosan rentadan daromad olganlar, 
chunki ular amirdan hech qanday moyana haqi olmaganlar, o‘z navbatida 
ular aholidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish ishlariga bosh-
qosh bo‘lganlar. O‘z o‘rnida beklar amirning amaldorlari sanalib, amir 
tomonidan farmon asosida tayinlanganlar hamda amirga hududiy birliklar 
bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan hisob berib 
turganlar. Yuqoridagi xususiyati bilan beklar ilgarigi, ya'ni xonlik 
davridagi bek-amir lavozimidan keskin farq qiladi. Beklik mansabi Buxoro 
xonligi tomonidan belgilab qo‘yilgan “Unvonlar ro‘yxati” bo‘yicha 
mansablik unvoni tizimida 9 (to‘qqiz) darajadagi unvonlar toifasiga 
kirgan.
Biz ko‘rib chiqayotgan davrda amirlik ma'muriy-hududiy jihatdan 27 
ta beklik (viloyat) va 11 tumanga bo‘lingan bo‘lib, har bir beklik, o‘z 
navbatida amlokdorliklarga bo‘lingan va bek tomonidan tayinlanadigan, 
lavozimidan 
ozod 
etiladigan 
amlokdor 
tomonidan 
boshqarilgan. 
Amlokdorliklar esa, bir necha qishloqlardan tashkil topgan, ularni 
qishloqning yoshi ulug‘ va tajribali oqsoqollari boshqargan. Har bir 
amlokdorlik uch asosiy mansabdor, ya'ni mirob, zakotchi va 
dorug‘aboshilar orqali boshqarilgan. Mirob – hududning sug‘orish tizimini 
kuzatish va suvni taqsimlash vazifasini bajargan bo‘lsa, zakotchi soliq va 
yig‘imlarni nazorat qilib turgan. 
Beklik lavozimi meros tariqasida qolmasdan, balki har qanday 
holatda amir tomonidan almashtirilishi yoki lavozimidan ozod etilishi 
mumkin bo‘lgan. Bek vafot etgan holatlarda uning barcha mol-mulklari 
davlat xazinasiga topshirilib, uning merosxo‘rlari qolgan merosga nisbatan 
hech qanday egalik huquqiga ega bo‘lmay, balki keyinchalik markaziy 
boshqaruvda xizmat qilgan. Bekliklarda yuzaga kelib turadigan 
kelishmovchiliklarni 
bartaraf 
etish 
maqsadida 
ayrim 
hududlarni 


60 
birlashtirishga yoki aksincha ajratish hollariga ham to‘g‘ri kelgan. Beklik 
boshqaruvi saroyida ko‘plab mansab egalari mavjud bo‘lgan. 
1890 yillarga kelib Darvoz bekligi ma'muriy-hududiy jihatdan 11 ta 
amlokdorlikka bo‘lingan bo‘lib, beklik Darvoz asoschisi Xudoynazar-
Otaliqning nevarasi Muhammad Nazarbek tomonidan idora etilgan. U har 
yili amirga belgilangan tartibda sovg‘a-salom qilib turishi lozim edi. 
Yuqorida ta'kidlanganidek, beklik mahalliy boshqaruvida 5 biy, 5 
eshikog‘asi, 3 to‘qsabo, miroxo‘rlar, qorovulbegi, jevachi, mirzaboshi, 
chiroqog‘asi va navkarlar ishtirok etishgan.
Sharqiy Buxoro hududidagi Hisor bekligi mahalliy boshqaruvida 
amal qilgan ma'muriy tuzilishini tahlil etish barobarida Buxoro xonligidagi 
mahalliy boshqaruv tizimini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, ushbu hududda 
qoidaga binoan bek lavozimini amirning yaqin qarindoshlaridan biri, ya'ni 
amir Abdulahadning tog‘asi Ostonaqulibek egallagan edi. Hisor bekligi 
Buxoro xonligining eng boy hududlaridan biri va bek amirning yaqin 
qarindoshi sanalganligi sababli unga o‘lim jazosiga mahkum etish huquqi 
berilgan edi.
Ostonaqulibek ixtiyorida bir qator mansabdor shaxslar bo‘lib, bu 
hududda ham barcha amaldorlar o‘zga bekliklar kabi mahalliy aholidan 
yig‘iladigan soliqlar hisobiga yashaganlar. Bek tomonidan beriladigan 
moyana amaldorlar daromadining ma'lum bir qismini tashkil etgan. 
Ostonaqulibek beklikni o‘zining qushbegisi va katta yasovulboshisi orqali 
boshqargan. Undan tashqari beklikda maxsus devonxona bo‘limi mavjud 
bo‘lib, ushbu bo‘lim yetti kotib tomonidan idora etilgan. Shu bilan birga, 
mahalliy boshqaruvda turli vazifalarni bajaruvchi 25 ta yasovul ham 
ishtirok etgan. 
Hisor bekligida boshqaruvni qulay yo‘lga solish maqsadida beklik 
amlokdorlar tomonidan boshqariladigan 23 ta amlokdorlikka bo‘lingan 
edi. Amlokdorlar bekning qarindoshlaridan tayinlansada, lekin hech 
qanday moyana haqi olmaganlar. Ular asosan qishloqlardan yig‘iladigan 
daromadlar hisobiga yashar hamda hududdagi aholidan jarimalarni qabul 
qilib olar edilar.
Har bir amlokdor 10 tadan 200 tagacha navkarga ega bo‘lib, ular 
asosan harbiy xizmatni o‘tash, bek va amlokdor saroyini qo‘riqlash hamda 
qamoqqa mahkum qilinganlarni nazorat qilib, qamoqxonalarga yuborish 
vazifasini bajarganlar. Navkarlarning ijtimoiy tarkibi turli-tuman bo‘lib, 
hatto navkarlik xizmatiga ayrim yirik yer egalari ham qabul qilingan. 
Navkarlarning mansab darajasi ularning mulkiy holatiga qarab 


61 
belgilangan. Undan tashqari xizmat vazifasini a'lo darajada bajargan 
navkarlarga bek tomonidan qo‘shimcha ravishda ayrim qishloqlardan 
to‘lovlarni qabul qilib olish huquqi berilgan.
Amlokdorliklarda navkarlarning soni bir xil bo‘lmagan. Masalan, 
Esonxo‘ja amlokdorligida 195 ta, Bodroqlida – 90, G‘ozimalikda – 80, 
Qoratog‘ va Regarda 25 tadan, Xonakida – 24, Sarijo‘yda – 18, 
Sho‘rkonda – 13, Dashnobodda – 11, Sariosiyoda – 8, Hisorda – 7 tadan 
navkar bo‘lgan. 
Ko‘lob va Qorategin bekliklarida mahalliy boshqaruvga aloqasi 
bo‘lmagan doimiy qurollangan zambarak otuvchi qo‘shinlar mavjud edi.
Denov va Qo‘rg‘ontepa bekliklarida esa, amirning doimiy armiyasi 
bo‘lmay, balki beklar boshqaruvni mahalliy harbiy kuchlarga tayanib 
amalga oshirganlar.
Bekliklarda mahalliy boshqaruv tashkil etishda diniy-huquqiy 
masalalarni hal etuvchi qozi, rais, muftiy va mirshab kabi amaldorlar 
ishtirok etganlar.
Bekliklar qozilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Buxorodan tayinlangan va o‘z 
faoliyatida bekdan mustaqil bo‘lganlar. Ular odatda bekning harakatlari 
haqida maxfiy ravishda Buxoroga xabar berib turganlar. Diniy amaldorlar 
mamlakatdagi sud hokimiyatini, shuningdek, ta'lim va tarbiya maskanlari 
bo‘lgan madrasalar, boshlang‘ich maktablarni, kundalik hayotda katta 
o‘rin tutgan masjidlar va boshqa shu turdagi ijtimoiy muassasalarni o‘z 
nazoratlari ostiga olgan edilar.
Shahar jamoat tartibini saqlash mirshablarga topshirilgan. Buxoro 
shahri mirshabboshisiga bir vaqtning o‘zida amirlikdagi boshqa barcha 
shaharlar mirshablari ham bo‘ysungan. Hukumatga tegishli vazifalar mir 
rasas, ya'ni mirshab qo‘lida bo‘lib u shahar muhofazasining ma'muri 
hisoblangan. Davlatning mahbuslari uning ixtiyorida bo‘lib, amirning 
shig‘ovullari, xudaychilari (udaychilar) o‘z ixtiyorlari bilan biror ishni 
qilmaganlar, faqat amir buyrug‘iga bo‘ysunganlar.
Tarixchi R. Xoliqovaning ma'lumotlariga ko‘ra, “Buxoro shahri ikki 
dahaga, dahalarning har biri esa olti jaribga bo‘lingan. Har bir dahani 
dahaboshi boshqargan. Jaribni esa bobo boshqargan bo‘lib, uning 
mahkamasi boboxona
 
deyilgan. Uning ixtiyorida faqat tunda ishlaydigan 
maxsus qo‘riqchilar bo‘lib, ular shabgardlar deb atalgan. Shabgardlar 
(tunda kezuvchi) – fors-tojik tilidan olingan bo‘lib, “shab” – kechqurun, 
tun va “gard”- kezmoq, kezuvchi ma'nolarini anglatadi”.


62 
Shabgardlarning asosiy vazifasi tunda shaharni kezib yurish va 
barcha shubhali shaxslarni aniqlash bilan bir qatorda ehtiyojsiz ravishda 
shaharda yurgan shaxslarni ushlab tegishli tartibda chora ko‘rish bo‘lgan. 
Ushlangan shaxslar dini va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, shahar 
ko‘chalari va hammomlarni tozalash ishlariga jalb qilingan.
Buxoro xonligi mahalliy boshqaruvi tizimida o‘ziga xos o‘rinni rais 
mansabi
 
egallardi. Ushbu amal yarim diniy, yarim tartibotchi usulda 
bo‘lib, raisning majburiyatiga eng avvalo, aholining yurish-turishi va 
hulqini nazorat qilish kirgan. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, Buxoro xonligi 11 tumandan tashkil 
topib, barcha tumanlar Buxoro shahri atrofida joylashgan edi. Bulardan 
ikki asosiy tuman – Shohrud kanali atrofida bo‘lib, ushbu tumanlarning 
qolgan 9 tumandan asosiy farqi shunda ediki, tumanlarning ma'muriy 
markazi mavjud emas edi. Shimoliyi Rud va Janubiyi Rud tumanlaridan 
soliq yig‘ish vazifasini Buxoro shahar sadr-rais xizmatchilari amalga 
oshirganlar. Qolgan 9 ta tumanni ma'muriy jihatdan tuman qozilari 
boshqargan. Ko‘pgina tumanlar aholi zich joylashgan tuman markazlari-
ning nomi bilan ham ikkinchi nom sifatida yuritilgan. Masalan, Xarkan 
Rud 
yoki 
G‘ijduvon tumani kabi. Undan tashqari A. R. 
Muhamadjonovning ma'lumotlariga qaraganda, Kamat tumani Vobkand, 
Somejon tumani Romitan deb atalgan.
Amirlikda barcha bekliklar ma'muriy markazi bir xil nom bilan 
atalgan. Aholi yashash joylari sonining ko‘pligiga qarab sharqiy bekliklar 
yuqori mavqega ega bo‘lgan. Masalan, Boljuvonda 1420, Hisorda 1200, 
Qorateginda 700, Ko‘lobda 635 taga yaqin aholi yashash joylari mavjud 
edi. Hozirgi Turkmaniston hududidagi bekliklarda esa, aholi yashash 
joylari soni eng kam darajada, ya'ni O‘stida 15, Burdaliqda 14, Kelifda esa 
24 tadan aholi yashash joylari bo‘lgan.
Buxoro xonligida bekliklar va tumanlar ma'muriy-hududiy jihatdan 
turli xil shaklda bo‘lingan. Ko‘pgina bekliklar bir necha qishloqlardan 
iborat bo‘lgan amloklardan iborat bo‘lgan. Bir qator tuman va bekliklar 
mavzelarga bo‘lingan. Masalan, Dexnav, Pirmast, Xutfar, O‘sti va boshqa 
hududlarda. Xususan, Xutfar tumanidagi mavzelarga kiruvchi bir qator 
qishloqlar mavjud bo‘lgan. Shu bilan birga, u yoki bu tuman va 
viloyatning hududi amlok, mavze, guzar va masjid deb atalgan. Har bir 
mavze 10 dan ortiq masjid deb nomlangan hududiy birliklardan iborat 
bo‘lgan.


63 
Karki bekligi bir necha mavzedan iborat bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin 
ular bekcha deb nomlangan hududiy birliklardan tashkil topgan.
Nurato bekligi guzarlarga, guzarlar esa qishloqlarga bo‘lingan. Shu 
bilan bir qatorda, Qorategin bekligi rabovlarga, ular esa mavze va 
qishloqlardan iborat bo‘lgan. Sho‘g‘non va Ro‘shon bekligi hududlari 
oqsoqolliklarga bo‘lingan. Undan tashqari Boljuvon bekligining 60 dan 
ortiq, Qorategin bekligining 30 dan ortiq va Ko‘lob bekligining 22 dan 
ortiq aholi yashash joylari daha deb nomlangan hududiy birliklardan iborat 
bo‘lgan.
Buxoro xonligi davlatchiligi masalalari bilan shug‘ullangan xorijlik 
olimlar amirlik markaziy va mahalliy boshqaruvi massalasida deyarli bir 
xil fikr bildiradilar. Xususan, J.Kunits bu haqda, “amirning hokimiyati 
mutloq edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar 
va faqat unga mas'ul edi”, - deb yozadi.
Bundan tashqari, muallif mamlakat ma'muriy birlashmalar – 
viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo‘linishini hamda ma'muriy 
amaldorlar beklar, amlokdorlar, oqsoqollar deb atalishini ham ta'kidlab 
o‘tadi. Yana “Islom odatiga ko‘ra har bir beklikda raislar va unga itoat 
etuvchilar mavjud edi. Moliyaviy bo‘lim esa zakotchilar – markaziy va 
mahalliy soliq yig‘uvchilar tomonidan boshqarilardi. Har qaysi beklik 
o‘zining sud apparatiga ega bo‘lib, u bosh qozi va unga bo‘ysunuvchi 
qozilardan, shuningdek muftidan iborat edi. Hamma idoralar amir nazorati 
ostida edi”, - deb ta'kidlaydi.
Angliyalik olim Meri Xoldsvort Buxoro xonligining siyosiy ahvoli, 
markaziy va mahalliy boshqaruv masalalariga alohida to‘xtaladi. 
M.Xoldsvort “Buxoro va Qo‘qonda amirlik yoki xonlik bekliklardan iborat 
bo‘lib, ular viloyatlar deb nomlangan hamda xon yoki amir oilasi bilan 
qarindosh hokimlar yoki beklar tomonidan boshqarilardi. Viloyatlar 
Buxoroda tumanlarga, Qo‘qonda esa bekliklarga bo‘linib, har qaysisi 
mahalliy hukmdor oilalaridan chiqqan beklar qo‘l ostida edi. Oqsoqol yoki 
miroblar mahalliy amaldorlar bo‘lib, ular ijro etuvchi shaxs edilar”.
Yana bir ingliz olimi G. Uiler Buxoro xonligida markaziy va 
mahalliy boshqaruv masalalariga oid quyidagi ma'lumotlarni beradi: 
“Buxoro xonligining ma'muriy tizimi temuriylar va abbosiy xalifalik qo‘l 
ostida bo‘lgan Movarounnahrning eron-arab ma'muriyatidan meros 
qolgan”. G. Uiler ma'muriy boshqaruv masalasida boshqaruv oddiy va 
erkin bo‘lib, ko‘proq soliq va o‘lponlar undirishga asoslangan edi, - deb 
ma'lumot beradi.


64 
Shu bilan birga, Tojikistonlik olim B.Shamsoning mang‘it urug‘i 
vakillarini ko‘chmanchi xalq sifatida va amirlik boshqaruvining Safaviylar 
boshqaruvi tizimiga o‘xshab ketadi hamda mang‘it vakillari faqatgina 
boshqaruvda ayrim turkiy atamalarni qo‘llaganlar degan xulosalariga 
qo‘shilib bo‘lmaydi. Safaviylar davlatida sadr lavozimi shariat sudi 
qaroriga ko‘ra barcha vaqflarni boshqarish, saidlar, ulamolar, shayx ul-
islom va mudarrislarga umumiy rahbarlik qilgan. Devonbegi nomusga 
tegish va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq ishlarni tergov qilgan. 
Mutavalliy esa, kutubxona, dorixona, oshxona, mexmonxona va boshqa 
xizmat ko‘rsatish sohasini boshqargan. 
“Tuhfat ul xoniy”da belgilanishicha, davlat mansablariga eng 
avvalo, mang’it, xitoy-qipchoq, bahrin, saroy, kenagas, jaloir, o’tarchi 
urug’larining vakillari tayinlanardi. Muhammad Rahimxon davrida 
Davlatbiy mang’it (xonning tog’asi) Buxoroning parvonachisi;
Xo’jamyorbiy (xitoy qipchoq) xonning otalig’i va bosh amiri (amir al 
umaro); G’aybulla biy bahrin - Miyonqoldagi ettita urug’ning vakili - 
devon begidir Doniyolbiy mang’it - (xonning katta tog’asi) Mirasadni (xon 
maslahatchisi), Jahongirbiy-xon jibachisi (moliya va xazina ishini 
boshqaruvchi),uning o’g’li-Ulug’ o’roqchi (hosilning bosh yig’uvchisi); 
Barotbiy mang’it - (xonning akasi) Samarqand va viloyat hukmdori, 
Imomquli mang’it-YAkkabog’ hukmdori va parvonachi; Nizomiddin 
Ma`sud- bosh hushbegi; Xudoyor kenagas- Buxoro dodhosi (shahar 
boshlig’i) etib tayinlandilar va hokazo. 
Diniy mansablar quyidagicha taqsimlandi: Mahdumi A`zam 
Kosoniyning avlodidan bo’lgan Isxoqxo’ja o’runi shohnishin (musulmon 
dindorlari boshlig’i); Muhammad Islom avlodidan Nasrullo xoja-
Shayhulislom; Muhammad Xoja Sayyid Atoiy - naqib; Nizomiddin 
Husayniy-Buxoro va viloyatning qozi kaloni; Xoja Ahrorning avlodi 
Shahobiddin Xoja Samarqand va viloyatning shayhulislomi etib tayinlandi 
va hokazo. 
Buxoro xonligining markaziy va mahalliy boshqaruvi bilan bog‘liq 
tarixiy-huquqiy manbalarni

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə