O‘zbekiston respublikasi


Mustaqillik yillarida Buxoro xonligi tarixini o‘rganilishi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Mustaqillik yillarida Buxoro xonligi tarixini o‘rganilishi. 
XX 
asrning 80-yillari oxiri – 90-yillari boshlariga kelib, mamlakatimizning 
mustaqillik tomon yo‘l tutishi va kommunistik tuzumning yemirila 
boshlashi, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy va ma'anaviy hayotida ijobiy 
o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida avvallari davr mafkurasi 
asosida yortilgan mavzularni yangicha tadqiq etish, yondashuvlarni 
oshkora e'lon qilish imkoniyati tug‘ildi. Shu davrda tarixchi olimlar 
H.Ziyoev, H.Bobobekov, A.G.Ahmadjonov va boshqalarning ilmiy 
tadqiqotlari yaratildi. Ularning ishlarida Rossiya imperiyasi istilosi, uning 
mustamlaka siyosati, mahalliy aholi vakillarining rus mustamlakachilariga 
qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari masalalari ilk bora yangicha 
qarash va uslub hamda xolislik va ilmiylik asosida yoritish tomon yo‘l 
tutildi. 
 
H.Ziyoev, 
A.G.Ahmadjonov, 
Sh.Vohidov, 
G.A. 
Agzamova, 
K.Hakimova, 
F.Qosimov, 
Q.Rajabov, 
O.Masalieva, 
F.Ochildiev, 
A.Xoliqulov, 
M.Hamidova, 
B.Ergashev, 
Sh.Yusupov, 
A.Odilov, 
R.Xoliqova va boshqa mualliflarning ilmiy tadqiqotlari mustaqillik davri 
mahsuli hisoblanib, ular yaratgan asarlar va maqolalarda X1X asrning 
ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro xonligi tarixining ayrim 
jihatlariga taaluqli masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.
Xususan, Sh.Vohidov Buxoro xonligi tarixiga bag‘ishlangan 
asarlarida Buxoro xonligidagi unvon va mansablar, ularning vazifalari
davlat boshqaruvining ayrim jihatlarini yoritib bergan bo‘lsa, H.Ziyoev esa 
Rossiya 
imperiyasi 
tomonidan 
Buxoroni 
yarim 
mustamlakaga 
aylantirilishi, uning sabablari, Rossiya tajovuziga qarshi milliy ozodlik 
harakatlari masalalari qalamga olingan. 
G.A.Agzamovaning asarlari Buxoro xonligining shaharlari, ularning 
xonlik siyosiy-ijtimoiy tuzumidagi o‘rni, xonlik infratuzulmasidagi 
hissasi, iqtisodiy taraqqiyoti, arxitekturasi hamda iqtisodiy imkoniyatlari 
haqida keng ma'lumotlar olish uchun xizmat qiladi. 
A.Odilov asari Buxoroda Rossiya imperiyasi bosqini va unga qarshi 
xalq harakati, bu harakatda amir Muzafarxonning (1860-1885) o‘g‘li 


43 
Abdumalik Katta To‘ra hamda Kitob, Shahrisabz hokimlari Bobobek va 
Jo‘rabeklarning faoliyatiga bag‘ishlangan.
Buxoro xonligi tarixi bo‘yicha mustaqillik yillarida buxorolik 
tarixchilar F.Qosimov, Sh.Hayitov, Q.Rajabovlar katta ishlarni amalga 
oshirdilar. F.Qosimov xonlik hukmdorlarining o‘zbek davlatchiligi 
tarixidagi o‘rni masalasiga e'tibor qaratgan bo‘lsa, Sh.Hayitov o‘zbek 
muhojirligi tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. 
Bugungi kunda tarix fanlari doktori, professor Q.Rajabov Buxoro 
tarixi bo‘yicha bir necha loyihalarni amalga oshirib, o‘z tadqiqotlarini 
xonlik tarixining ochilmagan sahifalariga bag‘ishlamoqda. Jumladan, 
xonlik hukmdorlarining shaxsiy hayoti, ularning avlodlari taqdiri, xonlik 
hududida sovet mustamlakachilariga qarshi qurolli qarshilik harakati tarixi, 
uning yo‘lboshchilarining shaxsiy hayoti haqida ko‘plab maqola hamda 
risolalar e'lon qilib kelmoqda. 
Quvonarlisi, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Buxoro davlat 
universitetida 
5120300-Tarix. 
Buxoro 
tarixi 
bakalavriat 
ta'lim 
yo‘nalishining ochilishi xonlik tarixini o‘rganishni yangi bosqichga olib 
chiqishi shubhasiz. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə