O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Tayanch iboralar. 
To`lg`ama, pistirma, asosiy jang qurollari, harbiy mansablar, 
yollanma qo`shin, jang taktikalari, muntazam qo`shin, to`fang, o`tachar 
qurollar, sarboz, qoracherik, artileriya, Nasrulloxon harbiy islohotlari, 
Abdusamad va Muhammad Tabriziy, shanbegi, stshanbegi, dahanapur, 
dumbalapur.
Nazorat savollari. 
1.
Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida harbiy harakatlar va 
qo`shin tarkibida qanday o`zgarishlar bo`ldi? 
2.
Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida harbiy mansablar tarkibida 
qanday o`zgarishlar bo`ldi? 
3.
Nasrulloxon qanday asoslarda va kimning yordamida harbiy 
islohotlar o`tkazgan? 
4.
Xonlik qo`shin tarkibining ijtimoiy tabaqalar bo`yicha 
shakllantirish holatlarida asosiy e`tabor nimaga qaratilgan?
BUXORO XONLIGI DIPLOMATIYASI VA TASHQI 
IQTISODIY ALOQALARI 
Reja: 
1.
 
Rossiya bilan diplomatik munosabatlar va savdo aloqalari. 
2.
 
Buxoro-Hindiston munosabatlari (XVI-XVII-XVIII asrlar) 
3.
 
Usmonli turklar va Buxoro diplomatik munosabatlari 
4.
 
Buxoro xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo va 
savdo soliqlari
Rossiya bilan diplomatik munosabatlar va savdo aloqalari. 
Abdullaxon II tomonidan 1585- yilda Muhammad Ali boshchiligida, 1589- 
yilda Do`stum boshchiligida Moskvaga yuborilgan. Elchilar Moskva 
hukmdori tomonidan iliq kutib olingan. Bu ikki elchilik oldiga o`rtadagi 
savdo-sotiq munosabatlarini tartibga solish vazifasi yuklatilgan edi. 
Elchilar Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon II ning 


76 
buxorolik savdogarlar uchun Moskva davlatidagi barcha shaharlarda erkin 
savdo qilish imkoniyatini yaratish, Qozon va Astraxanda doimiy bozorlar 
ajratish iltimos qilingan xatini keltirgan. Rus podshosi bu iltimoslarni 
to`liq bajarganligi o`sha davr hujjatlarida o`z aksini topgan. 
Buxoro va Rossiya o`rtasidagi do`stona aloqalar XVI asr oxirida, 
xususan Sibir xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi tufayli biroz 
buzilgan bo`lsada, amalda butunlay to`xtab qolmadi. 1589- yili Moskvada 
bo`lgan Buxoro elchisi Do`stum orqali Abdullaxon II ruslarning Sibir 
xonligidagi tajovuzini qoralagan va o`z noroziligini bildirgan edi. 1589- 
yildayoq Buxoroga tatar 
millatiga 
mansub Boybo`ri Toychiev 
boshchiligidagi Moskva elchilari keladi va buxorolik savdogarlarga Sibir 
shaharlarida katta imtiyozlar yaratishga rus hukumati tayyor ekanini 
bildirib, ikki o`rtadagi siyosiy kelishmovchiliklarni biroz yumshatishga 
erishdi.
XVII asrda Buxoro va Moskva davlati o`rtasidagi elchilik aloqalari 
yanada rivojlandi. Mazkur davrda Buxoro va Xiva elchilari 26 marta 
Moskvaga tashrif buyurgan bo`lsalar, rus elchilari 9 marta Buxoro va 
Xivaga kelganlar. Masalan, 1619- yilda Imomqulixonning Odambiy 
boshchiligidagi elchilari Moskvada, Rossiya podshosi, Romanovlar 
sulolasining birinchi vakili Mixail Fyodorovich huzurida bo`ldi. Bu 
elchilik missiyasiga javoban podsho Mixail Fyodorovich tomonidan Ivan 
Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilar Buxoroga jo`natiladi. Lekin bu 
elchi Buxoroda ushlanib qolganligi va quruq qo`l bilan qaytarilganligi 
uchun Sibir (Tyumen shahri) orqali 1622- yilda Tobolskka kelgan va 
Moskvaga borishni mo`ljallagan Buxoro elchisi Balik Chobakov sovuq 
kutib olinib, rus podshosining Imomqulixonga yozgan xati bilan Buxoroga 
qaytarib yuborilgan. Bu xatda rus podshosi o`rtadagi aloqalarni davom 
ettirish taklif etib, elchilarni Moskvaga uzoq Sibir orqali emas, Astraxan 
orqali yuborishni taklif qilgan.
1716- yil fevralda Buxoro xonligi elchisi Xonquli to`pchiboshi 
Astraxanga keldi. U bilan birga savdogar Asan bobo, ikki yasovul, xotini 
va bolalari ham kelgan edi. Buxoro xoni Abulfayzxon Rossiya podshosi 
Pyotr I (1672-1725)ga 36 nafar rus asirlarini ham ozod qilib yuborgan edi. 
Buxoro xoni Astraxan ober-komendanti Chirikov nomiga yozilgan 
yorliqda o`zaro yaxshi qo`shnichilik aloqalari va savdo-sotiq aloqalarini 
davom ettirish maqsadida elchi yuborayotgani bildiradi. Shuningdek
ushbu elchilik orqali Rossiyaning Kaspiy dengizi sharqiy qirg’oqlarida 
shahar-qal`alar qurish rejasini qo`llab-quvvatlashini ham bildiradi. Demak, 


77 
Buxoroda Pyotr I tomonidan Kaspiy dengizi qirg’oqlarida qal`a-
istehkomlar qurilayotgani haqida xabardor bo`lganlar.
1716- yil 16- martda Pyotr I tomonidan Abulfayzxon nomiga 
yozilgan yorliqda A.Bekovich-Chyerkasskiy ekspeditsiyasi “Rossiya 
davlati va Buxoro xonligi uchun umumiy manfaatlarga asoslangan zarurat” 
tufayli yuborilganligi va shuning uchun ham A.Bekovich-Chyerkasskiy 
hurmatini joyiga qo`yishni so`ragan. Ushbu yorliqni A.Bekovich-
Chyerkasskiy Xiva missiyasini yakunlagach, Buxoro xoniga yetkazishi 
ko`zda tutilgan edi. 
1716- 
yil 
aprelda 
A.Bekovich-Chyerkasskiy 
ekspeditsiya 
tayyorgarligini ko`rish jarayonida Astraxanda Buxoro elchisi Xonquli 
to`pchiboshi bilan uchrashgan va bu to`g’rida Pyotr I ga xat yozgan. Unda 
Xonquli to`pchiboshining iltimosiga ko`ra, Rossiyaga dushmanlikda, 
Turkiya bilan aloqada deya gumon qilinayotgan buxorolik va xivalik 
asirlarni ozod qilishni so`ragan. Bu paytda Pyotr I Sharqiy Prussiyada edi. 
Xatni olgan Pyotr I uning iltimosini qondirmagan. Biroq A.Bekovich-
Chyerkasskiy Xonquli to`pchiboshiga buxorolik va xivalik asirlarni 
ekspeditsiya yakunlangandan so`ng ozod qilishga va`da bergan. 
Buxoro elchisini Rossiya poytaxtida kutib olish va qabul marosimlari 
ham o`ziga xos tarzda amalga oshirilgan. Buxoro elchisi Peterburgga oz 
masofa qolganda tashrif bo`yicha ruxsat berilishini kutib to`xtashi lozim 
edi. Belgilangan kunda elchi va uning hamrohlari uchun uchta kareta 
yuborilgan. Rossiya devonxonasi vakili elchi va uning hamrohlarini sog’-
salomat etib kelganlari bilan qutlagandan keyin o`zini senatorlar 
tomonidan kutib olishga yuborilganini hamda mehmonlarni ajratilgan 
joyga qadar kuzatib qo`yishini bildirgan. Qabul qilingan tartibga ko`ra, 
kelgan elchi va uning hamrohlari Rossiya devonxonasi vakilini tik turgan 
holda eshitishlari, unga minnatdorchilik bildirishlari, shoh va vazirlar 
salomatligini so`rashlari kerak edi. Bir ozdan keyin elchi Rossiya 
devonxonasi vakili bilan birinchi karetaga, Buxoro savdogari va rus 
amaldori ikkinchi karetaga, oxun va tilmoch uchinchi karetaga o`tirishgan. 
Elchilik sekinlik bilan yura boshlagan, chunki birinchi kareta yonida 
tilmoch ham yurib, elchi Rossiya devonxonasi vakili bilan suhbatlashib 
ketgan. Elchini poytaxtga kirib kelishi bilan uni yo`lning ikki tomonida 
juda ko`p miqdordagi olamon, piyoda askarlar polki to`plar yonida saf 
tortib kutib olganlar.
Buxoro elchisi Xonquli to`pchiboshi 1717- yil 26- iyunda 
Peterburgga yetib kelgan bo`lsa-da, uni qabul qilish 3- iyulga belgilangan. 


78 
Senatorlar tomonidan qabul qilingan Xonquli to`pchiboshiga Buxoro 
xonining maktubini topshirishi so`ralganida u qat`iylik bilan “Yorliqni 
xonning xohish-irodasiga ko`ra, shaxsan podshoh Pyotr I ga topshiriladi”, 
degan. Shu boisdan ham Xonquli to`pchiboshini Pyotr I poytaxtga 
qaytganidan so`ng 1717- yil 20- oktabrda qabul qilgan. Pyotr I bilan 
uchrashuv uchun elchiga Rossiya devonxonasi o`rinbosari Shafirov 
karetasi, savdogar Asan boboga esa senat kotibi karetasini yuborilgan. 
Buxoro elchisi sovg’a-salomlarini 12 nafar askarlar ko`tarib borgan. Bu 
tantanali jarayonni kuzatishga chiqqan aholi ko`chalarni to`dirib yuborgan. 
Abulfayzxonning sovg’asidan tashqari qabul tartib-qoidasiga ko`ra elchi 
va savdogarning ham alohida sovg’alari topshirilgan. Sovg’alar ichida eng 
qimmatbahosi sifatida Buxorodan ozod qilib yuborilgan rus qullari e`tirof 
etilgan. Qabul Senatning yuqori palatasida bo`lib, eshik ro`parasidagi 
baland joyda Pyotr I tik turgan holda elchini qabul qilgan. Elchi eshikdan 
kirib, tiz cho`kkan va xon nomidan egilib salom bergan. Xonquli 
to`pchiboshi Pyotr I ni shvedlar ustidan qozongan g’alabasi bilan qutlagan 
hamda sovg’alarni topshirgan. Shundan so`ng Xonquli to`pchiboshi 
“Ishonch yorlig’i”ni topshirgan. “Ishonch yorlig’i”ni Pyotr I ning ishorasi 
bilan devonxona o`rinbosari Shafirov qabul qilgan. “Ishonch yorlig’i”da 
Abulfayzxon Xonquli to`pchiboshi elchi sifatida yuborilgani, u Rossiya 
urf-odatlarini yaxshi bilishi, Buxoro hukumati o`zaro yaxshi qo`shnichilik 
munosabatlari hamda savdo-sotiqni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi 
ta`kidlangan. Yorliqdan tashqari podsho nomiga yozilgan xat ham bitilgan 
bo`lib, unda Astraxanda buxoroliklar asirda ekanligi, Buxorodan ozod 
qilib yuborilgan 36 nafar rus qullari evaziga ularni ozod qilish so`ralgan 
edi.
Bu paytda Rossiya poytaxtida Xivaga yuborilgan A.Bekovich-
Chyerkasskiy ekspeditsiyasining halokatidan xabardor edilar. Shu boisdan 
ham Xonquli to`pchiboshi graf Gavril Ivanovichga xat yozib, mazkur 
qirg’inbarotga Buxoro davlatining hech qanday aloqasi yo`qligini, 
aksincha Abulfayzxondan maktub olgan bo`lib, unda xon Xivaga rus 
asirlarini ozod qilish bo`yicha sa`y-harakatlar qilayotgani, Agarda Xiva 
xoni asirlarni ozod qilmasa, Buxoro davlati urush qilishga ham tayyor 
ekanligi yozilganini qayd etgan.
Xonquli to`pchiboshi elchiligi Buxoro xonligi va Rossiya davlati 
o`rtasida savdo-sotiqni rivojlantirish borasida ham yutuqqa erishgan. 
Jumladan, Pyotr I shu yili Buxoro xonligi tovarlaridan rus shaharlarida boj 
olmaslik haqida farmon bergan.


79 
Xonquli to`pchiboshi elchiligi 1718- yil martga qadar Peterburgda 
bo`lgan. Elchilik ortga qaytishida Astraxanda ma`lum muddat ushlab 
turilgan. Chunki Pyotr I asli kelib chiqishi italiyalik bo`lgan Florio 
Benevenini elchi qilib tayinlab, Buxoroga birgalikda borishiga qaror 
qilgan edi.
Rus elchiligini Buxoro xonligiga yuborishga sabablardan biri 
Abulfayzxonning ushbu masalada o`z elchisi Xonquli to`pchiboshi orqali 
murojaati edi.
Pyotr I dastlab o`z javob xati-yorlig’ida, 1718- yil 18- martida 
Buxoroga elchini “Astraxandan Buxoroga bemalol borish” imkoniyati 
bo`lganda yuborishini qayd etgan edi. Ammo Xonquli to`pchiboshi 
elchiligini Astraxanga qaytishiga qadar, ya`ni 1718- yil 5- iyuliga qadar 
Rossiya hukumati rejalari o`zgarib, Rossiya elchisini Buxoroga Xonquli 
to`pchiboshi bilan birga yuborishga qaror qilgan. Shu maqsadda fors va 
turk tillarini biladigan F.Benevenini Buxoroga elchi qilib jo`natishga qaror 
qilingan. Ushbu elchilik bilan shaxsan Pyotr I va uning yaqin 
yordamchilarini shug’ullangani podsho hukumatining bu elchilikka 
alohida e`tibordan dalolat beradi. 1718- yil 9- iyulda Pyotr I imzosi bilan 
tasdiqlangan 
“Ishonch yorlig’i”da F.Beneveni elchi tariqasida 
yuborilayotgani, do`stlik va umumiy manfaatlar yo`lidagi sa`y-harakat 
ekanligi tasdiqlangan. F.Beneveni elchiligining asosiy tarkibi 8 nafar 
bo`lib, shuningdek xizmatkorlar hamda ko`pgina harbiy qo`riqchilar 
kuzatuvida edi. Mazkur elchilikdan ko`zlangan maqsad va vazifalar 1718- 
yil 13- iyulda G.Golovkin va P.Shafirovlar tomonidan imzolangan, 7 
banddan iborat quyidagi maxfiy yo`riqnomada o`z aksini topgan edi: 
1. Elchi etib tayinlandi. Astraxanda Buxoro elchisiga qo`shilib, 
tayinlangan mamlakatga birgalikda jo`nash. 
2. Yo`lda, ayniqsa Buxoro xonligi hududida, hamma iqtisodiy va 
geografik o`ziga xosliklarni eslab qolish. Buxoroliklarga sezdirmagan 
holda Kaspiy dengizi ulardan qaysi tomonda joylashgani, qanaqa 
kemalarga egaligi, shaharlar va ularning mudofaa qobiliyatini aniqlash. 
3. Diplomatik qoidalarga rioya etilishini qat`iy ta`minlash. Pyotr I 
shon-sharafiga ziyon yetkazmaslik. Elchini qabul qilish odatlarini so`rab-
surishtirish va Buxoro xonligi Eron elchiligiga qanday izzat-ikrom 
ko`rsatsa, Rossiya elchiligiga ham undan kam bo`lmagan hurmat 
ko`rsatilishi talab qilish hamda unga erishish. 


80 
4. Buxoro xonligi harbiy-siyosiy strategiyasiga jiddiy e`tibor 
qaratish. Qal`alar, undagi qo`shinlar miqdori, harbiy qo`shinlar tarkibi va 
ularning holatini aniqlash. 
5. Buxoro xonligining ichki va tashqi holatini aniqlash. Xonning 
kuch-qudratini, xalq ustidan nazorati qay darajada ekanligi, aholisi 
qo`zg’olon va isyonlarga moyil yoki moyil emasligi, boshqaruv shakli, 
Eron, Xiva va Turkiya bilan o`zaro munosabatlarini hamda qaysi 
tomondan harbiy tahdid borligi, qaysi davlat bilan do`stona munosabatda 
ekanligini aniqlash. Elchi mumkin qadar ko`proq Buxoro xonligi tashqi 
siyosatiga ta`sir o`tkazishi zarur.
6. Rus – Buxoro savdo munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini 
o`rganish zarur. Buning uchun buxoroliklar qanaqa tovarga ega va ularni 
qayerga sotishini, Buxoro bozorlarida Rossiyaning qaysi mahsulotlariga 
ehtiyoj borligini aniqlash, ko`chmanchilar hujumi xavfi bor-yo`qligini 
o`rganish. 
7. O`rta Osiyoda oltin qazib olish haqidagi ma`lumot to`g’ri yoki 
noto`g’riligini aniqlash. Qaysi daryolarda oltin borligi, qancha miqdorda 
oltin olish imkoniyati borligi, kon yoniga borish mumkinligini aniqlash. 
Shuningdek, maxfiy tarzda Buxoro xoniga qo`riqlash uchun bir necha yuz 
yoki undan-da ko`proq miqdordagi rus kishilaridan iborat gvardiya taklif 
qilish. Maqsadlarni amalga oshirish yo`lida Xonquli to`pchiboshi va uning 
odamlari bilan do`stona aloqada bo`lish. 
Umuman olganda, F.Beneveni elchiligiga yuklatilgan vazifa 
Rossiyaning 
O`rta 
Osiyodagi 
siyosatini, 
xususan 
A.Bekovich-
Chyerkasskiy ekspeditsiyasi zimmasidagi vazifani davomi edi.
Elchilik Buxoroga 1721- yili etib keldi. F.Beneveni zimmasiga 
Turkistonga oid harbiy va diplomatik ma`lumotlar yig’ish, ayniqsa Xivaga 
qarshi Rossiya – Buxoro ittifoqini tashkil etish, bu xonliklar bilan urush 
bo`lgan taqdirda qancha askar va to`plarni ishga solish mumkinligi, 
ularning joylashgan yerlarini aniqlash vazifasi yuklatilgan edi. 
Shuningdek, u Buxoro xoni Abulfayzxonga maxsus rus otryadini taklif 
etishi hamda Turkiston o`lkasida oltin zahiralari mavjud joylarni 
o`rganishi lozim edi. F.Beneveni Buxoroda 1721-1724- yillari faoliyat 
ko`rsatib, Buxoro xonini Xiva xonligini qo`llab-quvvatlamaslikka 
ko`ndiradi. F.Beneveni elchiligi xodimi N.Miner savdogar niqobi ostida 
bir necha bor Hirot, Balx va Badaxshonga borib keladi. U amalda elchi 
F.Benevenining 
topshirig’ini 
bajarib, 
to`plagan 
ma`lumotlarini 
Peterburgga yetkazish ishlari bilan ham shug’ullangan. 


81 
Mazkur davrda Buxoro xonligi va Rossiya o`rtasidagi elchilik 
aloqalarida buxorolik Ernazar Maqsudov alohida o`rin tutadi. 1761- yilda 
savdo karvoni orqali kelgan E.Maqsudovga elchilik talablariga rioya 
qilinmagani bois Orenburgdan Peterburgga borishga ruxsat berilmagan. 
1774- yilda yana u elchi sifatida kelganida Peterburgga qadar borishga 
muvaffaq bo`lgan va Rossiya imperatritsasi Ekaterina II qabulida bo`lgan. 
Manbalarda qayd etilishicha, E.Maqsudovning mohir diplomatligi tufayli 
Rossiya imperatritsasining hurmat-e`tiboriga sazavor bo`lgan. Uning 
1780- yilgi elchi sifatidagi tashrifi chog’ida Peterburgda yuqori darajadagi 
e`tibor bilan qabul qilingan. 1780- yil 18- avgustida Rossiya imperatori 
Buxoro amiriga yozgan xatida Rossiya ilgarigidek Buxoro bilan o`zaro 
munosabatlarni tinch-totuvlikka asoslangan hollarda olib borish hamda 
savdo aloqalaridan har ikki tomon foydalanishi hamda so`ralgan metall 
bilan ta`minlanish qayd etilgan edi. Ammo yana Buxoro savdogarlariga 
nafaqat Orenburgda, balki Rossiyaning boshqa shaharlarida ham savdo 
qilish bo`yicha so`rovi qondirilmaydi. Chunki Buxoro savdogarlarining 
Rossiyaning markaziy shaharlarida erkin savdo qilishlari rus savdosi 
uchun zarar keltirishi qayd etilardi. 
1780- yili rus savdogarlari istak va talablariga muvofiq Buxoroda 
savdo vakolatxonasini ochish maqsadga muvofiq deb topildi. Shu 
munosabat bilan Orenburgdan Buxoroga 1780- yili Rossiya davlati va 
umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, Buxoroda savdo vakolatxonasini 
ochish 
uchun 
M. 
Bikchurin 
boshchiligidagi 
maxsus 
elchilikni 
Orenburgdan Buxoroga yubordi. M.Bikchuringa yuklatilgan vazifalar 
qatorida Orenburg va Buxoro oralig’idagi yo`lni har tomonlama o`rganish
ham bor edi. M.Bikchurin ko`zda tutilgan hamma vazifalarni bajargani 
holda, Buxoro amirining Rossiya savdo vakolatxonasini ochishga 
roziligini ololmay qaytdi. 
Rossiya imperiyasi va Xiva xonligi o`rtasidagi diplomatik aloqalar 
Buxoro xonligiga nisbatan sustroq ahvolda edi. Xiva xonligi Rus davlatiga 
o`z elchiligini kamroq jo`natgan. 1750- yili Xiva xoni nomidan elchi 
bo`lib kelgan Ashurbek Orenburgda o`zini Peterburgga yuborishlarini 
so`ragan. Ammo tashqi ishlar davlat kollegiyasi 1750- yil 13- avgustida 
bergan topshirig’ida elchini Orenburgdan Xivaga qaytarish, yorlig’i va 
sovg’alarini tashqi ishlar davlat kollegiyasi ixtiyoriga topshirish 
buyurilgan edi. Chunki rus hukumati Orenburg general-gubernatorlarining 
Turkiston xonliklari va Rossiya o`rtasidagi o`zaro munosabatlardan 
xabardorligini hisobga olib, ularga turkistonlik elchilarni Peterburgga 


82 
yuborish yoki yubormaslik masalasini mustaqil hal qilish huquqini 
berilgan bo`lib, ular ayrim elchilar masalasini Orenburgning o`zidayoq hal 
qilar edilar. 
1761- yili Temirg’ozi Is’hoq Tangriberdiyev Xivadan Orenburgga 
elchi sifatida etib keladi. U bilan birga elchilik tarkibida yana 5 kishi bor 
edi. Elchi Tangriberdiyev boshchiligidagi elchilar bilan savdo karvonida 
40 ta tuya yuk bo`lib, bu Orenburgdagi yarmarkaga mo`ljallangan edi. 
Xiva elchisi 1761- yil sentabrda Orenburgga kelib, Peterburgda imperator 
bilan uchrashish xohishi borligini bildiradi. Uchrashuvdan maqsad tegishli 
yorliqni topshirish va o`zaro karvon savdosini rivojlantirish edi. Ammo 
elchiga Peterburgga yuborish bo`yicha ruxsat berilmaydi. Shu bilan birga 
Xiva savdogarlarini hech qanday to`siqlarsiz Orenburgga kelishlariga 
ruxsat berilgan. 
XIX asr boshlaridan Rossiya hukumati O`rta Osiyo xonliklariga 
nafaqat diplomatik, balki maxsus ilmiy ekspeditsiyalarni ham yubora 
boshladi. Rossiya elchiliklari tarkibida, endilikda arxeologlar, tarixchilar, 
vrachlar va boshqa mutaxassislar ham bor edi. Ularga nafaqat ilmiy 
vazifalarni bajarish, balki O`rta Osiyo to`g’risida u yoki bu ma`lumotlarni 
to`plash ham yuklatilgan edi. 
Ammo ayni paytda Buxoro, Xiva, Qo`qondan Rossiyaga nisbatan 
e`tibor faqatgina savdo munosabatlariga qaratilishi davom etardi. Ayni 
paytda Rossiya hukumati savdo qatori O`rta Osiyoni tubdan o`rganishga 
kirishgan edi. O`zaro munosabatlar tahlili shuni ko`rsatadiki, Buxoro va 
Rossiya, Xiva va Rossiya, Qo`qon va Rossiya o`rtasidagi munosabatlarda 
tenglik, sherikchilik alomatlari to`laqonli ishga tushmagan edi. Masalan, 
1793- yili Orenburgga Buxoro xonligidan elchi bo`lib kelgan Shohmurod 
Fayzullabek Maqsudovni Peterburgga borib, imperator qabuliga yorlig’ini 
topshirishga ruxsat berilmadi. Bunga sabab qilib, elchiga berilgan yorliq 
diplomatik yozishmalar qoidasiga rioya qilinmaganligida deb ko`rsatildi.
Ammo 
aslida 
gap 
boshqa 
yoqda 
edi... 
Buxorolik 
savdogar 
Do`stmuhammad Boykishev elchi Shohmurod Fayzullabek Maqsudovni 
Buxoro amirining josusi deb ma`lumot yetkazgan edi. 1795- yili 
Shohmurod Fayzullabek Maqsudovni Orenburgdan chiqarib yubordilar, 
chunki Buxorodan Eshmuhammad Boykishev elchi bo`lib kelgan edi. U 
imperatorga fil va yorliq keltirib, Buxoro amirining 600 pud mis sotib 
olish haqidagi iltimosini ham yetkazdi. Oradan bir yil o`tib, Orenburgga 
Buxorodan yangi elchi ya`ni Maxsum Doniyolov yorliq bilan kelgan. 
Ushbu elchi Buxoro amirining imperatordan harbiy yordam berish 


83 
bo`yicha iltimosini keltirib, xususan Buxoroga 10 ming qo`shin va 50 ta 
to`p berishlarini so`ragan. Ammo bu elchilik ham Orenburgdan 
Peterburgga o`tkazilmagan va Buxoroga qaytib ketishiga to`g’ri kelgan. 
Ammo shuni qayd etish lozimki, M. Doniyolovdan avvalgi elchi 
Eshmuhammad Boykishev Xo`ja Nazarboyev bilan Peterburgga borishga, 
imperator huzurida bo`lishga muvaffaq bo`lgan. Rossiya imperatori 
Buxoro amiri so`ragan 600 pud misni berishga qaror qilgan va shuningdek, 
amirga bir sandiq kumushdan yasalgan oshxona anjomlari, otaliq va 
elchiga bir sandiqda kumushdan yasalgan choy idishlari hadya etilgan. 
Eshmuhammad Boykishev Orenburgda nafaqat elchilik, balki savdo ishlari 
bilan ham shug’ullangan. Bu yo`nalishdagi xizmatlari uchun Orenburg 
general-gubernatori G.S. Volkonskiy tomonidan oltin medalga tavsiya 
etilgan edi.
Rossiya hukumati O`rta Osiyo xonliklari bilan diplomatik aloqalarda 
o`z elchilarini musulmonlardan tayinlashga e`tibor qaratgan. Bunday holat 
o`zaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etgan. 
1799- yili Orenburgga birdaniga Buxorodan ikkita elchi - 
Ma`sumxon Mirza Abdurasul va mulla Miraloviddinlar kelishgan. Ularga 
Peterburgga 
borishga 
ruxsat 
berilgan. 
Elchilar 
Buxoro 
amiri 
Shohmurodning yorlig’ini impertorga topshirganlar. Unda Buxoro 
savdogarlariga taqiqlar ko`payib ketgani, xususan savdo karvonlarini 
Rossiyaning markaziy shaharlariga borishiga ruxsat berilmayotgani qayd 
etilgan. Ammo bu shikoyat imperator tomonidan yana qoniqtirilmagan. 
1801- yili Buxoro amiri Haydar E. Boykishevni Orenburgga yuborib, 
elchi tariqasida Peterburgda imperator qabuliga jo`natgan. Unga 
Peterburgga borishga ruxsat berilgan. Elchi tomonidan amirning Aleksandr 
I ni taxtga o`tirishi munosabati bilan yuborgan sovg’asi – beshta tulpor va 
tabrik maktubi keltirilgan. Amir Haydar yana Rossiya imperatoridan 
harbiy yordam berishlarini so`rab, ko`chmanchilardan himoya qilishga 
hamda Xivaga hujum qilish uchun kerakligi ta`kidlangan. Amir Haydar 
o`z maktubida Orenburgda savdo qiluvchi buxorolik savdogarlar uchun
hayvon boqishga yer ajratishni, buxorolik fuqarolarga Makkaga hajga 
borishda imkoniyat berishni, buxoroliklarning Orenburgdagi uylarini 
harbiy qo`riqchilardan ozod qilishni so`ragan. Imperator huzurida bo`lgan 
elchi E. Boykishev ham o`z shaxsiy iltimosini izhor etib, o`g’li Xo`ja 
Nazarboyga 
maslahatchi 
mansabini 
berishini, 
qarindoshi 
Ashur 
Muhammadga kollej ro`yxatga oluvchisi mansabini berishlarini so`ragan. 
Aleksandr I amir Haydar iltimosini qondirish bo`yicha 1803- yil 3- martida 


84 
Orenburg general-gubernatoriga buxoroliklarni Makkaga borishlariga 
monelik qilmaslik, ularga pasport berish, buxoroliklar hayvon boqishi 
uchun Ural bo`ylaridan qulay yaylov ajratish, savdogarlarni qo`llab-
quvvatlash bo`yicha ko`rsatma bergan. Shuningdek, Buxoro amiriga 
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oltin soat va ikki to`p, uning 
vazirlariga chinni choy idishlari, 20 arshin parcha, 10 arshin movut va 5 
arshin atlas bergan. Berilgan yorliqda Buxoro amiri Haydarga o`zaro 
do`stlikni rivojlantirishni taklif qilgan holda, harbiy yordam masalasini 
javobsiz qoldirgan. 
1803- yili Rossiyaga Buxorodan navbatdagi Mirgalauddin Mirmu-
hammad Aminov boshchiligida 25 kishidan iborat elchilik kelgan. Buxoro 
elchisiga Peterburgga borishga ruxsat berilgan. Orenburg general-
gubernatori G.S.Volkonskiy Buxoro elchisini Peterburgga kuzatib borish 
uchun 16 kishini ajratgan. Imperatorga tortiq qilingan arg’umoqlar uchun 
ham 10 kishi jalb qilingan. Peterburgda elchi vitse kansler A.Chartoriyskiy 
tomonidan qabul qilingan. M. Aminov Orenburgdan 15 pud po`latni xarid 
qilishga hamda Buxoroga o`zi va boshqa amaldorlar Astraxanda uylangan 
tatar xotinlarini olib ketishga ruxsat so`ragan. Elchining bu iltimoslari qon-
dirilgan. Buxoroga qaytgan elchi M.Aminovni amir buyrug’iga asosan 
hibsga olingan va uni sotqinlikda ayblangan. Ma`lum tekshiruvlardan 
so`ng M.Aminov aybdor emasligi aniqlanib, ozod qilingan. 
Buxoro 
amirining 
bunday 
harakatidan 
M.Aminov 
o`zini 
haqoratlangan hisoblab, ishonchli odamlari orqali rus imperatoriga Rossiya 
fuqaroligini qabul qilishini so`ragan va Rossiya uchun foydali ma`lumotlar 
berishini qayd etgan. 1810- yil 14- mayida Rossiya hukumati farmoniga 
binoan M.Aminov Simferapolda otliq tatar polkiga xizmatga qabul 
qilingan. Bunday holatlar ko`p marta sodir bo`lgan. Masalan, mansabdor 
maslahatchi Do`stmuhammad Boykishevning o`g’li Yoqub chegara 
komissiyasida tilmoch bo`lib, ruslarga xizmat qilgan. 
O`zaro munosabatlarda o`ziga xos nozikliklar ham bor edi. Masalan, 
Orenburg general-gubernatori G.S.Volkonskiy 1807- yili Buxoroga yangi 
savdo, diplomatik ekspeditsiya yuborgan. Ushbu ekspeditsiyaga savdogar 
tatarlar - Ahmad Munasipov va Abdulnosir Subxonqulovlar boshchilik 
qilganlar. Ushbu elchilik ekspeditsiyasi bilan Buxoro amiriga sovg’alar 
qatori maktub ham bor edi. Orenburg general-gubernatori Buxoro 
amiridan qaysi tartibdagi yozishmalar orqali elchilarni qabul qilish 
bo`yicha o`zaro shartnoma tuzish zarurligini taklif qilgan. Bundan maqsad 
o`zaro elchilar almashuviga, vakolatiga ishonch bo`lishi ko`zda tutilgan 


85 
edi. Elchi tatarlar zimmasida yana Buxoro qo`shinlari ahvolini ham 
aniqlash ham yuklatilgan edi. Orenburgdan yuborilgan elchilar keltirgan 
maktub bilan tanishgan amir, elchilarni qabul qilishdan bosh tortgan. 
Chunki general-gubernatorni davlat boshlig’iga murojaati tenglikka 
asoslanmagan edi. Buxoro amirining fikricha, “qadim zamondan hukmdor 
hukmdorga xat yozadi, vazir esa vazirga” aqidasiga amal qilinishi lozim 
edi. 
Shunday hollar ham uchrardiki, Rossiyaga Buxorodan keladigan 
elchilar amirning vakolatisiz, soxta yorliqlar bilan ham kelganlar. Masalan, 
G.Navro`zjonov va M. Muhammad Shariflar 1807- yili Orenburgga 
Buxoro 
amiri 
yorlig’i bilan elchi sifatida kelganlar. Ammo 
G.Navro`zjonov va M.Allayorovlarning yorliqlari soxta bo`lib chiqqan. 
Shundan 
keyin 
M.Allayorov 
tezda 
Buxoroga 
qaytgan. 
Ammo 
G.Navro`zjonov Buxorodagi qarindoshlariga xat yozib, unga haqiqatan 
ham Buxoro elchisi degan yorliq yuborishlarini so`raydi. 1807-1809- yillar 
davomida G. Navro`zjonov savdo ishlari bilan shug’ullanib turgan. 1809- 
yil boshlarida Orenburgga buxorolik savdogar S. O`zbekxo`jayev
G.Navro`zjonovga yorliq olib kelgan. Ammo baribir G.Navro`zjonov elchi 
sifatida tan olinmay, 1811- yili Buxoroga qaytgan. 
1809- yil 17- oktabrda Orenburgdan A.Subxonqulov va uning 
yordamchisi B. Rahmonqulov boshchiligida Rossiya elchiligi Buxoroga 
yo`l olgan. Ushbu elchilik zimmasiga kimlar va qaysi muddatga savdo 
uchun Buxoroga kelayotganini, amaldorlardan Amudaryo va Sirdaryoda 
kema qatnovini yo`lga qo`yishga xohish bor-yo`qligini aniqlash hamda 
Buxoro amiriga Rossiya imperatorining elchilar nomiga bergan yorlig’ini, 
tashqi ishlar vaziri N.P.Rumyansev va G.S.Volkonskiyning ikkita 
maktubini 
topshirishlari 
kerak 
edi. 
Shuningdek, 
A.Subxonqulov 
zimmasiga Buxoroga boradigan yo`l masofasi, dam olish joylari, turli 
xalqlar, xususan qoraqalpoqlarning Rossiyaga munosabatini aniqlash 
vazifasi ham topshirilgan edi. 1810- yil 28- yanvarda A.Subxonqulov
Buxoro amiri Haydar tomonidan qabul qilingan. Amir Haydar Rossiya 
imperatori tashqi ishlar vaziri N.P.Rumyansevni, Orenburg general-
gubernatori G.S.Volkonskiylarning tegishli tarzdagi yorliq va xatlari bilan 
tanishib chiqib, faqat imperatorga javob xati yozgan hamda qolgan 
xatlarga ham javob ushbu maktubda ekanligini ta`kidlagan. Buxorodan 
qaytgan A.Subxonqulov tomonidan yig’ilgan materiallar Davlat kengashi 
a`zolarida qiziqish uyg’otib, uni Peterburgga hisobot uchun chaqirilgan.


86 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə