O‘zbekiston respublikasi


Mahg`itlar davrida qo`shinning ahvoli va Nasrulloxon davrida



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Mahg`itlar davrida qo`shinning ahvoli va Nasrulloxon davrida 
harbiy islohotlar. 
Mang‘itlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki 
yillarda amirlik o‘zining muntazam qo‘shiniga ega emas edi. Amirlikda 
mavjud bo‘lgan oz sonli harbiylarning asosiy vazifasi amir va uning 
a'yonlarni qo‘riqlash hamda shahar osoyishtaligini ta'minlash ishlari bilan 
xarakterlanar edi. 
Urush vaqtlarida amir buyrug‘i bilan xalq lashkarlari to‘planib harbiy 
harakatlariga jalb etilgan. Buxoro xonligida qo‘shin tuzilishiga kelsak, 
Temuriylarning saltanati parchalangandan to XIX asrning birinchi 
choragiga qadar bu masalada deyarli katta o‘zgarishlar kuzatilmaydi. 
Amir Shohmurod hukumronligi davrida qo‘shin ikki qanotdan iborat 
bo‘lgan. O`ng qanotda mang‘it, kenegas, keroit, do‘rman, qo‘ng‘irot, 
qiyot, qirg‘iz, xitoy, qipchoq, o‘taji, turkman, arlot, qalmoq, uyg‘ur, 
mo‘g‘ul, qori, hofiz, o‘g‘lonlardan tuzilgan dastalar tashkil etgan. 


70 
Chap qanotda qatag‘on, saroy, yabu-yabg‘u, bahrin, jaloir, qang‘li, 
yuz, ming, paymon, qarluq, berkut, qo‘rchi, arg‘un, og‘lon, qalliq, 
fulodchi, qirq, olchin, mojar, chinboy, bedoyil, as, jibirg‘in, qilgiy, timoy, 
masid, tar, bog‘lon, iloji, tugut va shogirdpesha guruhlari joylashgan. 
Ta'kidalash joizki, sarbozlikka qabul qilinayotgan yuqorida aytib 
o‘tilgan urug‘-aymoqlardan qaysi biriga tegishligiga qarab mazkur 
guruhlargagina qabul qilinib, ular aralashtirib yuborilmagan. Bunday 
urug‘larga qarab qo‘shin tuzish o‘sha davrda hukm surgan Xiva va Qo‘qon 
xonliklarida ham mavjud edi. Demak, XIX asrning boshlariga qadar 
xonliklarda qo‘shin tuzishda urug‘ – qabilachilik an'analari yetakchilik 
qilib kelgan. 
Mang‘itlar sulolasi hukumronligida amir Haydar hukumronligi 
davriga (1800 – 1826) kelib dastlabki tub o‘zgarishlar ro‘y berib, ya'ni 
ma'lum ma'noda muntazam armiya tashkil etildi. Biroq, ba'zi tarixchilar bu 
fikrga to‘la qo‘shilmaydilar. Tadqiqotchi B. Ismoilova Buxoro xonligida 
armiya va harbiy ishlarni tashkillashtirishni ikki bosqichga bo‘ldi va I 
bosqichni XIX asr boshlaridan XIX asrning 30-yillarigacha, ya'ni amir 
Haydar davrida hisoblab, bu davrni shu sohaga dastlabki asos 
qo‘yilganligi, to‘la muntazam armiyani tashkil etilganligini esa II 
bosqichida amir Nasrullo davriga (1827 – 1860) to‘g‘ri kelib to 1837 yilda 
oxiriga yetkazdi, deydi. 
Amirlikning doimiy armiyasining tashkil etishga sababalardan biri bu 
Rossiyadan 1826 yilda Negri missiyasiga hamkorlik qilib, kuzatib kelgan 
rus askarlari va kazaklarning Buxoroga kelishidir, degan taxmin bor. 
Aslida amir Haydar davrida muntazam armiya tashkil etishga to‘la 
erishilmadi. Chunki meros’ho‘rlar o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro 
kurashlar, ichki nizolar, bo‘ysunmas amaldorlarni jilovlash bu ish yo‘lida 
katta to‘sqinlik qildi. 
Amir Haydar o‘z doimiy armiyasini Qarshida tuzishga harakat qildi, 
chunki bu yerdagi harbiy garnizon eng kuchli edi. U tashkil etgan 
qo‘shinda zobit va harbiy boshliqlar sarkarda maqomiga ega bo‘lib, davlat 
hazinasidan maosh olar edilar. Oylik maoshlar qisman pul, qolgan qismi 
esa natural tarzda to‘lanar edi. Panjsad boshi o‘zining belgisiga – 
bayrog‘iga ega edi. Mingboshining yonida doimo bundan kattaroq bayroq 
bo‘lar edi va bu “tug‘” deb yuritilgan. Bunday bayroqqa ming kishilik 
guruh haqli bo‘lib, uning boshlig‘i hurmatli sanalar, ark darvozasidan otda 
o‘tishga haqli, boshqa zobitlar esa piyoda kirar edilar. 


71 
Amirlik artilleriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir necha to‘plardan 
tashkil etilgan bo‘lib, ularning uch-to‘rttasi lafet (temir suyanchiq)ga ega 
edi. Qo‘shin asosan mahalliy aholi vakillaridan iborat bo‘lib hech qanday 
harbiy tartiblarga rioya etmas edi. Qo‘shinning katta qismi Qarshidan 
sharqda Shahrisabz kenegaslaridan himoyalanish maqsadida saqlanardi.
Qarshi shahri devor bilan o‘ralgan bo‘lib, ichkarida qo‘rg‘on mavjud 
edi. Viloyatda esa o‘nlab qo‘rg‘onlar bo‘lgan. Mavjud Gurdshob, Karki, 
Sherobod va boshqa bir qancha qo‘rg‘onlar loytuproq devorlar bilan 
o‘ralgan, ichkarida – ko‘handiz (Sitadel) – qal'a bo‘lgan. Harbiy harakatlar 
chog‘ida aholi himoyalanish uchun qo‘rg‘onga to‘planishib turishgan, 
garnizonlarda 10 tadan 200 tagacha askarlar saqlangan. 
Amir Haydar Buxoroga kelgach, Muhammad Hakimbiyga qo‘rg‘on 
va qal'alarni doim bekam-ko‘st saqlash, devorlarni yetti metrgacha 
yetkazish, Navro‘z kunlari xavfsizlik kunlarini kuchaytirish, qo‘rg‘on 
burchaklarida yashash xonalarini qurishga buyruq berib xatlar yozgan. 
Qarshi viloyatida harbiy qismlar quyidagicha shakllantirilgan: Saroy 
urug‘idan 500 nafar, ulardan 100 nafari askarlikka, 400 kishi qora ishlar 
uchun, aymoq jamoasi 300 kishi, arab, o‘z qavmlaridan 20 kishidan, 
qo‘shchilar – 50, qatag‘on – 6, arlot – 10, yag‘du – 20, do‘rmon – 4, 
panjobiy – 20, qorluqlar – 15, xitoyliklar faqat shogirdpeshalikka – 13 
kishi, siroblar – 12 kishi doimiy xizmatda bo‘lishlari shart edi. 
Amir Haydar o‘zining bir maktubida Muhammad Hakimbiyga 
“Yaxshi qobiliyatli shogirdpeshalarni navkarlikka o‘tkazing, lekin ularning 
soni 500 tadan oshmasin, qobiliyatsiz shogirdpeshalarni uyiga haydab 
yuboring” deb yozadi. 
Shogirdpeshalar asosan garnizon va qo‘rg‘on ichidagi yumushlarni 
bajarishar edi. Qoracheriklar esa haddan tashqari urushga ko‘p jalb etilgan, 
ba'zan shu tufayli ular o‘rtasida noroziliklar kelib chiqqan. 
Qo‘qon xonligida ham harbiy harakatlar vaqtida qo‘shinga jalb 
etiluvchi yordamchi bo‘linmalar – “qoraqozon” va “qoracherik” tartibiga 
keltirilib, yangi nomuntazam yordamchi bo‘linma “qilquyruq”qa asos 
solindi. Qo‘shinda “shogirdpeshalar” bo‘linmasi mavjud bo‘lib, unga 
boshqa bo‘linmalarning yosh, iqtidorli, o‘ziga to‘q vakillari saralanib 
olinib ularga turli jang uslublari, harbiylarning boshqarish san'ati 
o‘rgatilgan. 
Buxoro xonligi qo‘shinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda 
bo‘lmagan. Har qaysi urug‘ va hudud mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib 
yoki amirlikdagi nufuziga qarab qo‘shin soni belgilangan. Bundan tashqari 


72 
qo‘shin tarkibida turli davlatlar fuqarolari hisoblangan harbiy asirlar, 
qullar va boshqa toifa vakillari ham mavjud edi. 
Amir Nasrullo (1827-1860) davrida qo‘shin tuzilishi quyidagicha 
qo‘rinish olgan edi: 
Harbiy asirlardan iborat 80 kishilik guruh, 700 kishilik harbiy 
bo‘linma, ular 7 dastaga bo‘linib boshida ellik boshi, bu guruh ham 
o‘nliklarga bo‘linib, dahboshi boshqargan va yuzboshiga yordamchi harbiy 
mansabdor hisoblangan. 
Ta'kidlash joizki, Nasrullo mang‘it amirlari ichida birinchi bor 
piyoda sarbozlar tarkibidan to‘pchilardan iborat doimiy harbiy bo‘linmaga 
asos soldi. 
Amirlikda to‘plar bundan ham oldin bo‘lishiga qaramasdan ulardan 
alohida guruh, O‘g‘lon va Talipoch darvozalari oldida to‘pchilarning 
kazarmalari barpo etilganligi aytib o‘tadilar. 
Amir Nasrullo tashkil egan to‘pchilar tarkibida 14 barabanchi, 14 
naychilardan iborat musiqachilar guruhi mavjud bo‘lib, har bir yuzlikda 
ikkita turk namunasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat 
ko‘rsatgan. Shunday bo‘lsada, amir Nasrullo davrida doimiy qo‘shin soni 
manbalarda turlicha keltiriladi.
Bundan tashqari amir Abdulahadxon davrida keksaygan, kasalmand 
sarbozlarni qo‘shin tarkibidan ozod etish ishlari ancha jonlangan. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə