O‘zbekiston respublikasi


Buxoro-Hindiston munosabatlari (XVI-XVII-XVIII asrlar)



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Buxoro-Hindiston munosabatlari (XVI-XVII-XVIII asrlar).
Boburiylar davlati Buxoro xonligining janubiy qo’shni davlati bo’lib, bu 
ikki davlat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy munosabatlar qizg’in dovom etib 
kelgan. Ikki davlat o’rtasidagi siyosiy iqtisodiy diplomatik munosabatlar 
asosan XVI-asrning 70 yillaridan boshlab muntazam ravishda dovom etib 
kelgan. 
Bu haqida N. Nizomiddinovning XVI-XVIII asrlarda O’rta Osiyo va 
Hindiston munosabatlari kitobida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar 
haqida keng mulohaza yoritilgan. Ikki davlat o’rtasida ilk elchilik 
munosabatlari bir necha marta bo’lgan. Demak ulardan – 1572 yili 
Hindistonga Abdullaxonning birin chi elchisi Xo’ja Oltamish yuboriladi. 
Keyingi ikkinchi elchilik ham Abdullaxon II tomonidan yuborilib. Bu 
safar Abdiraxm boshchiligidagi elchilar yo’boriladi. Keyingi elchilar esa 
1579 -yili Abdullaxon saroyiga sunniy mahzabdagi Mirza Po’lat 
boshchiligida hind elchilari yuborilgan. Uzoq yillardan so’ng Akbar 
Buxoroga elchi yuborishga qaror qiladi. 1597- yili 17 mayda Hindistondan 
Buxoroga Xo’ja Ashraf Naqshbandiy boshliq elchilar yo’lga chiqadi”. 
Demak XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning boshlarigacha
Shayboniylar so’lola hukumronlik yillari yani Abdullaxon II davrida 
Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati o’rtasida olib borilgan elchilik 
munosabatlar muntazam ravishda dovom etib turgan. Bunda har ikki 
davlat iqtisodiy va siyosiy munosabatlarining yo’lga qoyilishida 
manfaatdar bo’lganligini bilish mumkin. 
Keyingi elchiliklar esa Ashtarxoniylar so’lolasi hukumronlik davri 
bilan bog’liqdir. Ashtarxoniylar hukumronlik qilgan davrda ham Buxoro 
xonligi va Boburiylar davlati o’rtasida qizg’in diplomatik aloqalar mavjud 
bo’lgan. Ulardan – Hindistonga 1632- yili Vaqqos Hoji, 1633- yili 
Tarbiyatxon boshchiligida hind elchilari Balxgacha, uzoq vaqtdan so’ng 
Buxoro xonligidan Xo’ja Ahmad al- Husayniy 1661- yili 27 nayabr, undan 
so’ng esa Kuchakbek 1663- yili hind shohi qobulida bo’lganlar. Buxoro 
xonligiga esa 1665- yil iyulda Mustafaxon Hofi elchiligi qabul qilingan. 
1669- yili 11- may Hindistonga Buxorodan Rustambiy boshchilik elchilar 
kelgan, unga javoban 1670- yili may oyi Hindistondan Yakkatozxon 
elchiligi, so’ng 1671- yili Buxorodan Muhammad Sharif elchiligi 
Hindistonga, 1685- yili Buxoroga Zabardastxon, 1688-1689- yili Nazarbiy 
Hindistonga, 1714-1715- yili Sultonbiy elchiligi Hindistonga” kelgan. Bu 
kabi oliy darajadagi elchilik munosabatlar esa, birinchi navbatda siyosiy, 
iqtisoiy savdo munosabatlarning manfaatlarini ko’zda tutganligini bilish 


87 
mumkin. 
Buxoro xonligi bilan Boburiylar davlati iqtisodiy (savdo) 
munosabatlarida asosan tovor mahsulotlarni Hindistondan dorivorlar, har 
xil boyoqlar, choy va Buxoro xonligidan esa quruq va ho’l mevalar asosiy 
mahsulotlar hisoblanganligini keltirib o’tish joiz. Olimlarning aniqlashicha 
Buxoro xonligi va Boburiylar davlati o’rtasidagi savdo munosabatlar esa 
asosan 3 xil asosiy shakli mavjud ekanligini e’tirof etiladi. 
1.
Xususiy savdo. 
2.
Xonlikning maxsus vakillari vositachiligida olib boriladigan 
savdo. 
3.
Podshohlar o’rtasidagi bir-birlariga to’hfa va hadiyalar yuborish 
yo’li bilan mol ayirboshlash. 
Xususiy savdogarlar, asosan xalq ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovor 
mahsulotlari bilan savdo qilganlar. Bunda quydagi ma’lumotlarda ham 
tasdig’ini topadi. Ular XVI-XVIII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan 
davrda, Hindistondan Buxoro bozorlariga turli xil matolari (jomavar, chire, 
gujorat,) lak va boyoqlar keltirilgan, Buxorodan Hindistonga ho’l va quruq 
mevalar, ot, tuya, ipak matolari, sukno, qunduz terisi, har xil chinnilar, 
zig’irpoyadan to’qilgan rus matosi va boshqalar keltirilgan. 
Demak xususiy savdogarlar xalq orasida yurganligi bois raiyat 
xalqining extiyoji uchun zarur bo’lgan tovor mahsulotlari bilan savdo 
qilishganligini tasavur qilish mumkin. Lekin u yoki bu davlat ularning 
havfsizligi taminlamagan. 
Yo’qorida savdoning ikkinchi shakli esa birinchisidan tubdan farq 
qilgan. Bu xildagi savdogarlar maxsus farmon bilan boshqa bir o’lkalarga 
yuborilganligidir. Ularga asosan xonlar, juyboriy shayxlar, saroy 
amaldorlari va mansabdor shaxslarga yuklatilgan. Demak quydagi asarda 
keltirilishicha bularga asosan saroy extiyojlari uchun turli xil quruq va ho’l 
mevalar, shuningdek matolar (kimxob, zarbob,) nodir buyumlar, qo’nduz 
po’stinlari, morj tishi, chinni asboblar, qipchoq otlari, tez yurar tuyalar, ov 
qushlari va boshqalar buyum mahsulotlar bilan savdo qilishganini keltirib 
o’tadi. Unda bu shalkda savdo esa saroy amaldorlari uchun savdo 
qilganligi ma’lum bo’ladi. Bundan tashqari bu shalkdagi savdogarlarga 
esa, keng imtiyozlar berilgan hamdir. 
Uchunchi shakldagi savdoda esa xon, podshoh, yoki amirlar 
tomonidan uyushtirilgan. Bu shakldagi savdo sovg’a solom, hadya 
to’hfalar yuborish yo’li bilan olib borilgan, bu esa Buxoro xonligi va 
Boburiylar davlati o’rtasidagi iqtisodiy savdo munosabatlarida muhim 


88 
ahamiyat kasb etganligini bilish mumkin. 
Ulardan Hindistonga kelgan Imomqulixon elchisi Abdirahimxo’ja 
turli sovg’a-salomlar bilan birga Jahongirga bir yirik la’l tuhfa qilgan. 
Jahongir ham Abdirahimxo’jaga 40 ming rupiya pul va har biri 1500, 
1000, va 500 misqol og’irlikdagi uchta oltin “kavkabi toli” hadya etgan. 
Demak yo’qorida keltirilgan tuhfalarda asosan qimmatboho, la’l, olmos 
bilan almashinib turganligini bilish mumkin. 
Yana bir elchilik munosabatlarda Abdilazizxon tomonidan hadiya 
qilib yuborgan qimmati 40 ming rupiyalik la’l evaziga, Avrangzeb elchisi 
Mustofoxon Abdilazizxon saroyiga bir lakx va ellik ming rupiya 
qimmatiga barobar oltin suvi yuritilgan egar jabduq, jamdar quroli, 
qimmatboho qilich, qalqon, o’qdon, bir fil va turli matolar keltirgan . 
Endigi savdoda esa asosan qurollar, har xil matolar va xon uchun 
zarur mol- tovor mahsulotlar bilan savdo qilishganini bilish mumkin. 
Xulosa o’rnida Buxoro xonligi va Hindiston (Boburiylar sulolasi 
hukumronligi davrida) o’rtasida olib borilgan elchilik munosabatlar va 
iqtisodiy munosabatlar bir-biriga chambarchas holda olib borganligini 
bilish mumkin.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə