O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Tayanch iboralar. 
 
Antoni Jenkinson, Ivan Grozniy, Abdullaxon II, Volga-Kaspiy savdo 
yo`li, Ivan Xoxlov, Odambiy, Xoja Nafas, Pyotr I, Bikovich-Cherkasskiy, 
Ivan Buxgols, Xonquli to`pchiboshi, F.Benevini, Milner, Sulton Salim I
300 turk askari, Murod IV, “Tarbiyati atfol”, teziklar, Xoja Ashraf 
Naqshbandiy, Vaqqos Hoji, Tarbiyatxon, Xoja Ahmad ak-l-Hisayniy, 
Mustafoxon Xoji, Rustambiy, tranzit savdo, savdo turlari, soliqlar va 
bojxona.
 


111 
Nazorat savollari. 
1.
Buxoro xonligining Rossiya davlati bilan diplomatic va savdo 
iqtisodiy munosabatlar o`rnatishiga sabab bo`lgan omillar? 
2.
Buxo-Rossiya iqtisodiy aloqalari olib borilgan karvon yo`llari haqida 
ma`lumot bering. 
3.
Buxoro xonligining Usmonli tirklar davlati bilan diplomatik 
munosabatlarining o`ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo`lgan? 
4.
Buxoro-Hindiston 
diplomatik 
munosabatlarining 
asosiy 
yo`nalishlarini sanab bering.
 
BUXORO HUKMDORLARI SHAXSIY FAZILATLARI VA 
VORISLARI 
Reja: 
1.
 
Shayboniylar hukmdorlari (Shayboniyxon, Ubaydulloxon, 
Abdullaxon II va boshqalar) 
2.
 
Ashtarxoniylar sulolasi vakillari (Imomqulixon, Ubaydullaxon 
II, Abdulazizxon, Subhonqulxon, Abulfayzxon). 
3.
 
Mahg`itlar – Muhammad Rahimbiy, Shohmurod, Haydar, 
Nasrulloxon, Muzaffarxon, Sayid Olimxon. 
 
Shayboniylar 
hukmdorlari 
(Shayboniyxon, 
Ubaydulloxon, 
Abdullaxon II va boshqalar). 
Shayboniylar sulolasining asoschisi sulton 
Muhammad Shayboniyxon ibn Budoq sulton ibn Abulxayrxon (1451–
1510), «Shayboniylar sulolasi» asoschisi (1500-1510), Abulxayrxonning 
nabirasi, Budoq sultonning o‘g‘li. Tug‘ilganda unga turkiylar odatiga ko‘ra 
ikki ism - Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari 
qo‘yilgan. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo‘ygan. Shayboniyxon 
g‘oyat katta jismoniy kuchga, harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi.
«Boburnoma» asarida esa u «Shayboqxon», ya`ni «kuch-qudrat egasi» deb 
ataladi. Shayboniy yollanma qo‘shin boshlig‘idan xon darajasiga 
ko‘tarilgan tarixiy shaxsdir. U nafaqat sarkarda balki, Shohbaxt, Shoyboq, 
Sheboni, Shohibek, Shayboniy taxalluslari bilan g‘azal, ruboiylar bitgan 
shoir hamdir Shayboniyxonning adabiy me`rosidan bizgacha bir nechta
o‘zbekcha g‘azal, ruboiy va «Bahr-ul xudo» (1508-yil 14-may Bastom, 
Domg‘omda yozib tugallangan) nomli dostoni va 1507-1508- yillarda 
yozilgan o‘g‘li valiaxd Temur sultonga atalgan pand-nasihatlardan iborat 
kitobi mavjud (uning yagona nusxasi hozir Turkiyada saqlanadi). U 
yoshligida otasi Budoq sulton va onasi Qo‘zibegimdan yetim qolgach, 


112 
otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalanadi. Keyinchalik 
Shayboniyga Turkiston va O‘tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon 
homiylik qiladi. Shayboniy yoshligida Buxoro madrasasida ta`lim oladi. 
Shayboniy Dashti Qipchoqqa qaytib borib lashkar to‘plashga muvaffaq 
bo‘lgan. U buyuk davlatni tiklash yo‘lida xatti-harakatni dastlab o‘z 
qo‘shini bilan temuriylarga yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida 
xizmat qilishdan boshlagan. Dastlab Shayboniy parchalangan Amir Temur 
davlatining shimoliy chegarasida noyiblik qilayotgan homiysi Mazid 
tarxondan uni o‘z xizmatiga olishni so‘raydi.
Avvaliga bu taklifga rozi bo‘lgan Mazid tarxon tezda Shayboniyni 
o‘z hokimiyatiga xavf solishi mumkinligini anglab yetadi. Natijada, u 
Shayboniyni Buxoro hokimi Darvish Muhammad tarxon ixtiyoriga 
jo‘natib yuborish orqali undan qutuladi. Chunki, Darvish Muhammad 
bunday yordamga muhtoj edi. Uning xizmatidan boshqa hukmdorlar ham 
foydalanganlar. Shayboniy o‘z qo‘shini bilan Mo‘g‘iliston, Movarounnahr 
hamda Xorazm hukmdorlariga xizmat qilib, ularning qo‘shnilariga va 
ichki raqiblariga qarshi kurashdi. Bu kurashlarda Shayboniy o‘zining 
mohir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon qiladi.
Uning bunday turmush tarzini yozma manbalarning mualliflari
«qozoqlik» ya`ni «o‘z xalqi va qavmidan ajralib ketgan odamlar, taxt 
uchun kurashda yengilsa-da, ammo o‘z huquqidan voz kechmagan va o‘z 
tarafdorlariga boshchilik qilib, muxoliflari bilan qulay fursat poylab 
kurashadigan sulola vakili» deb atashgan edi. Turli hukmdorlarga xizmat 
qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishiga 
imkon berdi. Movarounnahr hukmdorlari va zodagonlari uning xizmatidan 
eng ko‘p manfaat ko‘rishi natijasida Shayboniy Movarounnahr 
zodagonlari orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.
Shayboniy ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatini qayta tiklash yo‘lida 
kurash olib borgan, biroq ,,o‘zbek-qozoq” qabilalari tomonidan kuchli
qarshilikka duch kelgan. Bu qabilalar Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlagan 
qabilalarni asta-sekin janubga tomon siqib chiqarganlar. Shayboniy bobosi 
Abulxayrxon vafotidan so`ng parokanda bo‘lib ketgan qabilalarni 
birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida 1480-yilda ko‘chmanchi 
o‘zbeklar davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 1487-1488-yillarda
Sayram, O‘tror va Turkiston shaharlarini hamda qo‘rg‘onlarni egallab, 
Movarounnahr yaqinida mustahkam o‘rnashib oldi. Bu qo‘rg‘onlar 
kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini 
o‘tagan.


113 
Shayboniyxon ko‘chmanchilarning jangovar an`analari bilan O‘rta 
Osiyo shaharlarining madaniy yutuqlarini birlashtira olishi uning 
istilochilik 
yurishlari 
muvaffaqiyatli 
chiqishiga 
yordam 
berdi. 
Shayboniyxon 1497-yilda Movarounnahrga o‘zining dastlabki yurishini 
uyushtirgan. U katta kuch bilan Samarqandga yurish qildi, lekin shaharni 
ololmasdan, Qarshi va Shahrisabzga hujum qilib katta o‘lja bilan qaytib 
ketgan. Shayboniyxon 1499-yildan Movarounnahrni zabt qilishni boshladi. 
1499-yilda u jangsiz Buxoroni va 1500-yilda temuriylar davlatining poy-
taxti bo‘lmish Samarqandni egallaydi va Sulton Ali mirzoni (1483-1501) 
qatl ettiradi. 1501-yilda esa Boburni Ko‘hak daryosi bo‘yidagi jangda 
yengib, Samarqandda uzil-kesil o‘rnashib oladi. U endi katta qo‘shin 
to‘plab butun Movarounnahr hududlarini egallash uchun tayyorgarlik 
ko‘ra boshlaydi. Shayboniyxon 1503-yilda Sirdaryoning yuqori tomoniga 
yurish qilib, Mahmudxon, Ahmadxon va Bobur boshchiligidagi 
mo‘gullar, ularning ittifoqchilari bo‘lgan qalmoqlarning birlashgan kuchla-
riga duch keldi. Arxiyon shahri yonida bo‘lgan shiddatli jangda ularni tor-
mor keltirib, Toshkent va Shohruxiya shaharlarini ishg‘ol qildi. Bu 
shaharlar 
hokimligiga 
amakilari 
Ko‘chkunchi sulton bilan
Suyunchxo‘jani tayinladi. 1504-yil bahorida Farg‘onani ishg‘ol qildi. 
Samarqand shahri – Shayboniyxon davlatining poytaxti etib belgilandi. 
Shundan so‘ng Shayboniyxon ishg‘ol qilgan hamma viloyatlarga 
qarindosh urug‘laridan yoki o‘zbek qabilalarining yuqori tabaqa 
vakillaridan hokimlar tayinlaydi. Shayboniyxon Movarounnahrda o‘z
ahvolini yaxshilab olganidan keyin 1504-yilda Xusravshoh hukmronlik 
qilib turgan Qunduz shahrini bo‘ysuntirdi, so‘ngra Xuroson va Xorazm 
sultoni Husayn Boyqaro (4138-1506) davlatini zabt etishga hozirlik
ko‘rdi.
1504-yilda Shayboniyxon Buxorodan Xorazmga yurish boshladi. 
O‘n oy davom etgan qattiq va shiddatli qamaldan keyin 1505-yilning 
avgust oyida Urganch egallandi. O‘sha yili kuzda Shayboniyxon 
qo‘shinlari Xuroson tuprog‘iga bostirib kirib Maymana va Farobga yetib 
bordi. 1506-yilda esa Balxni, 1507-yil may oyining boshlarida 
Shayboniyxon Hirotni ishg‘ol qiladi. Shundan so‘ng Hirot o‘zining 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi. 
Xurosonning bo‘ysuntirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon 
butun mintaqani yagona bir markaz – Samarqand qo‘l ostida birlashtira 
oldi.


114 
1508-yil bahorida Shayboniyxon Jon ostonalarida temuriylarning 
so‘nggi qo‘shinini tor-mor keltirib, ularning O‘rta Osiyodagi barcha 
ildizlariga barham beradi. Shu tariqa, u XV asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab temuriylar amalga oshira olmagan vazifani bajara oldi. Shayboniy 
1501-yilda yuz bergan «Saripul jangi» bilan Movarounnahr taxtini olgan 
bo‘lsa, «Marvichak urushi» bilan butun Xurosonni o‘z tasarrufiga kiritdi. 
1508-1509-yillarda o‘zbek qo‘shinlari qozoqlar ustiga hujum qilib, har
gal qo‘llari baland kelgan. Shunday qilib, Shayboniyxonning temuriylarga 
qarshi 1500-1509-yillarda olib borgan shiddatli urushlar oqibatida Mova-
rounnahr, Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan «Shayboniylar davlati» 
vujudga keldi.
1510-yilda Shayboniyxon Safaviylar daylatining hukmdori Ismoil 
Safaviydan (1502-1524) Marv yaqinidagi Murg‘ob daryosi qirg‘og‘ida, 
Tahrirobodda mag‘lubiyatga uchraydi, eron safaviylari Shayboniyxonni 
qo‘lga olishadi. Shoh Ismoil buyrug‘iga ko‘ra, 1510-yil 12-dekabrda uning 
kallasi olinib, po‘sti shilinadi, po‘sti ichi somon bilan to‘ldirilib, 
Safaviylarning G‘arbdagi dushmanlari bo‘lmish Usmonli turklar hukmdori 
Sulton Boyazid II huzuriga jo‘natiladi. Shayboniyxonning bosh chanog‘i 
esa shoh Ismoil uni oltin bilan qoplab, bazm-u jamshidlarda unga may 
quyib, qadah o‘rnida foydalangan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi 
Baland Sufaga dafn qilingan. Shayboniyxonning hayot tarixida e‘tiborga
molik uch muhim nuqta bor. U avvalo, O‘rta Osiyoliklarning ichki 
kuchlariga tayanib yurishlar qilgan va oqibatda chegarasi Amudaryo 
doirasidan juda uzoqqa cho‘zilgan bir mamlakatni barpo etgan buyuk 
sohibqironlarning oxirgisi edi. Bundan keyingi jangovar yo‘lboshchilar, 
mahorat va hirslari qanchalik katta bo‘lsada, bu boradagi baxt-omadga 
erisholmadilar. Ikkinchidan, bundan keyin O‘rta va G‘arbiy Osiyoda 
qabilalar urushi qat‘iy tugadi. O‘zbeklar Turon yaylovidan janubiy g‘arbga 
tushgan qavmlarning eng so‘ngi qabilasi bo‘ldilar.
Uchinchidan, ilk Amu va Sir daryolarining narigi tarafidagi 
musulmonlar bilan G‘arbiy Osiyodagi din qardoshlari o‘rtasida juda yaqin 
bo‘lmasada, doimiy bir aloqa bor edi. Temuriylarning inqirozi va 
halokatlari bilan bu aloqa tamom bo‘ldi. Xususan, Safaviylarning shialikni 
quvvatlashlari sababli aloqa uzilishi yanada chuqurlashdi. Shayboniyning 
ko‘chmanchi qavmlari bilan bu o‘lkaning shimol tarafiga yurishi, bunda 
tamomila ma‘lum diniy-ijtimoiy o‘zgarish qilgan (shialik tarqalishi) 
vaqtlarga to‘g‘ri kelgani uchun Movarounnahr yanada tezroq mustaqil 


115 
bo‘lib oldi: juda qadim zamonlardagi kabi Movarounnahrning suv hududi 
Turon bilan Eron orasida asosiy bir chegara holini oldi.
Shayboniyxon ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha 
itoat qilib, barcha urush safarlarida o‘zi bilan barobar kichkina go‘zal 
kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham Damashq va Halab ulamosi 
bilan diniy munozaralarga qatnashgan. Qur`onning ba`zi bir oyatlari 
haqida Hirotning peshqadam tafsirchilari bo‘lgan Qozi Ixtiyor va 
Muhammad Yusufga e`tiroz bildirgan edi. Shayboniyxoning islom dini 
borasida yaxshi bilimga ega ekanligini hatto Bobur ham tan oladi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak Shayboniyxon o‘zini chin musulmonlar, ya`ni 
sunna mazhabidagi musulmonlarning boshlig‘i va ularning himoyachisi 
deb hisoblardi. Shuning uchun ham Shayboniylar davrida yashagan 
olimlar xususan, shoir va tarixchilar uni “Xalifa ur-Rahmon” va “Imom 
az-Zamon” ya`ni “davr imomi” va “tangrining yerdagi xalifasi” deb 
ulug‘laganlar. Bu nom Shayboniyxonga Hirot olingan yili (1506) 
berilgan.
Shayboniyxon maorif va madaniyat haqida o‘z davrining ruhidan 
to‘la xabardor va hatto maorif jihatidan oldinga Temur shahzodalarning 
aksaridan past emas edi. Zamonasidagi tengdosh shoirlarning 
aksariyatidan ortiq darajada qalam sohibi bo‘lgan. Chunki uning she`rlari 
buyuk bir iqtidor va go‘zal tabiatga molik ekanini, u ham turkiy ham 
forsiy ham arabiy tillardan asosli suratda voqif ekanini ko‘rsatmoqda. 
Sulton Husayn Boyqaroning vafotidan keyin bir siqim donga muxtoj
qolgan ko‘pgina ulamolar Shayboniydan panoh topdilar. U ulamolarni 
xizmatga olib, munosib vazifalar berdi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda 
masjidlar, madrasalar solishga amr etdi. Hatto harbiy yurishlarda ham o‘z 
atrofida bir necha ulamo bo‘lgan va bular unga hurmat hamda sadoqat 
ko‘zi bilan qarashgan.
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash 
yo‘lida qator islohotlar o‘tkazdi. Birinchidan u davlat boshqaruvida
suyurg‘ol tizimini joriy etdi, ya`ni zabt etilgan hududlarni boshqarish 
ishini o‘z farzandlariga, qarindosh-urug‘lariga, birodarlariga, qabila 
boshliqlari bo‘lgan sultonlarga topshiradi. Xususan, Balx – Sultonshohga, 
Hisor – Mahdi va Hamza sultonlarga, Andijon – Jonibek sultonga, Qunduz 
– Ahmad sultonga, Hirot – Jonvafobiyga, Marv – Qo‘biz naymanga,
Toshkent – Suyunxojaga, Xorazm – Kepakbiy qushchiga, Samarqand va 
Kesh Muhammad Temurga, Buxoro va Qorako‘l – Mahmud sultonga, 
Turkiston esa Ko‘chkunchixonga taqdim etilgan. Samarqand poytaxt 


116 
sifatida xon taxtiga o‘tqaziladigan joy hisoblangan. U yerda xon sharafiga
xutba o‘qitilgan va pul zarb etilgan.
Ikkinchidan, u mamlakatda yer-suvni qaytadan taqsim qildi. 
Ko‘chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-
mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o‘zlariniki qilib 
olish yo‘li bilan mulklarini ko‘paytirib oldilar.
Uchinchidan, mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga 
imkon beruvchi islohot ham o‘tkazdi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar 
og‘irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan 
xo‘jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqdi.
To‘rtinchidan, Shayboniyxon 1507-yilda pul islohotini o‘tkazdi. 
Bunga ko‘ra mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil – 5,2 
gramm bo‘lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb 
qilinib muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va 
savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o‘tkazilgan edi. Ayni paytda bu 
islohot 
markaziy hokimiyatning siyosiy va iqtisodiy 
mavqeini 
kuchaytirishga, mahalliy hokimlar mavqeini esa kuchsizlantirishga
dehqonlarning soliq to‘lash imkoniyatini oshirishga, davlat v aholi 
mulkini ko‘paytirishga imkon berdi.
Beshinchidan, Shayboniyxon ta‘lim sohasida ham islohotlar o‘tkazdi. 
Bu islohotning o‘tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va 
ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. 
Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomat 
qobiliyatiga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p 
bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi. Ta‘limning qiyu bosqichi maktab 
hisoblandi va bolaga 6 yoshidan ta‘lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda ikki 
yil o‘qigach o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi. Madrasada 3 bosqichli 
ta‘lim joriy etilgan bo‘lib, uning har bir bosqichida 8 yildan o‘qilardi. 
Shunday qilib, o‘qish 26 yil davom etardi.
Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu kabi va boshqa 
tadbirlar o‘z mohiyatiga ko‘ra markaziy hokimiyatni mustahkamlashga, 
Shayboniy xonlari va beklari hukmronligi kuchayishiga xizmat qilishi 
zarur edi.
Ko‘chkunchixon ibn Abulxayrxon (1510-1530) Shayboniylar 
sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxon va Robiya Sultonbegim (Ulug‘bek 
mirzoning qizi) ning farzandi, Shayboniyxonning amakisi. Shayboniyxon 
tomonidan Turkiston viloyati hokimi etib tayinlangan (1503-1509) va 
1510-1530 yillarda Movarounnahrni idora qilgan. Shayboniylarning 


117 
Movarounnahrni bosib olish uchun qilgan yurishlarida faol ishtirok etgan. 
1512-yil 28-apreldagi jangda Shayboniylar Bobur bilan uning ittifoqchisi 
safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qo‘lga kiritdilar va 
Ko‘chkunchixon hukmronligi qayta tiklandi. Uning davrida Shayboniylar
Safaviylar bilan urushib, ikki marta (1514 va 1529) Hirotni egallaganlar, 
Bobur saltanati poytaxti Agra shahriga elchilar yuborilgan. Elchilar Bobur 
tomonidan tuhfalar bilan kutib olingan. Ko‘chkunchixon nomi tarixda 
xongina emas, adabiyot, fan va madaniyat homiysi sifatida ham qolgan. 
Uning davrida ko‘p asarlarni o‘zbek yiliga tarjima qilish bobida katta 
ishlar qilingan: fors tilidan o‘zbek tiliga Rashiduddinning ,, Jome at-
tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma” asarlari tarjima 
qilingan, Buxoroda Abdulazizxon kutubxonasi ochilgan, masjid, madrasa, 
xonaqohlar ta`mirlangan.
Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (1489-1540) 1533-1539 yillarda Buxoro 
xoni bo`lgan Shayboniylar sulolasi vakili. Muhammad Shayboniyxonning 
jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. To‘liq ismi Abulg‘oziy Ubaydulloh 
Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn 
Abulxayrxon. Otasining iltimosiga ko‘ra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror 
o‘z ismini bergan. Tasavvuf bo‘yicha dastlabki saboqni otasining piri
Mavlono Muhammad Јozidan olgan. Unga o‘z davrining mashhur 
ulamolari Fazlulloh ibn Ro‘zbehon, Maxdumi A`zam, Mavlono 
Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar 
ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla 
Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo‘lgan) harbiy 
san`atdan saboq bergan va o‘ziga murid qilib olgan.
Xorazm va Buxoro hokimi bo‘lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda 
vafot etgach (1504), unga O‘rusbek Do‘rmon (1512-yilda Ko‘li Malikda 
bo‘lgan jangda o‘ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Ubaydullaxon amakisi 
Shayboniyxonning Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad 
(1507)ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan.
Dastlab safaviylar qo‘shinining Movarounnahr ichkarisiga bostirib 
kirishidan cho‘chigan Ubaydullaxon va Muhammad Temur Sulton 
(Shayboniyxonning o‘g‘li) shoh Ismoil I bilan elchilar almashib, sulh 
tuzishga uringanlar. Shayboniylar sulolasining xoni Ko‘chkunchixonning 
asosiy noibi (1510-yildan) va Buxoro hokimi (1504-yildan) sifatida 
Ubaydullaxon dushmanga qarshi kurashga otlangan. 1511-yilda bo‘lgan 
jangda yengilgan Ubaydullaxon va Ko‘chkunchixon, Samarqand hokimi 
Suyunchxo‘jaxon, shuningdek, Muhammad Temur Sulton va Jonibek 


118 
Sulton o‘z yaqinlari bilan Turkiston shahriga chekinadilar. 512-yil 28-
aprelda Ko‘li Malik jangida Ubaydullaxon g‘alaba qozonib, Buxoro va 
Samarqandni egallaydi. 1512-yil bahorida Ubaydullaxonning shijoati 
natijasida Movarounnahr yana Shayboniylar qo‘liga o‘tdi. Biroq Ismoil I 
yuborgan Najmi Soniy boshchiligidagi 60 ming kishilik safaviylar 
qo‘shiniga suyangan Bobur 1512-yil kuzida G‘uzor va Qarshini egallaydi. 
Najmi Soniy qo‘shini G‘ijduvonni qamal qilishga kirishdi. Ubaydullaxon 
va Jonibek Sulton Karmanaga; Ko‘chkunchixon va Temur Sulton
Miyonqolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rishadi. 1512-yil 
24-noyabrdagi G‘ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin 
g‘alaba qozongan. 1513-yil yanvarda Ubaydullaxon boshchiligidagi
qo‘shin Xurosonga harbiy yurishlar qilib, safaviylarga kuchli zarbalar 
berdi.
1513-yil 11-martda Ubaydullaxon Marvni egallaydi. Bu orada
Ubaydullaxon Xorazmni ham egallab, o‘g‘li Abdulazizxonni hokim qilib 
tayinlaydi. Uzoq davom etgan harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng Mashhad, 
Hirot (1529) va boshqa shaharlar egallandi. Ubaydullaxon Hirotdagi 
murakkab vaziyatni tartibga solish (bu yerda shialarning ta`siri kuchayib 
ketgan edi) va uning Buxoro bilan aloqalarini mustahkamlashga katta 
e`tibor qaratgan. Ko‘chkunchixon vafot etgach, uning o‘g‘li Abu Saidxon 
davrida ham Ubaydullaxon noiblik vazifasida qolgan.
1533-yilda Abu Saidxon vafotidan so‘ng, turkiy an`anaga binoan 
sultonlar ichida eng yoshi ulug‘i Ubaydullaxon Buxoroda Shayboniylar 
sulolasining xoni qilib ko‘tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga 
ko‘chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. 
Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va 
madaniy markaz sifatidagi mavqei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab 
madrasasi, Mirak Said G‘iyos bog‘i, Ko‘hak (Zarafshon) daryosi ustida
Mehtar Qosim ko‘prigi va boshqa inshootlar qurildi.
Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e‘tiqod qilib, 
shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon «Ubaydiy», «Qul 
Ubaydiy», «Ubaydulloh» taxalluslari bilan o‘zbek, fors va arab tillarida 
ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti 
keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583). 
Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 
masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-
tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi “Omonatnoma”, “Shavqnoma”,
“G‘ayratnoma”, “Sabrnoma” manzumalari o‘rin olgan. Forsiy devonida 


119 
esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit‘a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje‘band va 3 
muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit‘a va fardlardan 
iborat.
Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik 
an‘anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat 
etib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g‘oyalar yetakchilik 
qiladi. Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan 
hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek 
adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi 
bilan bog‘liq. Shoir she‘rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan,
o‘ziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan.
Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi 
Dahmai shohon (Shohlar dahmasi)dagi Shayboniylar xilxonasida dafn
etilgan. Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston FA 
Sharqshunoslik 
institutining 
qo‘lyozmalar 
fondida, 
«Devoni 
Ubaydulloxon» qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida,
«Masoil us-salot» nomli terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy 
kutubxonasida saqlanadi.
Navro‘z Ahmadxon ibn Suyunchxoja (1551-1556) Shayboniylar 
sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi 
Suyunchxojaning kichik o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng Toshkent hokimi 
(1525-1551) so‘ngra Movarounnahr xoni (1551-1556). U yoshligida 
Vosifiydan she`riyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan ta`lim olgan. Ayni 
vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko‘proq shug‘ullangan. 
Baroqxon XVI asr o‘rtalarida Buxoro xonligida kuchayib ketgan feodal 
kurashdan foydalanib, Movaronnahrni qo‘lga kiritib oldi. So‘ngra qo‘shin 
bilan Shayboniyxonning jiyani Muhammad Rahimni Buxoro ustiga 
otlantirdi. Lekin Muhammad Rahim yo‘lda to‘satdan vafot etdi. Uning 
o‘g‘li Burxon sulton otasiga qarashli harbiy qismlar va mulozimlari bilan 
Buxoro ostonasiga yetib keldi. Ayni shu vaqtning o‘zida Baroqxon 
Toshkentdan, Abdulatifxon esa Samarqandda Buxoro ustiga qo‘shin tortib,
oxir-oqibat uni egalladilar (1540). Baroqxon Burxon sultonni Buxoroni 
boshqarishda vaqtincha hukmdor bo‘lib turgan Muhammadyor sultonga 
sherik qilib qo‘ydi. Ittifoqchilar (Baroqxon va Abdulatifxon) Burxon 
sultonni ham o‘zlariga qo‘shib Miyonqol hukmdorlari Iskandarxon va 
Abdullaxonga qarshi yurish boshladilar. Abdullaxon Miyonqolni 
Baroqxonga qoldirib, Balxga ketishga majbur bo‘ldi va u yerdan turib 
amakisi Balx xoni Pirmuhammadxonning yordami bilan Baroqxonga


120 
qarshi uch marta (1553,1554,1555) qo‘shin tortdi, lekin har gal 
mag‘lubiyatga uchradi. Baroqxon Abdullatifxon vafotidan keyin 1551-
yilda Samarqandni ham egalladi. Shunday qilib, 1551-1556-yillari 
Baroqxon Movarounnahrni Navro‘z Ahmadxon nomi bilan idora qildi. U 
o‘z nomidan pul zarb ettirdi. Movarounnahrning ko‘pgina shaharlarida 
uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi. U obodonchilik ishlariga e`tabor 
bergan, madrasalar qurdirgan (“Baroqxon madrasasi”- 1531/32-XVI 
asrning 2-yarmi). Hofiz Tanish Buxoriyning ,,Abdullanoma” asarida qayd 
etilishicha, Baroqxon 1556-yilda Zarafshon daryosidan boshlangan 
Darg‘om kanalining bosh inshooti – Ravotxoja to‘g‘onini tuzattirish uchun 
kelgan va shu yerda to‘satdan vafot etgan. Uning davrida Movarounnahr
bilan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir o‘rtasida 
savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.
Pirmuhammadxon ibn Jonibek sulton (1556-1561), 1546-1567 
yillarda Balx hokimi bo`lgan. Uning davrida Balx hokimligi kuchayib 
to‘liq mustaqil xonlikka aylangan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540-1550) 
Balxning mustaqilligini barham berish maqsadida katta harbiy yurishga 
otlangan, biroq bu safar unig vafoti tufayli qoldirilgan. Buxoro taxtiga 
Muhammadyor sulton o‘tqazilgan. Pirmuhammad ta`ziya bildirish uchun 
Buxoroga kelib, turli nayranglar bilan taxtni egallab olgan (1550-y. 18-
avgust). Biroq amaldorlar va ulamolarning aksariyati uni qo‘llab 
quvatlamagan. Jo‘ybor xojalaridan Xija Muhammad Islom ham uni tan 
olmagan.
Pirmuhammadxon shundan so‘ng Buxoro taxtiga o‘z kishisi – 
Shayboniylardan Umarg‘ozi Sulton (O‘zbekxon)ni o‘tqazishga ko‘p 
uringan. U Buxoro oily hukmdori sifatida bir yilcha turgan, lekin amirlar 
va eshon Xoja Muhammad Sultondan ko‘mak ololmagach, Buxoroni tark 
etishga, taxtni yana Muhammadyor Sultonga qaytarishga majbur bo‘lgan. 
Movarounnahrdagi ichki nizolar kuchaygan davrda (1551-56-y.) 
Pirmuhammad jiyani Abdullaxonni (Abdullaxon II) Navro‘z Ahmadxonga 
qarshi kurashini quvvatlab turgan.
Navro‘z Ahmadxonning o‘limidan foydalangan Abdullaxon 
Buxoroni 
egallagan. 
Pirmuhammad 
nomiga 
xutba 
o‘qilgan. 
Pirmuhammadxon 1561-yil 18-aprelgacha Shayboniylarning oliy xoni 
bo‘lib qolgan, garchi uning nomiga xutba o‘qilgan va tanga pullar zarb
qilingan bo‘lsada, u faqat nomiga xon edi. Badahshon va Balxdagi 
notinchliklar tufayli Pirmuhammad Balxni tark etib, Buxoroga kela 
olmasdi. Shuning uchun 1557-yildan amalda Abdullaxon hukmronlik


121 
qilgan. Badaxshon hokimi temuriy Sulaymonshoh 1560-yil avgustda 
Balxga yurish qilganda Pirmuhammadxon Abdullaxon IIdan yordam 
so‘ragan. Chashmai koziron degan joydagi jangda Shayboniylar g‘alaba 
qozongan. Bundan ruhlangan Pirmuhammadxon Toxaristondagi Qunduz 
va Toliqon shaharlarini egallash maqsadida 1560-yil 5-sentabr oyida 
yurish qilgan. 1561-yilda Pirmuhammadxon bilan Abdullaxon II o‘rtasida 
ixtilof yuzaga kelgan, bunga sabab Pirmuhammadxonning Buxoroni 
Abdullaxon IIdan tortib olib, evaziga Balxni bermoqchi ekanligi bo‘lgan. 
Biroq bunga Pirmuhammadxonning o‘g‘li Dinmuhammad sulton norozi 
bo‘lib, otasiga qrshi isyon ko‘targan. Xoja Muhammad Islom ham bunga 
qarshi chiqqan. Abdullaxon II Karmanadan otasi Iskandarxonni keltirib 
taxtga o‘tqazgan(1561-yil may) va Pirmuhammad nomini xutbadab 
chiqarib tashlagan.
Pimuhammadxon faol ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Uning 
davrida Balx xonligi Abivard, Marv viloyati va Termiz hisobga 
kengaygan. Janubdagi Gurzuvon va Garchiston viloyatlari chegaralari
mustahkamlangan.
Iskandarxon ibn Jonibek Sulton (1561-1583) Shayboniylar xoni. 
Uning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning tog‘asi)ning 
qizi bo‘lgan. Iskandarxon 15 yoshida Samarqand sug‘diga qarashli 
Ofarinkent (Miyonqol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi favot etgach 
(1539), Karmana hokimi bo‘lgan. 1561-yil Iskandarxon o‘g‘li Abdullo 
sulton (AbdullaxonII) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx 
hokimi) o‘rniga otasi Iskandarxonni butun o‘zbeklarning xoni(xonlar
xoni) deb e`lon qilgan. Iskandarxon yoshligida jangari, irodali kishi 
bo‘lgan esada – keyinroq taqvoga juda berilib ketgan. Shatiat ahkomlariga 
to‘la rioya qilgan, lochin oviga mohir bo‘lgan, deyarli davlat ishlariga
aralashmagan, shu sababli Nisoriy ,,Muzakkiri ahbob”ni bosh xonga emas, 
Abdullaxon IIga bag‘ishlagan va Iskandar Sultonni faqat oliy hukmdor 
sifatida madh etgan. U taniqli tasavvuf olimi, Mahdumi A`zam
Kosoniyning muridi va shogirdi edi. Iskandarxonni darvishlar podshohi 
(podshohi darvishon) deb ham atashgan.
Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn 
Abulxayrxon (1583-1598) O‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro 
xonligining Shayboniylar sulolasidan eng yirik hukmdor (1583-1598), 
davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma`rifat, madaniyat homiysi bo`lgan. 
Toshkent hokimi Baroqxon (Navro‘z Ahmadxon) bilan Koson yonida 
(1548), Mo‘giliston xoni Abdurashidxon va Shayboniylardan Do‘stum 


122 
sultonlar qo‘shiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh 
Abdulla sulton o‘zining hukmdor sifatidagi butun g‘ayrat shijoatini 1551-
yil Karmanada namoyish etgan, viloyatga Toshkentdan Baroqxon va 
Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo 
ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini o‘z zimmasiga olib bu 
hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552-1556) o‘z 
mulkini G‘arbga – Buxoro tomonga va janubi-sharq – Qarshi va 
Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu say-harakat dastlab 
muvaffaqiyatsiz chiqqan, xatto 1556-yilda u ota meros mulkini tashlab 
Maymanaga qochishga majbur bo‘lgan. U amakisi, Balx hokimi 
Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Xoja Muhammad Islom
ko‘makida Baroqxon, keyinchalik uning o‘g‘illari Darveshxon va Bobo 
Sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navro‘z Ahmadxon 
(Baroqxon) vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda o‘z 
hukmronligini tiklaydi, 1557-yili mayda Buxoroni qo‘lga kiritadi va uni 
o‘z poytaxtiga aylantiradi. 1561-yilda otasi - Iskandarxonni davlat 
boshlig‘i - xon deb e`lon qilib, uning nomidan mamlakatni o‘zi boshqara 
boshlaydi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortgan Shayboniy
sultonlar bilan kurashib, Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, 
Sayram, Turkiston (1583) va Farg‘ona (1583) ni egallaydi. 1582-yilda 
Dashtga yurish qilib, Ulug‘tog‘ga qadar borgan. 1583-yilda otasi 
Iskandarxon vafot etgach mamlakatni o‘z nomidan boshqara boshlaydi. 
Markaziy hokimiyatga qarshi ko‘tarilgan Maymana va Garchiston 
(1583), shuningdek, Badaxshon (1585) dagi g‘alayon, tartibsizliklarni 
bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594 va 1596) qilib, u yerda 
markaziy hokimiyat hukronligi qayta tiklangan. Abdullaxon II safaviylar 
bilan Xuroson, Gilon uchun kurashib o‘z tasarrufiga kiritgan. Sharqiy 
Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan.
Boburiylar ham Badaxshon, Shimoliy Afg‘oniston va Xuroson uchun 
Abdullaxon IIga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind 
(1583), Kashmir(1586) ni egallab davlatning janubiy chegaralarini 
mustahkamlagan. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan 
Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan 
Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon 
II hayotining so‘ngi yillarida o‘g‘li Abdulmo‘min bilan chiqishmay 
qolgan. Ular o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashganidan habar topgan 
qozoq xoni Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent – Samarqand 
oralig‘idago yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qo‘shinni 


123 
yengan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga 
yetganida o‘g‘li Abdulmo‘min 1598-yil 8-fevralda amir Muhammad 
Boqibiy bilan kelishib otasi Abdullaxon II ni zaharlab o‘ldiradi.
Abdullaxon II faol tashqi siyosat olib borgan. Uning mamlakat ichki 
siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul 
islohati o‘tkazish yo‘lidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham 
saqlanib qolgan. U ko‘plab turli inshootlar qurdirgan. Uning davrida 
mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro 
madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan. Hofiz Tanish Buxoriyning 
,,Abdullanoma” ( ,,Sharafnomayi shohiy”) (1584-1589), Amin Ahmad 
Roziyning ,,Haft iqlim” (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan 
,,Taskirati shuaro” (taxminan 1593-1595) va boshqa ilmiy asarlar yaratil-
gan. Buxoroda mashhur Abdullaxon madrasasi tashkil qilingan. 
Hasanxo‘ja Nisoriyning ,,Muzakkiri ahbob” asari Abdullaxon II ga
bag‘ishlangan. Abdullaxon II ning o‘zi ham istedodli shoir bo‘lib, “Xon” 
taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida she`rlar yozgan.
Abdulmo‘min ibn Abdullaxon (1582-1599) Balx va Badaxshon 
hokimi (1582-1598). 1598-99-yillarda Buxoro xoni bo‘lgan. 1589-yildan 
otasi Abdullaxon II bilan munosabatlari keskin yomonlashgan. Chunki 
Abdullaxon II Hirotni Safaviylardan qaytarib olgach, uni o‘z o‘g‘li qolib, 
Qulbobo Ko‘kaldoshga in`om qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi
noiblari – Qulbobo ko‘kaldosh, Dinmuhammad sulton va boshqa;arga 
yozma farmon jo‘matib, Abdulmo‘minga itoat etmaslikni va xatto biror 
qulay fursatdan foydalanib uni jisman yo‘q qilishni buyuradi. Shuningdek, 
u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qollab- quvvatlab 
uni Abdulmo‘minga qarshi urushga undaydi. Bundan darg‘azab bo‘lgan 
Abdulmo‘min 1597-yilning kuzida otasiga qarshi bosh ko‘tarib, Balx va 
Badaxshon qo‘shini bilan Amudaryo bo‘yiga kelgan. Abdullaxon II ning 
qo‘shini Nasaf (Qarshi) atrofida joylashgan. Abdullaxonga ko‘makka 
viloyat hokimlari – masalan, Axsi va Andijon hokimi O‘zbek sulton o‘z 
qoshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan 
Abdulmo‘min va Abdullaxon II o‘rtasidagi nizolarga vaqtincha barham 
berilgan.
Abdulmo‘min otasi Abdullaxon II vafot etgach, Buxoroga qaytib 
taxtni egallagan. Taxtga o‘tirganidan so‘ng, otasining yaqin kishilari 
hamda o‘zining Farg‘ona va Toshkentdagi barcha Shayboniy 
qarindoshlarini zolimlarcha qatl ettirishi mamlakatda isyon ko‘tarilishiga 
olib kelgan. U Eron safaviylari bilan Xuroson uchun kurashni davom 


124 
ettirgan. Abdulmo‘minning taxtga o‘tirganidan olti oy o‘tgach, Zomindan 
Samarqand tomon keloyatganda otasining amirlaridan biri – Abdulvose` 
uni otib o‘ldiradi. Abdulmo‘min mo‘ng‘ullar vayron qilgan Balx qal`asini 
qayta qurdirgan, Balxdagi Xoja Abu Nasr Porso mozorida hashamatli 
ko‘shk bunyod ettirgan.
Pirmuhammad ibn Sulaymon sulton (1599–1601) Shayboniylar 
davlatining so‘ngi hukmdori. Abdulmo‘minning amakisi. Dastlab Balx 
hokimi bo‘lgan. Abdulmo‘min o‘ldirilgach, Buxoro xonligi taxtiga 
o‘tqazilgan va davlatni 1601-yilgacha idora etgan. Uning davrida 
markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashgan. 1601-yili Samarqand hokimi
Boqimuhammadni poytaxt ixtiyorida tutish niyatida taxminan 50 ming 
qo‘shin bilan unga qarshi chiqadi. Pirmuhammad Bog‘i shamol atrofida 
mag‘lubiyatga uchraydi. Buxoro taxti esa Boqimuhammad qo‘liga o‘tib u 
xon deb ko‘tariladi. Shu tariqa Shayboniylarning bir asrlik hukmronligiga 
nuqta qo‘yiladi. Mamlakat va davlat tig‘inini endi yangi sulola – 
“Ashtarxoniylar” o‘z qo‘llariga oladilar. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə