O‘zbekiston respublikasi


Ashtarxoniylar sulolasi vakillari (Imomqulixon, Abdulazizxon



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Ashtarxoniylar sulolasi vakillari (Imomqulixon, Abdulazizxon, 
Subhonqulxon, Ubaydullaxon II, Abulfayzxon). 
Tarixiy taraqqiyotning 
muayyan bosqichida hokimiyat tepasiga ob'ektiv va sub'ektiv shart-
sharoitlar natijasida turli kuchlarning kelishi, o‘z navbatida, jamiyat 
hayotida keskin o‘zgarishlarni ro‘y berishiga hamda muayyan islohotlarni 
amalga oshishiga olib keladi. Binobarin, Buxoro davlatida ham 
hokimiyatning shayboniylardan sulolasidan ashtarxoniylar vakillari qo‘liga 
o‘tishi ma'lum bir omillarning ta'siri ostida ro‘y bergan. Buxoro 
davlatchiligi tarixida sodir bo‘lgan ushbu jarayonlarning mazmun va 
mohiyatini o‘rganishda ilmiy jamoatchilik o‘rtasida turli xil yondashuvlar 
ilgari suriladi. 
Boqimuhammad ibn Jonibek sulton (1601–1605) Ashtarxoniylardan 
bo‘lgan Buxoro xoni. Shayboniylar sulolasining so‘nggi vakili 
Pirmuhammadxon (1598-1601) 1599-yilda Boqimuhammadni alohida 
xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan. Shunday bo‘lsada u
tez orada o‘z mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat 
etmay qo‘ygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik ko‘ra boshlagan. 
1601-yil uyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol 
degan joyda Boqimuhammad bilan jang qilib, mag‘lubiyatga uchragan. 
So‘ng, Boqimuhammad Buxoroga kirib, xonlik taxtini egallagan. Shu 
tariqa Buxoroda yangi sulola – “Ashtarxoniylar” hukmronligi boshlangan.


125 
Boqimuhammad o‘z hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligi saqlab 
qolish o‘ziga qadar o‘tgan xonlar qo‘lidan chiqargan yerlarni dushmandan 
qaytarib olish maqsadida ko‘plab urushlar qilgan.
Abdullaxon II o‘limidan so‘ng turkmanlar yordamida Buxoroga 
bo‘ysunmaslik yo‘lini tutgan Xorazm masalasini Tinch yo‘l bilan hal etdi. 
Chunonchi, Boqimuhammad Balx taxtiga da`vo qilib isyon ko‘targan 
(1601 fevral) ashtarxoniy shahzodalar- Abbos sulton va Rahmonquli 
sultonlarni mag‘lub etgan (1602-yil bahor) va Balxga o‘z ukasi 
Valimuhammadni hokim etib tayinlagan. Eron shohi Abbos I Balxni bosib 
olish, so‘ngra Boqimuhammadni taxtdan ag‘darib, uning o‘rniga 
Shayboniylardan Muhammad Salim sultonni o‘tqazish va bu bilan Buxoro 
xonligida Ashtarxoniylar hukmronligiga chek qo‘yish maqsadida katta 
qo‘shin bilan yurish qilganda, Boqimuhammad Amudaryo bo‘yidagi Puli
Xataba degan joyda unga peshvoz chiqib(1602-yil iyul), Eron qo‘shinini 
butunlkay tor-mor keltirgan. Shoh Abbos I esa qolgan-qutgan askarlari 
bilan arang qochib qutulgan. 1603-yil 25-martda Boqimuhammad 
temuriylardan Kobul hokimi Muhammad Hakim badiuzzamon bosib olgan 
Qunduz shahrini uch oy qamal qilgach, yana qayta qo‘lga kiritgan. 
Boqimuhammad endilikda Xurosonda ham Buxoro hokimiyatini tiklash 
maqsadi yo‘lida harakat qila boshladi. Xuroson yurishi 1604-yilga 
mo‘ljallangan edi.Ammo, 1604-yilda Qozoq xoni Keldimuhammadning 
qo‘shinini Buxoro hududidan haydab chiqara oldi. Buning uchun esa 
ancha vaqt zarur bo‘ldi. Buning ustiga Boqimuhammadxon 1605-yilda 
vafot etdi.
Boqimuhammad mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga 
solish, qo‘shinni qayta tashkil qilish kabi qator islohatlar o‘tkazgan, 
savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta e`tibor bergan.
Valimuhammad ibn Jonibek sulton - Ashtarxoniylardan bo‘lgan 
Buxoro xoni (1605-1611). Akasi Boqimuhammadxon davrida Balx noibi
(1599-1605). Boqimuhammad vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tqazilgan. 
Valimuhammadxondan so‘ng Balx hokimi bo‘lgan Nadrmuhammadxon 
boshliq mahalliy amaldorlar Imonqulixonni Buxoro taxtiga o‘tqazish 
uchun Valimuhammadxonga qarshi fitna uyushtirganlar. 1611-yilning 
bahorida Valimuhammadxon Imonquli va Nadrmuhammadxonlar bilan 
bo‘lgan kurashda yengilgach Imomqulixon Buxoro xoni deb e`lon 
qilingan. Valimuhammad esa ikki o‘g‘lini olib Eron shohi Abbos huzuriga 
qochib borgan. Amirlar Boqimuhammadxonning o‘g‘li Imomqulixonni 
taxtga o‘tqazganlar. 


126 
Valimuhammad Abbos yordamida Movarounnahrni qaytarib olishga 
harakat qilgan. Tarixchi Muhammad Yusuf munshi ,,Tarixi 
Muqimxoniy” asarida yozishicha, shoh Abbos Imomqulixonga qarshi 
kurashish uchun Valimuhammadxonga 80 ming kishilik qizilboshlilar 
qo‘shinini bergan. Biroq Samarqand atrofidagi Bog‘i Shamolda bo‘lgan
jang (1611-yil avgust)da Imomqulixon g‘alaba qozongan, Valimuhammad 
asir olinib qatl etilgan. 
Ashtarxoniylar sulolasining uchinchi vakili Imomqulixon (1611-
1642) hukmronlik davri davlat xokimiyatining bir oz bo‘lsa-da kuchayishi, 
siyosiy barqarorlikning o‘rnatilishi, o‘zaro ichki nizolarga chek qo‘yilishi 
bilan izohlanadi. Uning davrida Buxoroda Labihovuz, Nodir-devonbegi 
xonaqosi va madrasasi, Registonda Poyanda masjidi qurildi. 
Imomqulixon Buxoro taxti da'vogarlaridan biri, Obivard hukmdori 
ashtarxoniy Dinmuhammadxonning katta o‘g‘li edi. Lekin unga to‘liq ota 
tarbiyasini olish nasib etmadi. XVII asr boshlarida Dinmuhammadxon 
Buxoro taxtini qabul qilish uchun Obivarddan Buxoroga kelayotganda 
yo‘lda o‘ldirildi. Unga qadar, ya'ni «qizilboshlar» bilan shiddatli janglar 
ketayotgan paytda Imomqulixon o‘z onasi va ukasi Nadrmuhammadxon 
bilan birgalikda Obivarddan Movarounnahrga jo‘natilgan edi. 
XVII asrning 10-yillariga qadar Imomqulixon Buxoro xonligi siyosiy 
hayotiga aralashmadi. Bu davrda amakilari Boqimuhammadxon (1601-
1605), 
Valimuhammadxon 
(1605–1611) 
birin-ketin 
mamlakatni 
boshqarishdi. Valimuhammadxon Buxoro taxtini egallab, Shohbek 
ko‘kaldoshni Balx noibi etib tayinlagandan so‘ng, ko‘p o‘tmay 
Imomqulixon va Valimuhammadxon o‘rtasida ixtiloflar kelib chiqdi va 
Valimuhammadxonga qarshi fitna tayyorlana boshlandi. Chunki 
Valimuhammadxonning Balxdagi noibi Shohbek ko‘kaldosh Balx ahliga 
behad zulm qilayotgan edi. Fitnadan xabar topgan Valimuhammadxon 
Eron podshosi shoh Abbos huzuriga shoshildi va undan harbiy madad olib, 
jiyani Imomqulixonga qarshi ot surdi. Amakisining «qizilboshlar» bilan til 
biriktirganini eshitgan Imomqulixon juda xafa bo‘ldi va din peshvosi 
Xo‘ja 
Hoshimiy 
ruhiy 
madadiga 
suyanishni 
afzal 
ko‘rdi. 
Valimuhammadxon bilan Imomqulixon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan janglarda 
Valimuhammadxon mag‘lub bo‘lib, asirga tushdi. Uni Imomqulixon 
oldiga olib kelishdi va Imomqulixonning buyrug‘i bilan kallasi tanasidan 
judo qilindi. Imomqulixonning 38 yillik hukmronligining ibtidosi o‘z 
amakisi Valimuhammadxonni qatl etish bilan boshlandi. Bu voqea 1611 
yilda sodir bo‘ldi. 


127 
Imomqulixon o‘z siyosatini o‘rta asrlar uchun an'anaviy bo‘lgan 
o‘zga hududlarni bosib olib, mamlakat chegaralarini kengaytirishdan 
boshladi. 1613 yildagi Toshkent voqealari bunga misoldir. Toshkent 
voqealari Imomqulixon siyosatidagi xunrezlik va istibdodning eng yuqori 
pog‘onasi bo‘ldi. Shimolda yashovchi qozoqlar, qalmiqlar shu yili 
Movarounnahr hududlariga, jumladan, Toshkentga hujum qilishdi. 
Imomqulixon qozoqlar va qalmiqlarga qarshi ot surib, ularni 
Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Zafar quchgan 
Imomqulixon o‘z o‘g‘li Iskandarxonni Toshkentga hokim etib tayinlaydi. 
Iskandarxonning Toshkent aholisiga o‘tkazgan zulmu zo‘ravonliklari, 
soliqlar miqdorini oshirishi yalpi norozilikni keltirib chiqardi va 
Iskandarxon o‘ldirildi . Bu mash'um xabar Imomqulixonga borib yetgach, 
u Balxga, o‘z ukasi Nadrmuhammadxonga maktub yozib, uni bu voqeadan 
ogoh etdi. So‘ngra katta qo‘shin hamrohligida Toshkentga yo‘l oldi. 
Nadrmuhammadxon ham akasiga yordam berish uchun Toshkentga 
yuzlandi. Aka-ukalar qo‘shini birlashib bir oy mobaynida Toshkentni 
qamal qilib turdi. Shahar darvozalaridan biri yondirib yuborildi va 
Imomqulixon lashkarlari Toshkentga kirib qirg‘in boshlashdi. Yoshu qari 
baravar tig‘dan o‘tkazildi. Qirg‘in shu darajaga borib yetdiki, mazlumlar 
faryodiga dosh bera olmagan Imomqulixon lashkarboshilari qon to‘kish 
mislsiz tus olganligini tan olib Imomqulixonga qirg‘inni to‘xtatishni 
maslahat berishdi. Imomqulixon bunga javoban shunday dedi: 
«O‘g‘limning xuni uchun Toshkent aholisining qoni otimning uzangisiga 
yetmaguncha 
qirg‘inni to‘xtatmayman, deb qasam ichganman». 
Lashkarboshilar xonni bu yo‘ldan qaytarishning boshqa chorasini topishdi. 
Ular faqih (qonunshunos)larga murojaat qilishdi. Faqihlar esa
Imomqulixonni otda suvi uzangiga yetadigan hovuzga kirishi va hovuz 
suviga qatl etilgan odamlar qoni aralashtirilishi to‘g‘risida fatvo 
chiqarishdi. Imomqulixon shunday qilgach, g‘azabi pasaydi va qirg‘inni 
to‘xtatdi. 
Mamlakat hududlarini kengaytirib, boshqaruv tizimini qo‘lga olgan 
Imomqulixon ichki ahvolni yaxshilashga e'tibor qaratdi. Ba'zan u 
kechqurunlari kiyimini o‘zgartirib shahar aylanishga chiqardi va shu yo‘l 
bilan haqiqiy ahvolni anglashga, mavjud qusurlarni bartaraf qilishga 
harakat qilardi. Uning tabiatida ilm ahliga, darveshlarga moyillik ham 
mavjud edi. U olimlar, shoirlar, darvishlar, o‘z zamonasining ulug‘lari 
suhbatini yaxshi ko‘rgan. O‘zi ham so‘fiyona she'rlar mashq qilgan. U 
ayniqsa, shayx Mavlono Yusuf Qorabog‘iy suhbatlarini xush ko‘rardi.


128 
Mavlono Yusuf Qorabog‘iy Xurosondan Buxoroga kelib, bu yerda Mulloi 
Nav taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Mirzojon Sheroziyga murid bo‘ladi 
va Imomqulixon davrida tariqatda kamolotga erishadi. 1643 yilda vafot 
etib Buxoro atrofidagi Safidmo‘y qishlog‘ida dafn qilinadi. 
Shoirlardan Turobiy va Nahliyga Imomqulixonning hurmati baland 
edi. Shoir Nahliy Imomqulixonga bag‘ishlab madhiya yozadi va buning 
evaziga uning moddiy muruvvatlaridan bahramand bo‘ladi. 
Imomqulixon faoliyatida Jo‘ybor xo‘jalariga munosabat alohida o‘rin 
tutar edi. U bu xonadon ijtimoiy salohiyatini hisobga olgan holda xonadon 
vakillari bilan yaxshi aloqa o‘rnatadi. O‘z singlisini Jo‘ybor xo‘jalari vakili 
Xo‘ja Tojiddinga (1574–1646) nikohlab berib, xon saltanati mavqeini 
mustahkamlashga harakat qildi. O‘z navbatida Xo‘ja Tojiddin iltimoslarini 
ham yerda qoldirmasdi. Ba'zan ohu ovi bilan mashg‘ul bo‘lgan 
Imomqulixonning bir bor ovi baroridan kelmadi. Bundan darg‘azab bo‘lib 
o‘z lashkarlariga ov qilinayotgan hudud atroflarida yashayotgan aholining 
mol-mulkini talashga buyurdi. Lekin Xo‘ja Tojiddin aralashuvi bilan aholi 
mol-mulki g‘oratdan saqlab qolindi. Ayrim davlat lavozimlariga odam 
tayinlashda Imomqulixon Xo‘ja Tojiddin maslahatlarini olib turgan. 
Jo‘ybor xo‘jalarining boshqa bir vakili – Muhammad Yusuf Xo‘ja 
(1593–1651) bilan Imomqulixon munosabatlari juda yaxshi edi. Unga 
Imomqulixon 
tomonidan 
ko‘plab 
in'omlar 
qilingan. 
Lekin 
xo‘jazodalarning boshqa bir vakili Abdurahim Xo‘ja (1575–1628) bilan 
Imomqulixon o‘rtasida o‘zaro kelishuv amalga oshmadi. Ular o‘rtasida 
yuz bergan ixtilof oqibatida Abdurahim Xo‘ja hajga ketishga majbur 
bo‘ladi, Mol-mulki esa Imomqulixon buyrug‘i bilan musodara qilinadi. 
Uning tashabbusi bilan Sumitanda boshlangan madrasa qurilishi oxiriga 
yetkazilmay qoldi va g‘ishtlari turli maqsadlarda tashib ketildi.
Imomqulixon o‘z hukmronligining oxirgi yillarida ko‘z og‘rig‘i 
kasaliga chalindi. Tabiblar ham uning bu dardiga shifo topisholmadi. Oxir-
oqibat u ojiz bo‘lib qoldi. Buxoro taxtidan voz kechdi va ukasi 
Nadrmuhammadxonni Balxdan Buxoroga taklif qilib, uni taxtga o‘tqazdi. 
O‘zi esa Ka'batulloga hajga ketdi. Umrining qolgan qismini Madinada 
o‘tkazdi va shu yerda vafot etdi. 
Tarixchi Muhammad Yusuf munshiy Imomqulixon hukmronlik 
davriga quyidagicha baho bergan edi: «Imomqulixon oyoqlari davlat 
uzangisida bo‘lgan paytda, uning tasarrufidagi biror joyda – na Balxda, na 
Buxoroda isyon va tartibsizliklar bo‘ldi!» . Shu tarixchi Imomqulixon 
davrini temuriy Sulton Husayn davriga qiyos qiladi. U Madina shahrida 


129 
chorbog‘, Makkadagi Ka`baga kiraverish darvozalaridan biri ostonasi 
uchun oltin va kumush tutqichli yog‘och zina qurdirgan. Buxoroda 
Imomqulixon hukmronligining oqibati shu bo‘ldiki, uning davrida xon 
hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Nufuzli amirlar va zodagonlar ham 
xon hokimiyatiga nisbatan dushmanlik munosabatlarini to‘xtatib turishga 
majbur bo‘ldilar. Biroq, shunga qaramay, Imomqulixon mamlakatdagi 
siyosiy tarqoqlikning oldini ololmadi. 
Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton
(1592- taxminan 1651) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1606-
1642-yillarda Buxoro hokimi bo‘lgan. Uning davrida mamlakatda ichki 
nizolar kuchayib, xatto farzandlari (12 ta og‘li) ham unga bo‘ysunmay
qo‘ygan. Bunga uning o‘ta takabburligi, milk-mulkka o‘chligi, qaysarligi 
sabab bo‘lgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. 
Bundan tashqari, Shimoldan ko‘chmanchilar mamlakat hududiga hujum 
qilib uni talon-taroj etmoqda edilar. Nadrmuhammadxon ularga qarshi 
o‘g‘li Abdulazizni yuboradi. Biroq Nadrmuhammadxondan norozi amirlar 
harbiy safar chog‘ida Abdulazizni xon deb e`lon qiladilar. Bundan habar 
topgan Nadrmuhammadxon Balxga ketishga majbur bo‘lgan va Boburiy 
Shohjahondan yordam berishni so‘ragan Shohjahon ikki o‘g‘li 
(Murodbaxsh va Avrangzeb) ni katta qo‘shin bilan Balxga jo‘natib, ularga 
viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarning niyatidan voqif bo‘lgan 
Nadrmuhammadxon ularga qarshi chiqib, Maymana yo‘lida jangda 
yengiladi va Eronga shoh Abbos II panohiga qochadi va u yerda ikki yarim 
yilcha qolib ketadi. Boburiylar Balx viloyatini ikki yil g‘orat qilishgan. 
Mutassil janglar, mamlakatdagi ocharchilik, qattiq qish Hindistonlik 
askarlarga salbiy ta`si ko‘rsatgan. Shohjahon askarlarini Hindistonga 
chaqirib olishga majbur bo‘ladi. Balxni esa Erondan taklif etilgan 
Nadrmuhammadxonga topshiradi. Bu Nadrmuhammadxonning o‘g‘illarini 
yana tashvishga solib, ularni birlashishiga majbur qilgan.
Abdulazizxon ukasi Subhonqulini Balxga noib etib tayinlaydi (1651). 
Nadrmuhammadxon taxtdan voz kechib, Makkaga, haj safariga ketishga 
majbur bo‘ladi va yo‘lda vafot etadi. Madina yaqinidagi akasi
Imomqulixon 
qabri 
yoniga 
dafn 
etilgan. 
Mahmud 
ibn 
Vali 
Nadrmuhammadxon farmoni bilan mashhur asari - ,,Baxr ul-asror” 
(,,Sirlar dengizi”) ni yozadi.
Abdulazizxon 
ibn 
Nadrmuhammadxon 
(1614-1681) 
Ashtarxoniylardan 
bo‘lgan 
Buxoro 
xoni. 
Buxoro 
xoni 
Nadrmuhammadxonning o‘g‘li. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-


130 
yildan Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi, 1645-yilda bir guruh fitnachi 
amirlar otasi Nadrmuhammadxonning poytaxtda yo‘qligidan foydalanib, 
Abdulazizni Buxoro xonligi taxtiga o‘tkazgan. U markaziy hokimiyatni 
mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha 
hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan 
(Abdulazizxon madrasasi -1652-yilda qurilgan va b.).
Subhonqulixon ibn Nadrmuhammadxon (1625-yil, Buxoro - 1702-yil 
14 -sentabr) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1651-80-yillarda 
Balx hokimi. Nadrmuhammadxon Buxoro xoni bo‘lgach, o‘gli 
Subhonqulixonni Soli Saroy shahri, so‘ngra Balx viloyati hokimi qilib
tayinlaydi (1642). Ko‘p o‘tmay u bu lavozimdan olinib, Kaxmerdga hokim 
bo‘lgan. Subhonqulixonning akasi Abdulazizxon otasini hokimiyatdan 
chetlashtirib, Buxoro xoni bo‘lgach, Subhonqulixon Balxga – otasi 
huzuriga yo‘l olgan. Subhonqulixon Balx viloyatida mustahkam o‘rnashib 
olib, 1651-yilda Balx va Badaxshon hokimligini qo‘lga kiritgan. Sub-
honqulixon Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658- yilda Abdulaziz-
xonning piri Abdulg‘afforxo‘ja vositachiligida Buxoro va Balx o‘rtasida 
tinchlikka erishilib, Subhonqulixon akasi hokimiyatini rasmiy tan olgan. 
Muhammad Yusuf munshiyning yozishicha, 1680-yil 2-fevralda keksayib 
qolgan Abdulazizxon Subhonqulixonga Buxoro xonligi taxtini topshirib, 
o‘zi hajga jo‘naydi. Subhonqulixon markaziy hokimiyatni mustahkamlash 
uchun soliqlar miqdoruini oshirib, qo‘shinini ko‘paytirgan. 
Anushaxonning vorisi Arang Muhammadxon 1687-yili Buxoroga bosqin 
qilganida Subhonqulixon bu hujumni qaytarish bilan cheklanmay, 1688-
yilda o‘ldirilgan xon o‘rniga Xiva taxtiga o‘z noibi Amir Niyoz eshiko‘-
g‘aboshi (Shohniyoz)ni o‘tqazgan. Shu tariqa Abdullaxon II davridagidek 
Xiva xonligi yana Buxoroga qo‘shib olinadi va mintaqada yagona o‘zbek 
davlati qaror topgan. Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining Sharq 
davlatlari bilan diplomatik munosabatlari yaxshilangan. Boburiylardan 
Avrangzeb 1689-yilda Zabardastxon, Usmonli Turk sultoni Ahmad II 
1691-yilda Mustafo chovush boshchiligidagi elchilarni Buxoroga 
jo‘natgan. 1671-87-yillarda Subhonqulixon bilan Avrangzeb o‘rtasida bir 
necha marta o‘zaro maktublar almashilgan.
Subhonqulixon tomonidan Balx va Buxoroda ko‘plab me`moriy 
obidalar, jumladan, Balxda madrasa, Buxoroda Do rush-shifo, Registonda 
katta hovuz; Arkda Salom xona va jome` masjiti, shuningdek, 
Aminobodda chorbog‘ qurilgan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid 
kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi bo‘lgan. U “Ihyo at-tibbi Subhoniy” 


131 
(“Subhoniy tibbiyoti bo‘yicha davolash”), “Lubb ul-lavoih ul-qamar fil-
ixtiyorot” (“Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati”) nomli 
ilmiy nujumga oid risola yozgan. Subhonqulixon “Nishoniy” taxallusi 
bilan she`rlar bitib, saroyda o‘tkazilgan mushoiralarda o‘zi ham she`rlar 
aytgan. Subhonqulixon Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasidagi 
Daxmai shohonda (Abdullaxon II qabri yaqinida) dafn etilgan.
Ubaydullo Muhammad Bahodirxon ibn Subhonqulixon (1681-yil - 
Buxoro - 1711-yil 16-mart) Buxoro xoni, ashtarxoniylar sulolasidan. 
Subhonqulixonning 
o‘g‘li. 
Buxoroda 
madrasa 
tahsilini 
olgan. 
Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi
Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq Buxoro ulamolari va 
qo‘shinning madadiga tayangan Ubaydullaxon II Buxoro taxtini egallaydi 
(1702-yil sentabr). Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otalig‘i 
hisoblangan Mahmud qatag‘on (Mahmudbiy otaliq) Buxoroga 
bo‘ysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham 
Balxga qo‘shib olib, Balxni mustaqil deb e`lon qilgan. Beklarning saroy 
fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon o‘ldirilgach (1707-yil mart), 
Ubaydullaxon II Balx ustiga katta qo‘shin bilan yurish qiladi va shaharni 
egallaydi (1707-yil 27 may).
Ubaydullaxon II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. 
Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jung‘orlar (qalmoqlar)ning 
harbiy bosqinlari (mas., Samarqandga hujum, qalmoqlar xurujidan 
qochgan qozoqlar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi (Toshkent 
va 
boshqa 
joylar)ga 
ko‘chib 
kelishi 
vaziyatni 
yana 
ham 
murakkablashtirgan. Ana Shunday sharoitda Ubaydullaxon II davlatning 
iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar ko‘rgan. Avvalo u 
ma`muriy sohada islohotlar o‘tkazib, davlatni boshqarishga o‘rta tabaqa: 
hunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. Ubaydullaxon II hatto 
markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining 
imtiyozlarini qisqartirgan (mas., Jo‘ybor xojalari soliq to‘lashga majbur 
qilingan). Biroq Jo‘ybor shayxlari katta siyosiy kuch bo‘lib, Ubaydullaxon 
II o‘tkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan.
Ubaydullaxon II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham alohida 
o‘rin tutadi. Ubaydullaxon II pul islohoti o‘tkazish orqali davlat xazinasini 
to‘ldirishni, bebosh amirlar, beklar va urug‘ boshliqlari bilan kurashda o‘z 
mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik 
intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga 
intildi. Biroq Ubaydullaxon II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim 


132 
o‘rtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. Ubaydullaxon II ga 
qarshi g‘alayonlar ko‘tarildi.
Ubaydullaxon II mamlakatda obodonchilik ishlariga e‘tibor 
qaratgan. U madrasa va Buxoroning g‘arbida Xonobod chorbog‘i (1709)ni 
barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida 
bosh munshiy bo‘lib, Ubaydullaxon II ning siyosiy faoliyati haqida 
«Ubaydullanoma» (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf 
Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy» va Abdurahmon Tolening «Tarixi 
Abulfayzxon» asarlarida ham Ubaydullaxon II faoliyati aks etgan.
Ubaydullaxon II saroy fitnasi natijasida Buxoroning Piri Mirza 
chorbog‘ida o‘ldirilgan. U Buxoro yaqinida - Bahouddin majmuasidagi 
Daxmai shohonda otasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.
Abulfayzxon ibn Subhonqulixon (1695-1747) Ubaydullaxonning 
inisi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. U hech qanday real 
hokimyatga ega emas, kundan-kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib 
borayotgan amirlar va zodagonlar qo‘lida bir ,,qo‘g‘irchoq” hukmdor edi, 
xolos.Uning davrida keyinchalik mang‘itlar davlatining tashkil topishiga 
sababchi bo‘lgan mang‘itlar qabilasidan kelib chiqqan Muhammad 
Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib olgan edi. U vaqtini ko‘ngulxushlik 
ishlariga sarflab, mayxo‘rlikka berilib ketdi. Uning yetti farzandi bor edi. 
Mast chog‘ida ularni o‘limga mahkum etdi. Hali go‘dak bo‘lgan 
Abdulmo‘mingina taxt ostiga yashirinib, omon qolgan. Xon deyarli davlat 
ishlarini nazorat qilmay qo‘ydi. Shu tariqa, Buxoroda xon hokimiyati 
barham topdi. Oliy hokimiyat amalda oliy qo‘shbegi bo‘lib olgan Jovshon
qalmoq qo‘liga o‘tdi. Markaziy hokimyatning zaiflashuvi feodal 
tarqoqlikni yanada kuchaytirdi. Samarqand, Qarshi, Balx, Farg‘ona, Xiva, 
Badaxshon 
amalda 
mustaqil 
bo‘lib oldilar. Bu ahvol tashqi
dusjmanlarning Movarounnahrga bostirib kirishga qulay imkoniyat 
yaratdi. Abulfayzxon davrida o‘zaro nizolar kuchaygan, mamlakat chuqur 
iqtisodiy-siyosiy tanazzulga yuz tutgan. Bu davrga kelib xonning ahvoli 
shu darajaga yetib bordiki, uning farmonlari saroydan tashqariga 
chiqmagan. Nodirshoh qo‘shinlarining Movarounnahrga qilgan yurishlari 
natijasida Abufayzxon taxtdan ag‘darilgаn. Muhammad Rahimbiy 
buyrug‘i bilan 1747-yilda Abulfayzxon Mir Arab madrasasi hujralaridan 
birida o‘ldiriladi.
1924-yilda Abdurauf Fitrat unga bag‘ishlab “Abulfayzxon” 
dramasini yaratgan.


133 
Abdulmo‘min ibn Abulfayzxon (1738-yil - Buxoro - 1751-yil)
Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Abulfayzxonning o‘g‘li.
Abulfayzxonning yetti farzandi bor edi. U mast chog‘ida ularni o‘limga 
mahkum etadi. Hali go‘dak bo‘lgan Abdulmo‘mingina taxt ostiga 
yashirinib, omon qoladi. Abulfayzxon o‘limidan so‘ng (1747),
Abdulmo‘minni Muhammad Rahim otaliq taxtga o‘tqizadi va o‘ziga 
kuyov qilib oladi. Buxoroda turgan eron shohi Nodirshohning ukasi 
Aliqulixon boshchiligidagi qo‘shin o‘z yurtiga jo‘natib yuborilgan. U 
taxtga o‘tqizilgan bo‘lsada amalda hokimyat butunlay mang‘itlar qo‘lida, 
ya`ni Muhammad Rahim qo‘lida bo‘lgan. Biroq oradan 4 yil o‘tgach, 
Muhammad Rahim kuyovi Abdulmo‘minni ham o‘ldirtirib, taxtga 
Abulfayzxonning kichik o‘g‘li Ubaydullaxon III ni o‘tqazadi (1751).
Ubaydullaxon ibn Abdulmo‘minxon (1751–1754) Ashtarxoniylar 
sulolasining so‘ngi hukmdori. Davlat boshqaruvida hech qanday ro‘l 
o‘ynamagan edi. Davlat boshqaruvi butunlay mang‘itlar qo‘lida bo‘lgan. U 
mang‘itlar amiri Muhammad Rahimbiyga tamomila bo‘ysungan. 
Muhammad Rahimbiy buyrug‘i bilan taxtdan voz kechgan. Uning keyingi 
hayoti haqida ma`lumotlar saqlanib qolmagan. 
Tarixiy manbalardan ma'lumki, ashtarxoniylar sulolasi hukm surgan 
davrda, ayniqsa, uning oxirgi vakillaridan biri Abulfayzxon hukmronligi 
yillarida (1711-1747) davlatda o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik, o‘zbek 
qabila-urug‘lari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash, ayrim hududlarning 
mustaqillikka bo‘lgan intilishlarining kuchayishi bilan bog‘liq holatlar 
Buxoro davlatini ham ichki ham tashqi siyosatda to‘la tanazzul yoqasiga 
olib kelgan edi. Jamiyat hayotida bunday muammolarning yuzaga 
kelishiga asosiy sabablardan biri – ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi 
vakili Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi rolining pasayganligi va 
uning yetarli boshqaruv qobiliyatiga ega emasligida edi.
Sharqshunos Anke fon Kyugelgen ma'lumotlariga e'tibor qaratadigan 
bo‘lsak, ashtarxoniylarning so‘nggi vakillari davlatni boshqarish, uni 
mustahkamlash va davlatning ichki hamda tashqi xavfsizligi masalalariga 
jiddiy e'tibor qaratmaganlar. Buning oqibatida joylardagi ichki siyosiy 
nizolarni hal etish va Eron davlati tomonidan bo‘lgan tashqi xavf oldida 
mamlakat ojiz bo‘lib qolgan edi.
Shu bilan birga, ob'ektiv sabablar bilan bir qatorda, mamlakatda 
bunday xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga quyidagi uchta sub'ektiv omil 
va voqyealar ham muayyan darajada o‘zining ta'sirini o‘tkazgan:


134 
Birinchidan,
 
xonlikning muhim hududiy markazlaridan biri 
hisoblangan hamda mamlakatning asosiy iqtisodiy, ma'rifiy va harbiy 
resurslari joylashgan Samarqand bekligini xonning asosiy raqiblaridan biri 
bo‘lgan Rajab Sulton boshqaruviga o‘tishi;
Ikkinchidan, nomusulmon bo‘lgan jo‘ng‘orlar quvg‘inidan qochgan 
qozoq ulamolariga nisbatan xon hokimiyati tomonidan yetarli e'tibor 
bo‘lmaganligi va buning oqibatida musulmonlar o‘rtasida katta obro‘ga 
ega bo‘lgan ushbu ulamolarning yetti yil davomida sarson-
sargardonchilikda bo‘lishlari aholining xonga bo‘lgan hurmat e'tiborini 
yo‘qolishiga olib kelgan;
Uchinchidan, xonning bevosita yo‘l qo‘yib berishi natijasida Ibodullo
 
xitoy va uning tarafdorlari tomonidan muqaddas qadamjo hisoblanadigan 
Xo‘ja Bahovuddin xonaqosining vayron etilishi aholining kuchli 
noroziligini kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Binobarin, 1721–1722 yillarda Samarqandning Rajab Sulton 
boshqaruviga o‘tishi nafaqat Buxoro xonligiga qarshi qaratilgan g‘alayon 
sifatida, balki mamlakat zaiflashuvining asosiy sabablaridan biri sifatida 
baholanadi. Qozoq va qoraqalpoqlarning 1723 yildan 1730 yilgacha 
davom etgan isyonining asosiy sababchilaridan biri ham Rajab Sultonning 
yaqin kishisi Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy Kenagas edi. Buning 
oqibatida, Abulfayzxon va uning harbiy qo‘shini isyonchi kuchlar oldida 
himoyasiz qolgan edi. Mamlakatda tinimsiz davom etayotgan g‘alayonlar 
natijasi o‘laroq hamda o‘sha davrda ro‘y bergan tabiiy ofatlar (surunkasiga 
uzoq muddat yomg‘ir yog‘ishi) sababli haydaladigan yerlarning 
dehqonchilik uchun yaroqsiz ahvolga kelishi va o‘z navbatida aholining 
katta qismini Samarqand va Miyonqol hududlarini tark etishga majbur 
etgan. Sharqshunos Anke fon Kyugelgenning ma'lumotlariga ko‘ra, otaliq 
lavozimida faoliyat yuritgan Muhammad Hakimbiy (Muhammad 
Rahimning otasi) isyonchilar va ichki dushmanlar bilan tinchlik yo‘lida 
muzokaralar olib borishi natijasida muayyan muddat davomida 
barqarorlikni saqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, yuqorida nomi 
tilga olingan Ibodullo xitoy o‘z tarafdorlari va boshqa xitoy-qipchoq 
urug‘iga mansub bo‘lgan aholi bilan birgalikda Miyonqolda amirga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘targan va buning oqibatida bir qator shaharlar vayrona 
holatga tushib qolgan. Bunday vaziyatda Abulfayzxon Ibodullo xitoyning 
qilmishlariga yarasha jazo berish o‘rniga, aksincha, uni devonbegi 
(“devonxona boshlig‘i”) lavozimiga tayinlagani xalqning haqli ravishda 


135 
Abulfayzxon xokimiyatiga nisbatan noroziligini va unga qarshi borish 
ruhiyatini keltirib chiqargan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, Muhammad Hakimbiy Abulfayzxon 
hukmronligi 
davrida 
davlat 
hokimiyatiga 
qarshi 
chiqqan 
qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. 
Bundan ijobiy tarzda foydalangan Muhammad Rahim davlat hokimiyatini 
egallashga qaratilgan faoliyatini mustahkamlay borgan.
Hokimiyatning ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar qo‘liga o‘tishida 
yana bir asosiy va muhim omil bu tashqi-siyosiy vaziyat hisoblanadi. 
Xususan, Eron shohi Nodirshohning tashqi-siyosiy faoliyati asosan Buxoro 
xonligini o‘z ta'sir doirasiga olishga qaratilganligi, o‘z navbatida, xonlikda 
davlat hokimiyatini tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə