O‘zbekiston respublikasi


Buxoro xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Buxoro xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo va 
savdo soliqlari. 
O‘rta Osiyo va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar, 
savdo aloqalari tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi. Volgabo‘yi orqali 
Rus savdogarlari ham, O‘rta Osiyo savdogarlari ham ikki mintaqa 
o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaganlar. XVI 
asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo‘lib olish boshlangan 
davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etadi. Natijada 
Rossiya va o‘zbek xorliklari bir-biriga bevosita qo‘shni bo‘lib qoladi. Bu 
holat ularning o‘zaro munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat 
yaratdi. 
O‘rta Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari o‘z 
mahsulotlarini, ayniqsa, ipak, paxtadan to‘qilgan matolarni talab 
qilayotgan Rossiya bilan savdo-tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan 
g‘oyat manfaatdor edi. Rossiyaning movut, temir, mis, mo‘yna, charm va 
boshqa mollari O‘rta Osiyoda xaridorgir edi. Savdo-sotiq ishlari uchun 


92 
qulay shart-sharoit yaratishda o‘zbek xonliklari va Rossiya o‘rtasidagi 
elchilik munosabatlari muhim o‘rin tutardi. 
Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari XVI asrning 
ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Buxoro xoni Abdullaxon II Rossiya 
bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o‘z 
davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki 
podsho Ivan Grozniy (1533-1584) davrida Rossiyaning mavqei kuchaya 
bordi. Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi (1552), Hojitarxon (Astraxan) 
xonligi (1556), Volga bo‘ylari va G‘arbiy Sibir hududlari Rossiya 
tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yo‘llarini nazorat 
qilish imkonini berdi. 
Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro 
xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin 
qo‘shni mamlakat Rossiya bo‘lib qolgandi. Bu hol ko‘p jihatdan qozon 
tatarlari, orenburgliklar va boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan 
izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon II tomonidan 1557 – 1558-
yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga 
borib, Ivan Grozniy huzurida bo‘ladilar. Ular o‘z xonlari nomidan 
savdogarlarning Volga bo‘ylab erkin o‘tishlariga ijozat so‘raydilar. 
Elchilar Moskvadan juda ko‘p o‘q-dori, ov qushlari va matolar bilan 
qaytganlar. 
Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini 
rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo Buxoroning 
Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa, 
Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo 
aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lardi. Bunda birinchi navbatda 
Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555-yili Moskvada 
tashkil etilgan va ingliz-rus iqtisodiy aloqalari rivojiga xizmat qiluvchi 
“Moskva savdo kompaniyasi” Rossiya orqali Sharqqa yo‘l ochish uchun 
o‘z vakilini 1558-yili Xiva va Buxoroga yuboradi. Antoniy Jenkinson 
boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558-yili Buxoroda 
keladi. Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan 
qabul qilinadi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini 
chuqur o‘rganadi va o‘z taassurotlarini “Rossiyadagi Moskva shahridan 
Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat” nomli esdaliklarida 
bayon etadi. 
Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Buxoro xonligi 
o‘rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. 


93 
Antoniy Jenkinson sayohatining maqsad va vazifalari tarixchilar 
tomonidan bir qadar o‘rganilgan, ammo tadqiqotchilar bu masalaga har xil 
yondashganlar. 
Masalan, 
Yu. 
A. 
Sokolov, 
“Moskva 
savdo 
kompaniyasi”ning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, Rossiya 
Hindistonga Sharq bilan savdo aloqalari olib borgan yo‘llari orqali kirib 
borishi lozim edi, deb hisoblab, quyidagicha yozgan: “Inglizlarning 
Rossiya orqali Hindistonga kirib borish yo‘lini qidirib topish ishiga 
kompaniyaning eng faol vakillaridan biri Antoniy Jenkinson asos solgan”. 
Demak, A. Jenkinsonning O‘rta Osiyoga sayohat qilishidan asosiy 
maqsad, xonliklar orqali Hindistonga boradigan eng yaqin va qulay yo‘lni 
topishdan iborat bo‘lgan. U O‘rta Osiyoda savdo ishlarini yo‘lga qo‘yish 
niqobi ostida Buxoroga borishga ruxsat olgan. 
Rus olimi S. V. Jukovskiy Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi 
fikrlarini bayon qilib, quyidagicha yozadi: “Jenkinson chindan ham Ivan 
Grozniyning ishonchiga sazovor bo‘la olganmi, Ivan Grozniy esa 
inglizlarga yoqish uchun uni O‘rta Osiyoga borishiga ruxsat berganmi, 
buni aniq aytish qiyin. Jenkinsondan balki podsho Ivan Grozniy 
foydalangandir va 1557-yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun 
ruxsat so‘rab, hadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va Buxoro 
elchilik missiyasiga javob tariqasida uni Buxoro va Xivaga elchi qilib 
yuborgan bo‘lsa kerak”. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, Jenkinson 
Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi va bu 
borada S. V. Jukovskiyning ikkinchi fikri haqiqatga yaqin bo‘lsa kerak, 
ya’ni rus podshosi O‘rta Osiyo bilan savdo aloqalarini o‘rnatish maqsadida 
ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya 
nomidan Xiva va Buxoroga jo‘natilishi Rossiyaning O‘rta Osiyo savdosida 
ma’lum bir manfaati bo‘lganini tasdiqlaydi va Rossiya bilan O‘rta Osiyo 
o‘rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo‘l ochgan. 
1558-yil 23-dekabrda Antoniy Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV 
ning ishonch yorlig‘i bilan Buxoroga keladi va 26-dekabrda Buxoro xoni 
Abdullaxon II tomonidan qabul qilinadi. 
“26-dekabrda, - deb yozadi Jenkinson, - men xon huzurida bo‘lish 
to‘g‘risida farmon oldim. Xonga rus podshosining yorlig‘ini topshirdim. 
Xon meni juda yaxshi qarshi oldi va o‘z huzurida bo‘ladigan ziyofatga 
taklif etdi. Meni bir necha marta huzuriga chaqirtirib olib, o‘zining 
xilvatxonasida podshoning kuch-qudrati, turk sultoni to‘g‘risida, 


94 
shuningdek, mening mamlakatim va uning qonunlari hamda diniy 
e’tiqodimiz haqida men bilan bafurja suhbatlashdi…”. 
Antoniy Jenkinson Buxoroga qilgan sayohatini yozib qoldirgan. 
Jenkinsonning xatlarida Buxoroning o‘sha zamondagi Rossiya to‘g‘risida 
qanday tasavvurda bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar bor. Bu xatlardan 
o‘sha zamondagi Buxoro to‘g‘risida ham tasavvur hosil qilish mumkin. 
Unda u XVI asrdagi Buxoroni tavsiflaydi. Elchi Buxoroda savdoning 
holati bilan tanishadi. 
Jenkinson: “Buxoro shahrida savdogarlarning har yilgi yig‘ini bo‘lib 
turadi, u yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan 
katta karvonlar bilan savdogarlar tashrif buyuradilar”, - deb yozib, yana 
“ilgarilari yo‘llar xavfsiz bo‘lgan paytda Xitoydan ham katta karvonlar” 
kelganligini qo‘shib qo‘yadi. 
Buxoroning dunyodagi savdo markazlaridan biri ekanligini tan olgan 
ingliz sayyohi bu shahardagi chet el savdogarlari tomonidan olib 
boriladigan savdoning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltiradi. Jenkinson 
bu savdogarlarning faqirlarcha kiyinganliklarini, ularning juda kam mol 
keltirishlariga qaramay, bu mollarning 2-3 yillab sotilmay yotishini 
alohida eslatib, kelajakda bu yerda foydali savdo olib borishni kuchaytirish 
uchun arzirli hech qanday umid yo‘qligini ham aytib o‘tadi. 
Jenkinsonning bu gaplariga ishonish biroz qiyin. Aftidan kelajakda 
savdoda raqobatchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan savdogarlarni bu savdodan 
chalg‘itmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. 
1959 yilning sentyabr oyida Jenkinson Moskvaga qaytgan va u bilan 
birga Buxoro, Balx, Urganch elchilari ham birga bo‘lishgan. Antoniy 
Jenkinsonning missiyasini S. 
V. Jukovskiy “professor Bartold 
ta’kidlaganidek, o‘zbek xonliklari va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik 
munosabatlarning boshlanishi deb hisoblash kerak”, - deb yozgan edi. 
Tarixchi P. P. Ivanov missiyani baholab, “Rossiya bilan O‘rta Osiyo 
o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni Jenkinson kashf etmagan. 
Jenkinson bilan Moskvaga kelgan savdo karvoni 1000 tuyadan iborat 
bo‘lgani, avvaldan Moskva – O‘rta Osiyo savdo munosabatlari an’anaviy 
darajada bo‘lganidan dalolatdir”, deb yozgan edi. Haqiqatdan ham, 1556 
yilda Astraxan bosib olinganda, u erda O‘rta Osiyo savdogarlari bo‘lgani 
ma’lum. Ular o‘z tovarlari bilan Moskva davlati ichkarisigacha kirib 
borganlar. Bu borada, P. P. Ivanovning mulohazasi haqiqatga yaqin. 
Jenkinsonning maktublari Buxoro bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo 
munosabatlari qadimdan borligini tasdiqlaydi. Ammo Buxoro va kelgindi 


95 
savdogarlarning kambag‘alligi to‘g‘risidagi gapga qo‘shilib bo‘lmaydi. 
O‘sha davrda Rossiyada ko‘pgina boyliklarni o‘z qo‘liga kiritib olgan 
savdogarlar bor edi. Masalan, Stroganovlar shu qadar boy edilarki, ular 
davlatga aksari qarz berar va davlat ehtiyojlari uchun ko‘p pullarni ehson 
qilardilar. Podshoning ularga bergan yorlig‘iga binoan, ular o‘z ehsonlarini 
qaytib olmas edilar. 1558 yili Jenkinson Buxoroga sayohat qilgan 
mahalida, Ivan Grozniy Stroganovlarning iltimosiga binoan, Kama 
daryosining etagiga qarab 14,6 chaqirim o‘rmon, o‘tloq erlarni ularga 
in’om qilgan. 
Ma’lumki, Stroganovlar sibiriya xalqidan bevosita sotib olingan 
mo‘yna-savsar va tuzfurushlik bilan katta savdogarchilik qilar edilar. Bu 
mo‘yna-savsarlar ular uchun xaddan tashqari ko‘p foyda manbai edi. 
Stroganovlar Buxoro bilan oldi-sotdi qilardilar. 
Buni Stroganovlarning, to‘rt odamimizni savdo-sotiq ishlari uchun 
Buxoroga borishiga ruxsat bering, deb Ivan Grozniyga yozgan yorlig‘idan 
bilish 
mumkin. 
Jenkinsonning 
boy 
Stroganovlar 
gumashtalarini 
“kambag‘al-qashshoq” deb aytishi durust bo‘lmasa kerak. 
Jenkinson Rossiyadan Buxoroga turli hayvonlarning tasvirlari, 
jundan to‘qilgan matolar, oshlangan qo‘y terisi, yog‘och idish-tovoqlar, 
egar-jabduqlar olib kelinishini hamda Buxorodan esa paxta va paxtadan 
tayyorlangan mahsulotlar, ipakning turli xil navlarini va boshqa ko‘plab 
narsalarni olib ketishlari mumkinligini bildiradi. Jenkinson Rossiyadan 
keltiriladigan tovarlarni birma-bir ko‘rsatib, mo‘yna-savsarni hech bir tilga 
olmaydi. Holbuki o‘sha zamonda bunga talab juda yuqori bo‘lgan va 
azaldan mo‘yna-savsar Rossiyadan chiqariladigan asosiy buyumlardan biri 
hisoblanib kelgan. Mo‘ynafurush Stroganovlar G‘arbiy Evropaga 
chiqarganlari singari, Buxoroga ham mo‘yna yuborib turganlari aniq va 
ravshandir. 
Jenkinsonning ana shu noto‘g‘ri ma’lumotlariga qaramasdan, uning 
maktublari asosida XVI asrda Buxoroga yuborilgan birinchi rus 
elchisining ahamiyatini na uning taassurotini tasavvur qilish mumkin. 
Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini “Rossiyadagi 
Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yilgi sayohat” 
nomli esdaliklarida bayon etgan. 
Abdullaxon elchilari 1583 yilda Moskvadan o‘q, dori, ov qushlari, 
matolar olib kelganlar. Bunday elchiliklar 1589, 1595 yillarda ham 
qaytarilgan. 1589 yil Abdullaxon Muhammad Ali boshliq elchini 
Rossiyaga yuborib, rus podshosi Fyodor Ivanovichga o‘zining nomidan bir 


96 
qancha sovg‘a-salomlar va hadyalar tarkibida 40 pud nil buyog‘ini ham 
tortiq qilgan. 
1583 yildan 1600 yilgacha Moskvaga Buxorodan besh marotaba 
elchilar yuborilgan. Ularning asosiy maqsadi diplomatik munosabatlar 
o‘rnatish edi. Ivan IV tomonidan 1574-yilda chiqarilgan yorliqda rus 
savdogarlariga buxoroliklar bilan bojsiz savdo-sotiq ishlari olib borishga 
ruxsat berilgan. Buxoroda qimmatbaho qurol-yarog‘ ishlab chiqarish katta 
o‘rin tutgan. Buxoro sovut, qalqon, oltin va kumushdan o‘yma qilib, 
o‘rtasiga qimmatbaho toshdan “ko‘z” yasalgan dubulg‘a, shuningdek, 
Buxoro kamonlari (ba’zan bularga ham tilla suvi berilib bezatilardi), 
bo‘yalgan va oltin suvi berilgan po‘lat va mis tulunboslar, “iyakdan 
tikilgan va oltin qadalgan” sovutlar ishlab chiqarish bilan dong‘i taratgan 
edi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Antoniy Jenkinson elchiligi 
natijasida Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasida yaxshi savdo va diplomatik 
aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Ikki hudud o‘rtasidagi savdo har ikki tomon 
uchun ham muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, 
Abdullaxon II davrida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlana 
borgan. XVI asrda Osiyoda uchta harbiy-siyosiy kuch: shayboniylar, 
safaviylar va boburiylar kurash maydoniga chiqqan bir paytda, Abdullaxon 
II o‘z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida Rossiya bilan 
savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilgani Buxoro xonligining XVI 
asrdagi siyosiy va iqtisodiy qudrati yuqori darajada bo‘lganligidan dalolat 
beradi. 
XVII asr mobaynida Rossiyada markazlashgan davlat tarkib topa 
bordi. Asr oxiriga kelganda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan 
biriga aylandi. Butunrossiya bozori shakllandi. Bu omillar Rossiyaning 
Buxoro xonligi bilan savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishni 
hayotiy zaruratga aylantirib qo‘ydi. Natijada, XVII asrda Buxoro xonligi 
va Rossiya o‘rtasida savdoda tovar ayirboshlash hajmi ortdi (100 ming 
so‘mni tashkil etdi). 
To‘g‘ri, Rossiya elchilari Buxoro xonligi bilan nafaqat savdo 
aloqalarini kengaytirish masalalarini, ayni paytda Rossiya davlati 
manfaatiga xizmat qiluvchi boshqa masalalarni ham hal etishlari kerak edi. 
Xususan, 1620-yilda Buxoroga yuborilgan Rossiya elchisi Ivan Danilovich 
Xoxlov savdo va elchilik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari bilan 
bir qatorda, xonlikdagi rus asirlarini ozod qilish, Buxoro xonligining tashqi 
siyosiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, Rossiyaning kuch-qudratiga 


97 
xonni ishontirish, Buxoro xonligi qurolli kuchlari, xonlikning xazinasi 
ahvolini batafsil aniqlash, Buxoro – Xiva munosabatlarini ham taftish qilib 
chiqishi lozim edi. I. D. Xoxlov o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajargan. 
XVII asrda Moskva davlatining iqtisodiy va siyosiy manfaati uning 
O‘rta Osiy davlatlari bilan o‘zaro aloqalarini rivojlantirish uchun asos 
bo‘lgan edi. Rus davlati savdoni rivojlantirish va rus qullarini ozod qilish, 
Rossiya bilan Hindiston o‘rtasida savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish 
maqsadida, qolaversa, XVII asrdan boshlab Rossiya O‘rta Osiyo bilan 
savdo qilish uchun eng yaqin va qulay savdo yo‘llarini topish maqsadida 
O‘rta Osiyo xonliklariga elchilarni jo‘nata boshlagan. Elchilarga 
berilayotgan topshiriqlar va ularning keltirgan xabarlari O‘rta Osiyoning 
Hindiston bilan savdo aloqalarini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega 
edi. Aytish joizki, XVII asrda O‘rta Osiyoga jo‘natilgan rus elchilarining 
ma’lumotlarini o‘rganish O‘rta Osiyoning Eron bilan aloqalari haqidagi 
ilmlarni ancha kengaytiradi. Masalan, 1620 yilda Buxoroga kelgan 
I.Xoxlov elchiligining ma’lumotlari katta ahamiyatga egadir. 
1620 yili Buxoro xoni Imomqulixonning elchiligiga javoban 1620 yil 
26 may sanasi bilan tasdiqlangan yorliq bilan Ivan Xoxlov O‘rta Osiyoga 
yuborilgan. I. Xoxlov 1600 va 1613 yillarda Eronga diplomatik 
topshiriqlar bilan borgan va bu sohada ma’lum tajribaga ega salohiyatli 
kishi bo‘lgan. 
Xoxlovning aytishicha, “Buxoro eri ikkiga bo‘lingan bo‘lib, 
noiblarning biriga Buxoro, ikkinchisiga Balx tekkan. Balx Eron va 
Hindiston bilan chegaradosh. Balx noibi Nodir Hindiston va Eron bilan 
raqobatda bo‘lib, hind shohi Nodirdan boyliklarini tortib olgan va 
korxonalarini sindirgan, savdogarlarni Balx va Buxoroga qo‘ymagan. 
Hozirda ular o‘rtasida tinchlik va savdo munosabatlari o‘rnatilgan. Buxoro 
ham Toshkent bilan urush holatida. qizilboshlar shohi Abbos hind shohi 
Boburiy Salim bilan urushib, undan Qandahorni tortib olgan”. 
Chor Rossiyasi Hindiston bilan yaqin savdo aloqasi o‘rnatish 
maqsadida 1646 yil N.Sыroejin bilan V.Tushkanovni Hindistonga elchi 
qilib jo‘natadi. Elchilarga berilgan topshiriqlarda Hindistonga qaysi 
mamlakatlardan qanaqa tovarlar keltirilishi va ularning narx-navosi haqida 
ma’lumot to‘plash aytilgan edi. 
1646 yil rus podshosi Aleksey Mixaylovich Anisim Gribovni Eron 
orqali Buxoroga elchi qilib yuboradi. Elchiga Astraxandan Hindistonga 
qaysi savdo yo‘li orqali borish qulay, ya’ni Urganch orqalimi, Buxoro yoki 
Eron shaharlari orqalimi ekanligini bilish topshirilgan edi. Bu vaqtda 


98 
Hindiston Balxni bosib olganligi sababli Buxoroga nisbatan adovatda 
bo‘lgan. 
1647 yil dekabrda Anisim Gribov Isfaxonda ekanligida Eronga 
Xasan Kushbegi boshchiligida Buxoro elchilari kelgan edi. Uning 
yozishicha, elchilar Eron shoxiga Buxoro xonining sovg‘asini, ya’ni oltin 
qulfli oltin sandiq olib kelishgan. Sandiqchada qimmatbaho toshlar 
bo‘lgan. A.Gribov Buxoro elchilarining qabul marosimi jarayoni haqida 
quyidagicha yozadi: “sandiqchadan so‘ng xuroson terilari, echki juni, 
salla, qimmatbaho kamarlar, bir o‘rkachli 50 ta tuya, 26 ta yo‘rg‘a va 
boshqa narsalar keltirgan edi... Eron shohi Abdulazizxon elchilariga 
boshqa xonlar bilan bir qatorda o‘tirishga ijozat bergan edi”. 
A.Gribov Buxoro elchilarining kelish sababini so‘rab bilgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra elchilar maxfiy topshiriq bilan kelishgan, ya’ni 
Buxoro xoni Abdulaziz Eron shoxi Abbosga Nodirmuhammadga yordam 
bergani uchun minnatdorchilik bildirgan va o‘zining Eron bilan do‘stlik 
munosabatlari o‘rnatishga tayyor ekanligini va Eron shohiga Qandaxorni 
egallashda yordam berajagini bildirgan. 
Ko‘p o‘tmay Eron shoxi Buxoroga chopar jo‘natib, Buxoro bilan 
do‘stlik munosabatlari o‘rnatishga va Mo‘g‘ul imperiyasiga qarshi 
Abdulaziz bilan urushga borishga roziligini bildirgan. 
1648 yil mart oyida Abdulaziz Eron shoxi Abbos bilan Qandahorga 
hujum qilishga tayyor ekanligi haqidagi xabarni etkazish maqsadida, 
Eronga o‘z elchisini jo‘natadi. 1648 yil 13 martda Eron shoxi elchi bilan 
birga Qandahorga urushga jo‘naydi va 1649 yil fevral oyida uni bosib 
oladi. 
XVII asrning ikkinchi yarmida Rossiyaning Hindistonni o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqishi ortib boradi. Hindiston bilan Eron o‘rtasidagi urushlar 
natijasida Eron orqali savdo to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas, 
shuning uchun Rossiya O‘rta Osiyo orqali savdo qilishga intiladi. Shu 
maqsadda 1669 yil Boris Andreevich va Semen Ivanovich Pazuxinlar 
elchiligi Buxoro, Balx va Urganchga jo‘natiladi. Bu elchilarga ham eng 
qulay yo‘lni topish topshirig‘i berilgan edi, bundan tashqari ular o‘sha 
davrdagi Buxoro, Xiva xonlarining Eron shohi, Turk sultoni va Hindiston 
shohi hamda Gruziya bilan qanday siyosiy munosabatlarda ekanligi 
haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishi kerak edi. Elchilar Astraxandan O‘rta 
Osiyo orqali Dehligacha 4 oy-yu 2 haftada borish mumkin deb xabar 
bergan 
edi. 
Pazuxinlar 
Buxoro 
bilan 
Balx 
o‘rtasida o‘zaro 
kelishmovchiliklar bo‘lib turganligi sababli Balxga borish niyatidan 


99 
qaytgan edi. Hattoki Pazuxinlarning xabar berishlaricha, Buxoro bilan 
Balx o‘rtasida ziddiyatli holat sodir bo‘lgani uchun ular o‘rtasidagi savdo 
aloqalari ham to‘xtagan edi. 
Medvedev orqali berib yuborilgan Subxonqulixonning Aleksey 
Mixaylovichga yozgan maktubida, agar Aleksey Mixaylovich elchilarini 
Balxga, Hindistonga va boshqa davlatlarga jo‘natsa, u holda u bu elchilarni 
himoya qilib O‘rta Osiyo erlari orqali o‘tkazib yuborishini bildirgan edi. 
Pazuxinning ma’lumotlari O‘rta Osiyoning Hindiston bilan 
diplomatik va savdo aloqalarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Aytish mumkinki, Buxoro bilan Balx o‘rtasidagi urush tufayli Hindiston 
bilan Buxoro o‘rtasidagi aloqalar zaiflashib qolgan, lekin butunlay to‘xtab 
qolmagan bo‘lishi kerak. 
Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan aloqalari Moskvadan tashqari boshqa 
markazlar bilan ham o‘rnatilgan. 1670 yili 16 kishi bilan Tabolskga kelgan 
Buxoro elchisi Mulla Farrux Buxoroning Eron bilan savdosi hamda u 
erdan keltiriladigan mollar va ularning narxlari haqida qisqacha ma’lumot 
beradi. So‘ng ular Moskvaga jo‘natilgan bo‘lib, shox ularni juda tantanali 
ravishda qabul qilgan.1671 yilda elchilik mahkamasida Mulla Farrux 
so‘rov qilinadi. So‘rovda “ularda kindyaki, zandonachi va kitayki 
gazlamalari mavjud, lekin kamok deb ataluvchi gazlama va atlas (o‘ng 
yuzasi guldor ipak gazlama) lar kam, borlari ham oddiyroq. Selitra 
(mineral tuz) ularning davlatida ko‘p bo‘lib, eronnikiga nisbatan sifatli, 
ularni botmon bilan sotishadi, bir botmonini bir yarim pudga teng
botmonni ular 5 oltin buxoro puliga sotishadi, Buxoro tiyini ruslarning 5 
tiyiniga teng. Jami 25 rus oltiniga teng bo‘ladi. Paf deb ataluvchi ipak 
matosini 2 rubldan sotib olishgan. Mulla Farrux Buxoro bilan Xiva 
oralig‘idagi masofani 17 kunlik yo‘ldan iborat deb hisoblaydi. Hindistonda 
har turli gulli matolar hamda toshlar ko‘p. Keyingi safar Elchilik 
mahkamasining rahbari A.S.Matveev buxoro elchisi Mulla Farruxdan 
Buxoroning Hindiston bilan savdo aloqalari va Buxoroda talabgor bo‘lgan 
hind tovarlari haqida ma’lumotlar so‘ragan. Mulla Farrux Buxoroda ipak 
matosi, kindyaki, kitayki, kamki matolari to‘qilishi, kumush va qalayi 
ma’danlari, lal toshlari, selitra olinishini, boshqa tovarlar esa Hindistondan 
keltirilishini aytadi. U Buxoro bilan Hindiston o‘rtasidagi doimiy savdo 
aloqalari o‘rnatilganligini, u erdan qimmatbaho toshlar, durlar va har xil 
guldor matolar keltirilishini ma’lum qilgan. Buxoro elchisi o‘z nutqida 
Buxoroda rus tovarlariga, masalan: qilich, qora tulki, oqsuvsar, movut, 
baliq tishlariga talab kuchli ekanligini eslatib o‘tadi. 


100 
I. G. Nizamutdinov Mulla Farrux elchiligining ahamiyatini yuqori 
baholagan. Ayniqsa, elchi keltirgan ma’lumotlarning Buxoro bilan 
Hindiston o‘rtasidagi savdoning darajasini aniqlashda va Buxoro 
aholisining hind tovarlariga bo‘lgan talablarini aniqlashda muhim 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi.
1675 yili rus podshosi Aleksey Mixaylovich V. A. Davudov bilan 
Muxammad Yusuf Qosimovni Buxoro va Hindistonga elchi qilib 
jo‘natadi. Aleksey Mixaylovich Daudov orqali Buxoro xoni Abdulazizga 
yorliq berib yuboradi. Yorliqda ikki davlat o‘rtasidagi ilgarigi do‘stona 
munosabatlar, rus elchilari orqali rus qullarining jo‘natib yuborilganligi 
eslatiladi va undan o‘z mulklari orqali Hindistonga Qosimovni o‘tkazib 
yuborishni iltimos qilgan edi. Podsho o‘z elchilariga, Hindistonga 
boradigan eng yaqin savdo yullarini topishni buyurgan edi. Jumladan, 
Qosimov elchiligiga Amudaryodan rus savdosi uchun foydalanish 
imkoniyatlarini o‘rganish topshirilgan. Elchilarga Buxoro xonining 
Turkiya, Eron va Hindiston hukmdorlari bilan aloqalarini ham o‘rganish 
topshirilgan 
edi. 
Elchilarga 
berilgan 
topshiriqlardan 
Moskva 
hukmdorlarining Hindiston davlati bilan yaqin do‘stona aloqalar 
o‘rnatishga harakat qilganligi ko‘rinib turibdi. Ammo Qosimov elchiligi 
ko‘zlangan maqsadga erisha olmaydi. Shunday bo‘lsada, elchilarning 
Hindistonga yuborilishining o‘zi Moskva davlatining O‘rta Osiyo orqali 
Hindiston bilan eng yaqin munosabatlar o‘rnatish istagi borligidan dalolat 
beradi. 
Rus hukumati turli yo‘llar bilan Sharq mamlakatlari haqida, 
jumladan, O‘rta Osiyo haqida ma’lumotlar to‘plashga harakat qilgan. Shu 
maqsadda, 1675 yili elchixonada hindistonlik Chenay Makarandev va 
Bagare Leleevlar so‘roq qilinadi. Bir vaqtning o‘zida Boris va Semen 
Pazuxinlarning ma’lumotlari ham tekshiriladi. Suhbat chog‘ida hindlar 
Boris Pazuxinlar ro‘yxatida ko‘rsatilganidek, Hindistonga Astraxan orqali 
yo‘l cho‘l orqali o‘tganligi sababli uzoq va yurish qiyin, yo‘lda qaroqchilar 
ko‘p bo‘lib, karvonlarga hujum qilib turadi, deb ta’kidlashgan. SHuning 
uchun ularning fikricha, Hindistonga Buxoro orqali borish qulay. Ular 
Astraxandan Buxoroga va undan Balx orqali Hindistonga boradigan yo‘l 
marshruti haqida habar beradi. 
XVIII asrda O‘rta Osiyoning qo‘shni Sharq davlatlari bilan 
aloqalarini o‘rganishda rus manbalari alohida ahamiyatga ega. Chunki rus 
manbalarida iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tahlil qilish, savdo 
yo‘llarini o‘rganish uchun qilingan harakatlar, hamda qaysi mamlakatdan 


101 
qanday mollar qancha mikdorda keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar 
batafsil berilgan. Rus manbalari deganda, biz rus elchi va elchiliklarining 
hisobotlari, Buxoro, Xiva va Hind elchilari hamda savdogarlarining so‘rov 
ma’lumotlarini tushunamiz. Shu bilan birga shoh va podsholar hamda 
xonlarning bir — birlariga tortiqlari, sovg‘alari ham muhim dalil 
hisoblanadi. Chunki shular orqali O‘rta Osiyoning Hindiston bilan Rossiya 
o‘rtasidagi savdodagi tutgan o‘rnini belgilash mumkin. Shuning uchun 
XVIII asrda rus diplomatlari, savdogarlari va O‘rta Osiyoda bo‘lgan rus 
olimlarining faoliyatlari muhimdir. 
XVIII asrda, ya’ni Petr I hukmronligi yillarida Rossiyaning O‘rta 
Osiyoga qiziqishi kuchayadi. O‘rta Osiyo Rossiyani Sharqning savdo — 
iqtisodiy markazi, Rossiyadan Hindistonga boradigan asosiy yo‘llardan 
biri ekanligi bilan o‘ziga jalb qilardi. 
1714 yili Petr I Sibir gubernatori knyaz Gagarindan Erketi shahrida 
(ya’ni Yorkend) oltin qumlar borligi xususida xabar topadi. Erketi bu 
davrda Jung‘or xonligiga bo‘ysunganligi aytiladi. Gagarin Pyotr I ga bu 
shaharni bosib olib, Yorkend yo‘lidagi Yamishchev ko‘li bo‘yida qal’a 
qurishni tavsiya qilgan.
Petr I Gagarinning xabaridan so‘ng unga xat yozib, Yamishev ko‘li 
bo‘yida, iloji bo‘lsa undan ham yuqorida shahar qurish, daryoda kemalar 
qatnashi mumkin bo‘lgan joygacha suzib borib, so‘ng Yorkendga borib, 
uni egallashni topshirgan edi. 1714 yilda Irtish daryosining yuqori oqimi 
bo‘ylab podpolkovnik Buxgols ekspeditsiyasi uyushtiriladi. 
Peterburgga kelgan Xiva elchisi ham Gagarinning ma’lumotlarini 
tasdiqlab, Amudaryodan ham oltin olinishini aytadi. Elchi, agarda rus 
davlati o‘zining odamlarini Xivaga jo‘natsa, Xiva xoni ularga oltinni 
topishga yordam beradi, deb ishontirgan edi. Shundan so‘ng Petr I bu 
xabarni muhim bilib, tezlikda ikkala joyni ham tekshirtirish uchun 
ekspeditsiya jo‘natgan edi. Shunday qilib, Petr I har ikkala ekspeditsiya 
o‘z maqsadiga erishmagan taqdirda ham, Hindiston uchun yo‘l ochilishiga 
va savdodan ko‘plab oltinlarni qo‘lga kiritishiga ko‘zi etgan edi. O‘rta 
Osiyo Rossiya uchun Hindistonga olib boradigan vositachi davlat bo‘lib 
qolgan edi. 
Rus manbalarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq vaqtlardan 
buyon davom etib kelayotgan bahs XVI- XVII asrlarda O‘rta Osiyo 
Rossiya uchun – Hindistonga kirib borish yo‘lida bir vajmi, yoki rus 
hukumatining manfaatlariga xizmat qiladigan Sharqning muhim mintaqasi 
- yirik savdo markazimi, degan savolni tug‘dirdi. XX asrning 


102 
boshlarigacha bo‘lgan ko‘plab tarixchilar birinchi nuqtai nazarning 
tarafdorlari bo‘lib, ular Rus podsholari O‘rta Osiyoga jo‘natadigan 
elchilarining aksariyatiga rus qullarini sotib olish va Hindistonga 
boradigan eng yaqin, qulay va xavfsiz savdo yo‘lini topish topshirilgan, 
deb hisoblaydilar. 
Sovet adabiyotida bu kabi nuqtai nazarni E.V.Bunakov, P.P.Ivanov, 
D.M.Lebedevlar qo‘llab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Hindistonga 
kirib borish russlar uchun natija bermagan taqdirda ham, O‘rta Osiyoga 
boradigan yo‘l ma’lum bir ma’noda na faqat topildi, balki o‘zlashtirildi 
ham. 
Fikrimizcha, ikkinchi qarash haqiqatga yaqin ko‘rinadi. Masalan: 
O‘rta Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova 
asarida o‘z aksini topgan. Muallif inqilobgacha bo‘lgan tarixchilar va 
yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni to‘g‘ri tanqid qilgan. 
N.B.Baykovaning fikricha, O‘rta Osiyo xonliklariga boradigan savdo 
yo‘llari XVI asrdayoq Rossiyaga ma’lum bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, 
Rus davlati Hindistonga boradigan yo‘lni qidirib O‘rta Osiyoga boradigan 
yo‘lni ochgan va o‘zlashtirgan. Aslida esa O‘rta Osiyodagi Xiva va 
Buxoro bozorlarida rus savdogarlari hind savdogarlari bilan uchrashganlar, 
rus hukumatiga qulayroq yo‘lni, ya’ni hindlar uchun odatiy bo‘lgan 
Astraxan, Kaspiy dengizi va Eron orqali boradigan yo‘lni ko‘rsatganlar. 
1717 yil Pyotr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yo‘lni 
topish maqsadida Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini O‘rta Osiyoga 
yuboradi. Rus podshosi ekspeditsiyaga bergan ko‘rsatmasida, “Xiva 
xonidan kema olib Kojina degan savdogarni Amudaryo orqali Hindistonga 
jo‘natish va kema borishi mumkin bo‘lgan joyga qadar suzib borish, so‘ng 
yo‘lni davom ettirib daryolar, ko‘llar, suv va quruqlik yo‘li, ayniqsa, suv 
yo‘lini yozib borish, va Hindistondan shu yo‘l bilan ortga qaytish, agarda 
Hindistondan Kaspiy dengiziga boradigan undan ham yaxshi yo‘lni 
eshitsa, o‘sha yo‘l bilan kelish va uni ham yozib borish”, topshirilgan edi. 
Pyotr I ning ikkala ekspeditsiyasi ham mag‘lubiyat bilan 
yakunlangan. Buxgolsni Irtыshning yuqori oqimida jung‘orlar haydab 
yuborgan bo‘lsa, Bekovich-Cherkasskiy esa Xiva xoni tomonidan tor-mor 
keltirilgan edi. 
XVIII asr boshlarida Buxoroda siyosiy vaziyat juda og‘ir bo‘lgan. 
Xon hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan edi. 1721-1725 yillarda O‘rta 
Osiyoda bo‘lgan Florio Beneveni ekspeditsiyasi bu siyosiy holatning 
guvohi bo‘lgan. Bu ekspeditsiya Buxoro xonining rus podshosidan elchi 


103 
yuborishini so‘rab qilgan murojaatiga javoban jo‘natilgan edi. Elchilikdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad, 1718 yil 13 iyuldagi “Ko‘rsatma”da Buxoro 
xonligining ichki ahvolini to‘la-to‘kis o‘rganish, deb belgilangan edi. 
Bundan tashqari, Buxoro xonligining qo‘shni SHarq davlatlari bilan savdo 
munosabatlarini 
o‘rganish, hamda rus-buxoro savdo aloqalarini 
rivojlantirish imkoniyatlarini topish vazifasi ham o‘rin olgan edi. 
Florio Benevenining ekspeditsiyasi XVIII asr boshlarida Buxoro 
xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni 
kengaytirishga xizmat qilgan. U Buxoro xonining ichki va tashqi savdo 
rivojiga to‘sqinlik qilgan kuchli o‘zbek qabila boshliqlari bilan 
kurashishiga to‘g‘ri kelganligini yozadi. Uning bergan ma’lumotlariga 
ko‘ra, xivaliklar, buxoroliklar va afg‘onlar uzoq vaqtdan buyon eronlik 
qizilboshlar bilan urush holatida bo‘lgan. 
Beneveni Buxoroning Eron bilan aloqasiga doir ma’lumotlarni berar 
ekan, u 1722 yil ko‘p savdo karvonlari Mashhaddan Buxoroga, Hirot va 
Isfahonga jo‘natilganligi, lekin ularning bari turkmanlar yoki afg‘onlar 
tomonidan talanganligini, oqibatda Balx orqali bo‘ladigan savdo to‘xtab 
qolganligi, to‘rtinchi yil Kobul, Laxor va Hindiston shaharlariga karvonlar 
qatnamay qo‘yganligini yozadi. 
Beneveni o‘zining xizmatkori Minerni oltin va kumush konlarining 
joylashgan joyini topish va aniqlash maqsadida savdogar qiyofasida Balx 
va Badaxshonga jo‘natadi. Uning xabariga ko‘ra, u erda ko‘proq buxoriy 
tovarlar sotilib, savdogarlar bu tovarlar uchun Badaxshon aholisidan tillo 
va kumush quymalari ko‘rinishida haq olganlar. Minerni Balx va 
Badaxshon bozorlaridagi rus tovarlari hayron qoldirgan: ular nina, oyna, 
qaychi, munchoqlar, suvsar, qunduz, los mo‘ynalari va terisi, yashil, qizil 
va to‘q zangori movutlar edi. Uning yozishicha, Badaxshondan Balx 
orqali Mashhadga oltin va kumush ortilgan karvonlar bir yilda 2, 3 va 
hatto 4 marta borgan. Xurosonda bular oltin va kumush tangalarga 
aylantirilib, unga O‘rta Osiyo uchun Eron mollari sotib olingan. 
XVIII asrning birinchi yarmida Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdo 
aloqalari kengaya boradi. Rus savdosini O‘rta Osiyo xonliklari tovarlari 
bilan yanada ko‘proq hamda keyinchalik Turkiston va Qozoq dashti 
ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida Orenburg shahrining qurilishi boshlab 
yuboriladi. N.I.Neplyuev, P.I.Richkov va K.M.Tevkelev rahbarligida 
Hindiston bilan savdoni yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus kompaniya 
tashkil qilinadi. Orenburg ekspeditsiyasi rahbari, mashhur rus geografi 
I.Kirilov Buxoroni Osiyoning savdo markazi sifatidagi ahamiyatiga yuqori 


104 
baho berib, uning qo‘shni Sharq davlatlari bilan aloqalardagi rolini 
ta’kidlab o‘tgan edi. 
Orenburg ekspeditsiyasining a’zolari Orenburg shahrining qurilishiga 
juda katta umid bog‘lagan edilar. Bu shahar orqali Xiva, Buxoro, 
Toshkent, Turkiston, Hindiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatishga,
Amudaryo va Sirdaryodan oltin va qimmatbaho metallar olinishini 
ko‘zlagan, hattoki kelajakda O‘rta Osiyo hamda Jung‘oriyani Rossiya 
tarkibiga qo‘shib olishni niyat qilgan edilar. 
1735 yil Kirilovning so‘roviga binoan Astraxandan Ufaga hind 
savdogari Maravgi Baraev taklif qilingan. Savdogar Hindistondan O‘rta 
Osiyo xonliklari orqali Astraxanga boradigan yo‘l haqida ma’lumot 
bergan. Uning aytishicha, yaqin vaqtlargacha Eron va Buxoro orqali 
Rossiyaga 200 savdogar kelib savdo qilishar edi. Biroq keyingi paytlardagi 
Erondagi qaltis vaziyat va Buxoro yo‘lida savdo karvonlarining talanishi 
oqibatida savdogarlar soni 80 taga qisqarib ketgan. Baraev, agarda
yo‘llarda xavf-xatar bo‘lmaganda edi, Hindistondan Buxoro orqali 
Rossiyaga keluvchi savdogarlarning soni 600 kishiga etgan bo‘lishi 
mumkin edi, deb taxmin qilgan. 
1736 yili I. K. Kirilov Rossiya imperatori Anna Ioanovnaga yozgan 
taqdimotida, Buxoro bilan Xo‘jand o‘rtasidagi siyosiy vaziyatning 
og‘irlashganligi sababli taxminan 300 kishidan iborat bo‘lgan hind savdo 
kompaniyasi vakillarining aksariyati Buxoroni tashlab vaqtincha Kobulga 
ketib qolganligini ma’lum qilgan. Imperator Anna Ioanovna Kirilovga 
yozgan javob maktubida Maravgi Baraevni Hindistonga Buxorodan ketib 
qolgan savdogarlarga murojaat qilib, ularni o‘z faoliyatini davom ettirish 
uchun Buxoroga yoki Orenburgga taklif qilishni, topshirgan edi. Baraev 
o‘z navbatida yurtdoshlarini yangi Orenburg yo‘nalishida savdo qilishga 
ko‘ndirishni o‘z zimmasiga olgan edi. 
Mashhur rus geografi P.I.Richkov Buxoroning Hindiston bilan savdo 
aloqasida Orenburgning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tadi. U, butun 
SHarqiy Hindistonda yashayotgan xalqlar rus va boshqa g‘arb tovarlarini 
faqat Orenburg va Buxoro orqaligina to‘g‘ridan-to‘g‘ri va arzon narxda bu 
qadar ko‘p miqdorda va arzon narxda sotib olishi mumkin, deb ta’kidlagan 
edi. 
Yangi Orenburg yo‘nalishining ochilishi Rossiyaning O‘rta Osiyo 
xonliklari bilan savdoni rivojlantirishiga, hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rus-hind 
savdosini yo‘lga qo‘yishga imkon berdi. Orenburg orqali savdo karvonlari 
qatnay boshlaganligining birinchi o‘n yilligidayoq ko‘zlangan maqsadga 


105 
erishildi. Rossiyada diplomatik topshiriqlarni bajarib yurgan buxorolik 
savdogar Irnazar Maksyutov O‘rta Osiyo va hind parchasi, qimmatbaho 
toshlar va boshqa tovarlarni Orenburgga olib borgan. Shu tovarlarni 
Orenburgga olib kelganligi, buxorolik va hindistonlik savdogarlarni 
Orenburg savdosiga tortganligi sababli rus hukumati savdogar 
Maksyutovni bir necha marta mukofotlagan. 
Shunday qilib, rus elchilarining O‘rta Osiyoning qo‘shni davlatlar 
bilan diplomatik va savdo aloqalarini o‘rganishdagi faoliyati, Orenburg 
shahrining qurilishi va undan ko‘zlangan maqsad tez kunda natijasini 
ko‘rsata boshlagan. Bu harakatlar natijasida qo‘lga kiritilgan daliliy 
materiallar kelajakda ilmiy ishlar yozilishiga ham ijobiy asos bo‘lib xizmat 
qilgan. Haqiqatdan ham, sovet davrida elchilarning keltirgan ma’lumotlari 
jamlanib, “Hujjatlar to‘plami” ko‘rinishiga keltirilib nashr qilingan. Bu 
to‘plamlar O‘rta Osiyo va Hindiston savdo munosabatlarini o‘rganishda 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Yuqorida ta’kidlangan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Orenburg 
shahri qurilgandan keyin O‘rta Osiyo bilan Hindiston o‘rtasidagi savdo 
munosabatlari yanada rivojlangan. O‘rta Osiyo bozorlariga ko‘plab 
qimmatbaho hind tovarlari oqib kela boshlagan. O‘rta Osiyoda turli 
mamlakat xalqlari savdo qilishgan va o‘zlarining karvon saroylariga ega 
bo‘lishgan. Buxoroda xivalik, qo‘qonlik, afg‘on va rus savdogarlari bilan 
bir qatorda hindlar ham o‘zlarining karvon saroylariga ega bo‘lishgan. 
Buxoro savdogarlari hind tovarlari va kimmatbaho toshlarni Orenburgga 
va undan ham nariga olib borib sotishgan. 
Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdo aloqalarini rivojlantirishida 
Orenburg gubernatori I. I. Neplyuevning xizmati katta. U 1742 yilda 
Orenburg ekspeditsiyasining komandiri etib tayinlanganidan boshlab 
Orenburg shahrini mustahkamladi, Qirg‘iziston orqali Xiva va Buxoroga 
boradigan yo‘lning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rdi. V. N. 
Vitevskiy o‘z asarida Neplyuevning Orenburgni Rossiyaning sanoat 
markaziga aylantirish, Buxoro erlarini nazoratda ushlab turish, rus 
tovarlari uchun Buxoro, Badaxshon, Balx va Hindistonga boradigan 
yo‘llarni qidirib topishga o‘z e’tiborini qaratganligini ta’kidlagan. I. I. 
Neplyuyevning Orenburgdagi faoliyati natijasida hind savdogarlari Buxoro 
va Balxga kelib Orenburgdan keltirilgan rus tovarlarini jadal sotib ola 
boshlagan. Hattoki, savdoning bu qadar jadallashganini ko‘rgan 
Neplyuyevda karvon savdo yo‘lini Rossiyadan to Hindistongacha 
uzaytirish fikri tug‘ilgan. 


106 
1751 yilda I. I. Neplyuev Peterburgda Tevkelev hamkorligida 
Rossiyaning Hindiston bilan savdo aloqalari o‘rnatish tug‘risidagi loyihani 
ishlab chiqqan edi. Ammo bu loyiha amalga oshmay qolgan. Ular har yili 
kichik savdo karvonlarini Hindistongacha jo‘natishni rejalashtirgan edilar. 
O‘sha paytda Rossiyada Orenburgdan Hindistonga boradigan uchta karvon 
yo‘li ma’lum bo‘lgan, birinchisi Balx., ikkinchisi Badaxshon va uchinchisi 
Qandaxor orqali yo‘l. I.I.Neplyuevning fikriga ko‘ra, Qandahor 
hokimlarining o‘zaro urushlari natijasida uchinchi yo‘l ancha xavfli 
bo‘lgan. 
Shunday qilib, I. I. Neplyuevning faoliyati Rus davlatining O‘rta 
Osiyoning qo‘shni Sharq davlatlari bilan tashqi aloqalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni bilishga intilishidan dalolat beradi. 
XVIII asr o‘rtalarida Buxoroning qo‘shni Sharq davlatlari bilan 
aloqalari haqidagi muhim ma’lumotlar yirik rus sharqshunos olimi 
V.V.Velyaminov-Zernovning “Istoricheskie izvestiya o Kirgiz-kaysakax i 
snosheniyax Rossii so Sredneyu Azieyu so vremeni konchini Abul-Xayr 
xana (1748-1765 gg.)” nomli asarida ham o‘z aksini topgan. Bu asar O‘rta 
Osiyoning, jumladan, Buxoro va Xiva xonliklarining qo‘shni davlatlar 
bilan savdo aloqalarini o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi.
Asarda XVIII asrning 50-yillarida Buxoroda yashagan yunon 
savdogari Nikolay Grigorevning hikoyasi berilgan. Uning so‘zlariga 
qaraganda, buxorolik savdogarlar har yili Afg‘oniston orqali Hindistonga 
borib, u erdan hind tovarlarini keltirishgan. Hind savdogarlari esa o‘z 
navbatida hind tovarlari bilan Buxoroga kelishgan. Buxoro bilan Hindiston 
o‘rtasidagi savdo aloqalari to‘xtovsiz davom etib turgan. Buxoro bozorlari 
lapis-lazur, lal, zumrad kabi qimmatbaho toshlari bilan shuxrat topgan. 
Grigorev, Badaxshon aholisi qimmatbaho toshlar va tilloni qidirib topish 
hamda qazib olish bilan shug‘ullangan, deb yozadi. 
Grigorev hikoyasida Buxoroning Eron bilan aloqalari xususida ham 
fikr bildirilgan. Uning yozishicha, Buxoroga Erondan kumush va mis 
keltirilgan. Bundan tashqari, Buxoroga Eronning turli tumanlaridan 
savdogarlar kelib, bu erda savdo yarmarkalarini o‘tkazishgan. Buxoroliklar 
har yili yoki xoxlagan vaqtida Eronga, jumladan, Mashxad va Isfahon 
hamda Hindistonning Lahor va Dehli shaharlariga savdo bilan borishgan. 
Grigorev, buxoroliklar Hindistonga zotdor otlarni, Eronga esa 
Qirg‘izistonning tuya va qo‘ylarni haydab borib, savdo qilganliklari haqida 
xabar beradi. Uning yozishicha, Hindiston va Erondan Buxoroga ipak, 


107 
parcha matolari, zarbop, paxta matolari, tillo olib kelingan. U Hindistonda 
ipak va paxta matolar juda arzon bo‘lganligini va buxoroliklar ularni 
tilloga sotib olishganligini yozgan. 
XVIII asrning o‘rtalari Sharq xalqlari tarixida katta siyosiy kurashlar 
davri bo‘lgan Eronda Nodirshox boshchiligidagi kuchli davlatning vujudga 
kelishi va uning Buxoro, Hindiston kabi mamlakatlarni bosib olishi 
kuzatiladi. Mamlakatda sodir bo‘lgan urushlar O‘rta Osiyoning Sharq 
davlatlari bilan savdo aloqalarining yomonlashishiga olib keldi. Lekin, 
ayrim savdogarlar shunday holatda ham o‘z faoliyatlarini davom ettirib 
turgan. Mashhur rus olimi va davlat arbobi A.I.Levshin “Описание 
киргиз-казачих, или киргиз-кайсакских орд и степей” nomli asarini 
yozishda Orenburg ilmiy guberniya komissiyasining materiallaridan 
foydalangan. Asarda Nodirshoxning o‘limidan so‘ng uning boyliklari 
butun Osiyo bo‘ylab tarqab ketganligi ta’kidlanadi. Jumladan, 
buxoroliklar, xivaliklar va qirg‘iz-qozoqlar chegaradagi rus qal’alariga 
hind rupiylari va boshqa sharq tangalari yoki quymalari bilan to‘ldirilgan 
qoplarni olib kelgan. Levshinning ma’lumotlariga ko‘ra, besh-olti yil 
mobaynida Orenburgning o‘ziga 50 pudgacha oltin, hamda 4000 pud 
kumush keltirilgan. 
Buxoro bilan Hindiston o‘rtasida davom etayotgan jadal savdo va 
Rossiyaning savdo-iqtisodiy aloqalarida buxoroliklarning roli haqida 
noma’lum muallifning “Izvestie o pesoshnom zolote v Buxarii, o 
chinennыx dlya onago otpravleniya i o stroenii krepostey pri reke Irtishe, 
kotorim imyana Omskaya, Jeleznaya, YAmishevskaya, Semipalatnaya i 
Ustkamenegorskaya” nomli maqolasi yozilgan. Maqolada Rossiya-Buxoro 
va Rossiya-Hindiston savdosining kelajagi haqida fikr bildirilgan. Unda 
har yili Rossiyaning chegara shaharlariga, asosan, Orenburg va Astraxanga 
savdo karvonlarining kelib turishi, ular nafaqat Buxoroda tayyorlangan 
ipak va ip gazlamalar, balki Hindistonda ishlab chiqilgan turli tovarlarni, 
jumladan, qimmatbaho toshlar, tillo va kumushni keltirishi ta’kidlangan. 
Bu ma’lumotlar Buxoro bilan Hindiston o‘rtasida savdo aloqalarining 
beto‘xtov davom etib turganligidan dalolat beradi. 
1776 yil mashhur rus tadqiqotchisi I.G.Georgining "Opisanie vsex v 
Rossiyskom gosudarstve obitayuщix narodov, tak je ix jiteyskix obryadov, 
verovaniy, obiknoveniy, jilih, odejd i prochix dostopamyatnostey" nomli 
kitobi nashr qilingan. Asarda asosan Rossiya imperiyasida yashovchi 
xalqlar bilan bir qatorda ayrim Rossiyaga chegaradosh xalqlar tarixi ham 
yoritilgan. I.G.Georgi Buxoro xonligining qo‘shni xalqlar bilan aloqalari 


108 
masalalarini yoritishga alohida e’tibor bergan. Uning yozishicha, 
chorvachilik buxoroliklarning xo‘jalik turlaridan biri hisoblanadi. Buxoro 
otlari yaxshi bo‘lib, hindlar ularning har birini 30 dan 80 buxoro 
chervonigacha narxda sotib oladi, deb yozgan edi. Buxoro savdogarlari 
Hindiston, Eron, Xitoy, Rossiya bilan savdo qilgan. Buxorolik savdogarlar 
Hindistonga, asosan, Kalkutta va Multonga savdo qilish uchun borgan. U 
erdan o‘zlarinikidan ham yaxshi ipak va ip gazlamalar, dur, ziravor, etmak 
ildizlari, zumrad, yoqut, damlama uchun ishlatiladigan hind shafrani 
(zafaron guli) va boshqalar keltirganlar. Erondan Buxoroga barxat, kamar 
keltirgan, buxoroliklar esa o‘z navbatida Eronga Xitoydan keltirilgan 
kumush va reven (quritilib ko‘nchilikda ishqor sifatida ishlatiladigan 
ravoch) jo‘natgan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada O‘rta Osiyo xonliklari, 
jumladan, Buxoro xonligi haqida ko‘p ma’lumotlar to‘plana boshlagan. 
Rus soldati F.Efremov "Devyatiletnee stranstvovanie" nomli kitobida 
o‘zining to‘qqiz yil sayohat qilib, Buxoro, Eron, Xorazm, Farg‘ona, 
Qarshi, Tibet va Hindistonda bo‘lib, Afrika janubini aylanib Angliyaga va 
undan Rossiyaga borganligi haqida yozadi. 
Efremov Buxoro xonligida paxta etishtirish masalasi bilan qiziqadi. 
U xonlik xo‘jaligining qorako‘l terisi eksporti bilan bog‘liq bo‘lgan 
qo‘ychilik sohasini kengroq yoritishga ahamiyat bergan. “Ma’lumki,- deb 
yozadi Efremov, Buxoro qorako‘l terisi eksporti orqasidan shuhrat topgan 
va xon xazinasiga katta daromad keltirgan”. 
Muallif Buxoroni Osiyoning yirik savdo markazi ekanligini 
ta’kidlaydi. U buxoroliklarning mamlakat ichki savdosida faol 
qatnashishini, u erda ko‘plab savdo rastalari va karvon-saroylari 
mavjudligini eslatib o‘tadi. Efremovning tassurotlari Buxoro xonligi tashqi 
savdosining 
taraqqiyot 
darajasini 
belgilashga 
yordam 
beradi. 
Ma’lumotlarga boy va shu bilan birga Buxoroning kelajagi haqidagi 
Efremovning asari XUSH asrdagi Evropa fani uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan. 
Rossiyaning Hindiston bilan savdosida vositachi rolini o‘ynagan 
Buxoro 
to‘g‘risida 
tarixchi-iqtisodchi 
M.D.CHulkov 
qimmatli 
ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Uning yozishicha, buxoroliklar savdo qilish 
uchun Rossiyaga borgan va u erdan rus tovarlarini olib kelib, bir qismini 
O‘rta Osiyoda sotgan, qolgan qismini esa Hindiston va Eronga olib 
borgan. 


109 
Chulkov boshqa mualliflar kabi Orenburg qurilganidan so‘ng u erga 
tillo va kumush tangalar oqib kela boshlagan, ularning aksariyati hind, 
eron va buxoro tanga pullari bo‘lgan edi, deb yozadi. O‘rta Osiyodan ip 
matolar, ipak parcha matolari, parda va kanop surp, buxoroning kulrang va 
qora rangli qorako‘li, lyapis-lazur va boshqa qimmatbaho toshlar olib 
kelina boshlagan. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, buxorolik savdogarlar 
Orenburga hind tovarlari, jumladan, malmal, ip, ipak va yarim ipak 
matolar olib kelishgan. 
Chulkov Orenburg savdosini tahlil qilib, Rossiya Sharq mamlakatlari 
– O‘rta Osiyo, u orqali esa Hindiston va Eron bilan savdo qilgan, degan 
xulosaga keladi. Uning fikricha, O‘rta Osiyo va uning qo‘shni davlatlar 
bilan aloqalarini yanada rivojlantirish uchun Rossiyada Sharq xalqlari 
manfaatlariga mos keladigan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini 
ko‘tarib chiqqan. Is’tedodli rus iqtisodchisining fikri rus savdo 
doiralarining manfaatlarini ifoda qilardi va Rossiyaning qo‘shni Sharq 
davlatlariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatish istagidan dalolat berardi. 
Chulkov ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro, Xiva va Turkmanistondan 
Rossiyaga tillo, kumush, hind va boshqa mamlakat mollari, lazurit toshi 
(ko‘k rangli qimmatbaho tosh), buxoro va sheroz qorako‘li, parcha, har xil 
bo‘z, toshlar, olmos, yoqut, lal, zumrad, darmana urug‘i va boshqa tovarlar 
keltirilgan. Shunday qilib, Chulkovning bergan ma’lumotlari ko‘rib 
o‘tilayotgan davrda Orenburg Rossiyaning boshqa sharq davlatlari bilan 
savdo aloqalarida alohida o‘rin eallaganligini va hattoki, Rus savdosining 
sharq davlatlari bilan aloqalarida asosiy savdo markazi rolini 
bajarganligini tasdiqlaydi. Lekin shu narsani eslatib o‘tish joizki, na 
Chulkov va na undan oldingi mualliflarning asarlarida Orenburgga qancha 
miqdorda qanday tovarlar olib kelinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar 
aniq berilmagan. 
T.S.Burnashev Rus hukumatining topshirig‘iga ko‘ra, 1794 yili 
Buxoroda bo‘lgan edi. U Buxoroda bo‘lgan vaqtida u erga savdo qilish 
uchun Afg‘oniston, Eron, Hindiston va boshqa yurtlardan kelgan turli 
millat vakillarini ko‘rgan. Burnashev Buxoroda joylashgan bozorlar 
to‘g‘risida yozib qoldirgan. Agarda Efremovning sayohati davrida 
Buxoroda 4 ta g‘isht karvon-saroy bo‘lgan bo‘lsa, Burnashev davrida 
ularning soni 9 ta bo‘lgan. Karvon-saroylar sonining ortib borishiga 
e’tiborni qaratsak, Buxoroning tashqi iqtisodiy aloqalarining o‘sib 
borganligi to‘g‘risidagi taasurotga ega bo‘lamiz. 


110 
Burnashevning ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro Hindiston va Erondan 
tillo, kumush va hind malmali olgan. Buxoro Eronga qorako‘l terisi va 
boshqa tovarlar eksport qilgan. Burnashev Buxoroga keltiriladigan chet el 
tovarlaridan qirqdan bir miqdorida boj solig‘i olinishini eslatib o‘tadi. Rus 
savdogarlari esa o‘z mablag‘idan yigirmadan bir miqdorida soliq to‘lagan. 
Burnashevning ta’kidlashicha, Buxoro tog‘larida tillo va kumush 
ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, buxoroliklar ularni Hindiston, Eron va 
Xitoydan, mis, qalayi va temirni Rossiyadan olishga harakat qilgan. Uning 
ma’lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, Buxoroga chetdan tillo, 
kumush va boshqa ma’danlar keltirishining sababi, buxoroliklar hali 
tog‘lardan bu ma’danlarni qazib olishning yangi texnologiyalarini 
bilmasligi oqibatidir. 
Burnashev mamlakatning siyosiy ahvoli haqida yozib, amir 
Shoxmurod Hindiston, Eron, Qo‘qan, Xo‘jand, Toshkent va Xiva bilan 
harbiy to‘knashuvlarda bo‘lganligi, 1795 yili Buxoro Eron bilan jang qilib, 
juda ko‘p eronliklarni asir olganligi va ularni Buxoroda qul qilib sotganligi 
haqida ma’lumot beradi. 
Shunday qilib, XVIII asr rus elchilari, sayyohlari, turli tadqiqotchilari 
asarlarida Buxoro xonligining ichki va tashqi savdo aloqalari to‘g‘risida 
xilma-xil ma’lumotlar to‘plangan va umumlashtirilgan. Ayniqsa, 
P.I.Richkov va M.D.Chulkov asarlarida O‘rta Osiyoning, asosan, Buxoro 
xonligining qo‘shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarining rivojlanish 
darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shunday qilib Buxoro xonligi qo’shni davlatlar bilan, umuman 
olganda tashqi savdoda va elchilik munosabatlarda o’tgan asrlardagiga 
nisbatan samaraliroq bo’lganligini xulosa qilishimiz mumkin. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə