O‘zbekiston respublikasi


XX asrda sovet tarixshunisligida Buxoro xonligi masalasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

XX asrda sovet tarixshunisligida Buxoro xonligi masalasi. 
XX 
asrga kelib, O‘rta Osiyoda mustamlaka manfaatlarini mustahkamlashga 
intilgan sovet hukumati Buxoro xonligi tarixini o‘rganish tadqiqotlariga 
asosiy e'tibor qaratdi. Bu bir tomondan mustabid tuzumning manfaatlarini 
ifoda etishga xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bir yoqlama 
bo‘lsada, Vatanimiz tarixini chuqur, ilmiy asosda tadqiq etilishiga katta 
yo‘l ochdi. 
 
Bu davrda amalga oshirilgan tadqiqotlar sirasiga I.A.Remezning 
“Внешняя торговля Бухары до мировой войны: опыт историко-
статистический обзор внешней торговли ханства вне сферы 
томоженных 
объединений 
его 
с 
Российской 
империй”, 
A.A.Semyonovning 
“Очерк земельно-податного и налогового 
устройства бывшего Бухарского ханства”, V.Bartoldning “История 
культурной жизни Туркестана”, Sadriddin Ayniyning “Бухоро 
инқилоби тарихи учун материаллар”, F.Xo`jayevning “К истории 
революции Бухаре и национального размежевания в Средней Азии”, 
А.Х.Hamroyevning “К вопросу земельно-водных отношениях в 
Бухарском ханстве Х1Х веке”, A.Muhammadjonov va T.Ne`matovning 
“Бухоро ва Хиванинг Россия билан муносабатлари тарихига доир 
баъзи манбалар”, О.Suxarevaning “К истории городов Бухарского 
ханства”, B.Iskandarovning “Из истории Бухарского эмирата 
(Восточная Бухара и западный Памир в первой половине Х1Х века”, 
L.Shekning “Победа Народной Советской революции в Бухаре”, 
А.Majlisovning “Каратегин накануне установления советской власти”, 
N.Kislyakovning 
“Патриархально-феодалные 
отношение 
среди 
оседлого сельского населения Бухарского ханства в конце Х1Х века – 
начале ХХ века”, М.Vahobovning “Формирования узбекской


40 
социалистической нации”, А.Ishanovning “Бухара в период первой 
русской революции”, N.Xalfinning “Политика России в Средней Азии 
(1857-1868 гг)”, “Россия и хантва Средней Азии (первая половина 
Х1Х века)”, А.Bekmuhammedovning “Народное движение в 1910 года 
в Бухаре”, А.Boboxo`jayevning “Происки британского империализма в 
Средней Азии и позиции Бухары в 1918-1920 гг”, I.Mo`minovning “Из 
истории развития общественно-философской мысли в Узбекистане в 
конце Х1Х и начале ХХ вв.”, А.Fomchenkoning “Русские поселение в 
Бухарском эмирате”, B.G`ofurovning “История таджикского народа”, 
B.V.Luninning “Средняя Азия в дореволюционном и советском 
востоковедение”, Т.To`xtametovning “Русско-Бухарские отношения в 
конце Х1Х – начале ХХ века”, А.Ryabinskiyning “История 
колониального поробощения Бухарского ханства царской Россией”, 
М.Abduraimovning 
“О 
некоторых 
категориях 
феодального 
землевладения и положения крестьян в Бухарском ханстве в Х1Х – 
начале ХХ века”, Т.Fayziyevning “Бухоро хонлигида қул савдоси”, 
О.Chexovichning “Об актовых материалах по истории Бухары”, 
К.Muhsinovaning “К истории выступления Бухарских крестьян против 
налогового гнета в конце Х1Х века”, L.Levteevaning “Присоединение 
Средней Азии к Россией в мемуарных источниках”, N/Norqulovning 
“Тарихи Салимий-ценный источник по истории Бухарского эмирата 
(1860-1920 гг)”, G.Ahmadjonovning “Советского историография 
присоединения Средней Азии к России”, М.Vekselmanning 
“Российский монополистический и иностранный капитал в Средней 
Азии (конец Х1Х начале ХХ века)”, G.Mixalevaning “Торговые и 
посольские связы со среднеазиатскими ханствами через Оренбург 
(вторфя половина XVIII-первая половина XIX века)”, F.Qosimovning 
“Советские историографы Бухарской революции” ва H.Ziyoyevning 
“Ўрта Осиё ва Сибирь” асарларини киритиш мумкин.
Mazkur asarlarning deyarli barchasida X1X asrning ikkinchi yarmi – 
XX asr boshlarida Buxoro xonligi tarixi bo‘yicha ba'zi bir jihatlarini 
yoritishga harakat qilinib, yangi faktik materiallar jalb qilinganiga 
qaramay, ushbu davr mualliflari o‘z asarlarida tarixiy voqyelikni 
yoritishda o‘sha davr va hukmron siyosat nuqtai nazaridan kelib chiqqan 
holda yoritishga majbur bo‘lganlar. 
Buxoro xonligining X1X asr oxiri – XX asr boshlaridagi tarixi, chor 
Rossiyasining Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlari, ular o‘rtasidagi 
tinchlik shartnomasining tuzilishi, Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro 


41 
xonligiga nisbatan olib borilgan siyosiy, iqtisodiy, va harbiy munosabatlar 
tahlili hamda Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro xonligini o‘ziga 
qaram qilish siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy tahlil etishga 
bag‘ishlangan sovet tarixshunosligidagi ilk asarlar XX asrning 20-
yillaridan boshlab nashr etila boshlandi. 
XX asrning 20-yillarida S.Ayniy, I.Remez, A.Semyonov, V.Bartold 
tomonidan yozilgan asarlar tarixiylik, xolisona baholash, haqqoniylik 
mezonlari asosida tarixiy voqyealarga yondashilganligi va ilmiy tahlil 
etilganligi bilan bugungi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan asarlar 
majmuasiga kiradi. I. Remezning asari xonlikning tashqi savdosiga 
bag‘ishlangan bo‘lsa, A.Semyonovning asarlarida ilk bor mahalliy 
manbalarni chuqur o‘rganilganligi va ularni tahlil etish asosida Buxoro 
xonligi tarixi yaratilganligi bilan katta ahamiyatga ega.
S.Ayniy tomonidan yaratilgan asarlar Buxoro xonligining X1X asr 
oxiri –XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganish va tahlil 
etishda muhmi o‘rin tutadi.
XX asr 30-40 yillarida Buxoro xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar 
va tadqiqotlar nisbatan kam amalga oshirildi. A.M.Ryabinskiy, 
O.Chexovich, 
A.X.Boboxo‘jaev, 
A.X.Hamroev, 
B.G‘ofurov, 
N.Proxorovlarning asarlari, X.Bekmuhamedov va L.Shek tomonidan 
himoya qilingan dissertatsiyalar ham ushbu davrning kam sonli 
tadqiqotlari doirasiga kiradi. 
XX asrning 50-yillaridan boshlab, Buxoro tarixiga bag‘ishlangan 
ilmiy asarlar yaratishga qiziqish tobora ortdi va ko‘plab asarlar chop etildi 
hamda ilmiy maqolalar e'lon qilindi. 
XX asrning 50-yillarida yaratilgan asarlar jumlasiga A.I.Eshonov, 
I.Mo‘minov, A.P.Fomchenko, A.X.Hamroev, A.R.Muhammadjonov, 
T.Ne'matov, A.Semyonov, O.A. Suxareva, B.I. Iskandarov, L.Shek, 
A.Majlisov, T.To‘xtametov va K.Muhsinovalar tomonidan yaratilgan 
asarlarning qimmatli tomoni shundaki, ularda qo‘lyozma asarlar va arxiv 
materiallaridan juda unumli foydalanilgan hamda ilk marotaba ular 
tomonidan ilmiy muomalaga olib kirilgan.
T.Fayziev Buxoroda ijtimoiy hayot masalasi, qul savdosi, 
A.Majlisov va B.Iskandarovlar esa xonlikning agrar holati, boshqaruv 
tizimi asoslari haqida qalam tebratganlar. 
N.Kislyakov, A.Hamroev va A.Fomchenkoning tadqiqotlari esa 
xonlik aholisining turmush tarzi, xo‘jaligi, yer-suv munosabatlari hamda 


42 
xonlik hududida rus manzilgohlarining paydo bo‘lishi, ularning xonlik 
hayotiga ta'siri yoritib berilgan.
Sovet tarixishunosligining eng muhim yutug‘i xonlik tarixi bo‘yicha 
tizimlashgan tadqiqotlarning paydo bo‘lishi, unda yoritilgan ma'lumotlar 
o‘z davri nuqtai nazaridan Buxoro davlatchiligi tarixi bo‘yicha keng 
qamrovli ma'lumotlarni berishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə