O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

Tayanch iboralar. 
Dashti Qipchoq, saroy tarixchilari, Shayboniyxon, “Shayboniynoma” 
va 
uning 
nusxalari, 
“Mehmonnomai 
Buxoro”, 
“Sharafnomai 
shohiy”,“Ubaydullanoma”, “Bahr ul-asror”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi 
Abulfayzxoniy”, Antoni Jenkinson, “Moskva” savdo kompaniyasi, 
Byorns, Konolli, Stoddart, Mir Izzat Ulla, Buxoro xonligi tarixi xususida 
sovet tarixshunosligi, mustaqillik yillarida Buxoro tarixini o`ganilishining 
yangi bosqichi
.
Nazorat savollari. 
1.
Buxoro xonligi tarixiga oid mahalliy tarixchilarning asarlarida 
qanday xususiyatlar yetakchilik qiladi? 
2.
Yevropada Buxoro xonligi tarixi haqida ma`lumotlar to`planiv 
borish jarayonining sabablari nimada? 
3.
Buxoro xonligiga Yevropadan amalga oshirilgan ilk elchilik 
haqida ma`lumot bering. 
4.
Sovet davri tarixshunosligida Buxoro xonligi masalasi qanday 
yechimlarga ega bo`lgan? 
5.
Mustaqillik yillarida Buxoro xonligi tarixini o`rganishning ustuvor 
yo`nalishlarini sanab bering.


44 
BUXORO XONLIGI DAVLAT BOSHQARUVI VA MANSABLAR 
Reja: 
1.
 
Buxoro xonligining tashkil topishi haqidagi nazariyalar 
2.
 
Buxoro xonligi davlat boshqaruvi. Xon rutbasi 
3.
 
Mang`itlar hukmronligi davrida davlat boshqaruvi va 
mansablar 
 
 
Buxoro xonligining tashkil topishi haqidagi nazariyalar. 
XVI 
asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq 
tomondan ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati xukmdori Muhammad Shohbaxt 
Shayboniy (1451-1510) hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 
yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Xisor viloyatini, 1504-1505 
yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Xirot hamda 
Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. 
Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm yerlari Afg‘onistonning 
Qandahor, 
Zamindovur 
viloyatlari 
egallandi 
va 
Muhammad 
Shayboniyxonga qaram bo‘lib qoldi. Shayboniyxonning Xurosondaligidan 
foydalangan qozoq sultonlari Movarounnahrga bir necha marta bostirib 
kirib, uni talon-taroj qiladilar. 1506-1509 yillarda Shayboniyxon 
Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti 
Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu yurishlar natijasida Sig‘noq, Yassi, 
Savron shaharlari qayta qo‘lga kiritiladi. Shunday qilib, Movarounnahr va 
Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi xukmronligi qaror topdi. 
Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-raxmon» unvonini 
olib o‘z qo‘lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi. Shayboniyxon 
janubda Eronning ichki viloyatlariga yurish qilgan chog‘da, Mashhad va 
Tus shaharlarini egallab, orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safaviy katta 
ko‘shin bilan yetib keladi. Shayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi 
ko‘shinlar kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo‘ladi. 1510 yilda 
Marv yaqinida bo‘lgan jangda Shayboniyxon qo‘shinlari yengiladi, 
xonning o‘zi ham halok bo‘ladi. Taxtga Shayboniyxonning amakisi, Mirzo 
Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begimning o‘g‘li Ko‘chkunchixon 
(1510-1530) chikdi. Biroq shayboniy sultonlar, beklar jipslashib 
Ismoilshohga qarshi kurashish o‘rniga Shayboniyxon tirikligidayoq 
suyurg‘ol sifatida taqsimlab berilgan viloyatlar va yerlarga egalik qilish 
bilan o‘ralashib qoldilar, ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar 
avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm 


45 
o‘lkalarini, Shimoliy Afg‘onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand 
bo‘lgan Movarounnahrda esa shayboniylar xukmronligi saqlanib qoldi. 
Hozirga qadar yaratilgan adabiyotlarda shayboniylar davlatining 
vujudga kelishi, uning mavjud bo‘lgan davri xususida turlicha 
yondashuvlar, tarixiy faktlarni o‘qish mumkin. Ammo, adabiyotlarda ilgari 
surilgan g‘oyalar shayboniylar davlatining umumiy g‘oyaviy jihatdan to‘la 
shaklini aks ettirsa-da, umumlashma holda yagona to‘xtamga kelishni 
taqozo etadi.
Shayboniylar davlatining Movarounnahrdagi mustahkam o‘rnashib 
qolishiga quyidagi sabablar muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Chunonchi, 
birinchidan, aslida shayboniylar va temuriylar Jo‘ji hamda Chig‘atoy 
naslining davomchilari hisoblanib, merosiy jihatdan qarindoshlik asosida 
bir-birlarining hududlariga egalik qilishga haqli edilar. Ikkinchidan, o‘zaro 
munosabatlar qurol kuchiga tayanib hal etilguniga qadar shayboniy 
hukmdorlari temuriylar saltanatining siyosiy-ijtimoiy hayoti haqida 
mukammal ma'lumotga ega edilar. Uchinchidan, temuriy shahzodalar 
o‘rtasidagi o‘zaro urushlardan bezigan mahalliy xalqning yangi 
hukmdorlarga xayrixoh edilar, shu sababdan shayboniy sulolasi vakillariga 
qarshi ko‘tarilgan harakatlar tarixda kuzatilmaydi. To‘rtinchidan, 
Shyboniyxon tiriklik paytidan mamlakat raqnaqi yo‘lida amalga 
oshirilayotgan islohotlarning natijalarini tez orada namoyon bo‘lishi yoxud 
bu islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy tabaqalarning vujudga 
kelganligi edi.
Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining o‘rnatilishi bilan 
davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotida vujudga kelgan o‘zgarishlar 
davlatchilik taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Xususan, ijro 
hokimiyati vakillarining xon o‘rdugohida doimiy tarzda hozir bo‘lishi, ijro 
masalasida mukammallik va tez fursatlarda vazifalarni bajarish imkoni 
bergan. Shuningdek, har bir ijro hokimiyatining maxsus ular bajaradigan 
vazifalar bo‘yicha nomlar bilan nomlanishi, davlatchilikda mansablar 
terminologiyasini paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Ma'naviy hayotdagi 
tashabbus va yetakchilik hukmdorlar, yuqori tabaqa vakillari orasiga 
o‘tishi xalq orasida ularning obro‘si yuksalishiga, xalq ishonchining 
ortishiga xizmat qildi. Shayboniylar taxtga egalik qilish masalasida 
yangicha yondashuvni amalga oshirdilarki, bu odatga oz muddat amal 
qilingan bo‘lsa-da, taxt uchun o‘zaro urushlarga barham bergan. 
1500 yilda Buxoroni egallagan Muhammad Shayboniyxon ukasi 
Mahmud Sultonga ushbu viloyatni suyurg‘ol sifatida taqdim etib, uni 


46 
boshqarishni topshirgan edi. Temuriylarning dunyoga dong‘i ketgan 
Samarqand esa, Shayboniylar davlatining dastlabki poytaxti vazifasini 
bajargan. 
Chunki, 
Shayboniylar 
ayrim 
sohalarda 
temuriylarning 
davomchilari hisoblanishgan, shu bilan birga Samarqandda poytaxt 
infratuzilmasi tizimli tarzda tashkil etilgan edi. Shu sabab, Shayboniyxon 
(1501-1510), Ko‘chkinchixon (1510-1530) va Abu Said (1530-1533) shu 
shahardan turib, mamlakatni idora qilgan. Ammo, taxtga urug‘lari orasida 
eng yoshi ulug‘i bo‘lgan Ubaydullaxonning 1533 yilda taxga kelishi bilan, 
poytaxt masalasi uzil-kesil hal etilgan, Ubaydullaxonning amri bilan 
poytaxt Samarqandddan Buxoroga ko‘chiriladi. Bunga sabab sifatida 
yuqorida o‘zaro urushlardan uzoqroq bo‘lish maqsad qilingan bo‘lsa, ota 
meros bo‘lgan shahardan ajdodlar tajribasiga tayangan holda mamlakatni 
boshqarish Ubaydullaxonning yuksak ma'naviyat egasi bo‘lganligidan 
dalolat beradi. Poytaxtning ko‘chirilishi bilan o‘zbek davlatchiligida 
Buxoro xonligining vujudga kelishiga zamin yaratdi va shu nom bilan 
atalgan davlat keyingi asrlarda o‘z kuch-qudratini namoyon etdi.
1533 yildan boshlab Buxoro shahri va uning atroflarini 
mustahkamlanishi, shahar asosiga qurilgan yangi davlatga qo‘shni 
hududlarni birlashtirilishi bilan adabiyotlarimizda zikr etilayotgan Buxoro 
xonligi tashkil topgan. Davlat nomining kelib chiqishi shu jarayon bilan 
bog‘liq bo‘lib, davlatning mustahkamlanish jarayonlarini davomiylik 
holati birinchi yondashuv uchun xizmat qiladi.
Ubaydullaxon hayotlik paytida o‘zaro urushlarga barham bergan 
bo‘lsa-da, uning vafoti bilan ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat 
uchun kurashlar boshlanib, Shayboniyxon avlodlarining har biri taxtga 
alohida-alohida davogar edilar. Ularning har biri o‘zi ota meros bo‘lgan 
hududlarda mustaqillikka intilar, imkoni bo‘lsa, xonlik taxtini egallash 
ishtiyoqini edilar. Buning natijasida Ko‘chkinchixonning o‘g‘li 
Abdullaxon 1 ning qisqa vaqt hukmdorligidan so‘ng mamlakatda 
qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi, ya'ni davlatda ikki hukmdor paydo 
bo‘lgan.
Biri Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroda, ikinchisi- 
Ko‘chkinchixonning o‘g‘li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila 
boshladilar. Mamlakat bir necha hokimliklarga bo‘linib ketdi, mamlakatda 
kuchli 
va 
qat'iyatli 
hukmdorga 
zarurat tug‘ildi. Mamlakatda 
parokandalikka chek qo‘yish uchun markaziy hokimiyatni yana qayta 
tiklash va kuchaytirish zarur edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga 
Miyonqol hokimi Iskandar sultonning o‘g‘li Abdullaxon 2 (1534-1598) 


47 
chiqdi. U shayboniylar sulolasining yorqin vakillaridan biri bo‘lib, Jonibek 
sultonning nabirasi edi.
XX 
asrning 
90-yillarida 
yaratilgan 
adabiyotlarda 
aynan 
Abdullaxon 2 ning 1556 yilda Toshkent hokimi, bir paytning o‘zida 
shayboniylardan bo‘lgan hukmdor Navro‘z Ahmadxon (1551-1556) 
ustidan Qarshi yaqinidagi jangda qozongan g‘alabasi tufayli hokimiyat 
Iskandar sultonning qo‘liga o‘tdi. Aslida Miyonqol hokimi bo‘lgan 
Iskandar sultonning hokimiyatga kelishi shayboniylar o‘rnatgan tartib 
bo‘yicha urug‘ning yoshi ulug‘i taxtga munosib baholangan odatga 
asoslangan edi. Tarqoqlikka barham berish, mamlakatni birlashtirish 
dolzarb bo‘lib turgan bir paytda Abdulla sulton maydonga chiqqan, uni 
katta mavqyega ega bo‘lgan jo‘ybar shayxlari qo‘llab-quvvatlaganlar. 
Abdullaxon Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon (1557-1561 yillarda 
amakisi Pirmuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy 
xukmdor deb e'lon kilingan bo‘lsada, amalda xukmdor Abdullaxon edi). 
1557 yilda Buxoroni davlat poytaxti, mamlakatning siyosiy-ma'muriy 
markaziga aylantiradi. Shu boisdan davlatning o‘zi ham Buxoro xonligi 
deb ataladigan bo‘ldi. Bu holat ikkinchi yondashuv uchun asos bo‘ladi. 
1583 yilga qadar Abdllaxon 2 mamlakatda yirik o‘zgarishlarni 
amalga oshirish bilan birga shayboniylar arkoni davlati qoidalariga ham 
qat'iy amal qildi. Otasi Iskandar sulton 1556-1561 yillarda, amakisi 
Pirmuhammad 1561-1583 yillarda yurt so‘ragan paytda Abdullaxon 2 
davlat sarhadlarini kengaytirish yo‘lida harbiy harakatlar, mamlakat 
xo‘jaligini tiklash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirdi. 1583 yilga kelib, 
yosh jihatdan shayboniylar orasida yoshi ulug‘iga aylangan Abdullaxon 2 
amakisi Pirmuhammad vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga munosib ko‘rildi. 
Shu davrdan uning rasmiy jihatdan hukmdorlik davri boshlanishi uchinchi 
yondashuv uchun asos bo‘ladi.
Shayboniylarga amakivachcha ashtarxoniylar Jo‘jixon naslidan 
bo‘lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxanda hukmronlik 
qilganlar. 1556 yilda Astraxanni podsho Ivan IV (1533-1584) Grozniy 
tomonidan Moskva davlatiga qo‘shib oldi. Astraxanning sobiq xoni 
Yormuhammadxon oila a'zolari va qarindoshlar-urug‘lari bilan Buxoroga 
keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon izzat-ikrom bilan kutib oladi. 
Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek 
Sultonga turmushga beradi. U shu tariqa Buxoro xoni oilasining oilasining 
a'zosi bo‘lib qoldi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il ko‘radi. 


48 
Jonibek Sulton va uning o‘g‘illari Buxoro xonligida yuksak mavqyega 
erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar.
Shayboniylar sulolasidan munosib taxt vorisi qolmagach, Jonibek 
Sulton xonlik taxtiga eng munosib nomzod bo‘lib qoldi. Xonlikning 
nufuzli kishilari unga taxtni egallashni taklif etadilar. Lekin u o‘g‘li Din 
Muhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Shu jarayon turli 
adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Masalan, XX asr adabiyotlarida taxt 
ashtarxoniylarga merosiylik nazaridan topshirilgani aytilsa, yangi davr 
adabiyotlarida Samarqand hokimi Boqi Muhammadning (1601-1605) 
Buxoroga yurishi oqibatida yangi sulola qo‘liga o‘tganligi yoritilgan.
Shuningdek, ko‘p sonli adabiyotlarda Ashtarxoniylar sulolasi 
boshqargan davrning o‘zi Buxoro xonligi deb atalishi haqida fikrlar 
ustunlik qiladi. Chunki, ko‘p hollarda bir sulola vakillarining boshqaruv 
davri alohida davlatchilik an'analarini vujudga kelishi, taraqqiyoti faqat bir 
davlat tajribalariga bog‘lash odati hukmronlik qilganining dalolatidir.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə