O‘zbekiston respublikasi


partiyaning tashkiliy va dasturiy masalalari hamda kurash taktikalari



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019


partiyaning tashkiliy va dasturiy masalalari hamda kurash taktikalari 
muhokama qilindi. 
«Yosh buxoroliklar»ning inqilobiy firqa deb atalgan qismiga 
F.Xo’jayev rahbarlik qilgan. U Toshkentda bir oz vaqt bo’lgach, o’zi va 
o’z partiyasi oldida turgan maqsadlarni tezroq amalga oshirish uchun 
yordam so’rab Moskvaga bordi. 1918 yilning yozida uni yo’lda 
Orenburgda oq gvardiyachi ataman Dutov hukumati qamoqqa oldi. To’rt 
oy qamoqda o’tirgach undan qochib, oktyabr oyida Moskvaga yetib bordi. 
F.Xo’jayev «yosh buxoroliklar» partiyasi Markaziy Qo’mitasi nomidan 
Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi Ya.M.Sverdlovga 1919 yil 
29 yanvarda maxsus xat yozdi. Xatda u Buxorodagi siyosiy vaziyat haqida, 


175 
o’zining qanday qilib Moskvaga yetib kelganligi to’g’risida ma'lumot 
berdi. Xatning asosiy mazmuni yosh buxoroliklarning inqilobiy partiyasiga 
moddiy va ma'naviy yordam berish, unga amir hokimiyatini ag’darish 
uchun qurol so’rash hamda keng miqyosda sotsialistik-targ’ibot olib borish 
uchun sarmoya ajratish haqidagi iltimosidan iborat bo’ldi. Fayzulla 
Xo’jayev Sovet Turkistonida muhojirlikda bo’lgan davrda safdoshlarini 
ishga joylashtirish va moddiy jihatdan ta’minlash bilan faol shug’ullangan. 
1918 yil o’rtalaridan to 1920 yil yanvar oyigacha bo’lgan davrda Fayzulla 
Xo’jayev yosh buxoroliklar partiyasining keyingi taraqqiyoti uchun bir 
qancha ishlarni amalga oshirdi.Jumladan u partiyaning yangi dasturini 
tayyorladi. Bu dasturda Buxoro xonligini ag’darish va uning o’rnida 
Buxoro demokratik xalq respublikasini o’rnatish kerakligi ta’kidlandi.
1920 yil yanvarida Fayzulla Xo’jayev boshchiligida Toshkentda 
inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston markaziy byurosi 
tashkil qilindi. 1920 yil 15 apreldan Fayzulla Xo’jayev muharrirligida 
“Uchqun” gazetasi chiqa boshladi. 1920 yil iyunida Fayzulla Xo’jayev 
yosh buxoroliklarning partiyasining navbatdagi yig’ilishini chaqirdi. 
Yig’ilishda Fayzulla Xo’jayev tomonidan yozilgan dastur qabul qilindi. 
Dasturda yangi jamiyat va davlat qurilish asoslari ishlab chiqildi. Dasturda 
bir qancha ilg’or g’oyalar ilgari surilgan edi. Jumladan, Buxoroda yangi 
usul maktablari ochish, gazeta va jurnallar nashr etish, yoshlarni Yevropa 
davlatlariga o’qishga yuborish, Buxoroda demokratiya asosida hukumat 
tuzish, xorijiy davlatlarning Buxoroning ichki ishlariga aralashishlariga 
yo’l qo’ymaslik va boshqalar. Dasturda shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, amir va beklarning 
yerlarini musodara qilib, yersiz dehqonlarga taqsimlash,sug’orish 
tarmoqlarini davlat tomonidan yaxshilash, haftasiga 8 soatlik ish kunini 
joriy etish,18 yoshga yetmaganlarga nisbatan majburiy mehnatni bekor 
qilish. Yangi tuziljak davlatning sudlov ishlari shariat asosida olib 
borilishini ham ta’kidlab o’tilgan edi.
1919 yil 16 noyabrda Moskvada «Yosh buxoroliklar» qo’mitasi 
Turkiston sovet hukumatining Muxtor Vakolatxonasi a'zolari bilan 
birgalikda kengash o’tkazdi. Unda F.Xo’jayev yozgan yosh buxoroliklar 
qo’mitasi «Instruktsiyasi»ning loyihasi tasdiqlandi. Bu hujjat «o’ta 
inqilobiy» ruhda yozilgan bo’lib, unda partiyaning maqsadi qurolli 
qo’zg’olon bilan amirni ag’darishdan iborat bo’lgan. 
Bundan tashqari F.Xo’jayev «yosh buxoroliklar» firqasi Moskva 
byurosining «Xitobnoma»sini ham yozdi. Bu xujjatda o’zining 


176 
«Sotsialistik inqilobga to’la sadoqati va ishonchini ko’rsatdi. Buxoro 
dehqonlari va sarboz (Askar)larini amirga qarshi kurashga, uning 
hokimiyatini ag’darishga da'vat etildi. Shu bois F.Xo’jayev Rossiya 
kompartiyasi va hukumati rahbarlarining hurmat va e'tiboriga sazovor 
bo’ldi. U 1920 yil yanvarida Rossiya hukumati va partiyasining 
Turkkomissiya a'zolari bilan birga Toshkentga keldi va Turkkomissiya 
yordamida amir hukumatini ag’darishga tayyorlandi. 1920 yil 15 aprelda 
F.Xo’jayev muharrirligida «Uchqun» gazetasining birinchi soni chiqdi. 
Uning nomi ham, asosiy shiori ham bolsheviklarning lenincha «Iskra» 
gazetasidan olingandi. «Shunday kun keladiki, o’shanda uchqun alanga 
oladi». Gazetaning jami soni 5 ming nusxadan 8 ta soni chiqdi. Bu gazeta 
ham «Qutulish» kabi Toshkentda maxfiy ravishda bosilib Buxoroda 
tarqatildi. 
1920 yil yanvarida F.Xo’jayev Moskvadan qaytib kelgach, iyunning 
o’rtalarida ilgari kompartiya safiga kirishdan bosh tortgan «yosh 
buxoroliklar» partiyasining konferentsiyasini chaqirdi. Konferentsiya 
F.Xo’jayev tomonidan yozilgan dasturni qabul qildi. Dasturda yangi 
jamiyat va davlat qurilish asoslari ishlab chiqildi, odil sudlov ishlarining 
asosida shariat qoidalari turishi ko’rsatildi. Bundan tashqari unda yana 
amirlik tugatilgach, umumiy saylov asosida Ta'sis majlisi chaqirilishi, 
demokratik xalq jumhuriyati tashkil etish belgilangan edi. 
Dasturning asosiy mazmuni RKP(b) dasturidan olingan edi. Shuning 
uchun ham F.Xo’jayev Mahalliy kommunistik firqa rahbarlari bilan o’zi 
o’rtasidagi kelishmovchilikni hisobga olib, to’g’ridan-to’g’ri Leninga xat 
yozdi va o’z firqasini Rossiya kompartiyasiga qo’shib olishni iltimos qildi. 
Lenin ushbu xatga ilova qilingan dastur bilan tanishdi va uni RKP(b) 
Tashkiliy byurosiga topshirdi. Tashkiliy byuro dasturdagi sotsializmga zid 
bo’lgan g’oyalarni hisobga olib, bu partiyani Rossiya kompartiyasiga 
qabul qilishni vaqtincha kechiktirdi. 
Nihoyat bu masala Toshkentda Turkkomissiyaning muhokamasiga 
qo’yildi. Turkkomissiya o’zining 1920 yil 3 avgustdagi majlisida 
markazning ko’rsatmasiga ko’ra «yosh buxoroliklar»ning inqilobiy guruhi 
bilan Buxoro kompartiyasini birlashtirish masalasini muhokama qildi. Har 
ikki tomon o’z faoliyati va asl maqsadi to’g’risida axborot berdi. «Yosh 
buxoroliklar» o’zlarini kommunistik nuqtai nazarda ekanliklarini ko’rsatib, 
Buxoroda amir hokimiyati ag’darilganidan keyin kompartiya safiga kirish 
to’g’risida fikr bildirdilar. Ushbu g’oyani hisobga olgan holda 
Turkkomissiya bu ikki firqa hozir birgalikda ittifoq tuzib, amirga qarshi 


177 
inqilobiy ish olib borishi mumkin degan mazmunda qaror qabul qildi. Bu 
qaror rus sovet hukumati va kompartiyasining Buxoroga nibatan 
dushmanlik, bosqinchilik va mustamlakachilik harakatini amaliy jihatdan 
yangi bosqichga ko’tardi. «Buxoroda revolyutsiya yetilib kelayotganligi 
sababli qurolli qo’zg’olonni tayyorlash va o’tkazishga rahbarlik qilish 
uchun Harbiy revolyutsion byuro tuzildi. Byuroga Turkfront bosh 
qo’mondoni M.V.Frunze, «yosh buxorolik inqilobiylar» markazi byurosi 
raisi F.Xo’jayev, Sharqda internatsional targ’ibot olib boruvchi 
kengashning raisi Geller va Turkiston Kompartiyasi vakili N.To’raqulov 
kiritildi.»
Voqealarning rivojlanib borishi shundan dalolat bermoqdaki 
Buxoroda hech qanday inqilobiy vaziyat ham, inqilobchilarning o’zi ham 
bo’lgan emas, u bolshovoylar va ularga aldanib sotilgan bir guruh 
«mahalliy inqilobchilar» tomonidan sun'iy suratda tayyorlandi. 
Nomigagina tuzilgan Buxoro «Harbiy inqilobiy byurosi» Turkfront va 
uning bosh qo’mondoni M.V.Frunzega bo’ysunar va uning buyrug’ini 
bajarar edi. Shu bois ham bu soxta «Harbiy inqilobiy byuro»ni 
«qonunlashtirish» maqsadida 1920 yil 16 avgustda Chorjo’yda Buxoro 
kompartiyasining IV qurultoyi chaqirildi. 
Qurultoy asosan ikki masalani hal qildi: 1. Amirga qarshi to’g’ridan 
to’g’ri urush e'lon qildi: 2. Yosh buxoroliklarning vaqtinchalik ittifoqini 
tuzdi. Bu ikki firqa o’rtasida amirga qarshi tuzilgan ittifoq g’ayri tabiiy 
bo’ldi. 
Qurultoyda asosiy ma'ruzachi bo’lgan A.Akchurinning yozishicha 
uni «yosh buxoroliklar» bilan birlashish maqsadida sotqin deb ayblaganlar 
ham bo’lgan. Abduqodir Muhitdinov boshliq bir guruh kommunist 
deputatlar hatto qurultoyni tashlab chiqib ketdilar. Bundan ko’rinadiki, 
qurultoy ikki firqa o’rtasida to’qnashuv maydoniga aylangan, o’ta 
nomurosasozlikda o’tgan. Lekin shunga qaramay qurultoyga bosh-qosh 
bo’lgan V. Kuybishev boshliq bolshoviklar ikki qarama-qarshi guruhni 
amirga qarshi kurashish uchun bir «ittifoqqa» (blokka) birlashtirishga 
muvaffaq bo’ldilar. Chunki Turkkomissiya va Turkfront RSFSR va 
RKP(b) rahbarlaridan «qanday qilib bo’lsa ham Buxoroni egallash, uni 
Rusiya manfaatiga moslash» haqida aniq topshiriq olgan edida. 
Buxoro respublikasi siyosiy tizimi boshida Yosh buxoroliklar partiyasi 
va kompartiyasi (BKP), keyinchalik boshqa ijtimoiy tashkilotlar faoliyat 
ko'rsatdilar, hokimiyatda ko'pchilik Yosh buxoroliklar edilar. Turkiston 
bolsheviklari ta'siri ostida Yosh buxoroliklar partiyasi BKP bilan qo'shildi, 


178 
1920-yil sentabr oyida kompartiya yagona siyosiy partiya bo'lib qoldi. Ammo 
hokimiyat va boshqa sohalarda Yosh buxoroliklarning reja dasturi amaliyot 
asosi bo'lishi davom etdi. Rasman ko'ppartiyaviylik tugatildi. BKP a'zolari 
soni 17 mingdan 1921-yil 1-yanvariga kelib 4 mingtaga tushdi, 1923-yil 
yozida 1248 ni tashkil qildi. Partiyada tez-tez «chistka»lar o'tkazildi. 
Sobiq Yosh buxoroliklar – hukumat rahbarlari, nozirlar, xalq ommasi 
respublikaning demokratik yo'l bilan rivojlanishi, iqtisodiyot va 
madaniyatni tiklash, rivojlantirish uchun sa'y-harakatlar qildilar. Ammo 
dastlabki haftalar va oylarda bolsheviklar, qizil qo'shinlar qo'mondonligi 
aralashuvi bilan inqilobiy jazo organlari: Tribunallar, CHK (favqulodda 
komissiya), shtablar qoshida siyosiy bo'limlar tashkil qilinib, shiddatli ish olib 
borildi, inqilobiy mazmundagi ayrim dekretlar, tadbirlar e'lon qilindi. 
Jumladan, 1920-yil 9-sentabrda «Yer to'g'risidagi dekret», 11 oktabrda oziq-
ovqat razvyorstkasi to'g'risidagi dekretlar e'lon qilindi, tezkorlik bilan 
militsiya tashkil etildi, bir qator keraksiz sho'balar tuzilib, hokimiyat apparati 
bo'rttirib yuborildi, inqilobiy ekspropriatsiya o'tkazildi, islom dini, ruhoniylar, 
masjid-madrasalarga qarshi, vaqflarni yo'q qilish choralari, siyosati o'tkazila 
boshladi. 
1923-yil yozi-kuzida tashqi kuchlar tazyiqi bilan hukumat tarkibi va 
mavqeida jiddiy o'zgartirishlar qilindi. Shuningdek, konstitutsiyaga ham 
o'zgartirishlar kiritildi. Siyosiy vaziyat o'zgarib ketdi. Respublikaning 
ma'muriy bo'linishi o'zgartirildi, 5 ta okrug (Zarafshon, Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Turkman va Sharqiy Buxoro okruglari), 48 ta tuman va 195 
ta kent tuzildi. Qishloqlarda oqsoqolliklar o'rniga sovetlar tuzishga kirishildi. 
1924-yildan boshlab Buxoro respublikasi O'rta Osiyo hududiy qayta 
qurish jarayoniga tortildi. Buxoro respublikasida g'oyaviy-siyosiy hayot 
demokratik tamoyillarni joriy qilish, yangi ijtimoiy munosabatlarga o`tishga 
qaratildi. Yosh buxoroliklar tashkiloti rasman yo'q bo'lsa ham, hokimiyat 
organlaridagi milliy kadrlar, ziyolilar, aholining boshqa qatlamlari targ'ib 
qilingan islohotlar g'oyalariga amal qildilar.
Rossiya qo'shinlari mamlakat hududiga kirib kela yotib, yo'l-
yo'lakay dehqonlar mulkini shu qadar ko'p taladilarki, bu hol respublika 
siyosiy-g'oyaviy muhitiga qo`shimcha salbiy ta'sir ko'rsatdi. Yosh
buxoroliklarning g'oyalari va BKP siyosati o'rtasidagi jiddiy tafovut 
ijtimoiy vaziyatni keskinlashtirdi. Buxoro rahbariyati 1921-yil mart oyida 
qator chet mamlakalar hukumatlariga yo'llagan murojaatnomasida Buxoro 
xalqi... Yosh buxoroliklar ta'sirida uyg'ondi», deb ta'kidladi. BKPni 
F.Xo'jayev «Sun'iy tuzilgan partiya», deb atadi. Rossiya va Turkiston 


179 
bolsheviklariga tayangan BKPning ayrim rahbarlari zudlik bilan inqilobiy 
o'zgartirishlarni amalga oshirishni, chunonchi, yerlar, boyliklarni musodara 
etishni, vaqflarni yo'q qilishni, islom diniga qat'iy hujum boshlashni talab 
qildilar. 1920-yil oxiri - 1921-yil boshida o'tgan munozarada Buxoro 
to'ntarishi, yangi hokimiyat mohiyatiga oid demokratik yo'l hamda so'1-
ekstremistik yondashuvlar to'qnashdi. 
Buxoro respublikasining liberal-demokratik kayfiyatdagi rahbarlari 
o'z g'oyalarida qat'iy turdilar. Mamlakatda qizil qo'shinlar sonini 15 mшng 
kishiga kamaytirish, Rossiyaga berilgan oziq-ovqat, paxta va boshqa mollar 
evaziga narxi teng bo'lgan mollar yetkazib berish masa-lalari qo'yildi. 
BKPning qator so'1-ekstremistik rahbarlari lavozimlaridan bo'shatilib, chetga 
ketishga majbur bo'ldilar. «Yer to'g'risida»gi dekret bekor qilinib
ekspropriatsiyalar, razvyorstka, zo'rlik choralariga barham berildi. 
Turkbyuro raisining muovini G.Safarov BXSR ichki ishlariga qo'pol 
ravishda aralashishga intildi, rahbarlarni ochiq majlisda haqorat qildi. Unga 
qat'iy tanbeh berildi, RSFSR tashqi ishlar komissarligiga norozilik notasi 
yuborildi. F.Xo'jayevning qat'iyati bilan Buxoro Chekasi tugatildi, 
tribunallar, siyosiy bo'limlar tomonidan fuqarolarni jazoga tortish 
vaqtinchalik to'xtatildi. Islom dini, masjid-madrasalar xizmati, ruhoniylarning 
faoliyat erkinligi tiklandi, yangi qoziliklar ish boshladi. 1923-yil yozida 
BXSR qozilarining I qurultoyi bo'lib o'tdi. 65 ta qozilik hududida 528 kishi 
xizmat qilardi. Yangi sovet sudlari tashkil etildi. 
Respublika hukumati va jamoatchiligining demokratik yo'ldan borishi 
mulkdorlarni yo'q qilish, sinfiy adovat kelib chiqishiga imkon bermadi. 
Ijtimoiy vaziyat mo’tadil darajada saqlandi. 
Rossiyadagi bolshevistik rahbariyat, Turkkomissiya BXSRdagi muhitni 
va siyosiy kuchlar muvozanatini o'zgartirishga urindi. BKPdagi so'l 
og'machilikni tanqid qilish bilan birga, asosiy zarbani respublika hukumatiga 
qaratdilar. Bolshevistik namoyandalar tez-tez Buxoroga qatnay boshladilar. 
Ularning faol ishtiroki bilan nozirlar Fitrat, M.Saidjonov, M.Aminov, 
Otaxo'jayev, Sattor Xo'jayev «burjua savdogarlari vakillari» deb lavozimlaridan 
bo'shatildilar. Mahalliy idoralarda ham «chistka»lar o'tkazildi, Buxoro viloyatida 
56 kishi, Karki viloyatida 70 kishi ishdan chetlashtirildi, ularning ko'pchiligi 
javobgarlikka tortildi. Respublika markazi va g'arbidagi o'nta mahalliy ijroiya 
qo'mitalarinig raislari ishdan olmdi. 
Ammo, keyingi davrda ham aholining, respublika rahbarlarining sa'y-
harakatlari fuqarolar totuvligi, ijtimoiy munosabatlarning barqaror 
kechishiga 
qaratildi. 
1924-yil 
yozida 
F.Xo'jayev 
aholining 


180 
qashshoqlashganini e'tirof etib, bundan qutulish tadbirlarini izchil amalga 
oshirish zarurligini uqtirdi. Turkistondan Q.Otaboyev va boshqalar Buxoroga 
yuborilib, rahbar lavozimlarga tayinlangan edilar. Hukumat raisi muovini 
Q.Otaboyev 
Resppublika 
iqtisodiyotini 
ko'tarish, 
jumladan, 
pul 
muomalasini sog'lomlashtirish, byudjet masalalari bilan jiddiy shug'ullandi. 
BXSRning qo'shni mamlakatlar bilan o`zaro foydali aloqalarini davom 
ettirishga e'tiborni qaratdi. 
Rossiya kommunistik firqasi bilan «muqaddas ittifoq» tuzgan 
bo’lsada, F.Xo’jayev ham mustaqillik uchun kurashdi. Fayzulla Xo’jayev 
topshirig’i bilan Ota Xo’jayev, Soddiq Muhammadiyev va Naimjon 
Yoqubzodalar Ko’lob viloyatining Baljuvon tumanidagi Qizil armiya va 
qo’rboshilar bilan «Bitim» tuziladi. Unda «Muborak Buxoro»ni bosib 
olgan Rossiya qo’shinlari shahardan darhol olib chiqib ketilishi, talab 
ketilgan mulk va boyliklar Rossiya hukumati tomonidan Buxoroga 
qaytarilishi, Rossiya davlati «agar o’z hukmini o’tkazish siyosatini 
to’xtatsa» unga hurmat ko’rsatilishi qayd etiladi. Bu ish uchun F.Xo’jayev 
Moskvada SSSR Tashqi ishlar noziri Chicherindan qattiq dakki yeydi. 
F.Xo’jayev yashirincha jadid tashkilotlarining ishida ham faol 
qatnashdi. U Buxorodagi «Turkiston milliy birligi», «Milliy ittihodning» 
ishlaridan to’la xabardor bo’ldi. 1923-yilda u «Milliy ittihod»ning O’rta 
Osiyo tashkiloti rahbarlarining yig’ilishida Sovet Rossiyasi va Sovet 
Buxorosi munosabatlariga oid bir hujjatni e'lon qildi. Uni iqtisod, moliya 
va hozirgi kunning vazifasi masalalari to’g’risida aniq fikrlar bildirgan edi. 
Hujjatda iqtisodiy masalada «Bugungi kundagi Sovet Rossiyasi va Buxoro 
munosabatlari sobiq rus saltanati va Buxoro xonligi munosabatlaridan farq 
qilmay qoldi» deb ta'kidlagan edi. 
Moliya masalasida esa quyidagilar yozilgan edi: «Rusiya har xil yo’l 
bilan bizning pulimiz qiymatini pasaytirish va va shu yo’l bilan o’z pul 
birligini joriy qilish niyatida. Bizning banklarni yo’q qilib, o’z bankini 
ochish orqali Rusiyaga bizni to’la tobe qilib qo’ydi». 
F.Xo’jayev Buxoro taqdiri bo’yicha o’z qilgan ishlari, xatti-
harakatidan qoniqish hosil qilmaydi, afsuslanadi. U ona yurti 
O’zbekistonning rus-bolshevizm bosqini ostida qolganligidan yurak bag’ri 
eziladi, o’z onasi-Rayhon Saidmurod qizini quchoqlab, 1935- yilda o’ksib-
o’ksib yig’lab aytadi: «Onajon siz meni baxtsiz qilib dunyoga keltirgan 
ekansiz, men Vatanim, millatim, xalqim uchun jonimni jabborga berib 
ishlayapman, lekin... men Rusiya buyrug’ini qul misli bajarishdan boshqa 
hech narsa qila olmayapman!». 


181 
F.Xo’jayevning milliy istiqlol yo’lida qilgan xizmatlaridan yana 
bittasi shuki, u turkiy xalqlar milliy ozodligi va mustaqilligining yirik 
bayroqdorlaridan biri bo’lgan boshqirdistonlik Zaki Validiy To’g’on va 
Turkiston 
jadidlarining 
sardorlaridan 
Munavvar 
Qori 
Abdurashidxonovlarni o’z qanoti ostiga oladi. Zaki Validiy To’g’on 
Boshqirdiston milliy hukumati bostirilgach katta umidlar bilan bu yerga 
kelgan edi. Munavvar Qori esa, Turkistondan surgun qilindi. Shu bois u 
bilan birga «Milliy ittihod» (yoki «Ittihodi milliy») ham bu yerga 
ko’chadi. Ularning faolligi natijasida Buxoroda O’rta Osiyodagi turkiy 
musulmon xalqlarining yashirin milliy ozodlik tashkilotining markazi, 
ya'ni Munavvar Qori ta'kidlaganidek, «markazlar markazi» - «Turkiston 
milliy birligi» tashkil topadi. F.Xo’jayev ongli suratda butun mas'uliyatni 
o’z zimmasiga olib bu tashkilot faoliyati uchun barcha sharoitni yaratib 
beradi. Tashkilot rahbariyatining majlislari hukumat a'zolarining uylarida 
maxfiy suratda o’tkazilgan. Bundan tashqari, F.Xo’jayev boshliq hukumat 
milliy istiqlolni saqlash va mustahkamlashning eng zarur shartlaridan biri 
milliy mutaxassis kadrlar tayyorlash, maorif va madaniyatni rivojlantirish, 
milliy yoshlarni xorijiy mamlakatlarga o’qishga yuborish kabi masalalarga 
katta e'tibor berdi. Shaxsan F. Xo’jayevning fidoyiligi bilan 20 yillarda 23 
kishi Buxorodan Germaniyaga o’qishga yuborildi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasida ta’lim-tarbiya jarayonini 
yo’lga qo’yish uchun pedagoglar tayyorlashga alohida e’tibor bilan 
qaraldi va Buxoroda ikkita o’qituvchilar tayyorlash instituti tashkil 
etildi. Fayzulla Xo’jayev rahbarligi davrida BXSR 32 ta boshlang’ich 
va o’rta maktab, 11 dan ortiq bolalar uyi, pedagogik kurslar, hunar 
maktablari, ikkita musiqa maktabi va savodsizlikni tugatish uchun 
ochilgan qisqa kurslar muntazam ishlay boshladi.
Fayzulla Xo’jayev bilimli va malakali mutaxasislar yosh 
respublikani rivojlantirishda muhim ekanligini tushunib yetgan edi. 
Fayzulla Xo’jayev tavsiyasi bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 
xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqa qilish bo’limining boshlig’i 
Abdulvohid Burhonov Germaniyada tahsil olayotgan yoshlarga 
rahbarlik qiladi. Fayzulla Xo’jayevning o’zi ularning yashash va 
o’qish sharoitlaridan doimo xabardor bo’lib turdi va ular uchun kerakli 
sharoitlarni yaratib berdi. 1922-yilning oxiri – 1923 yil boshlarida 
Germaniyaga davolanishga borgan Fayzulla Xo’jayev Germaniyaning 
turli shaharlarida ilm-hunar olayotgan yuzdan ortiq turkistonlik yigit-


182 
qizlar bilan muloqotda bo’ladi. Ularning yashash sharoiti, o’qishlari 
bilan qiziqadi.
Germaniyada tahsil oluvchi yigit va qizlar uchun Berlinda o’zbek 
tilida bosmaxonasi tashkil etilib, qancha o’zbek adiblarining asarlari 
va she’riy to’plamlari arab alifbosida o’zbek tilida chop etilgan. 
Fayzulla Xo’jayev Germaniya bilan bir qatorda Rossiyada ham 
Buxoro yoshlarini ilm-fan yutuqlarini egallashlariga imkoniyat yaratish 
maqsadida 1923-yilning mart oyida RSFSR Maorif Xalq Komissari A. 
V. Lunacharskiy ga xat yo’llab, buxorolik 11 nafar yoshlarni 
Moskvada o’qishlariga sharoit yaratib berishini so’raydi. Shu tariqa 
1923-yil 27 martda Moskvada buxorolik yoshlar uchun “Maorif uyi” 
ochildi. Bu ilm muassasida 200 dan ortiq yoshlar turli mutaxassislik 
bo’yicha bilim va malakalarni qo’lga kiritdilar. 
1923-yildagi ma’lumotlarga qaraganda BXSRda 19 ta madaniy-
oqartuv muassasalari, shu jumladan, 17 ta kutubxona va qiroatxona, bir 
muzey, 2 ta drama truppasi, bir teatr va 4 kinoteatr ishlab turdi. Bu 
yosh respublika uchun katta ma’naviy-madaniy yutuq edi. 
Fayzulla Xo’jayev BXSRda kino sohasining rivojlanishiga bosh-
qosh bo’ldi. 1924 yil Fayzulla Xo’jayevning tashabbusi bilan O’rta 
Osiyoda birinchi kino tashkiloti,–«Buxkino» tashkil etildi. “Buxkino” 
o’zining ikki yillik faoliyati davomida bir qancha hujjatli filmlar va 
“O’lim minorasi” nomli ilk badiiy film yaratdi. Bu o’rinda shuni aytish 
joizki, Buxoro Xalq Sovet Respublikasida kino san’atini rivojlantirish 
yo’lida “Buxkino” xodimlari uchun Fayzulla Xo’jayev o’zining 
shahardagi uyini bo’shatib beradi. 
Xulosa qiladigan bo’lsak Fayzulla Xo’jayev boshchiligida BXSR 
hukumati respublika mavjud bo’lgan to’rt yil mobaynida bir qancha 
amaliy ishlar amalga oshirildiki, bularning barchasi uning taraqqiyoti 
uchun xizmat qildi. Bu ishlarda bevosita Fayzulla Xo’jayev va boshqa 
buxorolik yurt fidoyilarining xizmatlari katta bo’ldi. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə