O‘zbekiston respublikasi


F.Xo`jayev va yosh buxoroliklar harakati



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

F.Xo`jayev va yosh buxoroliklar harakati.
 
Turkiston o`lkasida 
ilm-ma`rifatni targ`ib qilgan jadidchilik harakati dastlabki paytda savod 
ishlari bilan shug`ullandilar. Shu asnoda ular olib borgan harakat mohiyat 
jihatidan ozodlik uchun kurash mazmunida bo`lsada, harakatning dastlabki 
paytlarida muvaffaqiyatga qozona olmadi. Ammo, xalq orasida ilmu urfonni 
tarqatish ishlaridan to`xtab qolingani yo`q. Jadidlar, bir tomondan, Turkiston 
mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda 


183 
demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. 
Bu 
kurash Jadidchilik 
mafkurasining asosini tashkil qiladi. 
Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv 
shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar. 
Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi 
Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik 
masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon 
ma'rifatdan siyosatga tomon yo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki 
jamiyatni tubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun 
kurash boshlanganligini ham anglatar edi. 
Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, 
taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan, parlament orqali 
erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy 
xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag'ri kengligi, sabr-toqati, 
bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan 
hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos 
milliy g'oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u 
Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'lboshchilari 
tomonidan yanada rivojlantirildi. 
Hududiy jihatdan yagona bo’lgan O’rta Osiyoda jadidchilik harakati 
bir vaqtda paydo bo’lgan bo’lsada, o’z oldiga qo’ygan kurash maqsadlari 
jihatidan ikki xil yo’nalish kasb etgan. Jumladan, Turkistonlik jadidchilar 
o’z oldilariga boshq maqsad qilib Turkiston o’lkasini Rossiya 
mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni 
qo’ygan bo’lsalar, buxoro va xivalik jadidlar hokimi mutlaq-o’z 
monarxlari bo’lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb 
bildilar. Rossiya mustamlakachiligi zulmini, uning barcha yaramas va 
og’ir illatlarini, noinsoniy ko’rinishlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan, uning 
barcha azoblari yukini yelkasida ko’tarib undan nafratlangan Turkiston 
o’lkasi xalqlari bosh maqsad qilib ana shu shovinistik mustamlakachilik 
zulmidan ozod bo’lshni, milliy mustaqil davlat tuzishni bosh maqsad deb 
bildilar. Bu bosh maqsadning ilhomchilari turkistonlik jadidlar edilar. 
Buxoro xalqlari uchun mustamlakachilik zulmi yo’q edi. Chunki 
Rossiyaga yarim mustamlaka, qaram bo’lsada, Buxoro o’z mustaqilligini 
saqlab qolgan edi. Bu yerda mahalliy boylar va mushtumzo’rlar zulmi 
kuchli edi. Boylar va amaldorlar amir va xon himoyasida edi. Bugina emas 
ko’p hollarda amir va xon zulmi hammasidan ham oshib tushar edi.
Mehnatkash xalqning arzi-dodini eshitadigan bir kimsa yo’q edi. E'lon 


184 
qilingan farmonlar ishlamas va bajarilmas edi. Xalq ommasi hokimi 
mutlaq-monarx amir va xon o’rniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga 
ega bo’lishni xohlar edi. Xalqning bu intilishi va qiziqishini Buxoro 
jadidlari idrok etdilar va ko’tarib chiqdilar. Ular shu boisdan ham amir va 
xonga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Yosh turklar faoliyati 
Buxoro jadidlari faoliyati uchun namuna va o’lchov mezoni bo’ldi. 
Shuning uchun ular o’zlarini yosh turklarga nisbat berib «yosh 
buxoroliklar» deb atay boshladilar. Yosh buxoroliklarning pirovard 
maqsadlari konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi edi. Ular ana shu 
konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar o’tkazish yo’li 
bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin, deb ishonardilar. 
Lekin ana shu o’rtacha mo’'tadil talablar ham amir tomonidan e'tiborga 
olinmas edi. Bu talablarni ilgari surganlar hukmron tabaqa kuchlarning 
juda keskin qarshiligiga duch kelar va shafqatsizlarcha bostirilar edi. Shu 
boisdan yosh buxoroliklar o’ta yashirin holatda ishlashga majbur 
bo’lganlar. 
Yosh buxoroliklar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari 
taqozosiga ko’ra xalq ommasi o’rtasida tayanch bazaga ega emas edilar, 
ular o’zlariga ittifoqchilarni chetdan izlanadilar va Rossiya timsolida amir 
va xon zulmidan ozod bo’lish mumkin, degan tariqda ham turmaydigan va 
kechirib bo’lmaydigan siyosiy xatoga yo’l qo’ydilar. 
1916-1917 yillar oralig’ida yashirin «Yosh buxoroliklar» firqasi va 
uning 12 kishilik Markaziy qo’mitasi tashkil topdi. Bu siyosiy partiyaning 
tashkil topishida «Yosh turklar»ning «Ittihodi va taraqqiy» firqasi, Rossiya 
va Turkistondagi sotsial-demokratik firqalarning ta'siri katta bo’ldi. «Yosh 
buxoroliklar» firqasining Markaziy Qo’mitasi raisi Abduvohid Burxonov, 
kotibi Usmon Xo’ja (O’smonxo’ja Po’latXo’jayev), xazinador Muso 
Saidjonov edi.
Bulardan tashqari firqaning tashkil topib mustahkamlanishida 
Abdurauf Fitrat (1886-1938), Ota Xo’jayev (1894-1938), Mirkomil 
Burxonov, Fayzulla Xo’jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1870-1954), 
Fazlitdin Maxsum, Abdurahim Yusuf Zoda (1880-1937) va boshqalarning 
hissasi katta bo’ldi. 
«Yosh buxoroliklar» firqasining dastlabki faoliyatiga oid tarixiy 
hujjatlardan biri Buxoroda o’tkazilishi zarur bo’lgan islohot loyihasidir. 
Uni 1917 yilda firqa markaziy qo’mitasi nomidan Abdurauf Fitrat yozgan. 
U, «Yosh buxoroliklar» partiyasi, «Yosh buxoroliklar qo’mitasining 
Buxoroda islohot o’tkazish loyihasi» deb nomlanadi. 


185 
Loyiha o’z vaqtida mahalliy matbuotda bosilganligi haqida aniq 
ma'lumot yo’q. Biroq uning ruscha nusxasi 1930 yilda S.Dimanshteynning 
«Revolyutsiya i natsionalno’y vopros» («Inqilob va milliy masala») 
kitobida ilk bor Moskvada chop etilgan. Shundan so’ng tariximizning bu 
nodir hujjati ushbu kitobdan ko’chirilib, qisqacha inglizcha kirish so’zi 
bilan 1985 yilda Oksford shahrida O’rta Osiyoni o’rganuvchi jamiyat 
tomonidan rus tilida nashr etilgan «Musulmon siyosiy partiyalarining 
dasturiy hujjatlari. 1917-1920 yillar» nomli kitobda qayta bosildi. 
Loyihada yer-suv masalasiga katta e'tibor berilgan. Bundan tashqari 
harbiy masala, moliya ishlari, ichki ishlar va davlat boshqaruv organlari 
kabi masalalarga unda keng o’rin berilgan. 
Loyihada butun haydaladigan yerlar (uch qismga) bo’lingan: 
1)Vaqf yerlari (masjid va madrasalarga tegishli yerlar); 2)Soliqdan 
ozod qilingan yerlar (mulki hur); 3)Soliq olinadigan (mulki hiroj) yerlar. 
Hammani ekin ekishga majbur qilish maqsadida barcha ekilgan va 
ekish mumkin bo’lib, ekilmay qolgan yerlarga ham soliq solish nazarda 
tutilgan. Shuningdek, «mulki hiroj» yerlariga soliqni kamaytirish hamda 
«kafson» (amin, oqsoqol va boshqalar uchun) «atafti» (sadaqa), «uchkuna 
puli» (turli daraxtlar uchun), «cho’p puli» (yaylov uchun) va boshqa 
ortiqcha harajat chiqimlarni tugatish nazarda tutildi. 
Loyihada yana davlat yerlari, bog’ va binolarga ishlov berish uchun 
hashar chaqirish, umuman mehnatkashlar mehnatidan tekin foydalanish 
ham man etildi. Hashar yo’li bilan faqat suv inshootlari qurish, kanallar 
qazish, umuman irrigatsiya ishlarini amalga oshirish mumkin bo’ldi. 
Bunday paytda hasharga kelmaganlarga hatto, soliq solish nazarda 
tutiladi.
Loyihada 
qishloq 
xo’jaligini 
intensivlashtirish 
va 
mexanizatsiyalash, dehqonlarni sudxo’rlardan qutqarish uchun qishloq 
xo’jalik bank tarmoqlarini tashkil etish, agronomiya bilimlarini yoyishga 
katta ahamiyat berildi. 
Milliy armiyaga ham «Yosh buxoroliklar» partiyasi katta e'tibor 
berdi. Loyihada armiya sonini eski rus hukumati Buxoro amiri tuzgan
shartnomaga ko’ra 12 ming kishiga yetkazish berilgan. Harbiy xizmat 22 
yoshga yetgan hamma uchun majburiy bo’lishi, xizmat muddati esa ikki 
yil qilib belgilanadi. Shuningdek, harbiy maktablar ochish, askarlarga, 
ozroq bo’lsada oylik maosh to’lab turish nazarda tutildi. Moliya sohasida 
ham jiddiy islohat o’tkazishga e'tibor berildi. Buning uchun amirning 


186 
mablag’lari umumdavlat mablag’idan ajratilishi soliqdan aniq belgilanishi 
davlat byudjeti har yili e'lon qilib turilishi ko’rsatildi. 
Maorif sohasida davlat mabg’ali hisobiga maktab, oliy o’quv yurtlari 
ochish, ularni zamonaviy dastur, o’quv qo’llanmalari, o’qituvchilar bilan 
ta'minlash, davlat va vaqf maktablaridan tashqari shaxsiy maktablar 
ochilishi dasturda o’z aksini topgan edi. Shu bilan birga o’quv yurtlarini 
bitirganlarga maorif nozirligi tomonidan diplom berish ham aniq 
ko’rsatildi. Islohotda davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy-ma'rifiy hayot masalalari qamrab olindi. Buni unda ko’rsatilgan 
quyidagi 10 ta nozirlik isbotlab turibdi: yer ishlari, vaqflar, harbiy ishlar, 
ichki ishlar, moliya, adliya, militsiya, yo’llar qazib chiqaruvchi va qayta 
sanoat ishlari, maorif, tashqi ishlar nozirliklari. 
Mana shular asosida Nozirlar Kengashi tashkil etilishi kerak edi. Bu 
nozirlar faoliyatini kuzatuvchi 20 kishilik maxsus Nazorat komissiyasi 
tashkil etilishi ham nazarda tutildi. 
Bu yuqorida ko’rsatilgan masalalar o’sha paytda hal qilinishi amri 
mahol bo’lsa-da, ular ma'lum dastur holatiga keltirilib, amirga tavsiya 
etilishining o’zi katta tarixiy ahamiyatga molikdir. Islohotdan kutilgan 
maqsad yakka amir hukmronligi (monarxiyasi)ni yevropacha konstitutsion 
monarxiya bilan almashtirish, maorif va madaniyatni, ishlab chiqarish va 
sanoatni rivojlantirish, ilm-fan va texnikani taraqqiy ettirishdan iborat 
bo’ladi. Buning uchun «Yosh buxoroliklar» partiyasi dastlab Amir 
Olimxonga har xil yo’llar bilan tinch demokratik ta'sir va hatto, kuch bilan 
tazyiq o’tkazishga harakat qildilar. Bularning hammasi Rossiya va 
Turkistondagi inqilobiy harakat bilan bevosita bog’liq bo’ladi. 
Rossiyada fevral inqilobining g’alabasidan so’ng Buxoroda ham 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat tez o’zgara boshladi. Ruslar yashaydigan joylarda 
hokimiyat Rossiya Muvaqqat hukumatining Ijroiya qo’mitalari qo’liga 
o’tdi. 1917 yil 12 martda Yangi Buxoroda (Kogon) ijroiya qo’mita 
saylandi. May oyining birinchi kunlarida esa Buxoro xonligida ruslar 
yashaydigan joylardagi ijroiya qo’mitalar delegatlarining birinchi qurultoyi 
bo’lib o’tdi. Buxoroda juda ajoyib va murakkab ijtimoiy-siyosiy muhit 
paydo bo’ldi. Bu esa jadidlarda umidvorlikni uyg’otdi. Ma'lumki, Buxoro 
Rossiyaning yarim mustamlakasi edi. Shuning uchun ham jadidlar ya'ni 
«Yosh buxoroliklar» firqasi rahbarlari o’z maqsadlarini Rossiya Muvaqqat 
hukumati orqali amalga oshirish uchun unga telegramma orqali murojaat 
yuborib, amirni isloh o’tkazishga ko’ndirishni iltimos qildilar. Fayzulla 
Xo’jayevning ko’rsatishicha, unga «yosh buxoroliklar»ning faollari imzo 


187 
chekkan edilar. Rossiya markazidan tezda javob kelmaydi. Sabrsizlik bilan 
ikkinchi telegramma yuborildi. Uning matni F.Xo’jayev tomonidan 
yozilgan bo`lib, Fitrat va Saidjonov imzo chekkan edi. 
Bunga ham chidamay, «Yosh buxoroliklar» firqasining yangi 
tuzilgan Markaziy qo’mitasi Fitrat va Usmonxo’ja Po’latxo’jayevdan 
iborat maxsus delegatsiyani Petrogradga yuboradilar. Ular Orenburgga 
kelganlarida jadidlar bilan amir o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish 
uchun Rossiya poytaxtidan maxsus komissiya yo’lga chiqqanligi haqidagi 
xabarni oladilar va orqaga qaytadilar. 
Ana shundan so’ng Olimxon Rossiya muvaqqat hukumati va uning 
Buxorodagi vakili Miller hamda mahalliy taraqqiyparvar jadidlar ta'sirida 
1917 yil juma kuni 7 aprelda islohot o’tkazish to’g’risidagi «Manifest»ni 
e'lon qildi. «Manifest» oldin saroyga to’plangan 200 ga yaqin faollar, diniy 
ulamo va muftilar oldida tantanali ravishda o’qib eshittirildi. Unda saroy 
amaldorlari va savdogarlardan 15 kishi, Buxorodagi rus shaharlari ishchi 
va askarlari deputatlari soveti hamda Samarqnad sovet hokimiyati vakillari 
qatnashdi. Ularning orasida Mahmudxo’ja Behbudiy (Samarqand), 
F.Xo’jayev, chor hukumatining vakili Miller, amir, qozi kalon, amir 
tomonidan yangidan ma'muriy ishga tayinlangan taraqqiyparvar Sharifjon 
Maxsum bor edilar. 
Manifestda amir sud (qozixona), soliq ishlarini tartibga solish, sanoat 
va savdoni rivojlantirish, hamda amaldorlari nazorat ostiga olish, poytaxt 
Buxoroni obodonlashtirish, fuqarolarning sog’lig’i va rohat-farog’ati 
haqida g’amxo’rlik qiluvchi maxsus komissiya tuzish haqida va'da 
qilingan edi. Shuningdek, manifestda moliya ishlarini tartibga solish, 
kirim, chiqimlarni aniq hisoblangan amirlik byudjetini tashkil etish, 
umuman xalqqa yengilliklar berish, maorif va fan-texnikani rivojlantirish, 
bosmaxona tashkil etib, bosma matbuotga asos solish, qamoqxonadagi 
erkin fikrlilarni ozod qilish ko’rsatildi. 
Bu manifest Buxoroda siyosiy vaziyatning taranglashuviga sabab 
bo’ldi. Uni din peshvolari va dindorlar orasidagi o’ta muattassiblar shariat 
qonunlarni buzish deb qabul qildilar. Taraqqiyparvarlar, ayniqsa, «Yosh 
buxoroliklar» unda o’zlarining talablari ma'lum darajada hisobga 
olinganligidan o’ta quvondilar. Shuning uchun ham ularning ma'lum bir 
«qizillashgan» qismi amirning insofga kelgani uchun unga minnatdorchilik 
bildirish maqsadida 8 aprel kuni katta ko’cha namoyishi bilan 
nishonlaydilar. Namoyishchilar «Yashasin Amir Olimxon! Yashasin 
islohot!» deb yozilgan qizil alvonlarni ko’tarib ko’chalarga chiqdilar. 


188 
«Yosh buxorliklar» orasida qat'iy birlik yo’q edi. Ayniqsa, bu 
F.Xo’jayevning ko’rsatishicha quyidagi ikki masalada keskinlashadi: 
1)Kutilayotgan manifestga munosabat; 2)manifest munosabati bilan 
bo’ladigan namoyish va targ’ibot. 
Ana shu 
masalalar sabab 
«Yosh buxoroliklar» Markaziy 
Qo’mitasining 12 a'zosi orasida ajralish yuz berdi. Abduvohid Burxonov 
o’ta «qizillashgan» F.Xo’jayev guruhi nuqtai nazarini ma'qullaydi. 
Shundan so’ng yangi Markaziy qo’mita quyidagi tartibda 9 kishidan iborat 
qilib saylandi: Abduvohid Burxonov (rais), Fitrat (kotib), Usmonxo’ja 
Po’lat Xo’jayev (xazinachi) va a'zolari: Muhitdin Rafoat, Musa Saidjonov, 
Ota Xo’jayev, Ahmadjon Abdulsaidov, Fayzulla Xo’jayev va Hamidxo’ja. 
F.Xo’jayev va uning bilan hamfikrda bo’lganlar shuningdek, yangi 
Markaziy qo’mita a'zolari tabiatan «rus inqilobchilari» ta'siriga berilgan, 
asosiy maqsadga esa faqat Rossiya yordamidagina erishishiga ko’r ko’rona 
ishongan edilar. Ularning o’z mustaqil mahalliy imkoniyatlarni hisobga 
olgan, qat'iy yo’li-dasturi yo’q edi. 
Asosiy xato ham xuddi mana shundan iborat bo’ldi. Ya'ni Turkiston 
jadidlari bilan Buxoro jadidlarining o’ziga xos farqi va o’ta so’lligi ham 
aynan ushbu masalada ko’zga tashlandi. 
Turkiston jadidlari yuqorida ta'kidlanganidek bolsheviklarning 
va'dalariga ishondi, ammo ayni paytda istiqlol bobida mustaqil o’z yo’lini 
ham tanlab oldi. Bu yo’lning mohiyati Rossiya oldida to’g’ridan-to’g’ri 
taslimchilikdan holi bo’lgan milliy muxtoriyatchilik asosida hokimiyatni 
to’la qo’liga olish, millat manfaatini dastlab tinch demokratik va keyinroq 
esa qurol olib himoya qilishdan iborat edi. Turkiston jadidlari Sovetlar 
bosqiniga qarshi so’nggi imkoniyatga qadar tik turib kurashdilar. Rossiya 
harbiy kuch qudratidan cho’chimadilar va o’z jonlarini istiqlol uchun 
garovga qo’ydilar. Bolsheviklarning jozibali tashviqot-targ’ibotlari, quruq 
havoyi va'dalari va balandparvoz shiorlariga ko’r-ko’rona ishongan va 
aldangan Fayzulla Xo’jayev boshliq taslimchilarning kurash taktikasidan 
mustamlakachi rus bolsheviklari Buxoro xonligini butunlay tugatib, Ittifoq 
tarkibiga kiritib olishda ustalik bilan foydalandilar. 
Rus armiyasi muvaqqat hukumatga tayanib 8 aprel kuni o’tkazilgan 
«inqilobiy namoyish» xalqimiz maqolida aytilganidek, «qosh qo’yaman 
deb ko’z chiqarish»dan boshqa narsa bo’lmadi. Tabiiyki, Islom dinining 
quvvati bo’lgan Buxoro ko’chalarida qizil alvon va bayroqlar ko’targan 
«inqilobchi»lar amir, qozi kalon va mutaassib dindorlarni cho’chitib 
yubordi. Hatto ularning g’azabini oshirdi. 


189 
Fayzulla Xo’jayevning iqror bo’lishicha, jadidlarning keksa ko’zga 
ko’ringan boshliqlaridan Abduvohid Burxonov va Fazlitdin Maxsum 
namoyishchilarni qizil alvonlarsiz, ko’chaga chiqishini talab etdilar. Biroq 
bu haqli talabga hech kim e'tibor bermadi. Buning ustiga-ustak kavkaz va 
yevropalik boshqa musulmon hamda nomusulmon yoshlar ham qizil 
bayroq ko’tarib namoyishga chiqdilar. O’tmishda ham bunday hatti-
harakat qanday noxush oqibatlar olib kelganligi tarixdan ma'lum. 
Jumladan, 1745 yilda Nodirshoh armiyasi bilan Buxoroga kelgan lezginlar, 
usmonli turklar, eronliklar va afg’onlar alohida mahallalarda yashardilar. 
Ayniqsa, nomusulmon «kelgindi»larning ibodatlari va bayramlar ma'lum 
belgilangan joy (cherkov)lar va o’z mahallalari doirasida o’tkazilish shart 
edi. Ular musulmonlarning hiy-tuyg’ularini haqoratlovchi ommaviy 
harakat qilishlari, musulmon jamoatchiligi orasida ichimlik (vino) 
ichishlari va baland ovozda Bibliya o’qishlari va boshqalar mumkin emas 
edi. Masalan, 1910 yilda buxorolik sun'iy bilan eronlik shialar o’rtasida
bo’lgan xunrezlikka shialarning Buxoroda markaziy ko’cha bo’ylab, ashur 
bayramiga bag’ishlab o’tkazgan namoyishi sabab bo’lgan edi. Bunday 
voqealar o’tmishda bir emas, bir necha bor yuz bergani ma'lum. 
Jadidlar tashabbusi bilan boshlangan namoyish kuni ham «begona 
kelgindi» va nomusulmonlar ham o’tmish sabog’ini unutib ko’chaga 
chiqdilar. Namoyishchilarning soni tez orada 5-7 ming kishiga yetdi. Ular 
o’zbek va rus tilida «Yashasin ozodlik, konstitutsiya, matbuot erkinligi va 
maktab mustaqilligi!», «Yashasin xaloskorimiz amir!» deb yozilgan 
alvonlar ko’tarib olgan edilar. 
Namoyishchilar Registon tomon yo’l oldilar. U yerda esa 7-8 ming 
kishi asosan mulla va mullavachchalar jadidchilar namoyishiga qarshi 
norozi bo’lib to’plangan edilar. Registon maydonida amirning 200 ta 
piyoda, 300 ta otliq askarlari ham shay qilib qo’yilgan edi. 
Bundan xabar topgan jadidlar namoyishchilarni to’xtatib, tarqatib 
yubordilar. Shu yerda Ota xo’jayev, Xoji Mirbobo Mirmuxsinov, Yusuf 
Zoda Abduraimdan iborat maxsus komissiya qushbegi oldiga borib, 
namoyish tinch maqsadda o’tkazilganligini tushuntirmoqchi bo’lganida 
qo’lga olindi. Shundan so’ng Buxoro ko’chasida to’s-to’polon va 
tartibsizlik boshlandi. Namoyishdan asosan dindorlarning katta qismi 
norozi bo’lgan edi. Ular mutaassiblik bilan din va shariatni himoya qilib 
ko’chaga chiqdilar. Buni o’z ko’zi bilan ko’rgan S.Ayniy bunday deb 
yozadi: «Shanba kuni ertalabdan, soat sakkizu, o’ttizda reaksiya 
yo’lboshchilar bo’yinlariga bel-bog’larini osib olib qichqirar edi: «Ey 


190 
musulmon bandalar! Din yo’qolmoqda, shariat o’lmoqda, endi ayollarning 
yuzi ochiladi, qizlaringizni nomusi toptaldi, bolalar kofirlarning 
maktablarida o’qiydi: Din himoyachilari, iymon, din, shariat himoyasiga 
otlaning, g’azovotga tayyor bo’ling!». 
Shu kuni kechqurun, yana S.Ayniyning guvohlik berishicha, Buxoro 
muftilarining muhrlari bosilgan hujjat tayyorlandi. Unda shunday deyilgan 
edi: «Bayroq ko’tarib, islohot talab qilgan kishilar hazrati oliylari amirga 
qarshi chiqdilar. Shuning uchun ham ular gunohkor va isyonchi 
hisoblanadi. Ularning qonini to’kish xudoga xush keladigan ish, mol-mulk 
esa hammanikidir». Namoyish qatnashchilari va jadidlardan o’sha 
kuniyoq 30 kishi qamoqqa olindi va kaltaklandi. Mirbobo va Ayniyga-75, 
Mirza Nasrulloga-150 davra urildi. Keyingi kuni darra zarbidan Mirza 
Nasrullo vafot etdi. 
Namoyish fojia bilan tugadi. Hamma oyoqqa turdi. Jadidlarni ta'qib 
qilish va jazolash kuchaydi. Bu esa namoyishga rahbarlik qilgan Markaziy 
qo’mita a'zolari orasida yana ajralishni kuchaytirdi. Qo’mita qayta 
saylandi. Endi unga Muhitdin Mansurov (rais), Abduqodir Muhitdinov, 
Muhitdin Rafoat, Abduvohid Burxonov, Usmonxo’ja Po’latxo’jayev, Orif 
Karimov, Mirza Islom Muhitdinov, Fayzulla Xo’jayev, Musa Saidjonov va 
boshqalar kirdilar.
Markaziy qo’mita yangi Buxoroda turib rus armiyasi va hukumati 
yordamida amirga tazyiq o’tkazishga, uni jadidlarga nisbatan amnistiya 
e'lon qilishga, ta'qibni to’xtatishga majbur qilishga harakat qildi. 14 aprel 
kuni jadidlar rahbarlaridan tuzilgan maxsus komissiya, ertalab yangi 
Buxorodan kelib, Miller orqali amir bilan uchrashdi. Shu kuni Miller rus 
aholisini himoya qilish uchun chaqirgan pulemyot rotasi ham 
Samarqanddan Buxoroga keldi. 
Bundan xabar topgan shahar ahli amir saroyini qurshab oldi va 
jadidlarni dindan qaytgan kishilar sifatida qatl qilinishini talab etdi. Amir 
bilan suhbat juda qisqa bo’ldi. U vakillardan jadidlarni o’z yo’lidan 
qaytishi to’g’risida yozma ravishda tushuntirish xati berishni so’radi. Shu 
bilan birga Nasrullo Qushbegi saroyni o’rab olgan 10 000 kishi jadidlar 
vakillarini 12 soat ichida qatl qilishni talab qilayotganligi yoki ularni 
shahardan chiqarib yuborishni so’rayotganligini, amir esa bunga rozi 
emasligini aytadi. 
Shu 14 aprel kuni amir Olimxon manifestni bekor qildi. Jadidlarning 
vakillari esa aholi tarqab ketgach, soat 12 da saroydan chiqib o’z homiylari 
bo’lgan bolsheviklar «inqilobchilar» huzuriga–Buxoroga keldilar. «Yosh 


191 
buxoroliklar» endi bu yerdagi kommunistlar (Preobrajenskiy, Utkin va 
Poltoratskiylar) yordamida «qayta tarbiyalanib», «inqilobiy savod» 
chiqardilar. Fayzulla Xo’jayev guruhi bolsheviklar yo’lini o’z yo’li deb 
tanladi. Agar ular, «Aprel voqealari»ga qadar amirni saqlab qolgan holda, 
uning hukmronligini cheklash, islohotlar o’tkazish yo’lidan borgan 
bo’lsalar, endi esa amirni «inqilob» ya'ni qurol kuchi bilan ag’darish 
yo’lini tanladilar. Bu bolshevikcha «inqilobiy yo’l» Buxoro 
inqilobchilarining bu yangi taktikasi keksa jadidlar tomonidan jiddiy 
tanqidga uchrab, taraqqiyparvar jamoatchilikning keng doirasiga aqlini 
ko’p band qildi», deb yozgan edi Fayzulla Xo’jayev. Ko’rinib turibdiki, 
«Yosh buxoroliklar» ya'ni jadidlarning hammasi ham «inqilobiy» taktik 
yo’lning tarafdori bo’lmaganlar. 
F.Xo’jayev va Preobrajenskiy dekabr oyidayoq Toshkentga kelib, 
sovet hukumati boshlig’i F.Kolesovdan harbiy yordam so’raydilar. Bu 
iltimos F.Kolesovni biroz o’ylantirib qo’ydi. Chunki Turkiston sovet 
hukumati Buxoro xonligining mustaqilligini rasman tan olgan edi.
Shunda «Buxoro inqilobchilari» tavakkalchilik yo’lini tutdilar va 
faqat qurol va harbiy rahbarlik tomonidan yordam berilsa bo’ldi, 
Buxoroning 30 ming dehqon va shahar yo’qsillari birdan oyoqqa turadi 
deb Kolesovning qornini puch yong’oqqa to’ldiradilar. 
Firibgarlik va bosqinchilikda ustasi farang bo’lgan F.Kolesov 
Buxorolik 
«inqilobchilar»ni 
qo’llab-quvvatladi 
va 
Qo’qondagi 
«aksilinqilobchi» Turkiston muxtoriyati hukumatini bir yoqli qilgandan 
so’ng Buxoroga «yordam» berishga va'da berdi. Buning uchun ularga 
doimiy aloqada bo’lib turishni maslahat qildi. 
«Inqilobchilar» Buxoroga qaytib, Turkiston muhtoriyatiga qarshi 
boshlangan sovet hukumatining bosqinchilik urushida g’alaba qozonishini 
sabrsizlik bilan kutdilar. 
Qonxo’r va jallod Fyodor Kolesov Qo’qonda dahshatli qirg’in qilib 10 000 
kishini yostig’ini quritgach va'daga vafo qilib Yangi Buxoroga bir necha 
bor keldi va amirga qarshi urush rejasini F.Xo’jayev va boshqalar bilan 
birga ishlab chiqdi. Harbiy hujum mart oyining dastlabki kunlariga 
belgilandi. «Yosh buxoroliklar»ning Markaziy qo’mitasi 200-300 firqa 
a'zolarini Yangi Buxoroda qurollantirdilar. Amirlik ichkarisidan 
qo’zg’olonchilar, tashqaridan esa Kolesov hujum boshlashiga kelishib 
olindi. 
«Yosh buxoroliklar» Markaziy qo’mitasi harbiy hujumga tayyorlanib 
F.Xo’jayev raisligida 7 kishilik Inqilobiy qo’mita tuzildi. Unga Fitrat, Ota 


192 
Xo’jayev, Burxonov, Ag’darov, Qori Yo’ldosh Po’latov, Fazlitdin 
Maxsum a'zo bo’lib kirdilar. 
Nihoyat 1918 yil 1 martda Kolesov qo’mondonligida sovet hukumati 
armiyasi Yangi Buxoroga yetib keldi. Kolesov o’z vagonida «yosh 
buxoroliklar» bilan kengash o’tkazdi. Unda Buxoroda hokimiyatni yosh 
buxoroliklar qo’liga olish rejasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan rejaga 
ko’ra, amir so’zsiz taslim bo’lishi va hokimiyatni to’laligicha yosh 
buxoroliklardan tuzilgan Ijroiya qo’mitaga berishi lozim edi. Shundagina 
amir o’z lavozimida qolishi mumkin edi. Agar amir taslim bo’lmasa, 
keyingi kuni Buxoroga hujum qilib hokimiyatni egallash va amirni qo’lga 
olishm mo’ljallandi. Ushbu reja asosida Amir Olimxonga ultimatum xati 
tayyorlandi. Xatga Turkiston Xalq komissarlari kengashi raisi Fyodor 
Kolesov hamda «Yosh buxoroliklar» Ijroiya qo’mitasi raisi Fayzulla 
Xo’jayev imzo chekdilar. Unda 24 soat ichida yosh buxoroliklarning 
talablari hech qanday o’zgarishlarsiz qabul qilinishi, mavjud hukumat 
tarqatilib, hukumatning yangi tarkibi tayinlanishi ko’rsatilgan edi. Agar 
amir taslim bo’lmay «inqilobchilar» talabini qabul qilmasa, qon 
to’kilishiga amirning o’zi aybdor bo’lishi ogohlantirilgan edi. Amir 
Olimxon Kolesov bilan Xo’jayevning ultimatumida qo’yilgan talablarning 
hammasi birdaniga amalga oshirilsa xalqning noroziligi kuchayishi 
mumkinligini ko’rsatib, ularni asta-sekin bajarilishiga rozilik berilishini 
so’raydi. 
Amirning iltimosini ultimatumchilar inobatga olmaydilar. Ular Eski 
Buxoroga hujum oldidan amirdan ikkinchi javob xatini oladilar. Unda amir 
ultimatumning hamma talablariga to’la rozi ekanligini bildirib, faqat 
shaharga armiya kiritilmasligini shart qilib qo’yadi. Ammo negadir xatga 
imzo qo’yilmagan edi. Ana shu narsani bahona qilib 2 mart kuni ertalab 
Sovet armiyasi Buxoroga harbiy hujum boshladi. Shaharga bosqinchi 
sovet armiyasining kirishi qiyin bo’ldi. Buxoro shahri uzunligi 25 
kilometr, balandligi sal-kam o’n metr, eni esa 6 metrlik devor bilan 
o’ralgan edi. Uning o’n bitta temir qoplangan yog’och darvozasi bo’lib har 
kuni kechqurun qulflanib kalitlari amir saroyiga olib borib topshirilar edi. 
Amirning otliq askarlari va xalq ommasi Muqaddas Buxoro 
himoyasiga otlanib, bosqinchilarni shahar devorlaridan bir chaqirim (1,06 
km) uzoqlikdagi Fatixobod degan joyda to’xtatdilar. Qizil askarlar oddiy 
kaltak (so’yil), bolta, tesha va pichoq bilan qurollangan shahar 
himoyachilarini pulemyotlar, to’p va zambaraklardan o’qqa tutdilar, 
«Pulemyot qarshisida» deb yozadi, buni o’z ko’zi bilan ko’rgan Kolesov 


193 
o’lik va tirik gavdalarning uyumi paydo bo’ldi. Pulemyotchilar esankirab 
otishni bo’shashtirdilar. Bir lahzada yopirilib kelayotgan katta kuch 
hamma yoqni bosib ketish xavfi tug’ildi. Shunda biz pulemtchilarga 
tashlanib, ularni otishni davom ettirishga majbur etdik». 
F.Xo’jayev va'da qilgan 30 ming mehnatkash amirga qarshi 
ko’tarilmadi. Aksincha xalq ommasi amirlikni bosqinchilardan himoya 
qildi. Ular muqaddas Buxoro uchun shahid bo’ldilar. Ma'lum bo’ldiki, 
Buxoroda hech qanday inqilobiy harakat yo’q edi. 
Amir o’z fuqarolarining fidoyiligi va o’z Vataniga bo’lgan sadoqatini 
ko’rib, ularni himoya qilish uchun juda ustalik bilan taktik hiyla ishlatdi. U 
«yosh buxoroliklar»ning hamma talablariga rozi ekanligi haqidagi xat 
bilan birga o’tkazajak islohot matnini ham Kolesovga yubordi. Amir xatda 
butunlay taslim bo’lishga ham va hatto, qurolsizlantirilishiga ham rozi 
ekanligini o’z muhri bilan tasdiqlab qo’ygan edi. Bunga to’la ishongan 
Kolesov askarlarini tezlik bilan Yangi Buxoroga chekinishi uchun buyruq 
berdi. O’zi ham amirni Buxorodan 12 chaqirim uzoqlikdagi Kogon 
shahriga taklif etib, u yerga chekindi. Muzokara boshlandi. Ammo 
muzokaraga amir betobligi uchun kelolmadi deb sabab ko’rsatdilar. Bu 
paytda yuzaga kelgan fursatdan foydalanib, amirning odamlari va mahalliy 
xalq yuz chaqirimdan ko’proq masofadagi temir yo’lni buzib, telefon 
yog’ochlarini yiqitib, simlarini uzib tashladilar. Bosqinchi armiya shu 
alfozda qopqonga tushib qoldi. Chorjo’y, Marv, Samarqand, va Qarshiga 
boradigan temir yo’llar buzib tashlangan edi. 
Bexatar joyda g’alabani kutib turgan Buxoro inqilobiy qo’mitasi 
(Fayzulla Xo’jayev, Ota Xo’jayev, Fitrat, Burxonov, Agdarov, Po’latov va 
Fazlitdin Maxsum) ham Kolesov poezdida orqaga qochishga majbur 
bo’ldi. Bir necha bor amirning odamlari kelib, ularni hech bo’lmasa, 
Xo’jayev, Fitrat va Burxonovni chiqarib berishni talab qildilar. Ammo 
Kolesov bunga rozi bo’lmadi. 
Nihoyat, uch kecha-kunduzda Kolesov arang Qiziltepaga yetib keldi. 
Tez orada Qiziltepada yarash bitimi imzolandi. Bu bitimga 1868 yilda 
Rossiya bilan Buxoro o’rtasida tuzilgan shartnoma asos qilib olindi. Amir 
Buxorodagi ruslar yashaydigan joylardagi sovet hokimiyatini tan olish 
majburiyatini oldi. Shuningdek, amirga buzilgan temir yo’lni tuzatish, o’z 
armiyasini 12 ming kishidan oshirmaslik hamda sovet hukumatiga yuz 
vagon bug’doy berish majburiyati yuklandi. 
Kolesov voqeasidan so’ng amir o’z raqiblaridan ayovsiz o’ch ola 
boshladi. Voqealarning guvohi Sadriddin Ayniyning guvohlik berishicha, 


194 
amir odamlari, qushbegi va qozi odamlari g’azovot talablar har yerda 
egnida kamzuli bor odamni jadidlikda ayblab urib o’ldira boshladilar. 
Bunday qirg’inlar Eski Buxoro, G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako’l, 
Vag’ng’ozi, kabi atrof tumanlardan tashqari Karmana, Xatirchi, Chorjo’y, 
Karki, Qarshi, Sherobod va Hisor bekliklarida ham keng yoyildi. Fayzulla 
Xo’jayevning yozishicha, 1918 yil martdagi Kolesov voqealaridan so’ng 
amirlikda 1500 kishi jadid sifatida qatl etilgan. 
Sadriddin Ayniy “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar” asarida 
keltirishicha, Mirza Shoh Fayz, Mirza Abdufayz, Mirza Ahmad, Mulla 
Vafo, Hoji Siroj, Mirza Rahmat, Mulla Sharif, Nizomiddin Sobitiy, 
Mirxon Abdunosir, Avazbek, Qori Nurillo, Fazliddin Maxzum, 
Sulaymonxo’ja va Fatxulloxo’jalar amir reaksiyasining begunoh 
qurbonlari hisoblanadi. Amir va uning amaldorlari farmoni bilan 
mirg’azablar, jallodlar begunoh kishilarning uylariga bostirib kirib, mol-
mulkini taladilar, gunohsiz kishilarni zindonga tashladilar. Voqealarning 
guvohi va ishtirokchilari Fayzulla Xo’jayev va Sadriddin Ayniylar ham 
amir tomonidan ta’qib ostiga olindilar. Sadriddin Ayniyning yozishicha, 
Kolesov voqealaridan so’ng ularning Buxoroda qolishi fojeali tus olishi 
mumkin edi. Shu sababli Sadriddin Ayniy va Fayzulla Xo’jayevlar dastlab 
Samarqandga, undan so’ng Toshkentga yo’l oladilar. 

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə