O’zbеkistоn rеspublikаsi


Fan nomi: Falsafa Fan turi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə3/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Fan nomi:

Falsafa

Fan turi:

Majburiy fan

Fan kodi:

FALM1006

Yil:

2023-2024

Semestr:

5-6

Taʼlim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

180

Maʼruza

30

Amaliy mashg‘ulotlar

-

Laboratoriya mashg‘ulotlari

-

Seminar

60

Mustaqil taʼlim

90

Kredit miqdori:

6

Baholash shakli:

Imtihon/test

Fan tili:

O‘zbek




Fanning maqsadi (FM)

FM1

Talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish, ularda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

FM2

Talabalarda tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid eng umumiy qonuniyatlarga oid falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalar mazmun-mohiyatini anglab yetish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat




Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1.

Fan doirasida talabalar falsafa faning predmeti, asosiy tushunchalari, ta’rifi, mohiyati va o‘qitish maqsadi, vazifalarini hamda jamiyatdagi rolini o‘rganadi.

2.

Falsafa va tabiiy fanlarda borliq tushunchasining mohiyati, borliq va yo’qlik dialektikasi, falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o’zaro aloqasi harakat tushunchasining tavsifi, tiplari va shakllari va rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalarining farqlarni hamda xususiyatlarni o‘rganadi




Taʼlim natijalari (TN)




Bilimlar jihatidan:

TN1

Fanning tushuncha kategoriyalari tizimi va metodologiyasini bilish, bilimlarning asosiy yo‘nalishlarini siyosiy tahlil qilish.

TN2

Jamiyatning turli sohalarida bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar va o‘zgarishlarni tahlil qila olish va ulardan xulosalar chiqarish.

TN3

Hozirgi davrida mamlakatimizni turli sohalari rivojlanishiga yoshlarning din to’g’risida bilimlarga ega bo’lishi, diniy bilimlar asosidagi falsafiy -ma’naviy tarbiyasi va o’zini-o’zi anglashi.

TN4

- Talabalar – dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;
-tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olishi;
-insonning inson, jamiyat, atrof muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va ahloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda joriy qilishi;
-axborotni to’plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
-yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, takomillashtirishi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
-dunyoning global muammolaridan xabardor bo’lishi, fundamental globallashuvni globallashuvning boshqa jihatlaridan farqlay olishi, xususiy, milliy, mintaqaviy muammolarni o’rganishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olishi,sog’lom turmush tarzi haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi,
- insonda atrofda ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlarga nisbatan o’ziga xos ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat;





Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə