O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix08.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#89101
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
ospirinlarda oz ozini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillari (1)


xizmat qilgan

Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab 
olgan.
 
Islomiy tarbiya o`smirning yetti jihatda tarbiyalashni maslahat beradi. 
Bular:
 
sog`liq va badan -tarbiyasi, aqliy tarbiya, nafosat tarbiyasi,

axloqiy tarbiya 


vijdoniy nafsoniy tarbiya, diniy- ruhiy tarbiyadir. 
Janobi Rasululoh: “ Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, 
odobini ham yaxshilanglar!” deganlar. Shu bilan birga “ Xech bir ota o`z 
farzandiga xulq- odobdan bo`lakroq meros berolmaydi” deb tarbiyada ota onaning 
ro`lini belgilab o`tganlar. Islomiy tarbiya barcha mo`minu musulomlarni nihoyatda 
hush xulqli shirin so`zli, oliyjanob bo`lishga da`vat etadi. 
Sharq rivoyatlarida yaxshi tarbiya ko`rganini 10 ta nishonasi ifoda qilingandir; 
1.Xalq to`g`ri deb topgan narsaga noto`g`ri deb qaramaslik; 
2.O`z nafsiga insof berish; 
3.Ayb qidirmaslik; 


26 
4.Birovda yomonlik sodir bo`lsa uni yaxshilikka yo`yish. 
5.Agar gunoxkor uzur so`rasa uni uzrini qabul qilish; 
6.Muhojirlar xojatini chiqarish; 
7.El g`amini yeyish; 
8.O`z aybini tan olish; 
9.El bilan ochiq yuzli bo`lish; 
10.Odamlar bilan shirin muomalada bo`lish; 
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham , xususiyati ham o`zgarib boradi. 
Buni ibtidoiy jamiyatda, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida 
ko`rish mumkin. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya maqsadi oddiy bo`lib, shunchaki 
insonni hayot kechirishini taminlashga xizmat qilgan. Quldorlik tuzumida 
quldorlar va qullarni paydo bo`lishi, tarbiya xususiyati va uning maqsadini bam 
o`zgartirdi. Quldorlarning bolalari hukmron bo`lishga intiladilar, bosqinchilik 
urushlari olib borish uchun harbiy san`atni o`rganib bordilar.
Feodalizm tuzumiga tarbiya keskin tabaqalana boshladi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi, ta`lim mazmunini o`zgartirib yubordi, ta`lim sekin asta 
ilmiy xarakter kasb eta boshladi. Bu o`z navbatida umumiy ta`lim kurtaklarini 
paydo bo`lishiga olib keldi. Endi feodal o`smirlarga ilmiy bilimlar berish ularni 
maxsus maktablarda tarbiyalash zaruriyati tug`dirdi. 
Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyat yana kuchliroq sezila 
boshladi. Ishlab chiqarish ko`chma munosabatlarning rivojianishi, ishlab chiqarish 
korxonalarida ishlash, dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish, 
ishchilardan savodxonlikni ilmli bo`lishni talab etti. Bu davrga kelib ishchilar 
bolalariga ancha yuqori bilim berish, o`qish davrida ularga shaxsiy mulkni 
muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning asosiy maqsadi bo`lib qoldi 
O`spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning 
psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. O`spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini 
ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g`oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va 
xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asarni o`qishgan, biroq hech 


27 
qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yondashmasdan 
o`qituvchining har bir so`zini esda saqlab olib, hech o`zgarishsiz qaytadan aytib 
berishga harakat qilishgan, uchinchidan, o`zlari maktabdan va sinfdan tashqari 
faoliyatlarida eshitganlari, o`qiganlari bilan o`qituvchining axboroti, ma`lumoti 
xabarni umumlashtirib javob berishgan, to`rtinchidan, o`z fikrlarini bayon etishga 
qiynalganlarida asardan ko`chirmalar keltirishgan. 
O`quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda to`garak va fakultativ 
mashg`ulotlar, kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ilk o`spirin 
o`quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda o`qituvchilar, sinf rahbarlarining 
siymolari muhim rol o`ynaydi. O`qituvchilar ilk o`spirinlarda o`rganilayotgan 
narsa va hodisalarning ob`ektivligi, haqqoniyligi, to`g`riligiga ishonch hosil 
qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ularni isbotlashga o`rgatib borishlari zarur, 
fan o`qituvchilari ularni narsa va hodisalar to`g`risida original fikr yuritishga 
yo`llashlari kerak, o`quvchilarning mashg`ulotlarda qo`llanaverib, ma`naviy 
eskirgan bir qolipdagi so`zlardan, iboralardan foydalanishlariga yo`l qo`ymasliklari 
kerak, fan o`qituvchilari o`spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tatbiq 
qilishni 
o`rgatishlari 
shart, 
buning 
uchun 
ularda 
amaliy 
malakalarni 
shakllantirishga harakat qilishlari lozim. 
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo mumkin 
emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o`quvchining nutq faoliyati 
ham o`sadi. Bu esa o`quvchida o`z fikrini to`g`ri, aniq ifodalash malakasini tarkib 
toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug`at boyligini yanada 
oshiradi. 
O`spirin adabiy asarlarni o`qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza 
yuritish va munozaraga o`rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat o`zining 
nuqtai nazari, e`tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma`lumki shaxsning ana shu fazilatlari 
fikrlashi, mustaqil o`ylashi, to`g`ri hukm va xulosa chiqarishi, qat`iy qarorga 
kelishining natijasidir. 
Yigit va qizlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini bildirishi, 


28 
muammoli tomonlari yuzasidan bahslashuvi va hokazolarda insoniy xislatlarning 
muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidiyligining aynan o`zginasidir. 
Turmushda uchraydigan noo`rin tanqidiylik esa ilk o`spirinning badiiy didi va 
hayotiy tajribasi zaifligidir. O`qituvchi ayni shu paytdagi asosiy vazifasi − 
o`quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga ko`tarishdan, ularga 
voqelikka odilona, oqilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashni o`rgatishdan 
iboratdir. 
Mazkur yoshdagi o`quvchi aqlining tanqidiyligida og`machilikka moyillik kuchli 
bo`ladi. Og`machilikning eng asosiy sabablaridan biri − voqelikning mohiyatini 
ilmiy jihatdan to`g`ri tushunmaslikdir. Shuningdek, uning “o`z pozitsiyasi”da 
bo`sh kelmasligi, narsa va hodisalarning asl mohiyatini anglab turib, jo`rttaga 
“o`jarlik” qilishi ham ana shu og`machilikning bir ko`rinishidir. 
Ularda moddiy dunyo to`g`risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash 
tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana 
boshlaydi. Aqlning yoki tafakkurnnng tanqidiyligini tarbiyalashda o`qituvchi 
o`quvchining o`ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari 
saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai 
nazariga, o`qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyat va darajasiga, 
aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik bilishiga, mavjud o`qish ko`nikmasi va 
malakalariga alohida e`tibor berishi lozim. 
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yangicha ta`lim muassasa o`quvchilarini moddiy 
dunyoni, atrof muhitni o`rganishga, o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishga, 
ta`lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollikka da`vat etadi va bundan tashqari
voqelikni isbotlash va asoslash ko`nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. 
O`rganilayotgan hodisa to`g`risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor 
qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 
O`spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, 
mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi 
deganda, ilk o`spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo`yicha mulohazalar, 


29 
muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. 
Tafakkurning chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy 
qonunlari, xossalari, sifatlari, o`zaro bog`lanishi va munosabatlari ilk o`spirinning 
fikrlashida to`liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o`zining 
mazmundorligi va chuqurligi bilan bog`liq bo`ladi. O`quvchi narsa va 
hodisalarning eng muhim alomat va xususiyatlarini mujassamlantirsa, o`tmish, 
hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, buni keng tafakkur 
deyiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, ilk o`spirin tashabbuskorlik bilan o`z 
oldiga yangi vazifalar qo`ya bilishi va ularni hech
 
kimning yordamisiz oqilona 
usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi deganda, ilk 
o`spirinning o`z oldiga yangi g`oya, muammo va vazifalar qo`yishini, ularni 
amalga oshirishda samarador vositalarni ham o`zi topishga intilishini anglaymiz. 
Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo`llay 
olishda, eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo`ladi. Agar o`quvchi 
muayyan vaqt ichida ma`lum soha uchun qimmatli yangi fikrlarni aytgan bo`lsa, 
nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur 
deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga to`liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. 
O`spirin tafakkurining tezligi qator omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur 
materialning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishga, 
muvaqqat bog`lanishning tezligiga, turli his-tuyg`ularning mavjudligiga, 
o`quvchining diqqati va qiziqishiga; ikkinchidan, uning bilim saviyasiga, 
qobiliyatiga, egallagan ko`nikma va malakalarga bog`liqdir. 
O`spirin qobiliyati, layoqati va iste`dodi ta`lim jarayonida mehnat faoliyatida 
rivojlanadi. Uning qanchalik iste`dodli ekanini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy 
sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantiqiy 
fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e`tibor berish kerak. Qobiliyatning 
o`sishi bilimlar, ko`nikmalar, malakalarning sifatiga bog`liq bo`lib, shaxsning 
kamol topish jarayoniga qo`shilib ketadi. 
Kasb tanlashda ilk o`spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi mumkin. 


30 
Dastlabki maqsad − bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga o`z 
ulushini qo`sha olamanmi, qanday inson bo`lib yetishaman, hayot va faoliyat 
ideallarim nimalar bo`lishi lozim, degan fikrlardan iborat bo`ladi. YAqin va yaqqol 
maqsad − dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qayerda egallash, 
o`qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan boshlanishi, 
mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan tashkil topadi. 
Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari 
mavjud. 
Tashqi 
sharoitlarga 
maqsad 
yo`lidagi 
har 
xil 
qiyinchiliklar, 
qarama­qarshiliklar, ziddiyatlar mazkur muassasa yoki tashkilotning imkoniyatlari, 
muayyan sub`ektga − yosh kasb egasiga ko`rsatishi mumkin bo`lgan qarshiligi va 
hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning 
imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati, tirishqoqligi, irodaviy sifatlari 
(chidamliligi, sabr-toqati) tanlagan kasbi bo`yicha ishlashi uchun zarur fazilatlari 
va hokazolar kiradi. 
O`zgarishlarning miqdoriy jihatdan ko`rinishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.Yaqqol (konkret) va mavhum (abstrakt) ilmiy tushunchalar o`rtasidagi 
munosabatlar. 
2.Kognitiv faoliyatning jarayonlari, operatsiyalari rivojlanganligi: taqqoslash, 
qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash va hokazo.
3.Esda olib qolishning ratsional usullarining mavjudligi (so`z-mantiq xotirasiga 
asoslangan holda). 
4.Muammoli vaziyatlar va ularning yechimini topish imkoniyatlari. 
5.Ijodiylik (kreatsiya) usullari vujudga kelayotganligi. 
6.O`zini o`zi baholash va nazorat qilish uquvi shakllanayotganligi. 
Odatda sifat o`zgarishlarining tarkibiga o`quv faoliyatining motivatsion va mohiyat 
jihatidan o`zgarishning variantlari kiradi. Motivatsion o`zgarish to`g`risida shuni 
ta`kidlash joizki, o`quv faoliyati ilk o`spirin uchun shaxslararo munosabatlarda o`z 
o`rnini topish, jamoa (sinf, kurs) ichida o`zini tasdiqlash, tan oldirish, mustaqil 
turmushga, hayotga kirishga tayyorgarlik ko`rishning motivlari alohida ahamiyat 


31 
kasb etadi. Ushbu motivlarning barchasi ilk o`spirin uchun shaxsiy ma`no kasb 
etadi. SHaxsning motivatsiya tuzilishida yuksak ijtimoiy motivlardan jamiyatning 
to`laqonli, tenghuquqli a`zosi bo`lish, xalqqa va Vatanga xizmat qilish, foyda yoki 
naf keltirish katta o`rin egallaydi. Bilishda, kognitiv faoliyatda o`quv jarayoniga va 
bevosita unda berilayotgan materiallarning (aksariyat fan asoslari) mohiyatiga 
nisbatan qiziqish ilk o`spirinlarda o`ziga xos xususiyatga ega (rasmiy yoki 
norasmiy nuqtai nazaridan 
yondashish). Yuqorida fikr, mulohaza va 
mushohadalardan kelib chiqqan holda shuni ta`kidlash lozimki, bu davrga kelib 
o`quv faoliyatining barcha motivlari (hatto ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchilari ham) 
jipslashib, barqaror tus egallaydi. Ushbu motivlarning eng ahamiyatli, o`ziga xos 
tomonlari – bu ularning ixtiyoriyligidir. Boshqacha so`z bilan aytganda, ilk 
o`spirin butun faoliyatini o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga erishishga 
qaratishidir. O`quv faoliyatining bu motivatsiya sohasida differensial (individual) 
o`zini o`zi baholash hamda nazorat qilish alohida o`rin tutadi. O`zini o`zi bunday 
yo`sinda baholash (orttirib, pasaytirib, xolisona, haqqoniy) ilk o`spirinning qaysi 
soha kuchli va qaysida kuchsiz ekanligini to`g`ri (adekvat) baholashga yordam 
beradi, bu esa o`z navbatida o`zini o`zi rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini 
ro`yobga chiqarish, o`zini o`zi namoyon etish, o`ziga o`zi buyruq berish kabilarni 
takomillashtiradi. Buning natijasida “Men”ligini egallashga intilish tuyg`usi 
shakllani boshlaydi. 
Akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o`quv faoliyati mohiyatining ikkinchi 
tomonini uning mazmunidagi o`zgarishlar tashkil etadi. agarda o`smirlar ma`lum 
voqea va hodisaning shunchaki mazmunigagina qiziqsalar (ehtiyoj sezsalar), ilk 
o`spirinlar esa mazkur hodisa yoki voqelikka nisbatan turlicha munosabatlarni 
izchil o`rganib, tahlil qilib, shaxsiy nuqtai nazarini bildirishni, talqin etishni 
(interpretatsiyani) xohlaydilar. Chunki ilk o`spirinlarni bor haqiqat qiziqtiradi, 
qolaversa bu davrda ishonch-e`tiqod, dunyoqarash jadal sur`atlar bilan shakllanadi. 
Ular har bir hodisani ko`pyoqlama, atroflicha, butun yaxlitligi va chuqurligi, 
mohiyati bilan bilishni istaydilar. Lekin shunday omil yoki sabab mavjudkim, 


32 
buning ta`sirida ular uchun qiziqarli bo`lmagan masalalarga diqqatini jalb 
qilolmaydi, natijada o`spirinlar faoliyati susayadi. Ko`pincha ilk o`spirinlarni 
bevosita ana shu jarayonning kechishi, uning isbotlari, keltirilgan ham nazariy, 
ham empirik barcha dalillar qiziqtiradi, ularni bilish faoliyatining predmetiga 
joylashtirishni istaydi. Ular juda tez munozaraga kirishib ketadilar, chin haqiqat 
yechimini topishga intiladilar, bu esa mustaqil fikr yuritishga, ta`lim 
samaradorligidan foydalanishga harakat qiladilar. Binobarin, baholash va 
baholanish istagi, bahs-munozaraga intilish mazkur yosh davrining eng asosiy 
xususiyatidir. Ular fikrlashining faolligi va tafakkurining mahsuldorligi bilan 
boshqa yosh davrlaridan keskin ajralib turadi. Bu narsa (voqelik)larning barchasi 
turmushda fantastikada o`z aksini topadi. O`smirlardan farqli o`laroq ular o`z 
faoliyatini boshqara boradilar, hatto nazorat qila biladilar. Ushbu davrga kelib 
tafakkurning ijodiyligi jadallashadi. SHuni uqtirib o`tish lozimki, ilk o`spirinlarni 
faqat ilmiy emas, hatto ularni etik (axloqiy) muammolar ham qiziqtiradi. Ularda 
axloqiy masalalar yuzasidan kuchli baholash tizimi vujudga kela boshlaydi. Bu 
jarayonda tushunarsiz hisoblangan, tasavvur qilingan dalil va isbotlar ular 
tomonidan qabul qilinmaydi. Ilk o`spirinlar o`z faoliyatlarida hissiyot va irodaning 
kuchli xatti-harakatlari hamda tafakkurning faolligi bilangina tavsiflanib 
qolmasdan, balki mustaqillikka (shaxs sifati tariqasida) intiladilar. Ular uchun 
munozarali, bahsli kechalar, eksperimental laboratoriya mashg`ulotlari, erkin 
seminar mavzulari katta qiziqish, motiv, moyillik uyg`otuvchi stimul hisoblanadi. 
Bularning barchasidan unumli foydalanish orqaligina har bir o`qituvchi o`z 
o`quvchilaridan mustaqil ravishda o`z ma`lumotini uzluksiz oshirib borish 
qobiliyatini yanada takomillashtirish mumkin. 
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, ilk 
o`spirinlik davriga kelib o`quvchilarning bilish (kreativ-ijodiy) faoliyatidagi ijobiy 
o`zgarishlar, kasb-hunar motivlari, intilish, moyillik, tabiat va jamiyatga nisbatan 
ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik munosabat ular shaxsining tarkib topishida 
(ijtimoiylashuvida) muhim rol o`ynaydi.


33 
Odatda har bir yosh davrining psixologik xususiyatlari tadqiq etilganda undagi 
alohida (individual) shaxsning o`z tengdoshlari davrasidagi (mikromuhitdagi) o`rni 
va ular bilan o`zaro hamda shaxslararo munosabatlari alohida izlanish predmeti 
sifatida ko`rib chiqiladi. Xuddi shu bois, ilk o`spirinlik davrining asosiy 
xususiyatlaridan yana biri sifatida shuni ta`kidlash joizki, bu davrga kelib ularda 
shaxslararo munosabatlarda ota-ona, o`qituvchi, tengdoshlari, norasmiy guruh 
a`zolariga nisbatan qayta oriyentatsiya (reoriyentatsiya) qilish jarayoni tugallanadi. 
Ma`lumki, o`z tengdoshlari bilan muomalaga (muloqotga) kirishish ehtiyoji 
insonda 4-5 yoshidayoq vujudga kelsa-da, ushbu ehtiyoj borgan sari kuchayadi, 
jadallashadi, ko`lami ortadi, buning natijasida reoriyentatsiya jarayoni namoyon 
bo`ladi, tobora barqarorlashib boradi. 
Materiallarning psixologik tahliliga qaraganda, ilk o`spirinlik davrida tengdoshlar 
o`rtasidagi muomala, muloqot uch xil ko`rinishdagi funksiyani bajaradi: 
1.Axborot (informatsiya) kanali. 
2.SHaxslararo munosabatlarni shakllanish jarayoni. 
3.Emotsional-hissiy aloqa (kontakt) o`rnatish vositasi (o`zaro ta`sir yoki 
interaksiya). 
4.Axborot (informatsiya) kanali yuzasidan shuni aytib o`tish lozimki, ilk 
o`spirinlar o`z tengdoshlaridan muayyan darajada tabiat, jamiyat, fan va texnika 
to`g`risidagi 
ma`lumot 
(xabar)larni 
oladilar. 
Jinslar 
(genderlik)haqidagi 
ma`lumotlarning deyarli aksariyati tengdoshlar bilan bo`lgan muloqotda, muomala 
jarayonida o`zlashtiriladi, qolaversa ularga nisbatan shaxsiy munosabati 
shakllanadi. Shuning uchun tengdoshlari bilan munosabatga kirishmaslikning o`zi 
ijtimoiy-psixologik voqelikka daxldor salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, 
buning natijasida ularning psixikasida rivojlanishdan orqada qolish hodisasi 
vujudga keladi. Axborot taqchilligi shaxsni sust harakat qilishga, loqaydlikka olib 
boruvchi illatni namoyon etadi.
1.
SHaxslararo munosabatni shakllanish jarayoni – ilk o`spirinning o`z 
tengdoshlari orasida axloqiy va nafosatga oid bilim, ko`nikma, madaniyatni 


34 
egallaydilar. Jamoada, guruhda, jamoatchilik o`rtasida o`zini tuta bilishlik, o`zini 
o`zi ham jismonan, ham aqlan idora qilishlik bolalik davridayoq tengdoshlar 
davrasida shakllana boradi. Mazkur davrda munosabatlarning me`yori, mezoni, 
paralingvistik, ekstralingvistik, prosemik, operativ-kinestetik fenomenlari bilan 
qurollanish vaziyati yuzaga keladi. 
2.
Emotsional-hissiy aloqa (kontakt) o`rnatish vositasi (interaksiya funksiyasi) 
– guruhning tenghuquqli a`zosi (ishtirokchisi, hamkorlik faoliyati sub`ekti) 
ekanligini anglash (tushunish, o`zini o`zi tan oldirish, o`z “Men”ligini tasdiqlash), 
undagi o`rtoqlarcha, do`stona (xolisona) o`zaro yordam ilk o`spirinning mustaqil 
shaxs sifatida shakllanishida ko`mak beribgina qolmasdan, balki unga emotsional-
hissiy kechinmalar, tuyg`ular, yuksak hislar (aqliy, axloqiy, lazzatlanish, ehtiros, 
eyforiya, kayfiyat, affekt, stress, depressiya kabilar) to`g`risida ma`lumotlar hamda 
ulardan ijtimoiy turmushda foydalanish yo`l-yo`riqlari bilan tanishtiriladi. 
Bularning barchasi mazkur yoshdagi o`g`il-qizlarni barkamol shaxs sifatida 
shakllanishga puxta, barqaror, mustahkam psixologik negiz yaratadi.
Ilk o`spirinlarning tengdoshlari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, ular ishtirok 
etgan jamoasi (guruhi) tushunchasini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan izohlab 
berishga, tavsiflashga harakat qilamiz. Bizningcha (E.G`.), bu tushuncha ikki xil 
ma`no, mohiyat kasb etishi, shuning uchun ikki toifaga mansub sifatida talqin 
qilinishi mumkin.
1.
Tor ma`nodagi, ya`ni ko`lami ixcham bo`lgan ijtimoiy-psixologik 
xususiyatli guruh birlashmasi (rasmiy yoki norasmiy bo`lishidan qat`i nazar) 
ko`rinishi, shakli sifatida. 
2.
Keng ma`nodagi, ya`ni ko`lami keng, umuman olganda keng miqyosdagi 
tanish va notanish tengdoshlarni birlashtirish tariqasida. Lekin ta`bir joiz 
bo`lganligi tufayli shuni aytish kerakki, tor ma`nodagi ijtimoiy-psixologik guruhlar 
sifatidagi tengdoshlar jamoasi bir tomondan turli yoshdagi, kasbdagi yoshlarni, 
masalan, sport komandasi a`zolarini o`z ichiga qamrab olishi nazarda tutilsa, 
ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy kelib chiqisha jihatdan turli kasb-hunar egalaridan 


35 
tashkil topgan bo`lishi mumkin, chunonchi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey 
o`quvchilari, xizmatchilar, ishchilar, qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanuvchilar va 
boshqalar.
Ilk o`spirinlar psixikasi tadqiqot qilinar ekan, ular ko`pincha referent guruhlarga 
taalluqli ekanligi uqtirib o`tiladi, ya`ni ularga o`z ta`sirini o`tkaza oladigan hamda 
alohida o`g`il yoki qiz uchun muayyan qiymatga ega bo`lgan guruh gavdalanadi. 
Psixologiya fanida ilk o`spirinlik davri ikki xil guruhga ajratiladi: 
1)
rasmiy guruhlar, ya`ni muayyan muhitga daxldorligi, yaqqol vaqt hamda 
fazoda hamkorlik tizimiga aloqadorligi; 
2)
ixtiyorsiz, g`ayritabiiy, spontan tarzda vujudga keluvchi guruhlar. 
Odatda rasmiy guruhlar katta yoshdagi insonlar tomonidan tashkil toptirilgan, 
shakllantirilgan, ham ijtimoiy, ham psixologik mexanizm bilan boshqariladigan 
hamda jamiyat tashkilotlari tomonidan nazorat qilib turiladigan odamlar 
jamlanmasi (birlashmasi)dir. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan ular ham o`z 
navbatida ikkitaga bo`linadi: a) o`rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji 
o`quvchilari, “Kamolot” tashkilotlari; b) sport komandalari va seksiyalari, 
madaniyat uyi va o`quvchilar saroyidagi turli to`garak a`zolari. 
Ilk o`spirinlarning ixtiyorsiz, g`ayritabiiy, spontan guruhlari esa mazkur yosh 
davridagi o`g`il-qizlarning o`zlari tomonidan o`rtoqchilik, do`stlik, tengdoshlik 
asosida tashkil topadi. Psixologik ma`lumotlar qiyosiy tahlilining ko`rsatishicha, 
g`ayritabiiy guruhlar ham o`z navbatida uch xil xususiyatga, ko`rinishga, 
morfologik tuzilishga ega bo`lishi mumkin: 
1)
prosotsial guruhlar – rasmiy jihatdan hech qaysi jamoaga, guruhga qarashli 
bo`lmasalar-da, biroq ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi, faoliyat 
mahsuliga ega bo`lgan, jamoa yoki kengroq ma`noda jamiyat a`zolari bilan bir 
tekis qadam tashlovchi, ruhan sog`lom, zamon nafasiga hamohang hissiyotni 
gavdalantiruvchi ilk o`spirinlardan tashkil topgandir; 
2)
asotsial guruhlar – ularni muayyan muhitga ijtimoiy foydali mehnat 
birlashtirmaydi. Bu guruhlar deyarli biror narsa bilan umumiy tarzda 


36 
qiziqmaydilar, boshqacha so`z bilan aytganda, ularda ijtimoiy motivatsiya qariyb 
latent holatida, biroq ularning a`zolari bo`sh vaqtini birga o`tkazish uchun 
uchrashadilar, xolos. Ilk o`spirinlarning bunday guruhlari jamiyatda, uning 
infratuzilmalarida uchrab turadi. Aksariyat hollarda ular xarakteridagi beqarorlik 
mavjud bo`lganligi sababli antisotsial (aksilijtimoiy) guruhlarga aylanib qolish 
xavfi bor. Ma`lumki, bir stakan maydan mayxo`rlikka, qoidabuzarlikdan 
jinoyatchilikka o`sib o`tish o`rtasida masofa unchali katta emas. 
3)
antisotsial (aksilijtimoiy) guruhlar – bu ilk o`spirinlar jamiyatning axloqiy 
normalariga 
(me`yorlariga), 
milliy 
qadriyatlarga, 
ma`naviy 
mezonlarga, 
belgilangan qonunlarga qarshi, zid mashg`ulotlar bilan anglagan, goho anglamagan 
holda shug`ullanadilar. O`z sinfida, kursida yoki tengdoshlari, o`rtoqlari o`rtasida 
o`z o`rnini topa olmagan ilk o`spirinlar bunday guruhni tashkil qiladi. Aksariyat 
hollarda bunday guruhlarning liderlari jinoyatchilar, retsedivistlar hisoblanadilar, 
ularning xatti-harakatlarini ashaddiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqaradilar. 
Bunday guruhlarning a`zolari oddiy bezorilikdan tortib, to murakkab 
jinoyatchilikka qadar sa`y-harakatlarini amalga oshiradilar. Bunday guruhlarga 
daxldor ilk o`spirinlar vujudga kelishini oldini olish uchun oila, mahalla, maktab, 
kollejlar, akademik litseylar, “Kamolot” ijtimoiy harakati hamkorlikda ular 
ruhiyatidagi og`ishni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish zarur. Bu yo`nalishda olib borilgan psixologik tadqiqotlar 
natijasining ko`rsatishicha, o`qituvchilar tomonidan aql-idroki, qobiliyati, 
ma`naviy olami, qiziqish motivatsiyasi oqilona baholanmagan, tengdoshlari 
davrasida hurmat, e`tibor qozona olmagan, oilada shaxslararo munosabatlarda 
muayyan maromga erisha bilmagan ilk o`spirin yoshidagi o`g`il-qizlar 
qonunbuzarchilik yo`lini tanlaydilar. Ular uchun jinoyat, jinoyatchilik tengdoshlar, 
voyaga yetganlar davrasida o`zini ko`rsatish va tan oldirish, o`zgalar diqqat-
e`tiborini o`ziga jalb etish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bunday toifaga aloqador 
ilk o`spirinlar o`zlari amalga oshirayotgan jinoyatlaridan asosiy maqsad nima 
ekanligini anglab yetmaydilar. Ular bilan psixologik mashg`ulotlar o`tkazish, 


37 
psixotreninglar tashkil etish, psixoterapiya vositalaridan foydalanish, proyektiv 
metodlarni tatbiq qilish orqali psixologik og`ishni kamaytirish mumkin. Ilk 
o`spirinlarni o`zini o`zi baholashga, nazorat qilishga o`rgatish, irodasini 
takomillashtirish mashg`ulotlarini o`tkazish ijobiy natijalarni keltiradi. Eng 
samarali vositalardan biri – bu ularda qiziqish ko`lamini kengaytirish, motivlarni 
motivatsiyaga o`sib o`tkazish, ichki imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga 
yo`naltirish.
Ilk o`spirinlik davrida biror ijtimoiy guruhda o`z o`rnini topish uning uchun 
qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, shunga qaramasdan bu ontogenez 
bosqichida eng rivojlangan his bu do`stlik bo`lib hisoblanadi. Ilk o`spirinlar 
o`zlarini qanchalik ko`rsatishga (namoyon etishga, ro`yobga chiqarishga) 
intilmasinlar, ko`pincha o`zlarini tushuna va anglay oladiganlarni juda 
qadrlaydilar. Ular o`z do`stlarining oldiga o`smirga o`xshab umuman bajarib 
bo`lmaydigan, noreal talablarni qo`ymaydilar, bunday do`stlik nafaqat mustahkam, 
barqaror bo`libgina qolmay, balki u chuqur negizga ega bo`la boradi. Ilmiy 
tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko`rsatdiki, barcha ilk o`spirinlarda
do`stlikning mustahkamligi bir xil emas ekan, Chunki bu turli ko`rinish ijtimoiy-
madaniy, aqliy-ijodiy shart-sharoitlar bilan uzviy bog`liqdir. Qizlar bilan yigitlar 
o`rtasidagi do`stlik tuyg`usiga nisbatan munosabat ham turlicha ma`no-mohiyatga 
ega ekan. Masalan, shaharda yashaydigan yigit va qizlarda bu do`stlikning 
mustahkamligiga ishonch kuchliroqdir. SHunga qaramasdan, yigitlarga nisbatan 
bokira qizlarda bu munosabat jiddiyroqdir. Ilk o`spirinlik davrida bu tuyg`u juda 
katta ahamiyat kasb etadi, hatto ijtimoiylashuvning muhim fenomeni sifatida 
gavdalanadi. Bir tomondan u ilk o`spirin uchun uning ichki dunyosini ochishga 
xizmat qilsa, o`zini o`zi anglashga yordam bersa, ikkinchi tomondan bu yuksak 
tuyg`u do`stlik o`zgalarni tushunishga harakat qilishning ijtimoiy turmush maktabi 
vazifasini bajaradi. SHuning uchun shaxsning ilk o`spirinlik davridagi do`stlikka 
(ilk muhabbatga aylanish ehtimoli mavjudligi tufayli) o`qituvchilar jiddiy 
munosabatda bo`lishlari ayni muddaodir. Unga o`tkinchi mayl sifatida to`sqinlik 


38 
qilmay, balki uni yigit-qizlarga avaylashga, qadrlashga, ulug`lashga o`rgatish 
kerak, toki u ilk o`spirinlar emotsional-hissiy kechinmalarining regulyatoriga 
aylansin. Ilk o`spirinlarni do`stlashish vaqtida shaxsning yoshiga ham e`tibor 
berish ijtimoiy turmushda foydadan holi emas, Chunki u kishining ruhiy holatiga 
kuchli ta`sir etadi, hatto larzaga keltiradi (shirin tuyg`u, murakkab kechinma, 
eyforiya, ruhiy madad, stress, depressiya va boshqalar). 
Jahon psixologlarining tadqiqot natijalari quyidagi ma`lumotlarni tavsifga imkon 
beradi. Ularni umumlashtirish: ilk o`spirini yigitlar do`stlashishida: 75-85% 
tengdoshini, 15-18% katta yoshdagilarni, 1-7% kichik yoshda bo`lishini ma`qul 
ko`radilar. Ilk o`spirin yoshidagi qizlarda esa olingan ma`lumotlar o`zgacha 
xususiyatga ega. Ular: 50-60% tengdoshlari bilan, 40-50% katta yoshdagilar bilan, 
kichik yoshdagilar bilan do`stlashmaslikni afzal ko`radilar. Psixologlarning 
talqiniga qaraganda, buning barchasi ulardagi ideal do`stlik haqidagi 
tushunchalarning turli-tumanligi bilan bog`liq ekanligi ta`kidlanadi. Biroq ilk 
o`spirinlik davridagi do`stlikning eng muhim xususiyatlaridan biri shuki, ular o`z 
do`stining ijtimoiy o`rniga, psixologik xususiyatlariga, hayotiy ustanovkalariga 
asoslangan holda tanlab olmaydilar.
Fransuz psixologi Zazzo ilk o`spirinlardagi, shu jumladan, o`smirlikda kechadigan 
do`stlikka ta`rif berar ekan: “Bu davr eng sidqidil va olijanob davrdir” degan edi. 
Keltirilgan olim fikrining asl ma`nosi shuki, ilk o`spirinlar eng pok do`stlikka, 
ya`ni sevgiga ega bo`lib, goho undan norozi bo`ladilar, iztirob chekadilar, Chunki 
bu do`stlik juda ko`p ziddiyatlar makonidir. Ilk o`spirinlar do`stlikka intilmasinlar, 
bunga bo`lgan ehtiyoj prinsipial jihatdan qondirilmay qolaverishi ham mumkin. Ilk 
o`spirinlarning do`stligi to`g`risida beto`xtov, uzluksiz mulohaza yuritish mumkin, 
shuning uchun bu ma`ruzada yoritilmasdan qolib ketgan masalalar yuzasidan 
materiallarni mustaqil ta`lim soatlarida o`rganib, o`zlashtirib olasizlar, deb ularga 
ishonch bildirish maqsadga muvofiq. 
Ilk o`spirinlarda dunyoqarash muammosining tahlili shaxs shakllanishining muhim 
bo`g`imi bo`lib hisoblanadi. Dunyoqarash – jamiki olamga (o`n sakkiz ming va 


39 
undan ortiq) nisbatan shaxsning munosabati borliqning asosi va prinsiplari 
haqidagi tasavvurlar tizimi, odamning turmush falsafasi, uning barcha 
bilimlarining yig`indisi va natijasi. Dunyoqarash bilimlar tizimidan tashqari 
e`tiqodlar, qadriyatlar, ma`naviyat tizimini ham o`z ichiga qamrab oladi. Ular 
dunyoqarashiga xos bo`lgan izlanishlardan biri o`z hayotining (turmushining) 
ma`nosini qidirishdir. Ilk o`spirin yigit va qiz hayotining shunday bir formulasini 
topishni istaydiki, bu formula turmushning barcha qonunlari, qoidalari, 
mexanizmlari, prinsiplari, holatlari, xususiyatlari, hodisalari va jarayonlarini o`z 
ichiga qamrab olishdan iboratdir.
Dunyoqarash ikkiyoqlama tavsifdan tashkil topadi va o`ziga xosligini namoyon 
etadi. Kognitiv – kognitiv nuqtai nazardan dunyoqarash ob`ektiv borliqni 
qanchalik to`g`ri aks ettirish bilan tavsiflanadi. Akseologik – akseologik nuqtai 
nazardan esa –dunyoqarash shaxs faoliyatini qanday boshqarilishi bilan 
tavsiflanadi. SHuni ta`kidlab o`tish joizki, dunyoqarash inson faoliyatini boshqarar 
ekan, u progressiv yoki reaksion optimistik yoki neosimistik faol ijodiy yoki sust-
kuzatuvchan bo`lishi mumkin. Biz yuqorida ilk o`spirinlarning rivojlanishidagi eng 
asosiy xususiyatlarini ko`rib chiqdik, xolos.


40 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə