O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix08.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#89101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ospirinlarda oz ozini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillari (1)

MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI.
 
1.1.O`spirinlarning shaxs xususiyatlari tavsifi. 
0`spirinlik -bu insonning fuqoro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan 
yetilishi o`z taqdirini o`zi hal qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi fuqoro va 
vatanparvarlik ma`naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. 
Psixologiyada o`spirinlik odatda jinsiy yetilishdan boshlanib, kattalikka qadam 
qoyilishi bilan tugallanadigan rivojlanish bosqichi sifatida qaraladi. Biroq shu 
qarashning o`zi

ya`ni birinchi chegaraning fiziologik, ikkinchisining ijtimoiy 
chegara ekanligi bu holatning ko`p qirrali ekanligi va murakkabligini ko`rsatadi
.
O`spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshlardagilar (akademik litsey, kasb-hunar kolleji 
o`quvchilari) kiradilar. Bu davrda o`quvchi jismonan baquvvat, o`qishni tugatgach, 
mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o`zini sinab ko`radigan imkoniyatga 
ega bo`ladi, ma`naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Ilk o`spirin 16 yoshida 
mamlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega 
bo`ladi. Bularning barchasi ilk o`spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga 
yetishi, hayotda o`z o`rnini topishi, o`z taqdirini o`zi hal qilishi va yetuk shaxs 
sifatida ma`naviy o`sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. 
 
Ilk o`spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, akademik litsey, kasb-hunar kolleji 
jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqei 
ta`sirida, o`qish va turmush sharoitidagi o`zgarishlar ta`sirida tarkib topa 
boshlaydi.
Mazkur davrning yana bir xususiyati − mehnat bilan ta`lim faoliyatining bir xil 
ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta`siri ostida ilk 
o`spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o`sishida o`ziga xos o`zgarishlar, yangi 
xislat va fazilatlar namoyon bo`ladi. Akademik litsey, kasb-hunar kolleji 
o`quvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta 
boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta`lim xarakterining o`zgarishi yigit 
va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e`tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy 



his-tuyg`uning vujudga kelishiga, bilimni o`zlashtirishga ijodiy yondashish 
kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi.
Hayotda o`z o`rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash,
istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo`lishni keltirib chiqaradi. 
Biroq bu davr kuch-g`ayrat, shijoat, qahramonlik ko`rsatishga urinish, jamoat, 
jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo`lish bilan boshqa yosh 
davrlaridan keskin farqlanadi. 
Ayniqsa, turmush va o`qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf (kurs) 
jamoasidagi o`zgacha vaziyat, o`spirinlarning maxsus ta`lim tizimida egallagan 
yuqori mavqei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab 
hamda mas`uliyatli vazifalar qo`yadi. Bu davrda o`spirin yangicha ta`lim muhitida 
tashkilotchilik, 
rahbarlik, 
tarbiyachilik, 
tashviqotchilik 
vazifalarini 
o`tay 
boshlaydilar. 
O`spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, 
o`quv jamoasi, ta`lim jarayoni qo`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u 
erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-
qarshiliklar, ziddiyatlar o`spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o`sishi 
orqali bartaraf qilinadi. 
O`spirinlik davrining bir qator nazariyalari mavjud. Bular biologik, psixologik, 
psixoanalitik hamda ijtimoiy nazariyalardir. Biologik nazariya tarafdorlari 
o`spirinlikni 
avvalo 
organizm 
evolyutsiyasining 
ma`lum 
bosqichi 
deb 
hisoblaydilar. Ularning fikricha , barcha tomonlarning rivojlanishini aynan 
biologik jarayonlar belgilaydi. Psixologik nazariyalar esa asosiy etiborni psixik 
evolyutsiya qonuniyatlari, ichki dunyo va o`z o`zini anglash xususiyatlariga 
qaratadilar. 
Psixoanalitik 
nazariyalar 
o`spirinlik 
deganda 
psixoseksual 
rivojlanishning bosqichini tushunadilar. 
Yuqorida takidlangan nazariyalarning barchasi o`spirinlikka insonning rivojianish 
jarayonini yo individual yoki shaxs sifatida qarash nuqtai nazaridan yondashadilar. 
Biroq rivojlanish turli ijtimoiy va ma`daniy muhitda turlicha kechadi. Ijtimoiy 


10 
nazariyalar o`spirinlikni ijmoiylashuvining ma`lum bosqichi, bolalikdan mustaqil 
va mas`uliyatli kattalik faoliyatiga o`tish sifatida qaraydilar. Tadqiqotchilar ning 
asosiy etibori inson o`zlashtirishi lozim bo`lgan ijtimoiy rollarga, mehnat 
faoliyatiga qo`shilish bilan bog`liq bo`lgan muammolariga qaratiladi. Hozirda 
psixologiya o`spirinlik muammosi kompleks ravishda , ya`ni taraqqiyotning ichki 
qonuniyatlari va ijtimoiy psixologik omillarni inobatga olgan holda o`rganish 
lozim deb hisoblaydi. Biroq bu bosqichning mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy 
sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatdagi tutgan o`rni, bilim darajasi 
shu sharoitlarga bo`gliq bo`ladi. O`spirinlik davrida mehnat va o`qish faoliyatining 
asosiy turlari bo`lib qoladi. 
Faol ijtimiy hayot o`qishning yangi harakteri o`spirinlarda dunyoqarashning 
shakllanishiga, ularda mustaqillik, tashabbuskorlik va burch hissining tarkib 
topishiga, bilimning turli sohalarida ularning ijodiy faoliyatini avj oldirishga katta 
ta`sir ko`rsatadi. 
O`spirinlik yoshidagi o`quvchilar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega 
bo`lar ekanlar, o`zlarining hayot yo`llarini belgilab olishga, bundan buyongi 
faoliyatlarining istiqbollarini aniqlab olishga, o`zlarining kelgusi ixtisoslarini 
tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb hunarga oid qiziqishlar tarkib 
topadi va u an ad a barqaror bo`lib qoladi, yigit qizlar o`z kelajaklari haqida 
jiddiyroq o`ylay boshlaydilar. O`spirinlik jo`shqin kuch g`ayrat, shijoat, mardlik, 
katta va qahramonona ishlarga intilishlar avj olgan yosh davr. 
O`spirinlik davrida shaxsning rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrda 
o`spirinning ma`naviy kuchlari intensiv rivojlanadi, uning ahloqiy qiyofasi tarkib 
topadi, dunyoqarashi shakllanadi. 
O`spirinlik ta`lim -tarbiyaning passiv obyekti emas, balki mustaqil faoliyat 
subyektidir. Shuning unga shaxs nuqtai nazaridan yondashuv, hamkorlik 
pedagogikasi ruhida yondashish talab qilinadi. Taraqqiyotning bu davri o`zining 
qaytarilmasligi individualligi boshqalarga o`xshamasligi hissining paydo bo`lishi 
bilan birga harakterlanadi. O`spirinlik davri nazariy atama taraqqiyotning turli 


11 
qirralari jismoniy yetilish, aqliy taraqqiyot, o`z o`zini anglashning shakllanishi, 
muloqot tuzilishidagi o`zgarishlar, motivatsion jarayonlarni tavsiflaydi. 
E.Shiranger (1924y) o`spirinlarning 3 ta tipi mavjudligi haqida ta`kidlagan,
1- turdagi o`spirin keskin Jo`shqin o`zgarishlar, ichki va tashqi nizolarning 
mavjudligi bilan xarakterlanadi.
2-tur o`spirinlarda kattalarjamoasi qadriyat va normalarinr o`zlashtirish bir tekis
asta sekinlik bilan
 , 
shaxsdagi sezilarsiz o`zgarishlarsiz amalga oshadi.
3-tur o`spirinlarda huddu 1-turdagiga o`xshash psixologik qayta qurish ancha tez
lekin bunda ular kuchli harakterga ega bo
`
lganliklari, yoshlar sababli kishi 
qiyinchiliklarni yengib bartaraf etadi va o`zlarining kelajaklarini ongli tarzda 
shakllantiradilar
.
Bu davr uchun xosh bolgan eng muhim psixik jarayon o`z o`zini anglashning 
rvojlanishidir. Ma`lumki L.S. Vigotskiy aynan o`z o`zini anglash va bu davrda 
uning rivojlanishiga alohida ahamiyat bergan Uning takidlashicha, o`z o`zini 
anglashning shakllanishi bilan “ Taraqqiyot drammasi” da yangi, sifat jihatdan 
o`ziga xos omil o`spirin shaxsi asosiy rolni o`ynay boshlaydi. 
O`spirinlikdagi muhim psixologik yangiliklaridan binri o`zining ichki dunyosini 
ochish hisoblanadi. Bu o`spirin uchun quvonchli va hayajonli holatdir. Biroq u 
tashvishli, dramatik kechinmalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ichki “men” 
tashqi xulq atvori bilan mos kelmaydi va o`z o`zini nazorat qilish muammosi 
faollashadi. 
O`zining qaytarilmasligi boshqalarga o`zshamasligini anglash bilan bir qatorda 
yolg`izlik hissi ham yuzaga keladi. O`spirin “meni” hali noaniq bo`lib, ko`pincha 
tashvishlanish va bo`shliqni his qilish sifatida boshdan kechiriladi. Shu tufayli 
muloqotda bo`lgan extiyoj o`sadi. Lekin muloqot tanlovchanlik xususiyatga ega 
bo`ladi, boshqalardan ajralib qolish extiyoji oshadi. 
O`z o`zini anglashni o`rganish uning psixologik jarayon sifatidagi mohiyatini 
aniqlashdan, shaxs ontogenetik taraqqiyotida uning yuzaga kelishi va uning 
sabablarini tadqiq qilishdan boshlanadi. 


12 
S.L.Rubinshteynning 1989 y. takidlashicha, shaxsni psixologik jihatdan 
o`rganishda o`z o`zini anglash, shaxsning “men “i haqidagi masala muhimdir. 
Shaxs subyekti sifatida o`z xulq atvorini anglaydi, bu xulq atvor, hatti - harakat shu 
faoliyatning ijodkori va mualifi sifatida javobgarlikni o`z bo`yniga oladi. 
Psixologik nuqtai nazardan o`z o`zini anglash “ murakkab psixologik jarayon 
bo`lib , uning mohiyatini shaxs tomonidan o`zining “obrazlarini” xulq atvor va 
faoliyatining turli vaziyatlarida boshqa odamlar bilan o`zaro ta`sirning barcha 
shakllarida idrok qilishi hamda bu obrazlarni bir butun tuzilma tasavvurlarda 
birlashtirish so`ngra uni boshqa subyektlardan farq qiluvchi o`zining “ men “ida , 
ya`ni “men”tushuhchasida yaxlit holga keltirish tashkil etadi. O`z

“menini ajratib 


olgach, bu o`zimizga ob`yekt sifatida, ya`ni o`zimizga nisbatan mustaqil tuzilma 
sifatida qaray olamiz

O`z “men”ini aks ettira olish o`z- o`zini anglashni 
ob`ektiv tadqiq qilishning muhim asosi bo`lib xizmat qiladi. Shaxsning o`z 
“men”ini qanday tasavvur qilishida o`zini anglashi hamda shaxsning umuman 
yetuklik darajasi aks etadi. 
O`z o`zini anglashni psixologik jihatdan o`rganish shaxsni real o`z o`zini 
anglovchi su`yekt sifatida tarkib topishini o`rganish bilan chanbarchas bog`liq o`z 
o`zini anglashni rivojlanish jarayoni shaxs genezisi tarkibiga kiradi. S.L. 
Rubinshteyn o`z o`zini anglashni rivojlanishining manbai va harakatlantiruvchi 
kuchi individda mustaqillikning o`sib borishida

deb hisoblagan. Uning 
ta`kidlashicha, ong o`z o`zini anglashdan kelib chiqmaydi, balki o`z o`zini anglash 
shaxs ongining taraqqiyoti davomida yuzaga keladi. 
Chet el psixologiyasida o`z o`zini anglashni amaliy jihatdan o`rganishga ko`proq 
e`tibor berildi. U.Djems, K.Radjers, M.Rozenberg kabi tadqiqotchilar o`zi 
haqidagi tasavvurlarining turli shakllarini ajratib ko`rsatadilar (ijtimoiy "men”, 
“oilaviy men”, real men, “ideal men” va.x.k) 
O`z o`zini anglash xususiyatlarini o`rganishda shaxs jihatdan yondashuv avvalom 
bor “men obrazi va o`z o`zini baholashni o`zgarishining shaxsiy motivatsion 
yo`nalishiga qaratilgan. Masalan, A.I.Obozniy va V.N. Katorskiy tomonidan o`rta 


13 
va yuqori sinf o`quvchilar ida o`tkazilgan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ularning 
talabchanlik darajasi vazifasining real bajarilishi va eksperiment baxosiga emas, 
balki o`spirinning o`z o`zini baholashiga bog`liqdir. 
U.I.Sovonko tadqiqotlariga atrofdagilar baxosi va o`z o`zini baholashga 
yo`nalganlik o`rtasidagi munosabat yoshga bog`liq ekanligi aniqlanadi. 
Ma`lum bo`lishicha, yoshi katta bo`lgan sari o`z o`zini baholashga yo`nalish ortib 
boradi. 
Shunday qilib

o`spirinlik davrida shaxsning rivojlanishiga did jarayonlarning 
asosiy xususiyatlari avvalo o`z o`zini anglashning sezilarli o`sishi bilan 
bog`langan

Biroq bu anglash oddiygina o`sishdan iborat bo`lib qolmasdan u sifat 
jihatdan o`ziga xos xarakterga ega bo`ladi, bu hol o`z shaxsining ma`naviy- 
psixologik xususiyatlarini, konkret hayotiy maqsadlar va intilishlar nuqtai 
nazaridan anglash va ularga baho berish extiyoji bilan bog`liq, o`spirinlarning o`z 
o`zini anglashidan xuddi shu tomonlari bilan farq qiladi. 
Xuddi ana shu narsa o`quvchida o`zining psixik hayotiga , o`z shaxsining 
sifatlariga, oz qobiliyatlariga chuqur qiziqish uyg`otadi, xuddi shuning uchun ham 
o`z hatti

harakatlariga nazar tashlash, o`z his tuyg`ularini va kechinmalarni bilib 


olish extiyoji paydo bo`ladi. 
O`z o`zini anglash hayot va faoliyat talablaridan kelib chiqadi. Jamoadagi yangi 
vaziyat, tevarak atrofdagi bo`ladigan yangicha munosabatlar o`quvchini o`z 
imkoniyatlarini baholashga, o`zining shaxsiy xususiyatlarini o`ziga nisbatan 
qo`yilayotgan talablarga javob bera olishi yoki javob bera olmasligi nuqtai 
nazardan anglashga majbur qiladi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə