O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


 O`spirinlik davridagi o`z o`ziga baho berish shaxsning o`z o`zini anglashi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix08.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#89101
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
ospirinlarda oz ozini namoyon qilishning ijtimoiy psixologik omillari (1)

1.3. O`spirinlik davridagi o`z o`ziga baho berish shaxsning o`z o`zini anglashi 
muhim elementi va natijasi sifatida. 
Bir maqsadga qaratilgan protses sifatida tarbiya muayyan jamiyatda qabul qilingan 
norma va qoidalarga muofiq keladigan inson xulq atvorini ta`minlash hamda shu 


23 
bilan birga shaxsning individual xususiyatlari va sifatlarini shakllantirishga yordam 
berishi lozim. Tarbiya insonning o`sishi va uning shaxsini shakllantirishga katta 
ta`sir ko`rsatadi. Ammo uning ta`sir kuchi bir qator ziddiyatlarga va avvalo 
muhitning ta`sir xarakteriga, shuhingdek, irsiyatga bog`liqdir. Tarbiyaning 
mikroiqlim ta`siri bilan oila va yaqin atrofdagi muhit bilan o`zaro
 
aloqasi, 
insonning o`sib ulg`ayishiga va uning shaxsini shakllantirishda alohiga rol 
o`ynaydi. Bu ta`sirlarni o`rganish va hisobga olish har bir o`spirinning xulq 
atvorining xususiyatlarini anglash imkonini yaratadi. Noqulay uy joy vaziyati 
aniqlansa, bu narsa bolaning o`sishi, o`zlashtirishi va xulq atvoriga ta`sir 
ko`rsatayotgan bo`lsa tarbiyachi oiladagi tarbiyaga aralashishi mumkin va lozim, u 
ota onalarga ta`sir ko`rsatishi ular ishlaydigan joydagi jamoat tashikilotlariga 
murojaat qilishi mumkin va lozim. Ayni vaqtda u bolaga individual yondashishni 
kuchaytiradi, mashg`ulotlarda zarur yordam uyushtiradi va hokazo. 
Tarbiyachi shuningdek, bolaning maktabdan tashqaridagi yaqin kishilarini ham 
bilishi kerak, Chunki ba`zan bu narsa o`spirin bolalarga nomaqbul ta`sir ko`rsatishi 
mumkin. Hozirgi vaqtda maktab va jamoatchilik o`quvchilar istiqomat qiladigan 
joylarda birgalikda katta ish olib borib, bolalar va o`spirinlarning madaniy dam 
olishi tashkil etilmoqda, ular sportga, xilma-xil to`garaklarga, texnika ijodiyoti 
mashg`ulotlariga kengroq jalb etilmoqda. 
Maktab borgan sari ko`proq mikrorayondagi tarbiyaviy ish hamda ota-onalar va 
jamoatchilik orasida pedagogik bilimlami propoganda qilish markaziga 
aylanmoqda. 
Tarbiya ikki tomonlama protsessdir. Tarbiyalanuvchi tarbiyachining talablarini 
tushunsa va qabul qilsa, ularni aktiv bajarishga intilsagina tarbiyachi ko`ngildagi 
samaraga erishadi. Bunday munosabat shakllanishning asosi bolaning unga 
qo`yilayotgan talablar oqilona ekanligini, adolatli va asosli ekanligini 
tushunishidadir. Tarbiyaviy jarayonda shaxsning eng katta aktivligi o`quvchi o`z 
o`zini tarbiyalash ustida jiddiy o`ylash boshlagan, o`zini takomillashtirish 
programmasini ishlab chiqqan, o`z irodasini safarbar etgan paytda namoyon 


24 
bo`ladi. Bu programmani bajarish sohasida mahsus kuch g`ayrat sarflab, uning o`zi 
o`z shaxsini aktivlik bilan shakllantiradi. Tabiiyki, ahloqiy rivojlanishning 
muayyan darajasiga erishilgan va o`z ongi uyg`ona boshlagan paytdagina o`z 
o`zini tarbiyalash hamda o`z o`zini takomillashtirishga intilish vujudga keladi. O`z 
xulq atvorini, ayniqsa o`z harakteri va shaxsiy hislarini boshqa kishilarning xulq 
atvori va xarakter belgilari bilan qiyoslash olishni rivojlantirish ham goyat 
muhimdir. Insonda o`z ideali bo`lib unga tenglashishiga intilish ham katta 
ahamiyatga ega. Insonning hayotda shaxsiy, ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarni 
qo`yishi ularning bajarilishiga erishishga intilishni xosil qilish buning uchun o`zida 
zarur hislatlarni rivojlantirish muhimdir. Bunday yetuklik va ong darajasi odatda 
o`spirinlik davri bilan bog`la-nadi, lekin o`smirlik chog`ida ham vujudga kelishi 
mumkin.Tarbiya natijalarini xarakterlaydigan eng muhim narsa insonni umumiy 
o`sib ulg`ayishni ta`minlash, uning shaxsi yo`nalishni shakllantirish, unda 
ma`naviy talab va intilishlarni rivojlantirishdir. Jamiyatdagi tarbiya qulay ijtimoiy 
muhit tasirini kuchaytirish hamda inson shaxsini shakllantirishni bir maqsadga 
qaratish, davlat qurish vazifalariga bo`ysunadigan qilish kerak. Bir maqsadga 
qaratilgan protses sifatida tarbiya muayyan jamiyatda qabul qilingan norma va 
qoidalarga muofiq keladigan inson xulq atvorini ta`minlash hamda shu bilan birga 
shaxsning individual xususiyatlari va sifatlarini shakllantirishga yordam berish 
lozim.
Ming yillar ichida tarbiya muhim va yetakchi rol o`ynar ekan. Savol tug`iladi. 
Tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim yoki nima belgilab beradi?
Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to`g`ri javob topishga 
bog`liq, ya`ni birinchi navbatda tarbiya bilan shugullanadigan har bir tarbiyachi 
avvalo o`z faoliyatini va unda ko`zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur qilish, 
maqsadni muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish 
darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo`lishi kerak degan savollarni avvaldan 
tasavvur etish zarur ekan. Bu maqsad jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek 
maqsadiga mos kelishi kerak. Tarbiya yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan 


25 
axloq odob qoidalariga mos keladigan etiqodini, ahloqiy malakalarini, extiyoji va 
intilishlarini tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy 
o`zining “Turkiy Guliston yohud ahloq“ asarida inson kamolotiga tarbiyaning 
ro`lini alohida ta`kidlab, shunday degan edi,” Janobi haq insonlarning asl 
xilqatlarga istedodli, qobiliyatli, yaxshi-yomonni, foyda-zararni, oq-qorani 
ajratadigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq 
uchun tarbiya vositasida bo`ladi. Agar o`spirin yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan 
saqlanib, go`zal xulqlarga odatlanib katta bo`lsa, baxtiyor inson bo`lib chiqadi. 
Agar tarbiyasiz axloqi buzilib nasihatni qulog`iga olmaydigan, har bir buzuq 
ishlarni qiladigan nodon, jaxil bir rasvoi odam bo`lib chiqadi”. 
Axloqimiz binosining go`zal va chiroyli bo`lishiga tarbiyaning ta`siri kattadir. 
Yuqorida biz tarbiyadan maqsad barkamol insonni tarbiyalash degan edik. Xo`sh 
barkamol inson deganda kimlarni, nimalarni tushunmoq kerak. 
Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy ahloq qoidalari asosida tarkib 
topib borgani tarixdan ma`lum. Qur`oni Karim oyatlari, Payg`ambar Alayhissalom 
Hadislari, ulamo va allomolarimizning kitoblari, tariximizmiz manbai bo`lib

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə