O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


PEDIATRIYA VA BOLALAR GIGIYENASI FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI JAMI : 16 SOAT



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/8
tarix21.05.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#45054
1   2   3   4   5   6   7   8

PEDIATRIYA VA BOLALAR GIGIYENASI FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI JAMI : 16 SOAT.
Mavzu №1. Bolalar o’sish rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.bo’yicha laboratoriya mashg’uloti.
laboratoriya mashg’ulotida o’qitish texnologiyasi.

Vaqti-2 soat.

Talabalar soni25-30 nafar.

O’quv mashg’ulotning shakli.

Bahs munozara.

Laboratoriya

mashg’ulotida muhokama qilish uchun savollar.



1. Bolalik davrlarini ketma-ket yozish.

2. Bolaning og’irligini hisoblash( 5,6,7,8,9 oylik).

3. Bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.


O’quv mashg’ulotning maqsadi:Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

Pedagogik vazifalar:

-Mavzu rejasidagi savollar bo’yicha talabalar bilimlarini oshirish.

-Talabalar faolligini oshirish,

-Talabalar fikrlarini shakllan-

tirishda ko’mak berish.

-Erkin holda ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.



O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- Bolalik davrlarini bilib oladilar

- Bolaning og’irligini oyma –oy hisoblab biladilar( 5,6,7,8,9 oylik).



- Bolaning jismoniy rivojlanishini to’g’ri baholab biladilar.

O’qitish usullari va texnikasi.

Hamkorlikda ishlash,bahs munozara,blits-so’rov,taqdimot,davra so’hbati.

O’qitish vositalari.

O’UM,mavzuga tegishli o’quv adabiyotlar,

plakatlar,vedioproyektor,markerlar,skoch,qog’oz,



O’qitish shakllari.

Individual,frontal,guruhlarda ishlash

O’qitish sharoitlari.

Texnik ta’minlangan guruhlarda ishlash uchun mo`ljallangan auditoriya.


Laboratoriya mashg’ulotning texnologik xaritasi.

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni.




O’qituvchi.

Talaba.

1-bosqich.kirish

(10 min)


1.1. O’quv mashg’ulotning mavzusi,maqsadi rejalashtirilgan natijasini talabalarga eslatadi.

1.1.Diqqat bilan tinglaydilar va yozib oladilar.

2-bosqich.Asosiy

(60 min.)



2.1.Mavzu bo’yicha ayrim tushunchalarga ta’rif berishni taklif etadi va shu asosida blits-so’rov o’tkazadi.(1-ilova)

2.2.Olib boriladigan ish guruhlarda davra so’hbati tarzida olib borilishini tushuntirib beradi.Hamda guruhlarda ishlash qoidalarini eslatib o’tadi.

2.3.Davra so’hbatida muhokama qilish uchun savollar va vazifalarni tarqatadi.Guruhlarda ish boshlanganligini e’lon qiladi.Ish jarayonida talabalarga maslahatlar berib boradi.

4.Guruhlarda ishning natijalarini muhokamasi va o’zaro baholashni tashkil etadi.Vazifalarni bajarish jarayonida qilingan xulosalar

umumlashtirishlarga alohida e’tibor qaratadi.


2.1.Bolalik davrlariga ta’rif beradilar,savollarga javob beradilar.

2.2.Davra suhbatiga tayyorgarlik ko’radilar.

2.3.Savol va vazifalarni oladilar.Har bir guruhda muhokama qiladilar.

2.4.Guruh yetakchilari jamoaviy ishlab chiqilgan fikrlarni bayon qiladilar Ishtirokchilar qo’shimcha qiladilar

,savollar beradilar va o’zaro baholaydilar.


3-bosqich.

Yakuniy

(10 min.)


3.1.Darsga yakun yasaydi,

baholaydi va faol ishtirok-

chilarni rag’batlantiradi.

3.2.Semestr davomida fan mavzulari bo’yicha savollar beradi.

3.3.Muammoli masalalar beradi

Laboratoriya mashg’uloti davomida faol talabalarni rag’batlantiradi.

Amaliy darsga yakun yasaydi.


3.1.Tinglaydilar,aniqlashtiradilar

3.2.Savollarga javob beradilar.

3.3..Muammoli masalalarni yechishga harakat qiladilar.



1-ilova.

Blits-so’rov savollari.

  1. O’sish davrida bola organizmida qanday jarayon ko’zatiladi?

  2. organizmda o’sish bir vaqtda, qizlarda o’rtacha nech yoshgacha,yigitlarda esa necha yoshda tugallanadi.?

  3. O’sish- organizmning ........ korsatkichi hisoblanadi.nuqta o’rnini to’ldiring

  4. rivojlanish ...........ko’rsatkichi hisoblanadi.nuqtalar o’rnini to’ldiring

  5. Yangi tug’ilgan chaqaloq qanday holati bilan katta odamdan farq qiladi. ?

5. Bola 1 yoshga bo’y uzunligi necha sm ga yetadi?

6. Yangi tug’ilgan chaqaloqning o’rtacha vazni necha kg.bo’ladi?

7. Uzoq yashovchilar uchun necha yosh (erkak va ayollarda). belgilangan?



2-ilova.

Birinchi guruh uchun savollar.

  1. Tananing vazni nimaga qarab o’zgaradi. .

  2. Bola tug’ilgandan kunidan 1 oy davomida necha gr oshadi?

  3. Chaqaloqlik davri- necha kun hisoblanadi?


Ikkinchi guruh uchun savollar.

1.Odam organizmi paydo bo’lgunidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan qanaqangi o’zgarishlarga uchraydi?

2.Ko’krak emish davri- necha kunligidan boshlab qachongacha davom etadi?

3.Aksilirasiya haqida tushuncha bering.


Uchunchi guruh uchun savollar.
1. O’sish va rivojlanishning qanday qonuniyatlarini bilasiz?.

2. Progressiv bosqich deganda qanday holat tushuniladi?

3. Bolalik davrlarini ketma-ket yozing

3-ilova.

Ish tartibi va reglamenti.

1. Savollarga javob topish va prezentatsiya varag’ini yozish uchun guruhda ishlashga -20 min.

2. Savollar yechimini prezentatsiya qilish -8min gacha.

3. Jamoa bo’lib muhokama qilish,xulosalarni shakllantirish-10 min gacha.

4.O’zaro baholash-1-min.

4-ilova.

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari.

Har bir guruh boshqa guruh taqdimotini baholaydi,mezonlar bo’yicha ballarni jamlaydi.




Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Maksimal ball

1 guruh

2 guruh

3 guruh










Javoblar:

1,2










- Savollarni to’g’ri talqin qilinishi

0,4










- Savollar yechimini to’g’ri topishi.

0,4










- mantiqiylik,aniq xulosalar va xulosalarning qisqaligi

0,4










Taqdimot.

1,4










-Javoblarni aniqligi va tushunarliligi.

1,0










- Har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar,qo’shimchalar)

0,4











Reglament.

0,4










Umuniy ballar yig’indisi.

3,0










Mustaqil ish uchun topshiriq:

Bolalik davrlari bo’yicha slaydlar tayyorlab kelish.

Mavzuning qisqacha bayoni: O’sish davrida tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi yani bo’yning cho’zilishi og’irlikning ortishi tushuniladi. Bola m`alum yoshgacha to’xtovsiz va har hil jadalliklar bilan o’sadi. Shunga qaramasdan barcha to’qima va hujayralarda yani organizmda o’sish bir vaqtda, qizlarda o’rtacha 17-18 yoshgacha yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O’sish qatorida hujayralarda ularning bajaradigan vazifasi ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.

Rivojlanish deganda: o’sayotgan organizm to’qima xujayralarining va organlarning shakllanishi ya’ni bola organizmi hujayralarning shakllanishi o’smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga hos bo’lgan bir muncha murakkab to’qima va organlarga ega bo’lishiga aytiladi. Odam organizmining rivojlanishi umir bo’yi davom etib turadigan to’xtovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanishi tuxum xujayralarining otalanishidan boshlab umr oxirigacha davom etadi.

Organizm jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi yani murakkablashadi.

Organizm o’sish va rivojlanishda barcha etaplarni bolani: o’smirlik, o’spirinlik, yoshlik, yetuklik davrini bosib o’tadi. Odam xayotning har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari oldingi davrning qoldiqlari kelgusi davrning kurtaklari paydo bo’ladi.

O’sish- organizmning miqdori korsatkichi hisoblansa, rivojlanish sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu ikki jarayon notekislik, umrsizlik, geteroxroniya va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Odam organizmi paydo bo’lgunidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, bioximik va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan. Biroq, bu irsiy faktorlarning yuzaga chiqishda yosh xususiyatlarning shakllanishida ta’lim tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turmushning gigiyenik sharoiti, sport va mexnat faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi. Bolaning dastlabki qadam tashlashi, hayoti davomidagi harakat funksiyasining rivojlanishi, bolaning birinchi aytgan so’zi va hayoti davomida nutq funksiyasining rivojlanishi. Bolaning o’smirga aylanishi markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, reflektor faoliyatining murakkablashuvi, bular organizmida kechadigan uzluksiz o’zgarishlarning bir bo’lagidir. Bu o’zgarishlarni bolaning gavda proporsiyasining o’zgarishlaridan ham bilish mumkin.

Yangi tug’ilgan chaqaloq qo’l oyoqlarini kaltaligi, gavda va boshning kattaligi bilan katta odamdan farq qiladi. Bolaning gavdaga bo’lgan nisbati quyidagicha: yangi tug’ilgan chaqaloqda 1-4,2 yoshda, 1-5,6yoshda 1-6,12 yosh, 1-7,kattalarda 1-8ga teng . Odam yoshi bilan birga boshini o’sishi sekinlashadi, oyoq qo’llar o’sishi tezlashadi. Jinsiy balog’atga yetguncha qiz va o’gil bolalar gavda propatsiyasida majoziy tafovut sezilmaydi. Biroq balog`at yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga keladi. O’g’il bolalarda oyoq qo’llar uzunlashadi, gavda kattalashadi, tazi tor bo’la boshlaydi.

Bola bo’yining uzunligi va notekis o’sishi va rivojlanishi quyidagilarda misol ko’rish mumkin. Bola bo’yining uzunligidagi notekislik: bola 1 yoshga bo’y uzunligi 25sm uzayib 75 sm ga yetadi. Xayotining ikkinchi yilida atigi 10 sm o’sadi. 6-7 yoshgacha bo’y o’sishi yana sekinlashadi. Boshlang’ich maktab yoshida 7-10sm o’sadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshgacha, o’g’il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo’yiga o’sish tezlashadi.

Tananing vazni yoshga qarab o’zgaradi. Yangi tug’ilgan chaqaloq o’rtacha vazni 3,5kg. Bola tug’ilgandan kunidan 1 oyda 600gr. 2 oyda 800gr ortadi. 1yosh -9-10kg, 2 yoshda vazniga 2,5 –3,5 kg qo’shiladi. 4-5-6 yoshlarda har yili 1,5 –2 kg qo’shiladi. 7-yoshdan uning vazni tez ortib boradi.14-15 yoshda har yili 5-8kg ortadi. Aqliy rivojlanishning notekisligi barcha sinf o’quvchilarda ko’rish mumkin. Bunda o’quvchi oz sinifdoshlaridan o’zib ketishi mumkin. Bolaning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobilyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog’liqdir. Shu bilan birga kichik maktab yoshdagi bolalar o’rtasida o’ta qobilyatlilari ham uchrab turadi.

1965 yilda Moskva shahrida o`tkazilgan umumjahon kongresida –bolalarning yoshlik yillari haqidagi umumlashtirilgan jadvali qabul qilingan. Bu jadval antropologiyada, pediatreyada va pedagogikada keng qo’llaniladi.

1. Chaqaloqlik davri-1-10 kun.

2.Ko’krak emish davri- 10 kundan 1 yilgacha

3.Erta bolalik davri- 1 yoshdan 3 yoshgacha

4.Birinchi bolalik davri- 4 yoshdan 7 yoshgacha

5.Ikkinchi bolalik davri-8-12 yoshgacha ( o’g’il bolalarda), 8-11 yoshgacha (qizlarda).

6.O’smirlik davri-13-16 yoshgacha(o’g’il bolalarda), 12-15 yoshgacha (qizlarda).

7.Balog’atga yetilish davri- 17-21 yosh (o’g’il bolalarda), 16-20 yosh (qizlarda).

8.Yetilgan davri (I bosqich)-22-35 (erkaklarda), 21-35 (ayollarda); (II bosqich)-36-60 (erkaklarda), 36-55 (ayollarda).

9.Keksalik davri-61-74 yosh (erkaklarda),56-74 yosh (ayollarda).

10.Qarilik davri-75-90 yosh (erkak va ayollarda).

11.Uzoq yashovchilar-90 yosh (erkak va ayollarda).




  1. Mavzu. Bolalar salomatligini saqlashda ovqatlanishning ahamiyati.MTM larida bolalarning kundalik ovqatlanish ratsionini baholash va tahlil qilish.

Amaliy laboratoriya mashg’ulotni olib borish texnologiyasi.

Таlabalar soni;30ta

Vaqti; 2 soat

Маshg’ulot shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg’ulot.

Аmaliy mashg’ulot rejasi

1.Bolalar organizmi anatomo-fiziologik xususiyatlarini o’rganish.

2.Turli yoshdagi bolalarni vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish

3. Gipotrofiya haqida tushuncha.

4. Gipotrofiyani kelib chiqish sabablarini o’rganish,

5. Gipotrofiyani oldini olish chora tadbirlari.


Маshg’ulotning maqsadi:Bugungi kun yoshlari kelajakda oila qurib ona yoki ota bulishi mumkin shunday ekan ular albatta bola rivojlanishi jarayonida vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini bilishlari shart degan g’oyani ilgari surish va tushunchalar hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyatining natijalari.

Mavzuni mustaqil o’rganish uchun asos yaratadi, mavzu bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirish va mustahkamlashga yordam beradi.Mustaqil ravishda turli yoshdagi bolalar uchun zarur bo’lgan vitaminlar guruhini ketma-ketligiga qarab o’rganishiga imkoniyat yaratadi.Talabalarni guruhlarga ajratib vitaminlar guruhini o’rganish va bolalar uchun qaysi vitaminlar asos hisoblanishiga imkoniyatini yaratadi.

O’zlari erkin holda mavzuni takrorlab,mustaqil ravishda har qaysi talaba o’qituvchi tomonidan ajratib berilgan turli yoshdagi bolalar uchun vitaminlardan tashkil topgan ovqat menyusini tuzadi.

O’qitishni usullari va texnikasi.

Muammoli uslub,guruhli munozara usuli,kichik guruhlarda ishlash,aqliy hujum,bahs munozara,blits-so’rov.

O’qitish vositalari.

markerlar,qog’ozlar,doska,bo’r.

O’qitish shakli.

Jamoa va guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti.

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Og’zaki nazorat,savol-javob,o’z-o’zini nazorat qilish,reyting tizimi asosida baholash.

Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi.(1-mashg’ulot)

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni.

O’qituvchi

Talaba.

I-bosqich. Mavzuga kirish.

(10 daqiqa)



1.1. O’quv mashg’uloti mavzusi,

maqsadi,vazifalari va o’quv faoliyati natijalarini aytadi,dolzarbligi va ahamiyatiga to’xtalib o’tadi.



Tinglaydilar,O’UMga qaraydilar.

1.2. Olingan bilimlarini umumlashtirish maqsadida,talabalarni faollashtirish uchun «Vitamino terapiya deganda nimani tushunasiz?» deb savol beradi,

«Аqliy hujum»

o’tkazadi.Fikrlarini umumlashtiradi.


Erkin fikr bildiradilar.

II-bosqich. Аsosiy

(60 daqiqa)



2.1. O’qituvchi darsda mavzuning ilmiy asoslangan ma’lumotlarini beradi. Dalillarni bayon etadi.Ma’lumotlarni katta hajmini qisqa vaqt ichida bayon

etishga yordam beradi.Mashg’ulotning

kechishini va vaqtini nazorat qilib boradi.


Ma’lumotlarning katta hajmini qisqa vaqt ichida anglab yetadilar ..

2.2. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi,qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi.Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb etadi. Talabalarga savollar tarqatiladi.(1-ilova)

Faol qatnashadilar.

Kichik guruhlarga bo’linib ishlaydilar.



2.3.Talabalarning mustaqil bajarishi kerak bo’lgan mashg’ulotni nazorat qilib boradi tushunmagan talabalarga tushunchalar berib boradi.

Barcha talabalar o’zlari mustaqil ishlashga harakat qiladilar va bajargan ishlari bo’yicha taqdimot o’tkazishga tayyorlanadilar.

2.4. Talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida blits-so’rov o’tkazadi.(2-ilova).Dars yakunini umumlashtiradi.

Savollarga javob beradilar.

III-bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1. Ish yakunlarini chiqaradi.

3.2.Faol talabalarni baholash mezonlari orqali rag’batlantiradi.

3.3.Mustaqil uyga vazifa beradi.


Eshitadi.

Aniqlaydi.Yozib oladilar.





1-ilov!a

1.-guruh uchun savollar.


Ushbu rasmda tasvirlangan bolaning vazni o’z yoshiga nisbatan 30% yetishmaydi, badanining deyarli hamma qismida teri osti yog’ to’qimasi yoshiga nisbatan ancha so’lg’in, bemor suyak va teridan iborat bo’lib qolgan. Bolaning yuz terisi keksa kishilarnikiga o’xshab burma-burma holatda.

Savol:Yuqorida berilgn rasm orqli qanday kasallik tasvirlangan? Siz nimalarga asoslanib bu tashxisni ma’qul deb topdingiz? Javobingizni izohlab bering.



2- guruh uchun savollar.

Tana vazni 3kg dan ortiq tug’ilgan bolalar uchun hayotning 7-8 kunlarida kundalik sutning miqdori Finkelshtyein ta’limoti bo’yicha hisoblanadi:

Kundalik sut miqdori=nx(70 yoki 80)

n-bolaning yoshi (kunlarda).

Agar bolaning 3200 g dan ortiq bo’lganda 80,agar 3200g dan kam bo’lsa 70 koeffisenti ishlatiladi.

Diqqat savol:Bola 4 kunlik,tug’ilgandagi vazni 3500 gr.Bola bir kunda 7 mahal ovqatlantiriladi.

Siz bolaning kunlik sut miqdorini,hamda har bir emizganda qancha miqdorda sut emishini toping.

3-guruh uchun savollar.

Kalloriya usuli:Bola yil davomida vazniga nisbatan quyidagicha kalloriya oladi.

1 kvartalda -120kkal bir kunda

2 kvartalda-115 kkal bir kunda

3 kvartalda -110 kkal bir kunda

4-kvartalda-100 kkal bir kunda

Bolalarni tana vaznini aniqlab,so’ngra bir kunda unga necha kkal kerakligini topish kerak.Bir litr ona sutida 700 kkal bor.

Diqqat savol: Bola 3 oylik,tana vazni 5000 gr

Bir kunlik sut miqdori qancha kkal qabul qilishini toping.

O’qituvchiga eslatma:

Buning uchun albatta birinchi navbatda bolaning 3 oylikdagi vaznini aniqlab olish zarur.Demak bolani tug’ilgandagi og’irligi 2600gr+850+800+750gr qo’shilib boradi.Jami 3 oylik bolaning vazni 5000gr ni tashkil etadi.Bolaning vaznini aniqlab oldingiz,endi bir kunda bolaga necha kkal kerakligini topish kerak.Bir litr ona sutida 700 kkal bor.

Endi 3-5000gr bo’lsa,=5 ni ko’paytirasiz birinchi kvartalga sababi 3 oylik bu birinchi kvartalga to’g’ri keladi.bu esa 600 kkalni tashkil etadi.Endi 1000 ml sutda-700 kkal borligi aniq.X ml da-600 kkal.deb oladigan bo’lsak yechimi X =1000 ni ko’paytirasiz 600 ga va bo’lasiz 700 ga bu esa 857 ni tashkil etadi.Demak bir kunlik sut miqdori 856 ni tashkil etadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə