O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/8
tarix21.05.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#45054
1   2   3   4   5   6   7   8

O’quv vazifalari





3-ilova
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari.(ballarda)




Guruhlar


1

vazifa


2

vazifa


3

vazifa


Jami ballar

(0,5)

(0,5)

(2,0)

(3,0)

1













2













3












4-ilova

5-ilova

Yuqoridagi (5-ilova) Ushby so’zlarni ketma-ketlik asosida daftaringizga yozing va bolada kechadigan fiziologik va patologik jarayonni bilib olasiz.


6-ilova.
Mustaqilish uchun vazifa.

1.Berilgan sxema asosida bolaning o’sish rivojlanish va mehnat faoliyatini ko’rsatib bering.

Ovqatlanish ma`lum belgilangan vaqtda qa`tiy ravishda olib borilishi lozim. Bolaning kundalik ratsioni quyidagi tartibda bo`lishi kerak.Ertalabki nonushtada kundalik oziqlanish ratsionining 20-25 foizi, peshinda 40-45 foizi kun yarmida 10-15 foizi ,kechki ovqatda 20-25 foizi,kunduzgi uyqudan so`ng xona ichida bir oz o`ynashi kerak,katta gruppa bolalari bilan esa qisqaginq mashg`ulot o`tkazish mumkin -25 minut.Kun yarmidagi ovqatdan so`ng esa sayr qilish va har xil o`yinlar ochiq havoda o`tkaziladi.



Sun`iy yoritilish
Sun`iy yorug`lik manbalari binoni bir tekis va qoniqarli yoritib turishi kerak.Bir me`yorda yoritilish bu kamroq yoritilishdan ko`proq yoritilishga bir tekis o`tish munosabati. Bu munosabat 0,5 dan kam bo`lmasligi kerak.Bir me`yeorda yorug`lik olish uchun shift yuzasida bir necha qator lampa o`rnashtiriladi.Gruppa xonasida 8 ta lampa o`rnatiladi. 2qatorga 4tadan, muzika xonalariga 3 qatorga 4 tadan lampa qo`yiladi.

Sun`iy yorug`lik manbai -bu oddiy lampochkalar va liyuminisentli lampalar. Liyuminisentli lampalar o`rnatish bu gigiyenik talablarga javob beradi, hamda ko`rish qobilyati funksiyasi yaxshilanadi,toliqish kamayadi,ish qobilyati o`sadi.Ayniqsa yumaloq ko`rinishli yoritgich gigiyenik talabga javob beradigan va ko`proq talab qilinadigan ratsional asboblardan SK-300 yoki KSO-1 SHOD-2-40 lampalar ham ko`p ishlatiladi.


Bolalar muassalarida isitish markazlashtirilgan yoki alohida mahalliy katyollar orqali(binoda o`rnatilgan) olib boriladi. Radiatorlarda isitish temperaturasi 70 gradusdan ortib ketmasligi kerak.Radiatorlar yogoch reshetkalar bilan o`rab qo`yilgan bo`lishi kerak.Gruppa xonalarida harorat 18-20 gradus, nisbiy namlik 40-60 foiz bo`ladi.

Bino : yoritilish lyuksametrlar bilan

: lampalar bilan : Lyuminisseentli


Muzika xonasi

100

200

Gruppalar

100

200

Medisina xonasi

100

200

Uxlash xonasi

130

75

Qabul xonasi

75

150

Ayrim xona

30

75

Echinish xonasi

30

75

Oshxona

100

200

Tualet

25-30

75-150










Bolalar xonalarininga havo bilan ta`minlanishi fortochka orqali yoki framuglar orqali bo`ladi.Havoni tozalashning eng yaxshi yoli bolalar yog`ligida bir soat hamma eshik va derezalarni ochib qo`yishdir, bunda havoda CO-76 foiz pasayadi, fortochka ochilganda atigi7 foiz, eshiklar ochib qo`yilganda-20 foizga pasayadi.

.

Mavzu №6. Emlash turlari va ularni o’tkazish muddati. Ulardan keyingi asorati.


Laboratoriya mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi

Talabalar soni-25-30 ta

O’quv soati: 2 soat

O’quv mashg’ulotning shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

Laboratoriya mashg’ulotda muhokama qilish uchun savollar.

1.Bolalar organizmida immunitetning hosil bo’lishi.

2.Immunitet turlari.

3.Emlashdan keyingi asoratlar va ularni oldini olish.


Mashg’ulotning maqsadi: mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

Pedagogik vazifalar:


O’quv faoliyatining natijalari.

Talaba bajarishi lozim:




  • Bolalar organizmida immunitetning hosil bo’lishi to’g’risida tushuncha beradi,talabalarda ko’nikma hosil qiladi.

  • Inson salomatligi to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar hamda ko’nikma hosil qiladilar.

  • Immunitet turlari haqida ma’lumot beradil.

  • Immunitet haqida tushunchaga ega bo’ladilar.

  • Immunitetning hosil bo’lish jarayoni haqida ma’lumot beradi,

  • .Immunitetning hosil bo’lish jarayonlarini bilib oladilar.

  • Bolalar organizmi faoliyatini tekshirish usullarini o’rgatish hamda bolalar faoliyatiga tegishli bo’lgan Muammolarni hal qilish choralarini ishlab chiqishni o`rgatish.

  • Bolalar faoliyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni bilib oladilar,ular faoliyati bilan qiziqadilar.

  • Emlashdan keyngi asoratlar va bola organizmida sodir bo’ladigan jarayonni baholashni tushuntiradi,ko’nikma hosil qiladi.

  • Emlashdan keyingi asoratlarni bilib oladilar va jarayon qanday yuz berishini,nimadan keyin sodir bo’lishini bilib oladilar.

Ta’lim usullari.

Amaliy,suhbat,tezkor so’rov.

Ta’lim vositalari.

O`UM,format qog’ozlar,markerlar,o’quv materiallari.

O’qitish shakli

Juftliklarda va kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish shart -sharoitlari.

Texnik vositalardan foydalanish va guruhlarda ishlashga mo`ljallangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Nazorat savollari,savol javob,reyting tizimi asosida baholash.


Laboratoriya mashg’ulotning texnologik xaritasi.


Faoliyat bosqichlari.

Faoliyatning mazmuni.

O’qituvchi.

Talabalar.

I.Kirish bosqichi.

(15 min.)



1.1.Mavzuning nomi,maqsadi va rejalashtirilgan o’quv natijalarini eslatadi..

1.2. Guruh ishini baholash mezonlarini e’lon qiladi.(1-ilova).

1.4. Talabalarga mavzu bo’yicha qo’shimcha materiallar tarqatadi.


Tinglaydilar.

II. Asosiy bosqich.

(60 min.)



2.1.Talabalarni faollashtirish maqsadida tezkor-so’rov texnikasini qo’llab mavzu bo’yicha savollar beradi:

-Immunitet degani nima?

-Immunitet qaeyrda hosil bo’ladi?

-Immunitetni ko’tarish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

- Kasallikning qanday belgi va alomatlarini bilasiz?

Javoblarni diqqat bilan eshitadi,to’ldiradi,kamchiliklarini to’g’rilab boradi.



Berilgan savollarga javob beradilar.


2.2.Talabalarni ixtiyoriy ravishda 3 ta guruhga bo’ladi.har bir guruhga topshiriq beradi. (2-ilova).

Ixtiyoriy 3 ta guruhga bo’linadilar.


2.3.Guruhlarda faoliyatni tashkil qiladi.Topshiriqni bajarishda faqat qo’shimcha materialdan foydalanish kerakligini aytadi.

Guruhlarni ko’zatadi,yo`naltiradi, maslahatlar beradi.




Berilgan qo’shimcha materiallar asosida ishlaydilar.Savol bo’yicha fikr almashadilar,mulohaza qiladilar.va tayyor ma’lumiotni format qog’ozga sxemalar,jadvallar asosida tushiradilar.Tayyor materialni doskaga iladilar.

2.4.Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi.Javoblarni umumlashtiradi, xatolarni tuzatadi,xatosiz bajarilgan ishlarni rag’batlantiradi.

Guruhdan bir ishtirokchi bajargan vazifalarnni taqdimetadi.

III. O’yinni olib borishga tayyorgarlik.

(15 minut)



3.1.Rejadagi 3 ta savolini umumlashtiradi,xulosalar qiladi.

3.2.Guruhlar ishini baholaydi va baholarni e’lon qiladi.

3.3.Mustaqil vazifa uchun topshiriq beradi: (1) amaliy mashg;ulotning keyingi mavzusiga reja asosida berilgan savollarga qoshimcha materiallardan foydalanib tayyorgarlik ko’rish ish daftariga yozib kelish.(2) har bir talabaga mavzuning o’tilgan reja savollari bo’yicha testlarga javob tayyorlab kelish.(4-ilova).


Eshitradilar.Vazifani yozib oladilart.

1-ilova


Emlash turlari va ularni o’tkazish muddati. Ulardan keyingi asorati.

mavzusi bo’yicha talabalar faoliyatini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari.



1-guruh uchun topshiriq.

Qanaqa emlash turlarini bilasiz? Quyida berilgan katakchalarga birma-bir yozing va har bitta katakchalarga yozgan emlash turini kaysi kasallikka qarshi qilinishini izohlab bering


2-guruh uchun topshiriq.

Emlash qanday usullar bilan amalga oshiriladi va qaysi vaksinalar. Uning qanday ahamiyati bor.Quyida berilgan katakchalarga ketma-ket joylashtiring


3-guruh uchun topshiriq.

O‘zbekistonda 1993- yilda qabul qilingan emlash kalendari bo’yicha muddatini quyida berilgan katakchalarga joylashtirib chiqing.



Mavzuning qisqacha mazmuni.
Organizmnnig ichki muhiti turli mikroblar va begona agentlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan vositalar majmuasi immunitet deb ataladi. Immunitetni immunologiya fani o‘rganadi.

Himoya vositalarining ta’sir mexanizmi turlicha. Ulardan ba’zilari mikroblarning o‘sishi va ko‘payishiga monelik qilsa, boshqalari mikrob ishlab chiqargan toksin (zaharli moddalar)ni neytrallaydi. Immunitet shakllanishida turli to‘qima va organlar ishtirok etadi. Hozir qo‘llaniladigan klassifikatsiyaga muvofiq immunitet ikki xil bo‘ladi.

1.Tabiiy-tug‘ma yoki turga mansub immunitet.

2.Orttirilgan spetsifik immunitet.

Ta’sir mexanizmiga ko‘ra, mikroblarga qarshi va toksinga qarshi immunitet bo‘ladi. Biror tirik mavjudotga xos biologik xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan va evolyutsiya jarayonida orttirilgan kasallik yuqtirmaslik holati tabiiy, ya’ni tug‘ma immunitet deyiladi. Boshqa morfologik va fiziologik xususiyatlarga o‘xshab, bu xususiyat ham nasldan-naslga o‘tadi. Ma’lum turdagi organizmlarda kasallik qo‘zg‘atadigan mikroblarga nisbatan boshqa turdagi organizmlarning turg‘unligi tug‘ma immunitet bilan bog‘liq. Masalan, odamga it va qoramol o‘lati yuqmaydi. O‘z navbatida, hayvonlarga meningit, qizamiq, ich terlama yuqmaydi.

Tabiiy immunitet xos xususiyat emas. Vitaminlar yetishmasligi, sovqotish, toliqish ta’sirida u susayadi.



Organizmning individual rivojlanishi bilan birga uning butun hayoti mobaynida shakllanadigan immunitet orttirilgan immunitet deyiladi. Orttirilgan immunitet doim xos xususiyat bo‘ladi. Masalan, bo‘g‘ma bilan og‘rib tuzalgan bemorning qon zardobi faqat bo‘g‘ma mikrobi toksinlarini neytrallaydi, boshqa mikrob toksinlariga esa ta’sir qilmaydi.

Yuqumli kasallikni boshdan kechirgandan so‘ng hosil bo‘ladigan immunitet tabiiy orttirilgan, ya’ni infeksiyadan keyingi immunitet deb ataladi. Organizmga tirik yoki o‘ldirilgan mikrob (vaksina)lar yoki ularning mahsulotlarini yuborish yo‘li bilan hosil qilinadigan immunitet sun’iy orttirilgan yoki emlashdan so‘nggi immunitet deyiladi. Tabiiy orttirilgan immunitet uzoq muddat, ba’zan o‘n yillab, hatto umr bo‘yi saqlanishi mumkin (masalan, qizamiq, chin chechakdan so‘ng).

Sun’iy orttirilgan immunitet qisqaroq muddat saqlanadi. Chin chechak va bo‘g‘maga qarshi emlashdan so‘ng bunday immunitet 5-7, ba’zan 10 yilgacha saqlansa, ko‘pgina emlashlardan so‘ng 1-2 yilgacha saqlanadi.

Sun’iy orttirilgan immunitet o‘z navbatida faol va sust bo‘lishi mumkin. Organizmga vaksina (anatoksin) yuborib hosil qilinadigan immunitet aktiv immunitet hisoblanadi. Bunda yuborilgan antigen (vaksina yoki anatoksin) ta’sirida organizmning himoya sistemalarida aktiv o‘zgarishlar ro‘y berib, antigenga qarshi moddalar — antitelo yoki antitoksinlar hosil bo‘ladi. Natijada ma’lum kasallikka qarshi emlangan odamga shu kasallik yuqmaydi. Agar emlangan odamlarning yoki hayvonlarning qon zardobini olib, boshqa odamga yuborilsa, unda ham shu kasallikka nisbatan yuqtirmaslik holati paydo bo‘ladi. Bunda odam organizmi tayyor himoya moddalarini oladi. Shu sababli bunday yo‘l bilan orttirilgan immunitet passiv immunitet deb ataladi. U qisqa bo‘ladi va 3-4 haftaga yetadi. Onadan bolaga o‘tadigan immunitet ham sust bo‘ladi.

Odatda, vaksina va antitoksinlar aktiv immunitet hosil qilish uchun profilaktika maqsadida emlash uchun qo‘llaniladi. Qon zardoblari asosan, davolash maqsadida ishlatiladi.

Immunitetning mexanizmi va omillari turlicha. Ularga quyidagilar kiradi:

1.Teri va shilliq qavatlarning himoya xususiyatlari.

2.Organizm normal mikroflorasining himoya xususiyatlari.

3.Yallig‘lanish va fagotsitoz.

4.Limfa to‘qimasining barer funksiyasi.

5.Immunitetning gumoral faktorlari (antitelolar, komplement, qonning bakteritsidlik xususiyati va boshqalar).

6.Hujayra va to‘qimalarning reaktivligi kiradi.

Yuqorida aytib o‘tilgan omillarning o‘zaro mutanosib bo‘lishi natijasida immunitet shakllanadi.

Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishda immunitet reaksiyalaridan keng foydalaniladi. Antigen va antitelolarning xos xususiyatdorligi va o‘zaro ta’sir reaksiyalar asosi hisoblanadi. Immunitet reaksiyalariga asoslanib, yuqumli kasallik jarayonida organizmning himoya kuchlari qanday o‘zgarib borishini kuzatish mumkin. Aglyutinatsiya, pretsipitatsiya, toksin neytralizatsiyasi, komplement bog‘lash reaksiyasi va boshqalar immunitet reaksiyalari hisoblanadi.

Immunitet tizimi jarohatlanganida odamda OITS (SPID) — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kelib chiqadi.

Ba’zi holatlarda organizm antigen ta’sirga o‘ta sezgirlik ifodasi bo‘lgan reaksiya bilan javob beradi. Organizm sezuvchanligining bunday o‘zgarishi allergiya deb ataladi. Aksariyat yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va avj olishida allergiya ko‘p uchraydi. Shu boisdan ba’zi yuqumli kasalliklarga (sil, brutsellyoz va boshqalarga) tashxis qo‘yishda teri-allergik sinovi o‘tkaziladi. Bunda bilak terisi orasiga mikrob mahsuloti (allergen)dan 0,1 ml yuboriladi. Oradan 1-2 kun o‘tgach, ukol qilingan joy atrofi qizarib va bo‘rtib chiqsa, organizmga ilgari shu mikrob tushgan degan xulosaga kelinadi. Hozirgi ta’limotga muvofiq, allergiya ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin: zudlik bilan ro‘y beradigan va asta-sekin ro‘y beradigan o‘ta sezgirlik. Anafilaksiya, eshakyem toshishi kabi holatlar zudlik bilan ro‘y bersa, zardob kasalligi asta-sekin rivojlanadi.

Odam yoki hayvon organizmiga biron antigen yoki yot oqsil (masalan: tuxum oqi, sut) kiritilganda, organizm ularga nisbatan o‘ta sezgir bo‘lib qoladi. Bu hodisa anafilaksiya deyiladi. Agar xuddi shu antigen yoki yot oqsil 10-12 kundan so‘ng takror yuborilsa, organizm kuchli reaksiya bilan javob berib, anafilaktik shok ro‘y berishi mumkin. Ayrim yuqumli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan zardoblar ham, ehtiyotlik bilan qo‘llanmasa, anafilaktik shokka sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun desensibilizatsiya o‘tkaziladi, ya’ni zardob bo‘lib-bo‘lib yuboriladi. Bu Bezredka usuli deb ataladi. Bunda dastlab teri ostiga 0,1 ml zardob yuboriladi. Yarim soatdan keyin 0,2 ml, 2 soatdan so‘ng qolgan miqdori yuboriladi.

EMLASH VA EMLASH ISHI
Yuqumli kasalliklariing o‘ziga xos profilaktikasi va davolanishida vaksina va zardoblar katta rol o‘ynaydi. Bu biologik preparatlarni qo‘llash natijasida millionlab kishilarning hayoti saqlab qolindi.

Hozirgi ta’limotga asosan, mikroblar — ularning toksinlari, umuman mikrob hujayrasining elementlaridan olinib, emlash uchun ishlatiladigan preparatlar vaksina deb ataladi. Vaksina tirik, kuchsizlantirilgan mikroblardan, nobud qilingan mikroblardan va mikrob hujayrasining antigen unsuridan tayyorlanadi. Tirik mikroblarning kuchi (virulentligi)ni kamaytirib, vaksina tayyorlash qoidasini dastlab Paster kashf qilgan. Kuydirgi, quturish va sil kasalligiga qarshi (BSJ), chin chechak, qizamiqqa qarshi vaksinalar yuqoridagi usulda tayyorlanadi.

O‘ldirilgan vaksinalar, asosan, tif, paratif kasalliklari profilaktikasida qo‘llanadi. Bunda dastlab mikroblar ma’lum oziq muhitida ko‘paytirilib, so‘ng inaktivatsiya qilinadi — nobud qilinadi. Inaktivatsiya yuqori haroratda, ultrabinafsha nurlar, ultratovush yoki kimyoviy moddalar (formalin, spirt, atseton va boshqalar) vositasida amalga oshiriladi. So‘ngra vaksinaning immunogenligi, antigenligi va reaktogenligi tekshiriladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina vaksinalar quritilgan holda chiqarilmoqda. Mikrob hujayrasi tarkibidagi antigenlarning hammasi ham immunogen xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Shu boisdan kerakli antigenlar ko‘pincha mikrob hujayrasidan ajratib olinadi. Masalan, ichak guruhidagi mikroblardan shu usul bilan Buaven antigeni olinadi. Bunday majmuaviy antigenlar organizmga yuborilganda, tez so‘rilib ketadi va immunitet qisqa muddatli bo‘ladi. Ularning ta’sirini cho‘zish uchun turli kimyoviy adsorbentlar qo‘shiladi. Shuning uchun bu vaksinalar kimyoviy vaksina deb ataladi.

Ba’zi kasalliklarda organizmga, asosan, mikrobning o‘zi emas, balki u ishlab chiqaradigan zaharli modda — toksin ta’sir ko‘rsatadi. Ular profilaktikasida kuchsizlantirilgan toksin — anatoksin ishlatiladi. Jumladan, bu preparatlar qoqshol, bo‘g‘ma va botulizm profilaktikasida ishlatiladi.

Ba’zi yuqumli kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda zardob ham ishlatiladi. Zardob, odatda otlarni ma’lum mikroblar yordamida immunizatsiya qilish yo‘li bilan olinadi. Zardob tarkibida tayyor antitelo yoki antitoksin bo‘ladi. Antitoksik zardoblar bo‘g‘ma, qoqshol, botulizmni davolashda ishlatiladi. Qizamiq, gripp, gepatitda ishlatiladigan gamma-globulin antimikrob preparat hisoblanadi. Zardob ko‘pincha mushaklar orasiga va vena tomiriga yuboriladi. Zardob yuborilganda sust immunitet rivojlanadi.

Emlash qoidalari. Aholini emlash rejali ravishda, ma’lum muddatlarda turli kasalliklarga qarshi amalga oshiriladi.

Emlash ma’lum tartibda olib borilishi uchun u aniq muddatlarda amalga oshirilishi va qaysi kasalliklarga qarshi emlash majburiyligi belgilangan bo‘lishi lozim. Uni emlash taqvimi (kalendari) deyiladi. O‘zbekistonda hozirgi vaqtda amal qilayotgan emlash taqvimi 1993-yilda kuchga kirgan. Uni tuzishda Respublikaning yirik olimlari, tajribali amaliyotchilari ishtirok etgan va JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) tavsiyalariga mos keladi.
Emlash quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

1. Teri ostiga yuborish.

2. Teri orasiga yuborish.

3. Teri yuzasini tirnab yuborish.

4. Og‘iz orqali yuborish.

5. Nafas yo‘llari orqali yuborish.

6. Turli usullar bilan yuborish.

Rejali emlashdan tashqari epidemik vaziyat taqozo etganida shoshilinch emlashlar o‘tkaziladi. Ular odatda yuqumli kasallik o‘chog‘ida, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanadi.

Emlash ishini tashkil etishda quyidagi talab va qoidalarga rioya qilish lozim:

1. Poliklinika va ambulatoriyalarda aholi ro‘yxatga olinadi.

2. Har bir emlash o‘tkazilishidan oldin bola shifokor-pediatr ko‘rigidan o‘tishi shart.

3. Emlashdan oldin har bir vaksina solingan ampula butunligi (siniq va darz bo‘lmasligi kerak) yorlig‘idagi yozuv aniq bo‘lishi kerak. Sovutgichda saqlangan vaksinalar emlashdan biror soat oldin olib qo‘yiladi.

Ba’zi vaksinalarni shpritsga olishdan oldin ampulasi chayqatiladi.

4. Emlash jarayonida hamshira aseptikaga katta e’tibor berishi kerak. Emlash uchun faqat bir marta foydalanadigan igna shprits qo‘llanadi.



6-jadval

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə