O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/8
tarix21.05.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#45054
1   2   3   4   5   6   7   8

Bolaning qaddi-qomatini to‘g‘ri rivojlanishida yassi tovonlik ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunda oyoq panjasi gumbazining yalpayib, tekis bo‘lib qolishi. Oyoqning shakli, uning mushaklariga va bog‘lamlariga bog‘liqdir. Yassi tovonlikda qon aylanish buziladi, oyoqda og‘riq va tirishish paydo bo‘ladi. Qon aylanishi yetarli bo‘lmaganligi tufayli oyoq ko‘kargan, shishgan va sovuq bo‘ladi. Agar bola shol bilan kasallansa, 10 oygacha ko‘p tik tursa, yassi tovonlik rivojlanadi. Bu holatni oldini olish uchun bolaning oyoq kiyimi o‘ziga mos bo‘lishi, poshnasi 8 mm dan baland bo‘lmasligi, tag charmi elastik bo‘lishi kerak

Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch – harakat sistеmasining rеssori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og`ir yuk ko’targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi; natijada yassioyoqlik kеlib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog`ining tovon-panja va boldir muskullarida og`riq bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassioyoqlilikni tug`ilgandan kеyin yuzaga kеlishi sababalari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal qiyg`izish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzallarida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk ko’tarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor bеrish kеrak.









1


Тоvondagi o’zgarishlarning ko’rinishi



1-3-тo‘g‘ri tovon; 4-yassi tovon.
Davolashda oyoqqa iliq vanna, massaj va mayda toshlar ustida yurish tavsiya etiladi. Ko‘pincha yassi tovonlik nasldan o‘tadi va oldini olish uchun shifokorga ko‘rsatib davolashni erta boshlashi kerak. Yosh bola erta yo‘lga kirganda katta, noqulay poyabzal kiydirilganda, yoki poshnasi baland poyabzaldan yurgandan orttirilgan yassi tovonlik rivojlanishi mumkin.


3-Mashg’ulot.

«Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonining psixogigiyenasi” bo’yicha amaliy mashg’ulot.

Mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi.

O’quv soati: 2 soat

Tinglovchilar soni :30 ta

O’quv mashg’ulot shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo’yicha amaliy ish.



Amaliy mashg’ulot tuzilishi:

1.Mavzu mazmuniga kirish:

2. asosiy mashg’ulotlarni tashkillashtirishning gigiyenik asoslari

3. tayyorlov katta kichik va o’rta guruhlardagi asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi

4. tayyorlov katta kichik va o’rta guruhlardagi asosiy mashg’ulotlarning kun tartibidagi tutgan o’rni.

5 har bir guruhdagi mashg’ulotlarning kun va haftadagi soni

6.tayyorlov, katta o’rta va kichik guruhlar kun tartibiga gigiyenik baho berish,ovqatlanish tartibi;

7.kun tartibidagi ochiq havoda bo’lish va faoliyat turi;

8.uyquning kun davomidagi soni va davomiyligi.



O’quv mashg’ulotning maqsadi: tinglovchilarda o’quv ishini tashkil etishni interfaol shakllari bo’yicha bilim va ko’nikmalarini kengaytirish va chuqurlashtirish.

Pedagogik vazifalar:

  • asosiy mashg’ulotlarni tashkillashtirishning gigiyenik asoslari bo’yicha ta’limni tashkillashtirish shakllari mohiyati va mazmuni to’g’risida tushunchalar berish;

  • Tayyorlov katta,o’rta,kichik guruhlarda asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi bo’yicha guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish texnologiyasini tushuntirish.

  • Tayyorlov katta kichik o’rta guruhlarda asosiy mashg’ulotlarning kun tartibidagi tutgan o’rni bo’yicha hamkorlikda o’zaro o’qish texnikalarini guruhlarda o’zaro o’rganishga o’rgatish.

  • Natijalar taqdimoti,muhokama va baholashga o’rgatish.

O’quv faoliyatining natijalari:

Tinglovchilar biladilar:

  • Asosiy mashg’ulotlarni tashkillashtirishning gigiyenik asoslari bo’yicha ta’limni tashkillashtirish shakllari mohiyati va mazmuni to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’ladilar.

  • Tayyorlov katta,o’rta,kichik guruhlarda asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi bo’yicha guruhlarda hamkorlikda ishlashni o’zlashtirib oladilar va amalda o`ullay oladilar.

  • Tayyorlov katta kichik o’rta guruhlarda asosiy mashg’ulotlarning kun tartibini to’g’ri taqsimlay oladilar.




Ta’lim usullari

Kichik ma’ruza,tezkor so’rov,namoish etish,so’hbat,amaliy ish,taqdimot.

Ta’lim vositalari

Tayanch matn,o’quv qo’llanmalar,ekspert topshiriqlar,slaydlar,flipchart,markerlar,skoch.

O’qitish shakllari

Ommaviy,guruhli.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo`ljallangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Savol javob.Test.

Mustaqil ish uchun topshiriqlarni




1—Muammoli topshiriq.Quyida «Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonining psixogigiyenasi” bo’yicha modeli ishlab chiqish uchun tayyor chizma berilgan.Siz chizmaga uning tarkibiy qismlarini shunday ketma-ketlikda joylashtiring-ki natijada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya jarayonini tashkillashtiruvchi mutaxassislar jamoasi tashkil bo’lsin.




Mavzuning qisqacha tafsiloti
Maktabgacha bolalar muassasalarida ta’lim –tarbiya

jarayoniga gigiyenik baho berish.

A. asosiy mashg’ulotlarni tashkillashtirishning gigiyenik asoslari

1. tayyorlov katta kichik va o’rta guruhlardagi asosiy mashg’ulotlarning davomiyligi va tarkibi

2. tayyorlov katta kichik va o’rta guruhlardagi asosiy mashg’ulotlarning kun tartibidagi tutgan o’rni.

3. har bir guruhdagi mashg’ulotlarning kun va haftadagi soni

B.tayyorlov, katta o’rta va kichik guruhlar kun tartibiga gigiyenik baho berish.

1.ovqatlanish tartibi;

2.kun tartibidagi ochiq havoda bo’lish va faoliyat turi;

3.uyquning kun davomidagi soni va davomiyligi.

Kun boshidan to oxirigacha mashg’ulot davomida bolalar organizmining funksional holatni o’zgarishi.
Maktabgacha bolalar muassasalari kun tartibini baholash.


  1. har bir guruhdagi bolalarning yoshiga doir xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilgan kun tartuibini muvofiqligi

  2. bir kecha kunduz davomida bo’ladigan guruhlar uchun tuzilgan kun tartibining tarifi

  3. majburiy mashg’ulotlarning tashkil etilishi va o’tkazilishini baholash.

  4. jismoniy tarbiyaning tashkil qilinishi va o’tkazilishini baholash.

  5. har bir yosh guruxidagi ovqatlanishiga tariff.

  6. bolalar organizmni chiniqtirishni tashkil etilganligi

  7. bolalarning yoshiga muvofiq ravishda tashkillashtirilgan uyquning davomiyligi


O`rganizmni ishlash qobiliyati va funksional holatini o’rganish.

Umumiy aqliy ish qobiliyatini miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini o’rganish uchun maxsus tayyorlangan arifmetik misollar diktantlar va karektur jadvallardan foydalaniladi. 6 yoshli tayyorlov sinflari maktabgacha bo’lgan bolalarga shakil jadvallar qo’llaniladi.shakliy jadvallar bilan ishlash davomiyligi 2 daqiqa. Bolalarga 5-vazifa ko’rsatma beriladi: hamma shakllarga diqqat bilan qarab ularning ichidan 3 shakl: uchburchak aylana va bayroqchani qidirib toping. Uchburchakka chiziqcha (minus), aylanaga krestik (pilus), bayroqchaga nuqta qo’yib chiqing topshiriqni doskaga chizib, boloalardan tushunganliklari so’raladi, bir necha boladan vazifa qaytadan so’raladi. Shundan so’ng doska o’chirilib “boshladik”buyrug’i beriladi ikki daqiqadan so’ng ish to’xtatilib jadvallar yig’ishtyirib olinadi.

Har bir ishni baholash ish hajmi - ko’rilgan shakllar soni, ish sifati – qilingan xatolar soni 100 ta shaklga hisoblab topiladi. Maxsuldorlik kayfisenti quyidagi formada topiladi

Bolalar va o’smirlar muassasalarida tekshirishda quyidagilarga etibor qaratiladi:



  1. Muassasaningjoylashtirilishi, jihozlanishi va saqlanishi (yer maydoni va hovlisi, bino va alohida xonalar) sanitary – gigiyenik talablarga mos kelishi kerak.

  2. kun tartibiga, shu qatorda o’quv-tarbiyaviy, o’quv, o’quv – ishlab chiqarish jarayoni, ovqatlanish, mehnat qilish va boshqalarning gigiyenik talablariga mos kelishi.

  3. ovqatlanishini tashkillashtirish va ovqatlanish sifatini gigiyenik talablarga mos kelishi.

  4. jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari tadbirlarini tashkillashtirish va gigiyenik talablarga mos kelishini nazorat qilish

  5. gigiyenik tarbiya chiora tadbirlarini tashkillashtirish va o’tkazishi tartibi, hamda bolalar orasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish.

  6. muassasaning jihozlar bilan taminlanganligi va jihozlarning holati, ularning sanitary – gigiyenik meyorlarga mosligi (jihozlar, kiyinlar, o’rin-ko’rpalar).

  7. hodimlarning bolalar va o’smirlar salomatlik holati va garmonik ravishda jismoniy rivojlanishini taminlashga qaratilgan sanitary-gigiyenik va epidemiologic bilimlarining darajasi.

  8. muassasa xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga va rejali tibbiy ko’riklardan o’tish muddatlariga rioya qilishini nazorat qilish.

  9. muassasa shifokori va tibbiyot hamshirasining sanitary-gigiyenik va epidemiyaga qarshi olib boradigan ishlarining tashkillashtirilganligi va olib borilishini nazorat qilishdan iboratdir.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi shifokorning vazifasidan yana biri bolalar va o’smirlar muassasalarida sanitary-gigiyenik meyor va qoidalarga amal qilinish ustidan nazoratni ta’minlabgina qolmasdan, balki, muassasalarining sanitary holatini yaxshilashga, shu muassasalarda ushbu ishlarni yaxshiroq tashkillashtirishga yo’naltirilgan sog’lomlashtirish tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bular quyidagilardan iborat.

--asosiy sanitary-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni joriy va istiqbolli rejalarni tuzish, kompleks majmuali rejalar ishlab chiqish;

--ishning statistic xisobotini tuzish va uni taxlil qilish;

-- bolalar va o’smirlar jamoasida sanitary gigiyenik va epidemiyaga qarshi talablarni taminlanishiga qaratilgan xatlar, malumotnomalar, materiallar tayyorlash va ishlab chiqarish;

--ilg’or tajriba maktablari faoliyatiga qaratilgan yig’ilishlar va anjumanlar o’tkazish va tayyorlash;

--davolash profilaktika muassasalari bilan hamkorlikda majmuali, reydli kuzatishlar o’tkazish va sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish;

--bolalar va o’smirlar muassasalarida sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlar rejasini tuzish va sanitary xolatini yaxshilash (reja-topshiriq);

-- yosh mutaxasislar, malaka oshiruvchilar magistrlar bilanishlash, kichik tibbiy xodimlarning ishiga rahbarlik qilish;

--sanitar-epidemiologik xizmatta taluqli yangi tashkiliy ishlarning yangi uslublarini ishlab chiqish.

Bolalar va o’smirlar muassasalari tibbiy xodimlarining ishlari-sanitar-gigiyenik masalalari bo’yicha uslubiy boshqarish, yo’riq-uslubiy majlislar o’tkazish, tibbiy xodimlar uchun uslubiy xatlarni ishlab chiqish va yuborish yo’li; seminarlar o’tkazish; bolalar va o’smirlar gigiyenasi soxasida malaka oshirish; maruzalar ko’rinishida maxsus mashg’ulotlarni tashkillashtirish va o’tkazish yo’li bilan taminlanadi.




Mavzu. 4 Bolalar gigienik ta`lim tarbiyasi
Amaliy mashgh’ulotda ta’lim texnologiyasi.

Talabalar soni-20-30 ta

O’quv soati-2 soat

O’quv mashg’ulotining shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

Amaliy mashg’ulotda muhokama qilish uchun savollar.

1.Kun tartibining bola o`sib rivojlanishidagi ahamiyati.

2. Maktabgacha bolalar muassalarida kun tartibini baholash.

3. Uyquning muhim shartlari.


Mashg’ulotning maqsadi: mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba bajarishi lozim:



  • Bolalar kun tartibini taqsimlas tog’risida ma’lumot berish va bilimlarni kengaytirish

  • Quyidagi tushunchalarga ta’rif beradilar:

- bolalar kun tartibining ahamiyati;

- anatomik-fiziologik xususiyatlar.



  • Kun tartibini rejalashtirishda bola yoshini inobatga olish bo’yicha bilim ko’nikma hosil qilish.

  • 1 yoshdan-5 yoshgacha bo’lgan bolalarning xususiyatlarini bilib oladilar.

  • Bilimlarni taqqoslashni,umumlashtirishni,tahlilni tizimlashtirish ko’nikmasini hosil qilish.

  • Maktabgacha bolalar muassasalarida kun tartibining taqsimlanish jarayonlarini bilib oladilar,tahlil qila oladilar.

  • O’z fikrlarini shakllantirish va bildirish jarayonini tashkil qilish.

  • Talabalar o’z fikr va mulohazalarga ega bo’ladilar,fikrlarini bayon qila oladilar.

  • Kommunikatsiya,guruhda ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

  • Turli usullar va modellarni tahlil qiladilar.

  • Bolalar uyqusining davomiyligi to’g’risida fikr yurita oladilar.

O’qitish usullari.

Suhbat,aqliy hujum,taqdimot,blits-so’rov.

O’qitish vositalari.

Ma’ruza matnlari,taqatma materiallar,doska,bo’r,format qog’ozlar,markerlar,skoch.

O’qitish shakli.

Frontal va jamoaviy,kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoitlari.

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo`ljallangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Og’zaki nazorat:o’quv vazifalari,jadvallar tuzish.

Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi.

Bosqichlar vaqti:

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talabalar

1-bosqich kirish

(10min.)



1.1. O’quv mashg’ulotning mavzusi maqsadi,rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini aytadi.O’qitish kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi asosida olib borilishi e’lon qilinadi.

1.1.Tinglaydilar,yozib oladilar.

1.2.Mavzuning tayanch iboralari asosida blits-so’rov o’tkazadi.Quyidagi tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi:

  • Lardoz tushunchasiga ta’rif bering;

  • Mikro elementlar deganda nimani tushunasiz;

  • Antropometrik usullar;

  • Refleks tushunchasiga izoh bering;

  • Kun tartibi va ovqatlanish rejimi

Ushbu amaliy mashg’ulot oxirida berilgan vazifani:tuzilgan ikkilangan masalaning muhokamasini tashkil etadi.Ikkinchi vazifa bo’yicha muhokama vazifa guruhlarda bajarilgandan so’ng bo’lishi e’lon qiladi.Har bir talaba guruh bahosiga mos ravishda baho olishni tushuntiradi.(1-ilova).

Guruhda ishlash natijasi plakat qog’ozlarda ko’rsatilishi kerakligini e’lon qiladi.



1.2. Savolga javob beradilar.


2-bosqich.Asosiy

(50 min.)



2.1.Talabalarni 3 takichik guruhga bo’ladi.O’quv vazifalarni tarqatadi. (2-ilova).

Qanday natijalar olinishi kerakligini aniqlashtiradi.Baholash ko’rsatkichlari va mezonlarini sharhlaydi.(3-ilova).Vazifani bajarishda qanday qo’shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini tushuntiradi(masalan:darslik,ma’ruza matnlari).

Guruhlarda ishni boshlashni e’lon qiladi.


2.1Talabalar kichik guruhlarga bo’linadilar.O’quv vazifalari,baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishadilar.Vazifani bajaradilar.

3-bosqich.Yakuniy

(20 min.)



3.1.Taqdimot va guruhlarda ishlash natijalarini o’zaro baholashni tashkil qiladi.

Sharhlaydi,bilimlarni umumlashtiradi,vazifani bajarish jarayonida qilingan xulosalar,umumlashtirishlarga e’tiborini qaratadi.



3.1.Taqdimot qilishadi.Qo’shimchalar qilishadi,baholashadi.

.

4.1.Ish yakunlarini e’lon qiladi.
4.2. Eng yaxshi ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.

4.3.Mustaqilish uchun vazifa beradi.(4-ilova), (5-ilova)



4.1.Tinglaydilar,aniqlashtiradilar.

4.3.Mustaqil ish uchun vazifani yozib oladilar.





1-ilova

2-ilova

O’quv vazifalari







3-ilova

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari.(ballarda)




Guruhlar


1

vazifa


2

vazifa


3

vazifa


Jami ballar

(0,5)

(0,5)

(2,0)

(3,0)

1













2













3












4-ilova

5-ilova



Yuqoridagi (5-ilova) Ushby so’zlarni ketma-ketlik asosida daftaringizga yozing va bolada kechadigan fiziologik va patologik jarayonni bilib olasiz.
6-ilova.
Mustaqilish uchun vazifa.

1.Berilgan sxema asosida bolaning o’sish rivojlanish va mehnat faoliyatini ko’rsatib bering.





Maktab yoshidagi bolalarning xususiyatlari.

Tashqi muhitning ta`sirida bola va o’smirlar organizmi o’sib boradi. Kun tartibi to’g’ri tashkil qilinganda bola charchamaydi, asab tizimida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar intizomli va tartibli bo'ladi. Kun tartibiga rioya qilinmaganda bola toliqib qoladi, uyqusi, ishtahasi yomonlashadi, asabi buziladi va ish qobiliyati pasayib ketadi.

Har kuni bir vaqtda ovqatlarnishi kerak. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmga sarflangan energiyani qoplashi kerak. Bola uxlashidan 2 – 2.30 soat oldin ovqat yeyishi kerak. Toza havoda biroz aylanib, so'ng uxlashi kerak.

Uyquning muhim shartlari ;
1 Uxlashga ajratilgan vaqtning qat`iy tuzilishi

2 Alohida pastel ;yomon ta`sir qiladigan narsalarni uzoqlashtirish,yorug`chiroq, shovqin-suron, radio va boshqalar.




: uyquning davom etish sabablari bilan.

yoshi


kunduzi kechqurun kundalik

3-6 oy.

7,5

9,5

17

6-10 oy.

6

10

16

10 oy-1,5 yosh

4

10,5

14,5

1,5-3 yosh.

3

10,5

13,5

3-5 yosh.

2

10-11

12-13

6-7 yosh.

2

9,5-10

11,5-12

Ovqatlanish ma`lum belgilangan vaqtda qa`tiy ravishda olib borilishi lozim. Bolaning kundalik ratsioni quyidagi tartibda bo`lishi kerak.Ertalabki nonushtada kundalik oziqlanish ratsionining 20-25 foizi, peshinda 40-45 foizi kun yarmida 10-15 foizi ,kechki ovqatda 20-25 foizi,kunduzgi uyqudan so`ng xona ichida bir oz o`ynashi kerak,katta gruppa bolalari bilan esa qisqaginq mashg`ulot o`tkazish mumkin -25 minut.Kun yarmidagi ovqatdan so`ng esa sayr qilish va har xil o`yinlar ochiq havoda o`tkaziladi.

.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə