O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


O‘zbekistonda 1993- yilda qabul qilingan emlash taqvimi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/8
tarix21.05.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#45054
1   2   3   4   5   6   7   8

O‘zbekistonda 1993- yilda qabul qilingan emlash taqvimi:

Muddati

Emlash nomi

Vaksina nomi

3-6 kunda

Sil kasalligiga qarshi,

BSJ, ichiriladigan poli




shol (poliomiyelit)ga

vaksina — OPB




qarshi




2 oylikda

Difteriya, ko‘kyo‘tal,

Adsorbinlangan vaksina –




qoqsholga qarshi,

AKDC1, OPB2




sholga qarshi




3 oylikda

Difteriya, ko‘kyo‘tal,

AKDC2, OPB3




qoqsholga qarshi,







sholga qarshi




4 oylikda

Difteriya, ko‘kyo‘tal,

AKDC3 OPB4




qoqsholga qarshi,







sholga qarshi




9 oylikda

Qizamiqqa qarshi

Qizamiq vaksinasi

16 oylikda

Difteriya, ko‘kyo‘tal,

AKDC4




qoqsholga qarshi,

OPB5




sholga qarshi,

qizamiq vaksinasi 2




qizamiqqa qarshi




18 oylikda

Sholga qarshi, tepkiga

OPB6




qarshi

tepki vaksinasi

7 yoshda

Difteriya va qoqsholga

Adsorbinlangan kamaytirib

(1-sinf)

qarshi, silga qarshi,

olingan – ADCM5




sholga qarshi

BSJ2







OPB7

16-17 yoshda




ADCM6 , BSJ3 , OPB8

(9-sinf)







26 yoshda

Difteriya va qoqsholga

ADCM7




qarshi




46 yoshda




ADCM8



  1. Vaksinalarni sovutgichda saqlash lozim, sovutgichda termometr bo‘lishi kerak.

  2. Emlash o‘tkazilgani to‘g‘risida hamshira emlash kartasiga

imzo chekadi. Emlashdan so‘ng hamshira onalarga 1-kun davomida bola serg‘ash bo‘lishi, tana harorati biroz ko‘tarilishi, vaksina yuborilgan joyda biroz og‘riq, qizarish va bo‘rtish yuzaga kelishi mumkinligi haqida tushuntiradi va kelasi emlashga qachon kelishi lozimligi uqtiriladi.

Emlashga monelik qiladigan holatlar tananing harorati 380 dan yuqori bo‘lishi, o‘tkir diareya, o‘tkir yuqumli kasalliklarning aktiv formalarida, yurak porogida, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasida, jigar va buyrak kasalliklarida, bronxial astma, homiladorlikning I yarmida va hokazo.



Mavzu №7. Zararli odatlarni oldini olish.


Laboratoriya mashg’ulot rejasi:

1. Tamaki chekish, uning bolalar va kattalar organizmiga ko`rsatadigan ta`sirini o`rganish. ,.2. Alkagol ichimliklarining asab sistemasiga ko`rsatadigan ta`siri...

3. Giyohvandlik va OITS kasalligi


Mashg’ulotning maqsadi:

Tamaki,alkogolli spirtli ichimliklar,giyohvandlikning inson hayoti uchun xavfli ekanligi,hamda bu holatga tushub qolgan insonlarning jamiyatda o’z o’rnini topolmasligi va jamiyat uchun xavfli ekanligi bo’yicha bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish.

Talabaning o’quv faoliyati natijalari:

  • Tamakini zararli tomonlarini tushunib yetadilar.

  • Alkogolli ichimliklarning asab tizimiga qanday ta’sir etishini tushunib yetadilar;

  • Giyohvandlik va OITS orasida masofa bir qadam ekanligini bilib oladilar.

Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar:

1. Guruhingiz bilan o’quv topshirig’ini bajaring.



Eslatma: 1.1-ga qarang.

2. Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishib chiqing.

Eslatma 2.1-ga qarang.

3. «Baliq skeleti» texnikasi bilan tanishib chiqing.

Eslatma: 2.2-ga qarang.

4. Nazorat savollariga javob bering.

Eslatma: 3.1-ga qarang.


Nazorat shakli:

Og’zaki nazorat,savol-javob va o’z-o’zini nazorat qilish.



Maksimal ball: 2

Talabaga qo’yilgan ball: ______

O’qituvchi imzosi:_____________

O’quv-uslubiy materiallar

1. O’quv topshiriqlari.

(1.1)


1-guruh


2-guruh



3-guruh

(2.2)

«Baliq skeleti» texnikasi


II. Ma’lumotli-axborot materiallar.(2.1)

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Guruh

Baho

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Ma’lumotni to’liq yoritishi

Guruh ishtirokchilarining faolligi

Ma’lumotning taqdim etilishi

Jami




Ball

1,0

0,5

0,5

2

1
















2
















3

















Guruh ishlarini umumlashtiruvchi baho.


Guruh

1

2

3

Jami ball

Baho

1
















2
















3















1,5 – 2 ball- «a’lo»1,0 – 1,4 ball- «yaxshi»0,5-0,9 ball- «qoniqarli»0 - 0,4 ball- «qoniqarsiz».


III. O’z-o’zini nazorat qilish uchun materiallar:

(3.1)

Nazorat savollarti:

  1. Birinchi marotaba tamaki chekkan insonda qanday holat yuzaga keladi?

  2. Tamaki tutuni tarkibida inson organizmiga ta’sir etadigan qanday moddalar mavjud?

  3. Inson saraton kasalligiga chalinishi uchun tamaki tarkibidagi qaysi moddaning ta’siri muhim rol o’ynaydi?

  4. Alkogol (spirt) eng avvalo inson organizmining qaysi a’zolariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.?

  5. Alkogolli ichimliklarning genga qanday ta’siri bo’ladi?

  6. OITS kasalligini qanday aniqlash mumkin?


Mavzuga qisqacha ta’rif.

Tamaki chekish organizm uchun ehtiyoj emas. Odam ichkilik ichishga qanday o’rganib qolsa, chekishga ham xuddi shunday o’rganib qoladi. Chekish jarayonining o’zi maza matrasini bilish va segareta, papirosni so’rishdan tarkib topadi. Tamaki tutuni chekuvchiga ma’lum bir lazzatlanish hissini beradi. Odam ichkilik ichganida va to’yib ovqat yeganidan keyin odatda chekish istagi kuchliroq bo’ladi. ba’zan odamlar bir chekib olinsa, oilaviy hayot, ishdagi ko’ngilsizliklar, diqqatvozlik bir qadar nari ketgandek bo’ladi deb o’ylashadi. Tamaki tutunida juda kuchli narkotik modda-nikotingina emas, balki uglerod (II) oksid vodorod sulfid va boshqa birikmalar ham bor. Biroq tutundagi organizmga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy modda nikotindir. Odam shu moddaga o’rganib qoladi. Odam chekish munosabati bilan qilinadigan ma’lum xatti-harakatlar: sigaretani ezish, alohida bir tahlitda tutun chiqarish, segaretani ushlashga ham o’rganib qoladi. Chekish ta’siri ostida qon tarkibi o’zgarib, undagi eritrotsitlar soni kamayadi, tomirlar chekmaydigan odamlardagiga qaraganda ancha tezroq qaribqoladi, o’pka raki uchraydi.

Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish inson sog’lig’i uchun xavfli hisoblanadi. Tamaki chekuvchi insonning o’z sog’ligigagina salbiy ta’sir qilib qolmay, balki yon-atrofdagi uni o’rab turgan kishilarga ham zararli hisoblanadi.

Chekish-bu zararli va xavfli odat hisoblanadi. Ba’zi bir insonlar chekish aqliy va xavfli odat hisoblanadi. Ba’zi bir insonlar chekish aqliy va ish qobiliyatini oshiradi deb hisoblaydi. Ba’zi olib borilgan natijalar shuni ko’rsatdiki, tamaki boshmiya faoliyatiga ta’sir etib, narv hujayralari faoliyatining susayishiga olib keladi, yana nerv tolalarini qo’zg’alish holatiga keltirish uchun, tamaki iste’mol qilishga to’g’ri keladi.

Fil’trli tamaki chekish natijasida ham inson organizmiga 300 dan ortiq zaharli elementlar tamaki tutuni orqali kiradi. Ular orasida xavflilari-katron (smola), nikotin kislotasi, karbonat angidrid va boshqalar.

Zararli moddalar ichida eng asosiy o’rinni katron (smola) egallaydi. Katron tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmida saraton kasalligini chaqiradi. Bundan tashqari surunkali bronxit hamda “kashanda yo’tali”ni keltirib chiqaradi.

Nikotin-eng zaharli moddalardan biri hisoblanadi.. Nikotin organizmda tez qonga so’rilib, 7 sekunt mobaynida hamma organlarga qon orqali yetib boradi. Nikotin- o’ta zaharli modda; insonlar uchun o’lim dozasi –50mg. Bir dona tamaki chekish natijasida organizmga 1 mg nikotin moddasi kiradi.

Har bir inson birinchi bor chekkanda, o’zida noxush holatlarni his etadi, ya’ni bosh aylanishi, bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi va umumiy holsizlik. Bu holatlar sekin-asta yo’qolib boradi va inson surunkali chekuvchiga aylanadi.

Bundan tashqari, tamaki chekish har xil organlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda asosan yurak-qon tizimi va nafas a’zolari zararlanadi. Miokatd infarkti kasalligi tamaki iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan chekuvchilar orasida ikki marotaba ko’proq uchraydi.

Tamaki chekuvchi insonlar boshqalarga nisbatan 8-15 marta o’pka emfezemasi bilan, 3-5 marta aorta-qon tomirlarini kengayishi bilan kasallanadilar. Har bir yettinchi chekuvchida obliteratsiyali endoartrit rivojlanadi. Bu esa o’z navbatida oyoq gangrenasiga olib keladi. 45 yoshdan oshgan erkaklarda uchraydigan kasalliklarning 30% chekishga moyilligi bilan bog’liq. 40-49 yoshdagi chekuvchilarda chekmaydiganlarga nisbatan o’lim 3 marta yuqori, 60-64 yoshdagilar orasida esa o’lim 19 marta yuqori.

Chekish natijasida kelib chiqadiga kasalliklardan eng xavflisi-bu nafas yo’llarining saraton kasalligidir. Bu xastalik chekuvchilarda tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 20 marta ko’p uchraydi. Bundan tashqari chekuvchilarga qizilo’ngach saratoni, oshqozon osti bezining saratoni, siydik pufagi va buyraklar saratoni tez-tez uchrab turadi. Buning oqibatida butun dunyo bo’ylab yiliga millionlab odamlar hayotdan ko’z yummoqda.

Keyingi paytlarda olib borilgan ilmiy-tekshiruv ishlari shuni ko’rsatmoqdaki, kuniga 10 donadan ko’proq tamaki chekuvchi insonlar orasida saraton kasalligi 8 marta ko’p uchrar ekan. Kuniga 1 pachka tamaki iste’mol qiluvchilarda esa bu ko’rsatkich 20 martagacha oshar ekan.



Yoshlarga maslahat:

Chekishdan voz kechish uchun qo’yidagilarga amal qiling va siz, kuchli iroda va hohishingiz evaziga maqsadingizga erishasiz.



  1. Jamoat joylarida, transportlarda va xonadonlarda chekmang.

  2. Kuniga bir donadan strageta chekishni kamaytirib boring.

  3. Oila a’zolaringiz va do’stlaringizga chekish asoratlari haqida gapirib turishni odat qiling.

  4. Haftasiga bir kun chekmaslikni odat qiling.

Mabodo sizda chekish istagi paydo bo’lganda:

  1. Har kuni sharbatlar iching.

  2. Yoqtirgan konfetingizni shiming.

  3. Yoki yeryong’oq iste’mol qiling.

  4. Chekishni eslatuvchi narsalar-sigaret, kuldoni yashiring.

  5. Chekuvchilardan uzoqroq yuring.

  6. Har kuni badan tarbiya bilan shug’ullaning.

  7. Tabiat quynida ko’proq sayr qiling.

  8. Ovqat ratsioniga ko’proq ko’kat, sabzavot va sitrus mevalarni qo’shing.

Etil spirti-narkotik moddalar tarkibiga kiradi.

Alkogol nerv tomirida implus o’tkazuvchanligini tormozlaydi. Organizmda tushgan alkogol (spirt) 89% oshqozon shilliq qavati orqali qonga so’riladi, qolgan qismi esa ichaklar yordamida so’riladi. Spirt iste’mol qilgandan so’ng oradan 1-1,5 soat o’tib qonda spirtni maksimal dozasini aniqlash mumkin.

Alkogol (spirt) eng avvalo inson organizmining markaziy asab tizimi (MAT)ga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida insoning ilmiy hamda jismoniy ish faoliyati susayadi, ravshanlik yo’qoladi, ko’p xatolarga yo’l qo’yiladi, harakatda aniqlik yo’qoladi.

Haddan tashqati ko’p iste’mol qilingan spirtli ichimliklar natijasida yuqorida aytib o’tilgan holat yaqqolroq namoyon bo’ladi. Bunda reflekslar susayadi, harakat koordinatsiyasi buziladi, gapirish markazi tormozlanadi, muskullar bo’lshashadi, buning natijasida chuqur narkotik uyqu paydo bo’ladi.

Bu holat ertangi kunga ham o’z salbiy ta’sirini o’tkazadi: ish qobiliyatining susayishi, bosh aylanishi, nison o’zini yomon his qilihi va hokazo.

Spirtli ichimliklar nafaqat MATga ta’sir qilib qolmay, balki organizmni yurak-qon tomir tizimiga, jigarga, oshqozon-ichak tizimiga, jinsiy a’zolarga ham salbiy ta’sirini o’tkazadi.

Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qiluvchi insonlar orasida yurak-qon tomir tizimi xastaliklari 22 marta, oshqozon xastaligi 18 marta, organlar xastaliklari 4 marta ko’proq uchraydi.

Eng og’ir xastaliklardan bo’lgan jigar sirrozi ham ayni spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchilar orasida ko’proq uchraydi. Bu xastalik ko’pincha yoshlar orasida o’lim bilan yakun topmoqda.



Giyohvand moddlar(narkotiklar)

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish (hattoki bir marta) organizmga o’ta jiddiy zarar yetkazish bilan birga og’ir xastalik, ya’ni giyohvandlikka (narkomaniyaga) olib kelishi mumkin.

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish oqibatida organizmning surunkali zaharlanishi yuz beradi, buning natijasida tolerantlikni o’zgarishi, o’rganib qolish, mahrum bo’lish sindromi, emosional-psixik o’zgarishlar, jismoniy hamda jinsiy o’zgarishlarga olib keladi. .

Toksikomaniyani qo’yidagi moddalar keltirib chiqaradi:

Uchuvchi ximiyaviy moddalar (gengansion-benzol, toluol, atseton va boshqalar);

Tinchlantiruvchi va uxlatuvchi vositalar (trankvilizatorlar);

Ba’zi og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi vositalar.

Ba’zi giyohvand moddalar tibbiyot amaliyotida ishlatiladi, chunki ular og’riq qoldiruvchi xususiyatga ega. Bu moddalarni iste’mol qilinishi faqat shifokor tomonidan begilanadi.

OITS- o’ta xavfli kasallik hisoblanadi, uning hozirgi kungacha davosi aniqlanmagan. OITSning oxiri- o’lim fojiasidir.

Ming afsuslar bo’lsinki, bu kasallikning, ayniqsa yoshlar orasida tarqalishi hammani tashvishga solmoqda.

Mustaqil bajarish uchun topshiriq.

.A.

Ushbu rasmda korsatilgan katakchalarga kasalliklarni shunday njoylashtiring-ki inson organizmida tamaki mahsulotlari zarari ham,narkotik moddalar ta’sirida hama’zolar yallig’lanishlarining sodir bo’lishi ko’zatilsin.




Mavzu. 8 Sog`lom va kasal organizm haqida tushuncha.Salomatlikka ijobiy va salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillar.

Laboratoriya mashg’ulot ta’lim texnologiyasi.


Talabalar soni25-30

O’quv soat:i 2 soat

O’quv mashg’ulotning shakli

Amaliy namoyish qilish shakli.

Mavzu rejasi

1. Sog’lom bola va uni parvarish qilish to’g’risida tushuncha

2.Bolalarga kasallik sharoitida birinchi yordam ko’rsatish va parvarish qilish.

3.Salomatlikka ta’sir ko’rsatadigan ijobiy va salbiy omillar haqida ma’lumot.


Mashg’ulotning maqsadi:Sog’lom va kasalbolalarning bir –biridan farqi va ularni parvarish qilish holatlari to’g’risida tushuncha berish va ko’nikma hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

  • Qanday bolalar sog’lom bolalar deyilishini tushuntirib berish .

O’quv faoliyati natijalari:

  • Sog’lom bolalar belgilarini bilib oladilar.

  • Sog’lom bolalarda uchraydigan fiziologik jihatlarni tushuntirib beradi

  • Bolalar fiziologik holatlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.

  • Qanday hollarda bolalar kasal hisoblanadi,qanday o’zgarishlar ko’zatilishi mumkinligini tushuntiradi.

  • Bolalarda uchraydigan kasalliklar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.

  • Kasal bolalarga shoshilinch yordam ko’rsatish holatlari bilan tanishtiradi.ko’nikma hosil qiladi.

  • Shoshilinch yordam ko’rsatish turlarini bilib oladilar

Salomatlikka ta’sir ko’rsatadigan ijobiy va salbiy omillar haqida ma’lumot beradi.


  • Salomatlikka ta’sir etadigan ijobiy va salbiy omillar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.

Ta’lim modellarri.

Savol javob,so’hbat,klaster,inserttexnikalari.

Ta’lim vositalari

O`UM, format qog’ozlar,markerlar,skoch,tarqatma materiallar.

Ta’lim shakli

Frontal,jamoaviy,guruhlarda ishlash.

O’qitish shat -sharoiti.

Texnik vositalardan foydalanish va guruhlarda ishlashga mo`ljallangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Og’zaki nazorat,savol javob,ryeting tizimi asosida.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə