O’zbekiston respublikasioliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Lokal Kompyuter tarmog`ida ishlash afzalligi



Yüklə 266,56 Kb.
səhifə12/12
tarix13.05.2022
ölçüsü266,56 Kb.
#87032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
zari

2.4. Lokal Kompyuter tarmog`ida ishlash afzalligi.

Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko`p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog`idagi disklarning umumiy resurslardan va hamma kirishi mumkin bo`lgan diskda saqlanuvchi ma`lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir Kompyuterdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab o`tamiz.

1. Shaxsiy umumiy foydalanuvchi ma`lumotlarni faylli - serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois umumiy foydalaniladigan ma`lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (Matnlar, elektron jadval va ma`lumotlar bazasini ko`rib chiqish, o`qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma`lumotlar ko`p tomonlama ximoya qilinadi; umumiy ma`lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali o`rnatilgan chegara doirasida bo`ladi.

2. Ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: U yagona nusxada fayl - server diskida bo`ladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`lgan dasturli vositaga avvolo matn va grafik taxrirlovchi, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko`rsatilgan imkoniyatlar orqali quydagi ishlarni bajarish mumkin: Ishchi stansiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim ximoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotlarni ishlashga layoqatli axvolda ishlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.

3. Tarmoqning barcha Kompyuterlar o`rtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar o`rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta`minlanadi.

4. Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta`minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi;

5. Kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati (malakasiz muomiladan himoyalangan holda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi O`qituvchi Kompyuterida bajarilgan ishlarni o`quvchilar Kompyuterida ko`rsatish; o`qituvchining Kompyuter monitorida o`quvchilar Kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali o`quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.

6. Global tarmoqning yagona kommunikasiyasi uzili bo`lganda lokal tarmoqning har qanday Kompyuteridan global tarmoq resurslariga kirishni ta`minlash.


XULOSA

Hozirda informasion oqimni ortib borishi Kompyuterlarni qo`llashda ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta`riflovchi tarmoqlarni tashkil etishni taqozo qiladi. Buni butun dunyo Kompyuter tarmog`i xisoblanmish Internet misolida yaqqol ko`rish mumkin.

Uzatish kanallari orqali o`zaro bog`langan Kompyuterlar majmuiga Kompyuter tarmog`i deyiladi. Bundan foydalanuvchilarni axborot almashuvi vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog`i resurslaridan jamoa bo`lib foydalanishni ta`minlaydi.

Kompyuterlarni tarmoqga birlashishi qimmatbaxo asbob uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosi xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy vositaga va ma`lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi Kompyuterlarni apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayoni butunlay o`zgartirib yubordi, xizmat ko`rsatishning eng keng tarqalgan tarmog`i - elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta`minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o`rtasida ma`lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta`minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global Kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma`lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iktisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.

Ma`lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma`lumotlarni markazlashtirishda, ma`lumotlarni ma`lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko`pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar keltirish mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi ("talab-taklif"); ijtimoiy ta`minot tizimi; solik xizmati; masofadan turib Kompyuter ta`limi; aviachiptalarni zaxira qilib quyish tizimi; uzokdan turib tibbiy tasxishlash; saylov tizimi. Ko`rsatilgan ushbu barcha qo`shimcha ma`lumotlarni to`planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto`g`ri ma`lumotlar bo`lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan ximoyalongan bo`lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta`lim, ijtimoiy va ma`daniy xayet soxasidan tashkari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg`ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli soxadagi kishilarning dam olishini tashkil etish kuroliga aylandi.Kompyuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan xududiy taqsimlanishi jixatidan tasniflash mumkin bunga ko`ra global, mintakavaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.Global tarmoqlar butun dunyo bo`yicha tarmoqlardan foydalanuvchilarni kamrab oladi va ko`pincha bir - biridan 10 - 15 ming kilometr uzoklikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi.Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo`lmagan mamlakat shaharlari viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko`pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 - 1000 kilometrni tashkil kiladi.EXM lokal tarmoqlari bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin binolardagi abonentlarni bog`laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80 - 90% axborot o`sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tuzilmaga ega bo`lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi Kompyuterlar yuqori tezlikga ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog`langan bo`ladi. Barcha Kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo`lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug`lik o`tkazgich inson sochi tolasi kalinligida yasalgan. U o`ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.

Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10km. gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va ulardan foydalanishni osonlashtiradi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Elektron ta’lim resurslari:
1. www.pedagog. uz

2. www.ziyonet. uz

3. www.edu.uz

4. tdpu-INTRANET. Ped

5. www. technomag.edu.ru

6.www.hrea.org/pubs/tips.

html

7. www.press-service.uz



8. www.gov.uz

9. www.infocom.uz



10. www.press-uz.info


Yüklə 266,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə