“O„zbekiston tarixi” fanidan yozgan



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#108061
1   2   3   4   5   6   7
shayboniylar davrida movarounnahrda madaniy hayot

Podsholig’da Shayboniy faqrdan ayrilmag’il, 
Faqr shohi ikki olam ichra bo’lur podsho. 
Tetri gar berdi seta Eroniy Turon, 
Bandalik tavrin Shayboniy bermagil eldan daho. 
 
Shayboniyxonning she‟rlar to‟plami bo‟lgan “Devon” 191 varaqdan iborat 
bo‟lib, bugun Turkiyaning Istambul shahridagi To‟nqoni saroyi kutubxonasida 
saqlanmoqda. Sakkokiy, Gadoiy, Navoiy an‟anasidagi klassik chig‟atoy Turkiy 
she‟riyatini davom ettirgan Shayboniyxonning she‟rlarida diqqatni o‟ziga jalb 
qilgan hassos – shoirning Turkiston yurtiga bo‟lgan cheksiz muhabbatini har doim
tilga olib turganidir. Turkistonning Buxoro, Samarqand, urganch, Yassi shaharlari 
nomini o‟z she‟rlarida Shayboniyxonga qadar ko‟p ishlatgan boshqa shoir yo‟q 
desak sira yanglishmaymiz. Masalan: 
Jannati ma’vo degan bog’i Samarqand elim, 
Navsari a’lo degan obi Samarqand elim, 
Yoki Buxoro haqida yizilgan 
Bir zayolim bor ko’ngilkim pirmu vafoiy atayin. 
Ul Buxoro sharida Ka’ba tavofin aylayin. 
 
Shayboniyxon XVI asr adabiyotiga katta xissa qo‟shgan shoirlardan biridir.
Shayboniylar zamonida fan keng rivojlandi. Hatto sonlarni zarb qilish haqida 
izoh berilgan “Hisob usullari risolasi” XVI asrga mansub asardir. 1593 yilda Amin 
Ahmad Roziy “Haft iqlim” (Etti iqlim) degan jo‟g‟rofiy – biologic lug‟at tuzdi. 
Mutrabiyning dunyo xaritasi kashf qilingan. “Tazkiroti shuaro” ham taxminan shu 
vaqtlarda yozilgan. Bu davrda meditsina sohasida qilingan ilmlar sezilib turardi. 
1541 yilda Muhammad Husayn Ibn Al – Me‟roni as - Samarqandiy tibbiy va 
farmakalogiya ruyxatiga oid ilmiy asar yozib, o‟ta dorivor o‟simliklardan dori 
tayyorlash va saqlash uchun ishlatiladigan idishlarning rangdor nafis syr‟atlar ilova 


41 
qilindi. XVI asr Qozilarning hujjatlaridan biz Samarqandda tabiblar ko‟z 
kasalliklarini davolash ishlari bilan shug‟ullanganliklarini bilamiz. Ko‟z tabibi 
Shoh Ali ibn Sulaymon Navro‟z Ahmadxon huzurida ishlagan. Samarqandda 
Ko‟chkinchixon zamonida Hirotlik tabib Sulton Ali ishlagan. U kasalliklar va 
terapiya haqida umumiy ma‟lumot beradigan “Tabiblik dasturlamasi”ni yozgan. 
Shayboniylar davrida ko‟p asarlar o‟zbek tiliga tarjima qilingan. Kitobga 
qiziqish zo‟rligidan kutubxonalar tashkil qilingan.
XVI asrda hattotlik san‟ati juda yuqori darajada rivojlandi.sulton Ali 
Mashxadiy, Mir Ali Xiraviy, Muhammad ibn Ishoq, ash Shixobiy va boshqalar 
mashhur xusnixat ustalari edilar. 1586 – 1587 yillarda Darvesh Muhammad ibn 
Do‟stmuhammad Buxoriy polisrafiya san‟ati nazariyasiga oid asar yozgan.
Bu davrda yozilgan asarlar suratlar bilan bezatilgan. Bunday asarlar jumlasiga 
“Fathnoma”, “Tarixi Abulxayrxoniy” 1521 yilda tuzilgan. Alisher Navoiy 
asarlarining ruyxati 1562 – 1563 yilda ko‟chirilgan “Tavorixi guzidayi 
nusratnoma”ni ko‟rsatish mumkin. Bu asarlarni bezashda ishlatilgan minatyuralar 
O‟rta Osiyo moddiy madaniyatini aks ettiradi.
Bu davrdagi musvvirlar ijodini tadqiq qilgan G. A Pugachenkova XVI asrda 
O‟rta Osiyoga xos alohida minatyura rassomligi paydo bo‟ldi, deb aytgan edi. 
Shayboniylar xuddi Temuriylar singari nihoyatda o‟qimishli madrasa 
ta‟limini olgan, dunyoviy va dininy bilimlarni egallagan, harbiy san‟atda ham, 
she‟riy san‟atda ham iste‟dodli, ijodkorlar bilgan, hatto forschani go‟zal yozishni 
mukammal egallagan. Xullas, ziyoli davlat arboblari bo‟lishgan.
Shayboniylar davrida ilm – fan, madaniyat, adabiyot va san‟at, 
me‟morchilikning ravnaq topishida sulola vakillarining ibratli shaxsiy ta‟sirlari 
ham zarvorlidir. Mamlakatning turli tomonlaridan taniqli shoir, tarixchi va 
olimlarning Shayboniyni qora tortib, panoh izlab Buxoroga kelishlari va 
layoqatlariga qarab mansab hamda uy joy va etarli mablag‟ bilan ta‟minlanishlari, 
izzat – ikrom topishlarining boisiham ana shundadir. Muhammad Shayboniyxon, 
Ubaydulloxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon va Jahongir Sulton shoir bo‟lishgan, 
o‟zbekcha va forscha she‟rlar yozishgan. Abdullaxon I esa musiqashunos, sozanda 


42 
va astronomiya bilan shug‟ullangan. Abdullaxon II Qur‟oni karimni tafsir qilishda 
hadisi shariflarni tahlil va talqin qilishda din peshvolarining fan olamlariga sazovor 
bo‟lgan….Bu ta‟rifu tavsiflarimiz shunchaki, quruq gaplar emas, balki o‟sha 
davrda zamondoshlari bo‟lmish taniqli mualliflar tomonidan yozib qoldirilganxolis 
fikrlardir. Misol tariqasida bu bu kitoblardan ayrimlarini Kamoliddin Binoiyning 
“Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Ro‟zbexonning “Mehmonnomai Buxoro” va 
“Suluk al - muluk”, Mulla Shodining “Fathnoma” (Shayboniyxonning tarjimoiy 
holi she‟riy tarzda hikoya qilinadi) va Tavorixi guzidom nusratnoma (o‟zbek 
tilidagi nasriy asar), Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloning “Zubdat ul - 
osor” (o‟zbek tilida), Hofuz Tanish ibn Mir Muhammad al – Buxoriyning 
“Shartnomai shohiy” (bu asar “Abdullanoma” nomi bilan mashhur), Muhammad 
ibn Valining “Bahr ul –asror”, Zayniddin Vasifiyning “Badoe ul vaqoe” degan 
asarini keltirishimiz mumkin. Bu ruyxatini yana davom ettirish mumkin, lekin shu 
nomi tilga olingan mumtoz tarixiy va memuar asarlarning o‟ziyoq shayboniylar 
davrida ham bo‟lganidek, tarix fani ancha rivoj topganini ko‟rsatadi. Biroq farqi 
shundaki, temuriylar davrida tarixiy kitoblar ko‟plab forscha yozilgan bo‟lsa, 
shayboniylar zamonida esa o‟zbek tilida ham ta‟rif etiladi.
Shayboniylar davrida kitobat ishlariga qo‟lyozmalarni husnixat bilan 
ko‟chirish yo‟li bilan nusxani ko‟paytirish, ularni voqeaband miniatyuralar bilan 
bezatish, chiroyli va chidamli muqovalarga jamlashga katta e‟tibor berilgan. Shu 
tariqa, Alisher Navoiy homiyligida Kamoliddin Behzod va uning safdoshlari 
tomonidan yaratilgan Hirot rassomchilik maktabi vujudga keladi. Zotan bu davrga 
kelib, bu ham, o‟zbeklarning bu boradagi markazi ham Hirotdan Buxoroa 
ko‟chgan edi. Shayboniylardan Abdulazizxon va Abdullaxon IIning kutubxonalari 
o‟sha zamon musulmon Sharqidagi eng yirik kitob xazinalaridan edi.
1
Shayboniylar davrida ham temuriylar zamonidagi yuksalishning ruhi 
so‟nmagan edi. Nafaqat poytaxt shaharlar bo‟lmish Samarqnq va buxoroda, balki 
shular bilan bir qatorda mamlakatning barcha viloyatlarida halqimizning 
bunyodkorlik ishlari davom etar, barcha viloyatlarimizda ham bizkim o‟zbeklar 
1
Muhammad Solih “Shaybiniynoma”. T., 1988 yil. b – 92.


43 
bag‟ridan etishib chiqqan iste‟dodli olimlar, shoirlar, tarixchilar, ulamolar, 
san‟atkorlar va shu kabi madaniyat, ilm – fan, adabiyot va san‟at ahli samarali va 
barakali faoliyat ko‟rsatar edilar. Chunki bizkim o‟zbeklarning birlashgan va 
markazlariga o‟z milliy davlati dovrug‟i etti iqlimga etgan Buxoroi sharifday 
poytaxti bor edi, Qoraxoniylar saltanatidan so‟ng, ya‟ni 1212 yildan keyin oradan 
uch yarim asr o‟tgach, Buxoro poytaxtlik maqomiga erishgan edi. Musulmon 
sharqidagi an‟anaviy udumga ko‟ra sulolaga asos solgan shaxs sulolaboshi nomi 
bilan atashuvchi Shayboniylar davlati ibtidodidan eng qadim zamonlardan Turon 
deb milodiy 539 yildan ham Turon, ham Turkiston deb nomlanib kelayotgan 
mamlakatimizga angi nom berdi: O‟zbekiston deb atala boshladi. 
Shayboniylarning tarixiy xizmatlaridan biri, aytish mumkinki, qaytarilmas 
xizmatlaridan biri shuki, Turkiston deganda barcha turkiy xalqlarga ma‟lum 
darajada o‟ziga xos belgi va xislatlri, turmush tarsi va boshqa shu kabilar bilan 
farqlanuvchi, xullas o‟z milliy qiyofasiga ega, bizkim o‟zbeklarning mamlakati 
tushuniladigan bo‟ldi. Bu chindan –da qaytarilmas va tarixiy voqea bo‟lib, 
allaqachonlardir dunyoga kelgan kamolotga etib, o‟zligini namoyon qilgan Turonu 
Turkiston zaminiga tup quyib palak yozgan xalqa, bizkim, o‟zbeklarning vataniga 
xuddi oltin uzukka yoqut ko‟z qoyilganidek munosib, mazmundor va sharafli nom 
berilgan edi: O‟zbekiston!!! 
Me‟morchlik – qurilish san‟atining yuksak pog‟onasi. Goyo, unda davriy 
taraqqiyot- sivilizatsiyaning qiyofasi aks etda. U davrning vakili bo‟lmish, 
jamiyatning foydalilik chidamlilik va go‟zallik haqidagi ko‟tarinki g‟oyalarini 
o‟zida saqlab qolishi mumkin. Me‟moriy yodgorliklar qiyofasida tarixini o‟ziga 
xos tosh kitobi shakllanadi, qo‟l bilan yaratilgan musiqa timsoliga aylanadi. 
O‟zbekiston me‟morchiligining tarixiy ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. 
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, So‟g‟d, Baqtriya, Xorazm kabi ilk davlar davridan 
boshlab, to Temurgacha va undan so‟bg me‟morchilik borasida muhim ulkan 
qurilishlar amalgam oshirilganligiga shohid bo‟lamiz. Ayniqsa, Temur va 
temuriylar davrida me‟morchilik o‟z davrini rivojining yuksak cho‟qqisiga erishdi.


44 
O‟zbek me‟morchiligida shayboniylar temuriylardan keyin eng katta hissa 
qo‟shgan sulola sanaladi. Shayboniylar Temur va temuriylar davridagi 
me‟morchilik an‟analarini davom ettirdilar, XVI asrdan bizgacha ko‟pgina 
arxetuktura yodgorliklari ko‟proq dininy maqsadlarga mo‟ljallangan jamoat 
binolari – masjidlar, madrasalar, mozorlar, shuningdek, savdo – sotiq uchun 
belgilangan binolar etib kelgan.
Shayboniylar davri me‟morchilikda ustalarning ijodi hajmini qisqartirish va 
soddalashtirish hisobiga ko‟pgina binoning dekarativ pardozini zaiflashtirish 
evaziga, asosan gumbazsimon toshlarning me‟moriy formalari va ularni qurishda 
omilkorligi ko‟zga tashlanadi. Bu me‟mor ustalarning katta iste‟dodga ega 
ekanliklarini, materialni va qurilish texnikasini juda bilimdonlari ekanliklarini 
ko‟rsatadi.
Shayboniylar davrida eng yirik binolar Buxoroda qurilgan. Bu davrda 
Buxoroning iqtisodiy va siyosiy obro‟sini oshishi shahar aholisining ko‟payishi 
uning kengayishiga sabab bo‟ldi. Ma‟lumki, me‟morriy qurilishlarda nafaqat 
shayboniy hukmdorlar, balki saroy ayonlari ham aktiv ishtirok etganlar. Masalan, 
Samarqandda 
Muhammad 
Shayboniyxon, 
Abu 
Saidxonlar 
madrasalar 
qurdirganlar. Muhammad Shayboniyxon bundan tashqari Yassi shahrida jome 
masjidi qurdirgan. Balx shahri qal‟asining devorini ta‟mirlashtirgan. Uning 
vorislari davrida mazkur faoliyat davom ettirildi. Xususan Abdullaxon va 
Abdullaxon II davrida Buxoro shahri yangi devor bilan o‟rab olindi.
XVI asrda qurilgan juda ko‟p monulintal binalar shaharni yanada bezadi/ 
Samarqandda Bibixonim masjididan keyingi „rinda turuvchi masjidi Kalon bunga 
misol bo‟la oladi. Masjidi Kalon o‟zining tarixiga ko‟ra Temur Bibixonim 
masjidini takrorlaydi: hovlissi to‟g‟ri burchakli, atrofi ayvon bilan o‟ralgan, 
shuningdek, hovlini g‟arb tomonidan katta darvoza qarshsiga mehrob ustida 
monumental yirik binosifatida ko‟kka ko‟tarilib turgan qurilishining bosh qismida 
alohida ko‟zga tashlanib turadi. Binoning bu qismi tetjida baland havorang gumbaz 
bor.


45 
1536 – 35 yillarda Masjidi Kalon qarshisida Mirarab madrasasi qurildi. Bu 
katta madrasa Ubaydullaxonning mablag‟lariga Mirarab deb atalgan nufuzli shayx 
Abdulla Yamonli uchun qurilgan. Ma‟lumki, Shayboniyxon shahid ketgan.
1510 – 1520 yillarda amakim Ko‟chkichixon 1530 – 1533yillarda uning o‟g‟li Abu 
Said Shayboniylar davlatini boshqaradi. Biroq ularda ichki nizolarni bartaraf 
etishda Safoviylar davlatidek qudratli tashqi g‟animga qarshi urash olib borishda 
shijoatu – o‟quv etishmaydi.
Ana 
shunday 
tarixiy 
sharoitda 
tarix 
maydoniga 
Muhammad 
Shayboniyxonning jiyani Ubaydullo Sulton chiqadi. U g‟ayratli, o‟quvli davlat 
arbobi va shijoatli lashkarboshi edi. 1533 yil xonlik mansabini egallagan 
Ubaydullaxon mamlakatni rasman poytaxt Samarqanddan emas, balki Buxorodan 
turib boshqardi. 
1530 yili, Ubaydullo Sultonxon noibi bo‟lgan bir paytda ham, uning o‟ziga 
ham fikr do‟sti Mir Arabga og‟ir bir sinovdan o‟tishga to‟g‟ri keladi. 
Safoviylarning qizil boshlilardan iborat katta qo‟shini mamlakatimizga bostirib 
kirib to G‟ijdivongacha etib keladi, Ubaydullo Sulton o‟z qo‟shini bilan 
dushmanga qarshi chiqadi. Birinchi to‟qnashuv jang taqdirini hal qila olmaydi, 
sababi dushman qo‟shini son jihatidan o‟zbek qo‟shinidan ortiq edi, Ubaydullo 
Sultonning qo‟shini kam sonli bo‟lgani uchun ertasi kuni bo‟lajak jangda qo‟li 
baland kelishi amri mahol bo‟lib qoladi, lashkar orasida tushkunlik yuz bera 
boshlaydi. Ana shunday qaltis bir vaziyatda, kech oqshom paytida Mir Arab 
Hazratlari qo‟shin qoshida shunday bir nutq irod etadilarki, bundan lashkarlar o‟ta 
mutassir bo‟ladi, ruhi ko‟tariladi va o‟sha xuftondayoq tungi hujumga o‟tib 
dushman ustidan to‟la g‟alaba qozonadi. Turkistonning mustaqilligi, halqimizning 
erki, dini – mashabi, or – nomusi, iftixori saqlanib qoladi, Ubaydullo Sultonni bu 
g‟alaba uni ma‟naviy ilhomxhisi Mir Arabga bag‟ishlaydi, keyinchalik shu g‟alaba 
sharafiga yangi madarasa qurishga farmon beradi. Bu madrasa Buxoroni Buxoro 
qilib, unga ko‟rk bag‟ishlab, ma‟rifat, ruhoniyat o‟choqlaridan biri bo‟lib 
kelayotgan Mir Arab madrasasidir.


46 
Madrasa qurilishi 1530 yili boshlab yuboriladi. Qurilishda xalqimizning turli 
qatlamlari, hunarmandlardan tortib tolibi, ilmlargacha, o‟sha jangda qatnashgan 
g‟oliblardan tortib ruhoniylargacha qatnashadi, chunki mag‟lub bo‟lib imon – 
e‟tiqodidan ayrilib qolish xavfidan qutulishisevinchi .0shun0day qimmatli, 
shunday safarbarlikni keltirib chiqargan edi. 
O‟z yirikligi va arxitektura sifatlari bilan katta qimmatga ega bo‟lgan binolar 
XVI asr Buxoroning atroflari ham qurilgan. Sulton qishlog‟idagi bir – biri bilan 
ikki qavvatli ark orqali birlashtirilgan. Bahouddin qishlog‟idagi mashhur xo‟ja 
Bahouddin Naqshbandining mozori oldida qurilgan katta gumbazli xonaqo, hokimi 
Mulla Mir qishlag‟idagi masjidlar shular jumlasidandir.
Samarqand arxitektura sohasidagi ijod hatto temuriylar bilan Shayboniylar 
o‟rtasida hokimiyat uchun kurash avj olgan paytda ham to‟xtashadi. Shayboniyxon 
davrida madrasa va Zarafshonda qoldiqlari g‟isht arki ko‟rinishida bizning 
kunlarimizgacha etib kelgan suv taqsimlovchi ko‟prik qurildi. XVI asrning 
diqqatga sazovor qurilishlari, shuningdek, Karmanada va Toshkentda saqlanib 
qolgan.
Grajdan arxitekturasi yodgorliklaridan ko‟prik va sardobalardan tashqari 
Buxoroning bozor ko‟chalari chorrahalarida qurilgan naqshli beshta bino, ayniqsa, 
katta diqqatga sazovordir. Bu binolar: Toqi Sarofon, Toqi Telpakfurushon, Toqi 
Zarafshon va bizgacha etib kelmagan, Toqi Tirgdan hamda Toqi Urufurushondir. 
Bu hashamatli binolar tipi Abdullaxon nomli tepasi yopiq katta bozor bilan birga 
poytaxtning markaziy qismini hamisha gavjum bozorning tashqi arxitektura 
ko‟rinishini tashkil qilar edi. Grajdan arxitekturasi asarlaridan juda yaxshi va 
hozirgacha ishlab turgan. Sarafon hammomini ko‟rsatish mumkin. Buxoroning 
arxitektura binolarini ichki va tashqi tomonining bezagida turli tuman usullar 
qo‟llanilar, ammo tayyor suratga qarab maxsus qurilgan turli rangdagi 
koshinlardan iborat bo‟lgan sirli uymakor mozoika XVI asrda juda qimmatga 
tushuvchi va ko‟p mehnat talab qiluvchi usul sifatida ancha kam qo‟llanilardi. 
Naqshning relvori, qismlariga tillo suvi berilar, fon ko‟k yoki yashil ranglarga 
boyalar, mayday gullar va naqshlar ham shunga qarab boyalardi. Bularning 


47 
barchasi goyo mayday gulli armomentga ega bo‟lgan yashil yoki ko‟k maydonga 
tilla naqshlar yoyilib tashlanganday tasavvur hosil qilardi. Toshga naqsh ishlash 
Buxoro muzeyida saqlanuvchi kulrang marmardan ishlangan ajoyib qabr 
toshlaridan ma‟lum. Bu toshlar boshdan oyoq juda yaxshi ishlangan va sinchiklab 
oyilgan gullar armament bilan hamda kalligrafik qoidalarga qat‟iy buysunib 
oyilgan yozuvlar bilan qoplangan.
Umaman, XVI asrda me‟morchilik sohasida ham ulkan ishlar qilindi. Turli 
maqsadlar uchun ko‟pdan – ko‟p grajdanlik, madaniy va injenerlik binolari qurildi. 
Bu binolar O‟rta Osiyoda me‟morchlikning shu asarda injenerlik va texnik badiiy 
jihatdan yuksak mahorat darajasiga erishganidan me‟morchilikni rivjlantirishda 
yangi yo‟l kashf etilganidan dalolat beradi. Afsuski, karvonsaroylar, rastalar, 
masjid – madrasa, ko‟priklar bino qilgan xalq ustalarining nomlari bizning 
zamonamizga etib kelmagan, ayrimlarini hisobga olmaganda, masalan, 1541 – 
1545 yillarda Kafolat shogird maqbarasini qurgan me‟mor G‟ulom Husaynning 
nomi saqlanib qolgan.
O‟rta Osiyoda shu davrda srajdanlik ahamiyatiga molik, har turli savdo 
rastalari, ariq va kanallar, ko‟prik solish ishlari keng quloch yoydi. Shayboniyxon 
davrida yangi karvon saroylari solindi. Masalan, G‟ijduvon Buxorodagi Tilla 
Kalon hammomlar solindi. Jenkinsonning garlariga qaraganda, Buxoroda 
hammomlar shunday ustalik bilan solinganki bunaqa hammom dunyoda yo‟q.
XVI asr nafaqat Buxoro, Samarqand shaharlariga katta e‟tibor qilindi, balkim 
boshqa shaharlarda ham katta – katta binolar qurildi. Yassada masjid, Qarshi shahri 
daryo yonida saroy, sovrinda madrasa qurildi.
XVI asrning eng yirik me‟morchilik inshoatlaridan biri Termiz nohiyasi 
“Namuna” jamoa xo‟jaligi territoriyasida “Kokildara” (Kokildor ota) bo‟lib, 
mavzoliy xonaqo hisoblanadi. O‟sha vaqtda rasm bilan nafis panjara va ayvon 
xuddi shu Kokildora mavzoleyida ham bor. 


48 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə