“O„zbekiston tarixi” fanidan yozgan



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#108061
1   2   3   4   5   6   7
shayboniylar davrida movarounnahrda madaniy hayot

 
 
 
 
 
 
1
Ibrohimov A. “Biz kim o‟zbeklar”. T., 1999 yil. b – 45.


16 
1.2. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda madaniy taraqqiyot uchun 
shart-sharoitlarning vujudga kelishi 
 
Shunday qilib, ko„chmanchi o„zbeklar davlati inqirozga uchradi. Lekin bu 
davlatning inqirozi vaqtincha bo„lib, oradan ko„p vaqt o„tmasdan XV asrning 80-
yillarida Muhammad Shayboniyxon bu davlatni qayta tiklaydi. 
 
Abulxayrxondan keyin bu parchalanib ketgan saltanatni qayta tiklash va 
yanada ulkanroq davlatga aylantirish uchun hech bir hukmdor harakat qilmadi. 
Qabilalarni birlashtirishga urinmadilar.
Muhammad Shayboniyxon bir qancha tarqoq qabilalarni birlashtirdi. 
Abdulxayrxonning o„limidan keyin Shayboniylar xonadonidagi ichki ziddiyatlar 
sabab sulola zaiflashishiga qaramay Muhammad Shoxbaxt davriga kelib 
Shayboniylar yana bir bor qadlarini tiklashga ega bo„ldilar. Muhammad Shoxbaxt 
Abulxayrxonning Shohbudog„ nomli o„g„lidan tug„ilgan nabirasi bo„lib, biz uni 
asosan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) nomila yaxshi bilamiz. 
Abulxayrxon davlatining inqirozga uchrashiga quyidagilar sabab bo„ldi: 
O„troq aholi bilan ko„chmanchi aholi o„rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalar 
yo„q edi. Ko„chmanchi o„zbeklar davlatiga kirgan G„arbiy viloyatlar Volga 
bo„yidagi shaharlarga Sharqiy viloyatlar esa Movarounnahrga tortim edi; 
Qabilalar o„rtasida ham mustahkam aloqalar yo„q edi; 
Ko„chmanchi feodallarning mustaqilligi kuchli bo„lgan holda markaziy davlat 
apparati nisbatan kuchsiz edi; 
O„rda, Ichin, Shaybon va To„qay Temur avlodlari o„rtasida toju-taxt uchun
feodal kurash benihoya katta edi; 
XV asrning o„rtalariga kelib Movarounnahrda Temuriy shaxzodalar o„rtasida 
toju-taxt kurashi kuchayib ketdi. Samarqand taxtiga Ibrohim Sultonning o„g„li 
Abdullo Mirzo o„tiradi. Buxoroda podsholikka ko„tarilgan Mironshohning o„g„li 
Abu Said unga raqib sifatida maydonga chiqadi. U ko„chmanchi o„zbeklar xoni 
Abulxayrxondan yordam so„raydi va juda ko„plab yerlar berishni va‟da qiladi. 
1451-yilning yozida Samarqand atrofidagi Sheroz qishlog„ida Abdulla Mirzo 
hamda Abu Said Mirzo o„rtasida qattiq jang bo„ladi. Bu jangda Abdulla Mirzo 


17 
mag„lubiyatga uchraydi va halok bo„ladi. Abulxayrxon yordamida Abu Said Mirzo 
Samarqand taxtini egallaydi. Shu tariqa Movarounnahr xokimi bo„ladi. Abu Said 
Mirzo davlatining chegaralarini kengaytirish niyatida edi. U avvalo Xurosonni 
egallashni maqsad qilib qo„ygan edi. Xuroson taxtida bu paytda Abulqosim Bobur 
Mirzo Samarqand hukmdori Abu Said Mirzoga qarshi yurish qiladi. Bu yurish 
muvaffaqiyatli amalga oshmagach, ikki o„rtada sulh bitimi imzolanadi. 1457-yili 
Abulqosim Bobur Mirzo to„satdan vafot etadi. Abu Said Mirzo bunday qulay 
vaziftdan foydalanib, Hirotni egallaydi va Temuriylar davlatining ikki qismini 
yana birlashtirdi. Abdullatif Mirzoning o„g„illari Axmad va Muxammad Jo„chi 
Mirzolar ham taxt uchun kurashni boshlab, Abu Said Mirzoga juda katta xavf 
tug„diradi. Bular o„rtasidagi jang 1455-yil Balx yaqinida bo„lib o„tadi. Bu jang 
Abu Said Mirzoning g„alabasi bilan yakunlanadi. Jangda Axmad Mirzo vafot etadi, 
Muhammad Jo„ychi Mirzo qochib qutiladi. U ko„chmanchi o„zbeklar xoni
Abulxayrxondan yordam so„raydi. Bu haqda Abulg„ozi shunday yozadi:
“Abdullatif Mirzoning o„g„li Muhammad Jo„chi qochib Abulxayrxonga borib 
turar, Abulxayrxonning xotini Abdullatif Mirzoning singlisi ekandur. 
Muhammad Jo„chining ammasi bir necha vaqt xon eshigida turg„on so„ng 
Movarounnahrdin bir kishi borib turur. Sulton Abu Said Mirzo Samarkanddin 
otlanib Xurosonga ketdi. Andin nari Mozondarang„a ham borurman deb bu so„zni 
eshitkandan so„ng Mirzo Muhammad Jo„chi bizdan ko„mak iltimos qilib turur. 
Xon Berka Sultonni chaqirib aytib turur. Mirzo Muhammad Jo„chi bizdan ko„mak 
so„rayturur. Mening – o„g„lonlarimni va yaqin ishlarimda bu ishni boshqarutek 
kishi yo„q. Sen mening o„g„limsen. O„z cherigingdin bilan otlan. Men ham cherik 
qo„shayin. Birka Sultonning so„zini qabul qilib Muhammad Jo„chi Mirzoni o„ttiz 
ming kishi birlan otlanib Toshkent kelib turur. Otasindin va o„zidan qolg„on Abu 
Said Mirzodin Jo„chi Mirzog„a keldilar. Andin Toshkentga borib kirdi. Andin 
Shoxruxiyani borib oldi”
1

Muhammad Jo„chi Mirzo shu yerda vafot etdi. Abu Said Mirzo tez orada 
Jo„rjon, Seyiston, Kirmon, Afg„oniston va Eronning katta territoriyalarini bosib 
1
Abulg„ozixon “Shajarachi turk” 116-bet


18 
oldi. Qora quyunli Turkman sulolasining vakili Xasan Ali Abu Said Mirzo 
g„uzuriga kelib, Uzun Xasan bilan bo„ladigan urushda unga yordam berishini 
so„radi. Abu Said Mirzo katta qo„shin bilan Marvdan harakat boshlab, 
Ozarbayjonga yo„l oldi. 1469-yilda Qorabog„da uning qo„shinlari Uzun Xasan 
bilan bo„lgan to„qnashuvda mag„lub bo„ldi. Abu Said Mirzo Samarqand taxtini 
qo„ldan boy beradi. Abu Said Mirzo to„qnashuvda asirga olinadi va qatl etiladi. 
Shu yili Xusayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi va 1506-yilgacha hukmronlik 
qildi. Abu Said Mirzo Samarqand taxtini o„zi tiriklik vaqtidayoq katta o„g„li -
Sulton Ahmadga bergan edi. Farg„onani yana bir o„g„li Umarshayx Mirzo 
boshqarar edi. Bu davrda ham Temuriy Mirzolar o„rtasida to„qnashuvlar bo„lib 
turdi. Sulton Axmad Mirzo Toshkentni egallash maqsadida Umarshayx Mirzo 
ustidan qo„shin tortdi. Umarshayx Mirzo ham qaynotasi Yunusxon ko„magiga 
ishonib o„z qo„shini bilan Sirdaryo yoqasiga keladi. Bu yerda unga Sayramdan 
yo„lga chiqqan qaynotasi Sulton Mahmud ham raxbarligida mug„ullar qo„shini 
kelib qo„shiladi. Endi jang boshlanay deb turgan vaqtda oraga o„sha davrning eng 
nufuzli din arbobi Xo„ja Nasriddin (Xoja Axror) tushib qon to„kilishiga yo„l 
qo„ymaydi.
Sulh bitimi tuzilib unga binoan Toshkent Sulton Mahmudxonga beriladi. 
Lekin bu sulh uzoqqa bormaydi. Umarshayx Mirzo va Sulton Axmad Mirzo Sulton 
Mahmudxonga qarshi urush boshlaydi. Dastavval Umarshayx Mirzo Toshkentga 
yurish boshlab, Xavos qal‟asini egallaydi. Lekin Sulton Mahmudxondan akasi 
Sulton Axmad Mirzodan mag„lubiyatga uchrab Andijonga qaytib ketadi. Bu voqea 
1487-yil bo„lib o„tadi. Oradan bir yil o„tgach, Sulton Axmad Mirzo Toshkentga 
yurish boshlaydi. Chirchiq bo„yidagi jangda Sulton MahmudxonSamarqand 
qo„shiniga jiddiy shikast yetkazdi. Sulton Axmad Mirzo juda ko„p odamni 
yo„kotib, qochishga majbur bo„ldi. 1494-yilda Sulton Ahmad Mirzo inisi 
Umarshayx Mirzoga qarshi yurish boshlaydi. Toshkent xoni Sulton Mahmudxon 
ham Farg„onani egallash uchun yurish boshladi. Ayni shu paytda Umarshayx 
Mirzo fojiali xalok bo„ladi. Bobur bu haqda shunday yozgan edi: “Bu asnoda 
G„arb voqe‟ dast berdi, mazkur bo„lib edikim, Axsi qo„rg„oni baland jar ustida 


19 
voqe‟ bo„lubtur, imoratlar jar yoqasida edi. Ushbu tarixda Dushanba kuni 
Razamon oyining to„rtida Umarshayx Mirzo jardin Kabutar va Kaburxona bila 
uchib, shunqor bo„ldi”
1

 
Taxtga uning o„g„li 12 yoshli Bobur Mirzo o„tiradi. Sulton Axmad Mirzo 
qo„shini Quva yonida daryodan o„tishda ko„prik sinib ketib katta talofat ko„radi. 
Askarlarning ko„pi suvga cho„kib ketadi. Buning ustiga ot ulati boshlanib, otlar 
tappa-tappa yiqilib jon berayotganini ko„rgan lashkar dilidagi vahima o„rnini 
qo„rquv egallaydi. Shu sababdan ham Sulton Axmad Mirzo, Bobur Mirzo bilan 
sulh tuzib, orqaga qaytishga majbur bo„ldi. Sulton Mahmudxon boshliq mo„g„ullar 
qo„shini Axsini qamal qildi. Qanchalik urinmasin Axsini olishga qurbi yetmadi. 
Axsilik ximoyachilarning matonat bilan jang qilayotganini ko„rgan Sulton 
Mahmudxon ham orqaga qaytishga majbur bo„ldi. Andijon yurishidan qaytayotgan 
Sulton Axmad Mirzo O„ratepa qo„rg„oni yaqinida Oq suv degan joyda to„satdan 
vafot etadi.
Sulton Axmad Mirzoning o„g„li bo„lmaganligi sababli taxtga uning inisi 
Maxmud Sulton o„tiradi. Ammo uning hukmronligi uzoqqa bormaydi. U 
xokimiyatni olti oy ham boshqarmasdan to„satdan vafot etadi. Sulton Mahmudxon 
o„rniga 1495-yili Samarqand taxtiga ikkinchi o„g„li Boysung„ur Mirzo o„tiradi. 
Movarounnahrdagi vaziyat keskinlashgan yillar ayni shu zamonda ro„y bergan,
desak to„g„ri bo„ladi. Zero, mahalliychilik avj olib Samarqandlik va buxorolik 
beklar Boysung„urni Xisorlik beklarga yon bosganlikda ayblab, oliy taxtga uning 
ukasi Sulton Alini (1483-1501) o„tkazish payiga tushadilar. Mazkur qarama-
qarshilikka din peshvolari ham aralashadilar. Vaziyatning nechog„liq murakkab 
bo„lganini shundan ham bilib olsa buladiki, Xoja Axror avlodlaridan Muhammad 
Xojani Boysung„urni yoqlasa Xoja Yaxyo Sulton Ali tomonida edi. Bobur ta‟biri 
bilan aytganda, “Xazrati Xoja Ubaydullo (Axror) avlodining orasida bu sababdan 
taassuf tushdi, ulug„i – ulug„iga murabbiy bo„ldi, kichigi-kichigiga muqavviy”
1
bo„ldi. Bir so„z bilan aytganda mamlakat nafakat siyosiy jihatdan ham ikkiga 
1
Z.M. Bobur “Boburnoma” 
2
O‟sha asar. 36-bet 


20 
bo„linadi. Boshqa tomondan esa Xuroson hukmdori Sulton Xusayn Xisor va 
Qunduzga intilishini kuchaytiradi. 1496-yili Samarqand taxti atrofidagi mazkur 
mash-mas‟halar xabari Farg„onaga ham yetib boradi. Bu yerda esa otasi o„limidan 
so„ng xokim maqomida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) faoliyat 
boshlagan edi. Bu haqda uning o„zi shunday yozgan edi: “(Xabar) kelgach biz ham 
Samarqand davosi... o„q cherik otlanduk”
1
. Boshqacha aytganda Samarqand taxti 
uchun ya‟ni bir da‟vogar kupaydi. 
Boysung„urning akasi Sulton Ma‟sud (1475-1506) bilan ittifoqga kirgan 
Bobur 1497-yili Samarqandni qamal qiladi. Boysung„ur yordam so„rab 
Turkistonga (Yassiga) odab yuborib, Muxammad Shayyuoniyxonni da‟vat qiladi.
Paytdan foydalangan Muxammad Shayboniyxon tezlikda lashkar tortib kelgan 
bo„lsa-da, ammo so„nggi pallada Boysung„ur aynib uni qabul qilmaydi. 
Muxammad Shayboniyxon tezlikda lashkar tortib keladi. Boysung„ur ham 
Samarqandni tark qilgach, shu yili Bobur ilk bor Samarqandga kirib taxtni 
egallashga muvaffaq bo„ldi. Ammo bu yutuq uzoqqa cho„zilmay tez orada Bobur 
o„zi yo„qligida Andijonni egallab olgan raqiblari bilan kurashish uchun 
Farg„onaga jo„nashga majbur bo„ldi. Bir so„z bilan aytganda, Temuriylar 
xonadonida boshbodohlik avjiga chiqqan, mahalliy beklar mavqe oshib rasmiy 
sulolani tan olmay qo„yganlar. Bunday sharoitda Muxammad Shayboniyxon uchun 
Samarqandga intilish tabiiy bir xol edi. Kamoliddin Binoiy shu munosabat bilan 
temuriylar o„rtasida qarama-qarshilik ortib borayotganidan bu sulolaning umri tez 
orada bitishini bildi deb yozgandi1. Haqiqatdan ham kuchga to„lib kelayotgan 
Muxammad Shayboniyxonning mo„ljali to„g„ri chiqadi. 
1500 yilning qishini Shayboniyxon urush hozirligi bilan o‟tkazdi. U qish 
ichida Qorako„l qal‟asini Abul Muhsin Mirzodan tortib oladi. G„uzor va Qarshini 
qamal qilib olishga muvaffaq bo„lishga ulgurmadi. Vabo boshlangach u yerdan 
qochdi. Tez orada Dabusiya qal‟asi xon qo„liga o„tdi.
Shayboniyxon yana Samarqandni egallash uchun yurish boshladi. Bobur va 
Shayboniyxon o„rtasida jang 1500-yilda Samarqand yaqinida Sariko„l degan joyda 
1
“Boburnoma” 37-bet


21 
bo„lib o„tdi. So„nggi jang juda qisqa va bag„oyat dahshatli bo„ldi. Ikki qo„shin bir-
biriga jadal yaqinlashib kelayotib, kutilmaganda Shayboniyxon Bulon g„orining 
uchi Bobur Mirzo asakarlarini aylanib o„tib, orqadan siquvga ola boshladi. Bobur 
Mirzo o„sha zaxoti askarlarini orqaga yuz o„girtirdi. Buning oqibatida shunday 
bo„ldiki, jang ko„rgan yigitlardan tuzilgan Qirovul o„ng qo„lda - jang markazidan 
chetda qolib ketdi. Bobur Mirzo qo„shini jon holatda jang qilib, g„anim 
Barong„orini g„o„ma tiqa boshladi. 
Buni ko„rib Shayboniyxonning tajribali sarkardalari “Xujumni kuchaytirish 
kerak, to„xtab emas, chopib jang qilish kerak” – deb jangga maslahat beradi. Ikki 
tarafdan siquvga olingan Bobur Mirzo askarlari tutday to„kila boshladilar. 
Ko„chmanchilarning temuriylar qo„shinini yengishda juda qo„l kelgan jang uslubi 
bor edikim, Shayboniyxon uni bu jangda uni ham ustalik bilan qo„lladi. Bu 
to„lg„ama edi. To„lg„ama ichida qolganlarning omon chiqishi qiyin edi. Bobur 
jangda yengilib ozgina lashkari bilan Samarqand qal‟asiga qochib kirdi. 
Shayboniyxon tezda shaharni qamal qildi. Shahar axli uchun qamal oylari juda 
og„ir kechdi. Qamalning to„rtinchi oyi tugab, beshinchi oyi boshlandi. 
Shayboniyxon qo„shinining bir to„dasi Qarshi bilan Kesh tarafga yo„l oldi.
Qamalni davom ettirish uchun katta o„lja ko„p zahira kerak edi. Xon qoshida juda 
oz askarlar qolganidan xabar topgan shayxul islom odamlari Bobur Mirzoni 
g„animga to„satdan xujum qilish imkoniyatini qo„ldan chiqarmaslikka da‟vat 
qildilar. Bunday qulay vaziyatdan foydalanmoq zaruratini Bobur Mirzo ham 
tushunardi. 
Muhammad Solihning yozishicha: “Ming kishilik yaqin odam qurollanib 
tashqariga chiqdilar. Temur Sulton, Xamza Sulton, Sulton Bahodir, Maxmud 
boshchiligidagi dushman ularga qattiq zarba berdi. Qamalning oltinchi oyida 
qamalchilarning ko„pchiligi shahardan qocha boshladilar. Shayboniyxon Boburga 
sulh tuzishni taklif qildi. Sulhning birinchi talabiga ko„ra, Shayboniyxon 
Boburning opasi Xonzodabegimni xotinlikka so„ragan edi. Ikkinchi talabiga 
binoan Bobur shaharni tark etishi kerak edi. Shayboniyxon Boburni shahardan 
eson-omon chiqarib yuborishga va‟da berdi. Bobur bu haqida shunday yozadi: 


22 
“Zarurat bo„ldi, sulh guna qilib kechadin ikki pakr yovulib edikim, Shayxzoda 
darvozasidan chiqildi. Volidam xonimni olib chiqdim, yana ikki xotun kishi chiqti. 
Biri Birka xalifa edi, yana biri Minglik Ko„kaltosh edi. Mening egachim 
Xonzodabegim ushbu chiqqonda Shayboniyxonning iligiga tushdi”
1

Bobur Samarqanddan chiqib ketgach, Shayboniyxon shaharni egalladi. 1501-
yili qishida Shayboniyxon Shoxruxiya va Pskent qal‟alarini egalladi. Toshkent 
xoni Sulton Mahmudxon Andijonni bosib olish uchun Sulton Axmad Tanbal bilan 
urush olib borayotgan edi. Mana shu to„s-to„polondan foydalangan Shayboniyxon 
O„ratepani qo„lga kiritdi. 
Shu fursat Andijon taxtini qo„lga kiritgan Sulton Axmad Tanbal 
Shayboniyxon huzuriga og„asi Bektalbani yuborib itoat izhorini qildi va xon 
xokimiyatini Qur‟on ustida tan olganini ma‟lum qildi. Bu xabarni olgan 
Shayboniyxon Tanbalga o„z nishonlarini yubordi. 
Sulton Mahmudxon Shayboniyxonga ko„p yordamlar berganini aytib, uning 
bu xatti-xarakatlaridan noroziligini bildiradi. Shayboniyxon Sulton Mahmudxon 
maktubini olib sulh tuzishga rozi bo„ldi. Biroq bu kelishish vaqtincha ekanligini 
har ikkala tomon ham bilardi. Shayboniyxonga sulh tuzish Xorazmni qo„lga 
kiritish kerak edi. Xorazmga yuborilgan qo„shinga xonning inisi Sulton Mahmud 
boshchi bo„ldi. U yoniga Ubaydulloxonni ham qo„shib oldi. Xorazm o„sha yili - 
1502-yilda zabt etildi.
Shayboniyxon Samarqand, Buxoro va ularga tobe bo„lgan yerlarda o„z 
mavqeni mustahkamlab olgandan keyin Xuroson va Amudaryoning so„l sohilidagi 
boshqa viloyatlarni tasarrufiga kiritib olishga qaror qildi. BIRinchi navbatda u 
Amudaryoning yuqori oqimida uning ikki sohilida joylashgan ulkan hududga 
hukmronlik qilayotgan va unga jiddiy ravishda tahdid solayotgan Xusravshoxning 
yo„q qilishga axd qildi. 
Xusrav shox katta harbiy kuchga tayanib va Shayboniyxonning O„ratepaga 
yurish qilishidan foydalanib, ellik ming kishilik lashkari bilan Xisordan chiqib 
1
Z.M. Bobur “Bobrunoma” 85-bet 


23 
yurish boshladi. U mashhur Temur darvoza mavzedan o„tib Qarshi ustiga otlandi. 
Lekin yo„lda uning qo„shinlari tarqalib ketgan va Xusrashoh orqaga qaytishga 
majbur bo„lgan. Keyinchalik u Xisordan ham qochib Ayvoch degan yerda 
Amudaryoning o„ng sohiliga o„tib Arxang mavzeda Balx xokimi Temuriy 
Badiizzamon 
lashkari 
bilan 
birlashgan. 
Shayboniyxonning 
qo„shinlari 
Xusravshohni Arxangacha ta‟qib etib bordi. Va boy o„lja bilan qaytdilar. 
Shayboniyxon sovuq bo„lganiga qaramay Xusravda qoldi va Xisori shodmon
qal‟asini qurshab oldi. Uzoq davom etgan qurshov vaqtida Xisori Shoxmonga 
Xurosondan madad kuchlari yetib keldi. Biroq ular kutilgan natijasini bermadi. 
Amir Vali Xusravshohning buyrug„i bilan 80 ming kishilik qo„shini bilan bu yerda 
hozir bo„ldi. Biroq qo„lidan bir ish kelmay mahlubiyatga uchrab qochdi. Mazkur 
jangda Amir
 
Vali tomonidan turib urishdan Muhammad Xusayn Ko„ragonning 
ko„p amirlari va askarlari xalok bo„lib o„zi Oloyga u yerdan esa Farg„ona 
tog„lariga qochadi. Biroq o„shanda Toshkent xokimi Sulton Mahmudxon 
mavqeining kuchayishi natijasida Shayboniylar Xisor va Badaxshonda mustaxkam 
o„rnasha olmadilar. 1503-yilning bahorida Shayboniyxon Toshkentni bosib olish 
uchun yurish boshlaydi. Sulton Mahmudxon jangda mag„lubiyatga uchrab inisi 
Sulton Ahmadxon bilan asirga tushadi. Shayboniyxon xonlarni avf etib, ularni 
ozod qilib yubordi. 
1503-yilning noyabr oyida Kerki degan yerga Amudaryodan kechib o„tib 
osonlik bilan Antihudni qo„lga kiritib oldi va Balxni qamal qildi. Badiizzamon esa 
Shayboniyxon Amudaryoning so„l sohilida paydo bo„lishidan ancha ilgari Balxni 
tark etib shahar mudofaasini o„g„li Muhammad zamon Mirzo vaziri Xoja 
Jaloliddin va boshqa amirlarga topshirib o„zi Jo„z darasaida o„rnashib oldi. U yerda 
u Sulton Xusaynning ko„rsatmasiga muvofiq ish yuritgan bo„lsa kerak. Chunki, 
masalan: Bobur Mirzo Sulton Xusaynning o„ziga Badiizzamon va Xusravshohga 
yo„llagan nomasi haqida so„zlab jumladan, shunday deyilganligini aytadi: “Sulton 
Axmad Mirzo va Ulug„bek Mirzo og„a ishlar ittifoq qilib yurganda men Murg„ob 
yoqasini berkitdim. Mirzolar yovuq yotib hech ish qila olmay yondilar. Agar 
o„zbek mutavvajjiq bo„lsa, men Murg„ob daryosini berkitay. Badiizzamon Mirzo 


24 
– Balx va Shobirg„on hamda Antihud qo„rg„onlariga mazbut kishilarini quyub o„zi 
Go„rvon va Darayi zangda u Qo„histonni berkitsun. Sen Kohmard Ajarda ul 
Kuhpolni berkitib Xusrav shoh Xisor va Qunduz qo„rg„onlarida e‟timodiy 
kishilarni qo„yub o„zi va inisi Badaxshon va Xatlon tog„larini berkitsunlar. O„zbek 
ish qilolmay yong„usidur”
1
Shayboniyxon Balxni qamal qildi. Lekin uni ololmadi 
va qo„shinlarni Movarounnaxrga olib ketishga majbur bo„ldi. Bunga sabab 
Andijonda Sulton Axmad Tanbal Shayboniyxonga qarshi isyon boshladi. 
Shayboniyxon qo„shinlari bilan Andijonni qamal qildi, qattiq janglardan keyin 
shahar egallanib, Sulton Ahmad Tanbal og„a-inilari bilan qatl etildi. Andijonga 
Jonibek Sulton xokim etib tayinlandi.
Shayboniyxon 1504-yilning bahorida Xisorga yurish boshlagan. Lekin hech 
qanday qarshilikka uchramay uning poytaxti Xisori Shodmonni egalladi. Bag„lon, 
Qunduz va Badaxshonni zabt etish uchun u Mahmud Sulton va Muhammad Temur 
sultonlarni yubordi. Xusravshoh ularning xujumiga dosh berolmay Qunduzni o„z 
xoliga tashlab o„sha paytda Farxor qal‟asiga joylashgan Mirzo Boburning panohiga 
qochib bordi. Shayboniylar sipohi o„shanda Arxang va Badaxshonning katta 
qismini fath etdi. Ilgari Xusravshohga tobe bo„lgan viloyatlarni Shayboniyxon o„z 
yaqin qrindoshlari o„rtasida taqsimlab berdi. Masalan, Qunduz, Bag„lon va 
Badaxshonni zabt etilgan qismini inisi Mahmud Sultonga, Xisorni Xamza 
Sultonga, Chag„onyonni Mahdiy Sultonga in‟om etdi. 
Xusravshoh haqida gapiradigan bo„lsak, u Qunduzni qamal qilishga otlanib 
shahardan ikki yag„och naridagi Xoja Chortoq degan yerni qarorgoh qildi. Qunduz 
xokimi Qamarbiy Soli saroyga Xamza sulton huzuriga yordam so„rab chopar 
yubordi. Xamza Sulton Qunduzga ko„p sonli lashkar bilan Matlab Sulton va 
Mamoq Sultonni yubordi. Oxir-oqibat Xusravshox mag„lubiyatga uchrab asir 
olindi. Uni shahar ko„chalari va bozorlaridan sharmandai-sharmisor qilib olib 
o„tdilar. So„ng boshini tanidan judo qildilar. 
1505-yilning qishida boshlangan Xorazm qamali xuddi Samarqand qamalidek 
olti oy cho„zildi. Xorazm xokimi Chin So„fi mardona jang qildi.
1
Z.M. Bobur “Boburnoma” 117-bet


25 
Lekin Shayboniyxon oltinchi oy boshida yetib kelgan yangi kuchlar 
yordamida uni yengishga muyassar bo„ldi. Xon Xorazmni Kupakbiyga berib o„zi 
Samarqandga qaytdi. Bobosi saltanatining asosi bo„lmish yerlarni birin-ketin 
egallab zo„rayib borayotgan Shayboniyxonning harakatlari Xuroson xukmdori 
Sulton Boyqaro ko„ngliga g„ulg„ula soldi. U Shayboniylarga qarshi chiqishga ahd 
qildi. 
Shayboniyxonning Balxga qarab yo„lga chiqqanini eshitib, jangga otlangan 
Xusayn Boyqaro 912-yilning Zulhijja oyida – 1506-yilning 5-mayida yo„lda 
qazo qildi. O„sha yilning noyabrida Balx to„rt oylik qamalidan keyin Shaybniyxon 
qo„liga o„tdi. Sulton Xusayn o„zining to„ng„ich o„g„li Badio„zzamonni
valiaxdlikka belgilagan edi. Biroq uning qazosidan so„ng Hirot saroyida nufuzli 
o„rin tutgan Xadichabegim – o„lgan Mirzoning bevasi xiyla-yu nayranglari bilan 
o„z o„g„li Muzaffar Mirzoni taxtga o„tkazdi. “Badiizzamon Mirzo bilan Xusayn 
mirzo Hirot taxtida Bashirkat podshoh qildilar”
1
.
1507-yilning may oyida Shayboniyxon katta qo„shin bilan Xuroson poytaxti 
Hirotga yurish boshladi. Qorabog„da bo„lib o„tgan janglarda Ubaydulla Sulton va 
Muxammad Temur Sulton temuriylar qo„shinini tor-mor etdi. Badiuzzamon 
Hirotga kirmay Qandahorga qarab qochdi. 
Muzaffar Xusayn esa jang payti shaharga yetib shayxul islom Sayfiddin 
Axmad Taftozoniyning bog„iga qo„ndi. O„sha zaxoti u o„z huzuriga qozi 
Ixtiyoriddin boshliq shahar mudofaasini tashkil qilishda ko„mak so„radi. Ammo 
chaqirganlar bunga ko„nmaganlardan so„ng, badbaxt shaxzoda Astrobodga qarab 
qochdi. Shayboniyxon boshchiligidagi ellik ming kishilik qo„shin tez orada Hirot 
yaqiniga yetdi. Hirotning ko„zga ko„ringan ayonlari shahar kalitlarini xonga 
topshirdi. Shunday qilib, 1507-yil may oyining oxirida Hirot egallanib 
Shayboniyxon nomiga xutba o„qildi. 
1507-1508-yillarda Shayboniyxon Jom, Marv, Mashhad, Sabzavor va 
Damg„onni qo„lga kiritdi. Xon yangi zabt etilgan yerlarni o„z farzandlari, 
birodarlari va sultonlarga bo„lib berdi. Hirot – Jonvafobiyga, Marv – 
1
Z.M. Bobur “Boburnoma” 165-bet


26 
Qubiznaymanga, Balx – Xorazmlik Sultonshohga, Xisor atrofi bilan Mahdiy 
Sulton va Hamza Sultonlarga, Qunduz – Ahmad Sultonga, Toshkent – 
Suyunchxo„jaxonga, Axsi – Jonibek Sultonga, Andijon – Mahmud Sultonga, 
Xorazm – Qushchi Kupakbiyga, Turkiston – Ko„chkinchixonga berildi. 
Buxoro va Qorako„l noibligi Shayboniyxon ukasi Sulton Mahmudga butun 
mamlakatning javohiri Samarqand bilan Kesh va Miyonka Ayoltiy bilan birgalikda 
o„g„li Muhammad Temur saltanatiga berildi. Biroq Movoraunnahr bilan Xuroson 
mulkining yangi egasi bo„lmish Muhammad Shayboniyxonning har bir harakatini 
ziyraklik bilan kuzatib turgan shaxs allaqanchalar tarix sahnasida mavjud edi. Bu 
shaxs juda yoshligidayoq Shirvonshoh taxtini keyin esa Eron taxtini qo„lga 
kiritishga muvaffaq bo„lgan shoh Ismoil (1510-1524) edi. 
XV asr oxiri XVI asr boshlarida nafaqat Turkiston balki Eronda ham katta 
siyosiy o„zgarishlar yuz beradi. Chunonchi, G„qrbiy Eronda xokimiyatga yangi 
siyosiy kuch - Safaviylar (qizil boshlar) keladi. Garchi manbalarda Safaviylarning 
(1501-1732) kelib chiqishi haqida turlicha talqinlar mavjud bo„lsa-da, (masalan: 
Safaviylar sulolasi nasabini arablar, kurtlar, turklar bilan bog„lash hollari bor), 
ammo bir narsa fanda aniq, ya‟ni Safaviylar kichik Osiyo va O„rta sharqdagi 
muayyan bir turkiy harbiy-siyosiy kuchlarga suyanganlar. Ular ko„magida 
xokimiyatga kelganlar, ular
 
yordamida xokimiyatni boshqarganlar
1

Ularning qizil boshli deyilishiga sabab – bosh kiyimlarining qizil rangda 
bo„lganligidandir. Zero, Kichik Osiyo qavmlarining XIII – XIV asrlardayoq Qizil 
quloq kiyib, yurganliklari ma‟lum. 
Shayboniyxonning Movoraunnaxr-u, Xurosonni qulga kiritishi shoh Ismoil 
uchun navbatdagi urush ular o„rtasida bo„lajagini bildiradi. Keyingi voqealar shoh 
taxminini isbotladi. Shoh Ismoil davlatida har bir masjidda shia imonlarining nomi 
xutbaga qo„shib o„qitilishi qonun kuchiga kirgan edi. Shayboniyxon esa sun‟iy 
mazham tarafdori sifatida bunday shakkoklikka tezroq barham berilishini aks 
1
Farrux Sumer. Safaviy davlatining barpo bo„lishi va rivojlanishida anadulu turklarning roli. 
Anqara 1992-yil. b -42


27 
xolda urush boshlajagini aytib Shohismoilga tahdidli maktublar jo„nata boshladi. 
Shayboniyxon o„z maktublariga Safaviylar hukmdorligida o„ziga tobe sultonlarga 
murojaat qilganidek, bepisand tarzda undan Makkaga borib tavba qilib, kaytishini 
o„z nomini xutbaga qo„shib o„qitishini o„ziga loyiq sovg„alar hozirlab xuzuriga 
bosh egib kelishini talab, iddaoli ko„rsatmalar berardi. Shoh Ismoil bu maktubni 
javobsiz qoldirgan, shekilli Shayboniyxon buni uning zaifligiga yo„yib qo„l 
ostidagi keng mamlakatni yanada kengaytirish payiga tushdi. Xurosonning 
janubidagi shafqatsiz o„zbek o„rdusi Qandahorning nariga tarafiga kechib o„tdi. 
Shu tariqa xirmon ustiga xujumga hozirlik ko„rilayotganiga Shox Ismoil xujumni 
to„xtatish qasdi bilan javob berdi. Sufiga Kashkul va Hassa yuborib quyidagi 
maktubni yozdi: “Bu hodisalarni qabul et, ular sening otangdan qolgan meros 
alomatlaridir. Ammo menga kelganda men o„zimning ulug„ mashhur bobom 
Chingizxondan meros qilich bilan xokimiyat oldim. Agar sen o„zingning 
tilanchilik davoingdan rozi bo„lmasang o„z-o„zingdan o„pkala”. 
1509-yilning Shoh Ismoil g„azabga to„la bir maktub bitib Shayboniyxonga 
jo„natdi. Maktubda pand-nasihat kor qilmagani uchun xonning tazirini qilich zarbi 
bilan berib qo„yish lozim deb topilganini ma‟lum qildi. Ammo maktub junatishga, 
jo„natib o„zi qulay vaziyatni kutdi. Shunday qulay vaziyat haqida xufiyalar xabar 
keltirdi. Ulardan Shayboniyxon qo„shinining asosiysi Dashti Qipchoqdagi Qozoq 
va mug„ul xonlari bilan jangu-suronni ovora ekanligini xonning o„zi rahbarlik 
qilayotgan qo„shin esa Feruzqo„zi qabilasining isyoni sababli Janubga harakat 
qilishdan to„xtaganligini eshitishi bilan Shoh Ismoil Qizil boshlar qo„shinini 
boshlab Xuroson sarhadlariga bostirib kirdi. Shoh Ismoilning bosib kelayotganini 
eshitgan 
Muhammad 
Shayboniyxon 
Marvga 
ketdi. 
Shayboniyxon 
Movoraunnaxrga choparlar yuborib, sultonlarni qo„shinlari bilan tezda kelib 
yetishini aytdi. Lekin, sultonlar o„z vaqtida yetib kelmadi. Bunga sabab 
Shayboniyxon Sultonlarni o„zboshimchaliklari uchun vazifalaridan chetlashtirilgan 
edi. Jumladan, Ubaydullo Sulton Buxoro xokimligidan, Jonibek Sulton Andijon
xokimligidan va – Ko„chkinchixon Turkiston xokimligidan olib tashlangan edi. 


28 
Qo„shinlarida bu sultonlarning ta‟siri kuchli bo„lib, ular xonning bu siyosatidan 
norozi edilar. 
Shoh Ismoil Marv qo„rg„onida qamalib olgan Shayboniyxonni xiyla bilan 
qal‟adan tashqariga chiqardi va uning qo„shiniga jiddiy shikast yetkazdi. Mana shu 
jang so„ngida bo„yniga o„ralgan qilich ziyoni bilan o„zbeklar hukmdori xalok 
bo„ldi. Bu voqea 1510-yilning 6-fevralida sodir bo„ldi. 
Abu Tohirho„ja “Samariya” asarida yozishicha, Shayboniyxonning o„g„li 
Muhammad Temurxon otasining murdasini keltirib o„z xotini Mahdiy Ulyaxonim 
soldirgan madrasa hovlisida tuproqqa topshiradi. Shundan buyon bu madrasa 
Shayboniyxon madrasasi nomi bilan atala boshlandi. 
Shunday qilib, Muhammad Shayboniyxon Eron bosqinchilariga qarshi 
tengsiz janglarda dinimiz yo„lida qahramonlarcha xalok bo„ldi. U boshlab bergan 
sulola tariximizda Shayboniylar sulolasi nomi bilan ataldi. 
Muhammad Shayboniyxon o„limidan so„ng taxtga Abdulxayrxonning o„g„li 
Ko„chkinchixon (1510-1530) marhumning amakisi chiqardi. Garchi u rasman 20 
yil mamlakatni boshqargan bo„lsa-da, ammo sulola ichida mavjud ba‟zi bir 
qarama-qarshiliklar sabab, Shayboniylar Muhammad Shayboniyxon zamonidek 
qat‟iy ichki va tashqi siyosat yurgiza olmaganlar.
1
Shoh Ismoil Hirotni olgach, Badaxshon, Qobul, Qandaxorni ham egalladi. 
Tez orada Shayboniylar va Eroniylar o„rtasida sulh bitimi tuzildi, unga binoan 
Amudaryoning chap tomoni Eroniylarniki, qilib belgilandi. Sulh natijasida 
Xuroson Shayboniylar qo„lidan ketdi. Bobur - Movoraunnaxrni egallash uchun 
shoh Ismoil bilan ittifoqlashdi. Bobur 1511-yili xon Mirzo ibn Sulton Mirzoni shoh 
Ismoil huzuriga yubordi. U bilan hayrihoxlik, itoatkorlikni ifodalovchi ariza ham 
yuboriyu yordam so„radi. Shoh Ismoil Bobur Mirzo iltimosini ortig„i bilan bajarib 
o„z askarlaridan xon Mirzoga hamroh qildi. Mirzo qo„shin bilan Xurosonga yetib 
keladi. Bobur bularning yordamiga tayanib Xisor ustiga qo„shin tortdi. Xisorni 
boshqargan Xamza Sulton va Mahdiy Sulton dushmanlarning kelishlaridan ogoh 
bo„lib bu xodisani ma‟lum qilish uchun Samarqand va Buxoroga odam yubordilar. 
1
Ahmedov B. “O‟zbekiston tarixi manbalari”. T., 2001 yil. b – 68. 


29 
O„zlari esa dushmanga qarshi chikdilar. Surxob daryosining so„l irmog„i obi 
Hingov ustiga qurilgan bo„sh Sangin deb atalgan Tosh ko„prik ustida bu 2-qo„shin 
to„qnashdi. Bobur bu jangda g„alaba qilib Xamza Sulton Mahdiy Xisor 
mamlakatini bosib oldi. 
Bobur Mirzo Samarqandga kirgan kuniyoq shoh Ismoilning shoh 
Ismoilning qat‟iy talablaridan birinchisini bajardi – Samarqanddagi Jome‟ 
masjidida o„n ikki Shia imomlarining va shoh Ismoilning nomi xutbaga qo„shib 
o„qitildi. Bobur Mirzoning Samarqand jome‟ masjidida o„n ikki shia imomi nomini 
xutbaga qo„ydirib o„qitishi Samarqandliklar orasida norozilik uyg„otdi. Ikki o„t – 
Vatan mehri va taxt da‟vosi o„rtasida qolgan Samarqand bilan Buxoro oralig„ida ot 
choptirib yurib o„zbek sultonlari hujumlarini qaytirish o„z mavqeini 
mustahkamlash uchun qanchalik urinmasin qilgan xatti-harakatlarini mahalliy 
xalq tomonidan qo„llab-quvvatlanmadi. 
Bobru Mirzo Turon saltanati poytaxtiga qizilboshlilar vasalli sifatida 
kirganidan norozi bo„lgan Samarqand kazo-kazolari xususan, Shayboniyxonga 
yaqin 
kishilardan 
bo„lmish 
Xo„ja 
Nizom 
boshchiligidagi 
odamlar 
Ubaydulloxonning Samarqandga kelishini so„raydi. Ko„li Malikda Ubaydullo 
Sulton, Temur Sulton, Jonibek Sulton boshliq Shayboniylar qo„shini bilan Bobur 
o„rtasida jang bo„lib o„tadi. Bu jangda Bobur mag„lubiyatga uchrab, Xisorga 
chekinadi. U yana Shoh Ismoil huzuriga odam yuborib undan yordam so„raydi. 
Shox Ismoil uning iltimosini yerda koldirmaydi va o„zining bosh amiri Najmi 
Soniy boshchiligidagi 80 ming qo„shinni yordamga jo„natadi. Bobur Mirzo mana 
shu amir boshchiligidagi qo„shin bilan dastlab Qarshi shahrini qamal qiladi. Najmi 
Soniy qo„shni Ubaydulloxon va Jonibek Sulton Karmana atrofida Ko„chkinchixon 
bilan Temur Sulton boshliq boshqa o„zbek sultonlari Miyonkolda edilar. 
Miyonkoldan yo„lga chiqqan Temur Sulton va Abu Saidxon ildam yurib, 
G„ijduvon qal‟asiga kirib uni istexkomga aylantirdilar. Najmi Soniy qo„shini yetib 
kelib qal‟ani qamal qiladi. Qarshi shahri egallanib aholisi qilichdan o„tkaziladi. Bu 
jangda Shayboniylarning qo„li baland kelib Eroniylarni mag„lubiyatga uchratadi. 
Najmi Soniy jangda o„ldiriladi. Sakkiz oylik Bobur xokimiyatidan keyin 


30 
Samarqand yanak Shayboniylar qo„liga o„tadi. Bobur xavfni qaytarishda 
Muxammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullo Sulton jonbozlik ko„rsatadi. 
Umuman, olganda, xuddi mana shu sulton oliy taxtga o„tirganga qadar 
Shayboniylarni ichki va tashqi siyosatga e‟tiborga molik tadbirlarni amalga 
oshirolmaganlar. 1530-yilda Ko„chkinchixon vafot etadi. Vafotidan keyin 1530-
1533 yillarda Ko„chkinchixonning o„g„li Abu said xukmronlik qiladi. 1533-yili
uning vafotidan so„ng oliy xokimiyatga ya‟ni Movoraunnaxr taxtiga Ubaydullo 
keladi. Shunda ham osonlik bilan emas, chunonchi poytaxt Samarqandda 
o„rnashib olgan Ko„chkinchixon avlodlari uning shaharga kirib, rasm bo„yicha 
taxtga chiqishiga to„sqinlik qilganliklari sabab Ubaydullo Buxoroda Oliy xukmdor 
deb e‟lon qilinadi. 
Demak, poytaxt ham o„sha yoqqa ko„chadi. G„ayratli va uddaburon 
Ubaydulloxon (1533-1539) mamlakat ichkarisida tartib o„rnatishda va ayniqsa 
Xurosonda Movoraunnahrning ilgarigi mavqeini mustahkamlashda ko„p 
tadbirkorni amalga oshiradi. Ubaydulloxon davrida Eronga va Xorazmga bir 
necha bor harbiy yurishlar uyushtirildi. Hirot, Mashhad kabi shaharlar ham 
egallanib keyinchalik qo„ldan ketdi. Bu davrda Sultonlarning o„zboshimcha 
xarakatlariga barham berilib mustahkam davlat boqaruvi joriy etildi. Ubaydulloxon 
vafotidan keyin Movoraunnahrda feodal tarqoqlik kuchaydi. Xokimiyat tepasiga 
Ko„chkinchixonning 
o„g„li 
Abdullaxon 
(1539-1540) keladi.
Lekin 
Abdullaxonning xukmronligi 6 oydan oshmaydi. U vafot etgach, mamlakatda 
qo„sh xokimiyatchilik boshlanadi. Buxoroda Ubaydulloxonning o„g„li 
Abdulazizxon (1540-1550) Samarqandda Shayboniy sultonlarning xokimiyat 
uchun kurashsh shu qadar kuchayib ketadi. Bu vaqtda Toshkent va Turkistonda 
Navro„z Axmadxon (1551-1556), Karmana va Minkolda Abdullaxonning otasi 
Iskandarxon (1561-1583), Balxda Pirmuxammadxon (1557-1561) Nasaf viloyatida 
Abdullaxonning amakivachchasi Qilich Qora Sulton, Xisor va Badaxshonda 
Shayboniyxonning nabirasi Burxon sulton (1550-1556) mustaqil xokim edilar. 
Oliy hukmdor sifatida rasman Abdulloxon II ning amakisi Pirmuhammadxon, 


31 
1561 yili esa otasi Iskandarxon e‟lon yilingan bo„lsa-da, ammo amaldagi siyosat 
tuguni Abdulloxon II ixtiyorida edi
1

Rasmiy xon sifatida esa u faqat 1583 yili ya‟ni otasi o„limidan so„ng oliy 
taxtga chiqadi. 
Abdulloxon II so„nggi 20 yil davomida siyosiy boshbadoqlik natijasida 
parchalangan mamlakat qilib, bu yo„lda ko„p va muvaffaqiyatli, shu bilan birga 
mashaqqatli harakatlarini amalga oshirgan buyul siyosiy davlat arbobidir. U 
Samarqand, Shaxrisabz, Farg„ona, Toshkent, Xorazm, Termez kabi viloyatlarni 
poytaxt Buxoro atrofida birlashtirish yo„lida harbiy-siyosiy tadbirlarni ruyobga 
chiqaradi. Bu siyosatning murakkabliligi nechog„lik bo„lganini shundan ham 
ko„rsa bo„ladiki, 1578-yili ya‟ni faol siyosat yurgiza boshlaganidan 20 yil 
o„tganidan keyin ham Samarqand, Xorazmni poytaxt ixtiyorida saqlab qolishdek 
yumushlarini bajarishga majbur bo„lgan. Xorazmni Markaziy xokimiyat doirasiga 
kiritish uchun - uch marotaba uringan va oxiri maqsadiga 1596- yilda o„limidan 2 
yil burungina erishganini olaylik. Xullas, mamlakat siyosiy yaxlitligiga erishish 
oson kechmagan. 
Abdullaxon II Amir Temurdan so„ng Dashti Qipchoqqa nisbatan qat‟iy 
siyosat yurgiza olgan yagona va so„nggi davlat arbobi hisoblanadi. Chunonchi, u 
1582-yili mazkur yo„nalishda Buxoro xokimiyatini tiklash niyatida harbiy yurish 
uyuushtirib, ulug„ toqqa (hozirgi Qarag„anda viloyatining g„arbida Sariq suv 
daryosining shimolida joylashgan tog„lik) boradi. Manbalarda shu munosabat bilan 
qiziq ma‟lumot bor. Abdullaxon II ulug„ toqqa yetib borgach, tog„ tepasidagi bir 
minorada bitilgan quyidagi so„zlarga ko„zi tushadi: “Tarix yetti yuz to„qson 
uchinda qo„y yili, yozning ora oyi Turon Sultoni, Temurbek ikki yuz ming cherik 
bila To„xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo„lsin deb 
bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay, inshoollox Tangri el kishiga rahmat 
qilg„ay, bizni duo bilan yod qilgay”
2

1
Hofiz Tanish Buxoriy
“Abdullanoma” 1-jild 139, 299-betlar. 
2
Abulg‟ozi Bahodirxon
“Shajarai turk” 143-bet. 


32 
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To„xtamishxonga qarshi lashkar 
tortgan kezi shu tog„ ustiga chiqib be yerda bir minora qurdirib unga yozdirgan 
xotira so„zlari edi. Abdullaxon II Sohibqiron haqida duolar o„qittirib, o„zi ham 
Qarshi tomonda minora qurishga buyruq beradi va unga “Kimki bu manzilga 
qadam qo„ysa, xayrli duo ila yod aylasin” degan so„zlarini uydirtiradi” Mazkur 
guvohliklar Abdullaxon II ning Amir Temur davri Turon zamin shuhrati va 
qudratini tiklash niyatini nechog„lik baland bo„lganligidan dalolatdir. Firkimiz 
isboti sifatida Abdullaxon II ning 1563-yiliyoq Shayboniy Ko„chkinchixonga 
lashkar berib uni Sibir xonligida xokimiyatga kelishida qo„llab-quvvatlaganligi 
hamda Sibir xonligining Buxoro bilan yaqindan siyosiy, iqtisodiy va diniy 
aloqalarda bo„lganligini keltirish mumkin. Agar biz, Abdullaxon II ning 80-
yillarda Xurosonda, ayniqsa uning markazlari Hirot, Mashxadda 90-yillarda esa 
Seyiston Garmsir va Xilmant daryosigacha bo„lgan yerlarda Buxoro xokimiyatini 
o„rnatgani Qandaxorga qamal qilganini nazarda tutsak, u xolda biz Abdullaxon II 
davrida ulug„ tog„dan Xilmant daryosigacha, Sibir daryosidan Mashhadgacha 
bo„lgan xokimiyat – Buxoro qo„l ostida birlashganini guvohi bo„lamiz. Bunday 
natijaga Amir Temurdan so„ng Abdullaxon II erishdi.
Abdulloxon II 1598-yili 65-yoshida vafot etdi. Umrining so„nggi yillarida u 
o„g„li va valiy ahdi Abdulmo„min (1568 yilda tug„ilgan) bilan biroz qarama-
qarshilikda bo„lgani ma‟lum. Aniqrog„i manbalarda berilgan ma‟lumotlarga ko„ra 
Shayboniylar orasida mardlik, shijoat, benazir Abdulmo„min otasidan oliy taxtni 
talab qila boshlaydi. Yuqorida aytilgan Iskandarxon rasman oliy xukmdor bo„lsa-
da ammo amaliy ishni Abdulloxon II ning o„zi bajarganini vaj qilib olgan 
Abdumo„min niyatidan qaytmay oliy taxt uchun ochiqchasiga bo„lmasa ham har 
holda ko„p uringan. Lekin, tez orada otasining kuni bitib, 1598-yili u rasman 
xonlik kursiga o„tiradi. 
Abdulmo„min o„z mavqeini mustahkamlash yo„lida taxtga da‟vogarlik 
yillarida otasi tomon bo„lgan ba‟zi amallarni qatl ettirdi. Bu bilan ham cheklanmay 
xatto Shayboniy shahzodalarni ham ayamaydi. So„ng esa saltanat ishlariga kirishib, 
avval shu yili Toshkentda yuz bergan Shayboniy sultonlar isyonini bostiradi. 


33 
Keyin Xurosonda o„z mavqeini mustahkamlash yo„lida yo„lga chiqaradi. O„sha 
davr tarixchilarining guvohlik berishicha, Abdulmo„min qiziqqon, cho„rtkesar 
shaxs bo„lib, otasi davrida xuzur halovat va taqvoga o„rganib qolgan Buxorolik bir 
qator beklarning payiga tushgan. Ular buni sezib mazkur Xuroson yo„liga chiqqan 
O„ratepa va Zomin oralig„iga yetgan. Abdulmo„minga qarshi suiqasd uyuushtirib 
uni o„ldirganlar. Taxtga so„nggi Shayboniy hukmdor Pirmuhammadxon chiqadi. 
Oradan 2 yilcha vaqt o„tib, 1601 yili Samarqand xokimi Boqi Muhammad taqdiri 
bilan birga umuman Shayboniylar sulolasi taqdiri hal bo„ladi. Zero, Boqi 
Muhammad boshqa bir sulola – Ashtarxoniylar sulolasi edi. Demak, 1601 yili 
mamlakatimiz siyosiy sahnasiga yangi sulola - Ashtarxoniylar sulolasi chiqadi.
 
Shunday qilib, 1500-1601 yillargacha Movoraunnaxrda xukmronlik qilgan 
Shayboniylar sulolasi hukmronligiga barham berildi. 
Shayboniylar davri – davlat boshqaruvi masalasiga to„xtaladigan bo„lsak, 
oliy – davlat idorasi dargoh hisoblangan. Uning tepasida Oliy hukmdorlar – xon 
turgan. Oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki suloladagi eng ulug„ yoshdagi 
namoyondaga o„tishi tartibi dastlabki Shayboniylar davrida saqlangan bo„lsa-da 
asosan XVI asrning 40-yillaridan boshlab sulola ichidagi ommaviy an‟ana ustun 
chiqa boshlagan. Abdullaxon II davriga kelib esa bu halokat aniq bir shaklga 
tushgan. (Bu yerda rasmiy xokimiyatni Iskandarxon o„g„li Abdullaxonga va 
Abdulloxondan Abdulmo„minga o„tganini nazarda tutmoqdaman). 
Dargohdagi xondan keyingi muhim davlat vazifasi - naqib xisoblangan. 
Tarjimada sardor, boshliq, yetakchi ma‟nosini beruvchi naqiblik mansabi amalda 
ancha keng mazmun va vakolatga ega bo„lgan. Naqib xonning eng yaqin va 
ishonchli kishilaridan hisoblangan. Rasmiy qabul marosimlarida uning oliy 
xukmdorlaridan chap tomonidan birinchi bo„lib joy olishi Naqibning dargohda 
tutgan yuksak maqomidan dalolatdir. Xonning farmon, yorliqlarida ham Naqib 
nomi birinchi bo„lib zakr etilgan. 
Davlat ahamiyatiga molik mansablardan yana biri Otaliqdir. Nomidan 
ko„rinib turibdiki, Otaliq qilmoq, otasining o„rnini bosmoq mazmunini beruvchi 


34 
mazkur lavozim Markaziy xokimiyatning viloyatlardagi siyosatini belgilashda 
katta ahamiyat kasb etgan.
Oliy Hukmdor chiqargan hukmlar, yorliqlar va boshqa rasmiy xujjatlarni o„z 
egalariga yetkazish tartiblariga parvonachi javobgar bo„lgan. Urush paytlarida esa 
ular harbiy yetakchilik vazifalar bilan ham shug„ullangan. 
Dargohga tushgan arizalarni qabul qilish ularga javobini berish hamda 
mamlakatdagi ijtimoiy adolat tartiblariga rioya qilishning nazorati kabi 
yumushlariga Dodgoh mutasaddi edi. Shuningdek, u elchilarni qabul qilish, hatto 
shaxsan elchi sifatida boshqa mamlakatlarga borib kelishini amalga oshirgan.
Dargohdagi yana bir muhim lavozimlardan biri bu – Ko„kaldosh 
hisoblanadi. 
Ular Oliy xukmdorlarga va rasmiy sulolaga eng yaqin kishilardan bo„lgan. 
Bir so„z bilan aytganda, mazkur maqom vazifasi mamlakatda Oliy hukmdor olib 
borayotgan siyosiy daxlsizligi unga kishilarning munosabati bilan bog„liq 
yumushlardan iborat bo„lgan. 
Sulola ichki munosabatlariga oid tadbirlar, chunonchi, oliy hukmdor bilan 
shahzodalar o„rtasidagi aloqalarni tashkiliy tartibi asosida yo„lga qo„yish ishini – 
Xon yasovuli olib borgan. 
Dargohdagi haqsizlik, tartib keldi-ketdidan xabardorlik kabi tadbirlar – 
Eshik og„asi kabi ichki taqsimotlari bo„lgan bu xizmat vakillari urush paytlarida 
oliy xukmdorlarning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib borganlar. 
Dargoh faoliyatida katta mavqega ega lavozimlardan yana biri – Shayxulislom 
bo„lib, davlat va mafkuraviy xayotda uning o„rni favqulodda edi.
1
Shayboniylar davridagi devonlar tizimi haqida fikr yuritish bir oz 
mushkulroq. Xofiz Tanish Buxoriy guvohliklariga ko„ra, Devonbegi mamlakatning 
muhim ishlaridan Moliya, Soliq, Yer, Suv masalalari, viloyatlar bo„ylab 
amaldorlarga ish tafsimlash, mansablarga tayinlash va bularning barchasi haqida 
oliy hukmdorlarga har kuni hisobot berib turishi kerak bo„lgan.
1
Ravshanov P. “Qashqadaryo tarixi”. T., 1995 yil. b – 165. 


35 
Demak, Devonbegi (bosh vazir) nima bo„lganda ham o„zining ilgarigi 
maqomini butunlay yo„qotmaganlar. 
Shayboniylar davrida Movoraunnahrda ye, suv munosabatlari quyidagi 
ko„rinishlarga ega edi: Davlat mulki, vaqif xamda xususiy mulkdorlardan iborat 
edi. Unumli yerlarning asosiy qismi xonlar ularning qarindosh urug„lari, ruhoniylar
va hukmron sinfning boshqa namoyondasi qo„lida to„plangan edi. Dehqonchilik va 
chorvachilik xo‟jaligining asosiy tarmoqlaridan edi. 
Dehqonchilik haqida so„z yuritganda avvalo sug„orish ishlari qay darajada 
yo„lga qo„yilganligini aytish joizdir. Bunda sug„orish ishlarida tabiiy tayanch 
bo„lib kelgan an‟anaviy manbalar – Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, 
Vaxsh, Murg„ob daryolari imkoniyatlaridan foydalanganligi ham shubhasizdir. 
Masalan: “Mehmonnomai Buxoro” muallifi Sirdaryo daryosi imkonlari 
haqida so„z yuritar ekan, bu daryoning kechuv joylaridan, irmoqlaridan ko„plab, 
katta-katta anhorlar qazilgan va suvi bilan atrofdagi ekinzorlar sug„orilganligini 
alohida ta‟kidlaydi. Sig„noq atrofini obodonlashtirishda bu yaqqol ko„rsatilgan
11

Sun‟iy sug„oriladigan yerlar dehqonchilikni rivojlantirishda asosiy negiz 
hisoblangan. Sug„oriladigan yerlarda paxta, bug„doy, sholi, beda, bog„dorchilik va 
sabzavotchilik yaxshi edi. 
Dehqonchilikning bunday turi adirlar va vodiylarida yaxshi yo„lga qo„yilgan 
edi. Lalmikor dehqonchilik, chorvachilik bilan birga olib borilgan. Dehqonchilik 
uchun yaroqsiz bo„lgan yerlarda, sero„t yaylovlarda chorvachilik rivojlangan. 
1
“Mehmonnomai Buxoro” 74 – 116 – 117 – betlar. 


36 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə