“O„zbekiston tarixi” fanidan yozgan


Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#108061
1   2   3   4   5   6   7
shayboniylar davrida movarounnahrda madaniy hayot

2.2.Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot 
 
Shayboniyxon vafotidan so'ng uning avlod-ajdodlari o'rtasida toj-u taxt
hokimiyat, mol-dunyo va davlat talashib o'zaro qonli urushlar ayj oldi. 1510-1530-
yillarda Shayboniyxonning amakisi Ko'chkinchixon hokimlik qiladi. Unga o'g'li 
Abdusaid (1529-1533) va jiyani Ubaydullaxon (1533-1539) merosxo'r bo'ldi. 
Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan (1539-1540) so'ng Movarounnahrda 
qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Bunga sabab, Buxoroda Ubaydullaxon o'g'li 
Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda esa Ko'chkinchixon o'g'li Abdullatifxon 
(1540-1551) taxt boshqarganlar. Hokimiyat talashib kurash mis-li ko'rilmagan 
cho'qqiga ko'tarildi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 tadan o'g'il 
farzand bo'lib, ularning har biri taxt uchun vorislik qilishga da'vogar edi. Shu bois 
Movaroun-nahr hududi bir necha bo'laklarga bo'linib ketdi. Karmana va 
Miyonqal'ada Iskandar Bahodir, Balxda Pirmuhammad,
Qarshida Sulton Qilich 
Qora, Hisorda Shayboniyxonning nabirasi sulton Burhon hokimlik qiladi. 1556-
yilda Abdullatifxon vafot etgach Samarqand taxtini Baroqxon
3
qo'lga kiritib, Navro'z 
Ahmadxon nomi bilan besh yil hukmronlik qiladi. 
1550-yiIda Sulton Abdulazizxon vafot etgach, o'nlab sultonlar, beklar va 
amirlar Buxoro taxti uchun kurashni avjiga mindirdilar. Dastlab Buxoro 
Shayboniyxonning nabirasi Sulton Muhammadyorga tegdi, lekin u bir yil o'tmasdan 
Pirmuhammad tomonidan quvildi. Pirmuhammadga qarshi Baroqxon va 
Abdullatifxonga sulton Said, sulton Muhammadyor va Burhon sulton qo'shiladi. 
Ular birgalikda Miyonqal'a, Karmana va Qarshiga yurish boshlaydilar.
1
Vahimaga tushgan bu shaharlaraing hokimlari qochib ketadilar. Faqat 
Miyonqal'a hokimi Iskandarning 18 yoshli o'g'li Abdullagina qal'ada 
mustahkamlanib sultonlaraing bir-lashgan kuchlariga qarshi yolg'iz o'zi kurashga 
otlanadi. 12 kun davom etgan jangdan so'ng sulh bitimi imzolanadi. Bitimga ko'ra 
Abdulla Balxga jo'nab ketishga majbur bo'ladi. 1556-yilda Baroq-xon vafot etgach 
uning farzandlari o'rtasida boshlangan taxt vo-risligi uchun kurashga aralashib undan 
1
Ahmedov B. “O‟zbek ulusi”. T., 1992 yil. b – 54. 


49 
ustalik bilan foydalangan Abdulla navbatdagi g'alabaga erishadi. U quvg'inlik 
yillarini bekorga o'tkazmadi. Eng obro'-e'tiborli o'nta o'zbek qabilasi -qushchi, 
o'tarchi, kenagas, yuz, jaloyir, major, qipchoq, ming', bahrin qabilalari, shuningdek 
jo'ybor shayxlari hamda musul-mon ruhoniylarining boshqa e'tiborli va qudratH 
vakillarining himoyasi va qo'llab-quvvatlashiga sazovor boladi. Abdulla Ilono'tdi 
yaqinidagi jangda Baroqxonning o'g'il Bobosulton va uning ittifoqchisi Toshkent 
hokimi Darveshxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Abdulla uchun 
Buxoroga yo'l ochiq edi. U Qarshi, Chorjo'yni egallab, sulton Burhonni mag'lubiyatga 
uchratib Buxoroga tantanavor kirib boradi. Buxoroni zabt etadi. Buxoro Abdullaxon 
zamonida siyosiy hokimiyat markaziga ayla-nadi. Markazi Buxoro bo'lgan davlat 
Buxoro xonligi deb atala boshlanadi. 
Abdullaxon Shayboniylar urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi va yoshi 
ulug' bo'lgan o'z amakisini, so'ng otasini xon deb e'lon qiladi. Amalda Abdullaning 
o'zi ularning nomidan hokimiyatni idora etardi. Otasi Iskandarxon 1561-yili xon deb 
e'lon qilinadi. U 1582-yiI vafotiga qadar xonlik taxtida o'tiradi. Otasi vafotidan 
so'ng 1583-yil Abdullaxon II o'zini rasman xon deb e'lon qiladi. Abdullaxon (1557-
1598) hukmron bo'lgan davrda Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlatga 
asos soldi. Uning butun hukmronlik yillari urush va jang-u jadallar bilan o'tdi. 1557-
yildaShahrisabzni, 1569-yilda Samarqandni egalladi. 1558-1572-yillarda o'rtada 
tanaffuslar bilan Badaxshon uchun jang qiladi, Balx va Hisorni qo'lga kiritdi. 1582-
yilda Toshkent, Sayram, Turkiston, Farg'ona, 1583-yilda Xuroson, 1595-yilda esa 
Xorazm taslim etiladi. 
Abdullaxon II Amir Temurdan so'ng Movarounnahrda nisbatan qat'iy 
siyosat yurgiza olgan yagona va so'nggi davlat arbobi edi. U Buxoro hokimiyatini 
tiklash maqsadida Qozog'istonning hozirgi Qarag'anda viloyati g'arbidagi, Sariqsuv 
daryosining Shimolida joylashgan Ulug'toqqa yetibborgach, tog' tepasidagi bir 
minorada bitilgan quyidagi so'zlarga ko'zi tushadi: «Tarix yetti yuz to'qson uchinda 
qo'y yili, yozning ora oyi, Turon-ning sultoni Temurbek ikki yuz ming cherik bila 
To'xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo'lsun deb bu 


50 
minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el kishiga rahmat qilg'ay. 
Bizni duo bilan yod qilg'ay». 
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To'xtamishxonga qar-shi lashkar tortgan 
kezi shu tog' ustiga chiqib, so'ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga o'ydirib 
yozdirgan xotira so'zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar 
o'qittirib, o'zi ham qarshi tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga 
«Kimki bu manzilga qadam qo'ysa, xayrli duo ila bizni yod aylasin» so'zlarini 
o'ydirtiradi.' Amir Temur Turkiston shahrida Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va 
masjidini qurdirgani ma'lum. Tugallanmay qolgan bu ishni oxiriga yetkazish Abdul-
laxon II ga nasib etadi. 
Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida Xurosonda, uning markazlari Hirot, 
Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand daryosigacha bo'lgan 
hududlarda o'z saltanatini o'rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning davrida 
hozirgi Qarag'andadan (Ulug'tog'dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan 
Mashhadgacha bo'lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qo'l ostida 
birlashdi. Bunday katta saltanatga Amir Temurdan so'ng Abdullaxon II asos soladi. 
Rossiyaliklar uning davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qo'llashgan 
edilar. 
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish 
borasidagi faoliyati Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida o'zining 
mukammal ifodasini topgan. 
Abdullaxon zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hu-narmandchilik, 
savdo-sotiq rivojlanadi, madaniy hayot ancha yuksaladi. Juda ko'p sug'orish 
inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Okchopsoy to'g'oni va suv 
ombori, Vahshdan chiqarilgan ko'plab ariqlarning qurilishi dehqonchilikni rivoj-
lantiradi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida bug'doyning 10 xil turi, suli, qo'noq, 
jo'xori, mosh, no'hat, makkajo'xori, loviya, sho-li paxta, kunjut, beda, arpa, 
sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog'dorchilik, chorvachilik va ipakchilik 
rivojlangan. Samar-qand, Buxoro, Marg'ilon, Xo'jand, Andijon, Toshkent, Jizzax, 
O'ratepa, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmand-chilik taraqqiy qilgan. 


51 
Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, XVI asrda 
Samarqandda hunarning 61 turi mavjud bo'lgan. Movarounnahrlik hunarmandlar 
zo'r san'at bilan turli-tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, a'lo navli qog'ozlar 
ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri bu vaqtda ancha kengaytirilgan, devor va harbiy 
istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, 
yangi rastalar barpo qilingan. Shahar o'rtasidagi tim, ko'chalar chorrahasi ustiga 
gumbaz-toqlar, hammomlar, karvon yo'llarida sardobalar, karvonsaroylar, ko'priklar 
qurilgan. 
Abdullaxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya 
bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. 1572-1578-yillari Hindistonda 
Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarning elchilari 
bo'lgan. 
Abdullaxon II elchilari 1583-yili Moskvadan o'q-dori, ov qushlari, mato olib 
kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham takrorlangan. 
Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini 
mustahkamlash, ayniqsa, pul islohoti o'tkazish yo'lidagi faoliyati natijalari keyingi 
davrlarda ham saqlanib qolgan. Uning davrida Buxoro yaqinida Sumitan (Jo'ybor) 
mavzesida Jo'ybor xojalaridan Abu Bakr Sa'd mozori atrofiga madrasa, masjid, 
xonaqoh va chorbog', Buxoroda madrasa, hammom, Govkashon, Fathulla 
qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, Yangi Chorsu (1569-1570), tim 
(Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga ko'prik (1582) 
qurilgan. Bu kabi inshootlar Toshkent, Samarqand, Balh va boshqa shaharlarda 
ham qurilgan. Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, masjidi 
ta'mirlangan.
1
Abdullaxon II ning nufuzli amiri Qulbobo Ko'kaldosh sharafiga Toshkentda 
Ko'kaldosh madrasasi qurilgan. Uning davrida shaharsozlik, ilm-fan taraqqiy etadi. 
Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylanadi. Buxoroda mashhur Abdullaxon 
kutubxonasi tashkil bo'ladi. Unda mashhur hattotlar Mir AH Hiraviy, Ahmad 
1
Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob”. Т., 1997 yil. b – 73.


52 
Husayniylar va boshqalar kitob ko'chirish bilan mashg'ul bo'Iishgan. Sayid 
Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asari Abdullaxon II ga bag'ishlangan. 
Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, 
Muhammad Darvish oxund, Qozi Poyonda Zominiy, Mulla Amir, Muhammad Alti 
Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqalar yashab ijod etgan. 
Abdullaxon II ning o'zi ham iste'dodli shoir bo'lib «Xon» taxallusi bilan o'zbek va 
fors tillarida she'r yozgan. 
Harbiy san'at taraqqiy etgan. Qo'shin tarkibini nayza, qi-lich, manjaniq, 
shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilganlar. XVI asr 
ikkinchi yarmidan qo'shin Turkiyadan keltirilgan pitta miltiq va zambaraklar bilan 
qurollana boshlagan.
Abdullaxon II markazlashgan davlatni tuzishda isyon-kor zodagonlarni 
qattiqqo'llik va shafqatsizlik bilan jazoladi, sultonlar, beklar, amirlar va
o'zining bir qator qarindosh-urug'larining boshlarini tanlaridan judo qildirdi. 
Ammo u har qancha qattiqqo'l bo'lmasin siyosiy tarqoqlik tartibotlariga 
qarshi kurashda ojizlik qiladi va bu tartibotlarning navbatdagi qurboni bo'ladi. 
Rivoyatlarga qaraganda Abdullaxon II o'g'li Abdulmo'min tomonidan 1598-yili 
zaharlab o'ldirilgan. Bu ishda harbiy zodagonlar boshliqlaridan bin Muhammad 
Boqibiy tash-kilotchilik qilgan. Hokimiyatni zo'rlik yo'li bilan otasi qo'lidan 
olgan oqpadar Abdulmo'min yarim yil o'tmasdanoq o'zi ham boshqa bir 
dushman zodagonlar guruhi qolida (1599) halok bo'ldi. Taxtni so'nggi 
Shayboniy hukmdor Pirmuhammadxon egallaydi. Ammo 1601-yili Samarqand 
hokimi Boqi Muhammad bilan kurashda u yengiladi va taxtdan ag'dariladi. Shu 
bilan Shayboniylar hukmronligi tugaydi. Ana shu Boqi Muhammad boshqa bir 
sulola - Ashtarxoniylarga mansub edi. 1601-yildan vatanimiz siyosiy hayotida yangi 
sulola -Ashtarxoniylar hukmronlik qila boshlaydi. Shu tariqa qariyb yuz yil davom 
etgan Shayboniylar sulolasi o'zaro qirg'inbarot urushlar va o'zaro nizolar oqibatida 
qirilib tamom bo'ladi va taxt vorisligiga da'vogar qohnaydi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə