“O„zbekiston tarixi” fanidan yozgan



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#108061
1   2   3   4   5   6   7
shayboniylar davrida movarounnahrda madaniy hayot

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1 . SHAYBONIYLAR DAVRIDA MOVORAUNNAHRDA IJTOMOIY 
IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOL 
 
 
1.1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi 
siyosiy ahvol 
 
Balxash kо„li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi 
oqimlarigacha bо„lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala 
boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bо„lgan Jо„chi ulusi ikki 
mustaqil davlatga Kо„k О„rda va Oq О„rdaga bо„linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan 
boshlab Oltin О„rda taxti uchun Ichan, Shaybon va Tо„qay Temur avlodlari 
о„rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin О„rda taxtiga 25 
xon kelib ketdi. 
XIV asrning 70 yillarida Oltin О„rda ichki kurashlar yanada keskinlashib 
ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxо„ja, Arabshoh, 
Kaonbeklar katta о„rin tutdilar. Oltin О„rda taxti uchun kurashlar kuchayib, 
tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq О„rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz 
Urusxon va Tо„xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380 
yilda Oq О„rdaning birlashtirilishi Tо„xtamishning Amir Temur tomonidan qо„llab 
quvvatlanganligi ta‟sirida amalgaoshirilgan edi. Oltin О„rda Amir Temur 
tomonidan Tо„xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zayiflashtirilgan 
bо„lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407 yana kuchaya boshladi. 
Shu yillarda Oltin О„rda Bulg„or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana о„z hukmronligini 
о„rnatdi. 1406 yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar 
о„rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bо„lgan edi.
1
XV asrning 1chi choragida Oltin О„rdada о„zaro siyosiy kurashlar yana 
kuchayib ketdi. 1400-1417 yillar davomida Oltin О„rda taxtiga о„tirgan 8 ta xon 
birin -ketin taxtdan tushirildi. (Shodibek, Pо„latxon, Temirxon, Jaloliddin Sulton 
va boshqalar). 
XIV asrning 80 yillaridan boshlab «о„zbek ulusi» yoki «о„zbeklar viloyati» deb 
1
Ahmedov B. “Tarixdan saboqlar”. T., 1994 yil. b – 57.



nom olgan. Oq О„rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar 
davomida taxt uchun Tо„xtamish, Quyirchoq о„g„lon, Barakxon, Ulugmuhammad 
kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425 yillardan boshlab esa bu kurashlarda 
Muhammadxon, Kichik Muhammad, Tо„xtamishning о„gillari Davlatberdi va 
Kepakxonlar asosiy о„rin tutadilar. Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu 
kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok 
etdilar va ma‟lum bir mavqega ega bо„lib bordilar. 
О„zaro kurashlardan kо„p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427 
yilda Alasha bahodir yordamida xon etib kо„tarilgan Abulxayrxon katta harbiy 
kuch tо„pladi va 1428 yilda о„z ulusiga qaytib, qiyot, mang„it, qо„ng„irot, dо„rmon, 
qushchi, о„tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, 
tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib kо„tarildi. Bunda 
Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug„ va qabila boshliqlari qо„llab quvvatladilar. 1428 -29 
yillarda kо„chmanchi о„zbeklar Janubi-G„arbiy Sibirdagi Tura shahrini qо„lga 
kiritdilar va bu shahar 1446 yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bо„lib qoldi. 
Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchokqa yoyildi va 
kо„pgina о„glonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga о„ta boshladilar. 1428-
1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi 
Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va о„z davlatini Oltin 
О„rda (Kо„k О„rda) dan mustaqil deb e‟lon qildi. 1431-1432 yillarda Abulxayrxon 
Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi. 
Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi. Biroq, manbalarda 
Abulxayrxonning 
Xorazmni 
tashlab 
ketishiga 
sabab 
Shohrux 
tomonidan qо„shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib 
yurgan Kichik Muhammadning о„g„li Maxmud va uning ukasi Axmadxon 
Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab havf deb kо„rsatiladi. (Abdurazzoq 
Samarqandiy). 
XV asr 40 -yillarda Abulxayrxon Sig„noq, Oqqо„rg„on, Arquq, Sо„zoq va 
О„zgand shaharlarini egalladi. 1448 yilda Samarqandni taladi. 
Biroq Abulxayrxon qanchalik harakat qilmasin, davlatda" yagona, mutloq 



hukmdor bо„lib qololmadi. Bunga ayniqsa, Urusxon nabiralari qattiq qarshilik 
kо„rsatdilar. Abulxayrxon vafotidan sо„ng (1469) esa, davlatda yana о„zaro 
kurashlar avj oldi va kо„chmanchi о„zbeklar davlati о„zaro kurashlar natijasida 
yemirildi. Bu davlatning qayta birlashtirilishi Abulxayrxonning nabirasi 
Muhammad Shayboniyxon (1451 - 1510) nomi bilan bog„liq.
1
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning о„g„li Budoq sultonning о„g„li 
edi, Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan 
birga Abulxayrxon tarbiyasida bо„ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, 
Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt 
Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda 
Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm 
oldi. XV asr 90 -iillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va 
siyosiy kurashlarga qо„shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va 
Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam о„rnashib oldi. 
Keyinchalik, Sayram va Yassini qо„lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni 
qо„lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan sо„ng Samarqandga 
yurish qildi, uni qо„lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan 
birga talon -taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana 
muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan 
sо„ng uni qо„lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga 
yurish qildi va uni bosib olib, tо„rt oy davomida talon qildi. Bu 
Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qо„zg„oloni sabab bо„ldi va ular 19 
yoshli temuriy shahzoda - Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib kо„tardilar. 
Bobur Qarshi va Guzorni ham qо„lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning 
ahvoli juda ham nochor edi. Og„ir ahvolda qolgan Bobur qо„shinlari Zarafshon 
bо„yida Shayboniyxondan mag„lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan sо„ng 
yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bо„ldi. Samarqandda, Buxoro va 
Toshkentda о„z hukmronligini qо„lga kiritgach, Shayboniyxyun Xuroson yurishiga 
tayyorgarlik kо„ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida 
1
Muhammad Solih “Shayboniynoma”. T., 1988 yil. b – 115.



Shayboniyxonga qarshi birlashgan bо„lsalarda, bu hech qanday natijaga olib 
kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe 
bо„ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan sо„ng boshlangan taxt uchun 
kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Hirotni tortib oldi. Hirot 
bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va 
Kaspiydan 
Xitoygacha, 
Sirdaryo 
etagidan 
Afg„onistonning 
markaziy 
hududlarigacha bо„lgan yerlar Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon hukmronligi 
ostiga о„tdi. Shayboniyxon hukmronligi о„rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq 
vaqt davom etgan temuriylar о„rtasidagi о„zaro taxt talashishlarga chek qо„yildi va 
tinchlik о„rnatildi. Shayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza 
olishga erishi bilan о„zining ilm -fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillgarini 
hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bо„ldi. 
Shayboniyxon qо„lga kiritilgan hududlarni boshqarish uchun о„z yaqinlariga 
bо„lib berdi. Bu hol markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi va 1510 yil 
Shayboniyxon Eron shohi Ismoil Safaviy bilan kurashga kirish oldidan ayniqsa, 
yaqqol namoyon bо„ldi. О„z vaqtida yetib kelmagan qо„shinlar oz sonli 
Shayboniyxon qо„shinlarining (17000) Ismoil Safaviy qо„shinlari- (70000) , 
tomonidan Tahrirobod mavzesida mag„lub etilishi va Shayboniyxonning 
о„ldirilishiga olib keldi, 
1510 yil Shayboniyxon vafot etgach, shayboniylar о„rtasida hokimiyat uchun 
kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlati ichkarisiga 
hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni tо„xtatish uchun 
sulhga rozi bо„ldilar va Amudaryoning sul qirg„og„idagi barcha yerlarni Eronga 
berishga majbur bо„ldilar. 
1511 yilda Bobur ham о„z qо„shinlari bilan Amudaryodan kechib о„tib, 
Xisor, Qulob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. Sо„ng Ismoil Safaviy yordamida 
Samarqandga yurish boshladi. Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga 
chekindilar. Samarqandni qо„lga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba о„qitganidan 
norozi bо„lgan halq Boburga qarshi isyon kо„tardi va bundan foydalangan 
shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga 



yuborgan Amir Axmad (Najmi soniy) boshchiligidagi qо„shinlari esa qirib tashlandi 
(1512 y kuzida) va 1512 yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qо„liga о„tdi. 
Bobur esa Ismoil bilan ittifoqini tuzdi va 1525 yilda Hindistonga yurish qilib, 
u yerda Buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi. 
Shayboniyxon vafotidan sо„ng shayboniylar davlati taxtini Kо„chkinchixon 
(1510 -1530) va о„g„li Abu Sa‟id boshqardilar (1530-1533). 
Maxmud Sultonning о„g„li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533-1539) 
hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga kо„chirildi. 
Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan xaydab 
chiqarishga katta e‟tibor berdi. 1512 yil kuzida u yajmi soniy ustidan g„alaba 
qozongach, katta о„ljaga ega bо„lgan edi va bu mablag„ni u Buxoro shayxulislomi 
Mir, Arabga topshirdi va bu mablag„lrga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. 
Shayboniylar orasida eng katta ta‟sirga ega bо„lgan hukmdorlardan yana biri 
Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil jо„ybor shayxlaridan Muhammad Islom 
yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini 
kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning 
harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning say- harakatlari 
natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. 
Biroq, Abdullaxon vafotidan sо„ng hukmronlik qilgan A6dulmо„min va 
Pirmuhammadxonlar(1599 -1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning о„limidan 
sо„ng shayboniylar sulolasi barham topdi. 
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruv tutgan о„rni va 
mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning 
yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari 
-shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlardan iborat fozillar, raiyat ya‟ni oddiy fuqaro va 
kisman qullar. 
Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar 
amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning 
zaiflashuviga oqibatlarga olib 

keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan 
suyurg„ol tizimi eng yaxshi hizmat kо„rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bо„lgan 



amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik 
qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bо„lishga 
intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat 
Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag„lubiyatga uchrashida ham ta‟sir kо„rsatgan 
edi. Shuningdek, Shayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507 yilda pul 
islohoti va keyinchalik ta‟lim sohasida ham islohotlar о„tkazgan edi. 
Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor - sug„oriladigan yerlarda bо„lgan. 
Bug„doyning о„n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an‟anaviy ekinlar ekilgan. 
Dehqonchilik uchun qulay bо„lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar 
hamda din peshvolariga qarashli bо„lgan. Shayboniylar davlati ijtimoiy - iqtisodiy 
hayotida Buxoro yaqinidagi Jо„ybor qishlog„idan chiqqan Jо„ybor xojalar^i katta 
ta‟sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta‟sir kо„rsatish bilan 
birga katta yer mulklariga ham etalik qilardilar. Shayboniylar davrida amalga 
oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni о„zlashtirishga ham qaratilgan edi. 
Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi 
mavjud bо„lgan. Ichki savdoga katta e‟tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, 
Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 
1588 yilda Buxoroda bо„lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham о„z 
ma‟lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bо„lishi, bu yerga 
Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta -katga savdo 
karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi.
1
Shayboniylar davlatida 40 dan ortiq soliq va tо„lovlar mavjud bо„lgan. Asosiy 
soliq turlari xiroj va zakot bо„lgan 
XV asr boshlarida Shaybon ulusida ham feodal kurash keskinlashganligi va 
natijada bu ulus bir necha mustaqil uluslarga ajralib ketganligi qayd etilgan. Bu 
kurash va tartibsizliklar dastlab 1425-1426 yillarda mang„it ulusida yuz berdi. 
Joytar xalqida qo„zg„olon ko„targan Mang„it amirlari burkut, nukus 
qabilasidan bo„lgan ko„chmanchilarni ham o„z tomoniga ag„darib olib, 17 ming 
kishilik qo„shin to„plab olishga muvaffaq bo„ldi. Jumaduqxon qo„zg„olonchilarga
1
Saidqulov T. “O‟rta Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligidan lavhalar”. T., 1993 yil. b – 57.


10 
qarshi qo„shin tortdi. Lekin jangda mag„lubiyatga uchradi. Jumaduqxon 
qo„shinining ko„pgina boshliqlari shu jumladan, Jumaduqxonning o„zi ham asir 
olindilar va Mang„it boshliqlarining buyruqlari bilan qatl qilindilar. Bu jangda 
Jumaduqxon qo„shinining javonrig„iga qo„mondonlik qilgan yosh Abdulxayrxon 
ham asir olindi va Sariq Usmon tomonidan qamab qo„yildi.
Ma‟sud ibn Usmon Qo„histoniyning yozishicha: “Sariq Usmon 
Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo„lganligini bilgach, o„z himoyasiga 
olgan va unga xayrihohlik bildirgan. 
Oradan ko„p vaqt o„tmay uni safar anjomlari bilan taxlab, ta‟minlab o„z 
ulusiga ketishiga ruxsat bergan. 
Sariq Usmon Abdulxayrxonni Shayboniylar naslidan bo„lganligi uchun 
qo„yib yubormadi. Aksincha, bundan o„z manfaatini ko„zladi. O„rta Osiyolik 
ko„chmanchi xalqlar, ayniksa, o„sha zamondagi hozirgi Qozog„iston hududida 
ko„chib yurgan xalqlarning ongida “oq suyaklar” ga, ya‟ni Chingizxon naslidan 
bo„lganlarga sig„inish kuchli edi. Bu nasldan bo„lgan o„sha vaqtda hokimiyat 
uchun kurashib yurgan xonlar, sultonlar ko„p bo„lib, yirik feodal Sariq Usmondek 
odamlar bular ichidan istagan kishisini tanlab olib qo„llab - quvvatlashi mumkin 
edi. Lekin, ko„chmanchi feodallar o„z manfaatiga xizmat qiluvchi xonlarni 
qo„llab-quvvatladilar. Sariq Usmon ham Abdulxayrxonni qo„llaganda shu 
maqsadni ko„zda tutdi. Shubxasiz, bu yerda Abdulxayrxon xokimiyatni qo„lga 
olgach Sariq Usmonga zo„r imtiyozlar beraman deb, so„z bergan. Shundan 
keyingina Sariq Usmon xonning zo„r iltifotlariga sazovor bo„ldi. Uning eng yaqin 
mulozimlari qatoridan o„rin oldi. Abdulxayrxon o„sha yili qo„llab-quvvatlagan 
Alasha Bahodir ham xonning zo„r iltifotlariga sazovor bo„ldi. Yuqori davlat 
mansablariga ko„tarildi. 
Abdulxayrxon asirlikdan qutilib, o„z ulusiga qaytishida Shanvay minglab 
degan jilg„ada qishlaydi va kelasi yilning bahorida o„sha Alasha Bahodirning 
aymog„i orasiga kelib tushadi. A‟sud ibn Usmon Qo„xistoniy bu aymoq katta 
aymoqlaridan biri bo„lib, bu yerda Alasha Bahodir va uning aymog„idagi 
feodallar Abulxayrxonga tobelik bildirdilar, - deb yozadi. Abulxayrxon Alasha 


11 
Baxodirning yordami bilan kattagina harbiy kuch to„plab oldi va oradan ko„p vaqt 
o„tmay o„z ulusiga qaytib bordi. Bu yerda Qiyot, Mang„it, Do„rmon, Qushchi, 
O„tarchi, Joymon, Tuboiy, Toymon, Jot, Xitoy, Qarluq, Usun, Qurlovut, Echki, 
Tang„ut, Tomonlin, Qo„ng„irot va boshqa ko„chmanchi qabilalarning boshliqlari 
hamda ruhoniylar, sultonlar, o„g„lonlar uni xon qilib ko„tardi. Bundan 
Abulxayrxonni Dashti Qipchoqdagi Turk mug„ul ko„chmanchi qabilalarining 
ko„pchiligi quvvatlaganligi yaqqol ko„rinib turibdi. 
Mahmud ibn Valining ko„rsatishicha, Abulxayrxonni xon qilib ko„tarishda 
ikki yuzdan ortiq sardor ya‟ni qabila va urug„larning boshliqlari qatnashgan. 
Shubhasiz, qabilalar va uluslar o„rtasida tez-tez bo„lib turgan o„zaro urushlar 
shuningdek, ko„chmanchi ommaning feodal zulmga qarshi g„alayon ko„tarishi 
xavfi ko„chmanchi feodallarning xon atrofiga uyushishiga va mehnatkash ommani 
itoatda tuta oladigan markaziy davlat apparatini tuza oladigan darajada majbur 
etgan. Abulxayrxon davlati fikrimizni tasdiqlaydi. 1428-1429 yilda ko„chmanchi
o„zbeklar Abulxayrxon boshchiligida Janubiy-G„arbiy Sibirdagi To„ra shahrini 
egalladilar. Shahar hukmdorlari Adabbek bilan Kepaklik shaharini hech qanday 
qarshilik ko„rsatmasdan Abulhayrxonga topshirdilar. Bu yerda Abulxayrxon 
nomiga xutba o„yilib pullar zarb qilina boshladi. To„ra shahri esa ko„chmanchi 
o„zbeklar davlatining poytaxti deb e‟lon qilindi. 1446-yilga qadar shunday bo„lib 
qoldi. Abulxayrxonning bu dastlabki muvaffakiyatlari tez fursatda Dashti Qipchoq 
bo„ylab tarqaldi. Ko„pgina o„g„lonlar va sultonlar Abulxayrxon huzuriga To„raga 
kelib xizmatiga kirdilar. Bular orasida arab shoh avlodidan bo„lgan Baxtiyor 
Sulton ham bor edi. U to umrining oxirigacha Abulxayrxonning eng yaqin 
safdoshlaridan biri bo„lib uning qo„shiniga qo„mondonlik qildi.
1
1429 - yili Abulxayrxon yuqorida nomi zikr etilgan Maxmudxujaxonga 
qarshi qo„shin tortdi. Va uni Tobal daryosi bo„yida tor-mor keltirdi. 
Maxmudxo„jaxonning o„zi asir olinib Abulxayrxonning amiri bilan qatl etiladi. 
Uning 
o„rtasi 
bo„lsa 
tamoman 
talon-taroj 
qilinadi. 
Abulxayrxon 
Maxmudxo„jaxonning ulusini o„z ulusiga qo„shib oladi, so„ng To„raga qaytadi. 
1
Vamberi X. “Buxoro yoxud Mavorounnaxr tarixi”. T., 1990 yil. b – 97.


12 
Shunday qilib juda bir qiska vaqt ichida Abulxayxon ilgari mayda qismlarga 
bo„linib ketgan Shaybon ulusining katta bir qismini birlashtirishga va unda 
hukmronligini o„rnatishga muvaffaq bo„ldi. 
1431-1446 yillarnring o„rtalarida Abulxon katta bosqinchilik urushlari olib 
bormadi. Bunga quyidagilar sabab buldi. Birinchidan: Iboqxon, Burkasulton, Oq 
o„rda xoni Baroqxonning o„g„illari Jonibek va Gerayixon singari ko„pgina 
sultonlar Abulxayrxonga tobe bo„lishdan bosh tortdilar va Abulxayrxon xokimiyat 
tepasiga kelgan birinchi kunlaridan boshlab unga qarshi kurash olib bordilar. Bular 
ichida eng kuchlisi Mustafoxon bo„lib uni mang„itlarning bir qismi qo„llab-
quvvatlab turar edi. Shuning uchun ham Abulxayrxon o„sha yillar ichida ichki 
feodal kurash bilan band bo„ldi. Ikkinchidan, Abulxayrxon o„sha yillarda o„zbek 
ulusi chegaralarida ko„chib yurgan yana bir Shayboniy-Sayid Ahmad ayniksa, 
Axmadxonning kuchayib borayotganligidan cho„chir edi. Shu tufayli u mudofaa 
urushlariga xozirlanib turishga majbur bo„ldi. 
XV asrning 40-yillarida Oltin O„rdada ko„chmanchi o„zbeklarga qo„shni 
bo„lgan Mug„ilistonda va Temuriylar davlatida feodal kurash nihoyatda kuchayib 
ketdi. Bu hol Abulxayrxon va ko„chmanchi o„zbeklarga Sirdaryoning o„rta 
oqimida joylashgan viloyatlarga bosib olish uchun yo„l ochib berdi. 
Bundan tashqari 1446 yili Abulxayrxon o„zining eng kuchli raqiblaridan biri 
Mustafoxon ustidan g„alaba qozondi. Bu ham Abulxayrxonga xarbiy yurishlarini 
boshlab yuborish imkoniyatini berdi. Abulxayrxon bu qulay fursatdan foydalanib, 
1446-yili Sirdaryoning o„rta oqimida joylashgan Sig„noq, Oqqo„rg„on, Arquq 
O„zgand va So„zoq shaharlarini o„ziga buysundirdi. Ko„chmanchi o„zbeklar 
Sirdaryo bo„yidagi yerlarni ishg„ol qilib, Temuriylar davlatining yon qo„shnisi 
bo„lib qoldilar va Movarounnahrning qishloq hamda shaharlarini tez-tez talon-taroj 
qilib turdilar. Bundan tashqari ular Temuriylarni toju-taxt uchun olib borgan o„zaro 
kurashlarida ham ishtirok eta boshladilar. Hokimiyat uchun kurashgan 
Temuriylardan goh unisini, goh bunisini qo„llab-quvvatladilar.
XV asrning 30-50 yillarida Abulxayrxon o„zbek ko„chmanchi feodallari va 
ayniqsa, Chingizi Sultonlarning separastik harakatlariga qarshi kurash olib 


13 
borishga majbur bo„ldi. U ayrim feodallarning xon hokimiyatiga qarshi 
chiqqanlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Abulg„ozixonning yozishicha, xon 
xokimiyatiga qarshi chiqqanlarning birontasi ham Abulxayrxonning qaxr-
g„azabilan qochib qutulolmagan. Lekin, baribir Abulxarxon ayrim sultonlarining 
qarshiligini sindira olmagan. Baroqxonning o„g„illari Gerayixon bilan Jonibek 
Sulton Xoji Muhammadxonning o„g„li Iboqxon, Yodgor Sultonning o„g„li Burka 
Sulton ishlar jumlasidandir. 
Keyingi yillarda yuz bergan veqealarga qaraganda XV asrning 70-
yillarida Iboqxon Edigey avlodidan bo„lgan Mang„it amirlaridan Muso Mirzo va 
Yomg„irchi bilan birikkan. O„sha yillarida Mang„itlar Iboqxonning tobeligiga 
o„tgan bo„lsalar kerak. Keyinchalik uni Qozon xoni deb ataganlar va Muxammad 
degan kishi tomonidan o„ldirilgan deb aytiladi. Iboqxonning qachon va qaysi yo„l 
bilan Qozonni olganligi haqida hech qanday ma‟lumot yo„q. Ma‟lumki, 1481-yil 
yanvar oyining boshlarida Iboqxon yuqorida nomlari zikr qilingan Mang„it amirlari 
bilan birga Janubiy Ruso yerlarini talab qaytib kelayotgan Oltin O„rda xoni 
Axmadxonni Donesning Don daryosi bilan qo„shilgan joyida poylab turgan va uni 
shu yerda o„ldirgan. Shuning uchun ham Iboqxon Qozonni 70-yillar oxirida 
yoki 80-yillar boshida qo„lga kiritgan bo„lishi kerak, deb aytishi mumkin. Bundan 
ko„rinib turibdiki, Iboqxon juda katta hudud ustidan hukmronlik qilgan yirik 
Shayboniyxonlardan biri bo„lgan. 
Burko Sulton bo„lsa, XV asrning 30-yillarida Dashti Qipchoqda bo„lgan 
voqealarga qaraganda Sirdaryoning Quyi oqimidagi yerlarda hukmronlik qilgan. 
Ma‟sud ibn Usmon Qo„qistoniyning yozishicha Burka Sulton Abulxayrxonga tobe 
bo„lgan. Aslida esa u Abulxayrxon bilan dushmanlik maqomida bo„lgan 
sultonlardan biri edi. Masalan: u Abulxayrxon olib borgan urushlarning 
birontasida ham ishtirok etmagan. Abulxayrxon atrofida bo„lgan amirlarning to„liq 
ro„yxati keltirilgan “Tarixi Abulxayrxon” kitobida Burko Sulton tilga olinmagan. 
Faqat kitobning bir yerida ya‟ni Ulug„bekning nabirasi Muhammad Juqiyning 
1460-1461-yillarda Samarqand taxti uchun Sulton Abu Saidga qarshi kurashmoq 
uchun Abulxayrxonga yordam so„rab, murojaat qilganligi xon uning ixtiyoriga 


14 
Burka Sulton va Peshkada o„g„lon boshchiligida qo„shin berganligi aytilgan. 
Fikrimizcha, Burka Sulton Muhammad Juqiyning iltimosiga ko„ra, o„zi ixtiyori 
yordamga kelgan bo„lishi kerak. 
Separatist feodallarning Abulxayrxon xukumatiga qarshi yana bir 
ko„chmanchi o„zbek xonlaridan Mustafoxon edi. Mustafoxon 1428-yilda 
Abulxayrxon bilan birikkan edi. Lekin To„ra shahri olinganidan keyin u yana 
xondan ajralib ketdi. 
Ko„chmanchi o„zbeklar davlatida boshlangan feodal va toju-taxt uchun 
kurash bu - davlatni oxir oqibatida inqirozga uchratgan asosiy saboqlardan biri
bo„ldi. Abulxayrxon davlatini inqirozga olib kelgan asosiy sabablardan yana biri - 
Ko„chmanchi o„zbeklar bilan Qalmoqlar o„rtasida 1457-yili Sig„noq yaqinida 
bo„lgan qirg„in-barot urush bo„ldi. 
Qalmoqlar 1457-yilning bahorida o„z Temur Tayshi boshchiligida Sirdaryo 
bo„ylarida paydo bo„ldilar. Shu yili Sig„noqda ko„p ham olisda bo„lmagan Ko„k 
koshona yonidagi Nurto„qay degan joyda ko„chmanchi o„zbeklar mag„lubiyatga 
uchradilar. Qonli urushda ko„chmanchi o„zbeklarning Baxtiyor Sulton, Sulton 
Ahmad singari mard lashkarboshilari halok bo„ldilar. Abulxayrxon qolgang„qutgan 
askarlari bilan chekinishga va Sig„noqning mustahkam devorlari orqasiga
bekinishga majbur bo„ldilar. Qalmoqlar bo„lsa Yassi, Toshkent, Shoxruxiyani 
talon-taroj qilib Chu vodiysiga qaytib ketganlar. Muallifi ma‟lum bo„lmagan
“Tavorixi guzida; nusratnoma” degan asarida O„z Temur Tayshi Abulxayrxonning 
nabirasi Muxammad Shayboniyxonning inisi uch yoshli Maxmud Sultonni o„zi 
bilan birga omonat tariqasida olib ketganligi va shaxzoda Qalmoqlar orasida yetti 
yil yurib qaytganligi haqida hikoya qilinadi. 
Abulxayrxon vafot etganidan keyin ko„p o„tmay ko„chmanchi o„zbeklar 
davlati siyosiy inqirozga yuz tutdi. Abulxayrxondan keyin uning o„g„li Shayx 
Xaydarxon xon qilib ko„tarildi. Bu paytda Abulxayrxonning barcha dushmanlari 
birlashib Shayx Xaydarxonga qarshi kurash boshlaydilar. XVI asrning mashhur 
shoir va tarixchilaridan Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shayx Xaydarxonning 
hukmronligi uzoqqa bormagan, u taxtga o„tirgan birinchi kunlardanoq, ko„pgina 


15 
qabila va urug„larning boshliqlari unga bo„ysunmay qo„ygan. “Tovarix guzida, 
nusratnoma”da ham xuddi shunday deyilgan. Binoiy Shayx Xaydarxonning 
feodallarning separatestik harakatlariga qarshi kurashishini batafsil talqin qiladi. 
Uning so„zlariga qaraganda, Iboqxon, Burka Sulton, Jonibekxon, Mang„it 
atirlaridan Yomg„irchi va Muso Mirzo qo„shilib Shayx Xaydarxonga qarshi urush 
ochgan. Lekin dastlab uni yenga olmagan. Keyin ular Oltin O„rda xoni Ahmadxon 
bilan ittifoq tuzib oxir oqibatda Shayx Xaydarxon ustidan g„alaba qozonganlar. 
Shayx Xaydarxonning urushda xalok bo„lishidan keyin Iboqxon va uning 
ittifoqchilari qarindosh urug„lari va tarafdorlarini qirg„in qilganlar. Bundan faqat 
Muhammad Shayboniyxon uning inisi – Muhammad Sulton, Abulxayrxonning 
o„g„li Suyunchixojaxon, Ko„chkinchixon va yuqorida nomi zikr etilgan Baxtiyor 
Sultonning o„g„illari Mahdiy Sulton va boshqa bir necha qarindosh urug„lari beklar 
hamda mulozimlar qochib qutilganlar.
1

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə