O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi


§3.10.DUKAKDOSH SABZAVOTCHILIK EKINLARINI YETISHTIRISH VA PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
§3.10.DUKAKDOSH SABZAVOTCHILIK EKINLARINI YETISHTIRISH VA PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI
Dukkakdoshlar, dukkaklilar (G’a-bacoae, Leguminosae) - ikki pallali o’simliklapining bir oilasi. Yer yuzining hamma viloyatlarida keng tarqalgan. Ba’zilar dukakdoshlarni uch oila mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesaipiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae)ra ajratadi. Dukakdoshlarming barglari ko’pincha ketma-ket, odatda bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon to’pgul, odatda zigomorf (masalan, kapalakgullilar), ayrimlarida aktiniomorf. Mevasi - dukkak dukakdoshlarning 12000 turini birlashtirgan 500 turkumi bor. Dukakdoshlardan oqsilga boy bo’lgan mosh, no’xat, loviya, soya, er yong’oq oziq-ovqat uchun, to’yimli yaylov o’simliklaridan beda, sebarga, esparset em-xashak uchun ko’plab ekiladi. Dukakdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan tragakantalm va balzamli daraxtlar, qimmatbaho yog’och olinadigan daraxtlar bor. Yer yong’oq, sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsopak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar medisimada turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Cho’llarda uchraydigan izboltir, oqmiya achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Dukakdoshlarning ba’zi zaharli turlari (dorris, lomxokarpus) insektisid sifatida ishlatiladi. Ko’p dukakdoshlar (akasiya, gledichiya, tuxumai va b.) manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Dukakdoshlarga mansub ko’p o’simliklarning ildizida atmosfera azotini o’zlashtiradigan azotobakterio yashaydi. Shuning uchun dukakdoshlar azot birikmalari kam bo’lgan tuproqda ham yaxshi o’sadi.

Don-dukkakli ekinlar dukkakdoshlarga mansub o’simliklar. Asosan, doni uchun o’stiriladi. 60 dan ortiq turi bor: no’xat, nut, loviya, mosh, soya, er-yong’oq, xashaki no’xat, xashaki soya, burchoq, yasmiq va boshqalar. Don dukakli ekinlar donida oqsil ko’p, A,B,C,D vitamiilar bor, soya va er yong’oq tarkibida esa yog’ ko’p. Don-dukakli ekinlarning etilgan doni, dumbul dukkagi, chala pishgan ko’k doki iste’mol qilinadi. Pishgan doni qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun em tariqasida, yog’ olish (soya va er yong’oq), kazein va elim (burchoq, soya, yasmiq) tayyorlashda ham ishlatiladi. Poxol va to’poni hayvonlarga beriladi. Don-dukakli ekinlar ildiz tuganagidagi bakteriyalar orqali havodagi sof azotni o’zlashtirib, tuproqni azotga boyitadi. Shu sababli bular o’rniga ekilgan ekinlar mo’l hosil beradi. Don-dukakli ekinlar kuchli sho’rlanmagan va botqoqlashmagan erlardan boshqa hamma tuproqda (fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan o’g’itlanganda) yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. Bu ekinlarni nitrogen bilan o’g’itlash hosilni ko’paytiribgina qolmay, tuproq unumdorligini ham oshiradi.

Loviya. O’rta Osiyoda loviyaning tik o’sadigan (bo’yi 25-50 sm), yarim chirmashuvchi (bo’yn 1,5 m gacha) va chirmashuvchi (bo’yi 2-3 m gacha) navlari mavju dukakdoshlar Dukkagining tuzilishiga qarab shirin, nimshirin va po’sti archiladigan turlari bo’ladi. Tomorqa erlarga ekish uchun loviyaning «Shedraya» (tezpishar - urug’i unib chiqqanidan so’ng 40-45 kunda etiladi), «Triumf sa-xarnыy-764» (o’rtapishar), tuksiz «Saksa-615» (juda tezpishar), «Lim-skaya» yokya «Opsimop» (shurxok erlarda o’sa olishi va juda ham mazali bo’lgani uchun O’rta Osiyoda ekishga ayniqsa qo’l keladi), mayda donli «Sershox-36» va «Armaniston-2» navlari tavsiya etiladi. Loviya urug’lari tuproqning 1 g 10 sm chuqurligidagi temperatura 8-10°C ga etganda unib chiqa boshlaydi. Ekish muddatlari aprelning oxiri va mayning boshlariga to’g’ri keladi. U qator oralari 50-60 sm, o’simlik oralari 15 sm dan qilib 3-5 sm chuqurlikka ekiladi, o’suv davri davomida 4-5 marta sug’oriladi, ikki uch marta kultivasiya, ikki marta chopiq va o’toq qilinadi. Loviya tuguncha tukkanidan 8-10 kun keyin, ya’ni doni asl kattaligining uchdan bir qismiga etganda har 6-8 kunda terib turiladi. U naviga qarab mavsumda 6-8 marta teriladi. Doni uchun ekilgan loviyalar dumbullik davrida, donning kattaligi deyarli normal darajaga etganda yig’ib olinadi. Buni dukkagining bo’rtishiga qarab aniqlash mumkin.

Mosh oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Rangi turlicha: tim yashil, och yashil, 04 jigar rang va qo’ng’ir bo’lishi mumkin. Tim yashil rangdagisi, eng yaxshi mosh, hisoblanib, bir qaynaganda pishadi, mazali va o’ziga xos xushbo’y hidga ham ega bo’ladi. Bir yildan ko’proq vaqt saqlangan mosh qattiq bo’lib qoladi, pishishi qiyin bo’lib, rangi qo’ng’ir, mazasi esa yaxshi bo’lmaydi; bunday mosh «g’o’dra deb yuritiladi. Shuning uchun moshni yangiligida ishlatish va uzoq saqlamaslik zarur Moshli taomlar; moshova, moshxo’rda, moshugra, moshqovoq, moshkichiri, moshpalov, mosh manti va boshqalar ko’proq yoz oylarida peshingi ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Qishda va kechqurun iste’mol etilgan moshli taomlar yaxshi hazm bo’lmaydi hamda jig’ildon qaynashiga sabab bo’ladi. Moshning tarkibida kraxmal ancha ko’p (45% dan 50% ga-cha), oqsilga boyligi (25% dan to 30% gacha) bilan go’shtdan sira qolishmaydi, g’oyat to’q tutadi. Moshda yana 2-4% moy, har turli ma’dan moddalari, vitaminlar, ayniqsa gruppasidagi (VV, RR) vitaminlar ko’p.

No’xat O’rta Osiyo, Qozog’iston, Ukrainaning janubi, Shimoliy Kavkazda ekiladi. Doni tarkibida 30% gacha oqsil, 5-87 moy, 60% dan ortiq azotsiz ekstraktiv moddalar bor. Savdoga po’sti olinmagan butun donli oziq-ovqatga ishlatiladigan no’xat va po’sti olinib (oqlangan) silliqlangan no’xat chiqariladi. Po’sti olingan no’xat butunligicha silliqlangan yorib silliqlangan turlarga bo’lindi. No’xat turli suyuq va quyuq ovqatlarga ishlatiladi, Masalan, no’xat xo’rak no’xatsho’rak va boshqalar.

Soya, so’ya (Glycine)-dukkakdoshlar (dukkaklilar oilasi)ga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar avlodi. Unlab turi (ba’zi malumotlarga ko’ra o’n turi) ma’lum Madaniy turi ko’p ekiladi. Poyasi tik 1-2 m, sershoh barglari patsimon, uchtalik gullari mayda, oq, binafsha rang, qizil, to’pgulga yig’ilgan. Mevasi dukkak to’g’ri yoki o’roqsimon. Urug’i yumaloq, cho’zinchoq, sariq, ko’k 1000 donasi 60-425 g. Tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yog’, 20-32% uglevodlar, 1-2% lisitin, D, B, E va b. vitaminlar bor. Urug’i yog’, oqsil va lisitin olish uchun foydalaniladi. Oqsilga boy ozuqa. Doni, pishib etilmagan dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya suya unidan sut, tvorog, konditer mahsulotlari tayyorlashda, yog’idan margarin, kombijir ishlab chiqarishda foydalaniladi. Doni turli sanoat mahsulotlari (plastmassa, elim, lak bo’yoq sovun va b.) uchun xom ashyo. Soya suya issiqsevar va namsevar. O’suv davri 75-200 kun. Urug’i 8-10° da unib chiqadi Soya suya aprelda, keng qatorlab (qator oralarini 60 sm qilib), sabzavot seyalkasida ekiladi. Gektariga 35-140 kg urug’ sarflanadi. Barglari to’kilib, dukkaklari qorayganda (doni pishganda) don kombayni yoki o’roq mashinasida yig’ib olinadi. Vatani Xitoy, shuningdek AQSH, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Vetnam, Indoneziyada, Uzoq Sharq, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va qisman O’zbekistondi ekiladi.


§3.11. DONLI EKINLARNI YETISHTIRISH VA PARVARISH QILISH AGROTEXNIKASI.
Don g’alla ekinlari mevasi va don-dukkakli o’simliklar urug’idir. Don mahsulotlari odamning asosiy ovqatlaridan biri, un, krupa, pivo, kraxmal-patoka, spirt, aralash yem-xashak tayyorlash uchun xom ashyo hamda qishloq xo’jalik hayvonlarning kuchli ozig’i. Davlat oziq-ovqat mahsulotlari jamg’armasining asosiy qismi va chetga chiqariladigan tovar hisoblanadi.

G’alladoshlar, boshoq gullilar (Roa-seaye yoki Qramineae)-bir pallali o’simliklar oilasi. Bir yillik ikki yillik yoki ko’p yillik o’tsimon, ba’zam butasimon yoki daraxtsimon shakllari bor. Poyasi silindriq tik yoki yonboshlab ko’tarilib o’sadi, bo’g’imlarga bo’lingan ichi g’ovak shuning uchun u poxol yoki somon deb ham ataladi. Bo’yi 1 sm dan bir nechta o’n m gacha; ba’zilarining poyasi yog’ochlanib baland bo’lib o’sadi (masalan, bambukning 40 m, diametri 30 sm gacha). Barglari oddiy, lentasimon, ipsimon, qalami bandsiz, navbatlashib joylashgan, qinli. Poyaning bir qismi shu barg qini ichida joylashadi. Gullari ikki jinsli, ba’zan bir jinsli, mayda, ko’rimsiz oddiy to’pgullarga (boshoqchalarga) yig’ilgan, bular esa murakkab to’pgullar shingil, ro’vak va boshqalar, hosil qiladi. Boshoqchalari bitta yoki bir nechta, ba’zan ko’p gulli. Mevasi don, ba’zan danaksimon, yong’oqsimon yoki rezavor. Urug’ining ko’p qismi kraxmalli eidospermdan iborat. G’allaning ko’pchiligi uzun ildizpoyali va popuk ildizli. G’allaning 600 turkumi, 10000 turi ma’lum. O’zbekistonda 91 turkumi (270 turi) o’sadi.

Unib chiqishi Yerga ekilgan sog’lom urug’lar qulay sharoitda bo’rtadi, unadi va yer betiga ko’karib chiqadi. Urug’ning unib chiqishi uchun kislorod, harorat va namlik kerak. Don ekinlari donining bo’rtishi va unishi uchun har xil miqdorda suv kerak bo’ladi. Masalan, bug’doy va javdar (quruq donining vazniga nisbatan) 56% ga yaqin, arpa, suli, makkajo’xori, tariq va oqjo’xori - 25% miqdorda suv iste’mol qiladi. Urug’ning bo’rtish tezligi muhit haroratiga, donning yirik maydaligiga, konsistensiyasiga, po’sti bor yo’qligiga va tuproq hamda boshqa omillarga bog’liq. Tuproqqa tashlangan urug’ning bo’rtishi uchun urug’da ma’lum fiziologik o’zgarishlar boradi, lekin unish, rivojlanish omillariga bog’liq.

Suv urug’ning bo’rtishi va fermeitlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Urug’ning mo’rtagi endospermaga karaganda suvni tez shimadi, natijada u unib chiqayotganda qobig’i yoriladi va birlamchi ildiz hamda boshlang’ich poyalar chiqadi. Ferment (diastaza, proteaza, lipaza va boshqa)lar suvda erimaydigan zapas oziq moddalarni eriydigan oddiy birikmalarga aylantiradi. Chunonchi, kraxmal qandga, oqsil aminokislotaga, yog’ gliserin va yog’ kislotasiga parchalanadi. Bu birikmalarning hammasi birlamchi ildiz qalqonchasi orqali mo’rtakka keladi. Don ekinlari turli haroratda unib chiqadi. Bug’doy, javdar, arpa, suli donining unishi uchun harorat 1 -2°, maysalashi uchun kamida 4-5°C bo’lishi kerak, tariq, makkajo’xori, jo’xori uchun 15° dan 18°C gacha va sholi uchun 18° dan 22°C gacha bo’lishi kerak Haroratning bundan yuqori ko’tarilishi maysalar chiqishini kechiktirib, harorat 30-32° ga yetganda I guruhdon ekinlari, 36- 40° ga yetganda II guruhdon ekinlari urug’i butunlay unishdan to’xtaydi. Demak urug’ning unib chiqishi uchun barcha omillarningtengligini yoddan chiqarmaslik zarur.

Urug’ mo’rtagining nafas olishi uchun kislorod ham kerak, u yetishmasa, urug’ kech unib chiqadi. Shuning uchun urug’ni haddan tashqari chuqur ekish va yer betining qatqaloklanishi zararli. Urug’ tirik organizm, hatto saqlanayotgan paytda ham nafas oladi, una boshlaganda hayotiy jarayonlar tezlashadi, shuning uchun ham yengil, g’ovak strukturali tuproqlarda urug’lar tez unib chiqadi. Urug’ unayotganda dastlab birlamchi yoki mo’rtak ildizlari, keyin poyachalari o’sa boshlaydi. Makkajo’xori, oqjo’xori, tariq, sholi bitta; bug’doy, arpa, suli, javdar, esa 3 dan 8 tagacha mo’rtak ildiz chiqarib ko’karadi. Urug’ning yer yuziga chiqishi zarur sharoitlar paydo bo’lganda dastlabki shakllangan poyachadonning qobig’ini yorib, yer yuziga chiqishga harakat qiladi. U birinchi yaltiroq barg, barg novi bilan o’ralagan bo’lib, bu nov g’ilof yoki koleoptile deb ataladi. Rangi yashil, taloqrang, yoki bi-nafsha tusda bo’lib, poyacha va birinchi yashil bargni mexaniq shikastlanishdan himoya qiladi. Poyacha yer betiga chiqishi bilan o’sishdan to’xtaydi, koleoptile esa navbatdagi bargni chi-qarib yoriladi, bu barg yer betiga chiqqach, yashil rangga kiradi. Ana shu yashil barglar maisa chiqqanligini anglatadi. Haqiqiy don ekinlarining maysasi odatda 6-10 kunda chiqadi. Maysalar chiqqandan bir hafta keyin o’simlikda navbatdagi - ik-kinchi barg’ shakllanadi. Uchinchi va to’rtinchi barglar ham xuddi shuncha vaqtda paydo bo’ladi. Bug’doyning maysalari ko’pincha yashil, javdarniki binafsha va jigarrang, suliniki och yashil, arpaniqi zangori ko’kimtir, makkajo’xori va jo’xoriniki yashil rangda bo’ladi Tuplanish fazasi don ekinlarining hammasida har xil biologik omillarni talab qiladi va o’simlikdagi botaniq o’zgarishlar ham turlicha bo’lib, hatto bu faza har xil muddatda davom etadi (51-rasm).

O’simlik 2-3 ta barg chiqargandan keyin asosiy poyasining o’sishi sekinlashadi. Poyasiningerosti qismida bir-biriga yaqin bir necha bo’g’im paydo bo’ladn, bular tuplanish bo’g’imi deyiladi. Tuplanish bo’g’imidan yon novdalar, shu bilan bir vaqtda ikkinchi tartib ildizlar chiqadi, ular o’simlikda popuk ildiz hosil qiladi. Tuplanish bo’g’imida o’simlikning bo’lajak qismlari joylashgan bo’lib, unda oziqmoddalar to’planadi. Tuproqda nam qancha ko’p, yer unumdor bo’lsa, tuplanish shuncha kuchli bo’ladi. Urug’ qalin ekilgan bo’lsa, yorug’lik va oziq moddalar yetishmasa, tuplanish kuchi pasayadi va, aksincha. Don ekinlarining o’sish sharoiti qancha qulay bo’lsa, ular shuncha yaxshi to’planadi. Umumiy tuplanishdan tashkari, unumli tuplanish ham bo’ladi. Unumli yoki maxsuldor tuplanish poyada boshoq hosil qilganlarigaaytiladi. Masalan, bir tup bug’doy 8 ta poya hosil qilgan bo’lsa shundan 6 ta poyada boshoq bor, 2 tasi boshoqcha hosil qilmagan yoki boshog’i kichkina puch bo’lib qolgan bo’ladi. Boshoqni olib qarasangiz unda don yo’q. Demaq 6 ta boshokda don hosil qilgan, 2 tasi donsiz puch, ozuqa moddalar yetishmaslikdan yoki kech paydo bo’lganidan boshokda don hosil bo’lmadi. Mah-suldor poyalar soni nav hamda tuproq sharoitiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doyda tuplanish soni muvofiq sharoitda 3-6 ta, siyrak ekilganda 8-12 ta, kuzgi arpada muvofiq sharoitda 8-12 ta, siyrak ekilganda 16- 20 ta bo’ladi. Odatda bahorgi bug’doy va arpa kam to’planadi. Kuzgilari odatda ko’p to’planadi.

Don ekinlarining mahsuldor tuplanishi poyalarning tez va qiyg’os chiqishiga bog’liq. Har xil poyalar turli rivojlanish fazalarida to’planadi. Masalan, javdar bilan sulida ular 3-4 ta barg chiqarganda, arpa, kuzgi va bahori bug’doyda 3 ta barg chiqarganda, tariqda 5-6 ta, makkajo’xorida 6-7 ta va oqjo’xorida 7-8 ta barg chiqarganda hosil bo’ladi.

Bug’doy, arpa va javdarda boshoq tortish yoki boshoqlash: suli, makkajo’xori, jo’xori, sholi va tariqda to’vaklash fazalari deyiladi. Agarda boshoqlash yoki ro’vak hosil bo’lish fazalari birdaniga boshlansa hosilning pishishi ham birdaniga bo’ladi. Shuning uchun don ekinlari maydonining oziq moddalari bilan bir tekis ta’minlanishiga erishish lozimakkajo’xori Boshoqlash fazasi birinchi bo’lib asosiy poyalarda kuzatiladi, keyin yon poyalarda hosil bo’ladi. Bu fazada ozuqa va namlik bilan o’simlik ta’minlangan bo’lmasa poyalardagi boshoq yoki ro’vaklarning ko’p gullari steril holga (changlanmay) tushib qoladi.

Don ekinlaridan birgina arpada gullash sezilmasdan o’tadi, chunki arpa boshog’i barg qinidan chiqmasdan burun changlangan bo’ladi. Arpa qat’iy tarzda o’z-o’zidan changlanadi. Bug’doy o’simligi boshoqlari hosil bo’lgandan 2-3 kundan, javdar 8- 10 kundan so’ng gullaydi. Changlanish xususiyatiga qarab ular o’zidan va chetdan changlanuvchiga bo’linadi, bug’doy, arpa, suli, tariq va sholi o’zidan changlanuvchi, makkajo’xori, jo’xori va javdar chetdan changlanuvchi hisoblanadi. O’zidan changlanuvchi don ekinlarining changdoni odatda hali gul ochilmasdan yetilib yoriladi. Shuning uchun ham ular o’zidan changlanadi. Ba’zan havo issiq va quruq kelganda bug’doy va arpa gul qobig’i ochiqligida gullashi mumkin. Bunda changchi tashqariga chiqib yoriladi. Bunday holda o’simlik chetdan chan­glanadi. Chetdan changlanuvchi don ekinlarida changchi gul ochilgandan keyin yetilib yoriladi. Uning yengil changi to’qilib, shamol yordamida tarqaladi va boshqa gullarning tumshuqchasiga tushib, ularni urug’lantiradi. Ayrim don ekinlarida bu holat bir oz boshqacharoq bo’ladi, ya’ni ular ro’vagininguchki qismidan boshlab gullaydi. To’pgulda birinchi hosil bo’lgan donlar yirik va urug’lik xossalari unuvchanligi, o’sish kuchi yuqori bo’ladi

Urug’ning hosil bo’lishi deb, urug’ko’rtakning urug’langanidan o’sish nuqtasi hosil bo’lgo’ngacha bo’lgan davrga aytiladi. Urug’ kichkinagina o’simta hosil qiladi bu 7-9 kun davom etib 1000 dona urug’ vazni 1 g ga yetadi.

Urug’larning shakllaniish deb, urug’ qobig’i oqrangdan yashil tusga o’tadi va uning namlik miqdori 65-80% bo’lib, 1000 dona urug’ning vazni 8-12 gbo’ladi. Shakllanish davri urug’da 5-8 kun davom etadi.

Urug’ning to’lishishi 20-25 kun davom etadi, urug’da kraxmal hosil bo’lishidan uning yetilishi tugaguncha bo’ladigan davr hisoblanadi. To’lishish davrini G.S. Posipanov 4 fazaga bo’ladi.

Urug’ning suvsimon holati - 6 kun davom etadi.

Sutga aylanish holati - urug’da 10% quruq modda hosil bo’lib 6-7 kun davom etadi.

Sut holati - urug’da sutga o’xshash suyuklik hosil bo’lib, quruq modda miqdori 50% ga yetadi va 7-15 kun davom etadi.

Hamirlanish holati bu vaqtda urug’ hamirdek holatda bo’lib, quruq modda miqdori 85-80% ga yetadi. 4-5 kun davom etadi.

Pishish ham G.S.Posipanov bo’yicha 2 davrga bo’linadi. Pishish davrida donga oziq moddalarning kelishi mo’tlaq to’xtaydi. Donning namligi 18-14 ba’zan 8% gacha tushadi. Don ekinlari bug’doy, arpa pishganda urug’ namligi 8-10% ni tashkil qiladi. Don ekin, texnik va xo’jalik maqsadlarida foydalanish uchun pishib yetila­di, ammo rivojlanish jarayoni hali tugagan emas.

Pishish davri 2 fazaga bo’linadi:

1.Mum pishish bu fazada endosperm mumsimon, bo’lib urug’ sariq rangga kiradi. Namlik 30% gacha kamayadi, 3-6 kun davom etadi. Mum pishish davrida don ekinlarini o’rishga kirishish mumkin. Mum pishish davrida donga eng ko’p oziq moddalar to’planadi.

2. Qattiq pishish - endosperm qattiq, urug’ni yorib yoki sindirib ko’rilganda unsimon yoki shishasimon yaltiroq ko’rinishda bo’ladi, qobig’i qattiq, urug’ rangi o’z asliga kirgan, namlik miqdori kamaygan. 8-12% bo’ladi. Bu fazada urug’da muhim bioqimyoviy jarayonlar boradi va urug’ to’liq yetilib yana urug’ holiga keladi. Demak yetilgan urug’ni ekish va undirib olish mumkin. O’zbekistonda yetil­gan urug’larni tezlik bilan yig’ishtirib olish tavsiya etiladi. Boshokli ekinlarning doni boshoq qobig’ida bo’sh yoki yengil joylashgan shuning uchun tez to’qilib ketadi va nobudgarchilik ko’p bo’ladi.

Bug’doy - Umumiy ta’rifi. Bug’doy insoniyat uchun eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi va er shari aholisining asosiy qismi (70%) bug’doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qiladi. Tarkibida 14% dan yuqori oqsil, kleykovina soni 28 dan yuqori bo’lgan, a’lo sifatli non berish qobiliyatiga ega (hamirining ko’tarilishi, ko’pchishi va g’ovakligi), lozim bo’lsa kuchsiz bug’doy uniga qo’shilib uning sifatini yaxshilaydigan bug’doylarga kuchli bug’doylar deyiladi.

O’rta bug’doylarga tarkibida oqsil miqdori 11,0-13,9%, kleykovina 25-27% bo’lgan bug’doylar kiradi. Ularning non pishish darajasi past bo’lib ikkinchi nav hisoblanadi, xamiri yaxshi ko’tarilmaydi.

Kuchsiz bug’doylar deb, tarkibida oqsil miqdori 11% dan, kleykovinasi 25% dan kam bo’lgan uchinchi nav bug’doylarga aytiladi. Kuchsiz bug’doydan olingan unlardan ta’mi past, hamiri yaxshi ko’tarilmagan non va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.

Qimmatli bug’doylar deb, texnologiya jarayonlari va donining kimyoviy tarkibi jihatidan kuchli bug’doylarga yaqin navlarga aytiladi. Ammo bu bug’doylardan unni yaxshilovchi sifatida foydalanib bo’lmaydi. Bug’doyning (triticum) 22 turi mavjud bo’lib, shundan bizda ham, chet mamlakatlarda ham asosan ikki turi: yumshoq va qattiq bug’doy keng tarqalgan. Qattiq bug’doy ham yumshoq bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Doni yirik oqrangda, yaltiroq, tarkibida oqsil miqdori 18-20% gacha bo’lishi mumkin. Qattiq bug’doy doni kuchli bug’doylar turiga kiradi. Undan bolalar ovqati, makaron, pechene tayyorlashda va boshqa unlarni yaxshilovchi sifatida foydalaniladi. Qattiq bug’doy asosan bahorgi qiltiqli, boshoqchalari boshoqda zich joylashgan bo’ladi. Ishlab chiqarishda ekiladigan yana bir tur bug’doy Turgidum bug’doyi, ayrim belgilari bo’yicha qattiq bug’doyga yaqin turadi.

Navlari. O’zbekiston mustaqil bo’lguncha asosan lalmi sharoitda bug’doy etishtirildi, asosiy ekin maydonlari paxta bilan band edi. Mustaqillikdan so’ng (o’z-o’zini g’alla bilan ta’minlash masalasi ko’tarilgandan so’ng) barcha maydonlarga ekiladigan urug’larni etkazib berishning imkoni bo’lmay qoldi. Sug’oriladigan maydonlarga ekiladigan bug’doy navlari juda kam edi. Shuninguchun iqlimi nisbatan bizga o’xshagan chet mamlakatlardan navlar keltirildi va qisqa vaqt ichida iqlimlashtirildi. Quyida o’zimizda yaratilgan va keltirilgan navlarning tavsifi keltirilgan.

Qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan, respublikaning sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida 1983 yildan ekishga tavsiya etilgan. Eritroleukon turiga mansub. Biologik bahorgi. Boshog’i silindrsimon shaklda (yuz qismi yon qismiga nisbatan kengroq), yirik zich emas. Boshoq qipig’i lansetsimon, o’rtacha kattalikda, aniq tomirlangan. Tishchasi o’rtacha uzunlikda, o’tkir, qiltiqli elkasi tor, o’tkir. Choki juda aniq. Qiltig’i o’rtacha uzunlikda, qattiq, tarqoq. Doni yirik bochkasimon, sayoz ariqchali, donining asosi to’qli. 100 ta donining vazni o’rtacha 40,5 g.

Ertapishar, o’suv davri o’rtacha 204-220 kun, respublikaning janubida 165 kunda pishadi. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qurg’oqchilikka chidamliligi yaxshi, 5 ball atrofida. Donining o’rtacha hosildorligi (1994-1999 sinov yillarida) respublikaning sug’oriladigan NSSh larida -46,8- 55,5 s/ga atrofida bo’ldi.

Qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada zararlanadi, sariq zang bilan 10% gacha zararlanadi.

Marvarid - O’zbekistan donchilik ITI («Don» IIChB) ning seleksion navi. Geografik joylashuvi jihatdan farqlanuvchi navlarni chatishtirib olingan Altin-bug’doy x Yubileynaya x Melyanopus 2 duragay kombinasiyasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. Qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan, Qashqadaryo viloyatining lalmikor erlarida kuzgi ekish muddatida 1998 yildan ekishga tavsiya etilgan.

Duvarak (biologik bahorgi). Melyanopus turiga mansub. Boshog’i silindrsimon, oq o’rtacha uzunlikda, zich, tukli. Boshoq qipig’i ellipssimon shaklda, kam tomirlangan, boshoq qipig’i tishchasi o’tkir. Qiltig’i uzun, dag’al, kuchsiz yoyilgan, qora. Doni yirik oval-silindrsimon, oq qahrabo tusli, shishasimon, ariqchasi o’rtacha. 1000 ta donining vazni o’rtacha .(7,5 g sinov yillari (1994-1998) donining o’rtacha xosildorligi Kamashi, G’allaorol NSSh larida 22,8 va 14,3 s/ga atrofida bo’lgan. O’rta ertapishar. O’suv davri o’rtacha 160-180 ko’p. Yotib qolishga, to’qilishga, qurg’oqchilikka bardoshli, qishga chidamliligi 5 ball atrofida. Qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada 10% gacha zararlanadi. Navning texnologik qobiliyati va makaron sifati yaxshi.

Ofeliya-xo’jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan, respublikaning sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida ekishga 1999 yildan tavsiya etilgan. Lyutessens turiga mansub. Biologik kuzgi. Boshog’i o’rtacha uzunlikda va zichlikda. Boshoq qipig’i lansetsimon, 7-8 mm uzunlikda. Boshoq qipig’i tishchalari qisqa, to’mtoq. Yelkasi to’g’ri, o’rtacha kattalikda. Choki juda aniq. Doni o’rtacha kattalikda, qizil rangli. 1000 ta donining vazni 36,9 g. Navi pakana bo’yli. Yotib qolishga bardoshligi 5 ball, to’kilishga bardoshligi o’rtacha 4,2 ball. Qishga chidamliligi 5 ball atrofida. O’suv davri o’rtacha 215 kun, respublikaning shimolida 265 kunda pishadi, janubida - 180 kun. Navoiy viloyati sharoitida (Navbahor NSSh) -140 kunda pishgan. Donining o’rtacha xosildorligi respublika NSSh larida gektaridan 20,5 s dan 46,1 s atrofida. Ushbu nav bo’yicha yaxshi hosil Andijon viloyati (Oltinko’l NSSh) da - 57,0 s, eng yuqori xosil O’rganch NSSh da - 66,3 s ni tashkil qildi. 1999 yili sariq rang kasali bo’yicha kuchli zararlanish Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 100% gacha, qolgan viloyatlarda har xil: 14% dan 35% gacha. Ma’lumotlarga ko’ra, nav texnologik va non yopish sifati bo’yicha kuchli bug’doylar guruhiga kiradi.

Kuzgi bug’doy. Bug’doyning 22 turi bor. Bizning yurtimizda boshqa mamlakatlarda ham bug’doyning ikki: yumshoq va qattiq turi ko’p ekiladi. Yumshoq, yoki oddiy bug’doy (Triticum aestivum L), qattiq bug’doy (Triticum gurum L), xalq xo’jalik ishlab chiqarishga yana turgidum bug’doyidan ham foydalaniladi, boshqa bug’doy turlaridan yangi navlar yaratishda hamda seleksion ishlarda foydalaniladi (52-rasm).

Kuzgi bug’doy navlari tuproq iqlim sharoitiga qarab biologik xususiyatlarida albatta o’zgarishlar bo’ladi. Urug’lari 1-2°C haroratda una boshlaydi, ammo maysalarning qiyg’os unib chiqishi uchun harorat yuqori 10-12°C bo’lishi kerak past haroratda maysalarning unib chiqishi cho’ziladi, urug’lar chirib ketishi mumkin. 10-12°Cda maysalar 10-12 kunda, 14-16°C da esa. 7-9 kunda unib chiqadi. Ekilgandan unib chiqqunga qadar foydali harorat yig’indisi 120- 140°C bo’lishi kerak. Unib chiqqaniga 12-16 kun o’tgan, havo harorati etarli bo’lsa to’plash fazasi boshlanadi va bug’doyda bu faza 40-45 kun davom etadi. Kuzda havo harorati past yoki tuproqda namlik etishmasa albatta yaxshi to’plamaydi, bahorga borib nam bo’lishi va harorat ko’tarilgandan so’ng yana to’play boshlaydi. To’plash soni o’simlikning siyrak yoki qalin ekilganiga ham bog’liq siyrak ekilsa tup soni 6-7 donaga etadi. Bahorda azotli o’g’itlar bilan oziqlantirshi tup sonining oshishiga olib keladi. Qulay sharoitlarda 15-20 tagacha tup hosil qiladi. Qish kelishi oldidan xar bir maysa fiziologik jihatdan qattiq sovuqlarga tayyorgarlik ko’radi. Hujayra shirasida suvlar kamayib uglevod yoki oligosaxaridlar hosil bo’ladi. Ma’lumki, qattiq sovuqlarda xo’jayra shirasida suv bo’lsa muzlab qoladi. Qish payti kuzgi bug’doy uchun deyarli xavfli emas, hozirgi navlar sovuqqa juda chidamli ular to’shlash bo’g’inida 18-20°C sovuqqa ham bardosh beradi. Bahor ancha xavfli hisoblanadi. Ob-havoning bir isib, bir sovushi masalan kunduzlari 8-10°C issiq va kechalarp 8- 10°C sovuq bo’ladi. Mana shunday haroratning keskin almashinuvi albatta hujayralarni harakatga keltiradi va oqibatda ularning muzlashiga va sovuqdan nobud bo’lishiga olib keladi.

Arpa xo’jalik ahamiyatiga ko’ra don ekinlari ichida bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Arpa eng muhim don ekinlaridan biri. U em-xashak va oziq-ovqatga ishlatiladi. Arpa doni hamma qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun to’yimli em sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, hayvonlarni bo’rdoqiga boqishda uning ahamiyati benihoyat katta. Somoni ham chorva mollari uchun yaxshi pichan hisoblanadi.

Gulnoz - O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksion navlari K-22734, K-21475 ni chatishtirib, olingan durgaydan, yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yildan boshlab Andijon, Jizzax Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Farg’ona viloyatlarining sug’oriladigan erlarida pivo ishlab chiqarish maqsadida Davlat reestriga kiritilgan.

Duvarak (biologik bahorgi). Nukus turiga mansub, boshog’i ikki qatorli, och sariq, to’g’nog’ichsimon, o’rtacha uzunlikda to’la pishish davrida boshog’i egiladi, boshoq qipig’i tor, unchalik rivojlanmagan, qiltig’i sariq, kam tarqoq, tishsimon, o’rtacha uzunlik va dag’allikda, doni o’rtacha kattalikda, tuxumsimon, sariq, 1000 ta donining vazni 43,0- 45,0 g. nov hajmi 640 g. o’rtapishar, vegetasiya davri 185- 192 kun. Samarkand Davlat nav sinash stansiyasida (1996- 2000) sinov yillaridagi o’rtachadon hosili 44,0 sentnerni tashkil etdi. Nav yotib qolish va to’qilishga bardoshli 5,0 ball, qishga chidamliligi o’rtacha. Navining ozuqaboplik xususiyati yaxshi: oqsil miqdori 10,0-11,5%, ekstraktligi 74,0-78,0%. Sinov yillarida qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz 10,0-15,0% gacha zararlangan.

Zafar. - O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi. Italiyaning (K-19264) namunasidan yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1984 yildan beri Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan.

Duvarak (biologik kuzgi). Rikotenze turiga mansub. Boshog’i olti qatorli, prizmasimon, 6,5-7,0 sm uzunlikda, zich emas, sariqrangda gul qipig’ining qiltiqqa aylanishi sekin-asta. Gul qipig’i kuchsiz tomirlangan, tishchasi siyrak. Qiltig’i o’rtacha uzunlikda, boshog’iga nisbatan 1-2 barobar uzun. Doni yirik ellipssimon, boshog’ining asosida doni siyrak 1000 ta donining vazni 42,6 g.



Nutans 799- O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi.

K-16139 (Xitoy mahalliy navi) va Unumli arpa navlarni chatishtirib, so’nfa yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1985 yildan Jizzah Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlapining lalmikop erlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan,

Kuzgi arpa uchun eng yaxshi o’tmishdosh ekin paxta, kartoshka, makkajo’xori, shuningdek dukkakli don ekinlari va bedadan keyin ekilgan arpa yuqori hosil beradi. Kuzgi bug’doy ham arpa uchun yaxshi o’tmishdosh o’lishi mumkin. Arpaning bir xususiyati mavjudki u tuproqda erimay qolgan mineral o’g’itlarni o’zlashtirib, tuproqni begona o’t qoldiqlaridan tozalaydi. Arpaning o’zi ko’pgina ekinlar uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi.

Kuzgi o’g’itga ta’sirchan ekin. Bo’z tuproqli erlarda kuzgi shudgorlashdan, shuningdek ekishdan oldin qatorlariga superfosfat solish zarur. Bu o’simliklarni chiniqtirib, yaxshi qishlashini ta’minlaydi. Kaliyli o’g’itlar ham o’simliklarni chiniqtirib, tupni mustahkam kiladi. Arpa azot bilan erta oziqlantirilsa, hosildorligi ancha ortadi. 2 t arpa doni olish uchun bir gektar tuproqdan 32- 36 kg N, 11-12 kg R2O5,20-24 kg sarflanadi.

Yerni ishlash albatta, o’tmishdosh ekin turiga qarab yuza yoki chukur qilib o’tkaziladi. Arpa boshoqli ekinlardan keyin ekiladigan bo’lsa, er ang’izni yuza haydash bilan bir yo’la boronalanadi. Qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin ekilganda bu maydonlar 12-14 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Agar tuproq juda zichlashib kolgan va begona o’t bosgan bo’lsa, qator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin ham er qayta haydaladi. 28-30 sm chuqurlikda haydash bilan bir yo’la boronalanadi. Ekish oldidan albatta er yaxshilab mola bosiladi, tekislanadi va urug’larni yaxshi yumshagan, katta-katta kesaklari yo’q maydonlarga ekiladi.

Ekish muddati. Kuzda janubiy tumanlarda oktyabr oyining boshlarida, shimoliy tumanlarda sentyabr oyining oxirida ekiladi. Kuzgi arpa ham qattiq sovuqlar tushishidan 45-60 kun oldin eqilishi kerak. Kuzgi bug’doy kabi yaxshi to’plab qolishi kerak bo’lmasa sovuqdan maysalar nobud bo’ladi. Kuzgi arpa sovuqqa nisbatan chidamsizdir, shuning uchun uni albatta kuzda nam erga ekib yaxshi to’planishiga erishish bosh marra bo’lib qoladi, yaxshi to’plamagan maysalar qishki sovuqlardan nobud bo’ladi. Sug’oriladigan maydonlarda avval erni sug’orib nam etarli bo’lgandagina arpa urug’lari ekiladi.

Boshoqli don ekinlari kabi arpa tor qatorlab 13-15 sm kenglikda, qatorlab, uzunasiga va ko’ndalangiga qilib ekiladi. Qator orasi 7,5-8,0 sm, tup orasi 3-4 sm tor qatorlab ekilganda, qator orasi 13- 15 sm bo’lsa, tup orasi 1,5-2 sm bo’lishi kerak. Ekish bilan birgalikda 70 sm kenglikda jo’yak olinadi. Sug’orilmasa hosildorlik juda past bo’ladi.

Kuzda arpa ekiladigan maydonlar ekishdan oldin sug’orilib, o’ta namligida urug’larni undirib olish zarur (53-Rasm). Yerni shudgorlash yoki chizellashdan oldin sug’oriladi, bo’lmasa, dalada katta-katta kesaklar ko’chadi, ularni sug’ormasdan maydalab bo’lmaydi. Bostirib sug’orilgan maydonlar 22-25 sm chuqurlikda haydaladi yoki chizellanib, borona yurgiziladi va mola bosiladi. Yer yaxshilab tekislanganda, ekishga kirishiladi. Ekishdan oldin organik o’g’itlar beriladi, go’ng bilan birga 40-45 kg fosforli o’g’it shudgor bilan aralash holda solinadi. Arpaga ekish bilan birgalikda 25-30 kg azotli o’g’it berish mumkin. ekish muddati juda erta va tuproqda nam etarli bo’lsa o’g’it berish shart emas, aks holda maysa juda tez o’sib ketib sovuqda nobud bo’lishi mumkin. Bahorda tuproqda nam bo’lishiga qaramasdan albatta sug’orish va oziqlantirish zarur. Erta bahorda, mart oyining boshlarida borona qilinib har gektar erga 40-50 kg azot va 20-25 kg fosfor beriladi. Aprel oyining boshlarida yana shu miqdordagi azotli va fosforli o’g’it sochma yoki oqizib beriladi.

Suli (Avena)-boshoqdoshlar (g’allagullilar oilasi)ga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar avlodi (54-rasm). 70 turi bor. 2 turi: oddiy S. va Vizantiya S. keng tarqalgan. Ildizi popuksimon. Poyasi 60-100 sm To’pguli chochoq. Boshoqchasi 2-3 gulli, qiltiqsiz bir qiltiqli. Doni cho’ziq, tukli. 1000 donasi 20-40 g. Tarkibida 9-19% oqsil, 2-22% yog’, 21-55% kraxmal, 7-24% kletchatka, 3-5% kul va vitaminlar bor. S. cherva mollari uchun to’yimli ozuqa, oziq-ovqat uchun ham ishlatiladi. Ukraina, Belorussiya, Boltiq bo’yi respublikalari, Qozog’istonning shimoliy tumanlari, Sibirda, shuningdek O’zbekistonda ekiladi. Suli ekiladigan erning gektariga sof holda 30-40 kg azot, 45- 60 kg fosfor, 45-60 kg kaliy solinadi. Bahorikor erlarga kuzda, sug’oriladigan erlarga bahorda ekiladi. Gektariga 1-2,5 s urug’ sarflanadi. O’suv davri 80-110 kun. Urug’i 3-4°da unib chiqadi, 15-22°da yaxshi rivojlanadi. Ro’vagining yuqorigi boshoqchalari to’la etilishi bilan o’rishga kirishiladi. Gektaridan 15-20 s hosil olinadi. Sulini, asosan, zang, qorakuya kasalliklari hamda sim qurt va boshqalarni zararlaydi. Suli er sharila eng qadimdan etishtirib kelinadigan ekinlardan biri. Suli donidan yorma, suli talqoni galet, kofe tayyorlanadi. Suli doni tarkibida 12-13 foiz oqsil, 67-68 foiz karbonsuvlar va 5-6 foiz moy bo’ladi. Suli yormasi tarkibidagi oqsil odam va hayvon organizmi uchun zarur bo’lgan qimmatli aminokislotalarga boy bo’ladi. Suli doni po’stli va po’stsiz shakllarga bo’linadi. Ro’vagining tuzilishiga ko’ra turlarga bo’linadi. Ro’vagi tarqoq, g’uj, ro’vak taroqsimon turlarga bo’linadi. So’li ro’vagining shakli gul qobig’ining rangi, qiltiqli qiltiqsizligiga qarab ham turli xillarga bo’linadi.

Issiqqa talabchan. Suli mo’tadil iqlim o’simligi meva Urug’i 2°C da una boshlaydi, maysalari chiqishi uchun 6-12°C qulay harorat hisoblanadi.

Bahorgi 8-9°C gacha bo’ladigan past haroratga maysalar yaxshi chidaydi. Yuqori harorat va yozgi quruq havo, bahori bug’doy va arpaga qaraganda suliga yomop ta’sir etadi. 38- 40°Cda barglari so’lib qoladi.

Sulining ertapishar navlari 1200-1350°C; o’rtapishar navlariga 1350-1500°C va kechpishar navlari uchun 1500-1800°C foydali harorat yig’indisi zarur. O’zbekistonda suli uchun zarur bo’lgan haroratni to’plash imkoni hamisha mavjud. Bu o’simlik juda qadimdan ekib kelinadi, har qanday noqulay sharoitda ham o’sa oladi. Urug’lar ekilgandan so’ng 6-7 kunda unib chiqadi, agarda havo harorati past bo’lsa, yoki tuproqda namlik etarli bo’lmasa, unib chiqish cho’zilib ketadi. Unib chiqqaniga 12-15 kun bo’lgach maysalar tuplay boshlaydi. Kuzgi suli maysalari butun qish davomida tuplash davrini o’taydi. Bahorda havo harorati 5°C dan oshgandan keyin 10-15 kun o’tgach naychalash fazasi boshlanadi. Ro’vaklash, nayga tortish fazasidai 15-20 kundan so’ng kuzatiladi. Gullash avval ro’vaklarning yuqori qismida, keyin o’rtasida, eng keyin pastida kuzatiladi. Suli ro’vaklari yuqoridan pastga qarab gullaydi, boshoqcha ichidagi gullar pastdan yuqoriga qarab gullaydi. Bitta ro’vakda gullash davri 6-7 kun, ro’vak shoxlarida 2-3 kunga cho’ziladi (55-rasm). Suli ro’vagiiing yuqori qismidagi urug’lar yirik sifatli va tekis bo’ladi. Kuzgi sulining o’suv davri 220-230 kun. Suli bug’doy va arpaga nisbatan namga talabchan bo’ladi. Urug’lari ham unib chiqishda tuproqdan namni ko’proq singdirib oladi, Boshoq ekinlari urug’iga qaraganda 10-15 % ko’proq nam talab qiladi. Kuzgi suli bahorda namga juda talabchan bo’ladi, ro’vak hosil qilish va gullash davrida tuproqda nam etarli bo’lishi kerak. Bu vaqtda tuproq quruq bo’lsa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Traispirasiya koeffisienti 500-509 ga teng.

O’simlikning suvga talabi butun vegetasiya davrida yuqori bo’lib, ayniqsa ro’vak chiqarishidan ikki hafta oldin ko’p suv o’zlashtiradi. Boshqa bahorgi ekinlarga qaraganda tuproqning ortiqcha namligiga birmuncha chidaydi, u quruq havo va garmseldan qattiq zararlanadi.

Suli bug’doy va arpaga qaraganda tuproqqa uncha talabchan emas, bu uning ildiz tizimining yaxshi rivojlanishiga va o’zlashtirish xususiyatining yuqoriligiga bog’liq. Suli qumli va sho’rtob tuproqli erlardan tashqari, hamma erda o’sadi va tuproqning kislotaligiga yaxshi chidaydi. Ildizlari tuproqqa 80-120 sm gacha kirib boradi. Kislotali va sho’rtob tuproqlarda ham suli bug’doy va arpaga qaraganda yaxshi hosil beradi. Bo’z va o’tloqi bo’z, qo’ng’ir tuproqlarda yaxshi o’sib hosil beradi. Suli ildizlari tuproqda qiyin eriydigan moldalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega.

O’zbekistonda sulini oraliq ekin sifatida ham ekishadi. Sug’oriladigan maydonlar va lalmida ekiladigan navlari mavjud. Vizantina 11 navi lalmi bahorikor sharoitda ekiladi.

Do’stlik 85 (qishlovchi) - O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi (Kattaqo’rg’on tayanch nuqtasi). K-9986 namunasidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1993 yildan Samarqand viloyatining sug’oriladigan erlarida Davlat reestriga kiritilgan. Supurgisi yarimtaroq, oq, sariq rangda, uzunligi 19- 25 sm supurgisidagi donining o’rtacha soni 52-54 dona. Doni och-sariq rangli, 1000 ta donining vazni 31,7 g. Vegetasiya davri ko’k ozuqa uchun o’rilgunga qadar 162- 170 kun; don uchun 190-200 t.un. Nav yotib qolish va to’qilishga bardoshli, qishki sovuqlarga chidamli. Navningbargliligi yaxshi 45,0-47,0%. Sinov yillarida zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanmadi.

Toshkent-1 - O’zbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish instituti («Zotdor elita» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) da Vizantina 11 navidan qishlaydigan o’simliklarni yakkalab va ko’plab tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1980 yildan Respublikaning sug’oriladigan erlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan. Tupi yarim yoyiq, bir 03 egilgan, och-sariq rangli. Doni o’rtacha kattalikda, 1000 ta donining vazni 29,2 g. 1993-1997 sinov yillari Samarqand Davlat nav sinash stansiyasida o’rtacha don hosildorligi 24,1 s. ga teng, quruq modda hosili 93,0 s. bo’lgan. Vegetasiya davri don uchun 198-205 kun; yashil ozuqa uchun 171 - 174 kun. Nav qishga chidamli, yotib qolish va to’qilishga bardoshli. Navning bargliligi yaxshi 43,0-45,0%. Zararkunanda kasalliklar bilan zararlanmaydi.

Po’stloqli Viktoriya (AQSh) navi po’stloqsiz mahsshliy nav namunasi bilan chatishtirib yaratilgan. 1981 yildan Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining sug’oriladigan erlarida bahorgi ekish muddatida Davlat reestriga kiritilgan. Ushbu navni oraliq ekin sifatida sinalganda yaxshi natijalar olingan.

Duvarak (biologik bahorgi). Inermis turiga mansub. Tupi yarimtaroq poyasi mustahkam Ro’vagi yig’iq, ko’p gulli, sariq- gul va boshoq qipig’i bir xil tuzilishda. Doni o’rtacha yiriklikda. 1000 ta donining vazni 19,0-22,0 g, o’rtacha don hosildorligi 26,0-29,0 sentnerga teng, yashil ozuqa hosili 665,0 sentner. Vegetasiya davri kuzda (oraliq ekin sifatida) - 190 kun. Bahorgi ekish muddatida-86-90 kun. Yotib kolishga bardoshli. Qishloq xo’jalik kasalliklari va zararkunandalari bilan o’rtacha zararlanadi.

Bahorgi suli navlari Uzbekskiy Shirokolistnыy - O’zbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. K-11302 (Avstraliya) kengbargli namunasidai, kechpishar shakllarini ko’plab tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1981 yildan Respublikaning sug’oriladigan erlarida bahorgi ekish muddati don va yashil ozuqa uchun Davlat reestriga kiritilgan. Doni yirik jigar rang, 1000 ta donining vazni 29.8-31,2 g. O’rtacha don hosildorligi Samarqand Davlat nav sinash stansiyasida oraliq ekin sifatida 26,8 sentner, kuruq moddasi-108,8 sentnerni tashkil etdi. Vegetasiya davri oraliq ekin sifatida -185 kun, bahorgi ekish muddati - 102-107 kun. Nav O’zbekiston sharoitida yaxshi qishlaydi, bahorgi sovuqlarga chidamli.

Bahorda suli qator oralari albata ishlanadi. Begona o’tlar ko’p bo’lsa, 2 marta kultivasiya qilinib, mineral o’g’itlar beriladi va o’suv davrida 4-5 marta sug’oriladi. Lozim bo’lsa hasharotlarga qarshi kurashiladi. Suli ro’vagining yuqorisidan boshlab pishadi.

Suli mineral va organik o’g’itlarga talabchan. Fosforli va kaliyli o’g’itlarni kuzgi shudgorlash oldidan, azotli o’g’itlarni ekin ekish oldidan o’tkaziladigan kultivasiya vaqtida solish tavsiya etiladi. Urug’ ekish bilan bir vaqtda gektariga 0,5 s dan fosforli donador o’g’it solish ham yaxshi samara beradi. Suli o’simligi 1 t don olish uchun, tuproqdan 27-30 kg azot, 10-12 kg fosfor, 22-29 kg kaliyni o’zlashtiradi. Fosforli va kaliyli o’g’itlarni asosan kuzgi shudgor bilan berish lozim (50-60 foiz) qolganini bahorda to’plash va nayga tortish fazasida beriladi. Suli urug’lari pishgandan so’ng tez to’kilib ketadi. Suli ham oddiy usulda don kombaynlari bilan yig’ib olinadi, hosil pishish davri bahorgi bug’doyning pishish davriga to’g’ri keladi. Sulini mum pishish davrida, ya’ni donining namligi 30-40 foiz bo’lganda o’rib olishga kirishilsa bo’ladi. Kombaynlar bilan don to’liq pishib etilganda o’riladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə