O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi


§3.23. CHORVACHILIKDA MO’YNALI MAHSULOTLAR BERADIGAN QUNDUZ, NUTRIYA XAYVONLARINI BOQISH



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə12/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
§3.23. CHORVACHILIKDA MO’YNALI MAHSULOTLAR BERADIGAN QUNDUZ, NUTRIYA XAYVONLARINI BOQISH.
Qunduz daryo qunduzi (Lutra lutra) - suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon (78-rasm). Yevropa, Osiyo, Shimoli-G’arbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasi 70 sm dan ortiq, og’irligi 10 kg cha. Uchi ingichkalashgan dumi 45 sm cha. Panjasi qisqa, barmoqlari teri parda bilan birlashgan. Mo’ynasi (qishdagisi qadrlanadi) ho’llanmaydi. Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin to’laydi. Yumshoq to’shamali uyasini suv havzasining baland qirg’oqlariga yashaydi. Bo’g’ozlik davri 8-10 oy. Ikki yilda bir marta - aprel-mayda ko’pincha, 3 bola tug’adi. Asosan, baliq, baqa, ba’zan o’rdak va b. bilan ovqatlanadi.

Qunduzsimon erqazar (Potamogale ve-lox)-hasharotxo’r sut emizuvchilar turkumining bir turi (79-rasm). G’arbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasining uzunligi 0,3 m (dumidan tashqari). Mo’yiasi jigar rang, qorni oq, 40 tishli. Burun teshigi qopqoq bilan yopiladi. Suvda hayot kechirsa ham panjalarida suzgich parda yo’q. Asosan, baliqlar bilan ovqatlanadi.

Nutriya, suv bobri (Myocastor coypiis) - kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon, Tanasining uzunligi 60-85 sm, dumi 45 sm gacha, og’irligi 10-12 kg. Tumshug’i to’mtoq, mo’ylovlari uzun. Labi ko’rak tishlari orqasidan mahkam juftlasha olgani sababli N. suv ostida ham narsalarni kemiradi. Orqa oyoq barmoqlari orasida tern parda bor Mo’ynasi jigar rang. 1 -12 ta bola tug’adi, Bo’g’ozlik davri 127-133 kun. Bolasi 4-5 oyligida jinsiy etiladi. 8-10 yil yashaydi. Janubiy Amerikaning janub qismidagi chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ba’zi mollyuskalar, o’simlik kurtagi, ildizi, mevasi va b. bilan ovqatlanadi. Mo’ynasi juda sifatli va qimmatbaho. Fransiya, Buyuk Britaniya, Yugoslaviya, AQSh, Zakavkaze va Janubiy Tojikistan)da iqlimlashtirilgan. Nutriyachilik. xo’jaligi va fermasi Zakavkaze, O’rta Osiyo (Sirdaryo, Amudaryo va ular atrofidagi ko’llarda, Moldaviya, Belorussiya, Ukrai-nada tashkil etilgan. Jigarrang, oq qora, pushti, tilla rang va b. Nutriyalar ham ko’paytirilmoqda. Ovlanadi.

Nutriyalarning vatani Janubiy Amerika hisoblanib, yovvoyi holda issiq va nam iqlimli tropik zonalarda, qamishzor sersuv erlarda yashaydigan kemiruvchilar oilasiga mansub bo’lgan zich mo’ynali xayvon hisoblanadi.

Nutriyalar o’z ozig’ini asosan suvdan topadi. Ular suvda yaxshi suzaoladilar. Suv ostida birnecha minut bo’laoladi. Binobarin, ularning bu xususiyati ko’plab o’z dushmanlaridan jon saqlab qolish imkonini beradi. Tabiiy sharoitda ular tungi hayvon hisoblanadi. Shunga ko’ra o’z o’ljalarini tunda ovlaydilar.

Asosiy ozig’i suv o’simliklari (qamishlar) va ularning ildizlari. Suvdagi mayda jonivorlar ham ular uchun oziq sifatida foydalidir.

Vazni - o’rtacha 6-7 kg, tana uzunligi 60-70 sm atrofida. Erkaklari 12 kg gacha va tana uzunligi 90 sm gacha bo’ladi. Ko’rak tishlari o’tkir va ularning butun umr bo’yi o’sib boradi. Ularda 16 ta oziq tishi va 4 ta och pushti rang ko’rak tishi bo’ladi. Qo’lda boqilgan nutriyalarning ostki jag’ va kurak tishlari bir-birlariga ishqalanib o’tkirlashib turishi aniqlangan.

Ular yil mobaynida bir me’yorda urchishi va ko’payish xususiyatiga ega. Erkak nutriyalar birmuncha serharakat buladilar. Qochmay qolgan urg’ochi nutriyalar har 25-30 kunda qaytadan quyukka keladilar. Yiliga 2 marta, ba’zan ikki yilda 5 marta yuz beradi. Bug’ozlik davri 127-137 kun. Har tug’ishda 4-5 ta bola beradi. Lekin ayrim hollarda

10 tagacha va hatto 14 tagacha bola berishi mumkin. Tug’ilgan bolalari harakatchan, kuzlari ochiq, tanasi jun bilan qoplangan buladi. Xatto tishlari ham buladi va suvda bemalol suzaoladilar. Bolalari 2-3 kunligidan onasi ozig’inii topib boradi va 10-15 kunligidan boshlab kukat oziqlarni bemalol iste’mol qiladilar. Emizikli davri 45-60 kun va 3-7 oyligida jinsiy balog’atga etadi. Yashash davri - 6-7 yil, ba’zan undan xam kuproq. Lekin 3-4 yoshdan utgach, ularning serpushtlik darajasi birmuncha pasayib ketadi.

Nutriyalarni- mo’ynasi quyonlarnikidan sifatli buladi. Binobarin, u qimmat turadi (80-rasm).

Xar doim sifatli oziqlar bilan boqilgan va yaxshi parvarish qilingan urg’ochi nutriyalar butun yil davomida kuyukib turadi, qochadi va bolalaydi. Lekin ulardan nasl olish yoz va issik, kunlarga to’g’ri kelsa, bolalarining o’t-o’simliklarni yaxshi iste’mol qilishi uchun kulay sharoit mavjud buladi.

Urg’ochi nutriya bolalari 50-60 kunligida onalaridan ajratib olinib 7-8 tadan guruhlanadi va ularga qochirish uchun erkak nutriya qo’yiladi. Katta yoshdagi nutriyalar tuqqandan so’ng oradan 1-3 kun o’tgach, ular yana kuyukka keladi. Erkaklari qo’shilgach ular tezda qochadi va yana bug’oz bo’ladi. Lekin bu holat yaxshi natija bermaydi. Binobarin, tuqqaniga 22-25 kun o’tgach qochirilsa, u ijobiy natija beradi. Nutriyaning bug’ozligini aniqlash urg’ochilarini, aynio’sa yosh nutriyalarni qisir qolishi oldini olishdagi muhim tadbir hisoblanadi. Buning uchun urg’ochi nutriyalar turgan kataklarga erkaklari kiritilib turiladi. Agar urg’ochisi bug’oz bo’lsa, u erkagini yakinlashtirmaydi va ancha urishqoq bo’ladi. Agar nutriya qochmagan bo’lsa, ancha yuvvosh va moyillik bilan erkagini qabul qiladi. Bug’oz nutriyalarni oziqlantirishda, kataklarni tozalashda ortiqcha shovqin-suron qilmaslik talab etiladi. Shuningdek, it, mushuk, g’oz yoki boshqa hayvon hamda parrandalarni ularga yaqinlashtirmaslik lozim Nutriyalarni dumidan ko’tarish va qiynash ko’ngilsiz voqealarga (ko’proq bola tashlashga) olib kelishi mumkin. Issiq kunlarda ularni toza suv, sovuq kunlarda toza muz va qor, sersuv va shirali oziqlar bilan ta’minlash yaxshi natija beradi. Shu bilan birga bir vaqtni o’zida ko’p miqdorda berilgan ildizmevalar ularning ovqat hazm qilish organlari faoliyatini buzadi, ayrim hollarda bola tashlashga olib keladi. Nutriyalar tug’ishiga yaqin ularning kataklari tozalanadi, unga poxol va yumshoq somon yoki boshqa o’simlik tushamalar solinadi. Qish kunlari esa xona isitilishi kerak. Hamma vaqt toza suv bilan ta’minlanadi.

Nutriya bolalarini etilganidagi vazni ular qancha tugilganligiga bog’liq bo’ladi. Agar nutriya bolalari qanchalik ko’p tug’ilsa, ularning vazni shunchalik kichik yoki aksincha bo’ladi. O’z onalarini tez-tez emib turgan nutriya bolalari tez usadi va rivojlanadi. Chunki nutriya suti juda sermoy (26%) buladi. Agar ona nutriyaning elini kasallangan bo’lsa, uning bolalariga pipetkalar yordamida kuniga 3-4 marta sigir suti berib turiladi. Shuningdek, yosh bolalariga sutga non tug’rab berish ham yaxshi natija beradi.

Nutriya bolalari 2 oy bulguncha kuniga 40-50 g dan sut, 20 g dan non yoki makkajo’xori uni olishi mumkin. Ko’kat oziqlar esa ularni istaganicha beriladi. Nutriya bolalari 45 kunligidan boshlab, katta yoshdagi nutriyalar rasioniga o’tkaziladi. Shuningdek, qora non, baliq moyi va vitaminlar berish tavsiya etiladi. Onasidan yoshligida ajratib olingan nutriya bolalari odamga tez o’rganadi va uning oldidan uzoqga ketmaydilar. Nutriyalarning bolalashi uchun qulay vaqt 1 kvartal hisoblanadi. Chunki sovuq, tushguncha ular ancha yirik mo’ynasi o’siq va sifatli bo’ladi. Lekin ko’plab xo’jaliklarda bu hol 2-4 kvartalga to’g’ri keladi.

Nutriyalar jadal o’sishi va rivojlanishi uchun ularni rasion asosida boqish ijobiy natija beradi. Ularga beriladigan em-xashak sifatli bo’lishi va toza holda dastlabki ishlov berishdan utgan bo’lishi lozim Bunday oziqlar ularning fiziologik holatini yaxshilaydi, semirtiradi va usish-rivojlanishini tezlashtiradi. Oziq rasioniyoz kunlarida asosan kukat oziqlardan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, yangi urilgan kuk beda, boshoqli usimliklar poyasi, lavlagi, sabzi va ularning bargi va boshqaa tur shirali usimliklar shular jumlasidandir. Har bir nutriya uchun bir sutkada 100-150 g ildizmevani asosan kechqurun (qish kunlari esa ertalab va kechqurun) beriladi. Yem ular uchun eng to’yimli oziq hisoblanadi. Ayniqsa, arpa, makkajo’xori, suli, no’xot, bug’doy kabi don oziqlarni nutriyalar sevib iste’mol qiladilar. Nutriyalarga beriladigan em avval suvga namlansa yoki qaynatib berilsa, uning sifati, tuyimliligi va hazm bo’lishi yuqori bo’ladi.

Nutriyalar rasionida mineral, yog’i olingan sut, qon va suyak uni kabi oziqlar bo’lishi ularning oqsil moddasiga bo’lgan ehtiyojini qondirishda, jadal semirishida va tez rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Nutriyalarning jun qatlami. Ularning jun qatlami asosan o’siq dag’al jun tolalaridan va kalta, lekin nihoyatda zich joylashgan tivit tolalardan tashkil topgan. Bu tolalar sovuq, kunlarda nutriya tanasini sovuqdan saqlash imkonini beradi. Teri qatlami qalinligi elka qismida yaxshi rivojlangan bo’lsa, qorin, biqin, bosh va ko’krak qismidagisi bir oz yupqa bo’ladi. Bu xususiyat ularning mo’ynasini ishlash davrida hisobga olinishi lozim

Nutriya mo’ynasi engil sanoat uchun qimmatli mahsulot hisoblanadi. U o’zining chidamliligi va pishiqligi bilan ondatra va quyon mo’ynasidan ustun turadi. Ularning mo’ynasidan ayollar va bolalar uchun sifatli bosh kiyimlar, yoqalar tayyorlanadi. Ayrim vaqtlarda ularning mo’ynasini bo’yash ham mumkin.

So’yilgan nutriyalardan 2,5-3,5 sifatli go’sht olish mumkin. Nutriya go’shtidan ko’plab chet mamlakatlarda, jumladan, Amerika kontinentida to’yimli va mazali ovqat sifatida keng foydalaniladi. Shuningdek, mamlakatimizda ham keyingi yillarda nutriya go’shtini iste’mol qilish yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Nazorat savollari:

1. Nutriyalarning biologik xususiyatlari to’g’risida nimalarni bilasiz? 2. Nutriyalarning urchishi va bolalashi to’g’risida tushuncha bering. 3. Qochirish uchun yosh nutriyalar qanday tayyorlanadi? 4. Nutriyalarning asosiy oziqlari va oziqlanishi to’g’risida so’zlang. 5. Nutriyalarni jun qatlami va mo’ynasi to’g’risida nimalarni bilasiz?


§3.24.ONDATRA MO’YNALI HAYVONNINI PARVARISHLASH
Ondatra o’zining tashqi ko’rinishi bilan ko’proq yirik kalamushlarga o’xshab ketadi. Ondatraning asosiy vatani Shimoliy Amerika bo’lib, u ko’plab mamlakatlarga keng tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra u 1927-1928 yillarda va Markaziy Osiyoga 1935 yilda keltirilgan.

Ondatraning mo’ynasi o’siq va sarg’ish-och jigar-rang, qora, qizil-sarg’ish, to’q malla rang, oyoqlari kalta va kuchli bo’ladi. Barmoqlarining orasi kalta parda bilan birlashgan bo’lib, suzishda katta vazifa bajaradi. Dumi uzun va ikki yon tomonidan toraygan holda uchraydi. Qulog’i kalta va kichik ayrim hollarda u uncha sezilmaydi. Ondatralarning hayoti asosan sersuv, o’simliklarga boy bo’lgan ko’lmak erlarda o’tadi. Ular shunday erlarda urchib ko’payadilar.

So’nggi yillarda xususiy sektorda va ayrim fermer xo’jaliklarida ondatralarning tanlash va saralash ishlarini qo’llanishi sababli ularning vazni va mo’ynasining sifati birmuncha ortdi va yaxshilandi. Vazni - 1,5-2 kg, ba’zan undan xam ko’proq bo’lib, tana uzunligi 30-35 sm atrofida uchraydi.

Asosiy ozig’i - qamish va shu kabi suv o’simliklari, ularning ildizlari, hamda suvdagi mollyuskalar, hasharotlar, chuvalchanglar va suvdagi mayda hayvonlar va ularning lichinkalari hisoblanadi. Ular suzgan vaqtda ko’pincha boshi va elka qismini tashqariga chiqargan holda juda tez harakat qiladi.

Suv ostida 3-5 minut, ba’zan undan ham ko’proq tura oladi. Bir suzishda 100 metrga to’xtovsiz bora oladi. Ondatralar mo’ynasi birmuncha zich va quyuq joylashgan. Shuning uchun ham suvda ularning mo’ynasiga nam yuqmaydi. Mo’ynasi kalta nihoyat zich joylashgan, tiviti ularning tanasini sovuqdan himoya qiladi.

Urchishi - birmuncha jadallikda yuz beradi. Ularning bug’ozlik davri 25 kun davom etadi. Bir yo’la 3- 8 ta bola tug’adi. Ularning bolalashi: dastavval tashqi muhitga bog’liq. Agar shimoliy zonalarda ular yiliga ikki marta bolalasa, respublikamiz sharoitida ular yiliga 5 martagacha bolalaydi.

Bolalari - 20-25 kun davomida onasining suti bilan oziqlanadi, so’ng mustaqil holda turli xil oziqlarni iste’mol qiladi. Tabiiy sharoitda urg’ochilari erta bahorda ko’payadi. Bolalari tug’ilgach bir oy mobaynida ular qaytadan kuyukadi. Shu tariqa yiliga 4-5 marta bolalab, 35-40 tagacha bola berishi aniqlangan. Bolalarining o’sishi dastlab onasi sutining miqdoriga va parvarishiga bog’liq bo’ladi. Bolalari tug’ilgandan so’ng deyarli bir oy davomida faqat onasining yonida bo’ladi. Yaxshi parvarish qilinmagan bolalari yoshligidayoq nobud bo’lib ketadi. Tabiatda ondatralarning dushmani ko’p. Jumladan, chiya bo’ri, tulki, yovvoyi mushuk, va xatto yirik ilonlar ham ularning mayda bolalariga hamla qiladi.

Mo’yna sifati - barcha mo’ynabop xayvonlar ichida salmoqli o’rin egallaydi. Shuning uchun ondatralarni imkoni boricha xo’jalik sharoitida ko’paytirish ishlari yuqori samaradorlikka olib keladi. Ondatralar asosan Amudaryo atrofidagi sersuv erlarda ko’paytiriladi. Mo’ynaning sifati asosan qish oylarida yuqori bo’ladi. Boshqa vaqtlarda ular tullaydi va bu jarayon mo’yna sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ondatra so’yilganda ularning dumi va oyoqlari tashlab yuboriladi, shilib olingan terisi maxsus ramalarga kiydirilgan holda quritiladi va ularga ishlov beriladi.

Go’shti - Shimoliy Amerikada oziq sifatida iste’mol qilinadi. Oshxonalarda ulardan turli xil taomlar tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda ondatra go’shti ayrim go’shtxo’r hayvonlar norka, tulki va hokozolar uchun ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda ondatralarning asosiy qismi Qoraqalpog’istonda, ko’proq Mo’ynoq tumani xo’jaliklarida va Amudaryo qirg’oqlariga joylashgan xo’jaliklarida ko’paytirilmoqda.

Nazorat savollari:

1. Ondatralarning qanday hayvon ekanligi va hayoti to’g’risida tushuncha bering.

2. Ondatralarning urchishi va ko’payishi to’g’risida so’zlang.

3. Mo’yna sifati to’g’risida nimalarni bilasiz?


§3.25. NORKA HAYVONINI BOQISH VA KO’PAYTIRISH
Norkalar harakatchan, tanasining vazniga nisbatan kuchli yirtqich hayvon xisoblanadi. Ular o’zlarining kelib chiqishi va ayrim xususiyatlariga ko’ra ikki turga bo’linadi. 1. Amerika turi. 2. Yevropa turi. Amerika norkasining quloq suprasi aylana shaklida, mo’ynasi quyuq va sifatli. Binobarin, amerika norkasi ko’pchilik zona xo’jaliklarida ko’paytiriladi. Yevropa turining quloq suprasini uchi toraygan va biroz ingichkalashgan ko’rinishga ega. Shuningdek, ularning dumi 5-10 sm kaltaroq bo’ladi. Ko’plab xo’jaliklarda Alyaska norkasi va Kentay norkasi ham boqiladi va ko’paytiriladi.

Norkalarning tana uzunligi 60-80 sm atrofida. Erkaklarining vazni 1000-3000 g, ayrim hollarda 3,5-3,8 kg ham bo’lishi mumkin. Urg’ochilari 700-1900 g tosh bosadi. Ular suvda yaxshi suzaoladilar. Ayrim hollarda norkalarning yovvoyi holda ko’l, daryo va suvli erlarda yashashlari aniqlangan. Bunga asosiy sabab ularning oziq rasionining deyarli 70-75 foizi turli xil mayda va o’rtacha xayvonlardan tashkil topganligidir. Masalan, hamma turdagi baliqlar, baqalar, qiskichbaqalar, molyuskalar, kalamush, sichqon, olmaxon, ondatra, qushlar, ilonlar va hatto hasharotlar shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, ularning rasionini 25-30 foizi turli xildagi o’simliklar va ularning doni, mevalari, sabzavot ekinlaridan iborat. Norkalar yovvoyi holda oila bo’lib yashamaydi. Kuyukka kelgan urg’ochi norkalar qochgach, o’zining bo’lajak bolalarini erkagidan saqlash uchun uzoq masofalarga jo’nab ketadi. Bir onadan tug’ilgan 2-3 tabolalari kuz kelishiga qadar birga, onalari yonida bo’lishadi, so’ng har tomonga tarqalib ketishadi. Norkalar asosan tungi hayvon hisoblanadi. Lekin ayrim vaqtlarda kunduzi ham ov qiladi. Ular qochish va qochirish vaqtida juda aktiv (faol) bo’ladilar. Ularning oyoklari kalta, lekin baquvvat, barmoqlari jun bilan qoplangan, orasi suzgich parda bilan birlashgan bo’ladi. Barmoqlari bir-biridan mustasno harakatlanish xususiyatiga egadir. Norkalar olmaxon kabi tik daraxt yoki sim turlarida tezlik bilan harakat qila oladilar. Ularning terisi asosan jigarrang, lekin hozirgi vaqtda 5-6 xil tuslari ham yaratilgan.

Norkalarning boshi ularning jinsini aniqlashda muxim belgi hisoblanadi. Erkaklarining boshi yumaloq, keng, ancha qupol buladi. Urg’ochilariniki esa-bir oz cho’ziqroqdir. Bir oylik bo’lgan bolalarining bunday jinsiy demorfizmi yaxshi ifodalangan. Norkaning kuzi yumaloq, yaltirab turadi, asosan qora rangda. Lekin ayrim vaqtlarda jigarrang, qizil yoki och pushti va ko’k rangda bo’lishi ham mumkin. Umuman ularning ko’zi, tanasi va mo’ynasining rangiga qarab turlicha bo’ladi (81-rasm).

Norkalar uzoq yillardan beri qo’lda boqish va ko’paytirishga moslashgan. Ular ustida seleksiya va naslchilik ishlarini olib borish natijasida ularning unlab turli xil rang mo’ynalarini etishtirish imkoniga ega bo’lindi. Hozirgi vaqtda mo’ynachilik xo’jaliklarida norkalarning standart (to’q jigar rang), havo rang, jigar rang, oq va qora rangli turlari ko’plab urchitilmoqda va ko’paytirilmoqda. Norkalar yiliga bir marta, fevral oyining dastlabki kunlarida kuyukka keladi. Bu vaqtda ular turli xil ovoz chiqaradi va erkagini qarshilik ko’rsatmagan holda qabul qiladi. Jinsiy instinkt erkaklarida kuchli rivojlangan, ayrim hollarda bir urg’ochi norkani bir necha bor zo’rlab qochirishi kuzatilgan. Lekin, ayrim vaqtlarda bu hol ikki jins o’rtasida urush va bir-birlarini tishlab jarohatlashgacha olib keladi.

Norkalarning kuyukish muddati 25-30 kun davom etadi. Tuxum xo’jayralarining tuxum yo’lidagi harakati ham 6-7 kun davom etadi. Tuxum xo’jayra tuxum yo’lining yuqori qismida otalanadi va 10-40 kun mobaynida tuxum yo’lida to’xtab qoladi. Bu davr latent davri deb ataladi. Ayrim hollarda qochirilgan norka tanasida qo’shimcha (yangi) tuxum hujayralar hosil bo’ladi, shunga ko’ra ular yana erkaklari bilan qo’shilishga harakat qilishadi. Qo’shimcha qochirish natijasida yana yangi embrionlar vujudga keladi.

Norkalarning bug’ozlik davri 40 kundan 73 kungacha davom etadi. Bunday katta farq bo’lishining asosiy sababi ularda latent davrining va embrionlar miqdorining xar xil bo’lishidadir. Embrionlari ko’p bo’lgan norkalarning bug’ozlik davri birmuncha cho’zilishi aniqlangan.

Norkalarni boqishda ularning rasionini minimal yoki maksimal darajada uzgarishiga yul quymaslik lozim Chunki minimal darajadagi rasion norkalarning sog’ligi saqlanishi bilan mahsuldorligi pasayib ketadi va maksimal darajada bo’lganida ovqat hazm qilish organlarining jadal ishlashi natijasida jigari va ayrim organlarining faoliyati buziladi. Shuning uchun rasion doimo me’yor darajada bo’lishi kerak.

Respublikamiz xo’jaliklari sharoitida norkalarning boqish va oziqlantirish borasida Angren mo’ynachilik xo’jaligining ish tajribasi o’rnak bo’lmoqda.

Xo’jaliklarda rasion tuzishda norkalar organizmining oziq moddalarga ehtiyojini to’la qondirish hisobga olinadi. Bunda hyvonlarning yoshi, jinsi va yilning fasliga e’tibor beriladi. Norkalarni cog’lom saqlash va mahsuldorligini oshirishga katta ahamiyat beriladi, fiziologik holati (urchishi, o’sishi, homilasining rivojlanish qobiliyati va boshqalar) hisobga olinadi. Xo’jalikda norkalarni baliq, go’sht va go’sht-baliq bilan boqish usullari qo’llaniladi. Baliq bilan boqish usulida xayvonlar oladigan jami kaloriyaning 50 foizdan ko’prog’i baliqlarga va baliq mahsulotlariga, go’sht bilan boqishda esa turli hayvonlar go’shti va ichak-chavoqlarga to’g’ri keladi. Go’sht-baliq bilan boqishda rasionda kaloriyasi va to’yimlilik darajasi teng bo’lgan, teng miqdordagi go’sht va baliq mahsulotlari bo’lishi kuzda tutiladi.

Zaruriyat bo’lgan paytlarda yosh norkalarning o’sishi va rivojlanishini yaxshilash, katta yoshli norkalarning urchish qobiliyatani oshirish va yuqori sifatli mahsulot etishtirish maksadida rasionga yog’, vitaminlar, antibiotiklar, achitkilar, biopreparatlar va mineral elementlar (kalsiy, fosfor va boshqalar) qushiladi. Urchitishga tayyorgarlik kurish va urchitish, bug’oz-lik va laktasiya davrlarida rasionga jigar, ot go’shti, sut, baliq moyi va achitqilar kiritiladi. Hozirgi vaqtda Angren mo’ynachilik xo’jaligida turli xil oziq nisbatlari va ularning kaloriyasini hisobga olgan holda quyidagi rasion qo’llaniladi Norkalarni so’yish va terilariga ishlov berish tadbirlar norka boquvchi ishchilar ishtirokida mo’ynachilik mutaxassislar bajaradi. Norkalarni so’yish uchun ularga ukol qilinib distelin yuboriladi. Mo’ynaga birinchi ishlov berish maxsus asboblar yordamida so’yish punkti (kushxona)da bajariladi. U erda mo’ynani ishlash, tozalash, yog’ini ketkazish, tekislash va quritish, tashish va saralash sexlari bor. Quritish ishlari 31-35°C da 11-12 soat davom etadi.

Norkalarni boqish, ularni urchitib ko’paytirish iqtisodiy jihatdan serdaromad tarmoq hisoblanadi. Binobarin, imkoni bo’lgan fermer xo’jaliklari ushbu tarmoq bilan shug’ullanishlari mumkin.

Nazorat savollari:

1. Norkalarning qanday xususiyatlarini bilasiz?

2. Ular tabiatda, yovvoyi holda qanday yashaydilar?

3. Norkalar qulda qanday boqiladi va ko’paytiriladi?

4. Norkalar rasion asosida qanday oziqlantiriladi


§3.26. PARRANDACHILIKDA (O’RDAK TOVUS, AJIR KAPTAR VA BOSHQA) SAYROQI GO’ZAL QUSHLARNI PARVARISHLASH
Sayroqi qushlar donxo’r va hasharotxo’rlarga bo’linadi. Donxo’r qushlarga: bedanalar, bolta tumshuqlar, ko’kchumchuqlar, kanareykalar, kanoplyankalar, to’qay chumchuqlar, fatmachumchuqlar, to’tilar, snegirlar, sa’valar va boshqalar; hasharotxo’r qushlarga - qizilquyruqlar, qorayaloqlar, so’fito’rg’aylar, chittaklar, qora shaqshaqlar, moyqutlar, bulbullar va boshqalar kiradi. Yaxshi parvarish qilib boqilgan qushlar qafaslarda 2 yilgacha (ba’zan ko’proq ham) yashaydi va yaxshi sayraydi. Sayroqi qushlardai chijlar, to’qay chumchuqlari, zaryankalar, shaq-.shaqlar va chittaklar odamga tezroq o’rganadi. Kanareykalar tutqinlikda oson ko’payadi va xonakilashadi. Kanareykalarning ko’p zotlari tashqi ko’rinishi hamda sayrashi bilan farqlanadi va ular yaxshi sayraganligi uchun qafaslarda; bedanalar esa to’r-qovoqlarda boqiladi. Qorayaloq, bulbullar, shaqshaq, qizilquyruq, chittak va bedanalar juda yoqimli sayraydi; sa’va, zyabliq konoplyanka, to’qay chumchuqlari yaxshi sayroqiligi uchun, ko’kchumchuqlar esa chiroyli patlari uchun asraladi; to’tilar ham chiroyli pati va turli xil tovushlarni, jumladai odam ovozini ifodalaganligi uchun saqlanadi. Sayroqi qushlar uchun oziq imkoni boricha ular tabiatda iste’mol qiladigan oziqlarga yaqin va turli-tuman bo’lishi zarur. Donxo’r qushlar tariq hamda sholg’om, qushqo’nmas, qaragay, qoraqag’ay, ko’knori, suli, bedaga va boshqa o’simliklarning urug’lari bilan ochiqlanadi. Kungaboqar va nasha urug’lari ko’pgina qushlarning sevimli ozuqasi, lekin bu urug’larnn qushlar ko’plab esa, ko’r bo’lib qoladi va o’ladi. Shuning uchun bu urug’larnnng oziq rasponidagi miqdori me’yorida bo’lishi kerak, nasha urug’ini faqat qaynoq suvda yuvib keyin beriladi, bunda uning tarkibidagi zaharli modda-kannabin tarkibi buziladi. Oziq tarkibi qushlariiig individual xususiyatiga qarab turli xil bo’lishi kerak. Masalai, shaqshaqlarga qariqiz urug’i ko’proq beriladi. Hasharotxo’r qushlarga qaynagan suvda yoki sutda yuvilgan chumolilarning quruq tuxo’mi asosiy oziq hisoblanadi. So’fito’rg’aylarga mayda don ozuqalari, chittaklarga ezilgan kungaboqar urug’lari va issiq suvda yuvilgan nasha urug’idan ozroq beriladi. Qushlarning oziqlanishiga qarab donxo’r va hasharotxo’rlarga ajratish shartli hisoblanadi. Ko’pgina hasharotxo’r qushlar rezavor mevalarni va o’simlik urug’larini xush ko’rib eydi. Donxo’r va hasharotxo’r qushlarga yangi ko’katlar: salat, karam, xonada o’stirilgan suli, bug’doy doni berish kerak Qushlar uchun ko’k piyoz zaxarli hisoblanadi. Donxo’r kushlarga ozuqani, sutkasiga bir marta (ertalab), hasharotxo’r qushlarga esa (bularning ozuqasi yozda tezda buziladi) kuniga ikki marta berish kerak. Bunda ozukaning bir qismi keyingi oziqlantirishga koldiriladi, suvni har kuni almashtirib turish lozim Donxo’r kushlar qafasini haftasiga kamida bir marta, hasharotxo’r kushlar qafasini esa haftasiga kamida ikki marta tozalash tavsiya etiladi. Bunda qafas tubidagi qum almashtiriladi, qafas yoylaridagi iflos va axlatlar tozalanadi. Sayroqi qushlar boshqa hayvonlar kabi yuqumli va 10qumsiz kasalliklarga chalinadi, sayroqi , qushlarning qafasda kam harakatlanishi va tabiatda eydigan ozuqalarining bo’lmasligi ularning kasalliklarga chalinishiga sababchi bo’ladi. Sayroqi qushlarning kasallanishidagi umumiy belgilar: ishtahasi yo’qoladi, bo’shashadi va uyqu bosadi, odatdagidai ko’proq o’tiradi, ko’zi yumiladi, boshini qanoti ostiga yashiradi, uning patlari xiralashadi (yaltiroqligini yo’qotadi), quruqlashadi, egiluvchanligi yo’koladi, .hurpayadi, qanotlari osilib qoladi. Kasallik belgilari bor qushlarni veterinar vrachga kursatish kerak. Bahor boshlanishi bilan qushlarni erkinlikka qo’yib yuboradiganlar shuni yodda tutishlari kerakki, qushlar tutqunlikda tabiiy ko’nikmalarining bir qismini yo’qota-dilar va tabiiy hayotga qaytadai moslanishlari kerak. Odam yashaydigan joylarga yaqin qo’yib yuborilgan qushlar ko’pipcha nobud bo’ladi. Shuning uchun .qushlarni aholi yashaydigan joylardan uzoqroq erlarga qo’yib yuborish lozim Bunda shu erlarda mazkur turga mansub individlar bo’lishi va qorlar to’liq erib ketgan bo’lishi kerak (aks holda qushlar oziq etishmasligidan nobud bo’lishi mumkin). Yomon uchadigan yoki qafasda bir necha yil asralgan qushlarni erkinlikka qo’yib yubormaslik kerak. Bahorda qo’yib yuborilmoqchi bo’lgan qushlarni qishda katta qafaslarda saklash kerak bunday joyda ular qanotlarini shikastlamaydilar.

Qafaslar. Mayda qushlar uchun (snegir, sa’va va boshqalar) qafaslarning hajmi quyidagicha: uzunligi 40-50 sm, eni 35-45 sm, balandligi 30-40 sm bo’lishi mumkin. Qushlar tor qafaslarda qanot va dum patlarinn urib tushiradi; qushlarning kam harakatlanishi ularning semirishiga sabab bo’ladi, katta qafaslarda ancha vaqtga qadar qo’rqib turadi. So’fito’rg’ay va boshqa erda yashovchi qushlar uchun qafasdagi pol hajmi boshqa tur qushlarnikiga nisbatan birmuncha kattarok bo’lishi korak. Mavjud nusxalarga qarab har xil kattalikdagi qafaslarni uzingiz yasashingiz qiyin emas. Qafasni toza saqlash uchun uning tubi ikki qavat bo’lishi kerak. Bir tubi harakatlanmaydi (eng tagidagi), ikkinchisi esa past devorli yashikcha ko’rinishida bo’lib suriladi. Harakatlanuvchi tubining yonida tor yog’och qutiga oziqlantirgich yasash kerak. Suv uchun chinni yoki shisha (sopol idish ham yaraydi) qo’yiladi. Qafasning tubiga toza daryo qumi qatlami solish lozim, bu ifloslarni o’ziga tortib oladi. So’fito’rgaylar va bedanalardan tashqari hamma qushlar uchun kafasga yaxishlab tekislangan diametri 8-12 sm li ikkita qo’ndoq qo’yiladi. Qafasda bitta qush saqlash mumkin; ko’p kush saqlanadigan bo’lsa, maxsus joy va to’siqlar bo’lishi zarur. Qafaslarni yorug’ joyga qo’yish, lekin elvizak joyda turmasligi kerak. Sayroqi qushlar temperatura va havo namligining keskin o’zgarishiga va is urishiga chidamsiz bo’ladi. Qafas yaqinidan bexosdan chiqqan ovoz, yorqin yorug’liq odamlarning keskin harakati, qafas yaqinida kuchuk va mu-shuklarning paydo bo’lpshi qushni juda cho’chitadi va uning o’limiga sababchi bo’lishi mumkin. Qiyin ko’nikadigan qushlar uchun xonalarda qafaslarni odam bo’yidan baland va ypnatish kerak. Yaqinda tutilgan qushlarga tinchlik yaratish va turli xil oziqlar berib turish lozim Bedana, so’fito’rg’ay, bulbul va ba’zi bir moyqo’tlar uchun qafas tepasining simli to’rini yumshoq mato bilan alkashtirish kerak chunki bu qushlar qurqqanida tikkasiga uchadi va boshini urib yorishi mumkin. Qafaslarii turli bezaklar bilan bezamaslik kerak chunki bular qushlarning parazitlari uchun boshpana bo’lib xizmat qiladi.



Kaptarlar (Columbae)-qushlar sinfining kenja turkumi (82-rasm). Bunga barcha kaptar, musicha, g’urraq qumrilar kiradi. 255 tacha turi bor. Arktika va Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan. Ular o’rmonlarda, bog’, butazorda, cho’l, tog’larda, shahar va qishloqlarda yashaydi, Kenja turkumga mansub qushlar bir-birlaridai katta-kichikligi va rangi bilan farq qiladi. Eng kichigi Markaziy Afrikada tarqalgan, buyi 10-15 sm bo’lgan mitti kaptar, eng kattasi esa Yangi Gvineyada yashaydigan, buyi 80 sm cha tojlikaptardir. Kaptarning boshi kichiq oyoq va buyni qisqa, qanoti uzun. Pati va parlari qalin. Donxo’rlarining tumshug’i ingichka va kuchsiz, mevaxo’rlariniki kuchli va qayrilgan. Kaptarda jig’ildon yaxshi rivojlangan. Ba’zi turlari koloniya, ba’zilari juft-juft bo’lib yashaydi. Uyasini daraxt kovaklari va inlariga, jar, qoyalarga yasaydi. K 2-5 marta, har gal 1-2 ta tuxum qo’yadi Tuxumni bosishda va bolasini boqishda urg’ochi va erkagi qatnashadi. Tuxumdan 14-30 kunda jish bola chiqib, 20-25 kunda uchirma bo’ladi. Kaptar ikkita oilaga bo’linadi: biri 16-asrda qirilib bitgan drontalar bo’lib, Mavrikiya, Burbon va Rodriges orollarida yashagan, ucholmaydigan katta qush bo’lgan. Ikkinchi oilasi - kaptarlar bo’lib, bular bir qancha urug’dai tashkil topgan. O’zbekistonda Kaptarning ikkita uruqqa mansub 9 turi bor. Asl kaptarlar urug’idan bizda ko’k yoki yovvoyi kaptar, tog’ kaptar, qora kaptar, klintux va gov kaptar uchraydi. G’urraklar urug’idan esa gurraq katta gurraq qumri va musicha uchraydi. Asosan, ko’k kaptar keng tarqalgan. U xonaki kaptarlarning nasl boshi. Gov kaptar va ko’k kaptar qisman ovlanadi. Go’shti mazali. Bizda uchraydigan kaptarlar o’simlik urug’lari bilan ovqatlanadi. Xonaki kaptarlarning 150 tacha zoti bor. Ulardan xat tashiydigan pochta kaptarlar zoti yaxshilab borilmoqda; go’shtdor zotlarning bir juftidan bir yilda 8-9 kg go’sht olish mumkin; sport zotlari buqoqli, soqolli, kokilli, sersavlat zotlari faqat havaskorlikda ko’paytiriladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə