O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., A. A. Kushakov., G. M. Axmedova mehnat ta’limining qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi


§3.19. BUZOQLARNI PARVARISH QILISH



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə11/13
tarix24.04.2018
ölçüsü0,64 Mb.
#40123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
§3.19. BUZOQLARNI PARVARISH QILISH
Chorvachilikda buzoqlarni parvarish qilish alohida ahamiyatga ega. Yangi tug’ilgan buzoq tug’ilganiga 40-50 minut o’tgandai so’ng o’rnidan turib emishga harakat qiladi. Yangi tug’ilgan buzoqchalarga tug’ilganidan darhol o’viz suti beriladi, birinchi kuni 1,5-1,7 kg, keyin 2-3 litr o’viz suti bsrilishi lozim. O’viz sutini ichgan buzoqchalar sog’lom, baquvvat bo’lib tez o’sadi. Chunki o’viz suti tarkibida oqsil, vitaminlar, zarur bo’lgan mineral moddalar ko’p bo’ladi. Buzoqchalar dastlabki bir hafta ona sigir suti bilan boqiladi, bir kunda 2,8-3,0 litr sutni ichadi. Jahonning ko’pgina rivojlangan mamlakatlarida buzoqchalarni xonalari 2-3 kun emadi, 3-4-kuni ularga soya suti berila­di, soya suti tarkibi jihatidan sigir sutiga juda o’xshash va buzoqchalar uni xush ko’rib emadi. Buzoqchalar 20-25 kunlik bo’lgandan so’ng ularga albatta' qo’shimcha oziqa berib turiladi. 10 kunligidan boshlab, barra ko’k o’tlar berish mumkii, ozgina ildizmevalilar, donli ozuqalar, beda ko’k o’ti berib boriladi. Ular ona sutini 4-5 oygacha emishi mumkin. Ammo 3 oyligidan boshlab, qo’shimcha oziqlarga o’rgatish lozim. Sigir sutini tejash uchun soya va boshqalardan sut tayyorlab buzoklarga ichiriladi. Kelgusida sut beruvchi zotdor sigir yoki yuqori nasl beruvchi ho’kiz uchun ajratiladigan buzoklar albatta onasini uzoq vaqt emishi kerak

Buzoqlarni ma’lum maqsad asosida to’g’ri boqish va parvarish qilish qoramol podasini sog’lom, sermahsul sigirlar va yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan ba-quvvat nasldor buqalar bilan to’ldirishda muhim axamiyatga ega. Umuman, buzoqlar har bir fermaning yo’nalishi, yetishtiriladigan mahsulot turi va ishlab chiqarishning konkret maqsadi hamda sharoiti hisobga olingan holda boqib parvarish qilinadi (69-rasm).

Buzoqlarni boqish va parvarishlashni bir qancha usullari mavjudefolyasiya Shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizdagi barcha qoramolchilik fermalarida, shu jumladan, fermer xo’jaliklarida, bu borada mavjud usullardan bittasi, ayrim hollarda ikkitasi qo’llaniladi.

Birinchi usul - buzoqlarni onasidan ajratib boqish. Bu usul asosan barcha sut-tovar fermalarida va ayrim ilg’or fermer xo’jaliklarida kullanib kelinayotgan progressiv usul hisoblanadi. Bunda buzoqlar tug’ilgan kunidan boshlab 5-10 kun davomida uz onasining o’viz sutidan baxramand bo’ladi. So’ngra ular maxsus kataklarga olinadi va guruhlab boqiladi (70-rasm).

Uviz suti birinchi marta buzoqlar tug’ilganidan so’ng 1-2 soat o’tgach 1-1,5 kg miqdorida beriladi. Oziqlantirishdan oldin buzoqlarni lablari, burni va yuzi yaxshilab artiladi. Yangi tug’ilgan buzoqlarga dastlabki kunlari uviz suti maxsus rezinka surg’ichlar yordamida kuniga 5-6 marta berilsa, so’ngra kuniga 4 marta aniq, belgilangan vaqtlarda (kun tartibi asosida) beriladi. Bunda buzoqlar hamma vaqt bir xil miqdordagi sutni yakka holda olishi mumkin. Beriladigan uviz suti yoki sog’ib olingan sutning harorati 37°C, toza va sifatli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Agar tukdan sigirning yelini kasal bo’lsa yoki sutining sifati talabga javob bermasa, u holda bir vaqtda tukdan yoki turishiga ko’ra 1-2 kunga fark, qilgan sigirlarning suti ichiriladi. Buzoqlarga tug’ilgan kuni 5-7 kg atrofida uviz suti ichirilishi yaxshi natija beradi. Besh kunlik bo’lganida 6-10 kg gacha ko’paytirish mumkin. Umuman, birinchi besh kun ichida ularga 30-45 kg uviz suti ichirilsa, har tomonlama yaxshi natija beradi.

Buzoqlarni ko’p miqdorda, faqat sigir suti bilan boqish iqtisodiy jixatdan uncha ko’p foyda keltirmaydi. Binobarin, ularni sun’iy sut, sersuv va dag’al oziqlar bilan ta’minlash iqtisodiy samaradorlikka erishishda anchagina afzalliklarga ega. Bunday tadbirlarni buzoqlar tug’ilganidan so’ng sutining miqdori oz-ozdan kamaytirilib, uning o’rniga sun’iy sut miqdori ko’paytirilib boriladi.

Ikkinchi usul ajratib emizdirib boqish bu usul eng qadimgi usul bo’lib, bunda sigirni sog’ishdan oldin, sog’ish vaqtida va sut sog’ib bo’lingach, sigir yoniga uning buzog’i quyib yuboriladi. Sigiri bo’lgan barcha xonadonlar ham shu usulda buzok, boqadilar va parvarish qiladilar. Bu usul hozirgi vaqtda xo’jaliklarda deyarli qo’llanilmaydi.

Uchinchi usul - «enaga» sigirlarga biriktirib boqish. Buning uchun o’z onalaridan ajratib olingan buzoqlar 2 tadan 4 tagacha qilib mashina yordamida sog’ishga yaroqsiz yoki qari sigirlarga biriktirib qo’yiladi. Buzoqlar uz «enagasini» 2-3 oy mobaynida emib o’sadi va rivojlanadi.

Biriktirilgan buzoqlar soni «enaga» sigirlarning sut mahsuldorligiga bog’lik. Emizish uchun rejalashtirilgan sigirlar bir guruh, buzoqni emizish davri tugashi bilan yangi guruh buzoqlarni qabul qiladi. Shunday qilib, sut mahsuldorligi 3000-3500 kg bo’lgan sigirlar bir laktasiya davrida 8-10-12 ta buzoqni emizdirib, boqib beradi.

To’rtinchi usul onalariga uzluksiz emizdirib boqish. Bu usul asosan go’sht yo’nalishidagi qoramolchilikda qo’llaniladi. Bunda sigirlar deyarli cog’ilmaydi. Poda sharoitida yosh buzoqlar 6-8 oylik bo’lguncha faqat onasini emib rivojlanadi. Agar talab etilsa va sigir suti ikki buzoq uchun yetarli bo’lsa, bir sigirga ikkita buzoqni ham biriktirib boqish tavsiya etiladi.

Shunday qilib, buzoqlarni boqish, parvarish qilish va rivojlantirish usullari har bir xo’jalikning mahsulot yo’nalishi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra qo’llanishi ko’plab ijobiy natija beradi.

Buzoqlar olti oylik bo’lganida erkaklari urg’ochilaridan ajratilgan holda maxsus xonalarda boqiladi. Bunda turtta guruh, tashkil etish nazarda tutiladi. Birinchi guruhda buzoqlar 9 oylik bo’lguncha boqiladi. Ikkinchi guruhda 9 oylikdan 12 oylik bo’lguncha boqiladi. Uchinchi guruhda 12 oydan 18 oylik bo’lguncha boqiladi. Turtinchi guruhda 18 oylik g’unajinlar ikki yoshli bo’lguncha boqiladi. Buzoqlar xo’jalik uchun belgilangan usulda bog’lab yoki bog’lamasdan boqiladi.

Nasl olish uchun muljallangan erkak buzoqlarni xisobga olmaganda barcha guruhdagi buzoqlarga 8-9 oyligidan boshlab kup miqdorda somon, silos va ildizmevalar berib boqiladi. Buzoqlarni bog’lab boqishda ularga sutkasiga uch marta yem-xashak beriladi. Suvni avtomat suvdonlardan istaganicha ichadi.

Kupgina xo’jaliklarda olib borilgan kuzatishlarga qaraganda ko’rsatilgan me’yorlarda boqilgan buzoqlar sog’lom, baquvvat va yuqori mahsuldor bo’lib yetishadi. Buzoqlarni sun’iy sut bilan bokish 180-200 kg sigir sutini tejash imkonini beradi.

Yem-xashakning sifati qancha past, tarkibida kimyoviy elementlar, ayniqsa protein kam bo’lsa, buzoqlarning har kilogramm semirishi uchun shuncha kup oziq sarflanadi.

Buzoqlar sog’lom va baquvvat bo’lib o’sishi uchun ularni uzluksiz osh tuzi bilan ta’minlab turish tavsiya etiladi. Bunda 1-6 oylik buzoqlarning har 100 kg vazni xisobiga 12 g, 6 oylikdan boshlab 10 g dan osh tuzi berish talab etiladi


§3.20. BALIQCHILIK XO’JALIKLARI FAOLIYATI
Kul baliqchiligi uzining vazifasi va yo’nalishiga ko’ra asosan ikki xil, ya’ni iliq suvli va sovuq suvli tipga bo’linadi. Buning uchun boqiladigan baliqlarni biologik xususiyatlari va ularni suv harorati hamda gidrokimyoviy sharoitlariga munosabati (chidamliligi, mosligi) hisobga olinadi.

Kul baliqchiligi uzining tashkiliy jarayonlari va maxsulot yetishtirib berish imkoniga ko’ra to’la tizimli va noto’la tizimli bo’ladi. So’ngti tizimga asosan baliqchilik pitomniklari va keltirilgan mayda baliqlarni boqish va ustirish bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar kiradi.

Baliqchilik xo’jaligini tashkil qilish uchun dastavval uni qanday tipda bo’lishi, xo’jalik tizimini aniqlab olish talab etiladi. Shuningdeq xo’jalik tarkibi va mahsulot ishlab chiqarish kuvvati nazarda tutiladi. Barcha qurilish ishlari tasdiqlangan loyihalar asosida bajariladi. Buning uchun joy tanlash muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar har bir davlatning yer qonuniyatlari asosida bajariladi. Bu borada umumiy yer maydoni har xil bo’ladi. Jumladan, tula tizimli xo’jaliklar uchun 300-1000 ga, baliqchilik pitomniklar uchun 25-50 ga va baliq boqish suv hovuzlari (kullari) uchun 20 ga va undan kuproq bo’lishi mumkin.

Baliq boqish hovuz va boshqa suv havzalarida baliqlarga ozuqa berib o’stirish. Baliqlarni hovuz xo’jaligida ustirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. U maxsus sistema asosida olib boriladi. Hovuzlardan xama vaqt suv utib turishi ta’minlanadi. Zog’ora baliq, xonbaliq, utkir baliq, sudak ilonbaliq va boshqa baliqlarni boqish tartibi ishlab chiqilgan. Issiqsevar baliqlar (zog’ora baliq tovonbaliq, leshch, amur va b.) boqiladigan hovuzlar utloq va botqoqli uchastkalarda barpo etilib, ularga dare, ka­nal, kollektorlardan hamda kullardan suv olinadi. Salqinsevar baliqlar (xonbaliq, sulaymonbaliq oqbaliq) boqiladigan hovuzlar organik moddalar kam bo’lgan uchastkalarda qurilib. ularga buloq va ariqdan suv olinadi. Baliq boqish xovuziga begona baliqlar kirmasligi va hovuz ichidagi baliqlar uchun suv kiradigan va chiqadigan joyiga maxsus panjara quyiladi. Baliq boqish hovuzi kelajakda undan boshqa maqsadda foydalanishni hisobga olib, kichik dare qirgoq-lariga quriladi. Baliq boqish hovuzini uzoq muddat yaxshi saqlash maqsadida, uning meliorativ holatini yaxshilovchi tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlar hovuzdan tashqarida va hovuzda o’tkaziladi. Birinchisiga suv yig’iladigai maydoncha qiyaligini zinapoyalarga bo’lish, hovuzga tushadigan suvni tozalash va uni kislorod bilan boyitish, toshkin suvlarni g’amlash, hovuz ichini loyqa bosishdan saqlash ishlari kiradi. hovuzni vaqt-vaqti bilan quritib, zarur suv-xavo rejimi yaratish, qamish, lux kabi o’tlar bosishining oldini olish, hovuzda torf qatlamlari hosil bo’lishiga yul quymasliq hovuz tubini loyqa va boshqa chukindilardan tozalash ishlari ikkinchi guruhdagi tadbirlardir. Baliq boqishda kunjara, arpa, bug’doy va javdar kepagi, baliq uni, go’sht uni va hokozolar ishlatiladi. Baliq ovqati maxsus stolchada beriladi (stolcha suvga 0,5-0,75 m botirib quyiladi) yoki hovuz tubiga qurilgan maxsus ovqat maydonchasiga solinadi. Baliq boqishda suvning harorati hisobga olinadi. Masug’orish, zog’ora baliq suvning harorati 20-26°, xonbaliq-15-18 bo’lgach yaxshi ovqatlanadi. Baliq boqishda hovuzning meliorativ xolati yaxshilanadi Hovuzlarni har biri maxsus vazifani bajarishga muljallangan bo’ladi. Masa­lan, baliq tuxum kuyadigan hovuzlarda baliq bolalari yetishtiriladi. Suvni tezroq va osonroq isishi nazarda tutilgan holda bu hovuzlar yuzaroq qilib qaziladi. Ularning tagida o’simliklar ustiriladi. Chunki o’simliklar bulmasa, karp balig’i tuxum quymaydi. Shundan so’ng balik, bolalari ustiriladigan hovuzlarga kuchiriladi. Qish kelishi bilan bu mayda karp baliqchalar chuqur hovuzlarga kuchiriladi. Ularni qishlash hovuzi deb ataladi.

Baxor kelishi bilan bir yashar bo’lgan karplar yayrab suzadigan katta hovuzlarga tushiriladi. Bu hovuz­larda esa tabiiy oziqlar dafniya, sikloplar ko’paytirilgan bo’ladi. Bu hovuzda karplarni makkajujori, kunjara, pishirilgan kartoshka, suyak uni bilan ta’minlab turiladi. Kuz kelishi bilan o’sib kattalashgan karplar ovlanadi.

Respublikamiz viloyatlaridagi sholipoyalarda karp balig’ini urchitish nihoyat yuqori samaradorlikka erishishda muhim omil hisoblanar ekan. Jumladan, ular hamma vaqt suzib yurib tuproqni yumshatar, chivin lichinkalarini va g’umbaklarini hamda suvdagi begona o’tlarni va urug’larini iste’mol qilib sholidan mul hosil olishda muhim vazifa bajarar ekan. Shunday qilib, sholikorchilikda baliqchilik ishlari uz samarasini ko’rsatar ekan.

Kulda boqiladigan baliqlarining quyidagi va boshqa zot turlari mavjudefolyasiya Karp barcha baliqlar orasida keng tarkalgan (71-rasm). U tez usadi. Barcha turdagi oziqlarni iste’mol qilishga moslashgan, U iliq suvlarni xush ko’ra-di. Tuxum quyishi uchun suv harorati 18-20°C va jadal o’sib rivojlanishi uchun 20-28°C harorat bo’lishi yaxshi natija beradi.

Agar suv harorati 13-14°C gacha pasayib ketsa, uning oziqlanishi tuxtaydi va harakat qilmay quyadi. Umuman, ularni o’sishi va rivojlanishi birinchi galda suv harorati, suvdagi oziq va ularni to’g’ri saqlashga bog’liq bo’ladi.

Karp balig’i bir yoshligida 500 g, ikki yoshligida 1000 g, turt yoshligida 3000 g tosh bosadi. Ular 4 - 5 yoshligida jinsiy balog’atga yetadi. Urg’ochilari har bir kg vazni uchun o’rtacha 180 ming tuxum (ikra) beradi.

Sazan iliq haroratni xush kuruvchi baliqlar guruhiga kiradi. Ular uzining biologiyasiga ko’ra karp balig’i bilan birxil bo’ladi. Kul sharoitida sazan karpga nisbatan biroz sekinrok, usadi. Lekin ayrim vakillari hayoti davomida 20 kg gacha tosh bosaoladi.

Laqqa baliq (Silurus glanis) - laqqa baliqlar oilasiga mansub baliq. Bo’yi 5 m gacha, og’irligi 300 kg cha. Tanasi tangachasiz, suzgich qanoti kichik og’zi keng pastki jag’i uzunroq. Mo’ylovi 3 juft. Orqa tomoni zaytun tusda, ost qismi (qorni) esa oq. Laqqa baliq Orol dengizi hamda Yevropadagi ko’l, daryolarda va boshqa yerlarda yashaydi. Iyunda 136-467 ming uvildiriq tashlaydi. To’rt yoshda jinsiy yetiladi. Hozir Orol dengizidan yiliga tutiladigan baliqniig 7% ini tashkil etadi. Umurtqasiz va umurtqali jonivorlar bilan ovqatlanadi.

Oq amur, oq va ola tolstolobik (keng peshona balik,) (72-rasm). Ular karpsimonlar oilasiga kiradi. Ular Tinch okeanga quyiluvchi daryolarda, Osiyo daryolarida va Amurning janubiy qismida ko’proq, uch­raydi. Ok, amur asosan, yumshoq (mayin) suv o’simliklari bilan oziqlanadi. Oq tolstolobik fito-planktonlar va suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ola tolstolobik fito - va zooplanktonlar bilan oziqla­nadi. Markaziy Osiyo janubida urg’ochi oq tolstolobiklar 3 yoshligida va tana uzunligi 40 sm bo’lganida jinsiy balog’atga yetadi. Oq amur va ola tolstolobik 3-4 yoshligida, tana uzunligi 60 sm bo’lganida jinsiy balog’atga yetadi. Ular faqat oqar suvlarga tuxum quyadi. Oqmaydigan suv bo’lsa tuxum quymaydi. Tuxum quyishi uchun suv harorati 19- 20°C bo’lishi talab etiladi. Tuxumining miqdori ularning katta-kichikligiga bog’liq bo’lgani holda o’rtacha 100-200 mingdan 1 milliongacha, ba’zan undan ham kuproq bo’lishi aniqlangan. Oq amuri kupincha 300 g tosh bosadi. Ularning har bir kg vazniga 1000 tuxum (ikra) to’g’ri keladi. Ular suv o’simliklarini iste’mol qiladi, binobarin, paxta dalalari va sholikorlikka suv keladigan kanallarni tozalab kup foyda keltiradi.

Lososlar (SaTrtinmdae) seldsimonlar turkumiga mansub baliqlarning bir oilasi. Tanasi tangachalar bilan qalin qoplangan. Shimoliy yarim sharning chuchuk suv havzalarida yashaydi (73-rasm). Ba’zilari utkinchi. Janubiy yarim shardagi suv havzalarida iqlimlashtirilgan 9 urug’i bo’lib, shundan 7 uruqqa mansub turlari uchraydi. Jumladan, O’rta Osiyoda orol lososi yoki kumja va amudaryo gulmoyi degan kenja turlari tarqalgai. Losos muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Tinch okean Lososiniig kizil ikrasi (uvildirig’i) yuqori baholanadi.

Tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) - baliqlarning sinfi, Skeleti tog’ayli. Terisi (ba’zan, tangachasiz) plakoid tangachalar bilan, tishi emal bilan qoplangan. 5-7 juft tashqi jabra teshiklari bor. Ko’ndalang og’izli, ichagida spiralsimon klapanlari bo’ladi, cyv ichag pufagi yo’q, bosh miyasi rivojlangan. Shoxsimon kapsulaga o’ralgan tuxum qo’yadi yoki bola tug’adi. Tog’ayli baliqlarning deyarli hammasi dengizda, kamdan-kam chuchuk suvda yashaydi. Devon davrining oxirlarida paydo bo’lgan, hozir ko’p turi o’lib ketgan. Tog’ayli baliqlar plastinka jabralilar va yaxlit boshlilar kenja sinfiga bo’linadi.

Forel. Bu baliq Amudaryoning yuqori qismida, shuningdek, Kavkaz zonasida, Volga, Ural, Dnestr, Dnepr daryolarida va suv havzalarida kuproq uchraydi. Bu baliq suvda kislorodni ko’p bo’lishini ma’qul ko’radi. Uning jadal o’sishi va rivojlanishi uchun suv harorati 15-18°C bo’lishi ma’kul hisoblanadi. Forel 3-4 yoshida jinsiy balog’atga yetadi. Ular sentyabrni oxiridan noyabrgacha tuxum quyadi. Mart aprel oylarida quygan tuxumlaridan lichinkalar vujudga keladi. Ularning o’rtacha og’irligi 200 g dan 1000 g gacha. Ba’zan undan xam kattalari uchrab turadi.

Karas. Karas balig’ining ikki turi bo’lib, bittasi tilla rangli bo’lsa, ikkinchisi kumush rangli hisoblanadi. Bu baliqlar asosan daryolarda, kullarda va suv havzalarida kuproq uchraydi. Urg’ochilari uz tuxumlarini 10-15 kun oralab (dam olib) quyadi. Buning uchun suv harorati 14-23°C va suv ostida o’simliklarni 0,5-0,6 m uzunlikda va zich bo’lishi ma’qul hisoblanadi. Urg’ochilari bir yilda jami bo’lib 160- 300 ming tuxum quyadi. Ular 3-4 yoshida jinsiy balog’atga yetadilar. Karasning vazni 1 yoshida 15-30 g, 2 yoshida 150-250 g, 3 yoshida 300-400 g tosh bosadi.

Cho’rtan baliq (щuka). Bu tez usuvchi baliqlar turiga kiradi. U 1 yoshligida 300 g, 2 yoshligida 600 g va 3 yoshligida 1 kg tosh bosadi. Jinsiy balog’atga 3-4 yoshligida yetadi. Kuygan tuxum miqdori o’rtacha 20- 200 ming, ba’zan yirik urg’ochilari 1 milliongacha tuxum quyishi aniqlangan. Tuxumini aprelni o’rtalarida quyadi. Bunda suv harorati 4-6°C bo’lishi yetarli hisoblanadi. Yirik cho’rtan balig’i asosan mayda baliq qurbaqa va suv hasharotlari bilan oziqlanadi.

Sudak. Okunlar oilasiga mansub bo’lgan bu baliq go’shtini mazali va lazzatliligi bilan boshqa baliqlardan ajralib turadi. Sudak barcha yirik daryolarda, shuningdek qora dengiz, Azov, Kaspiy va Boltiq dengizi atrofidagi suv havza va kullarida kuproq uchraydi. Ular 3-4 yoshligida jinsiy balog’atga yetadi. Bir quyishda 82-1185 ming tuxum quyadi. Tuxum quyishi aprel may oylariga to’g’ri keladi. Bunda suv harorati 9-18°C bo’lishi ma’qul hisoblanadi. Sudakni yoshlari suv hasharotlari va suvdagi qisqichbasimonlar bilan oziqlansa, yiriklari yirtqichlik bilan kun ko’radi. Ular uzidan kichik baliqlarni xush ko’radi.

Amerika laqqa balig’i (som). Bu baliq nihoyatda yirtqich bo’lib, asosiy ozuqasi baliq, qurbaqa va hasharotlar hisoblanadi. Bu balik, asosan suv havzalarida va kullarda ko’paytiriladi.

Ilonbosh - yirtkich baliq hisoblanadi. Bu baliq faqat suv kislorodi bilan cheklanmasdan, ayrim hollarda vaqti-vaqti bilan suv yuzasiga chiqib atmosfera kislorodidan nafas oladi.

Nazorat savollari:

1. Kul baliqchiligi to’g’risida uz tushunchangizni suzlab bering.

Baliq xo’jaligi uchun joy tanlash ishlari qanday olib boriladi?

Kul baliqlarini biologiyasi to’g’risida suzlang. 4. Kul baliqchiligida ko’paytiriladigan asosiy baliqlarning turlari to’g’risida nimalarni bilasiz?


§3.21. BALIQLARNI KO’PAYTIRISH ISHLARI
O’zbekistonda baliqchilik asosan uning suv havzalarida ko’paytiriladi. Respublikamiz balik boyliklari qonun yuli bilan quriqlanadi. Baliqlarni ovlash faqat belgilangan muddatlarda va ma’lum joylarda ruxsat beriladi. Lekin baliqlarni portlovchi va zaxarli moddalar bilan yirtqichlarcha qirish qonun asosida jazolanadi. Tuxum quyish uchun muayyan joylarga ketayotgan baliqlarni ovlash taqiqlanadi, aks holda baliq zapaslari kamayib ketadi.

Respublikamizda baliq boyliklarini ko’paytirish maqsadida baliqlarni hovuzlarda urchitish ishlari tashkil etilgan. Lekin hovuzda har qanday baliqni urchita berish ijobiy natija beravermaydi. Shuni nazarda tutish lozimki, hovuzda urchitilgan baliq tez usadigan, yaxshi ko’payadigan, serpusht va xura bo’lishi kerak.

Baliqlarni urchitish ishlari maxsus urchitish zavoddarida olib boriladi. Buning uchun baliq tuxumi sun’iy urug’lantiriladi. Bu usul ko’plab ixtisoslashgan baliqchilik xo’jaliklarida keng qo’llaniladi. Bunda sun’iy urug’lantirilgan tuxumlar maxsus apparatlarga (suv oqib o’tadigan yashiklarga) joylanadi.

Tuxumdan chiqqan baliq bolalari maxsus idish (sadoq)larga, so’ng hovuzlarga qo’yib yuboriladi. U erda ular turli suv havzalariga tarqatiladi. Amudaryoning Nukus shahriga yaqin qismida osyotrsimon baliqlar (ship va sevryuga) bilan sun’iy yul bilan urchitadigan baliq zavodi qurish ishlari bajarilgan.

Baliq urchitish zavodi-ovlanadigan baliqlarni sun’iy usulda o’stirish bilan shug’ullanadigan korxona. Baliq urchitish zavodida baliqlarni asrash, baliq tuxumini urug’lantirish, baliq. ovqati tayyorlash va inkubasiya ishlari qilinadi. Baliq urchitish zavodi strukturasi o’stirilayotgan baliqlarning yoshiga bog’liq. Agar baliq urchitish zavodi suv havzalari uchun baliq lichinkalari etishtirishga mo’ljallangan bo’lsa, u vaqtda yosh baliqlarni o’stirish va ovqat tayyorlash sexlari bo’lmaydi. Erkak va urg’ochi baliqlar tuxum qo’yishgacha maxsus hovuzchalarda alohida-alohida asraladi, voyaga etgandan keyin urg’ochilaridan tuxum olinib, sun’iy urug’lantiriladi va inkubasiya sexiga qo’yiladi. Inkubasiya sexida sun’iy urug’lantirilgan baliq tuxumning ochirishda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Masalan, zavod sharoitida sulaymonbaliq va xonbaliq tuxumini ochirishda Kost, Kaliforniya, Vilyamson apparatlari va tarnovli ramqalar ishlatiladi. Bunda baliq tuxumi ramkalarda harakatsiz ushlanib, u suv oqimi bilan doimo yuvilib turadi; oqbaliq, cho’rtan baliq, zog’ora baliq (bularning tuxumi mayda) tuxumlarini ochirishda esa Veys, Chez apparatlari ishlatiladi. Bunda suv oqimi bilan baliq tuxumi qalqib turadi. Shuningdek, baliq tuxumini zavoddan tashqari sharoitda ochirishda B.G.Chalikovning suv betida suzadigan to’r qutisi (35x70x16) (74-rasm).va N.D.Jukovskiy yasagan apparatlar (75-rasm) ishlatiladi. Bu apparatlar daryo, ko’l va hovuzlarning bevosita o’ziga qo’yiladi. Osyotr balig’i tuxumini ochirishda P.S.Yushchenkoniyag apparatidan - 7 qirrali to’rsimon barabanidan foydalaniladi. Buning ichiga baliqning urug’langan tuxumi solinadi. Bunday barabanlardan 4 tasi oxurchaga o’rnatilib, suv oqizib qo’yiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar baliq o’stirish sexiga o’tkaziladi. Yosh baliqlar dastlab maxsus hovuzchalarda tirik jonivor va sun’iy ovqatlar berib boqiladi, so’ng suv havzalariga qo’yib yuboriladi.

Baliqlarni yuqorida keltirilgan usullar yordamida ko’payrish ishlari yaxshi natajalar bermoqda. Ayniqsa sazan va karp hamda boshqa istemolga zarur ko’p mehnat talab qilmaydigan shirin ta’mli baliqlarini chngi zltlarini ko’paytirish ishlari yaxshi yulga quyilgan. Sazan va yovvoyi karp barcha talablarga javob beraoladi. Mutaxassislar karp tabiatini birmuncha uzgartira oldilar, binobarin, xonaki karpning bir necha madaniy zotlarini yaratishga erishdilar. Xonaki karpning shirinroq, yog’liroq va lazzatli bo’lishi bilan birga uning usishi va rivojlanishi birmuncha jadalroq bo’lishi aniqlangan. Yaratilgan yangi zot karp baliqlarida tana tangachalari kamroq rivojlanganligi bilan yovvoyi ajdodlaridan farq qiladi Respublikamiz hovuzlarida xonaki karp bo’lsada yirik tangachalar saqlanib qolgan. Tangachalar baliqning ikki yonida bir tekis joylashgan. Ular uzlarining yaltiroqligi bilan yovvoyilaridan farq qiladi. Inson tomonidan yaratilgan yangi zot sazan baliqlarini faqat ko’rinishidagina emas, balki ularning xulq atvorida xam birmuncha o’zgarishlar yuz berdi. Masalan, yovvoyi vakillari hurkovich va extiyotkor bo’lsa, xonaki karp balig’i ovqat tashlangan joyga bemalol suzib keladi.

Xonaki karp balig’ida shartli reflekslar osonlikda hosil qilish mumkin ekan. Masalan, ular qo’ng’iroq ovozini eshitib qirg’oqqa ovqat eyish uchun kelishlari tajribalarda sinab ko’rilgan.

Nazorat savollari:

1.O’zbekiston baliqchiligi to’g’risida so’zlang. 2.Respublikamiz suv havzalarida baliqlarni qanday turlari ko’paytiriladi? 3. Baliqlarni urchitish ishlari qanday olib boriladi? 4.Hovuz xo’jaliklari sharoitida baliqlarni boqish, urchitish va ko’paytirish tadbirlari to’g’risida so’zlab bering.
§3.22. QUYONCHILIK ISH FAOLIYATI XAQIDA
Quyonlar - quyonsimonlar turkumining sut emizuvchilar oilasi. 50 turni birlashtirgan 8 urug’i bor. Quyonchilik (1 urug’), qattiq yungli quyonlar (3 urug’), uy quyoni (4 urug’) bor. Ayrim turlari tez yugurishga, yer kovlashga, suzishga va chirmashib chiqishga moslashgan. Turli sharoitda yashaydi. O’tlar, po’stloq, novda, kurtak bilan ovqatlanadi, yiliga 4 martagacha bolalaydi. 2-15 tagacha bola tug’adi. Serharakat, yakka yashaydi. Ayrim turlari yaylovlarga, polizlarga va boshqa mevali daraxtlarga, ekinzorlarga zarar keltiradi.

Uy quyoni - kemiruvchilar turkumining tovushqonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon; yovvoyi quyondan kelib chiqqan. Uy quyoni sergo’sht, tez yetiladi, go’sht va mo’yna tivit olish uchun urchitiladi. Yil mobaynida ko’payashi, urg’ochisi 3-4 oylikda jinsiy yetiladi, 8 hafta - 32 kunda bolalaydi. Yiliga bir quyon 3-6 marta, har safar 6-8 (ba’zan 15 va undan ortiq) bola tug’adi. Yangi tug’ilgani 60-70 g, bir oyligi 600-700 g keladi. Nasldor quyon bolalari 45 kunlik, vazni 800-900 g bo’lganda onasidan ajratiladi. Tez yetiladigan zotlar 65-70 kunlik vazni 1,8-2 kg, kech yetiladiganlari 90 kunlik vazni 2,8-4 kg bo’lganda so’yiladi.

Quyon 7-10 yil yashaydi. Xo’jalikda foydalanish davri 2-3 yil. Asosan, ko’kat, ildizmevalar, sabzi-karam silosi, mayin xashak, don-dun, omuxta yem va boshqa konsentratlar: go’sht-suyak va baliq uni; mineral qo’shimchalar - suyak uni, osh tuzi va bo’r bilan boqiladi. Quyonchilik xo’jaliklarida belgilangan norma va rasionlar asosida oziqlantiriladi. Kuz-qish mavsumida, tullagandan keyin mo’ynasi ayniqsa yaxshi bo’ladi. Boqib semirtirilgan quyonalrning so’yilgandagi vazni uning katta-kichikligiga, semizlik darajasiga bog’liq bo’lib, tirik vaznining 47-60% iga to’g’ri keladi.

Angora quyoni quyonning bir turi. Uning juni Angora (Anqara) echkisining juniga o’xshaganligi sababli bu quyon shu nomni olgan. Angora quyoninig juni mayin, ipaksimon, rangi oq, ba’zan havo rang va qora. Angora quyonining kallasi katta, qulog’i kalta va uchi kokilchali; vazni 2,3-3,5 kg.

Oq tusli anqara quyonining ko’zi pushti, boshqa tusdagilarniki qoramtir. Angora quyonining tiviti O’zbekiston sharoitida aprel oyining ikkinchi yarmida tarab olinadi. Angora quyoni yoz issig’iga chidamsiz bo’lganidan tog’ yon bag’irlarida va daraxtzorlarda boqiladi.

Quyonchilik - chorvachilikning quyon urchitshi bilan shug’ullanadigan tarmog’i. Quyonchilikning asosiy mahsuloti - go’sht, teri va tivit. Quyon go’shti - to’yimli parhez mahsuloti; terisi - mo’yna ishlab chiqarish, sanoati uchun muhim xom- ashyo; tiviti - trikotaj va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

Quyon qishloq xo’jalik fermalarida go’shti, terisi va tiviti, ayrim xo’jaliklarda faqat go’shti uchun boqiladi. Go’sht, teri uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir ona quyondan o’rta hisobda 20 tadan bola, ya’ni yiliga 50 kg dan ortiq go’sht va 20 dona teri olinadi. Broyler quyon bolalarini semirtirish uchun boquvchi fermalar ularni onalari bilan boqib, yoshi 2-2,5 oylik va tirik vazni 2 kg cha bo’lganda boshqa xo’jaliklarga sotadi. Tivit uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir katta quyondan yiliga 350-700 g tivit olinadi.

Quyonchilikning ahamiyati. Quyonchilik aholi orasida keng tarqalgan bo’lib, insonlar uchun go’sht va qimmatli mo’yna beradi. Quyon go’shti tez hazm bo’ladi va o’zining sifatini yangiligida; sur va konserva xolida ham saqlaydi. Quyon go’shti yumshoqligi va mazaligi bo’yicha parranda go’shtidan qolishmaydi, hazm bo’lshi jihatidan esa mol va cho’chqa go’shtidan ustun turadi. Shuning uchun qon bosimi, jigar va oshqozon kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga parxez taom sifatida tavsiya qilinadi. Quyon go’shti mahsuloti berishi bilan birga, ular yengil sanoatni mo’yna bilan ham ta’minlaydi. Quyonchilikning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular uchun ko’p mablag’ sarflanadigan qurilishlar talab qilinmaydi.

Quyon zotlari (76-Rasm). Quyonning bir qancha zotlari bor, shular ichida Sovet shinshillasi, kul rang yiriq oq rangli yirik kul rang va boshqa zotlar ko’p tarqalgan. Sovet shinshilla zot quyon iqlimga tez moslashadigan bo’lib, vazni 3-6 kg keladi. Bo’yi va qulog’i kichikroq qulog’i tik turadi, ko’kragi keng, usti kumushsimon kul rang yung bilan qoplangan. Qorin, bo’yin, dumining pastki qismi va oyog’ining ichki tomoni oq rangda. Kul rang yirik zot quyonning vazni 4,5-5,5 kg atrofida bo’lib boshi va qulog’i katta, qulog’i ikki tomonga ajralib turuvchi rim raqamiga (V) o’xshaydi. Bu zotning rangi har xil, asosan kul rangda, och va to’q kul rangli vakillari ham bor. Qorin qismi, oyoqlarining ichki tomoni oq bo’ladi. Oq velikan zot quyonning og’irligi o’rtacha 4,3-6 kg deyiladi. Mo’ynasi zich va mayin, ko’zlari qizg’ish yoki pushti rangda bo’ladi. Rangi oq bo’lganligi uchun ularni turli rangga bo’yash mumkin. Kumush rang quyon zotining og’irligi o’rtacha 4,6 kg, ayrimlari 6,5 kg keladi. Yungining umumiy ko’rinishi kumush rangda, havo ranggacha, o’siq junlari qora, tiviti havo rang. Bolalari tug’ilganda qora bo’ladi, bir oydan so’ng o’zgara boshlaydi va 4-5 oyligida kumush rangga kiradi.

Quyonning xususiyatlari. Quyonlar o’zining foydali xususiyatlari bilan boshqa chorva mollaridan farq qiluvchi muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Quyonlar tez va ko’p bola beradi, yilning hamma fasllarida bolalashi mumkin. Shuningdek ular tez o’sadi va iqlimga tez moslashadi.

Quyon 30-32 kunda bolalaydi bitta ona quyon boqish sharoitiga qarab har gal 6-12 ta gacha, ba’zan 16-19 ta gacha bola tug’adi. Quyon bolalari tug’ilgan paytda terisi yungsiz va ko’zi yumuq bo’ladi. 5-7 kunligida yung hosil bo’ladi, 10-14 kunligida ko’zi ochiladi, 17-20 kunligida yuradi va o’zi mustaqil ovqatlanadi. Quyon bolalari tez o’sadi. U to’rt oyda ona quyon kattaligiga yetib olishi mumkin. Quyonlar yaxshi parvarish qilinsa, yiliga 4-6 marta bolalaydi va 35-40 tagacha bola beradi. Quyonlar odatda kechasi tug’adi, emizadi va ularni yungiga ko’mib qo’yadi. Quyonlar tug’ishi bilan bolalarini ko’zdan kechirib, nobud bo’lganlari ajratiladi va tiriklarini bir joyga to’plab yungi bilan o’rab qo’yiladi. Quyonlar tug’ish davrida va tuqqandan so’ng suvga juda tashna bo’ladi va ularda mineral moddalar yetishmay koladi. Natijada o’zi tukkan bolalarini yeb qo’yish hollari kuzatiladi. Shuning uchun kuyonlar inida doimo suv bo’lishi va ular sifatli ozik bilan to’lik ta’minlanishi lozim.

Quyonlarni asrash. Xo’jaliklarda quyonlar ochiq va yopiq joydagi kataklarda boqiladi Ochiq joyga o’rnatilgan kataklarda quyonlarni toza havo bilan ta’minlanishi yaxshi bo’l'adi. Toza havo quyonlar organizmini chiniqtiradi, baquvvat va sog’lom o’sadi. Shuning bilan birga quyonlarning yunglari qalin va sifatli bo’ladi. Quyonlarning kataklari ikki bo’limdan iborat: oldidagi eshigi to’rli bo’lganligi uchun yorug’, ikkinchi bo’limni eshigi yog’ochdan yasalganligi tufayli qorong’i bo’ladi. Qorong’i bo’limda u in qurib bolalaydi, yorug’ bo’limda esa oziqlanadi va o’z hayotining ko’p qismini o’tkazadi (77-rasm). Quyonlar maxsus qurilgan, mexanizasiyalashgan yopiq binolarda ham boqiladi. Bunda quyonlarni sug’orish, go’nglarini olib chiqish, oziqlarini tayyorlash va uni tarqatish, havoning harorati va namligini bir xilda ushlab turish mexanizasiya yordamida bajariladi. Yopiq turidagi kataklar temir to’rdan yasalib qavat-qavat qilib o’rnatiladi. Qatorlar orasida yurish va oziqlantirish uchun yo’l qoldiriladi. Har bir katakning oldingi qismiga avtosug’orgich va avtooziklantirgich o’rnatiladi. Quyonlarning bolalash va bolalarini emizish davrida kataklar ichiga fanerdan qilingan uya yashiklar o’rnatiladi. Ikki qator qo’yilgan kataklar tagiga maxsus ariqcha qilib, unga shag’al va qum to’ldiriladi, bunga quyonlarning siydigi shimiladi va axlati tushadi. Axlatlari vaqt-vaqti bilan tozalab turiladi.

Quyonlar uchun zarur sharoit. Quyonlarni ko’paytirish va parvarish qilishda ularning sog’ligini saqlash va yaxshi o’sishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun quyonlarning sharoitini yaxshilash, ularni har xil oziqlar bilan to’liq ta’minlash va kasallik tarqalishini oldini olish tadbirlarini ko’rish lozim. Quyonlarga kasallik tarqalmasligi uchun quyonxonaga kirish oldiga qipiq to’shalib, unga korbol kislota yoki kreolin sepiladi. Bu eritma sepilgan qipiqni bosib o’tish natijasida oyoq kiyimlariga yopishgan kasallik mikroblari o’ladi. Quyon kataklaridagi oziqlantirgichlar va suvdonlarni toza holda saqlash, ularni qaynagan suv bilan bug’lash yoki dezinfeksiya qiluvchi suyuqlik bilan ishlash talab etiladi. Kasallik tarqatuvchi manba sifatida quyon axlati xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun quyon axlatlarini har kuni tozalash, quyonxonadan olib chiqib go’ngxonalarga to’plab, ustini tuproq bilan ko’mish lozim. Quyon yelvizak shamolga va namlikning ko’payib ketishiga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun ularni yelvizak shamoldan saqlash, namlanib ketgan to’shamalarini tozalash va uning o’rniga quruq va toza to’shama solish lozim. Quyon kataklaridagi axlatdan ko’pincha zararli gaz tarqaladi. Shuning uchun quyonxonani tez-tez shamollatish sa havo almashtirgich o’rnatish talab etiladi. Yopiq turdagi quyonxonalar elektr quvvati yordamida 14-16 soat yorug’lik bilan ta’minlanadi.

Quyonlarni oziqlantirish. Quyonlarni ko’paytirish va o’stirish ularni to’g’ri oziqlantirishga bog’lik. Quyon kemiruvchi hayvon bo’lib kish oylarida xashak ildizmeva, yangi daraxt shoxlari, so’li, loviya, don yormasi, kunjara va boshqalar bilan oziqlanadi. Yoz oylarida esa quyonlar uchun eng yaxshi oziq yashil o’simliklardir. Chunki ularda har xil foydali moddalar ko’p bo’ladi. Shuning uchun yozda quyonlar ko’prok yashil o’simliklar bilan boqiladi va unga oshxona chiqindilari (bo’tqa, kartoshka, qovun, tarvuz) qo’shiladi. Quyonlarga beriladigan oziqlar sifatli va toza bo’lishi lozim. Quyonlarga botqoq yerdagi o’tlarni, yomg’irdan so’ng quritilmagan beda va sebargani, mog’orlagan va chirigan xashaklarni, ildizmevalarni, tugunak mevalarni va siloslarni bermaslik lozim. Quyonga beriladigan oziqlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

1.Yashil oziqlardan - o’tlok pichani, javdar, so’li, beda, makkajo’xori va boshqa g’alla ekinlarining yer ustki qismlari, ildizmevalar va karam barglari, daraxtning yashil shoxlari hamda yovvoyi o’tlar.


  1. Shirali oziqlardan - xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg’om va boshqalar.

  2. Dag’al oziqlardan - beda, sebarga, beda - g’alla aralashmasidan iborat pichan.

  1. Konsentrat oziqlardan - g’alla va dukkakli don ekinlari doni, yormalari, kepaklar, moyi olingan kunjara, omixta yem, pichan uni, quruq sut va boshqalar.

  2. Hayvonlar mahsulotidan tayyorlangan oziqlardan - sut, yog’i olingan sut, sutzardobi, ayron, go’sht, go’sht-suyak va baliq unlari.

Oziqlantirish normasi. Quyonlarga beriladigan oziqlarning miqdori uning katta-kichikligiga va yoshiga bog’liq bo’ladi. Ona quyonlar, emizuvchi va homilador quyonlarga oziqlar ko’prok beriladi. Quyonlarni oziqlantirish, ularning holatiga bog’liq. Voyaga yetgan quyonlar yozda turli yovvoyi o’simliklar, tomorqadan chiqqan o’simlik qoldiqlari, qishda esa pichan, daraxt novdalari va silos bilan boqiladi. Bunda taxminan sutkasiga yozda 280 g ko’katlar va 75-90 g kuchli oziqlar beriladi. Qish mavsumida esa 190 g ildizmeva yoki silos, 130 g pichan va 75-90 g kuchli oziqlar bilan boqiladi. Quyonlar urchitish davrida ko’shimcha oziqlantiriladi. Bunda ularning ozuqasiga qizil sabzi, undirilgan g’alla maysalari va vitaminga boy pichan ko’shish tavsiya etiladi. Ya’ni yozda oziq normasi 360 g ko’katdan, 30 g kunjara va 100 g kuchli oziqdan, qish mavsumida esa 340 g ildizmeva, 165 g pichan, 35 g kunjara va 95 g kuchli oziqdan iborat bo’ladi. Homilador quyonlar oziqning bir qismini bolalarining shakllanishiga sarflaydi, shuning uchun ularning ozuqasi yengil, o’zlashtiriladigan, vitaminga va mineral moddalarga boy bo’lishi lozim. Oziq normasi, yozda 385 g ko’katdan, 45 g kunjara va 95 g kuchli oziqlar, qish mavsumida esa 260 g ildizmeva, 180 g pichan, 55 g kunjara va 85 g kuchli oziqlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. Emizikli kuyonlarning oziqlari ko’prok sut hosil bo’lishiga sarflanadi. Shuning uchun emizikli quyonlarning oziq normasi birinchi 10 kunlikda 1,5, ikkinchi o’n kunlikda 2, oy oxirida esa 2,5 marta ko’paytiriladi.

Odatda quyonlar tuqqandan so’ng uning bolalari 16 kundan so’ng inidan chiqadi, shuning uchun ularga mayin, mayda kesilgan pichan va ildizmevalar, shirali va kuchli oziqlar beriladi. Quyon bolalari ko’katlar bilan boqiladi (15-20 kunligida sutkasiga 20 g dan ikki marta), so’ng asta-sekin oziq normasi ko’paytiriladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə