Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Sovitgichlardan foydalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/120
tarix12.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#148728
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Sovitgichlardan foydalanish. 
Sovitgichlar uchun zarur haroratga etkazib tez 
sovitish asosiy qoidadir. Noz-ne’matlar tez sovitilsa zararli mikroorganizmlarning 
rivojlanishi bartaraf etiladi, mahsulot saqlash muddati uzayadi va nobudgarchilik 
kamayadi. Buning uchun katta hajmli sovitgichlarda maxsulotni dastlab tez sovitib 
oladigan xonalari bo’ladi. Bu tartib qo’shimcha xarajatlarga olib kelganligi uchun 


31 
hozirda mahsulotni doim saqlanadigan kameralarga to’g’ridan-to’g’ri joylash 
tobora odat tusiga kirib bormoqda. 
Sabzavot va mevalarning’ ba’zi turlari ancha uzoq muddatda doimo sovitilgan 
holatda turishga muhtoj. Bu, ayniqsa, to’la etilmagan kartoshkaga taluqlidir. 
Yig’ishtirish paytida yog’in-sochinda qolgan piyoz va sarimsoq piyozni saqlash 
joylari oldindan quritib olinishi kerak. 
Kameralar qanday usulda sovitilishidan qat’i nazar, harorat va muhit namligi 
keskin o’zgarmasligiga hamda mahsulot terlamasligiga e’tibor berish lozim. Katta 
hajmdagi kameralarga mahsulot joylashtirish 10-15 kun davom etadi. Har kuni 
kamera sig’imiga nisbatan taxminan 10 foiz mikrodagina mahsulot joylanadi. Agar 
sovitilgan kameraga tashqaridan ko’plab iliq mahsulot kiritilsa, u erdagi meva va 
sabzavotnnng terlashiga yo’l qo’yilib, kasallik avj olishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Sabzavot va mevalar sovitgichlarga, albatta idishlarda joylanadi. Hozirda 
qo’llab kelinayotgan idish turlari har xil bo’lib, transportlarda tashishda va uncha 
uzoq turmaydigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig’imli qutilar, 
o’rtacha xajmli qutilar, urinmaydigan mevalarni saqlash va transportda tashish 
uchun ishlatiladigan katta hajmli konteynerlardan iboratdir. 
Sovitgichda bir xil tagligi bo’lgan idishlardan foydalanish kameralarga 
mahsulot joylash ishlarini soddalashtiradi. Andoza kattaligi 800x1200 mm 
keladigan ikki to’shamali tagliklar juda qulaydir. Taglik ustiga mahsulotlar 
qutilarda joylanib, blok paket hosil qilinadi. Katta sig’imli konteynerlar kartoshka, 
piyoz, sarimsoq, ildizmevalar karam va mevalarning ba’zi turlari uchun juda 
qulaydir. Konteynerlarning afzalligi ularning dalaning o’zidayoq yuklab, hech 
qaerda qayta ag’darmay bevosita saqlash joyiga etkazilishidadir. Faqat 
omborxonalardagina emas, balki dalada ham yuklash-tushirish mexanizmlari etarli 
bo’lsa katta tejamkorlikka erishish mumkin. 
Paketlar ham, konteynerlar ham 3-5 qavat qilib bir-birining ustiga joylanadi. 
Bunda sun’iy sovitiladigan mavjud kameraning hajmidan samarali va oqilona 
foydalanish ko’zda tutiladi. Ayni vaqtda mahsulotning holatini nazorat qilib borish, 
har bir paketni shamollatib turishga imkon tug’iladi. Mo`tadil havoning erkin yurib 
turishi uchun har bir paketning atrofidan 5 sm joy qoldirilishi kerak. Maxsulot 
taxlari orasida ham shunday masofa bo’lishi lozim. 
Sovitish kameralaridan mahsulot chiqarib yuklashda unda qolayotgan 
qismining terlashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Hamma mahsulot birdaniga olinsa, 
harorat asta-sekin ko’tarilib, saqlash kamerasining o’zida, qisman olinsa, kamera 
yo’laklarida ilitib olish kerak. 
Sabzavot va mevalarni, omborlarga joylashda quyidagi usullar qo’llanadi: 
Idishlarda joylash eng zamonaviy usul bo’lib, mahsulot yuklash-tushirishdagi 
barcha jarayonlarni to’liq mexanizasiyalashga imkon beradi. 
Kartoshka uchun ishlatiladigan, kattaligi 0,9x0,9x0,9 m o’lchamli va qariyb 
450 kg sig’imli ombor konteynerlari keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda tagi 0,8x1,2 m 
kattalikdagi konteynerlar ham ishlatilmoqda. Undan tashqari hajmi 30 kg 
keladigan qutilardan ham foydalanilayapti. 


32 
Idishlarga qo’yiladigan asosiy talablarga binoan, ularning hamma turlari 
namunaviy taglikka qulay joylashadigan va kamida 3,5-5 m balandlikdagi taxlar 
hosil qilishga imkon beradigan holatda mustahkam bo’lishi kerak. 
Quti joylangan konteyner va tagliklarni tashish uchun ko’pincha 
akkumulyatorli elektr yuklagichlar qo’llaniladi. Elektr yuklagichlar erkin harakat 
qiladi va qo’l mehnatisiz omborxonani jadal sur’atlar bilan mahsulotga to’ldiradi.
Tabiiy ravishda shamollatiladigan omborlarda kartoshka va ildizmevalarni 
xirmonlab (uyumlab) joylash usulidan ko’p foydalaniladi. Bunday uyumlarning 
kattaligi 3x3-6x6 m va undan kattaroq bo’lib, hajmi 10-30 tonnaga boradi. U qadar 
baland bo’lmagan omborlarda esa 1,8-2 m qalinlikdagi uyum omborning 40-45 
foizi hajmidan to’liq foydalanish imkonini beradi. 
Sabzavotlar xirmonga quyidagicha tushiriladi. Savat, qop, qutilarga 
joylangan mahsulotli avtomashina omborxona yo’lagiga, ya’ni bevosita 
omborxonaga kiritiladi. Avtomashinadagi mahsulot uyumga to’kiladi. Shu bilan 
birga bu usulda aravachalar, taxta tarnovlar, tushirgichlar, qo’shma transportyorlar 
ham ishlatiladi. Avtomashina kirmaydigan omborlarda esa mahsulot yon 
devorlarga o’rnatilgan tuynuk va tarnovlar orqali tushiriladi. Kartoshka va 
ildizmevalarning tushish tezligini kamaytirish uchun brezentli to’siqlar va englar 
qo’llaniladi (Q1, X3). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə