Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Birinchidan, 
nanobakteriyalar mustaqil hayot jarayonlarini olib 
borishlari uchun juda kichik. 
Ikkinchidan, 
ulami ichiga moddalar 
almashinuvi va ko‘payishni ta’minlovchi molekulalar va strukturalar 
sig‘maydi. 
Ammo 
1990-yillami 
boshlarida finlyandiyalik olim
158


O.Kayanderni va uning tarafdorlarini nanobakteriyalar borligi haqidagi 
fikrlari, o‘zini paleontologik tasdig'ini topgan.
AQSH ni Texas universiteti geolog olimi R.Folk Rim atrofidagi 
issiq manbalaming mineral qoldiqlarini kuzatish jarayonida, elektron 
mikroskopda O. Kayander topgan strukturaga o‘xshagan jonli struktura 
borligini kuzatgan. Keyinroq, avstriyalik geologlar dengiz sathidan 3,5 
km pastda kontinentni g‘arbiy qirg‘og‘idagi qumlami kuzata borib, 
uning sirtida miniaturali qismlardan iborat bo‘lgan, uzunligi 20 dan 128 
nm gacha bo'lgan ipsimon jonivorlami kuzatganlar. Bu struktura tashqi 
ko‘rinishi 
bo‘yicha 
zamburug‘ 
iplarini 
eslatgan. 
Avstriyalik 
tadqiqotchilar, mikroblarga o‘xshatib o‘zlari kuzatgan strukturani 
«nanobam» lar deb ataganlar.
Nanobakteriyalami o‘lchami shunchalik darajada kichik boMganki, 
ulami ichidan hatto DNKni bir necha molekulalariga ham joy topish 
amri mahol bo‘lgan. Tirik hujayralami boshqa strukturalari haqida 
gapirmasa ham bo'ladi. Shuning uchun olimlar, nanobamlar barcha 
boshqa organizmlardan nafaqat o‘lchamlari, balki faoliyat ko‘rsatish 
mohiyati bilan ham farq qilishini taxmin qilganlar.
O. 
Kayandemi fikriga ko‘ra nanobamlar, aminokislotalar va yog‘ 
kislotalarini o‘zlari sintez qilmaydi va ulami atrof-muhitdan tayyor 
oladi. Balki nanobamlar hamkorlikda hayot ko‘rish uchun koloniyalar 
hosil qiladi yoki ulami genlari shunday tarqalganki, nanoblar faqat 
gumhlarga birlashgan holatdagina ko‘payishlari mumkin. Bu muammo 
haqida 
yagona 
fikrga 
kelinmagan 
va 
O.Kayander 
kuzatgan 
nanobakteriyalar haqidagi tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda. 
Nanobakteriyalami ko‘payishlari mumkinligi, tirik borliq haqida 
Trolland-Myuller taklif qilgan konsepsiyaga asosan, ulami tirik deb tan 
olishga majbur qiladi. O. Kayander va boshqa olimlami fikrlaricha, 
nanobakteriyalar har xil kasalliklarni keltirib chiqarishlari mumkin va 
shuning uchun ham o‘ta xavilidir. Ular bosh miya, buyrak va boshqa 
organlaming hujayralarini o‘limga olib kelishlari mumkin.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə