Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

«odam hujayrasiga
stafilokokk toksinlarini tezlik va aniqlik bilan kirishiga nima
sabab»? 
degan savol qiziqtirgan.
Bu bakteriyani sirtini o‘rgana turib, olimlar, unda ajoyib oqsil 
fibronektin 
bor ekanligini aniqlaganlar. Bu oqsil boshqa moddalami 
molekulalari, shu jumladan biomolekulalar bilan ham yengil bog‘lanish 
xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. Oltin stafilokokkdan fibronektin 
ajratib olib, u bilan nanotrubkalami sirtini yopib chiqqan. Oqibatda
mana shunday oqsil bilan qoplangan nanotrubkalar tirik hujayralarga 
anchagina oson kirishi aniqlangan. Olimlar nanotrubkalami bakterial 
toksin bilan to‘ldirib ko‘rgan. Fibronektin bilan yopilgan nanotmbkalar 
toksinni hujayraga tez yetkazib, uni o‘limini chaqirgan. Shunday qilib, 
oltin stafilokokkni oqsilli organizmga moddalami yo‘naltirilgan
transporti 
vositalarini 
xarakteristikasini 
tuzatish 
maqsadida
ishlatilishi mumkin ekanligi aniqlangan.
157


Hozirgi vaqtda, Aydako universiteti olimlari «super mikrob» 
oqsilidan foydalanib, biosensorlar yaratish ustida ishlamoqdalar.
4. Nanobakterin: Haqiqatmi yoki ba’zi bir olimlarni xayoliy
adashishimi?
Finlyandiyaning 
Kuopio 
shahridagi 
universitetning 
xodimi
O.Kayander juda kichik mikroorganizm ajratib olgan va uni 
nanobakteriya deb atagan (89-rasm).
89-rasm. Nanobakteriyalar
(skanirlovchi elektron mikroskoplar yordamida suratga olingan).
Nanobakteriyani uzunligi 20-150 nm oralig‘ida bo‘ladi. Demak, u 
hozirgacha aniq bo‘lgan bakteriyalar, zamburug‘ sporalari yoki ko‘p 
hujayrali organizmlar hujayralaridan ancha kichik.
Nimaga asoslanib nanobakteriyalar borligi haqida xabar
qilingan? 
Elektron mikroskop yordamida tadqiqotchilar tashqi 
ko‘rinishidan dumaloq shaklga ega boMgan bakteriyalarni eslatuvchi 
tartibli strukturalami kuzatganlar va rasmga olganlar (89-rasm). Keyingi 
kuzatishlarda «sirli nanostrukturalar»ni ko‘payishi aniqlangan. Ushbu 
kuzatishlar olimlarni nanobakteriyalar deb nomlangan hayotni yangi 
strukturasi bilan tadqiqotlar olib borishga ishontirgan.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə