1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 Standartlashtirish faoliyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1.5.2 Standartlashtirish faoliyatlari 
 
Standartlashtirish haqiqiy mavjud yoki sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan 
masalalarni yechishga, sifat esa belgilangan va mo‗ljallangan ehtiyojlarni qondirishga 
qaratilgan. Bunda standartlashtirish bo‗yicha faoliyatning eng muhim natijalari 
mahsulot (jarayonlar, xizmatlar) ning o‗z vazifasiga muvofiqlik darajasini oshirish, 
ya‘ni belgilangan va mo‗ljallangan ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‗ladi. 


30 
―Me‘yoriy hujjat‖ tarkibiga standartlar va texnik shartlar kiradi. Me‘yoriy hujjatlar 
faoliyat turlariga oid tavsiflarni o‗rnatadi. 
Standartlashtirish ob‘ekti bo‗lmish inson faoliyati sohasi juda keng: fan va 
texnika; ishlab chiqarish-texnikaga mo‗ljallangan mahsulotni va xalq iste‘moli 
mollarini ishlab chiqarish; tibbiyot, ta‘lim, maishiy, sayohat, transport va h.k. 
sohalardagi xizmatlardan iborat. Barcha xollarda ham xar qanday sohada faoliyat 
sifatiga talablar me‘yoriy xujjatlarda belgilab quyiladi. Bunda nafaqat mavjud, balki 
mo‗ljallangan vazifalarni hal etish, ya‘ni nafaqat belgilangan, balki mo‗ljallangan 
ehtiyojlarni ham qondirish ko‗zda tutiladi. 
Aytilganlardan ma‘lum bo‗lishicha, belgilangan va mo‗ljallangan ehtiyojlarning 
qoniqarli bo‗lishini ta‘minlovchi mahsulot (xizmatlar) tavsiflari majmui me‘yoriy 
hujjatlarda belgilanar ekan, me‘yoriy hujjatlarning o‗zini ham yuqori ilmiy-texnik 
darajada bo‗lishini ta‘minlash zarur. Bu masala quyidagi yul bilan hal etiladi: 
a) xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlarni qo‗llanish; 
b) mamlakatimiz me‘yoriy hujjatlarini xalqaro, hududiy standartlar bilan 
uyg‗unlashtirish; 
c) 
me‘yoriy hujjatlarda ananaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan 
ilgarilanuvchi, kelajakka mo‗ljallangan dastlabki talablarni o‗rnatish, (o‗zuvchi, 
oldindan standartlashtirish); 
d) 
mahsulot (xizmatlar) ning texnik saviyasini va sifatini oshirish bo‗yicha 
chora-tadbirlarni ko‗rish maqsadida me‘yoriy hujjatlarning ayrim tafsilotlarini 
o‗xshash mahsulotga xorijiy standartning ko‗rsatkichlari bilan taqqoslash. 
―Mahsulot sifatining darajasi‖ va ―mahsulotning texnik saviyasi‖ 
tushunchalarini farqlash kerak. 
Mahsulot sifatining darajasi - baholanadigan mahsulot sifat ko‗rsatkichlarining 
qiymatlarini mos ko‗rsatkichlarning asos qiymatlari bilan taqqoslashga asoslangan, 
mahsulot sifatining nisbiy tafsilotidir, 
Mahsulotning 
texnik 
saviyasi 

baholanadigan 
mahsulotning 
texnik 
takomillashganligini 
tavsiflovchi 
ko‗rsatkichlarning 
qiymatlarini 
mos 
ko‗rsatkichlarning asos qiymatlari bilan taqqoslashga asoslangan, mahsulot sifatining 
nisbiy tafsilotidir. 
Bir turli mahsulot guruhlari sifat ko‗rsatkichlarining nomenklaturasi 
iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bo‗yicha 320 dan ortiq sifat ko‗rsatkichlari 
tizimiga oid xalqaro standartlar - MSKT (to‗rtinchi tarmoqlararo tizim) da 


31 
belgilangan. Qurilish materiallariga MSKT ni belgilovchi qator O‗zbekiston davlat 
standartlari tasdiqlangan. 
Umumiy holda me‘yoriy hujjatning ilmiy-texnikaviy darajasini nisbiy baholash 
lozim bo‗lgan sifat ko‗rsatkichlarining tafsilotlariga quyidagilar kiradi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə