Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


-§. O’rta asr O’rta Osiyolik allomalar hayoti va ijodidan namunalar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə12/33
tarix22.03.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#180549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi-fayllar.org

6-§. O’rta asr O’rta Osiyolik allomalar hayoti va ijodidan namunalar 
Reja:
1. Beruniy hayoti va ijodi. 



37


2. Ќayyom hayoti va ijodi.
3. Tusiy hayoti va ijodi. 
I. O’rta asrda yashab ijod etgan mashhur olimlardan yana biri xorazmlik buyuk 

entsikliopedist Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) dir. U 973 yil


4 – sentyabrda Xorazmning qadimiy Kot (keyingi Shabboz, hozirgi Beruniy) shahri-
da tug’ildi. Bu davrda Kot Xorazmning poytaxti bo’lib, Somoniylar davlatiga qarashli
edi. Beruniy hayoti va ijodini quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: bolalik va 
o’smirlik yillari, Rayga ketishi va Jurjonga kelishi, 1010 – 1017 yillarda Xorazmda ya-
shagan davri, Ђaznada yashagan davri va hayotining so’nggi yillari. Otadan yosh 
qolgan Beruniyni astronom va matematik Abu Nasr ibn Iroq o’z tarbiyasiga oladi va
unga alohida ixlos bilan o’z bilimlarini o’rgatadi. X asrning birinchi yarmida Xorazm-
da ikki mustaqil xukmdor mavjud edi: Janubiy Xorazmshoxi Abu Abdulla Muham-
mad (poytaxti Kot) va Shimoliy Xorazm amiri Ma’mun ibn Muhammad (poytaxti 
o’urganj-Urganch). 995 yilda bu ikki hukmdor o’rtasida taxt uchun kurash Ma’mun
ibn Muhammad g’alabasi bilan tugadi. Poytaxti o’urganj bo’lgan yagona Xorazm
Ma’mun esa Xorazmshox deb e’lon qilindi. Yosh olim o’z vatanini tashlab ketishga
majbur bo’ldi. Tehron yaqinidagi Ray shaxrida keksayib qolgan matematik va astra-
nom Abu Muhammad Ќamid Xo’jandiy bilan tanishadi. U bilan birgalikda Ray sha-
hridagi rasadxonada kuzatish va o’lchash ishlarini olib boradi (995-977 yil) bu erda u 
Xo’jandiy yasagan va Rayning hokimi Faxr ad-Davalga atab “Sudsi faxriy”, ya’ni “Fa-
xriy Sakstanti” nomli katta astranomik asbob qiziqtiradi. Bu asbobni o’rganib uni 
takomillashtirish borasidagi fikrlarni “Faxriy sakstanti bayoni haqida” nomli alohida
asarida bayon etadi. 997-998 yillarda yana Kotga qaytadi. Ammo 998-1004 yillarda 
Jurjonda Qobus ibn Vashmgir saroyida xizmat qiladi. Shu erda u o’zining birinchi
yirik asari “Al-Osarul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) ni Qobus-
ga taqdim etadi.
1005 yili Abul Abbos Ma’mun (kichik o’g’li) Xorazm taxtiga o’tiradi. U o’z sa-
royiga Ibn Sino, Abu Saxl masihiy, Abu Nasr Mansur ibn Iroq, abu Ќammor kabi al-
lomalarni to’playdi. Shular bilan birga Beruniy ham 7 yil xizmat qiladi. 
1017 yili Ђaznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniy ham boshqa olimlar qatori
o’azanga asir sifatida jo’natilinadi. Og’ir sharoitga qaramasdan u ilmiy ishlarini da-
vom ettiradi va 1025 yili “o’eodeziya” asarini yozadi. Ђaznaviy Ќindistonni bosib ol-
gandan so’ng Beruniy Ќindistonga safar qiladi. U erda hind fani va adabiy merosini 
o’rganadi, natijada “Ќindiston” nomli mashhur asarini yozadi (1030 yil). Oraliqda bir
necha asarlar yozgan bo’lib, bulardan matematikaga doiri “Doiraga ichki chizilgan 
siniq chiziqning xossasi yordamida uning vatarini aniqlash” dir (1027 yil).
1030 yili “Yulduzshunoslik san’ati negizlarini tushuntirish kitobi” (“Kitob at-
tafhim li san’at at-tanjim”), 1036 yili esa “Astronomiya va yulduzlar bo’yicha Mas’ud
qonuni” (Qonuni Ma’sudiy fi xayat va nujum) asarini Mahmudning o’g’li Ma’sudga 
bag’ishlaydi. 1040 yili “Minerologiya” va hayotining so’ngi yillarida “Farmakogno-
ziya” asarini yozadi. 1048 yili Ђazanda vafot etadi. 



38


Buyuk entsiklopediya olim umri davomida 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan
bo’lib, bizgacha 40 tasi etib kelgan. Uning ijodi haqida akademik I.Yu. Krachkovskiy 
shunday deydi: “Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan so-
halarni sanab chiqish osonroqdir”. 
1. Arifmetika va algebraning asosiy masalalariga ta’rif beradi hamda o’nli va olt-
mishli sistemaning asosiy printsiplari, abjad hisobi, butun va kasr sonlar ustida 
amallar, chiziqli, kvadrat va kub tenglamalarni taqribiy echish usullarini bayon etadi.
2. o’eometrik miqdorlarni son deb qarash bilan bular ustida arifmetik amallarni 
bajarishda son tushunchasini musbat haqiqiy sonlargacha kengaytiradi.
3. Evklidning asosiy geometrik tushunchalar va geometrik figuralarga bergan 
ta’riflarini to’ldirib, ularga teng kuchli bo’lgan ta’riflar beradi.
4. Planimetriya teoremalarini astronomiyaga tatbiq qilishda: joyning kengligini 
aniqlash, quyoshning anogeyini aniqlash va boshqalarni aniqlaydi.
5. Doiraga ichki chizilgan mantazam ko’pburchaklarning tomonlarini hisoblaydi: 
5 burchak, 10 burchak, 7 burchak va 9 burchakni tomonlarini hisoblashni uchinchi
darajali tenglamaga keltiradi va bu tenglamani taqribiy echish usullarini keltiradi. 
Bunda sonining 7 ta o’nli raqamigacha bo’lgan sondan foydalangan. Burchakni
teng uchta bo’lish masalasini echishning 12 hil usulini beradi. 
1. Stereometriya: ko’pyoqlar, aylanma jismlar, konus kesmalari, muntazam
ko’pyoqliklarga ta’rif beradi va stereometriyaning asosiy tushunchalarni bayon eta-
di.
2. O’lchov uchta ekanligini va planetalarning xarakatini ko’rsatish bilan birga bi-

rinchi bo’lib fazoviy koordinatalar g’oyasini beradi. Astronomiyaning turlicha kon-


struktsiyalarini va u yordamida echiladigan amaliy masalalarni ko’rsatadi. Er va os-
mon sferasini kartografik proektsiyalashning eng yaxshi usulini ko’rsatadi.
3. Tekis va sferik trigonometriyadagi asosiy masalalar asosida mustaqil sistema-
tik trigonometriyani tuzadi. Trigonometrik chiziqlar orasidagi munosabatlarini is-
botlaydi. Sferik kosinuslar teoremasiga teng kuchli teoremani isbotlaydi. 
4. Fizika sohasida: turli fizik hodisalarga to’g’ri baho bergan; 9 xil metall, 18 hil
suyuqlik, 15 hil mineralga – jami 50 dan ortiq moddaning solishtirma og’irlinigi 
aniqlagan (bu sohada birinchi edi). Suyuqlikning muvozanat sharoiti, sifonning
ishlash printsipi, buloq va fontanning otilish sabablarini, issiqlikning tabiati va un-
ing jismlarga ta’siri, magnitning xususiyatlari, linzaning xususiyatlari, yorug’lik
nur-moddaning bir ko’rinishi (tezlikka ega), suv hajmining haroratiga bog’liqligi 
va boshqalar.
5. Etika va pedagogika sohasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan 
akademik V.R.Rozen “Ќindiston” kitobi namunasida shunday deyiladi: “Bu yod-
gorlik-shu hildagi asarlar ichida yagonadir va Ђarb hamda Sharqning butun qa-
dimiy va O’rta asr ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q... Bu asar di-
niy, irqiy, milliy yoki tabaqaviy bid’atlar va xurofotlardan xoli bo’lgan xolisona 
tanqid ruhi bilan, yangi fanning eng qudratli quroli, ya’ni qiyosiy metod bilan
g’oyat to’la ravishda qurollangan, ehtiyojlar va issiq tanqid ruhi bilan 



39


sug’orilgandir... Undan chin ma’nodagi ko’lam, bir so’z bilan aytganda, hozirgi
zamon ma’nosidagi haqiqiy fan ruhi sezilib turadi”. 
II. 1048 yilda Xurosondagi Nishopur shahrida buyuk olim entsiklopedist Abu
Fatx Umar ibn Ibrohim Xayyom tug’iladi. Uning yoshligi Somoniylar davlatining in-
qirozi va Qoraxoniylar, Ђaznaviylar va Saljuqiylar sulolalarining saltanatlarini vujud-
ga kelish davriga to’g’ri keladi. Saljuqiylar davlatida hizmat qilgan ulug’ vazir Nizom 
al-Mulk Bog’dodda “Nizomiya” nomli akademiya tashkil etadi. 1047 yilda esa Isfax-
onda observatoriya qurilishini tashkil etgan ulug’ vazir bu erga ko’pgina olimlarni 
taklif etadi. Bularga Umar Ќayyom boshchilik qiladi. Ularning kuzatishlari natijasida
“Ziji Malikshoh” (Malikshox astronomik jadvali) bunyod etiladi. Bu asarda Xayyom 
Eron quyosh kalendarini reformasini o’tkazgan. Bunga muvofiq kalendarь 5000 yil-
da bir kunga hato qilgan (o’rigoryan kalendari 3330 yilda bir kun hato qiladi.) 1079 
yili reforma amlga oshirilgan. 1069-1071 yillarda “Al-jabr va almuqobola masalala-
rining isboti haqida” asarida kubik tenglamalarni echishni sistemali ravishda bayon 
etadi. Bu tenglamalarni ildizlarini u ikki konus kesimlarining kesishish nuqtasi
ko’rinishda izlaydi (sonli echimlarini izlamaydi). Kvadrat va kubik tenglamalarni 25 
xil ko’rinishda klassifikatsiyalaydi.
Sodda tenglama sinfiga: 1) x=a, 2) x
2
=a, 3) x

3
=a, 4) x

2
=vx, 5) sx
2
=x

3


, 6) vx=x
3
4), 

5), 6) ko’rinishlarni nolь ildizini olmasdan (x ga bo’lish usuli) 1)-va 2)- ko’rinishga


teng kuchli ekanligini ko’rsatadi. 3)-ko’rinishni algoritm yo’lida kub ildiz chiqarish 
yoki konus kesimlari yordamida yasash yo’lini ko’rsatadi.
1.

Murakkab uch hadli tenglamalarini: x


2
+vx+a=0, x

3
+sx

2
+vx=0, x
3
+vx+a=0, 

x
3


+sx

2
+a=0 koeffitsientlar ishorasiga qarab: 7) x


2
+vx=a, x

2
+a=vx, 9) x


2
=vx+a,

10) x
3


+sx=vx, 11) x

3
+vx+=sx

2
, 12) x

3
=sx

2
+vx, 13) x
3
+vx+a, 14) x

3
+a=vx, 15) x


3
=vx+a,

16) x
3


+sx=a, 17) x

3
+a=sx, 18) x


3
=sx

2
+a.

2.
To’rt hadli kubik tenglamalar 
19) x
3

+sx

2
+vx=a, 20) x
3
+sx

2
+a=vx, 21) x


3
+vx+a=sx

2
, 22) x


3
+sx

2
+vx+a, 23) 


x
3

+vx+sx

2
+a, 24) x
3
+a=sx

2
+vx, 25) x


3
=sx

2
+vx+a.

Shundan so’ng har bir sinfga kirgan masalalarni geometrik usulda konus ke-
simlar yordamida yasash yo’li bilan hal qiladi. 
“Ќisobdagi mushkullik” (Mushkulot-al-hisob) nomli asarida kvadrat yuzi beril-
sa, uni tomonini topishni, kub hajmi berilsa, uning qirrasini topishni ya’ni kvadrat va 
kub ildiz chiqarish oldin o’tgan olimlarga ham ma’lum ekanligini ta’kidlaydi va bu-
larni rivojlantirib 4-,5-,6-, va yuqori darajadan ildiz chiqarishni (natural ko’rsatkichli) 
keltirilganligini yozadi. Afsuski, bu asar hozirgacha topilmagan.
1077 yilda “Evklid kitobining kirish qismidagi qiyinchiliklarga sharh” kitobida V 
pastulotni teorema deb isbotlagan. Bu teorema keyinchalik “Sokkeri teoremasi”
nomi bilan noevklid geometriyasiga kiritiladi. o’eometriyaga doir asarining 2-va 3- 
kitoblarida nisbatlar nazariyasi va son tushunchasini rivojlantirib, butun va kasr son-
lar qatorida musbat irratsionallikni ham son deb tushunadi va haqiqiy son tushun-
chasiga yaqinlashadi.




40


III. XIII asrning eng yirik olimi Marog’a observatoriyasining asoschisi Abu Ja’far
Muhammad ibn Muhammad Nasriddin at-Tusiy 1201-1277 yillarda yashab ijod et-
gan. Ќozirgi davrgacha Tusiyning 76 ta asari bizgacha etib kelgan
(o’.D.Mamadbeyli) bo’lib, Evklid, Arximed, Ptolomey, Apoloniy, Feodosiy asarlarini 
arabchaga tarjima qilgani va sharhlagani bor. 1231-1256 yillarda u Qo’histonda shox
Nosir saroyida hizmat qiladi. 1235 yilda uning topshirig’iga ko’ra “Ahloqi Nosiriy” 
falsafiy asarini yozadi.
1256 yilda Chingizxonning nabirasi Xuloguxon Ko’histonni bosib oladi va u saroy-
da maslahatchi bo’lib ishlaydi. Uning tashabbusi bilan Marog’a shahrida (1258-1259)
observatoriya quriladi. Ko’plab olimlar taklif etiladi, kutubxona va ilmiy maktab 
tashkil etiladi.
Bu erda ko’p yillik ilmiy izlanishlar natijasida “Elxon astronomiya jadvali” (Ziji El-
xoniy) vujudga keladi. Evklidning “Boshlang’ichlar” asarini sharxlab, qo’shimchalar
kiritish bilan “Tahriri Uqlidus” asarini yozadi. Birinchi bo’lib bir hil ismdagi miqdor-
larning nisabi ismsiz sonlar nisbati degan tushunchani kiritadi va o’lchovsiz miqdor-
larning nisbatini son deb hisoblaydi. Evropa bu tushunchani XVII-XVIII asrlarda 
Sent-Vintsentli va Nьyutonlar kiritgan.
“To’la to’rtburchaklar haqida risola” (Kitob ash-shakl al-qit’a) nomli trigonome-
triyaga doir asar yozadi. Bunda sistemalashgan to’g’ri chiziqli va sferik trigonome-
triyani yaratadi va trigonometriyani alohida fan darajasiga ko’taradi. 
Jumladan: uchta tomon yoki uchta burchak berilsa, sferik uchburchakning qolgan
elementlarini qutb uchburchak yordamida topishni hal qiladi. Tusiy asarlarida bayon 
etilgan fikrlar XV asrda nemis va XVI asrda gollandiyalik Snell ijodi deb yuritiladi.
1265 yilda arifmetika haqida asarida arifmetikani tarqqiy ettirib, sonlardan istal-
gan natural ko’rsatkichli ildiz chiqarish usulini va binomisol teoremani bayon etadi.
1651-1663 yillarda Djon Vallis Tusiyning Evklid postulotlari haqidagi ishlaridan 
foydalangan.
Tusiy irratsional sonlar tushunchasini rivojlantiradi. 
Arifmetik asarning nomi “Taxta bilan tuproq vositasida hisoblashlar to’plami”
(Jami ul-hisob bit-taxti va at-turob, 663 hijriy, 6-ramazon, dushanba kuni (1265 yil, 
dushanba) asar uch kitobdan iborat bo’lib, 1-kitob Butun sonlar arifmetikasi-12 bob,
2-kitob kasr sonlar arifmetikasi-14bob, 3-kitob Astronomiyaga tegishli hisoblashlar-
9 bob. EKUB va EKUK ni tavsiyasi.

Tekshirish savollari.


1. Beruniy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? 
2. Xayyom hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
3. Tusiy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə